ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini maxsus harakatli o‘yinlar orqali takomillashtirish

Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MAKTAB O‘QUVCHILARINING JISMONIY TAYYORGARLIGINI
MAXSUS HARAKATLI O‘YINLAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH

IMPROVING SCHOOLCHILDREN’S PHYSICAL FITNESS THROUGH
SPECIAL MOVEMENT GAMES

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ
ШКОЛЬНИКОВ ЧЕРЕЗ СПЕЦИАЛЬНЫЕ ПОДВИЖНЫЕ ИГРЫ

Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi
Oriental universiteti, Jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi:

Tel.: +998 93 006-14-17
e-mail: umidaeshmanova6@gmail.com

O‘ralova Dilnoza Qahramon qizi
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi magistranti

Tel.:+ 998 93 002-10-95
e-mail: UralovaDilnoza@gmail.com

Annotatsiya. Maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda maxsus
harakatli o‘yinlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirish metodikasi ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
harakatli o‘yinlar bolalarning jismoniy faolligini oshirish, ularning chidamlilik,
tezkorlik va muvozanat kabi asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishda samarali vosita
hisoblanadi. Taklif etilgan metodika jismoniy tarbiya darslarida qo‘llash uchun tavsiya
etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, harakatli o‘yinlar o‘quvchilarning tezkorlik,
chidamlilik, muvozanat, kuch va epchillik kabi jismoniy sifatlarini rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Shuningdek, o‘yin elementlarini to‘g‘ri
tanlash va metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish orqali dars samaradorligini oshirish va
o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish mumkinligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar: o‘smir o‘quvchilar, jismoniy tayyorgarlik, maxsus harakatli
o‘yinlar, maktab.

Annotation. The development of physical preparedness among schoolchildren is
an essential component of the educational process. This study develops a methodology
for improving students physical fitness through the use of special movement-based
games. The research findings indicate that active games are an effective means of
increasing children’s physical activity and enhancing their endurance, agility, and
balance. The proposed methodology is recommended for implementation in physical
education classes. According to the research results, movement games play a crucial

role in developing students’ physical qualities such as speed, endurance, balance,
strength, and agility. It has also been noted that the proper selection of game elements
and the methodical organization of lessons can enhance lesson effectiveness and
increase students’ interest in classes.

Keywords: Schoolchildren 11-12 years old, physical education, special active
games, school.

Аннотация. Развитие физической подготовки школьников является важной
составляющей образовательного процесса. В данном исследовании разработана
методика совершенствования физической подготовки учащихся с
использованием специальных подвижных игр. Результаты исследования
показывают, что подвижные игры являются эффективным средством повышения
физической активности детей, а также развития их выносливости, ловкости и
равновесия. Предлагаемая методика рекомендуется для использования на уроках
физического воспитания. По результатам исследования установлено, что
подвижные игры имеют важное значение для развития физических качеств
учащихся, таких как быстрота, выносливость, равновесие, сила и ловкость.
Также отмечено, что правильный подбор игровых элементов и методически
грамотная организация занятий могут повысить эффективность уроков и усилить
интерес учащихся к занятиям.

Ключевые слова: Школьники 11-12 лет, физкультура, специальные
подвижные игры, школа.

KIRISH
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida
aniq maqsadli siyosat olib borilayotgani tufayli, ushbu sohani yanada rivojlantirish
masalalariga ko‘proq eʼtibor berilayotganligi yaqqol ko‘rinmoqda. “Biz xalqaro
maydonlarda O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-eʼtiborini oshirishga katta hissa
qo‘shgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni
rivojlantirishga, shuningdek, paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga katta e’tibor
qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017- yil 3- iyundagi PQ-
3031-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorlari mamlakatimizdagi
ommaviy sportni yanada rivojlantirishga asos bo‘ladi. Sportdagi yutuqlarning o‘sib
borishi har doim sportchidan jismoniy qobiliyatlar rivojlanishning yangi darajasini
talab qiladi. Qobiliyatlarni rivojlantirish maktab yoshidan boshlansa kelajakda yuqori
natijalarga erishishi yengillashadi. Bolalarning jismoniy tayyorgarligi aniqlash

ularning sog‘ligini mustahkamlash va jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim
qadam hisoblanadi (Usmanxo‘jayev T., 2009: 67).

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadqiqot natijalari va uni muhokamasi. Jismoniy tayyorgarlik tushunchasi va
uning mohiyati haqida ko‘plab mualliflarimiz o‘z fikrlarini bildirgan. Jismoniy
tayyorgarlik bu jismoniy sifatlarni rivojlantirish, zarur ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtirish bo‘yicha bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkillashtirilgan
pedagogik jarayon natijasidir.
U quyidagi asosiy sifatlarni o‘z ichiga oladi: kuch, chidamlilik, koordinatsion,
egiluvchanlik, tezkorlik. Ushbu sifatlarning rivojlanganlik darajasi insonning jismoniy
tayyorgarligini belgilaydi. Oxirgi vaqtda jismoniy tayyorgarlikning konditsion va
koordinatsion shakllari ajratilmoqda. Koordinatsion jismoniy tayyorgarlik
koordinatsion jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi bilan tavsiflanadi (Rahimqulov
K., 2012: 111).
Ular tarkibiga asosiy (kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik) va hosila (kuch
chidamliligi, Tezkor chidamlilik, Tezkor kuch qobiliyatlari) sifatlar kiradi (Ishtayev J.,
2020: 95).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Koordinatsion jismoniy tayyorgarlik, birinchi navbatda, markaziy asab tizimi va
sensomator jarayonlarning xususiyatlari (muvozanatni namoyon qilish paytida va
vestibulyar funksiya) bilan belgilanadi. “Koordinatsiya” tushunchasi (lotinchadan
“coordinacion” - kelishish, birgalikda bo‘ysunish, muvofiqlashtirish) harakatlarni
boshqarish jarayonida ma’lum bir harakatlarni o‘zaro moslashtirish qobiliyati sifatida
belgilanadi.
U muvozanat, reaksiya qilish, fazoda mo‘ljal olish, harakatlar parametrlarini
tabaqalashtirish, bitta harakat amalidan boshqasiga qayta o‘tish, harakat amallarini
ritmlashtirish, ixtiyoriy bo‘shashish, harakatlarni muvofiqlashtirish paytida namoyon
bo‘ladi (Eshmanova U., 2024: 11).
11-12 yoshli maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini milliy va harakatli
o‘yinlar orqali rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik deganda biz, eng avvalo, 5 ta
jismoniy sifatlarni tushunamiz. Milliy va harakatli o‘yinlar ichidan jismoniy
tayyorgarlikni oshiruvchi hamda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchilarini tanlab tahlil
qilindi. Jismoniy mashqlar inson uchun, ayniqsa, o‘rta maktab bosqichida hayotiy zarur
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda dastlabki jismoniy tayyorgarlikni
rivojlantirish uchun eng maqbul davr hisoblanadi.
Kam harakatsizlik bolani ijodiy faolligiga va yoshga xos jismoniy sifatlarini
yetarli darajada rivojlanmasligiga olib keladi. Harakatni cheklash yoki uni buzish

hayotiy zarur bo‘lgan qobiliyatlarni rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. O‘yin uslubi
jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘yinlar uchun xos ko‘pgina belgilarga ega. O‘yin
nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasi (ya’ni jismoniy mashqlarning o‘ziga xos tizimlari
bilan), balki tarbiya va ta’limning samarali uslubi hamdir. Shuning uchun o‘yin uslubi
tabiatini tushunish umuman o‘yinning mohiyatini tushunish demakdir.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ko‘plab tanlangan o‘yinlarni misol qilib aytamiz: “Oq terakmi, ko‘k terak?”,
“Kartoshka ekish” o‘yinlari, “Yomg‘ir”, “Kalxat keldi qoch bolam” “Mushuk va
sichqon”, “Xo‘rozlar jangi”, “Yelka urishtirish” va h.k. Estafetali harakatli o‘yinlar
ham jamoali, umumiy va yakka (juft) tartibda bo‘lishi mumkin. “Piyoda ko‘pkari”,
“Eshak mindi”, “Cho‘pon”, “Podato‘p”, kurash, piyoda poyga, to‘pli estafetalar va
shunga o‘xshash o‘yinlar qo‘llanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Milliy va harakatli
o‘yinlardan jismoniy sifatlar (tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch, egiluvchanlik)ni
tarbiyalash, jamoatchilikni, rostgo‘ylikni va boshqa axloqiy-irodaviy sifatlarini
tarbiyalashda foydalanish mumkin (Пўлатов Л., 2021: 31).
Maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi ularning umumiy sog‘lig‘i,
harakat koordinatsiyasi, chidamlilik, kuch va epchillik kabi jismoniy sifatlari
rivojlanishiga bog‘liq. Zamonaviy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya darslarini yanada
samarali tashkil etish va o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish dolzarb
masalalardan biridir. Shu nuqtayi nazardan, maxsus harakatli o‘yinlar (sport va
didaktik o‘yinlar) jismoniy tarbiyani rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi
(Eshmanova U., 2024: 10).
Pedagogik kuzatuv usuli orqali 10 nafar maktab o‘quvchisining jismoniy
tayyorgarlik natijalari jadval ko‘rinishida keltirilgan. Natijalar o‘quvchilarning
harakatli o‘yinlar orqali rivojlangan asosiy jismoniy sifatlarini aks ettiradi.

Yugurish (30 Uzoqqa Tirsakda To‘pni aniq
uloqtirish (%)
№ O‘quvchi F.I.Sh. m, soniya) sakrash (sm) tortilish
65
(marta) 60
70
1 Akmalov O. 5.2 180 7 62
75
2 Karimova S. 5.5 165 5 58
68
3 Usmonov B. 5.1 190 8 63
72
4 Qodirova D. 5.3 175 6 66

5 Raxmonov T. 5.0 200 9

6 Ismoilova Z. 5.6 160 4

7 Norboyev H. 5.2 185 7

8 G‘ofurova M. 5.4 170 5

9 Mamatqulov E. 5.1 195 8

10 Shermatova N. 5.3 180 6

Pedagogik kuzatuv natijalariga asoslangan holda maktab o‘quvchilarining
jismoniy tayyorgarligi tahlil qilindi. Tadqiqot davomida 10 nafar o‘quvchi turli
jismoniy mashqlar bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Bu mashqlar orasida 30 metrga
yugurish, uzoqqa sakrash, tirsakda tortilish va to‘pni aniq uloqtirish kabi harakatlar
baholandi.

Natijalar tahlili:
Yugurish (30 m) – O‘quvchilarning o‘rtacha natijasi 5.2-5.6 soniya oralig‘ida
bo‘lib, bu yoshlariga mos hisoblanadi. Eng yaxshi natijani Raxmonov T. (5.0 soniya),
eng past natijani esa Ismoilova Z. (5.6 soniya) qayd etdi. Bu esa ba’zi o‘quvchilarning
tezlik sifatini yaxshilashga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi.
Uzoqqa sakrash – Natijalar 160 sm dan 200 sm gacha bo‘lib, Raxmonov T. (200
sm) eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Eng past natija Ismoilova Z. (160 sm) tomonidan
qayd etildi. Bu natija o‘quvchilarning sakrovchanligi turlicha ekanini ko‘rsatib,
harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish lozimligini bildiradi.
Tirsakda tortilish – Bu mashq o‘quvchilarning jismoniy kuchini ifodalab beradi.
O‘quvchilarning ko‘pchiligi 5-8 marta tortila oldi. Eng yaxshi natijani Raxmonov T.
va Mamatqulov E. (9 va 8 marta) ko‘rsatdi, eng past natija esa Ismoilova Z. (4 marta)
bo‘ldi. Bu natijalar o‘quvchilarning kuchini oshirish uchun maxsus mashqlar
kerakligini bildiradi.
To‘pni aniq uloqtirish – Natijalar 58% dan 75% gacha bo‘lib, Raxmonov T. (75%)
eng yaxshi natija, Ismoilova Z. (58%) eng past natija qayd etdi. To‘pni uloqtirish
texnikasini rivojlantirish uchun maxsus mashg‘ulotlarga ehtiyoj borligi sezildi.
Jismoniy tarbiyada harakatli o‘yinlarning ahamiyati.
Harakatli o‘yinlar nafaqat jismoniy faollikni oshiradi, balki o‘quvchilarning
ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Ushbu o‘yinlar quyidagi
jihatlar bo‘yicha samarali hisoblanadi:
Chidamlilik va kuchni rivojlantirish – Jismoniy faollik bilan bog‘liq o‘yinlar
(masalan, yugurish, sakrash, tortishish mashqlari) bolalarning yurak-qon tomir tizimini
mustahkamlaydi. (R.Xursanova 2024:24)
Koordinatsiya va muvozanatni yaxshilash – Sport o‘yinlari harakatlarni
boshqarish qobiliyatini oshiradi.
Tezkor reaksiya va fikrlash – O‘yin davomida qaror qabul qilish va tezkor harakat
qilish malakalari shakllanadi.
Motivatsiya va qiziqishni oshirish – Oddiy jismoniy mashqlarga qaraganda o‘yin
shaklidagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi.
Maxsus harakatli o‘yinlar turlari
Maktab yoshidagi bolalar uchun maxsus harakatli o‘yinlarni quyidagi turlarga
ajratish mumkin:

Tezkorlik va epchillikni rivojlantirish o‘yinlari – “Quvlashmachoq”, “Bayroqni
egallash”, “Yashirin to‘p”.

Kuch va chidamlilikni oshirish o‘yinlari – Arqon tortish, sakrashli estafetalar,
“Qal’a himoyasi”.

Koordinatsiya va muvozanatni yaxshilovchi o‘yinlar – “Bir oyoqda sakrash”,
“Yo‘lakdan chiqmaslik”.

Jamoaviy hamkorlik va strategiyani rivojlantirish o‘yinlari – “Futbol minio‘yini”, “Basketbol estafetasi”.

Eksperimental tadqiqot natijalari - O‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki:

Maxsus harakatli o‘yinlarni muntazam qo‘llash o‘quvchilarning chidamliligi 18-
25% ga oshishini ta’minlaydi.

Koordinatsiya va tezkorlik mashqlari natijasida reaksiya va muvozanat
ko‘rsatkichlari 15-20% yaxshilandi (Ma’murbekova G., 2024: 35).

Jismoniy faollikka qiziqish bildiruvchi o‘quvchilar soni 30-40% ga ortdi.
Jismoniy mashg‘ulotlardan oldin va keyin yurak urish chastotasi normallashib,
yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir kuzatildi.
Agarda darsning vazifasi — kichik maktab yoshidagi bolalarda yugurib kelib
uzunlikka sakrash malakasini takomillashtirish bo‘lsa, unda “Bo‘ri zovurda” o‘yinidan
foydalanilsa bo‘ladi. Qolaversa, “Uzatdingmi o‘tir”, “Ovchilar va o‘rdaklar”, “O‘yin
boshiga to‘pni berma”, “To‘p o‘rtadagiga”, “Otishma” “To‘p uchun kurash”
o‘yinlaridan foydalanish mumkin. “Doiraga tort”, “Qal’a himoyasi”, “Cho‘nqa
shuvoq”, “Cho‘rton baliq”, “Halqa himoyasi”, “Harakatchan nishon”, “Uchuvchi
to‘p”, To‘p o‘rtadagiga” “Xo‘rozlar jangi”, “Cho‘nka shuvoq”, “Uysiz quyon”,
“Hamma o‘z bayroqchasiga”, “Zuv-zuv”, “Qirq tosh”, “To‘p qatnashchisi”, “To‘p
tutib oluvchi” ushbu milliy va harakatli o‘yinlar bolalarning jismoniy tayyorgarligini
oshirish hamda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun eng yaxshi o‘yinlardir
(Toshpo‘latov A., 2022: 95).

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, milliy va harakatli o‘yinlar bolalarning jismoniy
qobiliyatlarini rivojlantirish hamda jismoniy tayyorgarligi oshirishda eng samarali
uslubdir. Chunki bolani jismoniy mashqlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda va tez
zerikishni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy qobiliyatlarni
rivojlantirishga xizmat qiluvchi milliy va harakatli o‘yinlarni mashg‘ulotlarda qo‘llash
samarali usulligi aniqlandi. Sport turiga bolalarni tanlab olish va yo‘naltirishda
harakatli o‘yinlarni qo‘llay olish va tanlash muhim ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Usmanxodjayev, T. S. (2009). Milliy va harakatli o‘yinlar. O‘quv uslubiy
qo‘llanma. – Toshkent.
2. Rahimqulov, K. (2012). Milliy va harakatli o‘yinlar. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: Tafakkur bo‘stoni.
3. Ishtayev, J. M. (2020). Explosive activity school performance by age indicators
// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(8).
4. Ishtayev, J. M., Abdullayev, B. B., Xasanova, N. R., Toshpo‘latov, A. A.
(2022). Effectiveness of the new developed sports and health program in sports
gymnastics in the preparation of 3-7 year old boys // Central Asian Research Journal
for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 94–99.
5. G‘ulomov, A. H., Tixonova, Y., Gulyamova, G. F. (2004). Talaba-qizlarni
sportga jalb qilish masalalari. Konferensiya materiallari. – Samarqand.
6. Пулатов, Л. А. (2021). Значение анализа соревновательной борьбы в
развитии технико-тактической подготовки юных тaэквондистов. Фан-спорт, (4),
30–33. – Тошкент.
7. Eshmanova, U. A. (2024). Development of agility in female students through
basketball game elements. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology,
4(11).
8. Eshmanova, U. A. (2024). Oliy talim talaba qizlarining jismoniy faolligini
oshirish metodikasi. Qo‘qon Davlat Pedagogika Instituti Ilmiy Rahbarlari, (4). –
Qo‘qon.
9. Xursanova, R. (2023). Adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Sport
ilm-fanining dolzarb muammolari.
10. Ma’murbekova, G. A. (2024). Improving the speed and agility of national
wrestlers. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34–37.

REFERENCES:
1. Usmanxodjayev, T. S. (2009). Milliy va harakatli o‘yinlar. O‘quv uslubiy
qo‘llanma. – Toshkent. (In Uzbek)
2. Rahimqulov, K. (2012). Milliy va harakatli o‘yinlar. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: Tafakkur bo‘stoni. (In Uzbek)
3. Ishtayev, J. M. (2020). Explosive activity school performance by age indicators
// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(8).
4. Ishtayev, J. M., Abdullayev, B. B., Xasanova, N. R., Toshpo‘latov, A. A.
(2022). Effectiveness of the new developed sports and health program in sports
gymnastics in the preparation of 3-7 year old boys // Central Asian Research Journal
for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 94–99.
5. G‘ulomov, A. H., Tixonova, Y., Gulyamova, G. F. (2004). Talaba-qizlarni
sportga jalb qilish masalalari. Konferensiya materiallari. – Samarqand. (In Uzbek)

6. Pulatov, L. A. (2021). Znachenie analiza sorevnovatelnoy borbi v razvitii
texniko-takticheskoy podgotovki yunix taekvondistov. Fan-sport, (4), 30–33. –
Toshkent. (In Russian)

7. Eshmanova, U. A. (2024). Development of agility in female students through
basketball game elements. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology,
4(11).

8. Eshmanova, U. A. (2024). Oliy talim talaba qizlarining jismoniy faolligini
oshirish metodikasi. Qo‘qon Davlat Pedagogika Instituti Ilmiy Rahbarlari, (4). –
Qo‘qon. (In Uzbek)

9. Xursanova, R. (2023). Adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Sport
ilm-fanining dolzarb muammolari. (In Uzbek)

10. Ma’murbekova, G. A. (2024). Improving the speed and agility of national
wrestlers. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34–37.