ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“E’tirof” metodining mohiyati va pedagogik-psixologik imkoniyatlari

Nasirov Kamiljon Jaylauyevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

“E’TIROF” METODINING MOHIYATI VA PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI

THE ESSENCE AND PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL
POSSIBILITIES OF THE "E'TIROF" METHOD

СУЩНОСТЬ И ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ
ВОЗМОЖНОСТИ МЕТОДА «ЭТИРОФ»

Nasirov Kamiljon Jaylauyevich
Oriental universiteti

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi professori
Tel.: +998 90 983-22-33

E-mail: knasirovj@gmail.com

Annotatsiya. Hozirgi kunda pedagogika fanining ahamiyati insoniyat oldidagi
global muammolarni hal qilishda beqiyosdir. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar
zamonaviy talab va ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘lib, innovatsion
texnologiyalardan foydalanish davr talabiga aylangan. Ushbu maqolada “E’tirof”
metodi – o‘quvchi-talabalarning faolligini oshirish, bilimlarini mustahkamlash va
o‘qishga qiziqishini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan pedagogik
innovatsiya – markaziy o‘rin tutadi. Metodning mazmun-mohiyati, didaktik
imkoniyatlari va qo‘llash shartlari ta’lim samaradorligini ta’minlashga
yo‘naltirilgan. Kichik o‘quv guruhlarida faoliyat olib borishning afzalliklari,
baholash tizimidagi muammolarni oqilona bartaraf etishning ijobiy ta’siri batafsil
tahlil etilgan. Bugungi pedagogik talablar – mustaqil o‘zlashtirish, ilmiy fikrlashni
rivojlantirish, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish va nazariy-amaliy mashg‘ulotlarda
faollikni oshirish – ushbu metod orqali amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. Maqolada
ushbu masalalar batafsil yoritilib, amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: pedagogika, ta’lim, tarbiya, shaxs, guruh, sardor, topshiriq,
baholash, innovatsiya, xulosa, tavsiya, interfaol usullar.

Annotation. In the contemporary era, pedagogical science plays an indispensable
role in addressing global challenges facing humanity. Educational reforms are designed
to meet modern demands and needs, making the integration of innovative technologies
a imperative of the time. This article centers on the "E'tirof" (Acknowledgement)
method – a pedagogical innovation developed to enhance student engagement,
consolidate knowledge, and foster interest in learning. The method’s essence, didactic
potential, and application conditions are oriented toward ensuring educational
effectiveness. The advantages of small-group instruction and the positive impact of
rationally resolving assessment issues are thoroughly analyzed. Current pedagogical

quirements – promoting independent learning, developing scientific thinking,
deepening professional knowledge, and increasing activity in theoretical and practical
sessions – are demonstrated through this method. The article provides detailed
coverage of these issues, accompanied by practical recommendations.

Key words: pedagogy, education, upbringing, personality, group, leader, task,
assessment, innovation, conclusion, recommendation, interactive methods.

Аннотация. В современную эпоху педагогическая наука играет
незаменимую роль в решении глобальных проблем человечества. Реформы в
системе образования направлены на удовлетворение актуальных требований и
потребностей, делая интеграцию инновационных технологий императивом
времени. В центре статьи – метод «Этироф» (Признание) – педагогическая
инновация, разработанная для повышения вовлечённости учащихся,
закрепления знаний и развития интереса к обучению. Суть метода, его
дидактический потенциал и условия применения ориентированы на
обеспечение эффективности образования. Тщательно анализируются
преимущества работы в малых группах и позитивное влияние рационального
устранения проблем в системе оценивания. Современные педагогические
требования – содействие самостоятельному обучению, развитие научного
мышления, углубление профессиональных знаний и повышение активности на
теоретических и практических занятиях – демонстрируются через данный
метод. В статье подробно освещены эти вопросы с практическими
рекомендациями.

Ключевые слова: педагогика, образование, воспитание, личность,
группа, руководитель, задача, оценка, инновация, вывод, рекомендация,
интерактивные методы.

KIRISH
XXI asrda aqliy salohiyat va tafakkur rivoji natijasida insoniyat yangi
cho‘qqilarni zabt etishi bilan bir vaqtda, ilgari ko‘rmagan va duch kelmagan ko‘plab
katta muammolarga ro‘baro‘ kelmoqda. Shu sababli odamlar tez o‘zgarayotgan,
dunyoda paydo bo‘layotgan muammolarning yechimini turli fan sohalaridan
izlamoqdalar. Global muammolarni hal etishda dunyodagi barcha davlatlar qatorida
O‘zbekiston Respublikasi ham faollik ko‘rsatmoqda.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish – xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos,
uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan obyektiv zarurat. Bu yo‘ldagi
islohotlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jamiyatimiz a’zolarining bor
bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azm-u shijoatini ishga solish
davr talabidir. Shundagina Yangi O‘zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat,

munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga
aylanadi (Mirziyoyev Sh. M., 2021).

Hozirgi kunda eski an’anaviy uslubdagi darslar yoshlar ehtiyojini
qondirolmayapti. Chunki, ularning fikrlashi va tafakkuri 10-15 yil avvalgi yoshlarga
nisbatan ancha tez va yuqori darajada. Agar pedagog o‘zi ustida ishlamasa, yangi
interfaol pedagogik metodlardan foydalanmasa va talabalarni o‘z faniga qiziqtira
olmasa, uning ta’lim–tarbiya sohasidagi faoliyati samarasiz bo‘lib qoladi.

Pedagog olimlarning ta’kidlashiga ko‘ra, ta’lim-tarbiya jarayonida
qo‘llaniladigan interfaol metodlarning orasida kichik guruhlar tarkibida o‘qish va
shug‘ullanish juda samarali hisoblanadi. Shu bois ularga nisbatan qiziqish kun sayin
ortib bormoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Pedagogik faoliyatda interfaol usullarni qo‘llash, ayniqsa, kichik guruhlarda
mashg‘ulotlarni tashkil etish masalasi bo‘yicha bir qator olimlar tadqiqot ishlarini
olib borganlar.
O‘zbekistonlik olimlardan R. Ishmuxamedov va M. Yuldashev pedagogik
jarayonda interfaol metodlarni joriy qilish zamonaviy kadrlarni tayyorlash
tizimining muhim omillaridan biri ekanligini, har bir jamiyatning kelajagi - uning
ajralmas qismi hisoblangan va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimining qay
darajada rivojlanganligi bilan belgilanishini, ta’lim va tarbiyada innovatsion
pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi sifatida qabul qilinishi
lozimligini o‘z asarlarida qayd etishgan. Ularning fikriga ko‘ra, kichik guruhlar
tarkibida shug‘ullanish o‘quvchi-talabalarning bilimlarini mustahkamlashda
samarali usul hisoblanadi.
O. Raximov, O. Turg‘unov, Q. Mustafayev, H. Ro‘ziyev kabi pedagog olimlar
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini har tomonlama o‘rganib chiqishgan va
O‘zbekistonning yangi ta’lim modelini yaratish g‘oyasini ilgari surishgan. Mazkur
g‘oyaga asosan har bir pedagog o‘z ustida mukammal ishlashi, zamondan orqada
qolmasligi, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini puxta bilishi va o‘z
faoliyatida joriy etishi zarur.
D. Fayzullayeva va M. Ganiyeva o‘z tadqiqot ishlarida kichik guruhlar
hamkorlikda ishlash uchun juda qulay ekanini ilmiy jihatdan asoslab berishgan
hamda pedagogik imkoniyatlarini ta’kidlashgan.
Amerikalik psixolog olimlar R. Karnikau va F. Makelrouning ilmiy
izlanishlarida shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan
shakllarda o‘zlashtirilgan bilimlarni turli darajada inson miyasida saqlanib qolishi
foizlarda ko‘rsatilgan.

Rus olimlaridan N. Petrova o‘z tadqiqotlarida kichik guruhlarda ta’lim-tarbiya
bilan shug‘ullanish jarayonini iqtisodiy jihatdan tahlil qilib, ushbu metodlardan
foydalanish yuqori samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilishini aniqlagan. S.
Priobrajenskiy kichik guruhlarda o‘qitish va o‘rgatish metodi amaliy
mashg‘ulotlarda o‘quvchi-talabalarning umumiy faolligini oshirish usuli ekanligini
alohida qayd etgan.

Yuqorida berilgan tahlil natijalarini umumlashtirgan holda shuni alohida
ta’kidlash joizki, kichik guruhlarda ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanish metodi
o‘quvchi-talabalarning bilimini mustahkamlash va faolligini yanada oshirish uchun
zamin yaratadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Har bir izlanishning ilmiy tadqiqot metodologiyasi mavjud bo‘lib, uning
mazmunini ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta'riflari, usullari va
bosqichlari haqidagi nazariy bilimlar tashkil etadi.
“E’tirof” metodini ishlab chiqishda mavzuga doir adabiyotlar puxta o‘rganildi.
Kichik guruhlarda ishlash metodlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Shuningdek,
tajriba-sinov ishlari va ularning natijalarini qiyoslash hamda umumlashtirish
usullaridan keng foydalanildi. Ushbu metodni amaliyotga joriy etish va natijalarni
oqilona baholash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Bugun mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va
takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot
texnologiyalarini tadbiq qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekistonning yangi ta’lim modeli eng zamonaviy talablarga javob
beradigan ta’lim muassasalarini barpo etish orqali sifatga, ya’ni o‘qituvchilar,
o‘quvchilar, talabalar, o‘quv dasturlari va pirovard natijada bilimlar sifatini
oshirishga asoslanganligi bilan ahamiyatlidir. U globallashuv jarayoni bilan bog‘liq
ehtiyojlarni hisobga olish va yurtimizni jahon hamjamiyatida munosib o‘rin
egallashini ta’minlash vositasi sanaladi.
Interaktiv metodlar zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonining asosidir. Ular
orasida kichik guruhlarga bo‘lingan holda shug‘ullanish o‘zining qamrovi va
natijadorligi bilan ajralib turadi.
“Innovatsiya” (inglizcha: innovation) atamasi – pedagogikada “yangilik
kiritish”, “nimanidir o‘zgartirish” ma’nolarida qo‘llaniladi.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar deganda: ta’lim tizimi, pedagogic
jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik kiritishni tushunamiz. Bu
jarayonni amalga oshirishda asosan interaktiv usullardan foydalaniladi.

Interaktiv (“Inter” - o‘zaro, “act” - harakat qilmoq) so‘zi - o‘zaro harakat
qilish ma’nosini anglatadi.
Interaktiv ta’limning mohiyati – o‘quvchi-talabalarning bilimlarni birbirlaridan o‘rganishlariga yo‘naltirilgan ta’lim ekanligi ko‘pchilik olimlar
tomonidan qayd etilgan.
Interfaol usullarning bosh maqsadi - muntazam muloqotni, o‘quvchitalabalarning o‘zaro hamkorligi va faolligini ta’minlashdan iborat.
Interfaol usullar yordamida bilish va fikr almashish faoliyati tashkil etiladi,
ta’lim oluvchilar to‘liq tarzda pedagogik jarayonga jalb etiladi, ular biladigan va
o‘ylayotgan narsalar oydinlashadi, ularning tushunish va fikrlash imkoniyatlari
kengayadi.
Hozir pedagogik texnologiyalar atamasi ham juda keng qo‘llanilmoqda. Uning
eng asosiy negizini o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan maqsadlar yo‘lida
kafolatlangan natijaga aniq ketma-ketlikda hamda hamkorlikda erishishlari tashkil
etadi.
Ta’lim-tarbiya texnologiyalari yordamida:
- o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik vujudga keladi;
- har ikki tomon birdek ijobiy natijaga intiladi;
- o‘quvchi-talabalar mustaqil fikrlashni va ijodiy faoliyatni o‘rganadilar.
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olib, 30 yillik pedagogik faoliyat va tajribaga
tayangan holda “E’tirof” metodini e’tiboringizga havola qilishni lozim topdik.

“E’tirof” ( ‫ ( ﺍﻋﺗﺮﺍﻑ‬so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “tanish”, “tan olish” kabi

ma’nolarni anglatadi. Metodning bunday nomlanishi u o‘quvchi-talabalar shaxsiga
qaratilganligi va ularni shaxs sifatida qabul qilish sharti bilan bog‘liq.

“E’tirof” metodi asosan seminar va amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, bilimlarni mustahkamlash va yanada boyitishni ta’minlaydi.
Shuningdek, har bir ishtirokchini ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zini to‘liq namoyon
qilishi uchun yordam beradi.

Pedagog ushbu metoddan foydalanganida tashkilotchi va nazoratchi sifatida
jarayonda ishtirok etadi. Uning asosiy vazifasi - talabalarni yangi usul yordamida
kichik guruhlarga ajratish, vazifalarni taqsimlash, jarayonni kuzatish va tadbir
so‘nggida guruh a’zolarini baholash hamda yutuq va kamchiliklarni e’lon qilishdan
iborat bo‘ladi.

“E’tirof” metodini amalda qo‘llash uchun bir necha bosqich talab etiladi:

1-bosqich – kichik guruhlarni shakllantirish.
Pedagog guruhdagi o‘quvchi-talabalarning umumiy sonidan kelib chiqib,
ularni 2, 3 yoki 4 ta kichik guruhga taqsimlashi lozim. Buning uchun u guruh
a’zolari orasidan yoshi kattalarini kichik guruhning sardori sifatida tanlaydi.
Sardorlar orasidan ham yoshi eng kattasini ajratib, unga auditoriyada o‘tirgan
o‘quvchi-talabalardan birini o‘z kichik guruhiga a’zo qilish uchun tanlashini
zarurligini aytadi. Keyin yoshi katta ikkinchi sardor, undan so‘ng navbatdagi
uchinchi, to‘rtinchi sardorlar bittadan o‘z guruhlariga a’zolarni tanlaydilar. Shu
tariqa kichik guruhlar tarkibi bittadan, navbati bilan o‘quvchi-talabalarni tanlash
asosida jamlanadi.
2-bosqich – kichik guruhlarga o‘quv topshiriqlarini taqsimlash.
Kichik guruhlarning a’zolari alohida stol atrofida joylashadilar. Ularga kichik
guruh sardorlari rahbarlik qiladi. Pedagog darsning maqsadi va mavzuning
mazmunidan kelib chiqib, har bir guruhga o‘quv topshiriqlarini taqsimlab beradi.
O‘quv topshiriqlari barcha guruhlar uchun bir xil yoki har xil bo‘lishi mumkin.
Guruh a’zolari o‘quv topshiriqlarini oq qog‘ozda ifodalagan holda bajarishlari
kerak. Buning uchun 20-30 daqiqa vaqt ajratiladi.
3-bosqich – o‘quv topshiriqlari ijrosini tekshirish.
Kichik guruhlar tomonidan bajarilgan barcha o‘quv-tarbiyaviy ishlar aks
etgan qog‘ozlar doskaga joylashtiriladi.
Kichik guruhlarning a’zolari o‘zaro kelishgan holda oralaridan bitta o‘quvchitalabani tanlaydilar. U doskaga chiqqan holda o‘z guruhi tomonidan bajarilgan
ishlar to‘g‘risida axborot beradi. Buning uchun har bir kichik guruh vakiliga 5
daqiqagacha vaqt beriladi.
4-bosqich – kichik guruh mehnati va vakillari ma’ruzalarining muhokamasi.
Ushbu bosqich juda mas’uliyatli hisoblanadi. Mazkur jarayonda asosan
o‘qituvchi, ba’zan esa maxsus hay’at hamda raqib kichik guruh a’zolari
ma’ruzachilarga dars mavzusiga oid savollar bilan murojaat qilishi mumkin.
Maxsus hay’at tarkibi kichik guruhlarni tashkil qilish jarayonida guruhlar
tarkibiga kirmay qolgan o‘quvchi-talabalardan tuziladi.
Kichik guruhlarning a’zolari soni o‘zaro teng miqdorda bo‘lishi shart. Shu
sababli, ba’zan bitta, ikkita yoki uchta o‘quvchi-talaba kichik guruhga kirmay
qoladi. Aynan o‘shalardan maxsus hay’at tuziladi va ularga:
1. O‘quv topshiriqlarini bajarish vaqtida kichik guruhning barcha a’zolari
faolligi;
2. O‘quv topshiriqlarining to‘g‘ri, to‘liq, hayotiy misollar bilan va mukammal
ravishda bajarilganligi;

3. Guruh vakillari ma’ruzalarining mazmunli, ifodali va kengqamrovli tarzda
bayon etilgangi;

4. O‘quv topshiriqlarini belgilangan vaqt ichida bajarishga ulgurganligini qayd
etgan holda har bir kichik guruhning yutuq hamda kamchiliklarini ko‘rsatgan holda
baholash vazifasi beriladi.

Agar maxsus guruh tuzilmasa, yuqorida sanab o‘tilgan ishlarni pedagogning
o‘zi amalga oshiriladi.

5-bosqich – kichik guruhlar faoliyatini baholash.
Ko‘pchilik pedagoglar ta’kidlashicha, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchitalabalarning bilimini, savollarga bergan javobini va o‘quv topshiriqlarini qay
darajada bajarganliklarini baholash qiyin amaliyot sanaladi. Chunki,
baholanayotgan tomonlar har doim ham ularga qo‘yilgan baholardan rozi
bo‘lavermaydilar. Shu sababli 5-bosqich pedagogga yoki maxsus hay’at a’zolariga
biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Baholash jarayonida doimo adolat va
haqqoniylik tamoyili ustun bo‘lishi kerak. Shunda hech qachon kichik guruhlarda
noroziliklar sodir bo‘lmaydi.
“E’tirof” metodini tahlil qilar ekanmiz, uning ko‘p yillik tajriba va olimlarning
ilmiy xulosalariga asoslanishini alohida qayd etish lozim. Masalan, guruhlarda
ishlash – bu o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarish uchun tashkil etilgan, 2 tadan
– 8 tagacha faol ishtirokchilari bor kichik guruhlar faoliyati hisoblanadi. Ushbu
ta’lim jarayoni va shaklidan ko‘zlangan asosiy maqsad: natija va o‘zaro
hamkorlikdir (Fayzullayeva D.M., Ganiyeva M.A. 2013).
Har bir insonning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan
shakllarda o‘zlashtirilgan bilimlarni xotirada turli darajada saqlab qolishni
ta’minlaydi. Jumladan, inson manbani o‘zi o‘qiganida - 10 %; ma’lumotni
eshitganida - 20 %; sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rganida - 30 %;
sodir bo‘lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko‘rib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
eshitganida - 50 %; ma’lumotlarni o‘zi uzatganida, ya’ni so‘zlaganida, bilimlarini
namoyish etganida - 80 %; o‘zlashtirilgan bilimlarini o‘z faoliyatiga tatbiq etganida
- 90 % hajmdagi ma’lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi (Karnikau
R., McElroy F. 1975).
“E’tirof” metodi yuqorida sanab o‘tilgan barcha dalillarga asoslangan holda
o‘zining pedagogik va psixologik xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar:
A). Pedagog tomonidan yoshi ulug‘ o‘quvchi-talabalarni e’tirof etilishi va
kichik guruh sardori etib tayinlashi;
B). Kichik guruh sardorlarining auditoriyadagi o‘quvchi-talabalarning bilimi
va faolligini e’tirof etib, o‘z guruhiga qabul qilishi;

S). Har bir kichik guruhning boshqa kichik guruhlarni kuchli va salohiyatli
raqib sifatida e’tirof etishi, ya’ni tan olishida namoyon bo‘ladi.

Bu e’tirof va tan olishlar insonning shaxs sifatida shakllanishi hamda
rivojlanishida juda muhim omil hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Kichik guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish muayyan
qoidalarga amal qilishni talab etadi. Bular:
- xushmuomalalik bo‘lish;
- boshqa insonlarni tinglash odobi;
- insoniylik tamoyiliga amal qilish;
- faol bo‘lish va hamkorlikda ishlay olish;
- samimiy va adolatli bo‘lish hamda haqiqatni tan olish kabilar.
Yuqorida sanab o‘tilgan qoidalar pedagogik bilimlar sohasini ifodalaydi va
metodning didaktik imkoniyatlarini ifodalaydi.
“E’tirof” metodining psixologik imkoniyatlarini esa:
- masalani tushunish va mushohada qilish;
- diqqatni jamlash va muammoning oqilona yechimini topish;
- muloqot madaniyati, jamoa bo‘lib faoliyat yuritish, odamlarni ishontirish
hamda o‘z fikrini erkin va ochiq bayon eta olish qobiliyati kabilarni namoyon
qiladi.
“E’tirof” metodi o‘quvchi-talabalarni bir kemada safarga chiqqan insonlardek
o‘zlarini his qilishini ta’minlaydi. Chunki, yakuniy xulosa va baho guruh
a’zolarining hammasiga tegishli bo‘lishi pedagog tomonidan darsning boshida
yetkaziladi.
Baholash bosqichida ayrim muammolar vujudga kelishi mumkinligi haqida
yuqorida fikr bildirilgan edi. “E’tirof” metodi o‘quv topshiriqlarini bajarish uchun
barcha kichik guruh a’zolarini o‘zlarida bor bo‘lgan barcha imkoniyatlarini safarbar
etishga undaydi. Ular mehnatini 5 ballik tizim asosida: “3”, “4” va “5” ga
baholasangiz, bu ularning ayrimlarida shok va stress holatini keltirib chiqarishi
mumkin. Ana shunday holatlarda biz baholarni hajmi bo‘yicha turli shaklda
qo‘yishni tavsiya qilamiz. Masalan, g‘olib guruhga katta shakldagi “5” baho,
qolganlariga o‘rtacha va kichik shakldagi “5” baho qo‘yiladi. Shunda vaziyat biroz
yumshaydi va o‘quvchi-talabalarning fanga yoki bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari
so‘nmaydi.
Mashg‘ulot vaqtida “E'tirof” metodi qo‘llanilganida auditoriyadagi barcha
o‘quvchi-talabalarning faolligi juda yuqori darajada bo‘lishi kuzatuvlar natijasida
aniqlangan. Buning sababi quyidagi insoniy munosabatlar bilan izohlanadi:

Birinchidan, o‘qituvchi yoshi katta o‘quvchi-talabalarni kichik guruhlar uchun
sardorlikka tayinlashi bilan ularga ishonch bildiradi;

Ikkinchidan, o‘z navbatida o‘quvchi-talabalar ham kichik guruh sardorlari
tomonidan tanlanishi oqibatida ularga ham ishonch bildiriladi.

Insoniy munosabatlar psixologiyasiga ko‘ra, bildirilgan har qanday ishonch
insonda mas’uliyat hissini uyg‘otadi. Ishonchni oqlash hissi insonni katta marralar
sari yetaklaydi.

“E'tirof” metodi umuminsoniy qadriyat talabalariga ham to‘liq mos keladi va
hozirgi kunda odamlar orasida yo‘qolib borayotgan “Kattaga hurmat, kichikka
izzat” tamoyilini qaror toptirish uchun xizmat qiladi.

Zamonaviy pedagog o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yangicha yondashuv bilan
faoliyat yuritmas ekan, bilimga chanqoq o‘quvchi-talabalar qalbidan o‘zi ham, fani
ham munosib joy ololmaydi. Shu sababli u doimo ta’lim-tarbiya samaradorligini
oshirishning eng maqbul yo‘li – mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida
tashkil etishga harakat qilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Armstrong, J. S. (2012) Natural Learning in Higher Education. – New York:
Springer.

2. D.M.Fayzullayeva, M.A. Ganiyeva (2013) Kichik guruhlarda hamkorlikda
ishlash pedagogik texnologiyalari to‘plami. Metodik qo‘llanma. – Toshkent. TDIU.

3. Karnikau R., McElroy F. (1975) Communication for the safety professional.
– Chicago.

4. Корзюк Н.Н. (2013) Обучение в малых группах: теория и практика. –
Минск: Центр БГУ.

5. Mirziyoyev Sh. M. (2021) Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent.
O‘zbekiston.

6. Норпулатова Х.А. (2012) Активные методы обучения, направленные на
развитие самостоятельного и творческого мышления студентов. // Молодой
ученый. – Т. 2. № 1. – С. 112–116.

7. O.D. Raximov, O.M.Turg‘unov Q.O. Mustafayev, H.J. Ro‘ziyev (2013)
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent. Fan va texnologiya nashriyoti.

8. P. Ishmuxamedov, M. Yuldashev (2013) Ta’lim va tarbiyada innovasion
pedagogic texnologiyalar (ta’lim tizimi xodimlari, metodistlar, o‘qituvchilar,
tarbiyachi va murabbiylar uchun o‘quv qo‘llanma). – Toshkent.

9. Петрова Н.В. (2008) Работа с малыми группами в процессе изучения
дисциплины «Экономический анализ». // Среднее профессиональное
образование. №6. – С. 27-28.

10. Приображенский С.В. (2016) Работа в малых группах как
интерактивный метод на практических занятиях. // Современные
образовательные технологии в мировом учебно-воспитательном пространстве.
№5. – С. 66-71.

REFERENCES:
1. Armstrong, J. S. (2012) Natural Learning in Higher Education. – New York:
Springer.
2. D.M.Fayzullayeva, M.A. Ganiyeva (2013) Kichik guruhlarda hamkorlikda
ishlash pedagogik texnologiyalari to‘plami. Metodik qo‘llanma. – Toshkent. TDIU. (In
Uzbek)
3. Karnikau R., McElroy F. (1975) Communication for the safety professional. –
Chicago.
4. Korzyuk N.N. (2013) Obucheniye v malix gruppax: teoriya i praktika. – Minsk:
Syentr BGU. (In Russian)
5. Mirziyoyev Sh. M. (2021) Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent.
O‘zbekiston. (In Uzbek)
6. Norpulatova X.A. (2012) Aktivniye metodi obucheniya, napravlenniye na
razvitiye samostoyatelnogo i tvorcheskogo mishleniya studentov. // Molodoy ucheniy.
– Moskva. T. 2. № 1. S. 112–116. (In Russian)
7. O.D.Raximov, O.M.Turg‘unov, Q.O.Mustafayev, H.J.Ro‘ziyev (2013)
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent. Fan va texnologiya nashriyoti. (In
Uzbek)
8. Petrova N.V. (2008) Rabota s malimi gruppami v prosesse izucheniya dissiplini
«Ekonomicheskiy analiz». // Sredneye professionalnoye obrazovaniye. №6. S. 27-28.
(In Russian)
9. P. Ishmuxamedov, M.Yuldashev (2013) Ta’lim va tarbiyada innovasion
pedagogik texnologiyalar (ta’lim tizimi xodimlari, metodistlar, o‘qituvchilar,
tarbiyachi va murabbiylar uchun o‘quv qo‘llanma). – Toshkent. (In Uzbek)
10. Priobrajenskiy S.V. (2016) Rabota v malix gruppax kak interaktivniy metod
na prakticheskix zanyatiyax. // Sovremenniye obrazovatelniye texnologii v mirovom
uchebno-vospitatelnom prostranstve. №5. S. 66-71. (In Russian)