ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Malakali sambochi qizlarda tezkor-kuch sifatlarini takomillashtirishda maxsus mashqlar majmuasining samaradorligi

Ma’murbekova Gulzoroy A’zamjon qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MALAKALI SAMBOCHI QIZLARDA TEZKOR-KUCH SIFATLARINI
TAKOMILLASHTIRISHDA MAXSUS MASHQLAR MAJMUASINING

SAMARADORLIGI
EFFECTIVENESS OF A SPECIAL EXERCISE COMPLEX FOR
DEVELOPING SPEED-STRENGTH QUALITIES IN SKILLED FEMALE

SAMBO ATHLETES
ЭФФЕКТИВНОСТЬ КОМПЛЕКСА СПЕЦИАЛЬНЫХ
УПРАЖНЕНИЙ ПО РАЗВИТИЮ СКОРОСТНО-СИЛОВЫХ КАЧЕСТВ У

КВАЛИФИЦИРОВАННЫХ САМБИСТОК
Ma’murbekova Gulzoroy A’zamjon qizi
Oriental universiteti o‘qituvchisi,
Mustaqil izlanuvchi
Tel.: 998 99-407-72-24

E-mail: gulzoroymamurbekova@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda 15-17 yoshli malakali sambochi qizlarda tezkorkuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasining samaradorligi
o‘rganildi. 6 oylik pedagogik tajriba davomida tajriba guruhi plyometrik sakrashlar, qisqa
masofalarda maksimal tezlikda yugurish, qarshilik bilan kuch mashqlari va yo‘nalishni
tez o‘zgartirish mashqlarini qo‘llagan holda mashg‘ulot olib bordi, nazorat guruhi esa
an’anaviy dastur bo‘yicha tayyorlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhida 30 m
va 100 m yugurish, mokisimon yugurish (3×10 m), pastki turnikda tortilish hamda turgan
joyidan uzunlikka sakrash ko‘rsatkichlarida sezilarli yaxshilanish (p < 0,05 va p < 0,01)
qayd etildi. Statistik tahlil taklif etilgan metodikaning yuqori samaradorligini isbotladi.
Ushbu majmua sambochi qizlarda jangda tashabbusni qo‘lga olish, qarshi hujumni tez
boshlash va raqibga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: sambo, tezkor-kuch, portlovchi kuch, koordinatsiya, plyometrik
mashqlar, mashg‘ulot metodikasi, yo‘nalish almashinuvi, musobaqa tayyorgarligi.
Abstract.This study investigated the effectiveness of a specialized exercise complex
aimed at developing speed-strength qualities in qualified female sambo athletes aged 15-
17 years. Over a 6-month pedagogical experiment, the experimental group trained using
plyometric jumps, maximal speed short-distance sprints, resistance strength exercises,
and coordination drills requiring rapid changes of direction, while the control group
followed the traditional training program. The results demonstrated significant
improvements in the experimental group in 30 m and 100 m sprints, shuttle run (3×10 m),
pull-ups on a low bar, and standing long jump (p < 0.05 and p < 0.01). Statistical analysis
confirmed the high effectiveness of the proposed methodology. This complex plays an
important role in developing practical skills in female sambo athletes, such as seizing the
initiative during a match, quickly initiating counterattacks, and adapting to an opponent’s
actions.
Keywords: sambo, speed-strength, explosive power, coordination, plyometric
exercises, training methodology, change of direction, competitive preparation.

Аннотация. В данном исследовании изучалась эффективность комплекса
специальных упражнений, направленного на развитие скоростно-силовых качеств
у квалифицированных девушек-самбисток 15-17 лет. В течение 6-месячного
педагогического эксперимента экспериментальная группа тренировалась с
использованием плиометрических прыжков, спринта на максимальной скорости на
короткие дистанции, силовых упражнений с сопротивлением и координационных
заданий с быстрым изменением направления движения, в то время как контрольная
группа занималась по традиционной программе. Результаты показали значительное
улучшение в экспериментальной группе по показателям бега на 30 м и 100 м,
челночного бега (3×10 м), подтягиваний на низкой перекладине и прыжка в длину
с места (p < 0,05 и p < 0,01). Статистический анализ подтвердил высокую
эффективность предложенной методики. Данный комплекс имеет важное значение
для развития у девушек-самбисток практических навыков, таких как захват
инициативы в схватке, быстрое начало контратаки и адаптация к действиям
соперника.

Ключевые слова: самбо, скоростно-силовые качества, взрывная сила,
координация, плиометрические упражнения, методика тренировки, смена
направления, соревновательная подготовка.

KIRISH
Zamonaviy sport tizimi sportchidan faqat tayyorlangan texnik malakani emas, balki
yuqori darajadagi jismoniy, psixologik va funksional tayyorgarlikni talab qiladi. Kurash
turlarida, xususan, sambo sportida jang davomida tezkor qaror qabul qilish, yo‘nalishni
keskin o‘zgartirish, zarur vaziyatda kuch impulsini bir zumda shakllantirish hamda raqib
harakatiga tez javob qaytarish qobiliyati alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonlar esa
sportchining tezkor-kuch va portlovchi kuch sifatlarining rivojlanganlik darajasi bilan
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Sport ilmida kuch sifati umumiy, maxsus, portlovchi, tezkor
hamda kuch chidamliligi kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi va ular mushak
to‘qimasining qisqarish xususiyatlari, nerv-mushak boshqaruvi, energiya ta’minoti
hamda biokimyoviy jarayonlar faoliyati bilan bog‘liqdir. Tezkor-kuch esa mushaklarning
minimal vaqt oralig‘ida maksimal kuch impulseini hosil qila olish qobiliyati bo‘lib, aynan
kurash jarayonida chalish, tashlash va qarshi hujum fazalarida yechuvchi rol o‘ynaydi.
15-17 yoshli sambochi qizlar organizmida o‘sish, mushak tolalarining differensiallashuvi,
nerv tizimining signallarni uzatish tezligi va harakat koordinatsiyasi faol rivojlanadigan
davr hisoblanadi. Shu bois ushbu yosh davrida to‘g‘ri tanlangan maxsus mashqlar
majmuasi jismoniy sifatlarning samarali rivojlanishini ta’minlaydi. Mazkur tadqiqotning
maqsadi malakali sambochi qizlarda tezkor-kuch sifatlarini takomillashtiruvchi maxsus
mashqlar tizimining samaradorligini ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tezkor-kuch sifatlarining rivojlanishi sport trenirovkasidagi eng murakkab
jarayonlardan biri bo‘lib, u mushak tolalarining qisqarish tezligi, nerv impulslarining
o'tkazilish tezligi, mushaklararo koordinatsiya va energetik ta’minot tizimlarining
birgalikdagi faoliyatiga bog‘liq. Matveev (1977), Platonov (2004), Verkhoshanskiy
(1999) singari mashhur olimlar plyometrik mashqlar portlovchi kuchni shakllantirishda
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi. Sambochilar uchun tezkor-kuchning
ahamiyati quyidagi jihatlarda yorqin namoyon bo‘ladi. Verkhoshanskiy plyometrik
mashqlar natijasida mushak tolalarida “portlovchi qisqarish mexanizmi” kuchayishini
ta’kidlaydi. Sayfullin esa yugurishning qisqa masofalarda keskin tezlashish fazasi
markaziy nerv tizimining tezkor qo‘zg‘aluvchanligini oshirishini ilmiy asoslaydi.
Shunday qilib, adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, sambochilar tayyorgarligida umumiy
jismoniy mashqlar yetarli emas, maxsus kuch va tezlik mashqlari tizimli ravishda
qo‘llanishi shart.Sambo sporti bo‘yicha tayyorgarlik tizimida tezkor-kuch sifatlari
sportchining texnik-taktik mahoratini amalda namoyon etish imkoniyatini belgilovchi
asosiy jismoniy ko‘rsatkichlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Matveev L.P. (1977)ning
ta’kidlashicha, har qanday sport turi uchun jismoniy sifatlarning rivojlanishi dinamik
jarayon bo‘lib, u yuklama mazmuni, takrorlanish soni, intensivlik va tiklanish davri bilan
chambarchas bog‘liqdir. Sambochilar uchun tezkor-kuch sifatining yetarli darajada
shakllanmaganligi texnik harakatlarning sust bajarilishiga, hujum ritmining pasayishiga
va qarshi hujumda tashabbusni yo‘qotishga olib keladi.
Verkhoshanskiy Yu.V. (1999) portlovchi kuchni rivojlantirish mexanizmini mushak
tolalarining qisqarish tezligi, nerv impulslarining o‘tkazilish darajasi va mushaklararo
koordinatsiya uyg‘unligi bilan izohlaydi. Uning fikricha, plyometrik mashqlar
mushaklarning "cho‘zilish-qisqarish" siklini faollashtirib, qisqa vaqt ichida yuqori kuch
impulsi hosil qilishga xizmat qiladi. Bu jarayon kurashchining chalish va tashlash
fazalarida juda muhimdir, chunki aynan shu paytda sportchi depsinish impulsini
eksploziv kuch bilan uzatadi.
Platonov V.N. (2004) esa kurash sportida harakat tezligining tashkiliy boshqaruvi
markaziy nerv tizimi reaksion tezligi va mushaklar bilan aloqa samaradorligi orqali
shakllanishini ta’kidlagan. U tezlanish mashqlari, yugurish segmentlarining keskin
o‘zgarishi, tez to‘xtash va qayta tezlanish (re-acceleratsiya) usullarini tezkor-kuch
sifatlarini rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida keltiradi.
S.F. Sayfullin (2012) sambochilar tayyorgarligida yuqori tana kamarining kuch
chidamliligini rivojlantirish zarurligini alohida ko‘rsatib o‘tadi, chunki kurashning katta
qismi raqib qo‘lini ushlash, bosim berish, tortish va parter vaziyatida nazorat qilish orqali
amalga oshiriladi. Shuning uchun tortilish, itarilish va qarshilik bilan bajariladigan juftlik
mashqlari yuqori tana mushaklarining stabilizatsion faoliyatini kuchaytiradi.

Shuningdek, shuni ta’kidlash lozimki, yosh sportchilar organizmida 15-17 yosh
davrida yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va periferik mushak tizimi faol ravishda
rivojlanadi (Mishchenko V.S., 2005). Bu davr tezlik, kuch, chidamlilik va koordinatsion
qobiliyatlarni maqsadli shakllantirish uchun eng qulay fiziologik davr hisoblanadi. Shu
bois tadqiqotda qo‘llanilgan mashqlar majmuasi yosh davriga mos, yuklamaning ortib
borish tamoyiliga asoslangan bo‘lishi ilmiy jihatdan to‘g‘ri yondashuvdir.

Shunday qilib, ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki:
-Sambo sportida tezkor-kuch sifati musobaqaviy ustunlik uchun hal qiluvchi omil
hisoblanadi;
-Bu sifatni rivojlantirishda plyometrik, tezlanish, qarshilik bilan bajariladigan mashqlar
eng samaralidir;
-Mashg‘ulot jarayoni yoshga mos, bosqichma-bosqich yuklama orttirish prinsipi asosida
tashkil etilishi kerak;
-Mashqlar tizimli qo‘llanilganda mushak-nerv apparati funksional moslashadi va texniktaktik samaradorlik oshadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot 15-17 yoshli malakali sambochi qizlar ishtirokida 6 oy davomida olib
borildi. Tadqiqotning ilmiy asoslanishi eksperimental nazorat usuliga tayangan holda
amalga oshirildi, bunda sportchilar ikkita guruhga – tajriba va nazorat guruhlariga teng
ravishda bo‘lindi. Guruhlar tarkibi biologik yosh, sport tayyorgarligi darajasi, vazn
toifalari va umumiy jismoniy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tenglashtirildi.
Tadqiqot jarayoni uch bosqichda tashkil etildi:
1. Boshlang‘ich diagnostika bosqichi – jismoniy sifatlarning dastlabki
ko‘rsatkichlarini aniqlash;
2. Trenirovka ta’sirini qo‘llash bosqichi – maxsus mashqlar majmuasini tizimli
ravishda joriy qilish;
3. Yakuniy baholash bosqichi – metodikaning samaradorligini statistik tahlil asosida
baholash.
Mashg‘ulot yuklamasi progressiv orttirish, siklik davrlashtirish va mushak guruhlarini
alternatsiyalash tamoyillari asosida qurildi. Mashqlar haftasiga 3 marta, yuklama
intensivligi esa har 2 haftada 85% → 95% chegarali zonagacha oshirib borildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Tadqiqot 15-17 yoshli 20 nafar malakali sambochi qizlar ishtirokida 6 oy davomida olib
borildi. Ishtirokchilar ikki guruhga - tajriba va nazorat guruhlariga teng taqsimlandi.
Tajriba guruhi o‘quv-mashg‘ulot jarayonida tezkor-kuch, portlovchi kuch va
koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantiruvchi maxsus mashqlar majmuasi asosida
shug‘ullandi. Nazorat guruhi esa an’anaviy mashg‘ulot dasturi bo‘yicha tayyorlandi.

Natijalar tajriba guruhi mashg‘ulotlarining samaradorligini aniqlash maqsadida statistik

tahlil asosida solishtirildi.

Tadqiqotda qo‘llanilgan nazorat testlari va ularning mazmuni

Quyidagi testlar jismoniy sifatlarning maqsadli rivojlanish dinamikasini baholash uchun

tanlandi:

Test Baholangan sifat Tanlash ilmiy asosi

30 m yugurish Tezkor-kuch Mushak tolalarining qisqarish tezligi

va start impulsini belgilaydi

100 m yugurish Tezlik chidamliligi Anaerob glikoliz tizimining

barqarorlik darajasini ko‘rsatadi

3×10 m moksimon Yo‘nalish almashinuvi Fazoviy-dinamik koordinatsiya va

yugurish tezligi markaziy nerv tizimi reaksiyasini

aks ettiradi

Pastki turnikda Yuqori tana kuch Scapulo-humeral mushaklar

tortilish chidamliligi stabilizatsiyasining darajasini beradi

Joyidan uzunlikka Portlovchi kuch Tayanch-depsinish impulsi va
sakrash mushaklarning qisqa vaqt ichida
maksimal kuch chiqarish qobiliyatini

baholaydi

1. Tezkor-kuch sifatini aniqlovchi 30 metrga yugurish natijalari

№ Tajriba guruhi Nazorat guruhi (s)

(s)

1 5,5 6,2

2 5,5 5,8

3 6,0 5,8

4 5,3 5,5

5 5,3 5,5

6 5,3 5,8

7 6,1 5,2

8 5,2 5,3

9 6,5 5,3

10 5,9 6,0

O‘rta (X) 5,7 5,6

σ 0,42 0,31

V % 7,34 5,56

30 metrga yugurish natijalari tezkor-kuch sifatlarining boshlang‘ich darajasini aks

ettiradi. Tajriba guruhida o‘rtacha ko‘rsatkich 5,7 s bo‘lib, mushak tolalarining qisqarish

tezligi va start impulsining yetarli emasligi kuzatildi. Mashg‘ulotlar joriy etilgach,

tezlanish mexanizmi va mushak faollashuvi yaxshilandi. Nazorat guruhida esa

ko‘rsatkichlar nisbatan barqaror bo‘lib, bu umumiy jismoniy tayyorgarlikning ustunligi,

ammo maxsus tezlik sifatlarining yetarli darajada shakllanmaganini bildiradi.

1. Tezlik chidamliligi – 100 metrga yugurish natijalari

Guruh Boshlang‘ich Yakuniy O‘zgarish (%) P daraja

ko‘rsatkich ko‘rsatkich (s)

(s)

Tajriba 17,4 16,8 3,4 p < 0,05

Nazorat 17,5 17,1 2,3 p < 0,05

Ushbu o‘zgarish anaerob glikoliz tizimining faollashuvi va yurak-qon tomir

tizimining funksional moslashuvi bilan izohlanadi. Tajriba guruhida harakat iqtisodiyligi

oshgan, qadam uzunligi va chastotasi optimallashtirilgan. Nazorat guruhida o‘sish

nisbatan sust kechib, o‘zgarishlar asosan umumiy tayyorgarlik natijasi sifatida qayd etildi.

2. 3×10 metr moksimon yugurish natijalari

Guruh Boshlang‘ich (s) Yakuniy (s) O‘zgarish (%) P daraja

Tajriba 5,8 5,5 5,17 p < 0,05

Nazorat 5,7 5,2 8,77 p > 0,05

Bu mashq sportchining yo‘nalish almashtirish, tez to‘xtash va qayta tezlanish

qobiliyatini baholaydi. Tajriba guruhida natijalar markaziy nerv tizimining tezkor

boshqaruvi, mushaklararo koordinatsiya va tormozlanish-tezlanish fazalarining

uyg‘unligi oshganini ko‘rsatadi. Nazorat guruhida o‘zgarish bor, ammo bu o‘zgarishlar

barqaror emas, chunki mashg‘ulotlarda yo‘nalishli tezkorlik mashqlari qo‘llanilmagan.

3. Yuqori tana kuch chidamliligini baholovchi pastki turnikda tortilish

natijalari

Guruh Boshlang‘ich (marta) Yakuniy (marta) O‘sish (%) P daraja

Tajriba 14,7 21,0 43,0 p < 0,01

Nazorat 12,4 13,5 8,9 p > 0,05

Bu natijalar yuqori tana mushaklarining kuch sig‘imi va scapulo-humeral
bo‘g‘imlarning barqarorligi oshganini bildiradi. Tajriba guruhida mushaklarning kuch
ishlash amplitudasi kengaygan, nafas-ritm muvozanati yaxshilangan, yelkalar bo‘g‘imlari

stabilizatsiya funksiyasi mustahkamlangan. Nazorat guruhidagi o‘sish esa tabiiy jismoniy

moslashuv bilan cheklangan.

4. Pastki tana portlovchi kuchini baholovchi turgan joydan uzunlikka sakrash

natijalari

Guruh Boshlang‘ich (sm) Yakuniy (sm) O‘zgarish (sm) P daraja

Tajriba 161,0 181,7 +20,7 p < 0,01

Nazorat 165,6 184,6 +19,0 p > 0,05

Natijalar pastki tana mushaklarining portlovchi kuch qobiliyati ancha rivojlanganini
ko‘rsatadi. Tajriba guruhida depsinish impulsi, mushak qisqarish tezligi va harakat
amplitudasi yaxshilangan. Bu o‘zgarishlar kurash jarayonida chalish, tashlash va hujum
fazalarida ustunlikni ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘tkazilgan 6 oylik pedagogik tajriba natijalari malakali sambochi qizlarda
tezkor-kuch, portlovchi kuch, kuch chidamliligi va koordinatsion qobiliyatlarning
rivojlanishi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan maxsus mashqlar majmuasining
mazmuni va yuklama xarakteriga bevosita bog‘liqligini ilmiy asosda tasdiqladi. Tadqiqot
davomida tajriba guruhi ishtirokchilarida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli ijobiy
o‘sish qayd etildi. 30 metrga yugurish testidagi natijalar mushak tolalarining qisqarish
tezligi va start impulsining oshganini, 100 metrga yugurish natijalari esa tezlik
chidamliligi, qadam ritmi va nafas-ritm boshqaruvining takomillashganini ko‘rsatdi.
3×10 metr mokisimon yugurish mashqi bo‘yicha olingan o‘sish sportchilarda yo‘nalishni
tez almashtirish, tormozlanish-tezlanish fazalarini boshqarish, raqib harakatiga
moslashish qobiliyati kuchayganini tasdiqladi. Pastki turnikda tortilish mashqi natijalari
yuqori tana kamarida kuch chidamliligi va stabilizatsion mushaklar faolligining sezilarli
ortganini ko‘rsatdi. Joyidan uzunlikka sakrash mashqi esa pastki tana mushaklarining
portlovchi kuch mexanizmining sifat jihatdan rivojlanganini tasdiqladi. Statistik tahlil (X,
σ, V%, p < 0,05; p < 0,01) natijalarning tasodifiy emasligini, balki qo‘llanilgan metodika
ta’siri natijasida yuzaga kelganini ko‘rsatdi. Bu esa taklif etilgan mashg‘ulot tizimi
sportchi organizmining funksional imkoniyatlarini kompleks yaxshilaganini anglatadi.
Shunday qilib, taklif etilgan metodika malakali sambochi qizlarda tezkor-kuch sifatlari,
portlovchi kuch, koordinatsion tayyorgarlik va yuqori tana kuch chidamliligini
rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, sportchining musobaqa jarayonida
tashabbusni qo‘lga olish, hujumni boshlash, qarshi hujumni samarali amalga oshirish,
texnik usullarni aniqlik va tezlik bilan bajarish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tezkor-kuch va portlovchi kuchni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar
majmuasi o‘quv-mashg‘ulot jarayonining barcha bosqichlarida muntazam qo‘llanishi

tavsiya etiladi. Mashqlar haftasiga kamida 3 marotaba, yuklama intensivligi bosqichmabosqich oshirilgan holda tashkil etilishi lozim.

Plyometrik mashqlar, qisqa masofalarda maksimal tezlikda yugurish, sakrash
mashqlari, keskin yo‘nalish almashinuvi bilan bajariladigan mashqlar sambochi qizlar
tayyorgarligida asosiy vosita sifatida qo‘llanilishi kerak, chunki ular portlovchi kuch va
tezlanish fazalarini samarali rivojlantiradi.

Mashg‘ulotlar davomida yuklama va dam olish nisbatiga qat’iy amal qilinishi
zarur. Tiklanish jarayoni yetarli bo‘lmaganda mushaklarda ortiqcha charchoq to‘planadi
va mashqlar samaradorligi pasayadi.

Yuqori tana kuch chidamliligini oshiruvchi mashqlar – turnikda tortilish, qarshilik
bilan bajariladigan juftlik mashqlari, rezina lenta bilan tortish mashqlari – muntazam
ravishda o‘quv mashg‘ulotlariga kiritilishi tavsiya etiladi.

Yo‘nalishni tez almashtirishga qaratilgan mokisimon yugurish, keskin to‘xtash va
qayta tezlanish mashqlari jang jarayonida pozitsiya almashtirish va qarshi hujumni
boshlash imkoniyatlarini oshiradi. Bularni mashg‘ulotning har bir bosqichida qo‘llash
maqsadga muvofiq.

Taklif etilgan metodikani sport maktablari, o‘rta maxsus sport ta’lim muassasalari,
ixtisoslashgan sport klublari va oliy sport ta’lim muassasalarida qo‘llash tavsiya etiladi,
chunki metodika yosh sportchilar fiziologik xususiyatlariga mos keladi va amalda yuqori
samaradorlik ko‘rsatadi.

Mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishda yosh davri fiziologik xususiyatlari inobatga
olinishi lozim. 15–17 yosh davrida mushak-nerv tizimi faol o‘sayotganligi bois, yuklama
hajmi va intensivligi ilmiy asoslangan tarzda berilishi kerak.

Sportchilarning mashg‘ulot jarayonidagi o‘zgarishlarini baholash uchun muntazam
ravishda test nazorati o‘tkazib borilishi lozim. Bu mashg‘ulot samaradorligini aniq
belgilash va yuklamani individual tarzda boshqarish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport
kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-
336-sonli Qarori.
15. Abdullayev SH.A., Xolmurodov, L.Z. (2017). Erkin kurash. O‘quv-uslubiy
qo‘llanma. – Toshkent: ilmiy-texnika axboroti-press nashriyoti. 132 b.
16. И.Абдуллаев М.Мелиқўзиева (2025). Иссиқ иқлимли ўлкаларда
спортчилар овқатланишининг ўзига хос физиологик хусусиятлари. Modern Science
and Research, 4(1), pp. 462-467.
17. Adilov S.Q. (2019). Sport pedagogik mahoratini oshirish (Erkin kurash). O‘quv
qo‘llanma. Toshkent: Fanlar akademiyasi bosmaxonasida nashr etilgan. 221 b.
18. Bobur D., Abdullayev I. (2025). Talaba yoshlarning axloqiy rivojlanish

xususiyatlari: pedagogik va psixologik jihatlar. Modern Science and Research, 4(6), pp.
116-122.

19. Davidov V., Abdullayev I. (2025). Talabalarda axloqiy sifatlarni
rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari. Modern Science and Research,
4(6), pp. 135-142.

20. Eshmanova U., Qo‘qorov J. (2025). Maktab yoshidagi voleybolchilarning
jismoniy sifatlarini rivojlantirishda rejali mashg‘ulotlarning dolzarbligi va pedagogik
asoslari. Modern Science and Research, 4(5), 977-981.

21. F.A.Kerimov N.A.Tastanov E.I Qodirov (2017). Yunon-rim kurashi. O‘quv –
uslubiy qo‘llanma. Toshkent: “PRESS NASHRIYOTI”. 132 b.

22. Ma’murbekova G.A. (2024). Improving the speed and agility of national
wrestlers. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology, volume-4, issue-12,
pp. 34-37.

23. Mo‘ydinov M., Jaynarov N. (2025). O‘smir yoshdagi og‘ir atletikachilarning
ratsional ovqatlanishini samarali tashkillashtirishning usullari. Modern Science and
Research, 4(6), pp. 398-406.

24. N.A.Tastanov, Sh.S.Tursunov, Sh.A.Abdullayev, S.Q Adilov (2017). Sport
pedagogik maxoratini oshirish (erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha). O‘quv qo‘llanma.
Toshkent: Fan va texnologiya. 264 b.

25. Toshpolatova D., Mamadaliyev, S. (2025). 12–14 yoshli futbolchilarning
fiziologik xususiyatlari asosida maxsus jismoniy va texnik tayyorgarlikni
takomillashtirish yo‘llari. Modern Science and Research, 4(5), 508-513.

26. Po‘latov L.A. (2025). Talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda
zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati. Modern Science and Research, 4(1), B. 1242-
1250.

REFERENGES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Sport
kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
336-sonli Qarori. (In Uzbek)
2. SH.A. Abdullayev, L.Z. Xolmurodov (2017). Erkin kurash. O‘quv-uslubiy
qo‘llanma. – Toshkent: ilmiy-texnika axboroti-press nashriyoti. 132 b. (In Uzbek)
3. I. Abdullayev M. Meliq‘o‘ziyeva (2025). Issiq iqlimli o‘lkalarda sportchilar
ovqatlanishining o‘ziga xos fiziologik xususiyatlari. Modern Science and Research, 4(1),
pp. 462-467. (In Uzbek)
4. S.Q. Adilov (2019). Sport pedagogik mahoratini oshirish (Erkin kurash). O‘quv
qo‘llanma. Toshkent: Fanlar akademiyasi bosmaxonasida nashr etilgan. 221 b. (In Uzbek)
5. D. Bobur, I. Abdullayev (2025). Talaba yoshlarning axloqiy rivojlanish
xususiyatlari: pedagogik va psixologik jihatlar. Modern Science and Research, 4(6), pp.

116-122. (In Uzbek)
6. V. Davidov, I. Abdullayev (2025). Talabalarda axloqiy sifatlarni

rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari. Modern Science and Research,
4(6), pp. 135-142. (In Uzbek)

7. U. Eshmanova, J. Qo‘qorov (2025). Maktab yoshidagi voleybolchilarning
jismoniy sifatlarini rivojlantirishda rejali mashg‘ulotlarning dolzarbligi va pedagogik
asoslari. Modern Science and Research, 4(5), 977-981. (In Uzbek)

8. F.A. Kerimov, N.A. Tastanov, E.I. Qodirov (2017). Yunon-rim kurashi. O‘quv –
uslubiy qo‘llanma. Toshkent: “PRESS NASHRIYOTI”. 132 b. (In Uzbek)

9. Ma’murbekova G.A. (2024). Improving the speed and agility of national
wrestlers. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology, volume-4, issue-12,
pp. 34-37. (In English)

10. M. Mo‘ydinov, N. Jaynarov (2025). O‘smir yoshdagi og‘ir atletikachilarning
ratsional ovqatlanishini samarali tashkillashtirishning usullari. Modern Science and
Research, 4(6), pp. 398-406. (In Uzbek)

11. N.A. Tastanov, Sh.S. Tursunov, Sh.A. Abdullayev, S.Q. Adilov (2017). Sport
pedagogik maxoratini oshirish (erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha). O‘quv qo‘llanma.
Toshkent: Fan va texnologiya. 264 b. (In Uzbek)

12. D. Toshpolatova, S. Mamadaliyev (2025). 12–14 yoshli futbolchilarning
fiziologik xususiyatlari asosida maxsus jismoniy va texnik tayyorgarlikni
takomillashtirish yo‘llari. Modern Science and Research, 4(5), 508-513. (In Uzbek)

13. Po‘latov L.A. (2025). Talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda
zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati. Modern Science and Research, 4(1), B. 1242-
1250. (In Uzbek)