ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Inson ruhiyatini aks ettirishning milliy o‘ziga xosligi

Muratxodjayeva Feruza Xotamovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INSON RUHIYATINI AKS ETTIRISHNING MILLIY O ‘ZIGA XOSLIGI

NATIONAL SPECIFICITY OF REFLECTING HUMAN PSYCHE

НАЦИОНАЛЬНАЯ СПЕЦИФИКА ОТРАЖЕНИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ
ПСИХИКИ

Muratxodjayeva Feruza Xotamovna

Tillar-2 kafedrasi dotsenti,

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,(PhD)

Oriental Universiteti, 52A, Noraztepa.

Tel.:+998881986777

E-mail: fmuratkhodjaeva@gmail.com

Annotatsiya. Inson ruhiyatining o‘ziga xos xususiyatlarini tabiiy tilda aks

ettiruvchi leksik material ba’zan o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka

kirishadigan psixologik va lingvistik deb ataluvchi ikki yondashuvga asoslanib

tuziladi. Psixologiyada shaxs xususiyatlarini tuzishda qo‘llaniladigan usullar, ularning

ruhiy xususiyatlarni ifodalovchi so‘zlar o‘rtasidagi semantik yaqinlikka asoslanishi,

aslida ularning lingvistik leksikologiya, semasiologiya va leksikografiya bilan juda

kam aloqaga ega ekanligiga qaramay, ba’zan “leksikografik” deb ataladi. Asosiy farq

so‘zning muhim xususiyati sifatida uning qanday semantikasini asos qilib olish

kerakligini aniqlashda, ya’ni so‘zlarning lug‘atdagi ta’riflarda aks ettirilgan leksik

mazmuninimi yoki ma’lum bir til egalarining ongida paydo bo‘ladigan so‘zlarning bir-

biri bilan assotsiativ bog‘lanishlari asosida anglanadigan semantikasinimi, bu borada

tilshunoslar birinchi yondashuvga tayanadilar, psixologlar esa ikkinchi turdagi

semantikaning muhim rolini ta’kidlashda “psixosemantika” atamasi ostida mavjud

bo‘lgan tushunchaga tayanadilar. Psixologlarning fikriga ko‘ra, bu semantika,

odamning kundalik ongi va uning paradokslarini tushuntirishda, mantiqiy-lisoniy

tuzilmalar va normativ lug‘at ma’nolariga qaraganda yaxshiroq yordam beradi.

Kalit so‘zlar: krossmadaniy, etnografiya, antropologiya, madaniy relyativizm,

absolyutizm, universalizm

Аннотация. Лексический материал, отражающий особенности психики

человека в естественном языке, формируется на основе двух подходов, иногда

называемых психологическим и лингвистическим, которые находятся в прямой

оппозиции друг к другу. Методы, используемые в психологии для составления

характеристик личности, основанные на семантической близости слов,

выражающих психологические черты, иногда называют

«лексикографическими», несмотря на то, что они фактически имеют весьма

слабое отношение к лингвистической лексикологии, семасиологии и

лексикографии. Основное различие заключается в определении того, какую

семантику следует брать за основу для важного признака слова: лексическое

содержание слов, отраженное в словарных определениях, или семантику,
понимаемую на основе ассоциативных связей слов друг с другом, возникающих
в сознании носителей данного языка. В связи с этим лингвисты опираются на
первый подход, в то время как психологи, подчёркивая важную роль второго
типа семантики, опираются на понятие, существующее под термином
«психосемантика». По мнению психологов, эта семантика помогает лучше, чем
логико-лингвистические конструкции и нормативные словарные значения,
объяснить обыденное сознание человека и его парадоксы.

Ключевые слова: кросс-культурный, этнография, антропология,
культурный релятивизм, абсолютизм, универсализм

Abstracts. The lexical material reflecting the human psyche in a natural language
is sometimes built on the basis of two things, called therapeutic and linguistic, which
are directly opposed to each other. In psychology, words expressing personal safety are
words expressing their own semantic damage. In psychology, methods are laid down
in the system of personal life. Taking into account the importance of basic words, what
semantics is distinguished, the lexical content reflected in the first-order definitions or
the associative associativity of words that may appear in the psycholinguistics of a
particular language, which plays an important role in this, that is, the renewal of words.
In their evaluation, they rely on the concept that exists under the term
“psychosemantics”. According to psychologists, this semantics is a good help in
understanding the everyday consciousness of a person and its paradoxes, logicallinguistic structures and normative meanings of words.

Keywords: cross-cultural, ethnography, anthropology, cultural relativism,
absolutism, universalism

KIRISH
Milliy xarakter etnopsixologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lib, psixologik
kontekstda xarakter – bu insoniyat ehtiyojlarini ma’lum bir jamiyatda, etnik guruhda
yashash tarziga moslashtirish jarayonida paydo bo‘ladigan insonning maxsus faolligi
shaklidir. Xarakter etnik tafakkur sohiblarining fikrlari, hissiyotlari va harakatlarini
belgilaydi. Etnik guruhning xususiyatlarini o‘rganishda, avvalo, ushbu guruh
a’zolarining katta qismiga xos bo‘lgan individual xususiyatlar o‘rganiladi; buni milliy
xarakter deb atash mumkin. Tabiiyki, milliy xarakter individual xarakterga qaraganda
kamroq o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. “Milliy xarakter” tushunchasiga faqat shu
etnik guruhning aksariyat a’zolariga xos bo‘lgan, ularning umumiy muloqotlari,
tajribalari, yashash tarzidan kelib chiqadigan xarakter xususiyatlari kiradi. Zero, “Til
boyliklarini millat madaniyati, tafakkuriga bog‘lab boshqa fanlar integratsiyasi
kesimida o‘rganish natijasida etnoslarga xos bo‘lgan milliy-madaniy me’yor va qoida-

qonuniyatlar ochib berilmoqda”. (Baxronova D. K:. 2023. – 213 b.) Inson ruhiyatini
aks ettirishning milliy o‘ziga xosligi va farqlari deganda turli millatlar va madaniyatlar
orasidagi dunyoqarash, tafakkur, gapirish va yozish usullari, hatto qo‘llaniladigan
leksik birliklarning xilma-xilligi nazarda tutiladi. Masalan, insonning tuyg‘ularini
ifodalashda sharq va g‘arb mamlakatlari madaniyatiga nazar solinsa, sharq
madaniyatida odamning ichki holati jamiyat bilan uzviy bog‘liqligiga asoslangan
garmoniya va jamiyatga muvofiqlik dominantlik qilishi ko‘zga tashlanadi, masalan,
yaponlarning “vabi-sabi” nomi bilan mashhur bo‘lgan falsafasida oddiylik va tabiat
bilan uyg‘unlik tushunchalari muhim ahamiyatga ega.

G‘arbiy madaniyatda shaxsning tuyg‘ularni ifodalashda individning o‘ziga
xosligi va mustaqillik yеtakchilik qilishi yaqqol namoyon bo‘ladi, binobarin, g‘arbda
shaxsning ichki dunyosi ko‘pincha mustaqillik va xususiy o‘zgarishlar bilan
bog‘lanadi. AQShda yoki Yevropa mamlakatlarida shaxsning o‘z ehtiyojlari,
istiqbollari va his-tuyg‘ulari doimo markaziy o‘rin egallaydi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Geografik determinizmning eng yorqin vakili fransuz faylasufi Sh.Monteske
bo‘lib, u odamlarni iqlim, shuningdek, din, qonunlar, boshqaruv tamoyillari,
o‘tmishdagi tajribalar, axloq, odatlar boshqarishini ta’kidladi; bu barcha omillarning
umumlashgan ta’siri natijasida xalqning umumiy ruhiyati shakllanadi. Ammo yuqorida
sanab o‘tilgan ko‘plab omillar orasida u iqlimni ham ko‘rib chiqqan. Masalan, “issiq
iqlim xalqlari”, uning fikricha, “qariyalarga o‘xshab, sust, jasoratga qodir emas, lekin
jonli tasavvurlarga ega”. Shimoliy xalqlar esa “yoshlar kabi jasur” va zavqlanishlarga
moyil. Shu bilan birga, iqlim xalqning ruhiga nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki bilvosita
ta’sir ko‘rsatadi: iqlim sharoitlariga qarab, an’analar va odatlar shakllanib, ular o‘z
navbatida xalqlarning hayotiga ta’sir qiladi. Eng qiziqarli nuqtai nazar ingliz faylasufi
D.Yumning “Milliy xarakter haqida” asarida o‘z aksini topgan. D.Yum tabiiy yashash
sharoitlarini (havo, iqlim) xalq xarakteri, temperament, mehnat va turmush
an’analarini belgilovchi omillar sifatida ko‘radi. Biroq, uning fikriga ko‘ra, milliy
xususiyatlarning shakllanishida asosiy o‘rinni ijtimoiy (axloqiy) omillar egallaydi.
Ushbu omillarga u jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha narsani kiritadi. Ijtimoiy munosabatlarning xalq psixologiyasini va alohida
qatlamlarning shakllanishidagi rolini tan olish uni jamiyat qatlamlarining psixologiyasi
va ularning milliy xususiyatlar bilan aloqasi masalasiga olib keldi. Germaniyalik
faylasuf G.Gegelning asarlari millatlar xarakterini o‘rganish borasidagi bilimlarning
rivojlanishiga muhim hissa qo‘shdi. “Ruh falsafasi”da u millatlar va irqlar xarakteri
muammolarini o‘rganib chiqadi. Gegelning fikriga ko‘ra, milliy xarakter — bu
subyektiv ruhiyatning turli tabiiy sharoitlardagi namoyon bo‘lishidir, bu esa aslida

millatlar va irqlar ruhiy dunyosining xususiyatlarini belgilaydi. Demak, irqiy va milliy
farqlar — bu shaxsning umumiy tabiiy ruhiyatining ma’lum sharoitlarda namoyon
bo‘lishidir. Xalq psixologiyasini o‘rganayotgan mualliflar orasida fransuz olimi
G.Lebonni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Irqlarning psixologik tarkibidan
xalqning dunyo va hayot haqidagi tushunchalari, ularning xulqi va dunyoni qabul qilish
tarzlari kelib chiqadi. Xalqning milliy ruhiyati, tarixiy va ma’naviy jarayonni
belgilovchi, shaxslarning hissiyotlari, qiziqishlari va e’tiqodlaridan iborat bo‘lib, uni
ushbu xalqning tarixiy rivojlanishi elementlari orqali o‘rganish lozim: til, g‘oyalar,
e’tiqodlar, san’at, adabiyot – bularning barchasi xalq ruhiyatining o‘ziga xos namoyon
bo‘lishidir. G.Lebon ta’kidlaganidek, turli xalqlar va irqlarga mansub insonlar
ruhiyatining tuzilishida katta farqlar mavjud.Yuqorida qayd etilgan ilmiy tadqiqot
ishlaridan farqli ravishda mazkur dissertatsiya ishida inson ruhiyatini ifodalovchi
emotiv leksik birliklarning semantik va lingvokognitiv xususiyatlari gumanitar
fanlarda qabul qilingan tizimli usullarni hisobga olgan holda tahlil qilinadi hamda
“inson” (milliy shaxs), “til” (tafakkur) va “madaniyat” (moddiy va ma’naviy) kabi
tushunchalarning o‘zaro dinamik munosabatlari lingvokognitiv nuqtayi nazardan
tadqiq qilinishi bilan ahamiyatlidir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada an’anaviy metodlar (lisoniy tavsiflash, tasvirlash, kontekstual
tahlil, komponent tahlil metodlari) bilan bir qatorda yangi tahlil usullari, xususan,
kommunikativ-pragmatik tahlil, semantik maydon usuli qo‘llanildi. Insoniyatning
o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu til shakllaridan aloqa vositasi sifatida
foydalanishdir. Til va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisisiz yashay
olmaydigan hodisadir, tafakkur tilda yashaydi, har qanday nutq asosida esa tafakkur
yotadi, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi
– tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalar E.Tarasov, M.Talbot,
Ye.Balashova, A.Maslov, H.Delgado, G.Giyom, A.Ivanov, Sh.Safarov, A.Mamatov,
Sh.Sirojiddinov, X.Dadaboyev, M.Irisqulov, I.Siddiqova, N.Sadullayeva,
D.Baxronova kabi olimlarning asarlarida o‘rganilgan.
Tilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham o‘rganadi,
qadimgi yunon faylasuflari Demokrit, Suqrot, Aflotun ongni tafakkur va ruhning
o‘ziga xos sintezi sifatida ko‘rganlar, zamonaviy yondashuvlarda ong ruh emas, balki
insonning kognitiv qobiliyati sifatida o‘rganiladi. Dekart tomonidan ong tafakkurning
ichki rivojlanishi mahsuli sifatida talqin qilingan bo‘lsa, J.Lokk va T.Gobbslar uni
tashqi ta’sirlarning natijasi sifatida qabul qilganlar, faylasuflar S.Priyst,
V.Slobodchikov va Ye.Isaev, A.Spirkin, S.Rubinshteyn, V.Volnov, Ye.Sheremeta,
Merlo-Pontilarning ilmiy ishlarida falsafa va tilning aloqalari masalalari yoritilgan.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, til, borliq (voqelik, olam) va tafakkur
o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalash va talqin qilishga qaratilgan falsafiy qarashlar
tahlil qilingan, til falsafasining vazifasi uning lisoniy namoyon bo‘lishida borliq va ong
o‘rtasidagi munosabatni o‘rnatish ekanligi isbotlangan hamda ushbu munosabatlar
diqqat markaziga inson turuvchi Antroposentrik paradigma doirasida
o‘rganilgan.Inson ruhiyati fenomenologiyasi insonning bilim va tajribani qanday
anglashi va tajriba orqali borliq olam bilan qanday munosabatda bo‘la olishini
o‘rganuvchi falsafiy yo‘nalish sifatida tafakkurni tushunish hamda voqelikning inson
tajribasi orqali qabul qilinishiga ko‘ra kognitiv psixologiya nuqtayi nazaridan tahlil
qilingan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Psixologik tajribalar o‘tkazish qiziqarli natijalar beradi, psixologik sinovdan
o‘tayotgan odamga ko‘pincha shaxsiy xususiyatlar, insoniy fazilatlar nomlarini o‘z
ichiga olgan, leksik jihatdan aynan ruhiy xususiyatlarni ifoda etish bilan bevosita
aloqasi bo‘lmagan so‘zlardan iborat maxsus lug‘atlar taqdim etiladi. Bular yaxshi -
yomon, yoqimli - yoqimsiz, jozibali - jirkanch, muloyim - qo‘pol va boshqa shu kabi
baholovchi xarakterdagi leksik birliklar, odamlarni ularning kasb-hunarlariga yoki
shunchaki qandaydir xatti-harakatlariga nisbatan ta’riflaydigan daho, boshqaruvchi,
zo‘ravon, o‘g‘ri, usta kabi so‘zlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarash bilan bog‘liq
qarashlarni aks ettiruvchi taqvodor, xudojo‘y, ateist, imonli /imonsiz kabi so‘zlar,
bilim, ko‘nikma va malaka darajasini aks ettiruvchi bilimdon, malakali, tajribali,
mahoratli, iqtidorli va hokazo so‘zlar. Keltirilgan leksemalar inson ruhiyati bilan
bog‘liq tadqiqotlar uchun dastlabki material sifatida foydalaniladigan so‘zlar qatoriga
kiradi, chunki tadqiqotga jalb qilingan mutaxassislar: “Ushbu so‘zni shaxs ruhiyatini
tavsiflashda ishlatish mumkinmi?” degan savolga ijobiy javob beradilar. (Шмелев
А.Г.: 2002. – 480 с.) Psixologning nuqtayi nazaridan, bu yеtarli, ammo tilshunosning
nuqtayi nazaridan esa, odamlarni tavsiflovchi belgilardan qaysilari aynan shaxsning
ruhiy xususiyatlariga tegishli ekanligini aniqlashda birmuncha qiyinchilik tug‘iladi,
chunki bu еrda yana ham ko‘proq aniqlikni talab etuvchi milliy xarakter tushunchasini
ham qamrab olish zarur.
Milliy xarakter etnopsixologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lib, psixologik
kontekstda xarakter – bu insoniyat ehtiyojlarini ma’lum bir jamiyatda, etnik guruhda
yashash tarziga moslashtirish jarayonida paydo bo‘ladigan insonning maxsus faolligi
shaklidir. Xarakter etnik tafakkur sohiblarining fikrlari, hissiyotlari va harakatlarini
belgilaydi. Etnik guruhning xususiyatlarini o‘rganishda, avvalo, ushbu guruh
a’zolarining katta qismiga xos bo‘lgan individual xususiyatlar o‘rganiladi; buni milliy
xarakter deb atash mumkin. Tabiiyki, milliy xarakter individual xarakterga qaraganda
kamroq o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. “Milliy xarakter” tushunchasiga faqat shu

etnik guruhning aksariyat a’zolariga xos bo‘lgan, ularning umumiy muloqotlari,
tajribalari, yashash tarzidan kelib chiqadigan xarakter xususiyatlari kiradi. Zero, “Til
boyliklarini millat madaniyati, tafakkuriga bog‘lab boshqa fanlar integratsiyasi
kesimida o‘rganish natijasida etnoslarga xos bo‘lgan milliy-madaniy me’yor va qoidaqonuniyatlar ochib berilmoqda”. (Baxronova D. K., 2023. – 213 b.)

Inson ruhiyatini aks ettirishning milliy o‘ziga xosligi va farqlari deganda turli
millatlar va madaniyatlar orasidagi dunyoqarash, tafakkur, gapirish va yozish usullari,
hatto qo‘llaniladigan leksik birliklarning xilma-xilligi nazarda tutiladi. Masalan,
insonning tuyg‘ularini ifodalashda sharq va g‘arb mamlakatlari madaniyatiga nazar
solinsa, sharq madaniyatida odamning ichki holati jamiyat bilan uzviy bog‘liqligiga
asoslangan garmoniya va jamiyatga muvofiqlik dominantlik qilishi ko‘zga tashlanadi,
masalan, yaponlarning “vabi-sabi” nomi bilan mashhur bo‘lgan falsafasida oddiylik va
tabiat bilan uyg‘unlik tushunchalari muhim ahamiyatga ega.
(https://elleuzbekistan.com/yaponiyaning-wabi-sabi-hayot-tarzi/)

G‘arbiy madaniyatda shaxsning tuyg‘ularni ifodalashda individning o‘ziga xosligi
va mustaqillik yеtakchilik qilishi yaqqol namoyon bo‘ladi, binobarin, g‘arbda
shaxsning ichki dunyosi ko‘pincha mustaqillik va xususiy o‘zgarishlar bilan
bog‘lanadi. AQShda yoki Yevropa mamlakatlarida shaxsning o‘z ehtiyojlari,
istiqbollari va his-tuyg‘ulari doimo markaziy o‘rin egallaydi.

Agar g‘arbiy madaniyatlarda ruhiy va aqliy holatlarni tushunishda aniq faktlar va
tahlilga asoslangan metodlar ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lsa, sharqda esa intuisiya va
ichki hissiyotlar ko‘proq hisobga olinadi, bunga Yaponiya, Xitoy va Hindiston kabi
mamlakatlardagi shaxsning ruhiyatiga oid tushunchalar misol bo‘la oladi. G‘arb
psixologiyasida shaxsni baholash va tushunish uchun aniq ilmiy tadqiqotlar va
metodologiyalar ishlatiladi. Sharq xalqlari madaniyatlarida ko‘pincha tabiat va inson
ruhiyati o‘rtasidagi uyg‘unlikka urg‘u beriladi, hind falsafasida, shuningdek,
buddizmda inson va tabiatning yagona ekanligi, ularning bir-biriga ta’sir qilishini
yoritish muhim o‘rin tutadi. G‘arbda esa tabiat va inson ruhiyati o‘rtasidagi farqlar
ko‘proq ta’riflanadi va har bir elementning mustaqil xususiyatlariga e’tibor qaratiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Psixologiyada shaxsning psixologik tuzilishidagi asosiy model shaxs faoliyati
yondashuviga asoslanadi va struktura tuzilishi quyidagi o‘zaro bog‘liq psixologik
tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: - o‘zini anglash; - shaxsning yo‘nalishi; -
temperament va xarakter; - ruhiy (psixik) jarayonlar va holatlar;- qobiliyatlar va
imkoniyatlar;- shaxsning psixik tajribasi. Inson ruhiyati uning turli hayotiy
vaziyatlardagi tabiatini ifodalaydi; tabiatning beqarorligi subyektning ehtiyojlari,
madaniy va shaxsiy xususiyatlari bilan belgilanadi hamda doimiy ravishda atrofdagilar
tomonidan baholanib boradi. Inson ruhiyatini aks ettirishning milliy o‘ziga xosligi va

farqlari deganda turli millatlar va madaniyatlar orasidagi dunyoqarash, tafakkur va
yozish usullari, hatto qo‘llaniladigan leksik birliklarning xilma-xilligi nazarda tutiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Абдурахманов Р.А. Введение в общую психологию. – Москва-Воронеж.
– С. 345.
2. Baxronova D. K. (2023) Olamning lisoniy manzarasi: til, tafakkur va
madaniyat. – UK: GlobeEdit. – 213 b.
3. Friedenberg J., Silverman G. (2006) Cognitive science: An introduction to the
study of mind. – Thousand Oaks, CA: Sage. – 544 p.
4. Frodeman R., Klein J.T., Mitcham C. (2010) The Oxford handbook of
interdisciplinary. – Oxford: Oxford University Press. – 620 p.
5. Gardner H. (1985) The mind’s new science: A history of the cognitive
revolution. – New York: Basic Books. – 448 p.
6. Garman M. (1990) Psycholinguistics. – Cambridge, New York: CUP. – 548 p.
7. Garnham A. (1994) Thinking and Reasoning. – Blackwell Pub. – 389 p.
8. Залевская А.А. (1990) Слово в лексиконе человека: психолингвистическое
исследование. – Воронеж: Изд-во Воронежского ун-та. – 205 с.
9. Зуфарова М.Э. (2010) Umumiy psixologiya. – Toshkent. – 306 b.
10. Леонтьев А.А. (1990) Основы психолингвистики. – Москва: Смысл. –
288 с.
11. B.N.Sirliyev, A.A.Beknazarov, D.N. Arziqulov (2005) Psixologiya. –
Toshkent. – 138 b.
12. В.И.Слободчиков., Е.И.Исаев (1995) Основы психологической
антропологии. Человеческая психология: Введение в психологию
субъективности. – Россия: Школа-Пресс. – 384 с.
13.Солсо Р. (2014) Когнитивная психология. – СПб. – Серия № 4. – С. 342.
14. Шмелев А.Г. (2002) Психодиагностика личностных черт. – СПб.: Речь. –
480 с.

REFERENCES:
1. Abduraxmanov R.A. Vvedeniye v obshuyu psixologiyu. – Moskva-Voronej. –
S. 345. (In Russian)
2. Baxronova D. K. (2023) Olamning lisoniy manzarasi: til, tafakkur va
madaniyat. – UK: GlobeEdit. – 213 b. (In Uzbek)
3. Friedenberg J., Silverman G. (2006) Cognitive science: An introduction to the
study of mind. – Thousand Oaks, CA: Sage. – 544 p.
4. Frodeman R., Klein J.T., Mitcham C. (2010) The Oxford handbook of
interdisciplinary. – Oxford: Oxford University Press. – 620 p.
5. Gardner H. (1985) The mind’s new science: A history of the cognitive
revolution. – New York: Basic Books. – 448 p.
6. Garman M. (1990) Psycholinguistics. – Cambridge, New York: CUP. – 548 p.

7. Garnham A. (1994) Thinking and Reasoning. – Blackwell Pub. – 389 p.
8. Zalevskaya A.A. (1990) Slovo v leksikone cheloveka: p issledovaniye. –
Voronej: Izd-vo Voronejskogo un-ta. – 205 s. (In Russian)
9. Zufarova M.E. (2010) Umumiy psixologiya. – Toshkent. – 306 b. (In Uzbek)
10. Leontev A.A. (1990) Osnovi psixolingvistiki. – Moskva: Smisl. – 288 s. (In
Russian)
11. B.N.Sirliyev, A.A.Beknazarov, D.N. Arziqulov (2005) Psixologiya. –
Toshkent. – 138 b. (In Uzbek)
12. Slobodchikov V.I., I Ye.I. (1995) Osnovi psixologicheskoy antropologii.
Chelovecheskaya psixologiya: Vvedeniye v psixologiyu subyektivnosti. – Rossiya:
Shkola-Press. – 384 s. (In Russian)
13.Solso R. (2014) Kognitivnaya psixologiya. – SPb. – Seriya № 4. – S. 342. (In
Russian)
14. Shmelev A.G. (2002) Psixodiagnostika lichnostnix chert. – SPb.: Rech. –
480 s. (In Russian)