ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Gimnastrada mashg‘ulotlaridan foydalanish asosida talabalarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish

Rahmanova Dilfuza Abdibannayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

GIMNASTRADA MASHG‘ULOTLARIDAN FOYDALANISH ASOSIDA
TALABALARINING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH

DEVELOPING PHYSICAL QUALITIES OF STUDENTS OF HIGHER
EDUCATIONAL INSTITUTIONS BASED ON GYMNASTRADE EXERCISES

РАЗВИТИЕ ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ
УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ НА ОСНОВЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЗАНЯТИЙ

ГИМНАСТРАДОЙ
Rahmanova Dilfuza Abdibannayevna
Oriental universiteti
Jismoniy madaniyat kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Tel: +998 97 574-01-30
E-mail: raxmonova2205@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda talabalarning umumiy va maxsus
jismoniy tayyorgarligini va harakat faoliyatini yaxshilashga qaratilgan uslubning ilmiy
tahlili keltirilgan bo‘lib, tadqiqotni tashkil etish jarayonida oliy ta’lim muassasalari
talabalarining jismoniy madaniyati, sog‘lig‘i, jismoniy sifatlari hamda funksional
imkoniyatlari pedagogik testlar, funksional ko‘rsatkichlar monitoringi, pedagogik
kuzatish va matematik-statistik tahlil asosida tekshirib baholandi. Jismoniy tarbiya dars
mashg‘ulotlariga gimnastrada mashqlariga asoslangan turli ko‘rgazmali chiqishlarni
kiritish orqali talabalarning jismoniy sifatlari: kuchi, tezkorligi, chidamliligi, chaqqonligi
va egiluvchanligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy yondashuvlar ochib
berildi. Shuningdek, ushbu mashg‘ulotlar jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishda
samarali omil sifatida talabalarning harakat faolligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: gimnastrada, jismoniy sifatlar, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy
rivojlanish, koordinatsiya, ko‘rgazmali chiqishlar.

Annotation. This article presents a scientific analysis of a methodology aimed at the
high-quality organization of physical education and sports training sessions, as well as
the improvement of students’ general and special physical preparedness and motor
activity. In the course of the study, the physical culture, health, physical qualities, and
functional capabilities of students of higher educational institutions were examined and
assessed using pedagogical tests, monitoring of functional indicators, pedagogical
observation, and methods of mathematical and statistical analysis. Based on the inclusion
of various demonstration performances built on gymnaestrada exercises in physical
education classes, modern approaches to developing students’ physical qualities-strength,
speed, endurance, agility, and flexibility-were revealed. Furthermore, it is scientifically

substantiated that such activities serve as an effective means of increasing motor activity
and improving students’ physical fitness.

Key words: gymnaestrada, physical qualities, physical fitness, physical
development, coordination, demonstration performances.

Аннотация. В данной статье представлен научный анализ методики,
направленной на высококачественную организацию занятий по физическому
воспитанию и спорту, а также на улучшение общей и специальной физической
подготовленности и двигательной активности студентов. В процессе исследования
физическая культура, здоровье, физические качества и функциональные
возможности студентов высших образовательных учреждений были проверены и
оценены с использованием педагогических тестов, мониторинга функциональных
показателей, педагогического наблюдения и методов математико-статистического
анализа. На основе включения в занятия по физическому воспитанию различных
показательных выступлений, основанных на упражнениях гимнастрады, раскрыты
современные подходы к развитию физических качеств студентов: силы, быстроты,
выносливости, ловкости и гибкости. Кроме того, научно обосновано, что такие
занятия являются эффективным средством повышения двигательной активности и
совершенствования физической подготовленности студентов.

Ключевые слова: гимнастрада, физические качества, физическая
подготовленность, физическое развитие, координация, показательные
выступления.

KIRISH
Jahonda hozirgi kunda aholi salomatligini yaxshilash borasida gimnastikaning
ko‘plab turlari kundan kunga ommalashib bormoqda. Bu o‘z navbatida
shug‘ullanuvchilarning tizimli jismoniy mashqlarga jalb qilishning samarali vositalaridan
biridir. Shuni ta’kidlash kerakki, talabalarning turli xil raqs uslublariga bo‘lgan
munosabati ijobiy motivatsiya, darslarga qiziqish va ulardan qoniqish sezilarli darajada
oshib borishi bilan ajralib turadi. Shunday qilib, talabalar bilan ishlashda jozibali, yangi,
noan’anaviy, ammo jismoniy tarbiya amaliyotida qo‘llaniladigan jismoniy faoliyatning
juda mashhur, qulay va samarali turlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar olib borishni
taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda turli darajadagi musobaqalarning ochilish va
yopilish marosimlarida turli xil ko‘rgazmali chiqishlarning ommalashib borayotganligi
zamirida aholi salomatligini mustahkamlash, hayotiy muhim harakat ko‘nikmalarini
shakllantirish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘quv ishlari sifatini oshirish,
o‘qishga qiziqish, sport mahoratini oshirish, axloqiy-irodaviy, psixologik va jismoniy
sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya darslari bo‘lmagan oliy o‘quv
yurtlarida talabalarni jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha hech qanday ishlar

amalga oshirilmagan. Gimnastrada mashqlaridan foydalanish orqali talabalarning turli
darajadagi tadbirlarda ko‘rgazmali chiqishlarini tayyorlashdan foydalanish bo‘yicha
ilmiy tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmaganligini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabr “Gimnastika sport
turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-449-son Qarorida aholi
o‘rtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin,
akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish
tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni
tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga
erishish bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilangan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari talabalarini gimnastrada mashqlari orqali
jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish bo‘yicha yetarli darajada ilmiy tadqiqot ishlari
olib borilmagan. Mamalakatimizda gimnastika sohasi vakillari M.N.Umarov,
D.X.Umarov., A.K.Eshtayev, S.A.Eshtayev, B.B.Musayev, D.R.Ishtayev, X.A.Karimov,
G‘.A.Yusupov, G.M.Xasanova, N.X.Fetxullova, I.I.Morgunova, X.X.Umarov,
M.E.Sulaymanovlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida asosan
gimnastikachilarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish masalalari yoritilgan
(Egamberdieva, B., Ishtayev, J., Korobeynikov, G., Khasanov, O., Gapparov, Z.,
Xursanova, R., 2025: 151-166).
D.A.Raxmatova, D.S.Karabayevalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot
ishlarida badiiy gimnastikachilarning buyumlar bilan bajaradigan mashqlar orqali
jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan. Mustaqil
davlatlar hamdo‘stligi olimlarining ilmiy tadqiqot ishlarida jismoniy madaniyat
tushunchasi umumiy insoniyat madaniyatining bir turi sifatida L.P.Matveyev,
V.Yu.Verxoshanskiy, N.V.Platonov N.V.Peshkova, V.G.Shilko, A.V.Ostrovskiy,
V.P.Aseev, A.Petkov, T.A.Bulavkina, I.V.Azarova, I.A.Vinner-Usmanova,
K.V.Gobuzeva, O.P.Vlasova va boshqalar, olib borgan ishlari asosan badiiy
gimnastikachilarni yuqori jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan
(Po‘latov.L.A., 2025: 1242-1250).
Talabalarning harakat faolligini oshirishda jismoniy tarbiya va sportning o‘rni, oliy
ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarining tuzilishi va mazmuni, jismoniy
tarbiya sohasidagi pedagogik texnologiyalar, talabalarning jismoniy tarbiya tizimidagi
yangiliklar asoslariga oid mavjud ilmiy-metodik adabiyotlar tahlil qilingan.
Bir qator olimlar R.A.Piloyan, S.L.Rubinshteyn, A.Petkov talabalarning jismoniy
faolligini oshirishda motivatsiya hal qiluvchi omil hisoblanishini, boshqa olimlar
M.Y.Vilenskiy va G.K.Karpovskiy, L.B.Andryushenko jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlar shaxsiy motivlarga asoslangandagina

barqaror natija beradi, aks holda tashqi rag‘batlar yo‘qolgach faoliyat to‘xtab qolishini,
K.A. Albuxanova, V.A.Ilyinich fikriga ko‘ra motivatsiya shaxsiy ehtiyojlar, hayotiy
yo‘nalishlar, qadriyatlar bilan bog‘liq holda shakllanganda, talabalarda sog‘lom turmush
tarziga bo‘lgan ongli intilish kuchayadi deb ta’kidlashgan (Rahmanova D.A., 2025: 243-
245.)

Yuqorida keltirilgan olimlarning ilmiy-metodik adabiyotlaridagi ma’lumotlarni
tahlil qilish natijasida ularning ilmiy tadqiqot ishlarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish
usullari yetarlicha yoritilmaganini ko‘rsatadi hamda talabalarning jismoniy tayyorgarlik
samaradorligini yangi texnologiya va uslublar yordamida oshirish muammosi o‘ta
dolzarb ekanligini tasdiqlaydi.

Qiyosiy tahlil natijasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan mavjud
texnologiyalar, asosan standart usullardan foydalanish bilan cheklanganligi aniq bo‘ldi.
Biroq, standart o‘quv dasturlari talabalarning optimal jismoniy tayyorgarligiga erishish
uchun yetarlicha emas. Bundan tashqari, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlar yetarli darajada
o‘tkazilmagan, bu esa ushbu tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha yetarlicha o‘rganilmagan
muammoni ko‘rsatadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Hozirgi kunda texnika taraqqiyotining shiddat bilan rivojlanib borayotganligi,
aholidagi harakatlarning kamligi, bu esa aholi salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy
holatlarni keltirib chiqarishini hisobga olib, tadqiqot jarayonida mavjud muammoni
aniqlash va uni ilmiy asosda yoritish maqsadida bir qator ilmiy-uslubiy metodlardan
foydalanildi. Avvalo, mavzuga oid ilmiy, uslubiy hamda xorijiy va mahalliy adabiyotlar
chuqur o‘rganilib, tahlil qilindi. Shuningdek, sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar
mazmunan o‘rganilib, ularning amaliyotdagi o‘rni baholandi. Tadqiqotning amaliy
bosqichida pedagogik tajriba tashkil etilib, unda talabalarning jismoniy sifatlari va
tayyorgarligi maxsus nazorat testlari orqali tekshirildi. Olingan natijalar matematikstatistik usullar yordamida qayta ishlanib, tajriba samaradorligi ilmiy asosda baholandi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Jismoniy tarbiya nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, salomatlikni yaxshilash nuqtayi
nazaridan, balki boshqa hech qanday faoliyat sohasi singari, talabaning shaxsiga
shakllantiruvchi ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida ham ulkan salohiyatga ega bo‘lib, bir
qator psixofizik, estetik, ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilishi
mumkin. Ko‘plab xorijiy va mahalliy olimlar otqazilgan tadqiqotlar natijalaridan olingan
ma’lumotlar asosida, talabalarning jismoniy tayyorgarligi yetarli darajada emasligini
tadqiqotlar natijasida isbotlaganlar.
Ko‘rgazmali bayram chiqishlari mashg‘ulotlaridan foydalanib oliy ta’lim
muassasalari talabalarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Jismoniy tarbiya ko‘rgazmali chiqish vositalariga quyidagilar kiradi: gimnastrada, fitnes-

aerobika, sheyping, akrobatika, badiiy gimnastika va boshqalar. Fitnes aerobikasi
bo‘yicha raqs kompozitsiyalarida uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: klassik
aerobika, step aerobika, fank aerobika. Klassik aerobikaning raqs kompozitsiyalarining
asosini asosiy elementlar tashkil etdi: oyoq qo‘yish bilan qadamlarning turlari, oyoq
ochish bilan qadamlarning turlari, oyoqni ko‘tarish bilan qadamlarning turlari, yugurish
turlari, sakrash bilan bajariladigan qadam va yugurish turlari, turli xil sapchishlar va
depsinishlar. Kompozitsiyaning davomiyligi ikki daqiqa. Step aerobika kompozitsiyalari
ham asosiy qadamlar asosida tuzilgan, lekin vertikal harakat yo‘nalishiga (yuqoriga yoki
pastga) qarab: poldan boshlanadigan va platformada bajariladigan qadamlar va harakatlar
yuqoriga qadamlar sifatida belgilanadi; platformadan polgacha boshlangan qadamlar va
harakatlar pastga qadamlar deyiladi. Aylanishning mavjudligi yoki yo‘qligi elementlarni
quyidagi turlarga bo‘lish imkonini beradi: aylanmasiz - siljish, aylanish bilan - aylanish.
Step aerobika kompozitsiyalarida turli qadamlar, depsinish va sapchishlar ham
ishlatilgan. Kompozitsiyaning davomiyligi ikki daqiqa.

Talabalarning jismoniy tarbiya tizimida jismoniy tarbiya va ko‘rgazmali nutq
vositalaridan foydalanishni nazariy asoslash uchun talabalarning raqs yo‘nalishidagi turli
gimnastika mashqlariga munosabatini o‘rgangan tadqiqot ma’lumotlari hisobga olindi,
jismoniy rivojlanish dinamikasi va jismoniy tayyorgarlik, funksional holatni yaxshilash,
kuch, egiluvchanlik koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish, ijodkorlik, mahorat,
aniqlik, izchillik, estetika va harakat madaniyatini tarbiyalash.

Jismoniy tarbiya va ko‘rgazmali chiqishlar talabalarda o‘ziga ishonch, yaxshi
kayfiyat, o‘zini o‘zi qadrlash darajasini oshirish va komplekslardan xalos bo‘lishga
yordam beradi.

Talabalarning gimnastika raqs turlari bo‘yicha qobiliyatlarini aniqlash uchun
talabalarning jismoniy tayyorgarliklarini aniqlash va shu asosida har bir talabaga
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiqotlarda sakkizta nazorat testlari
(Moksimon yugurish 4x10 m (soniya), 3 kg li to‘ldirma to‘pni bosh ortidan uloqtirish
(metr), skameykada turib oldinga egilish (sm), turgan joydan uzunlikka sakrash (sm)
muvozanat passe oyoq uchida (soniya), arg‘amchida 2 talik sakrash (marta), 100 m.
yugurish (soniya), turnikda tortilish (qizlar gimnastika o‘rindig‘ida qo‘llarni bukib
yozish) (marta))asosida talabalarni jismoniy sifatlari va jismoniy tayyorgarlik
ko‘rsatkichlari tekshirildi (1-jadval).

Tajriba va nazorat guruhidagi talabalarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari

(tajriba boshida)

1-jadval

№ Nazorat testlari Nazorat guruhi Tajriba guruhi

Х σ V, % Х σ V, %

1 Moksimon yugurish 4x10 m 5,7 1,72 29,6 5,6 1,76 31,8

(soniya)

2 3 kg li to‘ldirma to‘pni bosh 4,9 1,58 31,8 5,04 1,57 31,2

ortidan uloqtirish (metr)

3 Skameykada turib oldinga 4,9 1,83 36,89 4,75 1,42 29,93

egilish (sm)

4 Turgan joydan uzunlikka 5,6 1,50 26,6 5,71 1,46 25,56

sakrash (sm)

5 Muvozanat Passe oyoq uchida 4,9 1,64 33,3 4,58 1,50 32,75

(sek).

6 Arg‘amchida 2 talik sakrash 6,3 1,93 35,3 6,29 1,76 27,92

(marta)

7 100 m. yugurish (soniya) 5,42 1,44 26,62 5,58 1,44 25,83

8 Turnikda tortilish (qizlar 5,38 1,44 26,77 5,46 1,28 23,54

gimnastika o‘rindig‘ida

qo‘llarni bukib yozish) (marta)

Oliy ta’lim muassasalari talabalarining 48 nafari ishtirok etgan tajriba ishlarni olib
borish jarayonida talabalarning jismoniy tarbiya ko‘rgazmali chiqishlarni tayyorlash
uchun ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi 48 nafar talabadan iborat ikki guruhga
bo‘lingan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar qayd etildi. Moksimon
yugurish 4x10 m, nazorat guruhi 5,7±1,72 ball, tajriba guruhi 5,6±1,76 ball natija qayd
etdi. 3 kg li to‘ldirma to‘pni bosh ortidan uloqtirish, nazorat guruhi 4,9±1,58 ball, tajriba
guruhi 5,04±1,57 ball natija ko‘rsatdi, skameykada turib oldinga egilish, nazorat guruhi
4,9±1,83 ball, tajriba guruhi 4,75±1,42 ball natija ko‘rsatdi, turgan joydan uzunlikka
sakrash, nazorat guruhi 5,6±1,50 ball, nazorat guruhi 5,71±1,46 ball, muvozanat passe
oyoq uchida, nazorat guruhi 4,9±1,64 ball, tajriba guruhi 4,45±1,50 ball, arg‘amchida 2
talik sakrash, nazorat guruhi 6,3±1,93 ball, tajriba guruhi 6,29±1,76 ball, 100 m. yugurish,
nazorat guruhi 5,42±1,44 ball, tajriba guruhi 5,58±1,44 ball, turnikda tortilish (qizlar
gimnastika o‘rindig‘ida qo‘llarni bukib yozish), nazorat guruhi 5,38±1,144 ball, tajriba
guruhi 5,46±1,28 ball natija ko‘rsatdi. Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlikni
sinovdan o‘tkazishning dastlabki natijalari guruhlar o‘rtasida statistik jihatdan muhim
farqlar yo‘qligini ko‘rsatdi (1-diagrammaga qarang).

7 5,6 5,71 6,3 6,29
6 5,7 5,6
4,9 5,04 4,9 4,75 4,9 4,58 5,425,58 5,385,46
5
100 m. Turnikda
4 yugurish tortilish (qizlar
(soniya)
3 gimnastika
o‘rindig'ida
2 qo'llarni bukib

1 yozish)
(marta)
0

Moksimon 3 kg li Skameykada Turgan joydan Muvozanat Arg‘amchida 2
turib oldinga uzunlikka Passe oyoq talik sakrash
yugurish 4x10 to‘ldirma egilish (sm) sakrash (sm) uchida (sek). (marta)

m (soniya) to‘pni bosh

ortidan

uloqtirish

(metr)

1-diagramma

Tajriba va nazorat guruhidagi talabalarning jismoniy tayyorgarlik

ko‘rsatkichlari

Jismoniy tarbiya ko‘rgazmali chiqishlarini tayyorlash samaradorligini pedagogik

tajribadan oldin va keyin talabalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi

ko‘rsatkichlari dinamikasi bo‘yicha baholadik.

Pedagogik tadqiqotlar tugagandan so‘ng deyarli barcha o‘rganilgan xususiyatlar

tajriba guruhida ijobiy o‘sganligi kuzatildi (2-jadval).

Tajriba va nazorat guruhidagi talabalarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari

(tajriba so‘ngida)

2-jadval

№ Nazorat testlari Nazorat guruhi Tajriba guruhi

Х σ V, % Х σ V, %

1 Moksimon yugurish 4x10 m (soniya) 6,7 1,57 23,46 8,5 1,22 14,30

2 3 kg li to‘ldirma to‘pni bosh ortidan 5,02 1,54 30,73 8,0 1,38 17,29
uloqtirish
6,1 1,63 26,48 8,5 0,88 10,41
3 Skameykada turib oldinga egilish 6,6 1,50 22,61 8,4 0,88 10,46
4 Turgan joydan uzunlikka sakrash. (sm)

5 Muvozanat Passe oyoq uchida (sek). 6,0 1,44 24,08 8,5 1,14 13,44

6 Arg‘amchida 2 talik sakrash (marta) 7,3 1,66 22,55 8,4 1,41 16,77
7 100 m. yugurish (soniya) 6,12 1,28 20,91 8,42 1,24 14,72
6,38 1,34 21,00 7,66 1,28 16,71
8 Turnikda tortilish (qizlar gimnastika
o‘rindig‘ida qo‘llarni bukib yozish)
(marta)

Tadqiqot yakunida nazorat va tajriba guruhi talabalarining jismoniy tayyorgarlik

bo‘yicha qayta sinov o‘tkazildi va quyidagi ball qayd etildi. Moksimon yugurish 4x10 m,

nazorat guruhi 6,7±1,57 ball, tajriba guruhi 8,5±1,22 ball natija qayd etdi. 3 kg li to‘ldirma

to‘pni bosh ortidan uloqtirish, nazorat guruhi 5,02±1,54 ball, tajriba guruhi 8,0±1,38 ball

natija ko‘rsatdi, skameykada turib oldinga egilish, nazorat guruhi 6,1±1,63 ball, tajriba

guruhi 8,5±0,88 ball natija ko‘rsatdi, turgan joydan uzunlikka sakrash, nazorat guruhi

6,6±1,50 ball, nazorat guruhi 8,4±0,88 ball, muvozanat passe oyoq uchida, nazorat guruhi

6,0±1,44 ball, tajriba guruhi 8,5±1,14 ball, arg‘amchida 2 talik sakrash, nazorat guruhi

7,3±1,66 ball, tajriba guruhi 8,4±1,41 ball, 100 m. yugurish, nazorat guruhi 6,12±1,28

ball, tajriba guruhi 8,42±1,24 ball, turnikda tortilish (qizlar gimnastika o‘rindig‘ida

qo‘llarni bukib yozish), nazorat guruhi 6,38±1,134 ball, tajriba guruhi 7,66±1,28 ball

natija ko‘rsatdi. Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlikni sinovdan o‘tkazishning

so‘ngida barcha test ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat guruhi talabalariga qaraganda tajriba

guruhi talabalarining natijalari yuqori bo‘ldi (2-rdiagrammaga qarang).

9 8,5 8 8,5 8,4 8,5 8,4 8,42
5,02 6,1 6,6 6 7,3 6,12
8 7,66
7 6,7 6,38

6

5

4

3

2

1

0

Moksimon 3 kg li Skameykada Turgan joydan Muvozanat Arg‘amchida 2 100 m. Turnikda
yugurish tortilish (qizlar
yugurish 4x10 to‘ldirma to‘pni turib oldinga uzunlikka Passe oyoq talik sakrash (soniya)
gimnastika
m (soniya) bosh ortidan egilish sakrash. (sm) uchida (sek). (marta) o‘rindig'ida
qo'llarni bukib
uloqtirish yozish) (marta)

2-diagramma
Tajriba va nazorat guruhidagi talabalarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari

Pedagogik tajribadan so‘ng tajriba guruhidagi talabalarning jismoniy tayyorgarlik
ko‘rsatkichlari barcha testlar bo‘yicha nazorat guruhi talabalaridan yuqori natija
ko‘rsatdi, bu esa tajriba guruhidagi talabalarini nazorat guruhi talabalariga qaraganda
jismoniy va funksional tayyorgarliklarining oshganligini ko‘rsatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida shu narsa aniq bo‘ldiki, bugungi
kunda gimnastika bo‘yicha jahonda bir qancha ishlar amalga oshirilganligiga qaramay
gimnastradaga oid ishlar yetarli darajada emasligini ko‘rsatdi. Natijalariga erishish uchun
elementlarning murakkabligini pasaytirmasdan, kombinatsiyalarning qiyinchilik
darajasini oshirish kerak.

Mashg‘ulot bosqichidagi gimnastikachilarning umumiy, maxsus jismoniy va
texnik tayyorgarligini baholash (umumiy jismoniy tayyorgarlik 11,04%, maxsus jismoniy
tayyorgarlik 3,72 ballga va texnik tayyorgarlik 15,35%) ularning musobaqa
tayyorligining yetarli darajada emasligini, mashg‘ulotlar jarayonini optimallashtirish
yo‘llarini izlash asosida sport mashg‘ulotlari jarayoni samaradorligini oshirish zarurligini
ko‘rsatadi.

Jismoniy tarbiya ko‘rgazmali chiqishlarini tayyorlash, bizning fikrimizcha, nafaqat
darslarga qiziqishni rivojlantirish, ishlash darajasini, jismoniy va funksional
tayyorgarlikni oshirishga, balki ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lishiga, o‘zini baholash
darajasini oshirishga va o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga eng yaxshi tarzda hissa
qo‘shadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib biz quyidagi takliflarni ishlab chiqdik. Gimnastrada
mashqlaridan foydalanish va turli tezlikda yugurish, shuningdek, gorizontal sakrashga
asoslangan mashg‘ulotlarning yo‘nalishi o‘rtacha har oy o‘rta hisobda o‘quvchi qizlar
uchun o‘zgartirilishi kerak. Bu qizlar tanasining ma’lum bir yo‘nalishdagi yuklarga
moslashish zaxiralarini tugatmaslikka yordam beradi va ularning jismoniy tayyorgarligi
ko‘rsatkichlarining doimiy, sezilarli darajada oshishiga erishadi.

O‘quv yilining ma’lum davrida aerobika, turli tezlikda yugurish va gorizontal
sakrashlardan foydalanish asosida mashg‘ulotlarning o‘ziga xos mazmunini aniqlashda
“oddiydan murakkabga” va “bosqichma-bosqich” tamoyillariga amal qilish zarur. Bu, bir
tomondan, qizlarga asosiy aerobik mashqlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga imkon
beradi, ikkinchi tomondan, intensiv jismoniy tarbiya jihozlaridan foydalanish natijasida
ortiqcha mashq qilish va jarohatlardan qochish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 23-
dekabrdagi “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-449-son Qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. 2015-
yil 4-sentabr.
3. D.Bobur, I.Abdullayev. (2025). Talaba yoshlarning axloqiy rivojlanish
xususiyatlari: pedagogik va psixologik jihatlar. Modern Science and Research, 4(6), pp.
116-122.
4. B.Egamberdieva, J.Ishtayev, G.Korobeynikov, O.Khasanov, Z.Gapparov,
R.Xursanova, I.Juraev (2025). Brilliant moves in chess and early grandmaster success: a
study of the world's youngest grandmasters. Slobozhanskyi Herald of Science and Sport,
29(2), 151-166.
5. Ma’murbekova Gulzoroy Azamjonovna (2024). Improving the speed and agility
of national wrestlers. The multidisciplinary journal of science and technology, volume-4,

issue-12, pp. 34-37.
6. Платонов В.Н. Двигательные качества и физическая подготовка

спортсменов. Москва, 2019. 656 с.
7. Polatov L.A. (2025). Talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda

zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati. Modern Science and Research, 4(1), B. 1242-
1250.

8. Рахманова Д.А. (2025). Развитие физических качеств студентов на основе
занятий гимнастрадой. Modern educational system and innovative teaching solutions,
1(6), 243-245.

REFERENGES:
1. Republic of Uzbekistan. (2015). Law of the Republic of Uzbekistan "On physical
culture and sports". (In Uzbek)
2. Republic of Uzbekistan President. (2022). Decree of the President of the Republic
of Uzbekistan No. PQ-449 of December 23, 2022 "On measures for further development
of gymnastics sports". (In Uzbek)
3. Bobur D., Abdullayev I. (2025). Talaba yoshlarning axloqiy rivojlanish
xususiyatlari: Pedagogik va psixologik jihatlar [Characteristics of moral development of
student youth: Pedagogical and psychological aspects]. Modern Science and Research,
4(6), 116–122. (In Uzbek)
4. B.Egamberdieva J. Ishtayev, G.Korobeynikov, O.Khasanov, Z.Gapparov,
R.Xursanova, I.Juraev (2025). Brilliant moves in chess and early grandmaster success: A
study of the world's youngest grandmasters. Slobozhanskyi Herald of Science and Sport,
29(2), 151–166. (In English)
5. Ma’murbekova G. A. (2024). Improving the speed and agility of national
wrestlers. The Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(12), 34–37. (In
English)
6. Platonov V. N. (2019). Dvigatel'nyye kachestva i fizicheskaya podgotovka
sportsmenov [Motor qualities and physical preparation of athletes]. (In Russian)
7. Polatov L. A. (2025). Talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda
zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati [The importance of modern technologies in
shaping students' unique characteristics]. Modern Science and Research, 4(1), 1242–
1250. (In Uzbek)
8. Rakhmanova D. A. (2025). Razvitiye fizicheskikh kachestv studentov na osnove
zanyatiy gimnastroy [Development of students' physical qualities based on gymnastrada
classes]. Modern Educational System and Innovative Teaching Solutions, 1(6), 243–245.
(In Russian)