ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Sport kurashlarida mashg‘ulot samaradorligini oshirish

Abdullayev Ilhom Xushnudovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SPORT KURASHLARIDA MASHG‘ULOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH

IMPROVING TRAINING EFFECTIVENESS IN COMBAT SPORTS

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ТРЕНИРОВОК В СПОРТИВНОЙ БОРЬБЫ

Abdullayev Ilhom Xushnudovich
Oriental universiteti “Jismoniy madaniyat”

kafedrasi v.b dotsenti,
pedagogika fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD)
Tel: 998-97- 010-05-01
E-mail: abdullayevilhom45@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada erkin kurash sport turida mashg‘ulotlar
samaradorligini oshirish va sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirish uslubiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy yondashuvlar asosida
kurashchilarning texnik-taktik mahoratini shakllantirish, kuch, tezkorlik, chidamlilik,
chaqqonlik va egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalalari yoritilgan.
Shuningdek, mashg‘ulot yuklamalarining optimal me’yori, ularni bosqichma-bosqich
oshirish tamoyillari va tiklanish jarayonlarini rejalashtirish muammolari ko‘rib chiqilgan.
Tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra, maxsus mashqlar
majmuasi qo‘llanilganda asosiy texnik usullarni bajarish samaradorligi o‘rtacha 17% ga
oshgani aniqlangan. Maqolada innovatsion uslublarni joriy etish va xalqaro darajadagi
o‘quv-mashg‘ulotlarni tashkil qilish orqali sport natijalarini yaxshilash bo‘yicha takliflar
berilgan.
Kalit so‘zlar: erkin kurash, jismoniy tayyorgarlik, mashg‘ulot samaradorligi,
texnik-taktik tayyorgarlik, yuklama me’yori, tiklanish jarayonlari, innovatsion uslublar,
maxsus mashqlar.
Abstract. This article analyzes the methodology for increasing the effectiveness of
training sessions and improving the special physical fitness of freestyle wrestlers. The
study examines modern approaches to developing wrestlers' technical and tactical skills,
as well as enhancing physical qualities such as strength, speed, endurance, agility, and
flexibility. Additionally, issues related to the optimal training load norms, principles of
their gradual increase, and planning of recovery processes are addressed. Comparative
analysis between experimental and control groups revealed that the application of a
special exercise complex resulted in an average 17% improvement in the execution of
key technical techniques. The article provides recommendations for enhancing sports
performance through the introduction of innovative methods and organizing training
camps at an international level.
Keywords: freestyle wrestling, physical fitness, training effectiveness, technicaltactical training, load norm, recovery processes, innovative methods, special exercises.

Аннотация. В данной статье анализируется методика повышения
эффективности тренировок и совершенствования специальной физической
подготовки борцов вольного стиля. В исследовании рассмотрены современные
подходы к формированию технико-тактического мастерства борцов, а также
развитию физических качеств – силы, быстроты, выносливости, ловкости и
гибкости. Кроме того, освещены вопросы оптимальной нормы тренировочных
нагрузок, принципов их поэтапного увеличения и планирования
восстановительных процессов. Сравнительный анализ между экспериментальной
и контрольной группами показал, что применение комплекса специальных
упражнений привело к повышению эффективности выполнения основных
технических приёмов в среднем на 17%. В статье даны рекомендации по
улучшению спортивных результатов за счёт внедрения инновационных методов и
организации учебно-тренировочных сборов на международном уровне.

Ключевые слова: вольная борьба, физическая подготовка, эффективность
тренировок, технико-тактическая подготовка, нормирование нагрузки,
восстановительные процессы, инновационные методы, специальные упражнения.

KIRISH
Dunyoning turli mamlakatlarida olimpiya dasturiga kiritilgan erkin kurash
sportchilarni tayyorlash tizimida kuchayib borayotgan global raqobat sharoitlarida
maxsus jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishning yangicha uslublarini izlab topish
muammosi sport bo‘yicha mutaxassislarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Hozirgi
kunda erkin kurash sport turida nufuzli musobaqalarda natijalarni qo‘lga kiritish,
sportchining mashg‘ulot faoliyatida maksimal yuqori darajaga erishish uchun intilishiga
sabab bo‘lmoqda. Taʼkidlash joizki, jahonda erkin kurash sport turiga iqtidorli yoshlarni
jalb etish, ularning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, o‘quv-mashg‘ulot
jarayonlarida zamonaviy tarzda tashkil etish hamda samarali vosita va usullar asosida
tashkil qilishni taqozo etmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekistonda erkin kurashda sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik
bo‘yicha yangi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha yetarli darajada ahamiyat
berilmagan. Olib borilgan tadqiqotlarning barchasi yuqori malakali erkin
kurashchilarning texnik tayyorgarligiga qaratilgan bo‘lib sport kurashi bo‘yicha olimlar
А.N.Аbdiyev, F.А.Kerimov, N.А.Kerimov, Adilov S.Q, N.А.Tastanov,
Sh.А.Mirzakulov, Sh.S.Mirzanov, А.А.Ruziev, Z.А.Bakiyevlar o‘zlarining ilmiy-uslubiy
ishlarida kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini optimallashtirish va rejalashtirish
uslubiyatini ochib turli takliflar berishgan (Kerimov F.A.,. 2017: 132, Abdullayev SH.A.,
2017: 132).

Erkin kurashchilarning mashg‘ulot tayyorgarligi sportchilarning jismoniy va
psixologik holatini oshirish, texnik va taktika ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muhim
bosqichdir. Bunday tayyorgarlik quyidagi asosiy yo‘nalishlarga bo‘linadi (Adilov S.Q.,
2019: 221).

Jismoniy tayyorgarlik - erkin kurashchilarning kuchli jismoniy tayyorgarligi
ularning muvaffaqiyatli kurashishida asosiy omil hisoblanadi. Bunga quyidagi mashqlar
kiradi:

Kuch mashqlari: Og‘irlik ko‘tarish, dumbbell va barbell mashqlari, plank,
push-up, squat, deadlift kabi mashqlarni bajarish.

Chidamlilik mashqlari: Kardio mashqlar (yugurish, velosipedda yurish, suzish)
orqali yurakni va nafas olish tizimini kuchaytirish.

Moslashuvchanlik mashqlari: Elastiklikni oshirish uchun cho‘zish va yoga
mashqlari, shuningdek, barqarorlikni oshirish uchun balans mashqlari (Adilov S.Q., 2019:
221).

Texnik tayyorgarlik - erkin kurashda texnik ko‘nikmalar juda muhim.
Sportchilarga turli usullarni o‘rganish va to‘g‘ri bajarishni rivojlantirish uchun maxsus
mashg‘ulotlar o‘tkaziladi:

Uzoq va qisqa masofada kurashish texnikalari: Usullarni yaxshi o‘zlashtirish va
ular orqali raqibni nazorat qilish.

Pozitsiyalarni o‘zgartirish: Turli pozitsiyalarda kurashish, xususan, yuqori va
pastki pozitsiyalarni egallash.

Xatoliklarni tuzatish: Qayta-qayta mashq qilish orqali texnik xatoliklarni
kamaytirish (Tastanov N.A., Tursunov Sh.S., Abdullayev Sh.A., Adilov S.Q., 2017: 264 b).

Taktik tayyorgarlik - Kurashchilar faqat texnik bilimlarga ega bo‘lishi yetarli
emas. Ular raqibning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, shunga mos taktika ishlab
chiqishlari kerak. Bu yerda quyidagi elementlar o‘rganiladi:

Raqibni tahlil qilish: Raqibning usullarini kuzatib, unga qarshi strategiya ishlab
chiqish.

Rejalar va variantlar: Har xil vaziyatlarda kurash uchun turli xil rejalar va
taktikalar (Tastanov N.A., Tursunov Sh.S., Abdullayev Sh.A., Adilov S.Q., 2017: 264 b).

Psixologik tayyorgarlik - erkin kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun psixologik
jihatlar ham muhim ahamiyatga ega. Kurashchining ruhiy holati uning performansiga
ta’sir qiladi.

Motivatsiya va qaror qabul qilish: Kurashchining o‘ziga bo‘lgan ishonchi, kuchli
iroda va qaror qabul qilish qobiliyati.

Stressni boshqarish: Kurashlarda hissiy holatni boshqarish, misol uchun, finalga
yoki musobaqaga tayyorlanish paytida asabiylikni nazorat qilish.

Diqqatni jamlash: Jismoniy va psixologik bosim ostida yaxshi natija ko‘rsatish
uchun diqqatni jamlash mashqlari (Davidov. В., & Abdullayev. I., 2025: 116-122 b).

Uyushgan va maxsus mashg‘ulotlar:
Sparring: Amaliy janglar, ya’ni boshqa kurashchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish.
Videolar orqali tahlil - kurashchilarning janglarini ko‘rib, xatoliklarni aniqlash va
yaxshilanish yo‘llarini topish.
So‘nggi tayyorgarlik - musobaqalar oldidan tizimli va malakali tayyorgarlikni
davom ettirish.
Yuqori darajadagi tiklanish - Jismoniy yuklamalar va mashg‘ulotlardan keyin
tiklanish juda muhim. Bu sportchilarga zarur bo‘lgan kuchni qayta tiklashga yordam
beradi. Bunga quyidagilar kiradi:
- massaj va fizioterapiya;
- tayyorlov mashqlaridan so‘ng cho‘zish;
- uyqu va ovqatlanish;
Erkin kurashchining tayyorgarligi ko‘p jihatdan individual bo‘lib, ularning kuchli va
zaif tomonlariga qarab moslashtiriladi. Yaxshi tayyorgarlik sportchi uchun
musobaqalarda g‘alaba qozonishning muhim shartidir (Abdullayev.SH.A.,
Xolmurodov.L.Z., 2017: 132 b).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Hozirgi kunda yangi mashg‘ulot rejalari yangi yo‘nalishni ko‘rsatmoqda.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri sportchilarni jismoniy, texnik va taktik harakatlarga o‘rgatishda
ularning imkoniyatlariga mos ravishda yuklamalar berish orqali mashg‘ulotlar
samaradorligini oshirishga qaratilgan. Natijada musobaqa faoliyatida asosiy texnik
usullarni oson bajara olish imkoniyatlari kengaymoqda.
Shunga ko‘ra, sportchilarni mashg‘ulot vaqtida musobaqa holatiga yaqin sharoitda
tayyorlash maqsadida mashg‘ulotlar o‘tkazish uslubini ishlab chiqish maqsadida, katta
amplitudali murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyatlarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan mashqlar, tadqiqot davomida qo‘llanilgan maxsus mashqlar samarasi,
musobaqa faoliyatida asosiy qo‘llaniladigan texnik-taktik harakatlar majmuasi hamda
yunon-rum kurashchilarining maxsus jismoniy tayyorgarligi samaradorligini oshirishga
yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etish asosida olib borildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Haftalik mikrodavrlarda maxsus jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik
tayyorgarlikni rivojlantirish uchun qo‘llanilgan mashqlarning tahlil natijalari
quyidagilarni ko‘rsatadi:
- kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari davomida bir vaqtning o‘zida ham maxsus
jismoniy tayyorgarlikni o‘stirish, ham texnik-taktik mahoratni takomillashtiradigan
mashqlardan yetarli miqdorda foydalanilmayapti. Qo‘llanilayotgan mashqlar zamonaviy

kurash talablariga to‘laqonli javob bermaydi: bular vaqt tanqisligi vaqtida va borliqda
o‘tkaziladigan musobaqa, raqib tomonidan qarshilik ko‘rsatish, harakat vazifalarining
murakkabligi;

- kurash jarayonida olib borilgan pedagogik kuzatishlar kurashchilarning ekstremal
kurash vaziyatida texnik-taktik harakatlar yechimini topishda katta foiz samarasizlikka
yo‘l qo‘yayotganliklarini tasdiqladi.

Adabiyotlar tahlili natijasida ko‘rsatilishicha vazifaning to‘g‘ri yechimi ma’lum
miqdorda vaziyatni tez baholash, to‘xtovsiz o‘zgaruvchan vaziyatni tahlil qilish
qobiliyati, unga mos ravishda o‘z harakatlarini qayta qurish hamda texnik usullarni aniq
bajarish bilan bog‘liq.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, kurashchilardan maxsus jismoniy tayyorgarligini
turli darajada namoyon qilishni talab etadigan mashqlar to‘plamini ishlab chiqishga
urinishlar bo‘ldi.

Mazkur jadvalda tajriba va nazorat guruhi tadqiqot boshida va oxirida mashqlar
bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili keltirilgan. Unda tajriba va nazorat
guruhi qatnashib, bu guruhning tarkibiga sport ustalari, sport ustaligiga nomzod bo‘lgan
kurashchilar kirgan.

1-jadval: Erkin kurashchilarning asosiy usullarni bajarishdagi imkoniyatlarini
yaxshilash bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar (n=24)

№ Mashqlari Tadqiqot boshida Tadqiqot yakunida
(n=12) (n=12)
1 Qo‘l ostidan sho‘ng‘ib o‘tib
parterga holatiga tushirish Х̅̅̅1̅ α V% Х̅̅̅2̅ α V%
(marta) 10,98 1,33 12,11 13,51 1,38 10,21

2 Qo‘lni bo‘yniga o‘rab parterga t-(0,16) P>0,05 t-(2,21) P<0,05
holatiga tushirish (marta)
11,99 1,41 11,76 14,88 1,56 10,48
3 Qo‘lni bo‘yniga o‘rab tashlash, t-(0,12) P>0,05 t-(2,23) P<0,05
(marta)
8,05 0,91 11,30 10,09 1,09 10,80
4 Ko‘krakdan oshirib tashlash t-(0,15) P>0,05 t-(2,41) P<0,05
usuli (marta)
9,95 1,15 11,56 12,21 1,19 9,75
5 Parterda kurashchining belini t-(0,12) P>0,05 t-(2,25) P<0,05
ushlab to‘ntarish (marta)
10,53 1,31 12,44 11,77 1,18 10,03
6 Parterda kurashchining qo‘lini t-(0,14) P>0,05 t-(1,09) P>0,05
bo‘yinga o‘rab va qayirib
to‘ntarish (marta) 6,13 0,75 12,23 8,07 1,11 13,75
t-(0,16) P>0,05 t-(2,35) P<0,05
7
9,99 1,21 12,11 11,88 1,21 10,19

Parterda kurashchining belini t-(0,14) P>0,05 t-(1,53) P>0,05

teskari ushlab to‘ntarish,

(marta)

8 Parterda kurashchining 10,55 1,32 12,51 12,99 1,51 11,62

qo‘llarini ushlab richag bilan t-(0,19) P>0,05 t-(2,22) P<0,05
to‘ntarish (marta)

Tajriba va nazorat guruhlariga kurashchilarni saralab olish dastlabki testlash
natijalariga ko‘ra o‘tkazildi. Tajriba boshida tajriba guruhi qatnashchilarining 8 ta
maxsus mashqlardan 6 tasida ishonchlilik darajasi (P<0,05) tashkil qildi.

Maxsus jismoniy tayyorgarlikning bu bosqichida kurashchilarning asosiy maxsus
harakatlari sifatida rivojlanish darajasini oshirishga yo‘naltirilgan texnik-taktik
mashqlarning ustuvorligi hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan vazifalarni va mashg‘ulot yuklamalarini yaxshilash va hozirgi
kun talabi asosida mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish orqali sportchilarni maxsus
jismoniy tayyorgarligini yaxshilash uchun mavjud imkoniyatlardan faol foydalanish
kerak.

Xalqaro toifadagi sportchilar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etish ularni rivojlangan
mamlakat sportchilari bilan o‘quv-mashqlarni tashkil qilish orqali sportchilarimizni
texnik tayyorgarliklarini yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kerak.

13,51 14,88 12,21 12,99
10,98 11,99
11,77 11,88

10,09 9,95 8,07 10,55
8,05 10,53 6,13 9,99

1-mashq 2-mashq 3-mashq 4-mashq 5-mashq 6-mashq 7-mashq 8-mashq
Tadqiqot boshida Tadqiqot yakunida

1-diagramma
Tadqiqot boshida va yakunida tajriba guruhi kurashchilarining mashqlarni o‘sish

ko‘rsatkichlari
Diagrammada ham ko‘rishimiz mumkin tadqiqotdan oldin mashqlar orqali
bajariladigan asosiy holatdagi usullarning tadqiqot yakunida 17% samaradorlikka
erishiliganini matematik-statistika ko‘rsatdi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda erkin kurash sport turida imkoniyatlarimiz va
zaxiramiz yaxshiligini inobatga olgan xolda, sportchilarimizni xalqaro va olimpiya
musobaqalarida natijalarni yaxshilashga qaratilgan yangicha uslublarni ko‘proq
mashg‘ulotlarga joriy qilish orqali samaradorlikni oshirish mumkin.
Xulosa o‘rnida quyidagilarni tavsiya etamiz.
1. Erkin kurashchilarni tayyorlash tizimida ularning maxsus harakat tayyorgarligini
nazorat qilish va baholash bo‘yicha ko‘plab tadqiqot ishlari o‘tkazilgan. Kurashchilarning
kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlari darajasi aniqlangan va
boshqa harakat tayyorgarligini nazorat qilish uchun pedagogik kuzatuvlar o‘tkazilgan.
Lekin turli vazn toifasidagi erkin kurashchilarining maxsus jismoniy tayyorgarligini
aniqlash jarayonida egiluvchanlik sifati yaxshi rivojlanmagan sportchilar aniqlandi va
ular ustida yetarlicha ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Hozirgi vaqtda sportchilarni
tayyorlash tizimida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va o‘quv-mashg‘ulotlar
jarayoniga tatbiq etish sportchilar tayyorlash tizimining ajralmas qismiga aylangan.
2. Erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi va o‘quv-mashg‘ulot
jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahliliga ko‘ra
zamonaviy sharoitlarda yosh erkin kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini
innovatsion uslublar asosida shakllantirishga kuchli ehtiyoj mavjudligini aniqlashga
imkon berdi. Kurashda maxsus sport uskunalar va mashqlardan foydalanish asosida erkin
kurashchilarining maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish dolzarb va kam
o‘rganilgan muammolardan biri xisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport
kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-
336-sonli Qarori.
2. Adilov S.Q. (2019) Sport pedagogik mahoratini oshirish (Erkin kurash). O‘quv
qо‘llanma. Toshkent: Fanlar akademiyasi bosmaxonasida nashr etilgan. 221 b.
3. D. Toshpolatova, S. Mamadaliyev (2025). 12–14 yoshli futbolchilarning
fiziologik xususiyatlari asosida maxsus jismoniy va texnik tayyorgarlikni
takomillashtirish yo‘llari. Modern Science and Research, 4(5), 508-513.
4. D.Вobur, I.Abdullayev (2025). Talaba yoshlarning axloqiy rivojlanish
xususiyatlari: pedagogik va psixologik jihatlar. Modern Science and Research, 4(6), pp.
116-122.
5. F.A. Kerimov, N.A.Tastanov, Qodirov E.I (2017) Yunon-rim kurashi. O‘quv –
uslubiy qo‘llanama. T.., “press nashriyoti” – 132 b.

6. Ma’murbekova Gulzoroy Azamjonovna (2024) Improving the speed and agility
of national wrestlers, the multidisciplinary journal of science and technology volume-4,
issue-12, pp. 34-37.

7. M.Mo‘ydinov, N.Jaynarov (2025). O‘smir yoshdagi og‘ir atletikachilarning
ratsional ovqatlanishini samarali tashkillashtirishning usullari. Modern Science and
Research, 4(6), pp. 398-406.

8. N.A. Tastanov, Sh.S.Tursunov, Sh.A. Abdullayev, S.Q Adilov (2017) “Sport
pedagogik maxoratini oshirish (erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha)”. O‘quv
qo‘llanma.Toshkent. “Fan va texnologiya” 264 b.

9. Po‘latov.L.A. (2025). Talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda
zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati. Modern Science and Research, 4(1), B. 1242-
1250.

10. SH.A. Abdullayev, L.Z. Xolmurodov (2017) Erkin kurash. O‘quv-uslubiy
qo‘llanma. – Toshkent. ilmiy-texnika axboroti-press nashriyoti 132 b.

11. U.Eshmanova, J.Qo‘qorov (2025). Maktab yoshidagi voleybolchilarning
jismoniy sifatlarini rivojlantirishda rejali mashg‘ulotlarning dolzarbligi va pedagogik
asoslari. Modern Science and Research, 4(5), 977-981.

12. V.Davidov, I.Abdullayev (2025). Talabalarda axloqiy sifatlarni
rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari. Modern Science and Research,
4(6), pp. 135-142.

13. И.Абдуллаев, М.Мелиқўзиева (2025). Иссиқ иқлимли ўлкаларда
спортчилар овқатланишининг ўзига хос физиологик хусусиятлари. Modern Science
and Research, 4(1), pp. 462-467.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport
kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
336-sonli Qarori. (In Uzbek)
2. Adilov S.Q. (2019) Sport pedagogik mahoratini oshirish (Erkin kurash). O‘quv
qo‘llanma. Toshkent: Fanlar akademiyasi bosmaxonasida nashr etilgan. 221 b. (In
Uzbek)
3. D. Toshpolatova, S. Mamadaliyev (2025). 12–14 yoshli futbolchilarning
fiziologik xususiyatlari asosida maxsus jismoniy va texnik tayyorgarlikni
takomillashtirish yo‘llari. Modern Science and Research, 4(5), 508-513. (In Uzbek)
4. D. Bobur, I. Abdullayev (2025). Talaba yoshlarning axloqiy rivojlanish
xususiyatlari: pedagogik va psixologik jihatlar. Modern Science and Research, 4(6), pp.
116-122. (In Uzbek)
5. F.A. Kerimov, N.A. Tastanov, Qodirov E.I (2017) Yunon-rim kurashi. O‘quv –
uslubiy qo‘llanama. T.., “PRESS NASHRIYOTI” – 132 b. (In Uzbek)

6. Ma’murbekova Gulzoroy Azamjonovna (2024) Improving the speed and agility
of national wrestlers, the multidisciplinary journal of science and technology volume-4,
issue-12, pp. 34-37. (In English)

7. M. Mo‘ydinov, N. Jaynarov (2025). O‘smir yoshdagi og‘ir atletikachilarning
ratsional ovqatlanishini samarali tashkillashtirishning usullari. Modern Science and
Research, 4(6), pp. 398-406. (In Uzbek)

8. N.A. Tastanov, Sh.S. Tursunov, Sh.A. Abdullayev, S.Q Adilov (2017) “Sport
pedagogik maxoratini oshirish (erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha)”. O‘quv
qo‘llanma. Toshkent. “Fan va texnologiya” 264 b. (In Uzbek)

9. Po‘latov L.A. (2025). Talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda
zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati. Modern Science and Research, 4(1), B. 1242-
1250. (In Uzbek)

10. SH.A. Abdullayev, L.Z. Xolmurodov (2017) Erkin kurash. O‘quv-uslubiy
qo‘llanma. – Toshkent. ilmiy-texnika axboroti-press nashriyoti 132 b. (In Uzbek)

11. U. Eshmanova, J. Qo‘qorov (2025). Maktab yoshidagi voleybolchilarning
jismoniy sifatlarini rivojlantirishda rejali mashg‘ulotlarning dolzarbligi va pedagogik
asoslari. Modern Science and Research, 4(5), 977-981. (In Uzbek)

12. V. Davidov, I. Abdullayev (2025). Talabalarda axloqiy sifatlarni
rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari. Modern Science and Research,
4(6), pp. 135-142. (In Uzbek)

13. I. Abdullaev, M. Meliqo‘ziyeva (2025). Issiq iqlimli o‘lkalarda sportchilar
ovqatlanishining o‘ziga xos fiziologik xususiyatlari. Modern Science and Research, 4(1),
pp. 462-467. (In Uzbek)