SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA TALABALAR
ILMIY TADQIQOT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK
TA’MINOTI
DIDACTIC SUPPORT FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENT
SCIENTIFIC RESEARCH ACTIVITIES BASED ON A PERSONALIZED
APPROACH
ДИДАКТИЧЕСКОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ РАЗВИТИЯ НАУЧНО-
ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ
ЛИЧНОСТНО-ОРИЕНТИРОВАННОГО ПОДХОДА
Quchqorova Nargiza Mamajonovna
Oriental universiteti
Uzluksiz ta’lim pedagogika
kafedrasi professori,
pedagogika fanlari doktori (DSc)
Tel: + 998 90-162-50-50
E-mail: kuchqarova06071979@gmail.com.
Annotatsiya. Mazkur maqolada shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalar
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti masalalari yoritilgan.
Tadqiqotda ta’lim jarayonida shaxsning individual xususiyatlarini, qiziqish va
ehtiyojlarini inobatga olgan holda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirish
yo‘llari tahlil qilinadi.
Didaktik ta’minotning mazmuni, shakl va vositalari hamda ularning ilmiy-tadqiqot
faoliyatini faollashtirishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, talabalarda mustaqil
fikrlash, ilmiy izlanish olib borish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va tahlil qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv metodlari hamda pedagogik
texnologiyalar tizimi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuv talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni ijodiy fikrlovchi, mustaqil
tadqiqotchi sifatida shakllantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, ilmiy-tadqiqot faoliyati, didaktik
ta’minot, ta’lim texnologiyalari, kompetensiya, mustaqil fikrlash, innovatsion yondashuv.
Abstract. The article addresses the issues of didactic support for the development
of students' research activities based on the personality-oriented approach. The study
analyzes the ways of forming research competencies in the educational process, taking
into account the individual characteristics, interests, and needs of the individual. The
content, forms, and means of didactic support, as well as their role in activating research
activities, are revealed. In addition, the system of teaching methods and pedagogical
technologies that contribute to the development of independent thinking, conducting
scientific research, advancing and analyzing innovative ideas in students is substantiated.
The research results demonstrate that the personality-oriented approach is an important
factor in enhancing students' scientific potential and shaping them as creative thinkers
and independent researchers.
Keywords: personality-oriented approach, research activity, didactic support,
educational technologies, competence, independent thinking, innovative approach.
Аннотация. В данной статье освещаются вопросы дидактического
обеспечения развития научно-исследовательской деятельности студентов на
основе личностно-ориентированного подхода. В исследовании анализируются
пути формирования исследовательских компетенций в образовательном процессе
с учетом индивидуальных особенностей личности, ее интересов и потребностей.
Раскрываются содержание, формы и средства дидактического обеспечения, а также
их роль в активизации научно-исследовательской деятельности. Кроме того,
обосновывается система учебных методов и педагогических технологий,
способствующих развитию у студентов самостоятельного мышления, проведения
научных исследований, выдвижения и анализа инновационных идей. Результаты
исследования показывают, что личностно-ориентированный подход является
важным фактором повышения научного потенциала студентов и формирования их
как творчески мыслящих, самостоятельных исследователей.
Ключевые слова: личностно-ориентированный подход, научноисследовательская деятельность, дидактическое обеспечение, образовательные
технологии, компетенция, самостоятельное мышление, инновационный подход.
KIRISH
Hozirgi kunda jamiyatda sodir boʻlayotgan keskin ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik
oʻzgarishlar inson kapitalining rivojlanishiga yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda.
Bunda taraqqiyotning poydevori sifatida har bir shaxsning intellektual salohiyati,
mustaqil fikrlashi, qaror qabul qilish qobiliyati va hayotiy pozitsiyasini ongli ravishda
shakllantirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon miqyosida ta’lim tizimini isloh qilish
jarayonlarida shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv ta’lim siyosatining ustuvor strategik
tamoyili sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu yondashuvning mohiyatini ta’lim oluvchining
shaxsiy xususiyatlari, ehtiyojlari va rivojlanish salohiyatini hisobga olgan holda, uni faol,
erkin va ijodiy fikrlovchi subyekt sifatida shakllantirishni tashkil etadi.
Xususan, oliy ta’lim tizimida talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish,
ularning ilmiy izlanish koʻnikmalari va tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirish dolzarb
masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Zero, ilmiy izlanish olib borishga tayyor, chuqur
fikrlay oladigan va ilmiy yondashuvga ega boʻlgan talaba – bu kelajakda innovatsion fikr
yurita oladigan, mamlakat taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshishga qodir boʻlgan
mutaxassisdir. Shu boisdan, Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim sohasida belgilangan
strategik maqsadlarni roʻyobga chiqarishda talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularni
tadqiqot metodikasi asosida tayyorlash hamda bu jarayonni tizimli va ilmiy asoslangan
tarzda tashkil qilish ta’lim sifatini oshirishning muhim omili sifatida e’tirof etilmoqda.
Sh.M. Mirziyoyev oʻzining chiqishlarida “Oʻzbekistonni 2030-yilga qadar global
innovatsion indeks reytingida dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kiritishdek ulkan
maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja e’lon
qilinganligini” – alohida ta’kidlagan. (Mirziyoyev Sh.M., 2022:230) Prezidentimizning
Oʻzbekistonni 2030-yilgacha global innovatsion indeksda yetakchi davlatlar orasiga
kiritish boʻyicha belgilangan maqsadi, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan yangi
strategiyalarni yaratishni taqozo etadi. Bu esa ilm-fan va ilmiy tadqiqotlar sohasini
yanada ilgʻor rivojlantirishni talab etadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ilm-fanni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalarni
amalga oshirishda “Oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistraturada tahsil
olayotgan talabalarga ilmiy faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar va
ragʻbatlantirish mexanizmlarini yaratish, doktorantlar bilan ishlash, ular tomonidan olib
borilayotgan ishlarni nazorat (monitoring) qilish, himoyaga oʻz vaqtida chiqishini
ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish”– kerakligini ta’kidlagan.
(Mirziyoyev Sh.M., 2022:230) Mazkur yoʻnalish ilmiy tadqiqotlarni samarali tashkil
etish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda ilmiy natijalarni global miqyosda tan olish
imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Dunyoda oliy taʼlim tizimida oʻquv - tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish orqali
samaradorlikka erishish uchun talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, ilmiy - tadqiqot
faoliyatini tarkib toptirishda nazariya va amaliyotni bir-biri bilan bogʻliqligini anglash,
tahlil, sintez, abstraksiya, umumlashtirish, prognoz qilish, refleksiv yondashuv, axborot
va hodisalarni mustaqil ravishda tahlil qilish, tadqiqot madaniyatini shakllantirish,
olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish, oʻz gʻoyalarini ilgari surish orqali shaxsiy
takliflarni kiritish va uni himoya qilish qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Respublikamizda “О‘zbekiston-2030” strategiyasining 12-maqsadida barcha
yо‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion
tashabbuslarni qо‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilgan. Ana shu maqsadga asosan 2030-
yilgacha erishiladigan maqsadning samaradorlik kо‘rsatkichida har bir million aholiga
tо‘gʻri keladigan tadqiqotchilar sonini 2 ming nafarga yetkazish belgilab olingan. Bu
maqsad yoshlarni ilm-fan va texnologiyalar sohasiga jalb qilishning muhimligini
koʻrsatadi hamda ilmiy tadqiqotlar orqali milliy iqtisodiyotda real oʻzgarishlar qilish
imkoniyatini yaratadi.
Avloniy ilmni insonlar hayotidagi eng yuksak fazilat deb hisoblab, shunday yozadi:
“Ilm inson uchun gʻoyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. U ilm va bilimni milliy
taraqqiyot hamda ma’naviy yuksalishning asosiy vositasi. Alhosil, har bir millatning
taraqqiy va taoliysi yoshlarning ilm va ma’rifatga, hunar va san’atiga bogʻliqdir.”
(Abdulla Avloniy., 2004:19) Mutafakkir bu fikrlari orqali bilim orqali inson va
jamiyatning kamolotga erishishini ta’kidlaydi.
Talabalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali shakllantirish, avvalo, ularning
tafakkur salohiyati rivojlanganligi hamda ilmiy dunyoqarashning shakllanganlik darajasi
bilan bevosita bogʻliqdir. Chunki mustaqil izlanishga qodir, tahliliy fikrlovchi va ilmiy
asosda qaror qabul qila oladigan shaxsni tarbiyalash ilmiy tafakkur va keng dunyoqarash
zaminida yuzaga keladi. Tafakkur va dunyoqarashning tarkib topishi shaxsning uni oʻrab
turgan tevarak-atrof, narsa va hodisalarning ichki va tashqi ta’siri orqali bilim, koʻnikma,
malakalar egallanishi natijasida shakllanadi. Albatta, bu oʻz-oʻzidan amalga oshmaydi.
Jamiyat tomonidan aniq maqsadga asoslangan tizimli tashkil qilingan ta’sir natijasida
shaxs kamol topadi. Shu oʻrinda biron faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadqiqot obyekti
boʻlgan shaxsga turli adabiyotlarda berilgan ta’riflarga toʻxtalib oʻtsak.
N.P.Ansimovoyning fikricha “Shaxs – bu insonning psixologik va fiziologik
xususiyatlarining oʻziga xos dinamik tizimi boʻlib, ma’lum bir ijtimoiy-madaniy
makonda oʻzining individual hayot yoʻlini amalga oshiradigan insoniyatning vakili
sifatidagi shaxsning umuminsoniy mohiyatini oʻzida mujassam etadi.”
(Н.П. Ансимовой., 2013:425) Shaxsning rivojlanishi va uning jamiyatdagi oʻrni oʻzining
ichki dunyosiga, atrofdagi muhitga va umumiy insoniy qadriyatlar bilan bogʻliqdir.
F.I.Xaydarov va N.I.Xalilovalarning ilmiy qarashlarida “Shaxs deb muayyan
jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shugʻullanuvchi, kishilar bilan normal
til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.” - deb ta’rif berilgan.
(Xaydarov F.I., Xalilova N.I., 2009:93). Demak, shaxs – muayyan jamiyat a’zosi,
oʻzining shaxsiy xulq-atvori va dunyoqarashiga ega boʻlib, ongli faoliyat bilan
shugʻullanadigan mavjudot.
Ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda tafakkur haqida ham pedagogik va
psixologik jihatdan olimlar oʻzining qarashlarini bildirib oʻtgan. E. Gʻoziyevning fikricha
“Tafakkur-atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda
aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bogʻlanishlarni aniqlashga, yangilik
ochishga va bashorat qilishga yoʻnaltirilgan aqliy faoliyatdir”. ( G'oziev E, 2010:458)
S.L.Rubinshteyn “Tafakkur - bu bilvosita, aloqalarni, munosabatlarni, vositachilikni
ochishga asoslangan obyektiv voqelik haqidagi umumlashtirilgan bilim” - deb
ta’riflangan. (Рубинштейн С.Л. 1989: 363)
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda individual va guruh boʻlib ishlashning
birgalikda qoʻllanilishi yuqori samaradorlikni ta'minlaydi. Talabalarni ilmiy
tadqiqotlarga jalb etishda, ularga mavjud bilimlarni oʻrganishdan tashqari, ilmiy
masalalarga yangi nuqtayi nazar bilan yondashishga ham ragʻbatlantirish muhimdir. Bu,
oʻz navbatida, ularning analitik fikrlash qobiliyatini oshiradi va ijodiy yondashuvni
shakllantiradi. Bundan tashqari, talabalar tomonidan bajarilgan ilmiy ishlarni baholashda
turli ragʻbatlantirish tizimlarini joriy etish, ularning ilmiy faoliyatga boʻlgan qiziqish va
motivatsiyasini kuchaytiradi. Shu bilan birga, guruh boʻlib ishlash jarayonida talabalar
oʻzaro fikr almashib, yangi bilimlarni bir-biriga taqdim etish orqali ilmiy yondashuvlar
va tadqiqot metodologiyasini mukammallashtiradi. Bu ilmiy tadqiqotlarning sifatini
oshirishga va yangi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Ilmiy dunyoqarash - bu shaxsning, xususan, talabalar intellektual salohiyatining
shakllanishi va rivojlanishida muhim oʻrin egallovchi kompleks hodisa boʻlib, atrofmuhit, ijtimoiy jarayonlar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, ilmiy haqiqatlar haqida tizimli,
izchil, nazariy-tahliliy fikrlash asosida bilim hosil qilish jarayonidir. Ilmiy dunyoqarash
talabaning voqelikni mantiqiy anglash, ilmiy tafakkur asosida umumlashtirish va mavjud
bilimlar negizida yangi nazariyalar va gʻoyalarni shakllantirishga qodir boʻlishini
ifodalaydi.
Pedagogik va psixologik adabiyotlarda qayd etilishicha, zamonaviy inson shaxsi
turli muammolarni hal qilish, ularni tahlil qilish va murakkab masalalarni tez va samarali
hal etish koʻnikmalari va malakalariga ega boʻlishi zarur. Bunday topshiriqlarning
yechimini faqat tadqiqot olib borishga qodir boʻlgan shaxslar topa oladi. Biroq,
tadqiqotchilik faoliyati uchun qanday bilim, qobiliyat va layoqatlar zarurligi haqida
yagona va birlashgan yondashuv hali mavjud emas.
Tadqiqot olib borish tegishli layoqat, chuqur bilimga egalik oʻquv-bilish
jarayonidagi moyilliklardan biri sifatida har bir insonda shakllanishi mumkin. STЕAM
texnologiyasi mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimini tashkil etadi. Bu
jarayonda talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatining ahamiyatini anglab etadilar, boshqa fanlar
oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushunadilar, bilimlarni tizimli ravishda oʻrganadilar, ilmiy
metodologiyaga asoslangan yondashuv, kreativ fikrlash, mustaqil tahlil qilish, pedagogik
qobiliyatlarni rivojlantirish, muloqot madaniyati, axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanish va vaqtni boshqarish kabi koʻnikmalarni egallaydilar.
M - Mathematics S - Science (Fan) T - Technology
(Matematika) Fandagi har Fanning har bitta (Texnologiya)
mavzusi orqali ilmiy Pedagogik mahoratni
bitta mavzu orqali tadqiqot faoliyati shkllantirish orqali ilmiy
tanqidiy va kreativ fikrlab yo'naltiruvchi bilimlarni
faoliyatga
ilmiy tadqiqotda berish yo'naltirishning
samaradorlik darajasini metodologiyasini
STEAM
ko'zlab ish ko'rish yaratish
A - Art (Sanʼat) E - Engineering
Jarayonga fasilitatsion (Muhandislik)Fan mohiyatini
yondashish pedagogik
mahoratdan mohirona talabani qobiliyatini
rivojlantirish va qiziqishidan
foydalanish, etika, kelib chiqib ilmiy tadqiqot
estetika, pedagogik
nazokat va odob axloq faoliyatida loyihalash,
yaratish, ishlab chiqishga
jalb qilish
1-jadval. STЕAM tеxnologiyasi
STЕAM tеxnologiyasi bu Sciеncе, Tеchnology, Еnginееring, Art and Mathеmatics,
ya’ni fan, tеxnologiya, injеnеriya, san’at va matеmatika ma’nosini anglatadi. STЕAM
ta’lim tеxnologiyasi nafaqat oʻqitish mеtodi, balki tafakkur qilish uslubidir. STЕAM
tеxnologiyasining afzalligi, u borliq bilan yaqin aloqani ta’minlaydi va talabalarga yuqori
motivatsiya bеradi.
“STEAM ilmiy, texnologik, muhandislik, san’at va matematika fanlarning
integratsiyalashgan tabiatini va ularning ta’lim oluvchilarning uzoq muddatli akademik
muvaffaqiyati, iqtisodiy farovonligi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyatini tushunishga
qaratilgan. Bu yondashuvning mohiyati talabalarni nafaqat ilmiy va texnik bilimlar bilan
tanishtirish, balki ular orasida ijodiy fikrlash, muammolarni hal qilish va innovatsion
gʻoyalarni ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
STEAM ta’limi, bilimlarni amaliyot bilan bogʻlash va multidistsiplinar yondashuv
orqali talabalar va oʻqituvchilarga yangi gʻoyalar yaratish imkoniyatlarini beradi. Shu
bilan birga, san'at va dizayn elementlarini kiritish, texnologiya va muhandislik sohalariga
ijodiy yondashuvni kiritish orqali, yoshlarni kompleks masalalarni hal qilishga
tayyorlaydi.
• "Pedagogik mahorat fani orqali talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini
rivojlantirishda fan nuqtayi nazaridan". Ushbu fan doirasida talabalarning
pedagogik mahorat sirlarini o'rganish orqali pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish,
S yо‘naltirilgan yondashuvdan foydalanish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini muloqot madaniyatini shakllantirish, ta’lim jarayonini tashkil qilishda shaxsga
qо‘llash, tadqiqotchilik malakalarini qo'llash, talabalarda media ta’lim vositasida
sharqona immunitetni shakllantirish borasidagi bilimlarini boyitish asosida ilmiy
tadqiqot faoliyatini rivojlantiriladi.
• "Pedagogik mahorat fani orqali talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini
rivojlantirishda texnologik nuqtayi nazaridan" fan asosida talabalarning raqamli
texnologiyalar va elektron tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish, jumladan,
T “library.ziyonet.uz”, “www.natlib.uz”, "Unilibrary", www.edu.uz, my.gov.uz platformasi, Ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda xalqaro hamkorlik nuqtayi
nazaridan ResearchGate, Academia.edu, Scopus, Web of Science internet saytlari va
elektron tizimlaridan samarali foydalanish orqali ilmiy tadqiqot faoliyati rivojlanadi.
• “Pedagogik mahorat fani orqali talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini
rivojlantirishda muxandislik nuqtayi nazaridan" fanni o‘zlashtirish orqali
talabalarni farazni qo'ya olish, qiyinchiliklarga chidamli bo'lishga, tavakkal qila olish
va har qanday natijaga oldindan tayyor bo‘lishga, ilmiy tadqiqot faoliyatini olib
E borishda ilmiy rahbari bilan hamkorlikda ishlash va samarali natija uchun harakat
qilish, muammoli vaziyatda tezkor qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishga erishiladi.Ilmiy tadqiqot mavzusiga doir metod, vosita, shakl va
texnologiyalarni o‘rganib takomillashtirishga o'rgatiladi.
• “Pedagogik mahorat fani orqali talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini
rivojlantirishda san'at nuqtayi nazaridan” fanni o'rganish doirasida hayotiy
voqealar asosidagi sahna ko‘rinishlarini aktyorlik qobiliyatini rivojlantirish,
A ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish haqidagi tushunchalarini shakllantirishga va muammoli vaziyatlarini xal qilishda talabalar bilan jonlantirish orqali talabalarning
xuddi shunday vaziyat aynan ular bilan sodir bo‘lib qolsa, vaziyatdan chiqib keta
olish uchun qanday yechim topish mumkinligi haqidagi fikrlarini tahlil qilish orqali
ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishni takomillashtirishga erishiladi.
• “Pedagogik mahorat fani orqali talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini
rivojlantirishda san'at nuqtayi nazaridan” fan orqali talabalarning ilmiy
M ishini tashkil qilish bosqichlarini chuqur tahlilini olib borish, tadqiqot ishini bilimlarini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berish, ilmiy tadqiqot
bosqichma-bosqich tashkil etish jarayonini tushuntirish, matematik statistik tahlillar
orqali amaliy natijalarni ishlab chiqichga o‘rgatiladi.
2-jadval. Talabalarda ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishda mavzular
oʻrtasidagi intеgrallashuvining STЕAM tеxnologiyasi.
STEAM ta’limi, ijodkorlik va analitik fikrlashni birlashtirib, talabalarni kelajakdagi
karyeralariga tayyorlash, shuningdek, texnologik va ilmiy sohalarda yetuk mutaxassislar
va innovatorlar sifatida shakllanishlariga yordam beradi. Bu yondashuv, ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni taqdim etadi, chunki u
nafaqat ilmiy va texnik, balki ijodiy va insonparvar bilimlarni ham oʻz ichiga oladi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini
rivojlantirishning didaktik ta’minotida ilmiy tadqiqotga yoʻnaltirish metodlari, vositalari
va shakllari bayon etildi. Oʻqitishning ana’naviy va noan’anaviy metodlari, ta’lim
jarayonida talaba oʻzining ta’lim trayektoriyasini belgilab olishi, ilmiy tadqiqotda ustozshogird an’anasi, kafedralarning ilmiy-uslubiy tadqiqotlarida ishtirok etish, ilmiy
konferensiyalarda ishtirok etish, iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi faoliyati bilan
tanishish, ilmiy-tadqiqot faoliyati materiallarini turli darajadagi tanlovlarga taqdim etish
kabi masalalar oʻrganildi.
Ilmiy tadqiqot faoliyatiga yoʻnaltirishning didaktik ta’minoti pedagogik mahorat
fani mavzulari bilan integratsiya qilib, mustaqil ta’lim, referat, tezis, maqola, kurs ishi va
bitiruv malakaviy ish kabi ilmiy tadqiqot faoliyatining turli shakllari talabalarga dasturiy
ta’minotga asosan ilmiy asosli oʻrgatildi. Barcha ilmiy ishlar dasturiy ta’minotga
asoslangan metodikalar va tizim yordamida talabalar uchun taqdim qilindi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyеv Sh.M. (2017) Еrkin va farovon, dеmokratik Oʻzbеkiston davlatini
birgalikda barpo еtamiz. – Oʻzbеkiston. –B. 56.
2. Mirziyoyеv Sh.M. (2017) Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan davom
еttirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – Oʻzbеkiston. –B. 69.
3. Allayarova S.N. (2022) Talabalarni ilmiy-tadqiqotga yoʻnaltirishning dolzarb
masalalari.//Monografiya ‒ T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi.
4. Едалина Н.А. (1989) Проблемы личностно-ориентированной педагогики.
Екатеринбург.
5. Гульянц C.M. (2009) Сущность личностно-ориентированного подхода в
обучении с точки зрения современных образовательных концепций. Педагогика и
Психология. Вестник ЧГПУ 2.
6. Otayeva S.S. (2022) Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari. Oʻquv
qoʻllanma. -Toshkent.
7. Roziqova L.T. (2021) Talabalarda tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishning ilmiy- pedagogik asoslari. Monografiya. Toshkent.
8. Рубинштейн С.Л. (1989) Основы общей психологии: В 2 т. Т. I. –М.:
Педагогика. –363 с.
9. Исаева М.А. (2020) Проектно-исследовательская культура студентов
университета в системе математического образования// Автореферат диссертации
на соискание ученой степени доктора педагогических наук. Махачкала. – С 14.
10. Трубина Г.Ф. (2014) Современные концепции личностно
ориентированного образования, Педагогическое образование в России. № 9; 165-с.
11. G‘oziev E. (2010) Umumiy psixologiya T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashryoti 458 b.
REFERENCES:
1. Mirziyoyev Sh.M. (2017) “Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz”. – Oʻzbekiston. – B. 56. (In Uzbek)
2. Mirziyoyev Sh.M. (2017) “Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz”. – Oʻzbekiston. – B. 69. (In Uzbek)
3. Allayarova S.N. (2022) Talabalarni ilmiy-tadqiqotga yoʻnaltirishning dolzarb
masalalari. Monografiya. – T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi. – 176 b. (In
Uzbek)
4. Edalina N.A. (1998) Problemy lichnostno-orientirovannoy pedagogiki. –
Yekaterinburg. – 25-s. (In Russian)
5. Gulyants S.M. (2009) Sushchnost lichnostno-orientirovannogo podkhoda v
obuchenii s tochki zreniya sovremennykh obrazovatelnykh kontseptsiy. Pedagogika i
Psikhologiya. Vestnik ChGPU. – № 2. – 41 s. (In Russian)
6. Otayeva S.S. (2022) Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari. Oʻquv
qoʻllanma. – Toshkent. – 9 b. (In Uzbek)
7. Roziqova L.T. (2021) Talabalarda tadqiqotchilik koʻnikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari. Monografiya. – Toshkent. – 24 b. (In Uzbek)
8. Rubinshteyn S.L. (1989) Osnovy obshchey psikhologii: V 2 t. T. I. – M.:
Pedagogika. – 363 s. (In Russian)
9. Isayeva M.A. (2020) Proektno-issledovatelskaya kultura studentov universiteta v
sisteme matematicheskogo obrazovaniya. Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye uchenoy
stepeni doktora pedagogicheskikh nauk. – Makhachkala. – S. 14. (In Russian)
10. Trubina G.F. (2014) Sovremennye kontseptsii lichnostno orientirovannogo
obrazovaniya. Pedagogicheskoye obrazovaniye v Rossii. – № 9. – 165-s.
https://core.ac.uk/download/pdf/42051798.pdf/. (In Russian)
11. Gʻoziyev E. (2010) Umumiy psixologiya. – T.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti. – 458 b. (In Uzbek)