ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Talabalarning kreativlik salohiyatini rivojlantirishda pedagogik imkoniyatlar

Egamberdiyeva Farida Oktamovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TALABALARNING KREATIVLIK SALOHIYATINI
RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK IMKONIYATLAR

PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING STUDENTS’
CREATIVE POTENTIAL

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ
КРЕАТИВНОГО ПОТЕНЦИАЛА СТУДЕНТОВ

Egamberdiyeva Farida Oktamovna
Oriental universiteti professori
Pedagogika fanlari nomzodi
Тел.: +998 99 803-84-85

E-mail: faridaegamberdiyeva@gmail.com

Annotatsiya. Kreativlik shaxsning noodatiy fikrlash, yangi g‘oyalar yaratish va
mavjud muammolarga innovatsion yondashuvlarni topish qobiliyati sifatida talqin
qilinadi. Ushbu maqolada talabalarning kreativlik salohiyatini rivojlantirishning
nazariy-metodologik asoslari va uni ta’minlovchi pedagogik imkoniyatlar tizimli tahlil
qilingan. Tadqiqotda kreativ pedagogika tushunchasi, uning inson haqidagi fanlar
tizimidagi o‘rni, uzluksiz ta’lim jarayonida shaxsning ijodiy salohiyatini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik sharoitlar va kreativ muhitni shakllantirish
mexanizmlari yoritilgan. Metodologik jihatdan pedagogik hamrohlik, hamkorlik
tamoyillari, muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish va o‘qituvchining shaxsiy kreativlik
namunasidan foydalanish asos qilib olingan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadi-ki,
talabalarda kreativlikni rivojlantirish samarasi pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi ijodiy
muloqot, interaktiv metodlar va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini
qo‘llash orqali ta’minlanadi. Maqola yakunida kreativ ta’limni takomillashtirish
bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar: kreativ pedagogika, kreativlik, pedagogik sharoitlar, kreativ ta’lim
muhiti, talabalar, pedagogik imkoniyatlar, ijodiy salohiyat, ta’lim metodlari.

Abstract. Creativity is interpreted as an individual’s ability to think
unconventionally, generate new ideas, and find innovative approaches to existing
problems. The article presents a systematic analysis of the theoretical and
methodological foundations for developing students’ creativity and the pedagogical
opportunities that support it. The study covers the concept of creative pedagogy, its
place within the system of human sciences, pedagogical conditions that foster the
development of personal creative potential in the continuous education process, and
mechanisms for creating a creative environment. Methodologically, the study is based
on principles of pedagogical companionship, collaboration, creating situations of

success, and utilizing the teacher’s personal creative examples. The analysis results
indicate that the effectiveness of developing students’ creativity is ensured through
creative interaction between teacher and learner, the use of interactive methods, and
student-centered educational technologies. The article concludes with proposals for
improving creative education.

Key words: creative pedagogy, creativity, pedagogical conditions, creative
learning environment, students, pedagogical opportunities, creative potential,
educational methods.

Аннотация. Креативность рассматривается как способность личности к
нестандартному мышлению, генерации новых идей и поиску инновационных
подходов к решению существующих проблем. В статье представлен системный
анализ теоретико-методологических основ развития креативности студентов и
педагогических возможностей, обеспечивающих этот процесс. Исследование
раскрывает понятие креативной педагогики, её место в системе гуманитарных
наук, педагогические условия, способствующие развитию творческого
потенциала личности в процессе непрерывного образования, а также механизмы
формирования креативной среды. Методологически исследование опирается на
принципы педагогического сопровождения, сотрудничества, создания ситуаций
успеха и использования личного творческого примера преподавателя.
Результаты анализа показывают, что эффективность развития креативности
студентов обеспечивается через творческое взаимодействие педагога и
обучающегося, применение интерактивных методов и технологий обучения,
ориентированных на личность. В заключении статьи предложены рекомендации
по совершенствованию креативного образования.

Ключевые слова: креативная педагогика, креативность, педагогические
условия, творческая образовательная среда, студенты, педагогические
возможности, творческий потенциал, методы обучения.

KIRISH
Zamonaviy jamiyat kreativ shaxslarga yuqori darajada ehtiyoj sezmoqda, chunki
ular moslashuvchanlik va ijtimoiylashuv qobiliyatiga ega bo‘lib, doimiy o‘zgarib va
yangilanib borayotgan dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladi. Shu munosabat
bilan turli soha olimlarining e’tibori ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ
salohiyatini aniqlash va rivojlantirish masalasiga qaratilmoqda. Natijada, zamonaviy
ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etishning yangi paradigmalarni
ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ijtimoiy buyurtma talablari, ilmiy izlanishlar va ta’lim amaliyotidagi o‘zgarishlar
ta’sirida pedagogikada yangi yo‘nalish – kreativ pedagogika shakllandi. “Kreativ

pedagogika” zamonaviy ilmiy-pedagogik termin sifatida ko‘plab tadqiqotlarda
qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, u hali mustaqil fan sohasi sifatida to‘liq shakllanmagan.
Shu sababli uni o‘rganish ko‘p qirrali va murakkab masalalarni o‘z ichiga oladi. U
pedagogikaning turli bo‘limlari, jumladan, pedagogika tarixi, ta’lim falsafasi, umumiy
va kasbiy pedagogika, psixologiya, ta’lim metodikasi va texnologiyalari, shuningdek,
kasbiy etika kabi sohalarga uzviy bog‘liqdir.

Ijod oddiy faoliyatdan farq qiladi. U faoliyat ichidagi o‘ziga xos jarayon sifatida
talqin qilinadi va insonning ijodiy salohiyatini oshiradi. Muhimi, ijod jarayoni nafaqat
tashqi ob’ektlarni yaratish yoki o‘zgartirish, balki ijodkorning o‘zini ham o‘zgartirish,
uni yangi sifat darajasiga olib chiqishdir. Shu sababli, ijodiy faoliyat inson shaxsini
shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Keng tarqalgan qarashga ko‘ra, ijodkorlik qobiliyati tug‘ma in’om bo‘lib, uni
o‘rgatib bo‘lmaydi. Biroq olima M.M. Zinovkina bu fikrga qarshi chiqib, texnika va
ixtirolar tarixi hamda buyuk olimlarning ijodiy faoliyatini tahlil qilib, ularning
muvaffaqiyati nafaqat fundamental bilimlarga, balki o‘ziga xos tafakkur uslubi,
evristik metodlar va maxsus bilimlar tizimiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu ijodiy
qobiliyatni ma’lum metodlar yordamida rivojlantirish mumkinligini isbotlaydi
(Zinovkina, 2007: 48-96).
Ijodkorlik, madaniyat singari, inson hayotining barcha jabhalarini qamrab olishi
va ta’lim tizimining har bir bosqichida namoyon bo‘lishi lozim. Shu bois inson
haqidagi fanlar tizimida kreativ pedagogika yangi tarmoq sifatida rivojlanishi uchun
zarur shart-sharoitlar mavjud.
Kasbiy shakllanish inson ontogenezining katta qismini – kasbiy niyatlar
shakllanishidan (14-17 yosh) kasbiy faoliyat yakunlanishigacha (55-60 yosh) qamrab
oladi. Doimiy o‘zgaruvchan tashqi va ichki dunyo, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va
faoliyat mazmuniga mos keladigan ijodkor shaxsni shakllantirish jarayoni uzluksizlik,
izchillik va inson ontogenezining barcha bosqichlarini qamrab olishni talab qiladi.
Mahalliy pedagogikada insonning kasbiy-ijodiy faoliyat tajribasini uning kasbiy-ijodiy
salohiyatini rivojlantirish asosida o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar deyarli mavjud emas.
An’anaviy yondashuvda kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning
integratsiyasi sifatida talqin qilinadi va tajriba faoliyatni egallash jarayonida o‘zo‘zidan shakllanadi deb hisoblanadi. Shu sababli ijodiy faoliyat tajribasiga o‘rgatish
masalasi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi (Zinovkina, 2007: 54, 78).
Kasbiy-ijodiy faoliyatni faol egallash nafaqat ko‘nikma va malakalarni
rivojlantirish va integratsiyalashni, balki individual usullar ishlab chiqish, kasbiy ijod
metodologiyasini o‘zlashtirish, ijodiy tafakkur va kreativ shaxsiy sifatlarni

rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Kreativ shaxsning shakllanishi – bu ijodiy faoliyat
va uning natijalariga mos keladigan shaxsning rivojlanish jarayonidir. Bu jarayon
biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi, kreativ sifatlari, hayotiy voqealar va
kasbiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi (Chernilevskiy, 2001: 98).

Kreativ shaxsning shakllanishi va kreativ ta’lim o‘rtasida uzviy bog‘liqlik
mavjud. Shu sababli kreativ pedagogika inson haqidagi fanlar tizimida tobora muhim
o‘rin egallamoqda. Insonning kasbiy-ijodiy faoliyat darajalari, erishilgan natijalar va
kreativ tayyorgarlik darajasi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir (Xoxlova, 2012: 297-301).

Umumiy va kasbiy ta’lim muammolari kreativ shaxsning kasbiy shakllanishi
jarayonida bir butunlikni tashkil etadi. Bu esa ushbu muammolarni kreativ pedagogika
doirasida integratsiyalash zarurligini ko‘rsatadi. Olimlar kreativ pedagogikani ijodiy
ta’limning fani va san’ati sifatida talqin qilib, uni pedagogikaning alohida turi deb
hisoblaydilar. U majburlash, hamkorlik yoki tanqidiy pedagogika kabi turlarga
qarama-qarshi qo‘yiladi. V.V. Popov va Yu.G. Kruglovning ta’kidlashicha, kreativ
pedagogika shaxsni va uning qobiliyatlarini faol rivojlantirishga qaratilgan maqsadli
faoliyatni o‘rganadi. Uning ob’ekti alohida individ yoki uning psixikasi emas, balki
uning rivojlanishi bilan bog‘liq pedagogik hodisalar tizimidir (Xoxlova, 2012: 297-
301).

Kreativ pedagogika o‘quvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, har qanday pedagogika muayyan darajada kreativ yo‘nalishga
ega. An’anaviy didaktikaga asoslangan pedagogika ham o‘ziga xos kreativlikka ega
bo‘lib, ta’limni faktologik bilimlarni yetkazish orqali rivojlanish jarayoni sifatida
qaraydi (Xoxlova, 2012: 299).

Kreativ yo‘nalishga erishish uchun quyidagi shartlar zarur:
 O‘quv jarayonida tor ixtisos doirasidan tashqariga yo‘naltirilgan, ijobiy
tanqidni qabul qiluvchi va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘zaro
ta’sir muhitini yaratish;
 O‘quv jarayonini o‘quvchi ijodkor, o‘quv materiali esa ijodiy maqsadga xizmat
qiladigan vosita sifatida qayta tashkil etish;
 Evristik usullarni tavsiflovchi va ularning amaliy qo‘llanilishini ko‘rsatuvchi
qo‘shimcha o‘quv materiallarini kiritish. Muammoli vaziyatlar sharoitida o‘quvchi o‘z
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantira oladi (Xoxlova, 2012: 299).
M.M. Zinovkina fikriga ko‘ra, kreativ pedagogikaning predmeti uzluksiz ta’lim
tizimida kreativ shaxsni shakllantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari,
qonuniyatlari va mexanizmlaridir. Bu jarayon umumiy ta’lim, kasbiy o‘zlashtirish va
o‘zini-o‘zi amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Ob’ekti esa ilmiy soha sifatida uzluksiz
kreativ ta’lim tizimi, o‘quv fani sifatida esa ontogenezning barcha bosqichlaridagi
kreativ shaxs hisoblanadi (Zinovkina, 2007: 89).

Kreativ pedagogika inson haqidagi fanlar tizimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
umumiy va kasbiy pedagogika, psixologiya, ta’lim metodlari va texnologiyalari bilan
yaqin aloqadadir. Shu bilan birga, u mustaqil ilmiy soha sifatida shakllanmoqda va
shaxsda innovatsion intilishlar, kreativlik va raqobatbardoshlikni rivojlantirish
imkoniyatiga ega.

Kreativlik shaxsning asl qadriyatlarni yaratish, noodatiy qarorlar qabul qilish va
chegaralardan tashqariga chiqish qobiliyati sifatida qaraladi. Bu intuitsiya, fantaziya,
o‘ylab topish, oldindan ko‘ra bilish, tashabbuskorlik, qat’iyat, o‘zini o‘zi tashkil etish
va mehnatsevarlik kabi sifatlar bilan tavsiflanadi (Vygotskiy, 2005: 123). Bunday
shaxslar uchun mamnuniyat manbai nafaqat maqsadga erishish, balki ijod jarayonining
o‘zidir.

Zamonaviy ta’lim tizimini yangilash va gumanizatsiyalash har bir o‘quvchining
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik sharoitlarni yaratishni
talab qiladi. Pedagogik sharoitlar o‘quvchining shaxsiy o‘sishiga yordam beruvchi
omillar, tamoyillar va tarbiyaviy choralar majmuini anglatadi. O‘quv-tarbiyaviy
faoliyat esa o‘quvchi va pedagogning subyekt sifatidagi pozitsiyasini ta’minlovchi
jarayon sifatida qaraladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Kreativ muhitni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat quyidagi
xususiyatlar bilan ajralib turadi: noodatiy savollar va g‘oyalarga e’tiborli munosabat,
ularning qadri-qiymatini ko‘rsatish; o‘quvchilarga ko‘proq mustaqillik berish; erkin va
samimiy o‘quv muhitini yaratish.
Shu nuqtai nazardan, ta’lim muassasasida kreativ muhitni shakllantirishga
qaratilgan pedagogik hamrohlik tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon
o‘quvchilarning manfaatlariga asoslanadi va maktab, gimnaziya yoki oliy ta’lim
muassasasining ularning individual xususiyatlari va subyektiv ehtiyojlariga
moslashishini ta’minlaydi.
Pedagogik hamrohlik ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin: umumiy guruh
shaklida va individual-shaxsiy shaklda. Birinchi holatda kreativ muhit pedagog va
o‘quvchilar hamkorligi, dialogik ish shakllari va ijodiy faollikni talab qiluvchi
topshiriqlar orqali ta’minlanadi. Ikkinchi yondashuv esa o‘quvchiga mustaqil qaror
qabul qilish, ijod qilish, o‘qish va xulq-atvor mazmuni hamda usullarini tanlash
erkinligini berish orqali uning individual rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Kreativlikni rivojlantirishga oid pedagogik hamrohlik quyidagi tamoyillar asosida
tartibga solinadi:
 Hamroh qilinayotgan shaxs manfaatlarining ustuvorligi;
 Uzluksizlik;

 Multidissiplinarlik; yagona
 O‘quvchiga nisbatan barcha hamrohlik ishtirokchilarining
munosabatini shakllantirish va doimiy axborot almashinuvi;
 O‘quvchining qadriyatlari ustuvorligini tan olish.

TAHLIL VA NATIJA
Pedagogik hamrohlik jarayonida pedagog o‘quvchiga o‘z imkoniyatlarini his
qilishiga yordam beradi, unda o‘ziga ishonch va shaxsiy ahamiyat tuyg‘usini qo‘llabquvvatlaydi. Buning uchun pedagog o‘quvchining betakrorligi va noyobligini
tushunishi, uning individual psixologik portretini tasavvur qila olishi zarur.
Shuningdek, u o‘quvchining yosh xususiyatlari, xatti-harakatlarini belgilovchi
motivlar, ta’limga va tengdoshlari hamda kattalar bilan munosabatlariga bo‘lgan
qarashlarini bilishi lozim. Pedagog o‘quv dasturi bilan o‘quvchining ijtimoiy-shaxsiy
rivojlanish vazifalari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak.
Ta’lim jarayonida pedagogik hamrohlik tamoyillari asosida olib boriladigan
o‘qitishda asosiy e’tibor dasturiy materialni o‘zlashtirishga emas, balki individual
bilish faoliyatini tashkil etishga qaratiladi. Pedagog nafaqat o‘zi tahlil qiladi, balki
o‘quvchilarga bilim mazmunini, bilish mexanizmlarini, faoliyat turlarini tashkil etish
prinsiplari va usullarini anglashga yordam beradi. O‘quv faoliyatini tashkil qilish
bo‘yicha bilim alohida turdagi bilim bo‘lib, uni baholash son jihatdan (masalan, besh
balli tizim bo‘yicha) emas, balki sifat jihatdan – o‘quvchining turli faoliyat sohalarida
rivojlantirgan sifatlari darajasi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Ko‘plab tadqiqotchilar o‘qituvchining ijodiy entuziazmi, erkin fikrlash va o‘zini
namoyon etish muhitini yaratishdagi rolini ta’kidlaydilar. Bunga erishish uchun turli
usullar ishlab chiqilgan: o‘quvchining faoliyatiga qiziqish bildirish, turli javob
variantlarini tan olish va rag‘batlantirish, tanish jarayon va hodisalarga boshqa nuqtai
nazardan qarash.
Zamonaviy pedagogik hamrohlikni amalga oshiruvchi pedagog informator emas,
balki koordinator, menejer, dialog tashkilotchisi va o‘quvchining individual
qobiliyatlarini hisobga olgan holda maslahatchi bo‘lishi lozim. U bilimlarni
egallashning samarali yo‘llarini izlashda o‘quvchini qo‘llab-quvvatlaydi, qiziqarli
topilmalarni rag‘batlantiradi, muvaffaqiyatsiz urinishlarni tahlil qiladi va o‘quvchini
o‘z yutuqlari va xatolarini anglashga undaydi.
Taqlid qilish uchun namunaga aylanuvchi narsa ma’lum harakatlar algoritmi
emas, balki o‘qituvchining shaxsiy ijodiy yo‘nalishi va kreativ xulqidir. Tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, ijodkor shaxs faqat iste’dodli va ijodkor shaxs bilan hamkorlikda
shakllanadi.

Mahalliy pedagogik va psixologik tadqiqotlarda ijodkorlik masalasi ko‘pincha
hamkorlik g‘oyasi kontekstida o‘rganilgan. Biroq hamkorlik ijodkorlikning zaruriy
sharti bo‘lsa-da, uning to‘liq mohiyatini ochib bermaydi. Ijodkorlik o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotda dialog shaklini ta’minlaydi, bu esa ishtirokchilarning
o‘zaro boyishi va shaxsiy rivojlanishida namoyon bo‘ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Yosh avlod pedagog tomonidan ijodiy tashkil etilgan sotsiokulturniy faoliyatning
muallifiga aylanadi. Hamkorlik o‘quvchiga o‘quv materialini o‘zlashtirishda o‘z
sur’atini tanlash, ijodiy imkoniyatlarini ishga solish va ularni amalga oshirish yo‘lini
belgilash huquqini beradi.
V.I. Andreev, E.A. Gluxovskaya va boshqa tadqiqotchilar tomonidan o‘qituvchi
va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan subyekt-subyekt munosabatlarini
ta’minlovchi quyidagi shartlar ajratib ko‘rsatilgan:
 Har bir ishtirokchiga ijodiy jarayonda o‘z qarorini qabul qilish huquqini
beruvchi subyekt-subyekt o‘zaro ta’siri;
 Ishtirokchilar tomonidan ijodiy muhitning yaratilishi va saqlanishi;
 Har bir subyektning ijodiy faoliyat va o‘zini ifoda etishning individual uslubini
rag‘batlantirish;
 Pedagogning ijodiy imkoniyatlari va pedagogik mahoratini doimiy
rivojlantirish.
Ijodiy faoliyatda subyekt pozitsiyasi quyidagi qobiliyatlarni shakllantiradi:
mustaqil maqsad qo‘yish va motivatsiyani rivojlantirish, o‘zlashtirilgan harakat
usullarini o‘zgaruvchan sharoitlarda qo‘llash, ijodiy faoliyat natijalarini mustaqil
baholash, berilgan vaziyat chegarasidan chiqib, yangi vazifalarni variativ va ijodiy hal
qilish.
Natijada o‘quvchilarda mustaqillik, mas’uliyat, tartiblilik, tashabbuskorlik va
ijodiy yo‘nalganlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanadi.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatida ijodiy muhitni yaratish
alohida ahamiyatga ega. Ijodiy muhitning muhim tarkibiy qismi – o‘qituvchi
tomonidan tashkil etiladigan “muvaffaqiyat vaziyatlari”dir. Bu o‘quvchida ijodiy
faoliyatga qo‘shilish istagini shakllantiruvchi va zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi
pedagogik vaziyatdir. Bunday vaziyatlar noodatiy tafakkurni rivojlantiradi, ijodiy
o‘zini namoyon etishga intilishni kuchaytiradi va o‘quvchida faoliyat subyekt
sifatidagi pozitsiyani mustahkamlaydi.
Kreativlikni rivojlantirishga oid pedagogik sharoitlar quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
 Dars jarayonida maqsadli ravishda yaratilgan kreativ ta’lim muhiti;

 Pedagogning kreativ xulqi va shaxsiyati o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini
personifikatsiya qiluvchi omil sifatida;

 O‘quvchilar va pedagoglarning hamkorligi;
 Ijodiy faoliyatdagi subyektlik pozitsiyasi;
 Ijodiy muhitni qo‘llab-quvvatlash va muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish.
O‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish uzluksiz kreativ ta’lim tizimi sharoitida,
maqsadli va kompleks pedagogik ta’sir asosida eng samarali amalga oshiriladi. Kreativ
pedagogika ushbu masalalarni ishlab chiqish orqali fundamental-amaliy pedagogik
soha sifatida rivojlanishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Богоявленская Д. Б. (1995) О предмете и методе исследования творческих
способностей // Психологический журнал. № 5.
2. Выготский Л. С. (2005) Избранные психологические исследования. –
Москва.
3. Ермолаева Томина Л.Б. (2003) Исследование факторов,
детерминирующих индивидуальные различия в проявлении творческой
активности // Психология творчества. – Москва. – С. 117–130.
4. Зиновкина М.М. (2007) НФТМ-ТРИЗ: Креативное образование XXI века
(Теория и практика): – Москва.
5. Козленко В.Н. (1990)Проблема креативности личности // Психология
творчества. – Москва – С. 131–148.
6. Рубинштейн С.Л. (1992) Основы общей психологии. – Москва.
7. Хохлова Д. А. (2012) Актуализация статуса креативной педагогики в
современном междисциплинарном знании // №15/ – С. 297–301.
8. Чернилевский Д. В., Морозов А. В. (2001) Креативная педагогика и
психология.

REFERENCES
1. Bogoyavlenskaya D. B. (1995) On the Subject and Method of Studying
Creative Abilities // Psychological Journal. № 5.
2. Vygotsky, L. S. (2005) Selected Psychological Research. – Moscow.
3. Ermolaeva-Tomina, L. B. (2003) Study of Factors Determining Individual
Differences in the Manifestation of Creative Activity // Psychology of Creativity.
Moscow. – pp. 117–130.
4. Zinovkina, M. M. (2007) NFTM-TRIZ: Creative Education of the 21st Century
(Theory and Practice): Monograph. – Moscow.
5. Kozlenko, V. N. (1993) The Problem of Personality Creativity // Psychology of
Creativity. – Moscow, – pp. 131–148.

6. Rubinstein, S. L. (1992) Fundamentals of General Psychology. Textbook. –
Moscow.

7. Khokhlova, D. A. (2012) Actualization of the Status of Creative Pedagogy in
Modern Interdisciplinary Knowledge // University Bulletin (GUU). №15. – pp. 297-
301.

8. Chernilevsky, D. V., & Morozov, A. V. (2001)Creative Pedagogy and
Psychology: Textbook. – Moscow.