ZAMONAVIY PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI
THE PROBLEM OF PERSONALITY IN MODERN PSYCHOLOGY
ПРОБЛЕМА ЛИЧНОСТИ В СОВРЕМЕННОЙ ПСИХОЛОГИИ
Quyliyeva Orzigul Rajabboyevna
Oriental universiteti o‘qituvchisi
Tel.: +998 90 994-95-82
e-mail: quyliyevaorzigul@gmail.com
https://orcid.org/0009-0004-4544-1966
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy psixologiyada shaxs muammosi keng
tahlil qilinadi. Shaxsning shakllanish jarayoni, uning individualligi, psixologik
xususiyatlari va o‘ziga xos sifatlari turli nazariy yondashuvlar, jumladan, psixoanalitik,
kognitiv, xulqiy va gumanistik yondashuvlar asosida o‘rganiladi. Maqolada shaxs
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, shu jumladan, ijtimoiy muhit, madaniy
kontekst, biologik omillar va shaxslararo munosabatlarning roli muhokama qilinadi.
Zamonaviy psixologik tadqiqotlarning shaxs muammosini yoritishdagi ahamiyati,
ayniqsa, psixologik salomatlik, ta’lim va ijtimoiy moslashuv sohalariga ta’siri alohida
ta’kidlanadi. Shaxs muammosi bo‘yicha ilgari surilgan klassik va zamonaviy
nazariyalar, ularning amaliy qo‘llanilishi va psixoterapiya, maslahat xizmatlari kabi
sohalarda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot shaxs muammosining
murakkabligini ochib berish va kelajakdagi psixologik tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarni
belgilashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: shaxs, inson psixologiyasi, individuallik, subyekt va subyektivlik,
nazariy yondashuvlar.
Annotation. This article comprehensively analyzes the issue of personality in
contemporary psychology. The formation of personality, its individuality, and
psychological characteristics are examined through various theoretical approaches,
including psychoanalytic, cognitive, behavioral, and humanistic perspectives. The
article discusses key factors influencing personality development, such as social
environment, cultural context, biological factors, and interpersonal relationships. The
significance of modern psychological research in addressing personality issues,
particularly its impact on mental health, education, and social adaptation, is
highlighted. Classical and contemporary theories on personality, their practical
applications, and their use in fields like psychotherapy and counseling are explored.
The study aims to elucidate the complexity of personality issues and outline directions
for future psychological research.
Keywords: personality, human psychology, individuality, subject and
subjectivity, theoretical approaches.
Аннотация. В статье проводится всесторонний анализ проблемы личности
в современной психологии. Формирование личности, ее индивидуальность и
психологические особенности рассматриваются через различные теоретические
подходы, включая психоаналитический, когнитивный, бихевиористский и
гуманистический. Обсуждаются ключевые факторы, влияющие на развитие
личности, такие как социальная среда, культурный контекст, биологические
факторы и межличностные отношения. Особо подчеркивается значение
современных психологических исследований в изучении проблем личности,
особенно их влияние на психическое здоровье, образование и социальную
адаптацию. Рассматриваются классические и современные теории личности, их
практическое применение и возможности использования в таких областях, как
психотерапия и консультирование. Исследование направлено на раскрытие
сложности проблем личности и определение направлений для будущих
психологических исследований.
Ключевые слова: личность, человеческая психология, индивидуальность,
субъект и субъективность, теоретические подходы.
KIRISH
Shaxs bizning jamiyatda yashashimiz, tarbiyamiz, o‘qishimiz, muloqotimiz va
o‘zaro aloqalarimiz orqali shakllanadi. Ijtimoiy fanlarda shaxsiyatni ma’lum ijtimoiy
guruhning vakili, ijtimoiy tip, jamiyat munosabatlari mahsuli sifatida ko‘rib chiqiladi.
Shaxs nafaqat ijtimoiy munosabatlar obyekti, balki ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga xos tarzda
qabul qiladigan va ularni o‘zgartiradigan subyekti ekanligi yoritiladi. Shaxs asta-sekin
ichki shart-sharoitlar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi, bu shart-sharoitlar orqali
jamiyatdan tashqaridagi ta’sirlar o‘tadi. Bu ichki shart-sharoitlar irsiy-biologik
xususiyatlar va ijtimoiy jihatdan belgilangan fazilatlar aralashmasidan iborat bo‘lib,
ular oldingi ijtimoiy ta’sirlar ta’sirida shakllangan. Shaxsiyat shakllanayotgan sari,
ichki shart-sharoitlar yanada chuqurlashib boradi, shuning uchun bir xil tashqi ta’sirlar
har xil odamlarga turlicha ta’sir qilishi mumkinligi o‘rganiladi.
Zamonaviy psixologiyada shaxs muammosi eng dolzarb mavzulardan biri
hisoblanadi. Zamonaviy psixologiyada shaxs – bu insonning individualligi, ichki
dunyosi, xulq-atvori, ijtimoiy muhitdagi o‘z o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlarining
yig‘indisi sifatida qaraladi. Shaxs doimo rivojlanishda bo‘lgan, murakkab va ko‘p
qirrali tuzilma hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi, rivojlanishi va uning individualligi
psixologik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Psixologlar shaxsning
mohiyatini, uni rivojlantiruvchi omillarni va ijtimoiy hayot bilan o‘zaro aloqalarini
tushuntirish uchun turli nazariy yondashuvlarni ishlab chiqqanlar. Ushbu maqolada
shaxs tushunchasi, uning psixologik tuzilishi, rivojlanish omillari hamda zamonaviy
psixologiyaning shaxs muammosiga bo‘lgan yondashuvlari tahlil qilinadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Shaxs muammosi psixologiyaning markaziy masalalaridan biridir. Bu masala,
shuningdek, boshqa gumanitar va antropologik fanlar – falsafa, pedagogika,
huquqshunoslik, sotsiologiya, tibbiyot, iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu fanlar shaxsni umumiy nazariy tushunchalar asosida
o‘rganadi, lekin har biri o‘ziga xos jihatga e’tibor qaratadi. Masalan, Z. Freyd, K. Jung
“Shaxs ongsiz jarayonlar va ichki konfliktlar orqali shakllanadi.” degan nazariyalar
ishlab chiqilgan (Usmanxodjayev T., 2009).
Shaxs muammosi nima? Shaxs muammosi deganda insonning o‘zini anglashdagi
qiyinchiliklar, jamiyat talablariga moslashishdagi ziddiyatlar, psixologik
nomutanosiblik, shaxsiy o‘sishdagi to‘siqlar tushuniladi. Bu muammo quyidagilarda
aks etadi:
-Ichki ziddiyatlar (masalan, "Kimman?", "Hayotimning ma’nosi nima?" kabi
savollar).
-Ijtimoiy rollar bilan bog‘liq muammolar.
-Shaxsiy identifikatsiya va o‘z-o‘zini anglashdagi qiyinchiliklar.
-Stress, tashvish, depressiya kabi holatlar.
Psixologiya shaxsni uning ichki tuzilishi, shakllanishi va rivojlanish
qonuniyatlari, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamda tabiiy, biologik (irsiy) va
ijtimoiy omillar ta’siri nuqtayi nazaridan o‘rganadi. Shaxs nazariyalari haqida esa,
G.Allport shaxsni individual xususiyatlari orqali tushuntiradi. L.Vygotsky esa, ijtimoiy
o‘zaro ta’sir va madaniyat muhimligini ta’kidlaydi (Ishtayev J., 2020).
Shaxs psixologiyasidagi asosiy muammolardan yana biri – uning faoliyat
mexanizmlarini, namoyon bo‘lishini va inson hayot faoliyatining boshqarilishiga
ta’sirini aniqlashdir. Kishining tevarak-atrofda munosabat, birgalikda faoliyat va ijodiy
ish jarayonida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o‘zgarishlar qilish
layoqati shaxsning faolligi sifatida tushuniladi. Shaxs faolligini ancha umumiy
tarzdagi, birikma holidagi ta’rifi uning g‘oyaviy prinsipialligida, o‘z nuqtai nazarini
izchil himoya qila borishida, so‘zi bilan ishining birligida ifodalanadigan faol hayotiy
o‘rnini bildiradi. Jamiyatda faol hayotiy o‘rni ijtimoiy burchga nisbatan ongli
munosabatda bo‘lishni, jamoachilikni, faoliyatga nisbatan ijodiy munosabatda
bo‘lishni, ilmiy dunyoqarashga tayanadigan e’tiqodni, ijtimoiy-axloqiy qoidalarning
buzilishiga murosasizlikni taqozo etadi.
Shaxs faoliyati motivlari. Inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi
hisoblangan motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ularning
psixologik mexanizmlari, uzluksizligini ta’minlovchi omillar, zarur shart-sharoitlar
mohiyati, vujudga kelish imkoniyatlari to‘g‘risida juda yuzaki ma’lumotlargina
muayyan darajada tartibga keltirilgan, tub ma’nodagi motivlar tabiati izchil ravishda,
pedagogik va yosh psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga asoslangan holda tadqiq
qilinmagan. Bu esa respublikamizda ularning keng ko‘lamda o‘rganishga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Motivlarning falsafiy-metodologik ahamiyati shundan iboratki, ular
sabab-oqibat, ichki murakkab bog‘lanishlar tuzilishini yuksak darajada rivojlangan
tizim sifatida talqin qilinadi. Bunday yondashuv esa o‘z navbatida materiya
rivojlanishining oliy mahsuli ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. Chunonchi,
maqsadga yo‘naltirilgan va maqsadga muvofiqlashtirilgan har xil mazmundagi
savollar, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlar kishilar faoliyatining ongli xususiyati
ta’kidlab o‘tilgan mulohazalar mohiyati tarkibiga kiradi. Motivlar tuzilishini amaliy
(tatbiqiy) yo‘nalishga qaratish-inson shaxsiga motivatsion, irodaviy, axloqiy, hissiy,
kognitiv, regulyativ ta’sir o‘tkazishning omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga
kelishiga muhim imkon va zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Shaxs tushunchasini to‘g‘ri anglash inson, individ, individuallik, subyekt va
subyektivlik kabi kategoriyalarni tushunish bilan chambarchas bog‘liq. Misol qilib
aytadigan bo‘lsak, A.Maslou, K.Rogers “Shaxsning rivojlanishi, o‘zini anglash va
individuallik bilan bog‘liq”, - degan nazariyalar ishlab chiqilgan (G‘ulomov A., 2004).
Inson, individ va individuallik tushunchalari. Shaxsning eng muhim xususiyatli
jihatlaridan biri – bu uning individualligidir. Individuallik insonning shaxsiy
psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi bo‘lib, uning tarkibiga xarakter,
temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi,
iroda, faoliyati, motivlari, inson dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar,
qobiliyatlari va boshqalar kiradi. Shaxsning psixik hodisalarining birikmasini aynan
o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Shaxs o‘zining qadr-qimmati va
nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok etishi bilan, ta’lim va tarbiya
yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan betakror oliy zotdir.
Inson – bu umumiy tushuncha bo‘lib, unda biologik va psixik, ma’naviy tizimlar
o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Har bir tizim o‘z ichida turli tarkibiy qismlar va
alohida hodisalarni oladi. Inson o‘zining fiziologik va psixik rivojlanishida quyidagi
bosqichlardan o‘tadi: chaqaloqlik, bolalik, o‘smirlik, yoshlik, balog‘at va qarilik.
Individ – alohida, ma’lum bir ehtiyojlarga ega bo‘lgan biologik organizm.
Individuallik – insonning o‘ziga xos fiziologik va psixik xususiyatlari
majmuasidir, ya’ni uning betakrorligi va o‘ziga xosligi bilan tavsiflanadi. Har bir
kishining shaxsi uning individualligi vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning
faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik-kishining o‘ziga xosligini,
uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir.
Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi
qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da
qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr
etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirilgan
inson shaxsi, o‘z individualligi jihatidan betakrordir. Individuallik inson shaxsiga xos
fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisoblanadi (Usmanxodjayev T., 2009).
Subyekt va Subyektivlik. Subyekt – insonning psixik xususiyatlari majmuasi
bo‘lib, unga maqsad qo‘yish, shu maqsadlarga muvofiq ravishda harakat qilish, xattiharakatlar va faoliyat yuritish imkonini beradi.
Subyektivlik – insonning maqsad qo‘yish va shu maqsadga erishish uchun
faoliyat yuritish qobiliyatidir. Ushbu maqsadlar vaziyatga bog‘liq bo‘lishi mumkin
(hozirgi muammolarni hal qilish uchun) yoki uzoq muddatli bo‘lishi mumkin
(hayotning ma’lum bir davri yoki butun hayot uchun).
Shunday qilib, inson qanchalik uzoq muddatli, jamiyat uchun muhim va o‘z
imkoniyatlariga mos maqsadlarni qo‘yib, ularga erishish yo‘lida harakat qilsa, uning
shaxs sifatida rivojlanish darajasi va subyektivlik darajasi shuncha yuqori bo‘lib
boraveradi.
Zamonaviy psixologiyada shaxs muammolari. Shaxs deb, muayyan jamiyatda
yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali
munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Shaxsning tuzilishdagi biologik va
ijtimoiy omillar katta ahamiyatga egadir. Inson shaxs tuzilishida biologik (tabiiy) va
ijtimoiy omillarning o‘zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasida eng
murakkab va munozarali masalalarda biridir.
Psixologiyada shaxsda ikkita omil: biologik va ijtimoiy omillar ta’siri ostida
shakllangan ikkita asosiy kichik struktura borligini alohida ta’kidlaydigan nazariya
sezilarli o‘rin egallaydi. Inson shaxsining o‘zi "endopsixik" va "ekzopsixik" tuzilishga
bo‘linadi, degan fikr ham ilgari surildi (G‘ulomov A. va b., 2004).
Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi "endopsixika" bamisoli kishining
nerv-psixik tuzilishiga o‘xshash bo‘lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik
qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifoda etadi. "Ekzopsixika"ning
tashqi muhitga munosabati bilan, ya’ni shaxs qanday bo‘lmasin, baribir munosabatga
kirishishi mumkin bo‘lgan va shaxsga qarama-qarshi turadigan tuzilishlarning
barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi (G‘ulomov A. va b., 2004).
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot zamonaviy psixologiyada shaxs muammosini o‘rganishga
qaratilgan bo‘lib, sifatli tadqiqot usullaridan foydalanadi. Ilmiy adabiyotlar tahlili
orqali shaxs rivojlanishining nazariy asoslari va zamonaviy yondashuvlari o‘rganiladi.
Turli psixologik nazariyalar taqqoslanadi va ularning amaliy ahamiyati baholanadi.
Natijalar sintez qilinib, shaxs muammosiga oid kelajakdagi tadqiqot yo‘nalishlari
aniqlanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Inson shaxsning individualligida uning tabiiy, biologik tuzilishi o‘zining izini
qoldiradi, albatta. Gap shaxsning tuzilishida biologik va ijtimoiy omillarni hisobga
olish kerakmi, yo‘qligi haqida emas (ularni e’tiborga olish shart, albatta), balki ular
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni qanday tushunish kerakligi haqidadir. Ikkita omil
nazariyasi ijtimoiy va biologik omillarni, muhit va biologik tuzilishni, "ekzopsixika"ni
beixtiyor ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi. Haqiqatda esa bunday tashqi,
o‘zidan-o‘zi bo‘ladigan qarama-qarshi qo‘yish samarasizdir va shaxsning tuzilishini
anglab olish uchun hech bir naf keltirmaydi. Lekin shaxsning shakllanishi va
tuzilishidagi tabiiylik va ijtimoiylik masalasiga boshqacha yondashish ham mumkin.
Zamonaviy psixologiyada shaxs muammolarini quyidagilarga ajratish mumkin:
Identifikatsiya va o‘z-o‘zini anglash muammosi. Bugungi kunda odamlar shaxsiy
o‘zligini anglashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy
madaniyat va tez o‘zgaruvchan muhit insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini susaytirishi
mumkin. Ko‘plab yoshlar kimligini, hayotdagi o‘rnini topish masalasida
qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) va jamiyatga
moslashish muammosi. Zamonaviy jamiyatdagi o‘zgarishlar, migratsiya jarayonlari,
turli madaniyatlarning aralashuvi shaxsning sotsializatsiya jarayoniga ta’sir qilmoqda.
Bu esa shaxsning o‘z jamiyatiga moslashishida muammolarni keltirib chiqaradi.
Stress va psixologik muvozanat muammosi. Zamonaviy dunyoda insonlar kuchli
stressga duch kelmoqda. Ish faoliyati, ta’lim, iqtisodiy omillar va shaxsiy hayotdagi
muammolar psixologik bosimni oshirmoqda. Natijada depressiya, tashvish va boshqa
psixologik muammolar ortib bormoqda (Rahimqulov K., 2012).
Psixologiyada shaxs muammosini turli nazariyalar har xil yondashuvlar bilan
tahlil qilingan: Masalan, Psixoanalitik yondashuv (Z. Freyd) shaxs muammosi ichki
konfliktlar – id, ego va superego o‘rtasidagi ziddiyatda namoyon bo‘ladi, -deb
tushuntirsa, Gumanistik psixologiya (K. Rojers, A. Maslou) esa shaxs muammosi
insonning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi to‘siqlar bilan bog‘liqdir, - deydi.
Ijtimoiy psixologiyada jamiyat, guruh va atrof-muhit ta’sirida shaxs qanday
shakllanishi va moslashishi katta ahamiyatga ega ekanligi tushuntiriladi. Kognitiv
yondashuv - inson fikrlashi, qaror qabul qilishdagi xatolar va noto‘g‘ri tasavvurlar
shaxs muammolarining sababi bo‘lishi mumkinligini talqin qiladi.
Shaxsning erkinligi va tanlov muammosi. Bugungi dunyoda insonlarga ko‘plab
imkoniyatlar berilgan bo‘lsa-da, aynan shu tanlov ko‘plab odamlar uchun muammoga
aylanmoqda. Tanlov ko‘pligi shaxsni hayotiy qarorlar qabul qilishda ikkilantiradi va
stressni oshiradi. Axborot texnologiyalari va shaxs muammosi. Raqamli texnologiyalar
shaxs rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlar
insonlarning muloqot qilish uslublarini o‘zgartirib, ularning psixologik holatiga ta’sir
qiladi. Real hayot va virtual hayot o‘rtasidagi tafovut shaxsning psixologik
muvozanatini buzishi mumkin.
Komil inson muammosi insoniyatning azaliy ezgu niyati bo‘lib, ijtimoiy tarixiy
taraqqiyot davrining barcha bosqichlarida o‘zining birlamchiligi, o‘ta dolzarbligi bilan
alohida ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy ahamiyat kasb etib kelgan.
Ma’naviy merosimiz bo‘lmish “Avesto”dan boshlab komillik masalasi tadqiqot
predmetiga aylangan va bu narsa to hozirgi davrgacha kishilik dunyosining serqirra
olimlari, ma’rifatparvarlarini chuqur qiziqtirib kelgan hamda uning betakror nufuzi
bundan keyin ham asrlar osha shaxslar aql zakovatining markazidan puxta joy
egallaganicha qolaveradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tabiat bilan jamiyat
o‘rtasida hukm surib turuvchi aloqalar va munosabatlarni amalga oshiruvchi, uning
(tabiatning) ne’matlarini tartibga keltirishda faol ishtirok etuvchi ongli zot hamda
olamning sirlari, ajoyibotlarini tushunishga intiluvchi keng saviyali, yuksak darajaga
erishuvchi, betakror komil inson masalasi har bir davr uchun o‘ta ahamiyatli, qiymatli
hisoblangan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shaxs muammosi individual va ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi, bu esa uning
yechimini kompleks yondashuv talab qiladigan murakkab masalaga aylantiradi.
Zamonaviy texnologiyalar va globalizatsiya shaxs muammolarini yanada
chuqurlashtirdi, shu sababli identifikatsiya inqirozi, stress va ijtimoiy ajralish kabi
muammolar keng tarqalmoqda. Shaxsning psixologik barqarorligi va
moslashuvchanligi muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘zgaruvchan muhitga moslasha
olgan insonlar hayot sifatini yaxshiroq saqlay oladi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va
psixologik yordam shaxs muammolarini hal etishda asosiy omil hisoblanadi, chunki
insonlar jamiyat ichida o‘zlarini xavfsiz va barqaror his qilishlari muhimdir.
Shaxs muammolarini hal qilish yo‘llari sifatida psixologik yordam va
maslahatlarni tashkil etish lozim. Shaxsning psixologik muammolarini aniqlash va hal
qilish uchun mutaxassislarga murojaat qilish muhim. Shaxsiy muammolarni hal
qilishda individual yoki guruhiy psixoterapiya usullari samarali bo‘lishi mumkin.
O‘z-o‘zini rivojlantirish bilan doimiy shug‘ullanish tavsiya etiladi. Shaxs
motivatsiyasi, shaxsiy o‘sish, o‘zini anglash va stressga chidamlilikni oshirish uchun
maxsus texnikalar o‘rganish lozim.
Texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish ham yaxshigina samara beradi. Raqamli
vositalarni ongli ravishda ishlatish va raqamli dunyo bilan real hayot o‘rtasida
muvozanatni saqlash kerak.
Kelajakda shaxsning psixologik muammolarini kamaytirish uchun ta’lim va ongli
rivojlanish muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun ham o‘z-o‘zini rivojlantirishga e’tibor
qaratish zarur.
Zamonaviy psixologiyani o‘rganish va shaxsiyatning psixologik tahlili bugungi
murakkab dunyoda inson xatti-harakatlarini tushunish va farovonlikni oshirishning
ajralmas tarkibiy qismidir. Ushbu maqola zamonaviy psixologiya sohasi haqida
umumiy ma’lumot beradi, uning dastlabki nazariyalardan zamonaviy istiqbollargacha
bo‘lgan evolyutsiyasini yoritadi. U shaxsiyatni tahlil qilish, genetik omillar, atrofmuhit ta’siri va shaxsiy tajriba o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish jarayonini
o‘rganadi. Shaxsni tahlil qilishda qo‘llaniladigan turli nazariyalar va metodologiyalar,
jumladan, psixodinamik istiqbollar va xususiyatlar nazariyasi muhokama qilinadi.
Maqolada, shuningdek, shaxsiyatning asab va biologik asoslarini ochishda empirik
usullar va ilg‘or tadqiqot usullarining roli ta’kidlangan. Shaxsni tushunishning
oqibatlari klinik psixologiya, tashkiliy psixologiya va ijtimoiy psixologiya kabi
ko‘plab sohalarni qamrab oladi, ular ruhiy salomatlikni yaxshilash, ish faoliyatini
optimallashtirish va ijobiy ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarni rivojlantirish potensialiga ega.
Zamonaviy psixologiya va psixologik tahlilning nozik tomonlarini o‘rganish orqali
ushbu maqola inson shaxsiyatining murakkab tabiati, uning shaxs va jamiyatga chuqur
ta’siri haqida qimmatli tushunchalar berishga qaratilgan.
Zamonaviy psixologiyada shaxs muammosi ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar
bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu muammolarni hal qilish uchun psixologik
barqarorlikni oshirish, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash va shaxsning o‘zini anglash
jarayonini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, zamonaviy psixologiyada shaxs muammolari dolzarb mavzulardan biri
hisoblanadi. Shaxsning identifikatsiya, sotsializatsiya, stress, tanlov erkinligi va
texnologiyalarga moslashish kabi muammolari zamonaviy jamiyatda keng
uchramoqda. Ushbu muammolarni hal qilish uchun turli psixologik yondashuvlar
qo‘llanilmoqda. Shaxs rivojlanishini chuqur o‘rganish nafaqat psixologiya, balki
jamiyat rivojlanishi uchun ham muhimdir. Ya’ni, zamonaviy psixologiyada shaxsning
shakllanishi biologik, ijtimoiy va psixologik omillar bilan bog‘liq bo‘lib, turli
nazariyalar orqali tushuntiriladi. Bugungi kunda shaxs psixologiyasi ta’lim, biznes va
sog‘liqni saqlash sohalarida katta ahamiyatga ega bo‘lib, insonning individual
rivojlanishi va ijtimoiy hayotdagi muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Freud, Z. (1923). The ego and the ID. – London: Hogarth Press.
2. Jung, K. (1964). Man and his symbols. – New York: Dell Publishing.
3. Allport, G. (1961). Pattern and growth in personality. – New York: Holt,
Rinehart & Winston.
4. Maslow, A. (1943). A theory of human motivation. Psychological Review, 50
(4), 370–396. – Washington: American Psychological Association.
5. Rogers, K. (1961). On becoming a person. – Boston: Houghton Mifflin.
6. Bandura, A. (1977). Social learning theory. – Englewood Cliffs: Prentice-Hall.
7. Демакова, И. Д. (2012). Понятие "детство" в психологии и педагогике.
Ценности и смыслы, (3), 14–22. – Москва.
8. Шустова, И. Ю. (2019). Событийный подход к воспитанию школьников.
Вестник Томского государственного университета, (438), 186–193. – Томск.
9. Муротмусаев, К. Б. (2023). Вестник интегративной психологии. Выпуск
28, 2 ч., 188–192. – Бухара.
10. Murotmusayev, K. B., Umarov, B. M., Xaydarov, X. K. (2022). Ta’lim va
innovatsion tadqiqotlar. (11), 291–301. – Toshkent.
REFERENCES:
1. Freud, Z. (1923). The ego and the ID. – London: Hogarth Press.
2. Jung, K. (1964). Man and his symbols. – New York: Dell Publishing.
3. Allport, G. (1961). Pattern and growth in personality. – New York: Holt,
Rinehart & Winston.
4. Maslow, A. (1943). A theory of human motivation. Psychological Review, 50
(4), 370–396. – Washington: American Psychological Association.
5. Rogers, K. (1961). On becoming a person. – Boston: Houghton Mifflin.
6. Bandura, A. (1977). Social learning theory. – Englewood Cliffs: Prentice-Hall.
7. Demakova, I. D. (2012). Ponyatie "detstvo" v psixologii i pedagogike. Sennosti
i smisli, (3), 14–22. – Moskva. (In Russian)
8. Shustova, I. Yu. (2019). Sobitiyniy podxod k vospitaniyu shkolnikov. Vestnik
Tomskogo gosudarstvennogo universiteta, (438), 186–193. – Tomsk. (In Russian)
9. Murotmusayev, K. B. (2023). Vestnik integrativnoy psixologii. Vipusk 28, 2
ch., 188–192. – Buxara. (In Russian)
10. Murotmusayev, K. B., Umarov, B. M., Xaydarov, X. K. (2022). Ta’lim va
innovatsion tadqiqotlar. (11), 291–301. – Toshkent. (In Uzbek)