ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Global axborotlashuv sharoitida talabalarning ijtimoiylashuvini ta’minlash omillari

Jonibekova Xusniyabonu Ergashboy qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

GLOBAL AXBOROTLASHUV SHAROITIDA TALABALARNING
IJTIMOIYLASHUVINI TA’MINLASH OMILLARI

FACTORS ENSURING THE SOCIALIZATION OF STUDENTS IN THE
CONDITIONS OF GLOBAL INFORMATION

ФАКТОРЫ, ОБЕСПЕЧИВАЮЩИЕ СОЦИАЛИЗАЦИЮ СТУДЕНТОВ В
УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛЬНОЙ ИНФОРМАЦИИ

Jonibekova Xusniyabonu Ergashboy qizi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Din psixologiyasi yo‘nalishi 1-bosqich magistranti

Ilmiy rahbar: Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professori, p.f.d.
Tel.: +998 90 321-61-32

e-mail: marguba@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada global axborotlashuv sharoitida talabalarning
ijtimoiylashuvini ta’minlash omillari tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot
texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning talabalar ijtimoiylashuviga ta’siri,
shuningdek, raqamli muhitning ijobiy va salbiy jihatlari o‘rganiladi. Maqolada ta’lim
muassasalarining ijtimoiylashuv jarayonidagi roli, o‘qituvchilarning raqamli
savodxonligi va talabalarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari muhokama
qilinadi. Global axborotlashuv sharoitida ijtimoiy moslashuv, madaniyatlararo
muloqot va axloqiy qadriyatlarning ahamiyati ta’kidlanadi. Tadqiqot talabalarning
ijtimoiylashuvini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga
qaratilgan bo‘lib, raqamli dunyoda ijtimoiy integratsiya muammolarini hal qilishga
xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: ijtimoiylashuv, global axborotlashuv, talabalar, raqamli muhit,
ijtimoiy tarmoqlar, ta’lim, madaniyatlararo muloqot, raqamli savodxonlik.

Annotation. This article analyzes the factors ensuring the socialization of
students in the context of global informatization. The impact of modern information
technologies and social networks on students’ socialization, as well as the positive and
negative aspects of the digital environment, are examined. The role of educational
institutions in the socialization process, teachers’ digital literacy, and methods for
developing students’ social skills are discussed. The importance of social adaptation,
intercultural communication, and ethical values in the context of global informatization
is emphasized. The study aims to develop practical recommendations for optimizing
students’ socialization, addressing challenges of social integration in the digital world.

Keywords: socialization, global informatization, students, digital environment,
social networks, education, intercultural communication, digital literacy.

Аннотация. В статье анализируются факторы, обеспечивающие
социализацию студентов в условиях глобальной информатизации.
Рассматривается влияние современных информационных технологий и
социальных сетей на социализацию студентов, а также положительные и
отрицательные аспекты цифровой среды. Обсуждаются роль образовательных
учреждений в процессе социализации, цифровая грамотность преподавателей и
методы развития социальных навыков студентов. Подчеркивается важность
социальной адаптации, межкультурной коммуникации и этических ценностей в
условиях глобальной информатизации. Исследование направлено на разработку
практических рекомендаций по оптимизации социализации студентов,
способствующих решению проблем социальной интеграции в цифровом мире.

Ключевые слова: социализация, глобальная информатизация, студенты,
цифровая среда, социальные сети, образование, межкультурная коммуникация,
цифровая грамотность.

KIRISH
Bugungi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarda “Kitob ko‘rgazmasi”, “Kitob
bayrami”, “Kitob yarmarkasi” nomli tadbirlar tashkil etilishi an’anaga aylangan.
So‘nggi yillarda ushbu an’ana Markaziy Osiyo davlatlariga ham kirib kelmoqda. 2018-
yilning 25-28-aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida III
Yevroosiyo xalqaro kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda adiblar, nashriyotlar va kitob
do‘konlarining vakillari qatnashdi. Mazkur tadbirning maqsadi kitob o‘qish va
kitobxonlik targ‘ibotini amalga oshirish bo‘lib, turli davlatlarda faoliyat yuritayotgan
adiblar, nashriyotlar va kitob do‘konlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yishdir.
Fuqarolarda kitob o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishda kitob savdosi ham
muhim o‘rin tutadi. Global axborotlashuv sharoitida kitob savdosini tashkil etishning
zamonaviy shakli – Internet do‘koni faoliyatini yo‘lga qo‘yilmoqda. Kitob savdosini
tashkil etuvchi “LitRes”, “Labirint”, “OZON” kabi Internet do‘konlari faoliyati ham
“global axborotlashuv va texnologiyalashuv sharoitida yangi urfdagi an’ana” sifatida
vujudga keldi. Ayni vaqtda “ko‘plab xorijlik va mahalliy yozuvchilar ijtimoiy
tarmoqlarda tezkor targ‘ib etish to‘lqinida “V Kontakte”, “Facebook”, “Twitter”,
“Instagram”, “LiveJournal” va boshqa resurslarda o‘z sahifalarini yaratdi va ularni faol
yuritib kelmoqda”. Mazkur hodisaning aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik
targ‘ibotini kuchaytirishga ham xizmat qilishi quvonarlidir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Global axborotlashuv sharoitida talabalarning ijtimoiylashuvini ta’minlash
omillarini o‘rganishda bir qator ilmiy manbalar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular
ushbu jarayonning pedagogik va psixologik jihatlarini yoritadi.
V. Ignatova o‘z dissertatsiyasida “Педагогические факторы духовнотворческого становления личности в процессе социализации и условия их
реализации” mavzusini tahlil qilib, shaxs ijtimoiylashuvidagi pedagogik omillarni
ko‘rib chiqadi. Muallif ijtimoiylashuv jarayonida ma’naviy-ijodiy rivojlanishning
ahamiyatini ta’kidlab, ta’lim muassasalarining ushbu jarayonda yetakchi rol o‘ynashini
ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot global axborotlashuv sharoitida talabalarning ijtimoiy
moslashuvini tashkil etishda pedagogik yondashuvlarning muhimligini asoslaydi.
L. Ershteyn “Запретная теория ценностей” asarida ijtimoiylashuvning
psixologik va sotsiologik jihatlarini tahlil qilib, qadriyatlar tizimining shaxsni
shakllantirishdagi rolini muhokama qiladi. Muallif qadriyatlar dinamik cheklovlar
sifatida shaxs ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi omil ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu
yondashuv raqamli muhitda talabalarning axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarini
shakllantirishda muhim hisoblanadi.
D. Mo‘minova o‘z dissertatsiyasi avtoreferatida “Kitobxonlik vositasida
talabalarni shaxsiy ijtimoiylashuvining pedagogik tizimi” mavzusini o‘rganib,
talabalarning ijtimoiylashuvida kitobxonlikning ahamiyatini ta’kidlaydi. Muallif ta’lim
muhitida kitobxonlik orqali ijtimoiy ko‘nikmalar va madaniy qadriyatlar rivojlanishini
tahlil qilib, global axborotlashuv sharoitida ushbu usulning samaradorligini ko‘rsatadi.
Ushbu tadqiqot talabalarning raqamli muhitda ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashda
muqobil yondashuvlarni taklif qiladi.
Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalarning ijtimoiylashuvi
global axborotlashuv sharoitida pedagogik, psixologik va madaniy omillarning
murakkab o‘zaro ta’siriga bog‘liq. Ushbu manbalar ijtimoiylashuv jarayonini
optimallashtirish uchun nazariy asos va amaliy yo‘nalishlarni taqdim etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot global axborotlashuv sharoitida talabalarning ijtimoiylashuvini
ta’minlash omillarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, sifatli va miqdoriy usullarni
qamrab oladi. Ilmiy adabiyotlar tahlili orqali ijtimoiylashuvning nazariy asoslari va
raqamli muhitning ta’siri o‘rganiladi. Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida
so‘rovnomalar va intervyular o‘tkazilib, ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiylashuvga
ta’siri baholanadi. Tanlangan oliy ta’lim muassasalarida tajriba-sinov ishlari orqali
raqamli savodxonlik va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari sinovdan
o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar statistik tahlil va tematik sintez yordamida qayta
ishlanadi, natijalar esa ijtimoiylashuvni optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
ishlab chiqishga xizmat qiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
So‘nggi yillarda yuzaga kelgan yangi internet hodisa – chellenj (ingl. “challenge”
– da’vat) ham aholi, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qish va kitobxonlik g‘oyalarini axborot
texnologiyalari orqali keng targ‘ib etishda alohida o‘rin tutmoqda. Chellenj – o‘yin
shaklidagi bahsning qandaydir harakatlar asosida amalga oshirishni taklif qilish
hisoblanadi. Ayni vaqtda yoshlarni kitobxonlik vositasida ijtimoiylashtirishni
kuchaytirish, rag‘batlantirish maqsadida “nashriyotlar, kitob do‘konlari, ijtimoiy
tashkilotlarning tashabbuslariga muvofiq chellenj yo‘lga qo‘yilmoqda. Zotan talabayoshlarning mutolaaga qiziqishi susayishi, o‘z navbatida, aholi savodxonligi
darajasining pasayishi jamiyat taraqqiyotining barqaror rivojlanishi uchun katta
tahdidlardan sanaladi. Shuning uchun ham ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bu
salbiy holatning oldini olishga qarshi qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda .
Xorijiy davlatlar tajribasida uzoq aholi punktlarida yashaydigan hamda
kutubxonalarga borish imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida
ko‘chma kutubxona xizmatini rivojlantirish, kutubxonalararo abonement va hujjatlarni
elektron yetkazib berish, kutubxona resurslaridan masofaviy foydalanish yo‘lga
qo‘yilgan. Bunda individual, guruh hamda ommaviy kitobxonlikni tizimli ravishda
tashkil qilishni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini tarbiyalash, yuksak badiiy
asarlarga oshno qilish, kutubxonalar imijini yuksaltirish bo‘yicha aniq
mexanizmlarning yaratilishi kabi takliflar ilgari surilmoqda.
Yozuvchi va millioner Stiv Sibold dunyoning eng boy odamlaridan ba’zilari bilan
30 yildan ortiq suhbatlashdi va ularning ko‘pchiligini mutolaaga bo‘lgan muhabbat
birlashtirib turishini aniqladi. “Badavlat odamning xonadoniga kirsangiz, birinchi
ko‘zingizga tashlanadigan narsalardan biri uni muvaffaqiyatga olib kelgan ulkan
kutubxona bo‘ladi” - deydi yozuvchi (Игнатова В., 2000: 29). Mashhur
milliarderlarning ko‘pchiligi ushbu nuqtai nazarni tasdiqlaydi. Masalan, Bill Geyts
yiliga 50 ga yaqin kitob o‘qiydi, Uorren Baffett ish kunining 80 foizini mutolaa uchun
sarflaydi. Ilon Maskdan u raketa qurishni qanday o‘rganganligi haqida so‘rashganda,
u “Men kitob o‘qiyman”, - deb javob bergan (Эрштейн Л., 2008: 78).
Yoshlar ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi va umummilliy harakat tusini olgan
kitobxonlik targ‘ibotida respublikamizdagi taniqli tilshunos olimlar, amaliyotchi
o‘qituvchilarning ishtiroki esa yoshlarda kitob mutolaasining metodik jihatdan to‘g‘ri
tashkil etishga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishlariga yordam bermoqda.
“Mumtoz adabiyot va kitobxonlik madaniyati” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy
tadbir doirasida yoshlar kitobning jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotidagi o‘rni,
ahamiyatini anglash bilan birga, foydali, qiziqarli badiiy asarlarni tanlash, ularning
asosiy g‘oyasini tushunish, mazmunini tahlil qilishga doir tushunchalarini yanada
boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Talaba-yoshlarda kitob o‘qish va kitobxonlikka ijobiy munosabatni qaror toptirish
o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Buning uchun har bir o‘sib kelayotgan avlodni,

maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab, kitoblar bilan tanishtirish, ularning jamiyat va
inson hayotidagi ahamiyati, amaliy qiymatini tushunishlari uchun zarur pedagogik
shart-sharoitni yaratish lozim. Talaba-yoshlarni kitoblar bilan tanishtirishda uzluksiz
ta’limning izchil, tizimli va maqsadli amalga oshirishi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Oliy
ta’lim muassasalarida tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik, psixologik talablar
negizida tizimli faoliyatlarning yo‘lga qo‘yilishi talabalarni kitobxonlik vositasida
shaxsiy ijtimoiylashtirishning metodik tizimini takomillashtirishning samarador
natijaga erishish imkonini beradi. Kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy
ijtimoiylashtirishga xos intellektual, psixologik ong yetukligining tarkib topishiga
yordam beruvchi ta’sirlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, kitob
o‘qish orqali kitobxonlarning nutqini rivojlantiradi va boyitadi; tasavvuri o‘sadi;
tafakkuri rivojlanadi; xotirasi mustahkamlanadi; hissiyoti (hissiy sifatlar, xususan,
hamdardlik hissi) tarbiyalanadi; “ijtimoiy idroki” shakllanadi. Ayni o‘rinda shuni ham
qayd etib o‘tish kerakki, shaxsda “ijtimoiy idrok”ning shakllanishi unda yashovchanlik
qobiliyatining rivojlanishini ta’minlaydi. Bu esa talabalarning kitob o‘qishga ijobiy
yondashishlariga erishish dolzarb pedagogik vazifalardan biri ekanligini tasdiqlaydi.
Ushbu vazifani hal qilish orqali shaxs (talabalar)ni ijtimoiy munosabatlarga izchil,
to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beradi.

Talabalar o‘qish jarayonini samarali, muvaffaqiyatli tashkil etish talabalarda
kitobxonlik faolliklarini nafaqat shakllantirish, shu bilan birga, rivojlantirish muayyan
pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning mavjudligi, bosqichlarni talabalarning
individual-shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish orqali ta’minlanadi. Quyidagi
asoslovchi tajriba bosqichida olib borilgan nazariy tahlil natijalari to‘g‘risida so‘z
yuritiladi. Nazariy tahlil natijalariga ko‘ra aytish mumkinki, kitobxonlik vositasida
talabalarni shaxsiy ijtimoiylashtirishning metodik tizimini takomillashtirish bevosita
oltita bosqichda amalga oshiriladi, ya’ni (1-rasm).

Kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoiylashtirishning metodik tizimini
takomillashtirishni izchil olib borilishi, davomiyligi natijasida asta-sekin o‘qish
madaniyati tarkib topadi. Talabalarda kitobdan foydalanishni rivojlantirish – bu
talabalar tomonidan kitob o‘qish (to‘g‘ri, tezkor, ifodali va tushunib o‘qish) hamda
kitobxonlik (o‘qish qoidalaridan xabardorligi, kitob (badiiy asar)ni tanlashi, kitob
o‘qishga odatlanishi va bu yo‘lda harakatlarni izchil, doimiy tashkil etishi, kitob
o‘qishdan zavqlanishi, asar mazmunini tushunishi, kitob o‘qishdan olgan
taassurotlarini atrofdagilar bilan o‘rtoqlashish) faolliklarining malakaga aylanishini
ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat jarayoni. Kitobxonlik vositasida talabalarni
shaxsiy ijtimoiylashtirish jarayonini tashkil etishda zarur bo‘lgan metodik jihatlarini
topish talab etiladi.

1-bosqich: tadqiqot 2-bosqich: to‘plangan

muammosiga yaqin yoki unga adabiyotlarni mazmunan

yondosh mavzularda Kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoiylashtirish o‘rganib chiqish asosida
bosqichlari
bajarilgan bosma va elektron yo‘nalishi, ularda ilgari surilgan

adabiyotlarga tayangan holda nazariy g‘oya, ilmiy dalil

material to‘plash; hamda amaliy-metodik

tavsiyalarni belgilash;

3-bosqich: mavjud tadqiqotlar 4-bosqich: baholangan nazariy
negizida belgilangan nazariy g‘oya, ilmiy dalil hamda
g‘oya, ilmiy dalil hamda amaliy-metodik tavsiyalarni
amaliy-metodik tavsiyalarni yanada boyitish;
tanqidiy o‘rganish, shuningdek,
ularning amaliyotga tadbiqini
baholash;

5-bosqich tanlangan

muammoni ijobiy hal qilish 6-bosqich: talabalarda

yuzasidan dissertantning kitobxonlik ko‘nikmalarini

mustaqil g‘oyalarini rivojlantirishga qaratilgan

shakllantirish orqali ularni metodikani amaliyotda sinovda

amaliyotga bevosita tadbiq o‘tkazish

etishga imkon beradigan

metodikani asoslash;

Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratish pedagogik faoliyatning metodik
jihatdan to‘g‘ri, muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta’minlaydi:

1. O‘qituvchi, ota-onalar, oila a’zolarining kitobxonlik borasida talabalarga
namuna ko‘rsata olishlari.

2. Kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy ijtimoiylashtirish ulardagi
qiziquvchan bo‘lishi; ularning qiziquvchanligi ko‘p kitob o‘qishi va faktlarni
qidirishida yaqqol namoyon bo‘ladi; talabalarning xuddi shu xislatlariga tayangan
holda ularning e’tiborlarini qiziqarli badiiy kitoblarga tortish asosida bu xislatni yanada
boyitish mumkin.

3. Kitob mutolaasi vaqtida faqatgina vaqti-vaqti bilan ularga savollar asosida
murojaat qilib, asarda bayon etilayotgan voqelik, qahramonlarning xatti-harakatlariga
nisbatan munosabatlarini aniqlashtirib borish fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga, o‘z
munosabatini mantiqiy bayon qilishga harakat qiladi.

4. Asar voqeligida tilga olinayotgan qahramonlar (misol uchun, ularning yoshi
nechadaligi (bu qahramonni real hayotdagi biror-bir shaxs bilan taqqoslash ya’ni,

hayotdagi xuddi Kamronning akasi, Zilolaning oyisi, Shohruxning dadasi, mening
buvimdek deyish asosida) ishtirok etayotgan turli buyum, predmet, jihozlarni qanday
tasavvur qilayotganliklari bilan qiziqish (ularning qanday shaklda, rangda, kattalikda,
miqdorda va h.k. tarzida) ularning bu haqidagi fikrlarini to‘ldirish, yangi sifatlar bilan
boyitish talabalarning tasavvurini rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

5. O‘qituvchi, ota-onalar yoki kutubxonachi tomonidan asar voqeligining
muayyan o‘rinlarida qisqa-qisqa to‘xtalishlar qilish orqali talabalarga shu jarayonning
qanday kechishini to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga oid topshiriqni berish ta’limiy
ahamiyatga ega bo‘lib, ularda mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlash qobiliyatini
shakllantirishga yordam beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot global axborotlashuv sharoitida talabalarning ijtimoiylashuvini
ta’minlash omillarini tahlil qilib, raqamli muhitning ijobiy va salbiy ta’sirlarini
ko‘rsatdi. Ijtimoiy tarmoqlar va axborot texnologiyalari talabalarning ijtimoiy
ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynasa-da, ular axloqiy qadriyatlar va
madaniyatlararo muloqotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ta’lim muassasalari va
o‘qituvchilarning raqamli savodxonligi ijtimoiylashuv jarayonini samarali
boshqarishda hal qiluvchi omil sifatida aniqlandi.
Talabalarning ijtimoiylashuvini yaxshilash uchun o‘qituvchilar uchun raqamli
savodxonlik bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ta’lim dasturlariga
ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus modullarni kiritish tavsiya
etiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda axloqiy me’yorlarni targ‘ib
qiluvchi kampaniyalar va madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlovchi loyihalar
tashkil qilinishi lozim. Ushbu chora-tadbirlar talabalarning global raqamli muhitda
muvaffaqiyatli ijtimoiy integratsiyasiga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Игнатова, В. В. (2000). Педагогические факторы духовно-творческого
становления личности в процессе социализации и условия их реализации (Дис.
... д-ра пед. наук: 13.00.01). – Красноярск.
2. Эрштейн, Л. Б. (2008). Запретная теория ценностей: Психологические и
социологические следствия представления ценностей как динамических
запретов. – Санкт-Петербург.
3. Mo‘minova, D. (2024). Kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy
ijtimoiylashtirishning pedagogik tizimi (Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati). Chirchiq.
4. Izbullayeva, G. (2022). Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism (Darslik). –
Buxoro.

5. Bennett, J. M., & Salonen, R. (2020). Intercultural communication and
socialization in the digital age: Implications for higher education. Journal of
International Students, 10(3), 567–584. – New York.

6. Mavlonova, K. M., Yo‘ldoshev, R. A., & Xakimova, N. S. (2021). Matn
tuzilishiga doir qoidalar (O‘quv-metodik qo‘llanma). – Toshkent: Nodirabegim.

7. Хакназарова, Л. (2024). Тўплам Апрел-2024 (1). Thesis: The role of linguadidactics in credit-module system. Jizzax davlat pedagogika universiteti.

8. Wang, Q., & Zhang, L. (2022). The role of social media in shaping student
socialization in a globalized digital environment. Education and Information
Technologies, 27(4), 5123–5142. – London: Springer.

9. Кларин, М. В. (2016). Инновационные модели обучения. Исследование
мирового опыта (Монография). – Москва: Луч.

10. Karimova, M. O., Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of
universal and national values in the spiritual and moral education of children in the
family. PalArch’s Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17 (7), 8547–8555.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ignatova, V. V. (2000). Pedagogicheskie faktori duxovno-tvorcheskogo
stanovleniya lichnosti v prosesse sosializasii i usloviya ix realizasii (Dis. ... d-ra ped.
nauk: 13.00.01). – Krasnoyarsk. (In Russian)
2. Ershteyn, L. B. (2008). Zapretnaya teoriya sennostey: Psixologicheskie i
sosiologicheskie sledstviya predstavleniya sennostey kak dinamicheskix zapretov. –
Sankt-Peterburg. (In Russian)
3. Mo‘minova, D. (2024). Kitobxonlik vositasida talabalarni shaxsiy
ijtimoiylashtirishning pedagogik tizimi (Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati). Chirchiq. (In Uzbek)
4. Izbullayeva, G. (2022). Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism (Darslik). –
Buxoro. (In Uzbek)
5. Bennett, J. M., & Salonen, R. (2020). Intercultural communication and
socialization in the digital age: Implications for higher education. Journal of
International Students, 10(3), 567–584. – New York.
6. Mavlonova, K. M., Yo‘ldoshev, R. A., & Xakimova, N. S. (2021). Matn
tuzilishiga doir qoidalar (O‘quv-metodik qo‘llanma). – Toshkent: Nodirabegim. (In
Uzbek)
7. Xaknazarova, L. (2024). Toʻplam Aprel-2024 (1). Thesis: The role of linguadidactics in credit-module system. Jizzax davlat pedagogika universiteti.

8. Wang, Q., & Zhang, L. (2022). The role of social media in shaping student
socialization in a globalized digital environment. Education and Information
Technologies, 27(4), 5123–5142. – London: Springer.

9. Klarin, M. V. (2016). Innovasionnie modeli obucheniya. Issledovanie
mirovogo opita (Monografiya). – Moskva: Luch. (In Russian)

10. Karimova, M. O., Saidullaeva, A. R. (2020). Pedagogical basis of the use of
universal and national values in the spiritual and moral education of children in the
family. PalArch’s Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17 (7), 8547–8555.