BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING ONА TILI VA O‘QISH O‘QUV DASTURI
MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA TAHLILIY
TAKLIFLAR VA MULOHAZALAR
ANALYTICAL PROPOSALS AND CONSIDERATIONS FOR IMPROVING
THE CONTENT OF THE MOTHER TONGUE AND READING
CURRICULUM IN PRIMARY EDUCATION
АНАЛИТИЧЕСКИЕ ПРЕДЛОЖЕНИЯ И ЗАМЕЧАНИЯ ПО
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ СОДЕРЖАНИЯ УЧЕБНОЙ ПРОГРАММЫ
ПО РОДНОМУ ЯЗЫКУ И ЧТЕНИЮ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Voxidova Muqaddas Rasuljon qizi
Oriental universiteti Uzluksiz ta’lim
pedagogikasi kafedrasi dotsenti v.b.
Tel.: +998948424020
E-mail: muqaddasfarangiz91@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida ona tili va o‘qish
fanlari bo‘yicha amaldagi o‘quv dasturi tahlil qilinadi hamda uning mazmuniy
jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar ilgari suriladi. Asosiy
e’tibor dasturda mavjud bo‘lgan kamchiliklar, zamonaviy pedagogik yondashuvlarga
mos kelmaydigan jihatlar, shuningdek, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va o‘qish
ko‘nikmalarining shakllanish bosqichlariga qaratilgan.
Tahlil davomida kompetensiyaviy yondashuv asosida dars mazmunini boyitish,
interfaol metodlar bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, o‘quv materiallarining mantiqiy
ketma-ketligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Maqolada ilgari
surilgan takliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini oshirish, tanqidiy
fikrlash va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu
tavsiyalar boshlang‘ich ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lib, ilg‘or
tajribalar va xalqaro standartlar asosida tayyorlangan.
Kalit so‘zlar: Ona tili, Finlyandiya, o‘quv dastur, savodxon, Kanji,
Hiragana, fonema, milliy o‘quv dasturi.
Annotation. This article presents a comprehensive analysis of the current
curriculum for the mother tongue and reading subjects in primary education. Analytical
proposals and comments are provided to improve the content of the curriculum. The
main focus is placed on identifying existing shortcomings, aspects that do not align
with modern pedagogical approaches, and considering students' age-specific
characteristics and stages of reading skill development.
The analysis offers practical recommendations for enriching lesson content based
on a competency-based approach, integrating interactive teaching methods, and
improving the logical sequence of educational materials. The suggestions put forward
in the article aim to enhance primary students' literacy, critical thinking, and expressive
reading skills. These recommendations are developed based on advanced local and
international practices and are aimed at improving the quality of primary education.
Keywords: Mother tongue, Finland, curriculum, literacy, Kanji, Hiragana,
phoneme, national curriculum.
Аннотация. В данной статье проведён всесторонний анализ действующей
учебной программы по родному языку и чтению на начальном уровне
образования. Представлены аналитические предложения и замечания по
совершенствованию содержания программы. Основное внимание уделено
выявлению существующих недостатков, несоответствий современным
педагогическим подходам, а также учёту возрастных особенностей учащихся и
этапов формирования навыков чтения.
В процессе анализа даны практические рекомендации по обогащению
содержания уроков на основе компетентностного подхода, интеграции
интерактивных методов обучения и улучшению логической последовательности
учебных материалов. Предложенные в статье идеи направлены на развитие
грамотности, критического мышления и выразительного чтения у учащихся
начальных классов. Рекомендации разработаны с учётом передового
отечественного и международного опыта и направлены на повышение качества
начального образования.
Ключевые слова: Родной язык, Финляндия, учебная программа,
грамотность, кандзи, хирагана, фонема, национальная учебная программа.
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
kompetensiyalarini xalqaro talablar asosida shakllantirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Xususan, boshlang‘ich ta’lim bosqichi — o‘quvchining shaxs sifatida
shakllanishi, fikrlashi va bilim olishga bo‘lgan munosabatining asoslari yaratiladigan
muhim bosqich hisoblanadi. Shu jihatdan ona tili va o‘qish fanlari boshlang‘ich
ta’limning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, bolalarning savodxonligi, og‘zaki va
yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash, tahlil qilish hamda muloqotga kirishish
qobiliyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili o‘qitish
metodikasi, xususan, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, imlo savodxonligi
bo‘yicha bir qancha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, I. Karimov, M.
Turayeva. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish darslarini o‘qitish metodikasi”
(2020) – mazkur qo‘llanma dars jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol
usullar, kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi topshiriqlar haqida batafsil
ma’lumot beradi. Biroq, bunda ko‘proq nazariy yondashuvlar ustun bo‘lib, amaliy
tavsiyalar yetarli darajada emas.
X. Axmedova, N. Raxmonqulova. “Boshlang‘ich ta’limda savod o‘rgatish va
o‘qish malakasini shakllantirish” (2021) – asarida o‘quvchilarda ifodali o‘qish,
tushunib o‘qish, matn ustida ishlash malakalarini bosqichma-bosqich shakllantirish
bo‘yicha samarali metodikalar bayon etilgan. Bu ish maqola mavzusi bilan bevosita
bog‘liq bo‘lib, o‘quv dasturining didaktik tuzilishini tahlil qilishga asos yaratadi.
OECD (PISA) hisobotlari va UNESCO tavsiyalari – dunyo tajribasida
boshlang‘ich ta’limda funksional savodxonlik, tanqidiy va reflektiv fikrlashni
shakllantirish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Ushbu manbalar O‘zbekiston ta’lim
tizimida ona tili va o‘qish fanlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini asoslashda muhim
manba bo‘la oladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ishda pedagogik kuzatuv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, savolnoma,
suhbat, umumlashtirish, tajriba-sinov, matematik statistik tahlil usullaridan
foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini fonetik, morfologik, stilistik,
punktuatsion va husnixatga oid grammatik tushunchalar, ijodiy mashqlar yordamida
imloviy savodxonlikni rivojlantirish metodikasi ona tili ta’limi jarayonida
foydalanishga tavsiya etilgan.
1.Ona tili va o‘qish fani o‘quv dasturlari mazmuni yuzasidan xorijiy
davlatlarning tajribasi.
Zamonaviy dunyoda ta’lim tizimini rivojlantirish dolzarb muammolardan biri
sifatida tan olingan. Rivojlangan davlatlar ta’limda konseptual o‘zgarishlarni olib
kelish uchun ular izlanishlarni amalga oshiradi.
Yaponiyada bolalar jahon miqyosida hisob-kitob va savodxonlik borasida
ko‘proq qobiliyatga ega.
Butun dunyodagi bolalar odatda o‘rtacha 26-33 harfni (ba’zi bir Osiyo tillarini
hisobga olmaganda piktografik yondashuvni) o‘rgansalar, yapon bolalari
boshlang‘ich ta’limda yapon tilida o‘qish va yozish uchun 1850 iyeroglifni
o‘rganishi kerak.
Yaponiyalik ota-onalar farzandlariga barcha belgilarni o‘rganish va ularni
yozma muloqotda ishlatish qanchalik qiyin bo‘lishi mumkinligini biladi. Biroq,
o‘qitishga yuqori sifatli yondashuv tufayli, boshlang‘ich maktabdan chiqib ketish
vaqtida, yapon bolalari allaqachon 1.000 kanji belgilarini bilib oladi.
Kanji bilan bir qatorda, Yaponiyada ikkita alifbo turi hiragana va katakana1
mavjud. Har bir to‘plamda 46 ta belgilar mavjud (odatda “ka” kabi). Asil
tovushlarni o‘zgartirish uchun ishlatiladigan aniq nuqtalar bilan birlashgan holda,
bu belgilar zamonaviy yapon tilining barcha tovushlarini ifodalash uchun yetarli.
(Doniyarov Mavlonbek 2023:12)
Hiragana oddiy yaponcha so‘zlarni yozish uchun kanji bilan birgalikda
ishlatiladi. Katakana boshqa tillardan olingan so‘zlarni, begona odamlar va joylar,
tovushlar va hayvonlarning hayqiriqlarini yozish uchun ishlatiladi.
Yaponiya davlat ta’lim tizimi bu mamlakatda milliy g‘urur bo‘lib,
Yaponiyalik o‘quvchilarga butun dunyodagi hamkasblarini osonlikcha, yaxshiroq
bajarishga yordam bergan an’anaviy uslubdir. PISA testlari buni yana bir bor
tasdiqlaydi.
Ularning ta’lim tizimi juda yaxshi bo‘lgani sababli, Yaponiyada dunyoning
eng yaxshi o‘qitiladigan aholisi (100% majburiy sinflarga va noqonuniy
savodsizlikka ega) mavjud.
Ular o‘qitadigan fanlar orasida yapon tili, matematika, ijtimoiy tadqiqotlar,
musiqa, qo‘l mehnati san’atlari, jismoniy tarbiya va uy iqtisodiyoti (oddiy
pazandalik va tikuvchilik ko‘nikmalarini o‘rganish) kiradi.
O‘quvchilar shodo (xattotlik) va haiku kabi an’anaviy yapon san’atlarini ham
o‘rganadi.
Haiku, taxminan, 400-yil oldin Yaponiyada ishlab chiqilgan she’riyatning bir
shakli bo‘lib, 17 shevadan iborat she’riy shaklga ega. O‘quvchilarga chuqur histuyg‘ularni etkazish uchun oddiy so‘zlar ishlatiladi.
Finlyandiya Ma’lumki, so‘nggi paytlarda Finlyandiyadagi ta’lim tizimi
dunyodagi eng yaxshi tizim ekanligi va mazkur tizimning bunday maqomga
erishishda yordam beradigan radikal (Buyuk Britaniya va AQSh ta’lim tizimi bilan
1 https://www.wikiwand.com/uz/articles/Kana_(yapon_alifbosi)
solishtirganda) g‘oyalar qanday ishlayotgani haqidagi fikrlar matbuotda keng
muhokama qilinmoqda.
Finlyandiya maktablari oʻquv rejasiga koʻra, toʻqqiz yillik haftalik umumiy
yuklama 233 soat. Finlar shundan 42 soatini ona tili va adabiyot faniga
ajratadi. Finlyandiya maktablarida ona tili sifatida fin, shved, sami, sigan tili
oʻqitiladi. Mamlakatda ikkita davlat tili mavjud. Ona tili fin tili boʻlganlar shved
tilini, ona tili shved tili boʻlganlar fin tilini davlat tili sifatida oʻrganadi. Ona tili
sami yoki sigan, rus tili boʻlganlar ham fin yoki shved tilini oʻrganishadi. (Zokirova
S., Yuldasheva M., 2023:16)
Birinchi-ikkinchi sinflarda ona tili va adabiyotni oʻqitishda oʻquvchilarning
individual qobiliyatini hisobga olgan holda ongli yondashish, oʻzini namoyon
qilish va muloqot layoqatini, shuningdek, tinglash, gapirish, oʻqish va yozish
qobiliyatini rivojlantirish alohida vazifa hisoblanadi.
Fin tili – muayyan flektiv elementlarga ega boʻlgan agglyutinativ til.
Fonologik tizim 8 unli va 13 undosh fonemadan iborat; ularning har biri (j, v, h, d
dan tashqari) choʻziqlik darajasi boʻyicha qarama-qarshi qoʻyiladi; bu imloda a –
aa, o – oo, t – tt, r – rr kabi (qisqa choʻziq) aks etadi. Baʼzi tuzilmalarda unlilar
garmoniyasi kuzatiladi. Unli fonemalar miqdori diftonglar (16 ta) hisobiga
koʻpayadi. Morfologik belgilari: jins kategoriyasi yoʻq; otlar 13 kelishik bilan
oʻzgaradi; feʼllar 2 xil tuslanishda, 4 mayl, 4 zamon, 3 shaxs shakllari bilan
oʻzgaradi, sintaksis sohasida soʻz tartibi nisbatan erkin.
Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishida 2 davr: eski fin (1540-1820) va
yangi fin (19-asrning 20-yillaridan boshlab) davrlari ajratiladi. Finlyandiyaning
shved mustamlakasidan ozod boʻlguniga qadar (1809) rasmiy til sifatida shved tili
ustunlik qilib, adabiy Fin tili deyarli rivojlanmagan. Yangi Fin tili davri ham 2
bosqichdan: ilk yangi fin (1820-70) va hozirgi fin (1870- yildan) bosqichlaridan
iborat. Ilk fin davrida adabiy til ogʻzaki til bilan yaqinlashdi. 1863-yildan boshlab
Fin tili rasman shved tili bilan teng huquqlarga ega boʻldi: maktablar va
universitetlarda oʻqitila boshlandi. Gazeta, jurnallar va badiiy adabiyotlar nashr
etiladigan boʻldi. XIX asrning 70-yillariga kelib hozirgi adabiy Fin tilining asoslari
yaratildi. 1919-yil Fin tili Finlyandiyaning rasmiy tili deb eʼlon qilindi.
Fransiyada ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Fransiyada
ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash,
uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni
tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir. O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va
adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik. Ular uchun dars vaqtining
30% ajratiladi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilar ona tilidan,
tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar.
Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat,
jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi. Fransiya
ta’limida bolalarni go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda
olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun
alohida dastur va darsliklar mavjud. Uning vazifasi o‘qish, yozish, hisoblash
malakasini berishdir (Sattorov V.N 2023:2833). Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch
bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich. Dasturlarda o‘quv predmetlarning barchasiga
uch bosqich bo‘yicha aniq, alohida-alohida talablar qo‘yiladi.
2. Milliy o‘quv dasturning 3-4-sinf boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturlari
mazmunini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar sohadagi mavjud
muammolar va kamchiliklar.
Mamlakatimiz rahbari o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali
marosimda so‘zlagan dasturiy nutqida ta’lim sohasidagi qator kamchilik va
muammolarga e’tibor qaratgan edi. Bu muammolardan biri o‘quv dasturlari ekanligini
ta’kidlab, unga barham berish uchun xorijiy ekspertlar va tajribali o‘qituvchilarni keng
jalb qilgan holda, umumiy ta’limning Milliy o‘quv dasturi loyihasini ishlab chiqish va
joriy o‘quv yili davomida uni ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida sinovdan
o‘tkazish taklifini bildirgan edi.
Amaldagi dastur grammatikani tushuntirish va yodlatishga asoslanganligi, yangi
dasturga ko‘ra esa o‘quvchi matnni o‘qish orqali nafaqat grammatika, balki uni amalda
qo‘llay olishiga qaratilganligiga urg‘u berilgan. Endi o‘quvchilar grammatik bilimlarni
nazariy qoidalarni yodlab emas, balki matn va matn asosida berilgan mashqlarni
bajarish orqali egallashi belgilangan deb ta’kidlashadi, ammo dasturda ayrim qoidalar
kiritib o‘tilgan. Ona tilini o‘qitish bo‘yicha taklif etilayotgan dasturga ko‘ra, o‘quvchi
4 lingvistik ko‘nikma – eshitib yoki o‘qib tushunish, og‘zaki va yozma nutq malakaga
ega bo‘lish kerak.
Taklif etilayotgan adabiyotni o‘qitish dasturiga ko‘ra, darsliklardan badiiy asar
tahliliga bag‘ishlangan mazkur bo‘lim olib tashlangan. Milliy o‘quv dasturi asosida
ona tili va adabiyot darsliklariga kiritilgan o‘zgarishlar yillar davomida shakllangan
savod va mustaqil fikrlash bilan bog‘liq muammoga yechim bo‘la olmaydi. Milliy
dastur ilk kommunikativ vaziyatga asoslangan oʻquv dasturi. Darsliklar ham shunga
mos emas. Topshiriqlar berishda dialog tuzish, ssenariy tuzish kabi metodlardan ham
faol foydalanish, soʻzga hisobdorlikni oshirishga xizmat qiladigan yozma va ogʻzaki
topshiriqlar berilmagan (Milliy o‘quv dasturi, 2017).
Shuningdek, eshitib tushunishni rivojlantirishda mexanik xotirani emas, koʻproq
tafakkur qiladigan, javobini internetdan topib boʻlmaydigan topshiriqlar
berilmagan. Darslikda berilgan mashqlar faqat yozma nutqni o‘stirishga uchun
o‘quvchining og‘zaki nutqini o‘stirish uchun xizmat qilmaydi. Loyihalar orasida
Oʻqish fanining dasturi umuman yoʻq. Tushuntirish xatida bu haqida yozilmagan.
Xalqaro tajribalar asosida yaratilgan Milliy o‘quv dasturidagi boʻlimlar 1-4 sinf
darsliklarida bir xil bo‘lib qolgan. Dastur mazmuniga sustkashlik bilan yondashilgan
(D. Baynazarova, M.Toirova 2023).
XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’limning ona tili va o‘qish
fanlariga oid amaldagi o‘quv dasturlari zamonaviy pedagogik yondashuvlarga to‘liq
mos emas. Dastur mazmunida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari yetarli
darajada hisobga olinmagan, topshiriqlarning ko‘p qismi reproduktiv xarakterga ega
bo‘lib, mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va muloqot kompetensiyalarini
rivojlantirishga kam e’tibor qaratilgan.
Umuman olganda, boshlang‘ich ta’limda ona tili va o‘qish fanlarining o‘quv
dasturini takomillashtirish, uning zamonaviy ta’lim talablariga mosligini ta’minlash
orqali o‘quvchilarning til, tafakkur va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish,
savodxonlik darajasini oshirishga erishish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI/REFERENCES:
1. Alimi, Fatai Oyekola, Tella, Adedeji, Oyeweso, Musibau. “Impact of Mother
Tongue on Primary Pupils’ Literacy and Numeracy Skills in Osun State.”
International Online Journal of Primary Education (IOJPE). iojpe.org
2. Doniyarov Mavlonbek Arabovich. (2023) Development of Reading Literacy
in Primary School Students as a Priority Objective. Academia Open, № 01-12.
acopen.umsida.ac.id
3. Irorita, Marjorie O. (2025) Effectiveness of Culture-Based Literary Text of
Mother Tongue-Based Multilingual Education Curriculum. Asian Journal of
Language, Literature and Culture Studies, Vol. 8, №.1 pp. 22-39. journalajl2c.com
4. Kh.Madatov, S. A.Matlatipov, (2023) Uzbek text’s correspondence with the
educational potential of pupils: a case study of the School corpus.” arxiv preprint
O‘zbek tilida boshlang‘ich maktab o‘quv materiallarining o‘quvchilarning ta’lim
potentsialiga muvofiqligini tahlil qiladi.
5. M.Bal F.Mete (2019) Cultural Literacy in Mother Tongue Education: An
Action Research. Qualitative Research in Education. hipatiapress.com
6. Milliy o‘quv dasturi. Respublika ta’lim markazi. 2017 yil. (Uzbek)
7. R.Niyozmetova, M.Fozilova, (2021) Integrating literature lessons with the
subject of mother tongue teaching. Linguistics and Culture Review, Vol. 5, S2.
lingcure.org
8. S. M. Zokirova, M. Yuldasheva (2023) The Role of Mother Tongue and
Literacy Classes in the Development of Students’ Linguistic Abilities. American
Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, Vol. 1, № 9. pp.
592-595. grnjournal.us