AUDIO-LINGVAL METOD ORQALI OG‘ZAKI NUTQ
KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH: O‘ZBEKISTON XALQARO
ISLOMSHUNOSLIK AKADEMIYASI TALABALARI MISOLIDA
DEVELOPING ORAL SPEECH SKILLS THROUGH THE AUDIO-
LINGUAL METHOD: A CASE STUDY OF STUDENTS AT THE
INTERNATIONAL ISLAMIC ACADEMY OF UZBEKISTAN
РАЗВИТИЕ УСТНЫХ РЕЧЕВЫХ НАВЫКОВ ЧЕРЕЗ
АУДИОЛИНГВАЛЬНЫЙ МЕТОД: НА ПРИМЕРЕ СТУДЕНТОВ
МЕЖДУНАРОДНОЙ ИСЛАМСКОЙ АКАДЕМИИ УЗБЕКИСТАНА
Qodirova Mashxura Mirzaakbarovna
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Arab tili va adabiyoti al-Azhar katta o‘qituvchisi,
Oriental universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Tel.: +998 90 916-61-16
E-mail: shahira1986shahira@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
talabalari misolida arab tili nutq ko‘nikmalarini audio-og‘zaki (audiolingual) metod
orqali o‘qitishning samaradorligini amaliy va nazariy jihatdan aniqlashga qaratilgan.
Dolzarbligi shu bilan belgilanadiki, zamonaviy muassasalarda arab tilini tez va aniq
o‘zlashtirish talab etiladi. Tadqiqot sifat (kvalitativ) yondashuv asosida olib borilib,
kuzatish, intervyu va hujjat tahlili usullari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu
metod talabalarda talaffuz aniqligi, eshitish differensiasiyasi va nutq tezligini sezilarli
darajada oshirdi hamda asosiy dialogik tuzilmalarni avtomatlashtirishga yordam berdi.
Xulosa qilib aytganda, audio-og‘zaki metod asos sifatida samarali bo‘lsa-da, uning
oqibatini oshirish uchun uni kommunikativ yondashuvlar, gamifikatsiya elementlari va
raqamli texnologiyalar bilan integratsiya qilish zarurati asoslab berildi. Tadqiqot
natijalari arab tili o‘qitish metodikasini takomillashtirishga nazariy va amaliy ahamiyat
kasb etadi.
Kalit so‘zlar: Arab tili, nutq ko‘nikmasi, audio-og‘zaki metod, audiolingual
metod, O‘zXIA, kommunikativ kompetensiya, talaffuz, raqamli texnologiyalar.
Аннотация. Данное исследование направлено на практическое и
теоретическое определение эффективности обучения разговорным навыкам
арабского языка методом аудио-лингвального (аудиовизуального) подхода на
примере студентов Международной исламской академии Узбекистана (МИАУ).
Актуальность исследования обусловлена требованием быстрого и точного
овладения арабским языком в современных учреждениях. Исследование
проводилось на основе качественного (квалитативного) подхода с
использованием методов наблюдения, интервью и анализа документов.
Результаты показали, что данный метод значительно повысил точность
произношения, слуховую дифференциацию и скорость речи студентов, а также
способствовал автоматизации основных диалогических структур. В заключение
утверждается, что, хотя аудио-лингвальный метод эффективен в качестве
основы, для повышения его результативности необходимо его интегрировать с
коммуникативными подходами, элементами геймификации и цифровыми
технологиями. Результаты исследования имеют теоретическое и практическое
значение для совершенствования методики преподавания арабского языка.
Ключевые слова: Арабский язык, речевой навык, аудио-устный метод,
аудиолингвальный метод, МИАУ, коммуникативная компетенция,
произношение, цифровые технологии.
Abstract. This study is aimed at practically and theoretically determining the
effectiveness of teaching Arabic language speaking skills using the audio-lingual
method through the example of students at the International Islamic Academy of
Uzbekistan (IIAU). The relevance is determined by the requirement for rapid and
accurate acquisition of the Arabic language in modern institutions. The research was
conducted based on a qualitative approach, utilizing methods of observation,
interviews, and document analysis. The results showed that this method significantly
improved students' pronunciation accuracy, auditory discrimination, and speech rate,
and helped in the automation of core dialogic structures. In conclusion, it is
substantiated that although the audio-lingual method is effective as a foundation, its
outcomes must be enhanced by integrating it with communicative approaches,
gamification elements, and digital technologies. The research findings hold theoretical
and practical significance for improving Arabic language teaching methodology.
Keywords: Arabic language, speech skills, audio-oral method, audiolingual
method, IIAU, communicative competence, pronunciation, digital technologies.
KIRISH
Nutq ko‘nikmasi arab tili ta’limining to‘rtta asosiy komponentidan biri bo‘lib,
tilni o‘rganish jarayonida markaziy o‘rin tutadi (Almelhes S., 2024: 16). Arab tilini
o‘rganuvchi talaba uchun so‘zlashuv malakasi nafaqat aloqa vositasi, balki fikr, histuyg‘u va ehtiyojlarni to‘g‘ri, tabiiy ifoda etish qobiliyatini shakllantiradi (Gharaibeh
M., Alhassan A.A., 2023: 92). Shu bois nutqni o‘qitish tildagi kommunikativ
kompetensiyani rivojlantirishning asosi sifatida qaraladi (Haleem A., Javaid M., Qadri
M.A., Suman R., 2022: 275).
Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, nutqni o‘rgatishning eng muhim jihati — amaliy
mashq qilish, talaffuzni modellashtirish va o‘qituvchi namunasi asosida takrorlashdan
iboratdir (Jensen J.L., Holt E. A., Sowards J.B., Heath Ogden T., West R.E., 2018:
523). Bunday yondashuv audio-og‘zaki (audiolingual) metodning markazida turadi.
Ushbu metod tilni tabiiy eshitish, takrorlash va o‘zlashtirish mexanizmlari orqali
o‘rgatishni ko‘zda tutadi (Hanani A., Naser R., 2020: 691). Shuningdek, u talaffuz,
intonatsiya, so‘z birikmalari va muloqot naqshlarini o‘rgatishda yuqori samaradorlikka
ega bo‘lgan yondashuvlardan biri hisoblanadi (Fudhaili A., 2024: 145).
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar – audio yozuvlar, video lavhalar, onlayn
dars platformalari va mobil ilovalar – arab tili nutqini o‘qitishda yangi imkoniyatlar
yaratmoqda. Ular yordamida talabalar talaffuzni takroriy tinglash, o‘z nutqini yozib
tahlil qilish va mustaqil ravishda mashq qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuchaytirib, o‘z-o‘zini baholash
kompetensiyasini shakllantiradi.
Biroq, so‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar arab tili o‘qitish amaliyotida uchta
asosiy muammoni ko‘rsatadi:
1. Tabiiy til muhiti yetishmasligi – o‘quv jarayonida arab tilida muloqot muhiti
yetarli darajada shakllanmaganligi;
2. Mahalliy tilning fonetik ta’siri – o‘zbek, rus va ingliz tillarining talaffuz tizimi
arab tilining fonetik tuzilishiga ta’sir etishi;
3. Darslarning monotonligi va resurslarning cheklanganligi – o‘qitish
vositalarining yetishmasligi va takrorlanuvchi mashqlar talabalarda qiziqishning
pasayishiga olib kelishi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda tadqiqotchilar til o‘rgatishda kommunikativ kompetensiyani
shakllantirish uchun audio-og‘zaki (audiolingual) yondashuvning ahamiyatini Fudhaili
A., Tong D. H., Uyen B. P., Ngan L. K. alohida ta’kidlashmoqda. Ritonga M., Armini
A., Julhadi J., Rambe M.H., Jaffar M.N. fikricha, ushbu metod tildagi tovush tizimi va
talaffuz naqshlarini modellashtirish orqali o‘quvchilarda nutq refleksini shakllantiradi.
Til o‘qitish nazariyasida nutq faoliyati eng murakkab psixolingvistik jarayon
sifatida talqin qilinadi, chunki u tinglab tushunish, grammatik qurilma, talaffuz, lug‘at
boyligi va ijtimoiy kontekstga mos muloqotni o‘z ichiga oladi deb yozgan Jensen J.L.,
Holt E.A., Sowards J.B., Heath Ogden T., West R.E. Shu sababli, arab tilini o‘qitishda
so‘zlashuv malakasini shakllantirishda o‘qituvchi nafaqat grammatik ma’lumotni,
balki tovush naqshlarini, intonatsiyani va muloqot madaniyatini ham o‘rgatishi zarur
deb aytadi Hanani A. va Naser R.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotning asosiy maqsadi – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
(O‘zXIA) talabalari misolida arab tili nutq ko‘nikmalarini audio-og‘zaki (audiolingual)
metod orqali o‘qitish samaradorligini aniqlash hamda uning qo‘llanishida uchraydigan
metodik va tashkiliy muammolarni tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib
chiqib, tadqiqot quyidagi savollarga javob izlaydi:
1. Audio-og‘zaki metod O‘zXIA talabalari uchun arab tilida so‘zlashuv
malakasini rivojlantirishda qanday samaradorlik ko‘rsatadi?
2. Mazkur metodni qo‘llashda qanday muammolar va to‘siqlar mavjud?
Tadqiqot sifat (kvalitativ) yondashuv asosida olib borildi, chunki tadqiqot
maqsadi son jihatdan o‘lchash emas, balki jarayon va tajribaning chuqur tahlilini talab
etadi (Ritonga M., Armini A., Julhadi J., Rambe M.H., Jaffar M.N., 2023: 244).
Kvalitativ metod o‘qitish jarayonini tabiiy sharoitda o‘rganish, ishtirokchilarning fikrmulohazalarini bevosita tahlil qilish imkonini beradi.
Tadqiqotda ma’lumotlar kuzatish, intervyu va hujjat tahlili orqali to‘plandi
(Ritonga M., Armini A., Julhadi J., Rambe M.H., Jaffar M.N., 2023: 244).
Kuzatish: Arab tili fanidan 8 ta dars seansi muntazam kuzatilib, ularning
davomida audio-og‘zaki metodning bosqichlari (model → drill → qo‘llash) tahlil
qilindi. Kuzatishlar orqali o‘qituvchi va talabalar o‘zaro munosabati, talaffuz mashqlari
va og‘zaki muloqot dinamikasi o‘rganildi.
Intervyu: 3 nafar arab tili o‘qituvchisi, 1 nafar fakultet rahbariyati vakili va 28
nafar turli bosqichdagi talaba bilan yarim tuzilgan suhbatlar o‘tkazildi. Intervyular
o‘qituvchilarning metodik yondashuvlari, talabalar tajribasi va muammoli nuqtalar
haqida sifatli ma’lumotlar berdi.
Hujjat tahlili: O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan “Durus al-Lughah al-
‘Arabiyyah”, “Al-‘Arabiyyah Bayna Yadayka” hamda “at Takallum” darsliklari
o‘rganildi (Azhar M., Wahyudi H., Promadi P., 2022: 92). Ushbu manbalar dialogik
mashqlar, talaffuz modellarining takrorlanish darajasi va mashg‘ulotlar tuzilmasini
tahlil qilish imkonini berdi.
Olingan ma’lumotlar reduksiya → taqdim → talqin bosqichlarida tahlil qilindi.
Reduksiya bosqichida ortiqcha ma’lumotlar qisqartirilib, faqat tadqiqot
maqsadiga oid holatlar ajratib olindi.
Taqdim bosqichida dars kuzatuvlari, intervyu javoblari va darslik tahlili
natijalari tematik bloklar bo‘yicha tizimlashtirildi.
Talqin (interpretatsiya) bosqichida olingan dalillar umumlashtirilib,
audiolingual metodning samaradorligi va cheklovlari aniqlab berildi.
Natijalarning ishonchliligini ta’minlash uchun triangulyatsiya usuli qo‘llanildi,
ya’ni kuzatish, intervyu va hujjat tahlilidan olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtirilib,
bir-birini to‘ldiruvchi tarzda tahlil qilindi. Bu yondashuv ma’lumotlarning
obyektivligini ta’minladi va natijalarni tasdiqlash imkonini berdi.
Tadqiqot obyekti sifatida O‘zXIAning Arab tili va islomiy manbalar fakulteti
talabalari hamda ushbu fakultetda faoliyat yuritayotgan arab tili o‘qituvchilari tanlandi.
Umumiy hisobda 32 nafar ishtirokchi (28 talaba, 3 o‘qituvchi, 1 rahbar) tadqiqot
jarayonida qatnashdi. Tadqiqot 2024–2025 o‘quv yili davomida o‘tkazildi.
Ishtirokchilarning barchasi yozma roziligi bilan tadqiqotda qatnashgan bo‘lib,
anonimlik va ma’lumotlarning maxfiyligi tamoyillari to‘liq saqlandi.
TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida (O‘zXIA) arab tili darslari
audio-og‘zaki (audiolingual) metod asosida olib boriladi. Ushbu metodning markaziy
g‘oyasi — “tinglash va takrorlash” tamoyiliga tayanib, nutqni avtomatik shakllantirish,
talaffuz va muloqot naqshlarini tabiiy o‘zlashtirishni ta’minlashdir (Hanani A., Naser
R., 2020: 691).
O‘zXIAda olib borilgan kuzatishlar natijasida arab tili darslari quyidagi 7
bosqichli metodik sikl asosida tashkil etilgani aniqlandi:
1. Mavzu e’loni va salomlashuv. Dars boshida o‘qituvchi o‘quvchilarning
diqqatini jamlab, mavzuni kirish qismi bilan e’lon qiladi.
2. Namunaviy dialog taqdimoti. O‘qituvchi yoki audio-video yozuvlar orqali
model dialogni eshittiradi, bu bosqich “modelling” funksiyasini bajaradi.
3. Mazmun va talaffuz izohi. O‘qituvchi talaffuz, grammatik struktura va so‘z
ma’nolarini tushuntiradi.
4. Talabalar tomonidan takrorlash (drill). Talabalar o‘qituvchidan keyin
birgalikda yoki yakka tartibda so‘z va iboralarni takrorlaydilar.
5. Grammatik va leksik mashqlar. O‘rganilgan so‘z va strukturani
mustahkamlash uchun mashqlar bajariladi.
6. Mustaqil nutq mashqlari (dialog va hikoya). Talabalar o‘z muloqotlarini
tuzadilar, yangi vaziyatlarga mos gap tuzishni mashq qiladilar.
7. Yakuniy refleksiya va xulosa. O‘qituvchi dars yakunida umumiy xatolarni
tahlil qiladi, ijobiy misollarni ko‘rsatadi va tavsiyalar beradi (Hanani A., Naser R.,
2020: 691).
O‘qituvchilar darslarda mobil telefon yozuv moslamalaridan faol foydalanadilar.
Talabalar o‘z talaffuzlarini yozib olib, qayta tinglash va o‘z-o‘zini tahlil qilish (selfmonitoring) orqali nutqdagi xatolarni aniqlab tuzatadilar. Bu jarayon o‘z-o‘zini
baholash va refleksiv fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, audio-og‘zaki (audiolingual) usul
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (O‘zXIA) talabalari uchun arab tili
nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Ushbu yondashuv
talabalarni talaffuz, eshitish differensiasiyasi, so‘z boyligi va og‘zaki ifoda aniqligi
bo‘yicha ijobiy natijalarga olib keldi. Dars jarayonida modellashtirish, takrorlash va
o‘yin asosidagi faoliyatlar talabalar motivatsiyasini oshirganini kuzatish mumkin
bo‘ldi (Hanani A., Naser R., 2020: 691).
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, audio-og‘zaki (audiolingual) metod O‘zXIA
talabalari uchun arab tili nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali pedagogik
yondashuv hisoblanadi. Ushbu metod yordamida talabalar talaffuz, eshitish
differensiasiyasi, so‘z boyligi hamda og‘zaki ifoda aniqligi bo‘yicha sezilarli
natijalarga erishdilar (Hanani A., Naser R., 2020: 691). Dars jarayonida tinglash,
takrorlash va muloqot asosidagi mashqlar nutqni avtomatlashtirishga yordam berdi.
Shu bilan birga, motivatsion o‘yin elementlari, mobil texnologiyalar va raqamli
vositalardan foydalanish darsning interaktivligini oshirdi (Hasibuan R., Jundi M., Ali
I., Febriani S. R., Bedra K. G., 2024: 16).
Biroq metodning to‘liq samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi shartsharoitlar zarur deb hisoblanadi:
1. Arab tili muhitini shakllantirish. Tabiiy muloqot muhiti arab tilida so‘zlashuvni
uzluksiz rivojlantiradi. Shu maqsadda O‘zXIAda muntazam “Arabic Day” tadbirlarini
o‘tkazish, arab tili klublari tashkil etish hamda audio-laboratoriyalarni yo‘lga qo‘yish
zarur.
2. Metodik va raqamli tayyorgarlikni kuchaytirish. O‘qituvchilar uchun
zamonaviy metodika, kommunikativ yondashuvlar va raqamli pedagogika bo‘yicha
malaka oshirish treninglarini tashkil etish lozim. Bu jarayon o‘qituvchilarga
audiolingual metodni kommunikativ model bilan integratsiyalash imkonini beradi
(Hanani A., Naser R., 2020: 691).
Gamifikatsiya va reflektiv baholash tizimini kengaytirish. Arab tili ta’limida
o‘yinlashtirish (gamifikatsiya) elementlari va reflektiv baholash mexanizmlarini tatbiq
etish talabalar motivatsiyasini oshirib, ularning mustaqil o‘rganish faoliyatini
faollashtiradi (Hasibuan R., Jundi M., Ali I., Febriani S. R., Bedra K. G., 2024: 16).
Umuman olganda, audiolingual metod O‘zXIA sharoitida arab tili o‘qitishning
amaliy, psixolingvistik va kommunikativ jihatlarini uyg‘unlashtiruvchi samarali tizim
sifatida o‘zini oqladi. Kelgusida bu metodni raqamli ta’lim texnologiyalari va
kommunikativ yondashuvlar bilan integratsiyalash arab tili ta’limining sifatini yanada
oshirish hamda xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI/ REFERENCES:
1. Almelhes S. (2024). Enhancing Arabic Language Acquisition: Effective
Strategies for Addressing Non-Native Learners’ Challenges // Education Sciences, vol.
14, №10. - P. 16.
2. A.Haleem, M.Javaid, M.A.Qadri, R.Suman (2022). Understanding the Role of
Digital Technologies in Education: A Review // Sustainable Operations and
Computers, vol. 3, P.275-285.
3. A.Hanani, R.Naser (2020). Spoken Arabic Dialect Recognition Using X-
Vectors // Natural Language Engineering, vol. 26, №6. – P. 691-700. [Online].
Available: https://doi.org/10.1017/S1351324920000091
4. Fudhaili A. (2024). Dialectics and Madurese Language Accent in the
Perspective of Psycholinguistics and Sociolinguistics // Lensa: Kajian Kebahasaan,
Kesusastraan, dan Budaya, vol. 14, №1. – P. 145-160. [Online]. Available:
https://doi.org/10.26714/lensa.14.1.2024.145-160
5. M.Gharaibeh, A.A. Alhassan (2023). Role of Teachers in Teaching Arabic
Letters to Young Children of UAE: Exploring Criteria of Arabic Letters Teaching //
Cogent Education, vol. 10, №1. – P. 92.
6. R.Hasibuan, M.Jundi, I.Ali, S. R.Febriani, K.G. Bedra (2024). Game-Based
Language Learning: Implementing Arabic Speaking Proficiency through Truth or Dare
with Spin Wheel // Lughawiyah: Journal of Arabic Education and Linguistics, vol. 6,
№1 – P. 16. [Online]. Available: https://doi.org/10.31958/lughawiyah.v6i1.12224
7. J.L. Jensen, E.A. Holt, J.B.Sowards, T. Heath Ogden, R.E. West (2018).
Investigating Strategies for Pre-Class Content Learning in a Flipped Classroom //
Journal of Science Education and Technology, vol. 27, №6. – P. 523-535. [Online].
Available: https://doi.org/10.1007/s10956-018-9740-6
8. M.Azhar, H.Wahyudi, P.Promadi (2022). Arabic Language Learning with
Communicative Method and Factors Affecting Student’s Speaking Ability // Takuana:
Jurnal Pendidikan, Sains, dan Humaniora, vol. 1, №2. – P. 92-101. [Online]. Available:
https://doi.org/10.56113/takuana.v1i2.33
9. M.Ritonga, A.Armini, J. Julhadi, M.H.Rambe, M.N. Jaffar (2023).
Audiolingual Method in Arabic Learning // Jurnal Al Bayan: Jurnal Jurusan Pendidikan
Bahasa Arab, vol. 15, №1. – P. 244-260. [Online]. Available:
https://doi.org/10.24042/albayan.v15i1.15449
10. D. H.Tong, B. P.Uyen, L. K.Ngan (2022). The Effectiveness of Blended
Learning on Students’ Academic Achievement, Self-Study Skills and Learning
Attitudes: A Quasi-Experiment Study in Teaching the Conventions for Coordinates in
the Plane // Heliyon, vol. 8, №12.