ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘quvchilarning musiqiy qiziqishlarini rivojlantirish

Nishanbekova Jadira O‘rinboy qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘QUVCHILARNING MUSIQIY QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH

DEVELOPING STUDENTS' MUSICAL INTERESTS

РАЗВИТИЕ МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНТЕРЕСОВ УЧАЩИХСЯ

Nishanbekova Jadira O‘rinboy qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti,
pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi,

pedagogika fanlari falsafa doktori PhD
Tel.: +998 99-335-33-61

Annotatsiya. Ushbu maqola umumta’lim maktablarida faoliyat yurituvchi
to‘garaklarda o‘quvchilarning musiqiy-estetik kompetentligini shakllantirish
borasidagi mavjud muammolarni tadqiq etadi. Mazkur muammoning dolzarbligini
ochib berish maqsadida muallif tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma
o‘tkazilgan bo‘lib, unda o‘quvchilarning musiqiy ta’limga bo‘lgan qiziqishi, to‘garak
mashg‘ulotlarining samaradorligi, shuningdek, ularning musiqiy asarlar orqali estetik
zavq olish darajasi kabi masalalar o‘rganilgan. Maqolada so‘rovnoma natijalari tahlil
qilinib, o‘quvchilarning musiqiy-estetik kompetentligini rivojlantirish uchun
to‘garaklarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan pedagogik yechimlar taklif etiladi.
Xususan, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni takomillashtirish,
o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, to‘garak mashg‘ulotlarini zamonaviy
texnologiyalar asosida tashkil etish kabi masalalarga e’tibor qaratilgan. Maqola soha
mutaxassislari, o‘qituvchilar va talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar: kompetentlik, o‘quvchi, o‘quv jarayoni, kommunikativlik, musiqiyestetik, rivojlantirish faoliyati, to‘garak mashg‘ulotlari, kasbiy mahorat.

Annotation. This article examines the challenges in developing the musicalaesthetic competence of students in clubs operating in general education schools. To
highlight the relevance of this issue, the author conducted a survey among students,
exploring their interest in music education, the effectiveness of club activities, and the
extent to which they derive aesthetic pleasure from musical works. The article analyzes
the survey results and proposes pedagogical solutions that can be used in clubs to
develop students' musical-aesthetic competence. In particular, it focuses on issues such
as improving textbooks and teaching materials, enhancing teachers' professional skills,
and organizing club activities based on modern technologies. This article may be useful
for specialists in the field, teachers, and students.

Key words: competence, student, educational process, communicative, musicalaesthetic, development activity, group training, professional expertise.

Аннотация. В статье рассматриваются проблемы формирования
музыкально-эстетической компетентности учащихся в кружках, действующих в
общеобразовательных школах. С целью раскрытия актуальности данной
проблемы автором был проведен опрос среди учащихся, в котором изучались
такие вопросы, как интерес учащихся к музыкальному образованию,
эффективность кружковых занятий, а также степень получения ими
эстетического удовольствия от музыкальных произведений. В статье
анализируются результаты опроса и предлагаются педагогические решения,
которые могут быть использованы в кружках для развития музыкальноэстетической компетентности учащихся. В частности, внимание уделяется таким
вопросам, как совершенствование учебников и учебно-методических пособий,
повышение профессионального мастерства учителей, организация кружковых
занятий на основе современных технологий. Статья может быть полезна
специалистам в данной области, учителям и студентам.

Ключевые слова: компетентность, учащийся, учебный процесс,
коммуникативная, музыкально-эстетическая, развивающая деятельность,
кружковые занятия, профессиональное мастерство.

KIRISH
Yangi O‘zbekiston yoshlarining musiqiy-estetik kompetensiyasini shakllantirish
zamonaviy dunyoda ularning raqobatbardoshligi va mobilligini ta’minlashning muhim
ko‘rsatkichlaridan biridir. Shaxs ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim
paradigmasida insonning o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini
namoyon etish muammolari alohida o‘rin egallaydi. Ta’limni
insonparvarlashtirishning umumiy jarayonlari, pedagogik paradigmalarning
o‘zgarishi, modellar va texnologiyalarning ustuvorligi oshib borayotganligi, pedagogik
hamkorlikning subyekt-subyektga asoslangan jihatini dolzarblashtiruvchi
partisipativlik g‘oyasi ushbu vazifasini yanada dolzarblashtirmoqda.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan,
ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni
amalga oshiramiz, degan edilar (Sh.M. Mirziyoyev, 2020-yil dekabr).
Darhaqiqat, kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol, komil insonni
tarbiyalab, voyaga yetkazishga intilib yashash o‘zbek xalqining milliy xususiyatlaridan
biridir.
Milliy va jahon musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalarini targ‘ib qilish va
ommalashtirish, yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashning asosi bo‘lmog‘i kerak. Bu
o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan o‘quvchiyoshlarning ijodkorligini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish,

musiqa va san’at turlari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etish borasida tavsiya
etilgan 5 ta muhim tashabbusning birinchisida belgilangan. Yoshlarni musiqa,
rassomlik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, qobiliyatlarini
namoyon qilishni ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni sinfdan tashqari ishlarida keng
jalb etish maqsadida musiqa san’ati turlari bo‘yicha to‘garaklarning o‘rni katta
ahamiyatga ega bo‘lib, sinfdan tashqari ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda ushbu
to‘garaklardan foydalanish yaxshi natijalarni beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Har qanday yo‘nalishdagi mutaxassislarning musiqiy-estetik kompetensiyasini
shakllantirish zamonaviy dunyoda ularning raqobatbardoshligi va mobilligini
ta’minlashning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Shaxs ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan zamonaviy ta’lim paradigmasida insonning o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zo‘zini anglash va o‘z-o‘zini namoyon etish muammolari alohida o‘rin egallaydi. Shu
munosabat bilan zamonaviy mutaxassisga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib boradi
va bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasasida talabalarni kasbiy tayyorgarligini tashkil
etish, uning mazmuni, shakllari va usullarini musiqiy-estetik kompetensiyasini
shakllantirish jihatidan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Ta’limni
insonparvarlashtirishning umumiy jarayonlari, pedagogik paradigmalarning
o‘zgarishi, modellar va texnologiyalarning ustuvorligi oshib borayotganligi, pedagogik
hamkorlikning subyekt-subyektga asoslangan jihatini dolzarblashtiruvchi
partisipativlik g‘oyasi ushbu vazifasini yanada dolzarblashtirmoqda. Ijodiy ishda o‘zo‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslarni
tayyorlash uchun aniq ijtimoiy buyurtma alohida ahamiyatga ega.
“Kompetensiya” tushunchasi lotincha “competere” – qobiliyat so‘zidan olingan
bo‘lib, “yaroqlilik, loyiqlik” degan ma’noni bildiradi. Ushbu so‘z keng ma’noda
umumiy yoki muayyan masalalarni yechishda mavjud bilim va ko‘nikmalarni amaliy
tajribada qo‘llay olishni ham anglatadi. Demak, kompetensiya – bu kutilgan natijaga
olib keluvchi faoliyat, egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay
olish layoqatidir.
Tilshunoslikda “kompetensiya” atamasi ilk bor XX asr o‘rtalarida N.Xomskiy
tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, tildan foydalanish jarayonida faoliyatga yo‘naltirilgan
bilim, ko‘nikma va malakalar majmui sifatida, uning izdoshlari tomonidan esa
kompetensiyaviy yondashuv sifatida talqin etilgan. Bunda kompetentlik va
kompetensiyaviy yondashuv tushunchalari ta’limda natijaviylikni ko‘rsatuvchi omillar
sifatida qayd etiladi.

“Kompetentlik” – bu subyekt va uning faoliyatiga berilgan tavsif bo‘lib, u
ko‘pincha turli ma’lumotlar beradigan lug‘at va ma’lumotnomalarda “biron-nima
haqida fikr yuritish, o‘z fikr-mulohazasini bildirish imkonini beradigan bilimlarni
chuqur egallash” deya ta’riflanadi. Boshqacha aytganda, kompetentlik – bu,
avvalambor, ishni bajarish (maqsadga erishish) uchun nimalar zarur ekanligini
tushunishning chuqur bilimlarga asoslangan darajasidir. Kasbiy kompetentlik esa
kasbiy faoliyatga oid masalalarni hal etishda bilim va ko‘nikmalarni amaliy tajribada
samarali qo‘llay olish mahoratidir.

Kompetensiya va kompetentlik tushunchasi qator tadqiqotlar predmetiga
aylangan hamda har bir tadqiqotchi o‘z nuqtayi nazaridan izohlar bergan. Jumladan,
Yu.V. Velichko “kompetensiya – bu inson tomonidan u yoki bu faoliyatning amalga
oshirilishini ta’minlovchi uning maqsadlari, qadriyatlari, motivlari, shaxsiy sifatlari,
bilimlari, ko‘nikmalari, malakalari, qobiliyatlari va tajribalari tizimi; kompetentlik esa,
amaliyotda namoyon bo‘lgan va amalga oshgan insonning amaliy faoliyat
texnologiyalarini egallash darajasi hamda shaxsning ijtimoiy-axloqiy sifatlari rivoji
bilan tavsiflanuvchi kompetensiyasi” (Maxmudov A.X., 2012:12), T.Yu. Bazarov
“kompetensiyani ta’lim jarayonida samarali faoliyat uchun zaruriy shart-sharoit
yaratuvchi kasbiy vakolat, funksiyalar, kompetentlikni esa, kompetensiyani samarali
amalga oshirishni ta’minlovchi kasbiy va shaxsiy sifatlar majmuasi sifatida
ta’riflaganlar” (Bazarov T.Yu., 2014:180-182).

A.V.Xutorskiy “kompetentlik – bu mos faoliyatda samarali qarorlar qabul
qilishga imkon beruvchi predmetli-o‘ziga xos bilimlarni tashkil etishning maxsus tipi”
(Xutorskiy A.V., 2003:47), deb izohlagan bo‘lsa, N.A. Muslimov kompetentlikni:
“Kompetentlik bu rahbarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatining
amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallanishi
hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi” (Muslimov N.A
2015:84-85), A.X. Maxmudov esa “kompetentlik bu doimiy o‘zgarib borayotgan
sharoitlarda yoki mutaxassisning kasbiy faoliyatini samarali olib borishga imkon
beruvchi shaxsga xos integrallashgan sifatlardir” (Maxmudov A.X., 2012:8-12), deb
izohlagan.

Kompetensiya va kompetentlik tushunchalariga Oliy ta’limning Davlat ta’lim
standartida quyidagicha ta’riflar berilgan:

Kompetensiya – bilim, malaka va shaxsiy sifatlarni ma’lum sohada
muvaffaqiyatli faoliyat olib borish imkoniyatlar yig‘indisidir.

Kompetentlik – shaxsning muayyan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi
bo‘yicha olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy hislatlarini
mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli tadbiq etish qobiliyatidir.

V.G. Zarubin va A.V. Komarova o‘zining ilmiy izlanishlari asosida ilmiy
manbalarda kompetentlik tushunchasiga berilgan ta’riflarni umumiy belgilariga ko‘ra
quyidagi guruhlarga ajratgan:

1. Kompetentlikni shaxsni kasbiy talablarga mosligining individual darajasi
sifatida izohlovchi ta’riflar (N.V. Kuz’mina, A.K. Markova, Yu.V. Vardanyan, A.A.
Vorotnikova va boshqalar).

2. Kompetentlikni xodimning kasbiy faoliyat mazmuni va tavsifiga oid bilimlarga
ega ekanligini tushuntiruvchi ta’riflar (V.A. Bolotov, A.B. Borovkov, L.P. Panina,
A.V. Xutorskiy).

3. Kompetentlikni shaxsning o‘z kasbiy malaka va tajribalarini amaliy faoliyatda
samarali qo‘llashga bo‘lgan qobiliyati sifatida izohlovchi ta’riflar (F.S. Ismagilova,
E.F. Zeer, M.A. Choshanov).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin. Demak,
kompetentlik deganda shaxsning kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi hamda ularni kasbiy
faoliyatda qo‘llay olishi tushuniladi. Kompetentlik faoliyat tajribasini egallaganlik va
o‘zlashtirishda o‘z aksini topadi. Shu sababli faoliyat tajribasini egallaganlik
tayyorgarlikni ifodalaydi. Tayyorgarlik kategoriyasi esa salohiyat va qobiliyatning
xususiyatlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.

To‘garak mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda musiqiy-estetik kompetentlikni
rivojlantirishda kompetensiyalarning tuzilishini aniqlashtirishga doir turli
yondashuvlarni umumlashtirish asosida Yu.V. Velichko ko‘pchilik mualliflar kognitiv
va individual-shaxsiy tarkibiy qismlarni ajratib ko‘rsatishini qayd etadi. Odatda,
kognitiv komponent aksariyat mualliflar tomonidan bilishga doir, ya’ni ma’lum fan
sohasining nazariy-metodologik asoslariga doir bilimlar tizimining shakllanganligi
sifatida qaraladi, biroq kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan kognitiv
tarkibiy qismni nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini baholashga
imkon beruvchi malakalarning shakllanganligi, standart va nostandart vaziyatlarda
qarorlar qabul qilish qobiliyati sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiq.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotning umumiy metodologik asosini ilmiy bilishning dialektik uslubiga
xos tamoyillar (determinizm, umumiy aloqadorlik, taraqqiyot tamoyillari), xususiy
metodologiyasini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, gumanistik yondashuv,
shuningdek, Sharq mutafakkirlarining inson aql zakovati va uning taraqqiyoti haqidagi
ilmiy-falsafiy qarashlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda 2019-yil 29- aprelda
tasdiqlangan PF-5712-sonli “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, 2020 yil 6-

noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va
ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, Respublika
Prezidenti va hukumatining barkamol avlod tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish yo‘lida qabul qilgan qarorlari, chiqarilgan farmon va farmoyishlari tashkil
etadi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Biz o‘quvchilarning musiqiy qiziqishlarini aniqlash uchun ilmiy rahbarimiz bilan
birgalikda “Musiqiy qiziqishlarni aniqlash so‘rovnomasi”ni tuzdik. So‘rovnoma
Toshkent shahri Yashnobod tumani 155-maktabning 7-sinf o‘quvchilarida o‘tkazildi.
So‘rovnomaning birinchi savoliga o‘quvchilar quyidagicha javob berdilar.

1-jadval O‘quvchilarga musiqa darslari yoqishi haqida fikrlari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)

Yoqadi 86,7

Yoqmaydi 13,3

Berilgan javoblardan aksariyat 86,7% o‘quvchilarga musiqa darslari yoqishini,
13,3% o‘quvchilarga yoqmasligini ko‘rish mumkin. Bu javoblardan musiqa darslari
ko‘pchilik o‘quvchilarga yoqadi, degan xulosaga kelish mumkin. Biz o‘quvchilarning
musiqa darslarining aynan nimasi yoqishi bilan ham qiziqdik, javoblar quyidagi 2-
jadvalda keltirildi.

2-jadval O‘quvchilarga musiqa darslarining nimasi yoqishi haqida fikrlari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)
Estetik zavq olaman 46,6
Qiziqarli 36,6
Rohatlanaman 16,8

Yuqoridagi javoblardan 46,6% o‘quvchilar estetik zavq olaman, 36,6%
o‘quvchilar musiqa darsiga qiziqishini, 16,8% respondentlar esa musiqa darslarida
rohatlanishini bildirishgan. Javoblarini qiyoslagan holda aksariyat o‘quvchilar musiqa
darslaridan estetik zavq olishi aniqlandi.

Biz o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlaridan yoki to‘garaklardan ko‘proq bilim va
malaka olish mumkinligi haqidagi fikrlari bilan ham qiziqdik.

3-jadval Musiqa darslarida ko‘p bilim, malaka olish mumkinmi yoki
to‘garaklarda mi savoliga o‘quvchilarning bergan javoblari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)

Dars mashg‘ulotlarida 56,6

To‘garaklarda 43,4

Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 56,6% o‘quvchilar dars
mashg‘ulotlarida, 43,4% o‘quvchilar to‘garaklarda ko‘p bilim, malaka olish mumkin
degan fikrni bildirishgan. Bu bilan aksariyat o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarining
to‘garaklarga qaraganda afzal bilishadi.

Shuningdek, biz tadqiqot davomida o‘quvchilarning to‘garaklarning qanday
tashkil etilishi haqidagi fikrlari bilan ham qiziqdik.

4-jadval To‘garaklarning qanday tashkil etilishini istar eding savoliga
o‘quvchilarning bergan javoblari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)
Har haftada 1 marta 23,3
Har haftada 2 marta 70,0
Har oyda 2 marta 6,7

So‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 23,3% o‘quvchilar har haftada bir
marta, 70% o‘quvchilar har haftada 2 marta, 6,7% o‘quvchilar har oyda 2 marta
to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilishini istashlarini bayon etishgan. Bu javoblardan
shuni aniqlash mumkinki, o‘quvchilar to‘garak mashg‘ulotlarini hozirgidek haftada bir
marta emas, har haftada 2 marta tashkil etilishi tarafdorlaridir.

Shu bilan bir qatorda to‘garaklarda aynan qanday mashg‘ulotlar o‘tkazilishi
haqida o‘quvchilarning fikrlari ham qiziqish uyg‘otadi.

5-jadval Musiqa to‘garaklarida qanday mashg‘ulotlar o‘tkazilishini xohlardingiz
savoliga o‘quvchilarning bergan javoblari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)
Noan’anaviy mashg‘ulotlar 80,0
20,0
Musiqiy o‘yinlar tarzida

Bu savolga 80% o‘quvchilar noan’anaviy mashg‘ulotlar, 20% o‘quvchilar esa
musiqiy o‘yinlar tarzida to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish zarurligini ta’kidlagan.
To‘garak mashg‘ulotlarida nafaqat musiqani, ashulani ijro etish, balki musiqa tarixini
o‘rganish bo‘yicha ham qiziqarli dalillar olindi.

6-jadval Musiqa to‘garagimizda qanday musiqa tarixini o‘rganishni istar edingiz
savoliga o‘quvchilarning bergan javoblari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)

Mumtoz musiqa tarixi 36,6

Zamonaviy musiqa tarixi 63,4

36,6% o‘quvchilar mumtoz musiqa tarixini, 63,4% o‘quvchilar esa zamonaviy
musiqa tarixini o‘rganishni istashlari aniqlandi.

7-jadval Musiqa to‘garaklarining inson salomatligi uchun qanday afzalliklari bor
deb o‘ylaysiz savoliga o‘quvchilarning bergan javoblari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)
Inson psixologiyasiga yaxshi ta’siri bor 83,3
16,7
Hech qanday ta’siri yo‘q

O‘quvchilarning musiqiy to‘garaklarning inson salomatligi uchun ahamiyati
haqidagi fikrlari ham qiziqarlidir. 83,3% inson psixologiyasiga yaxshi ta’siri bor deb
javob bergan bo‘lsalar, 16,7% hech qanday ta’siri yo‘q deb javob berishgan. Bu
javoblardan shunday xulosaga kelish mumkin ki, o‘quvchilar musiqaning inson
psixologiyasiga, uning kayfiyatini ko‘tarishga ijobiy ta’sirini ta’kidlagan. Hattoki og‘ir
kasallarni Motsart, Chaykovskiy kabi jahon musiqasi durdonalarining asarlari bilan
artterapevtik usullar bilan davolashgan.

So‘rovnomada o‘quvchilarning musiqa to‘garagi mashg‘ulotlarida mashhur
musiqa bastakorlari bilan uchrashuvlar tashkil etish haqidagi savol bilan ham murojaat
qildik, uning natijalari quyida keltirilgan.

8-jadval Musiqa to‘garagi mashg‘ulotlarida mashhur musiqa bastakorlari bilan
uchrashuvlarni xohlaysizmi savoliga o‘quvchilarning bergan javoblari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)

Ha 73,3

Yo‘q 16,6

Bilmayman 10,1

73,3% o‘quvchilar musiqa to‘garagi mashg‘ulotlarida mashhur musiqa
bastakorlari bilan uchrashish istaklari borligini, 16,6% bunday uchrashuvni
istamasliklarini, 10,1% o‘quvchilar esa bilmayman javobi bilan kifoyalanishgan.
Demak, aksariyat o‘quvchilar mashhur kuy va qo‘shiqlar mualliflari bilan
uchrashishni, ularning hayot va ijodi bilan yaqindan tanishishni, katta bo‘lganlarida
ulardek mashhur inson bo‘lishni istashadi.

Shuningdek, savolnomada o‘quvchilarning musiqa to‘garaklarini nafaqat sinf
xonalarida, balki tabiat qo‘ynida o‘tkazish haqidagi fikrlari bilan ham qiziqdik.

9-jadval Musiqa to‘garaklari tabiat qo‘ynida o‘tkazilsa estetik zavq olasizmi
savoliga o‘quvchilarning bergan javoblari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)
Ha 53,3
Yo‘q 46,7

53,3% o‘quvchilar musiqa to‘garaklari tabiat qo‘ynida o‘tkazilsa estetik zavq
olishini, 46,7% o‘quvchilar esa rad javobini berishgan. O‘quvchilarning teng yarmisi
musiqa darslarini tabiat qo‘ynida o‘tkazilishi tarafdorlaridir.

10-jadval Musiqa to‘garagiga ko‘p do‘stlaringizni taklif qilasizmi savoliga
o‘quvchilarning bergan javoblari (n=30)

Javob variantlari Foiz (%)
Ha 83,3
Yo‘q 16,7

83,3% o‘quvchilar musiqa to‘garagiga ko‘p do‘stlarini taklif qilishini, 16,7%
o‘quvchilar esa rad javobini berishgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘quvchilarda musiqiy qiziqishlarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan
tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
Kompetentlik – bu subyekt va uning faoliyatiga berilgan tavsif bo‘lib, u ko‘pincha
turli ma’lumotlar beradigan lug‘aviy-me’yoriy adabiyotlarda “biror narsa haqida fikr
yuritish, o‘z fikr-mulohazasini bildirish imkonini beradigan bilimlarni chuqur
egallash” deya ta’riflanadi. Boshqacha aytganda, kompetentlik – bu, avvalambor, ishni
bajarish (maqsadga erishish) uchun nimalar zarur ekanligini tushunishning chuqur
bilimlarga asoslangan darajasidir. Kasbiy kompetentlik esa kasbiy faoliyatga oid
masalalarni hal etishda bilim va ko‘nikmalarni amaliy tajribada samarali qo‘llay olish
mahoratidir.
Tadqiqot doirasida o‘quvchilarda musiqiy-estetik kompetentlikni to‘garak
mashg‘ulotlarida rivojlantirishdan jarayonlar, shu jumladan, musiqiy-estetik bilim,
malaka, ko‘nikma, qadriyatlar, musiqiy-estetik yo‘nalish va motivatsiya, musiqiyestetik vositalarni egallash, musiqiy-estetik holatlarni to‘g‘ri idrok etish, o‘quvchilar
bilan musiqiy-estetik faoliyatni amalga oshirishga tayyorlikni ta’minlaydigan shaxsiy
sifat va xususiyatlar majmuidir, degan xulosaga kelindi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan aniqlanishicha, musiqa darslari ko‘pchilik
o‘quvchilarga yoqadi, musiqa darslaridan estetik zavq olishi aniqlandi. Aksariyat
o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarining to‘garaklarga qaraganda afzal bilishadi.
O‘quvchilar to‘garak mashg‘ulotlarini hozirgidek haftada bir marta emas, har haftada
2 marta tashkil etilishi tarafdorlaridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning
Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil dekabr.
2. Базаров Т.Ю. (2014) Коллективное определение понятия «компетенции»:
попытка извлечения смысловых тенденций из размытого экспертного знания //
Вестник Московского университета. Серия 14. №1. – С. 87-88.
3. Величко Ю.В. (2004) Формирование аудиовизуальной музыкальной
культуры старших подростков гуманитарной гимназии: На материале
факультативных и музыкальных занятий. Автореф. дис. ... канд. пед. наук. – С.24
4. Maxmudov A.X. (2012) Uzluksiz ta’lim jarayoniga kompetentlik yondashuvini
joriy qilishning didaktik asoslari // Uzluksiz ta’lim. №4. – B. 8-12.
5. N.A.Muslimov, M.H. Usmonboyeva, D.M.Sayfurov, A.B.To‘rayev (2015)
Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent. 95 b.
6. Хуторский А.В. (2003) Ключевые компетенции как компонент
личностно-ориентированной парадигмы образования // Народное образование.
№2. С. 45-49.
7. Yusupova M.A. (2018) Musiqiy ta’limda o‘quvchilarning estetik qiziqishlarini
shakllantirishning pedagogik asoslari // O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim. №3. – B. 45-
50.
8. Zayniyev R.M. (2019) O‘quvchilarning musiqiy-estetik kompetensiyasini
rivojlantirishda to‘garaklarning o‘rni // Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. №2.
– B. 32-37.

REFERENCES:
1. Mirziyoev Sh.M. Address of the President of the Republic of Uzbekistan Sh.
Mirziyoev to the Supreme Assembly. December 2020 (in Uzbek)
2. Bazarov T.Yu. (2014) s saavt. Kollektivnoe opredelenie ponyatiya
"kompetentisii": popytka izvlecheniya smyslovykh tendentsii iz razmytogo
ekspertnogo znaniya. // Vestnik Moskovskogo universiteta. Series 14. #1. – P.87-88.
(in Russian)
3. Velichko Yu.V. (2004) The formation of audiovisual musical culture of the
senior junior high school humanities gymnasium: Both the material is facultative and
the musical is professional. Autoref. dis..... k.ped.n. 24 p. (in Russian)

4. Makhmudov A.Kh. (2012) Didactic foundations of introducing the competence
approach to the continuous education process // Continuous education. №. 4. – P.8-12
(in Uzbek)

5. N.A.Muslimov, M.H.Usmonboeva, D.M.Sayfurov, A.B.Torayev (2015)
"Basics of pedagogical competence and creativity". – Tashkent. 95 p (in Uzbek)

6. Khutorsky A.V. (2003) Klyuchevye kompetentnosti kak component
lichnostno-orientirovannoy paradigm obrazovanie // Narodnoe obrazovanie. №. 2. – P.
45-49. (in Russian)

7. Yusupova M.A. (2018) Musiqiy ta’limda o‘quvchilarning estetik qiziqishlarini
shakllantirishning pedagogik asoslari // O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim. №3. – B. 45-
50.

8. Zayniyev R.M. (2019) O‘quvchilarning musiqiy-estetik kompetensiyasini
rivojlantirishda to‘garaklarning o‘rni // Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. №2.
– B. 32-37.