ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Oliy ta’limda talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda, shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modeli

Po‘latov Laziz Azamat o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

OLIY TA’LIMDA TALABALARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI
RIVOJLANTIRISHDA, SHAXSIY RIVOJLANISH TIZIMINING
INNOVATSION MODELI

AN INNOVATIVE MODEL OF THE PERSONAL DEVELOPMENT
SYSTEM FOR ENHANCING STUDENTS’ INTELLECTUAL POTENTIAL IN

HIGHER EDUCATION

ИННОВАЦИОННАЯ МОДЕЛЬ СИСТЕМЫ ЛИЧНОСТНОГО
РАЗВИТИЯ В ПОВЫШЕНИИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОГО ПОТЕНЦИАЛА

СТУДЕНТОВ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ
Po‘latov Laziz Azamat o‘g‘li
Oriental universiteti dotsenti,

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Tel.: +998 90 359-08-86

E-mail: pulatov.tkd@gamil.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning intellektual
salohiyatini rivojlantirishda shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modelini yaratish
masalalari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan model ta’lim jarayoniga
raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt asosida shakllangan monitoring
tizimini integratsiyalashni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv talabalarda mustaqil fikrlash,
tanqidiy tahlil, o‘zini o‘zi rivojlantirish va raqobatbardoshlik sifatlarini shakllantirishda
samarali ekanligi tajriba asosida isbotlangan. Tadqiqot natijalari shaxsiy rivojlanish
tizimini modernizatsiya qilish oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishga xizmat
qilishini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: shaxsiy rivojlanish tizimi, intellektual salohiyat, innovatsion model,
oliy ta’lim, raqamli texnologiyalar.
Abstract. This article explores the creation of an innovative model of the personal
development system aimed at improving students’ intellectual potential in higher
education. The model developed by the author integrates digital technologies, mobile
applications, and AI-based monitoring tools into the educational process. The proposed
approach has proven effective in fostering independent thinking, critical analysis, selfdevelopment, and competitiveness among students. Research findings indicate that
modernization of the personal development system contributes significantly to improving
the quality and efficiency of higher education.
Keywords: personal development system, intellectual potential, innovative model,
higher education, digital technologies.
Аннотация. В статье рассматриваются вопросы создания инновационной
модели системы личностного развития, направленной на повышение
интеллектуального потенциала студентов в системе высшего образования.

Разработанная автором модель предусматривает интеграцию цифровых
технологий, мобильных приложений и инструментов искусственного интеллекта в
учебный процесс. Предложенный подход доказал свою эффективность в
формировании у студентов навыков самостоятельного мышления, критического
анализа, саморазвития и конкурентоспособности. Результаты исследования
показывают, что модернизация системы личностного развития способствует
повышению качества и эффективности высшего образования.

Ключевые слова: система личностного развития, интеллектуальный
потенциал, инновационная модель, высшее образование, цифровые технологии.

KIRISH
Zamonaviy ta’lim tizimi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli davrda inson
kapitalini, xususan, yoshlarning intellektual salohiyatini samarali rivojlantirishni talab
etmoqda. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi – faqat kasbiy bilim
berish emas, balki talabalarda mustaqil fikrlash, yangilik yaratish, tanqidiy tahlil va
ijodkorlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib bormoqda. Shu bois, ta’lim
jarayonida shaxsiy rivojlanish tizimini joriy etish va uni innovatsion model asosida
modernizatsiya qilish zamon talabi hisoblanadi.
Oliy ta’limda talabalar shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan yondashuv ularning o‘z
ustida ishlash, bilimlarni ongli ravishda egallash hamda mustaqil qaror qabul qilish
qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, intellektual salohiyatni
rivojlantirishning poydevorini yaratadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan
mamlakatlarda talabalarning intellektual rivoji ta’lim mazmunining markaziga aylangan,
bu jarayonda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt tizimlari va mobil ilovalar keng
qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham bu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Prezidentimizning ta’lim sifatini oshirish, raqamli ta’lim texnologiyalarini
joriy etish va zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida kadrlar tayyorlashga oid qaror
va farmonlari mazkur jarayonni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Shu bilan birga,
talabalarning shaxsiy va intellektual rivojlanishini boshqaruvchi innovatsion tizimlarni
yaratish zaruriyati tobora ortib bormoqda.
Shu nuqtayi nazardan, muallif tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy rivojlanish
tizimining innovatsion modeli talabalarning intellektual salohiyatini oshirishga, ularning
o‘z-o‘zini boshqarish, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va raqobatbardoshlik qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur modelda raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar va
sun’iy intellekt asosida ishlovchi monitoring tizimi integratsiyalashgan bo‘lib, ta’lim
jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, maqolaning dolzarbligi shundaki, unda oliy ta’lim muassasalarida
shaxsiy rivojlanish tizimini modernizatsiya qilish asosida talabalarning intellektual

salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvning ilmiy-nazariy asoslari
ochib beriladi va u amaliy tajribalar bilan tasdiqlanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Oliy ta’limda talabalar shaxsiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash masalasi
zamonaviy pedagogika, psixologiya hamda ta’lim texnologiyalari fanlarining markaziy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar talaba shaxsining har tomonlama yetukligini shakllantirish, raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish madaniyatini tarbiyalash zarurligini
asoslamoqda.
G‘arb olimlaridan J. Dewey, C. Rogers, A. Maslow, D. Kolb va P. Sengelarning
asarlarida shaxsiy rivojlanish insonning o‘z tajribasidan o‘rganish, mustaqil fikrlash va
ichki motivatsiya orqali amalga oshishi ta’kidlanadi. Ularning nazariyalariga ko‘ra, ta’lim
jarayonida har bir talaba o‘zining individual rivojlanish yo‘lini shakllantirishi lozim. Bu
yondashuv keyinchalik “personalized learning” (shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim)
konsepsiyasining ilmiy asosini yaratdi.
Rus pedagogika maktabi vakillari L.S. Vygotskiy, A.N. Leontyev, V.V. Davydov,
P.Ya. Galperinlarning ishlarida shaxsning intellektual rivojlanishi faoliyat, muloqot va
ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy asoslangan. Ularning fikricha,
intellektual salohiyat insonning o‘quv faoliyatida o‘zini anglash, o‘z faoliyatini
rejalashtirish va refleksiya qilish jarayonlarida shakllanadi.
O‘zbekistonlik olimlar orasida A. Abduqodirov, M. Ochilov, N. Jo‘raev, U.
Nishonov, A. Yusupov, Sh. Toshpulatov va boshqalar ta’lim jarayonida talabalarning
intellektual salohiyatini oshirish, shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirish va
innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalarini keng yoritganlar. Ularning
tadqiqotlarida ta’limda shaxsiy yondashuv, o‘z-o‘zini anglash, o‘qishga ijobiy
motivatsiya yaratish va mustaqil fikrlashni rivojlantirishning nazariy asoslari ishlab
chiqilgan.
K.Mirzayeva ta’kidlaganidek, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini
modernizatsiya qilish – bu nafaqat yangi texnologiyalarni joriy etish, balki ta’limning
aksiologik (qadriyatga asoslangan) yo‘nalishini kuchaytirish orqali talabaning shaxsiy va
intellektual salohiyatini oshirish jarayonidir. Unga ko‘ra, innovatsion yondashuvlar orqali
talaba o‘z o‘quv faoliyatining faol subyekti sifatida shakllanadi va bu holat uning o‘zini
anglash, ijodkorlik hamda ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytiradi (Mirzayeva K. I.,
2024: 45).
Xuddi shunday, Z.Raximov ham oliy ta’lim tizimida talabalar o‘quv-bilish
kompetensiyasini rivojlantirish orqali ularning kasbiy tayyorgarligi, mustaqil qaror qabul
qilish qobiliyati va ijodiy fikrlash darajasi sezilarli darajada oshishini asoslab bergan.
Olimning fikricha, bunday yondashuvlar natijasida ta’lim jarayoni faqat bilim berish

emas, balki har bir talabaning tafakkurini rivojlantirish va shaxs sifatida kamol topishiga
xizmat qiladi (Raximov Z. T., 2025: 52).

Pulatova va Murodullayeva (2024) esa ta’limning zamonaviy transformatsiyasi
to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, oliy ta’lim muassasalarida raqamlashtirish, ilmiy
innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali global
raqobatbardoshlikni ta’minlash zarurligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, bunday
islohotlar ta’limning mazmunini yangilaydi, o‘quvchilarda zamonaviy kasbiy
kompetensiyalarni shakllantiradi va ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirishga
yordam beradi (Pulatova M. B. & Murodullayeva M. E., 2024: 61).

So‘nggi yillarda ko‘plab olimlar raqamli pedagogika yo‘nalishidagi tadqiqotlarda
shaxsiy rivojlanish tizimlarini sun’iy intellekt, mobil ilovalar va raqamli monitoring
tizimlari orqali amalga oshirish samarali natijalar berayotgani ta’kidlanadi (Bates D.,
2019: 34, Siemens B., 2020: 57, Anderson J., 2021: 105). Bu yondashuv ta’limni shaxsga
moslashtirish, o‘quv jarayonini individual trayektoriya asosida boshqarish imkonini
beradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda tizimli, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asos qilib
olindi. Shaxsiy rivojlanish tizimining innovatsion modelini ishlab chiqishda pedagogik
eksperiment, kuzatish, suhbat, so‘rovnoma va diagnostik testlar kabi empirik metodlar
qo‘llanildi.
Tajriba-sinov ishlari O‘zbekiston Milliy universiteti sport fakulteti talabalari
o‘rtasida olib borilib, ikki yil davomida tizimning samaradorligi amaliy jihatdan
baholandi. Tadqiqot jarayonida talabalarning intellektual faolligi, o‘z-o‘zini rivojlantirish
ko‘nikmalari va motivatsiya darajasi dinamikasi maxsus ishlab chiqilgan mobil ilova va
sun’iy intellekt asosidagi baholash moduli orqali monitoring qilindi.
Natijalarni tahlil qilishda taqqoslash, statistik va kontent tahlil usullaridan
foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Shaxsiy rivojlanish tizimi (SRT) – innovatsion modelning mohiyati shundan
iboratki, u talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning akademik,
tanqidiy va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini kompleks tarzda rivojlantiradi. Tizim quyidagi
asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi:
1. Individual yondashuv: har bir talabaning qobiliyati, bilim darajasi va intellektual
ehtiyojlariga moslashtirilgan vazifalar va mashqlar.
2. Gamifikatsiya va rag‘batlantirish: talabalarning ichki motivatsiyasini oshirish
uchun interaktiv vazifalar, ball tizimi, mukofotlar va tanlovlar.
3. AI va monitoring vositalari: talabalar o‘z o‘sish jarayonini kuzatishi, o‘z-o‘zini
baholashi va natijalarni tahlil qilishi mumkin.

4. Kompyuter va til ko‘nikmalari: zamonaviy axborot resurslari, ingliz tili va IT
vositalaridan foydalanish orqali talabalar global ma’lumotlar bilan ishlashni o‘rganadi.

5. Refleksiya va muhokama: talabalarning o‘z faoliyati bo‘yicha fikr yuritishi, o‘zini
tahlil qilishi va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Dolzarbligi shundaki:
- zamonaviy oliy ta’limda talabalar bilim olish bilan birga, o‘z intellektual
salohiyatini tizimli rivojlantira olishi muhim.
- rivojlanayotgan texnologiyalar va global talablar talabalarni mustaqil fikrlash,
ijodiy yondashuv va tezkor qaror qabul qilishga tayyorlashni zarur qiladi.
- shaxsiy rivojlanish tizimi nafaqat akademik natijalarni yaxshilaydi, balki
talabalarning hayotga tayyorligini, shaxsiy muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini
oshiradi.
Ushbu tizim orqali talabalarning intellektual, ijodiy va tanqidiy fikrlash salohiyati
oshadi, shaxsiy o‘sish va motivatsiya darajasi yuqorilaydi, ta’lim jarayoni esa samarali va
innovatsion xususiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, tizimning qo‘llanilishi
universitetlarda o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish va talabalarni global raqobatga
tayyorlashga xizmat qiladi.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalar intellektual va jismoniy
ko‘rsatkichlaridagi o‘sish asosan integrallashgan shaxsiy rivojlanish tizimining
qo‘llanilishi hisobiga amalga oshdi. Ushbu tizim bir nechta komponentlarni o‘z ichiga
oladi:
1. Shaxsiy rivojlanish dasturi – talabalarga kunlik vazifalar orqali intellektual
ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu dasturga ilmiy maqolalar yozish, kitob
o‘qish, IELTS va boshqa chet tili mashqlari, shuningdek, kritikal fikrlash va mantiqiy
tahlil mashqlari kiradi. Bu komponent talabalar bilim darajasi va mustaqil fikrlash
qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.
2. Ilmiy-metodik model – talabalar faoliyatini tizimli ravishda rejalashtirish va
baholash uchun ishlab chiqilgan. Modelning mohiyati shundaki, har bir mashg‘ulot,
vazifa va amaliyot maqsadga muvofiq tarzda o‘lchov mezonlari bilan belgilanadi. Bu esa
o‘z-o‘zini tahlil qilish va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda natijalarning aniq
monitoringini ta’minlaydi.
3. Jismoniy tayyorgarlik tizimi – talabalarni yosh xususiyatlariga mos holda
chidamlilik, tezlik, koordinatsiya va kuch kabi jismoniy sifatlar bo‘yicha rivojlantirishga
mo‘ljallangan. Tizimda yurak urish chastotasi asosida individual yuklamalar, oraliqli va
intensiv mashqlar, shuningdek, texnik-taktik tayyorgarlik mashqlari kombinatsiyalangan.
Ushbu integratsiyalashgan tizimning qo‘llanilishi natijasida talabalar barcha
ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘sishga erishgan. Ya’ni, intellektual, ilmiy-tadqiqot va
jismoniy ko‘rsatkichlar bir-birini qo‘llab-quvvatlab, umumiy rivojlanishga xizmat qilgan.

Tizimning mazmun-mohiyati shundaki, u talabaning shaxsiy, akademik va jismoniy
potensialini bir vaqtning o‘zida oshirishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy pedagogik
yondashuvlar va ilmiy asoslangan metodikalarni o‘z ichiga oladi.

Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarning
intellektual va shaxsiy rivojlanishiga qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlash uchun
bir qator indikatorlar kuzatildi.

Talabalar rivojlanish ko‘rsatkichlari (o‘quv yilining boshi va oxiri)

1-jadval

Ko‘rsatkichlar Boshlang‘ich Yakuniy O‘sish O‘lchov

qiymat qiymat birligi

Intellektual test ballari 65 82 +17 ball

Mashqlarni o‘z-o‘zini 3.2 4.5 +1.3 5 ballik

baholash (refleksiya) shkalada

Maqola yozish sifati 58 77 +19 ball

Ingliz tili test natijalari 45 62 +17 ball

Kunlik jismoniy mashqlar 25 35 +10 daqiqa

davomiyligi

Tezlik (30 m yugurish) 5.2 4.8 -0.4 soniya

Chidamlilik (1000 m 280 250 -30 soniya

yugurish)

Intellektual test ballari: Talabalar tadqiqot boshlanishida 65 ball bilan o‘rta darajani
tashkil qilgan, tizim orqali o‘qish va ilmiy vazifalarni bajarish natijasida 82 ballga yetdi,
bu +17 ball o‘sishga teng. Bu intellektual faollikning sezilarli o‘sishini ko‘rsatadi.

Mashqlarni o‘z-o‘zini baholash (refleksiya): Talabalar o‘z mashqlari va natijalarini
tahlil qilish ko‘nikmalarini baholashda 5 ballik shkalada 3.2 dan 4.5 gacha o‘sish
ko‘rsatdi. Bu mustaqil tahlil va kritikal fikrlashni rivojlantirishni bildiradi.

Maqola yozish sifati: Tadqiqot davomida talabalarning ilmiy maqola tayyorlash
malakasi sezilarli oshdi (58 dan 77 ball). Bu yozma kommunikatsiya va ilmiy fikrlashni
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ingliz tili test natijalari: Til ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ishlash natijasida
talabalar 45 balldan 62 ballgacha o‘sdi, bu ularning akademik va professional sohada
faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kunlik jismoniy mashqlar davomiyligi: Talabalar mashqlar davomiyligini 25
daqiqadan 35 daqiqaga oshirdi, bu ularning chidamlilik va sog‘lom turmush tarziga
e’tiborini oshirishni ko‘rsatadi.

Tezlik (30 m yugurish): Yugurish tezligi 5.2 soniyadan 4.8 soniyaga yaxshilandi, bu
tezlik va koordinatsiya ko‘nikmalarining rivojlanganligini bildiradi.

Chidamlilik (1000 m yugurish): Chidamlilikni o‘lchash uchun 1000 m yugurish

vaqti 280 soniyadan 250 soniyaga qisqardi, bu fizika-tarbiya mashqlari samaradorligini

ko‘rsatadi.

Jadvaldan aniq ko‘rinib turibdiki, taklif etilgan shaxsiy rivojlanish tizimi

talabalarning barcha ko‘rsatkichlarida sezilarli va uzluksiz yaxshilanishlarni ta’minladi.

Ushbu tizim nafaqat intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan, balki

talabalarning til o‘rganish darajasi, ilmiy yozma ishlarni bajarish ko‘nikmalari, refleksiya

va tahlil qobiliyati, shuningdek, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini ham kompleks

tarzda qo‘llab-quvvatlaydi.

Shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarning har bir individini hisobga olgan holda,

ularning o‘z qobiliyatlari va ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv vazifalari, interaktiv

mashqlar va monitoring vositalarini o‘z ichiga oladi. Shu orqali talabalar nafaqat bilim

olish, balki o‘z-o‘zini baholash, tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini

rivojlantiradilar.

Bundan tashqari, tizimning gamifikatsiya elementi talabalarning ichki

motivatsiyasini oshiradi, rag‘batlantirish mexanizmlari esa faoliyatda faol qatnashishga

undaydi. Talabalar o‘z natijalarini kuzatish, yutuqlarini baholash va rivojlanish

yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ularning o‘z-o‘zini rivojlantirish

jarayonini samarali va tizimli qiladi.

Shaxsiy rivojlanish tizimi, shuningdek, talabalarni zamonaviy ilm-fan va

texnologiyalar bilan tanishtiradi, ular axborot resurslaridan samarali foydalanishni

o‘rganadi, ingliz tili va boshqa til ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, shuningdek, jismoniy

faollikni rag‘batlantirish orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga hissa qo‘shadi.

Shu tariqa, tizim talabalarning nafaqat akademik, balki shaxsiy va ijodiy rivojlanishini

ham kompleks tarzda ta’minlaydi va oliy ta’lim jarayonini yanada samarali, innovatsion

va dolzarb qiladi.

2-jadval

Shaxsiy rivojlanish tizimi orqali talabalar intellektual salohiyatining o‘sish

ko‘rsatkichlari (n = 20)

№ Ko‘rsatkich O‘lchov Boshlang‘ich 3 oy O‘sish

birligi qiymat davomida (%)

qiymat

1 Akademik bilim ball (0–100) 68 81 19%

2 Tanqidiy fikrlash ball (0–10) 5,2 7,1 36,5%

3 Kreativ fikrlash ball (0–10) 4,8 6,9 43,7%

4 Akademik yozma ishlar ball (0–100) 70 84 20%

sifati

5 Internet va kompyuter foiz 60 78 30%

savodxonligi

6 Ingliz tilidagi bilim ball (0–9) 5,0 5,7 14%

darajasi (IELTSga

tayyorgarlik)

7 Shaxsiy rivojlanishga ball (0–10) 6,0 8,3 38,3%

motivatsiya

Ushbu jadval shaxsiy rivojlanish tizimi (SRT) orqali oliy ta’lim talabalari
intellektual salohiyatini rivojlantirish samaradorligini ko‘rsatadi. Jadvaldagi
ko‘rsatkichlar tizimning asosiy komponentlari va ularning ta’sirini aks ettiradi:

Akademik bilim – talabalarning o‘quv fanlari bo‘yicha erishgan natijalarini
o‘lchaydi. Boshlang‘ich 68 balldan 81 ballgacha o‘sish 3 oy ichida amalga oshdi, bu
tizimning kunlik vazifalar, mustaqil o‘rganish va o‘qituvchi rahbarligi orqali bilimlarni
mustahkamlash samarasi sifatida baholanishi mumkin.

Tanqidiy fikrlash – talabalar fikrlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni
hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish ko‘rsatkichi. 36,5% o‘sish SRTning asosiy
metodikasi – vazifalarni refleksiya qilish, muhokama va baholash mexanizmlaridan
foydalanish natijasidir.

Kreativ fikrlash – ijodiy fikrlash qobiliyati va yangi g‘oyalarni ishlab chiqish
darajasi. 43,7% o‘sish gamifikatsiya va kreativ mashqlar orqali talabalar o‘qishga
qiziqishini oshirgani natijasidir.

Akademik yozma ishlar sifati – talabalarning ilmiy maqolalar, insho va hisobotlar
sifatini baholaydi. Bu ko‘rsatkich 20% o‘sib, tizimning yozma ishlarni bosqichmabosqich monitoring qilish va AI yordamida tahlil qilish mexanizmi samaradorligini
ko‘rsatadi.

Internet va kompyuter savodxonligi – 3 oy davomida 60% dan 78% gacha o‘sish
talabalar IT va onlayn resurslardan samarali foydalanishni o‘rganishlarini aks ettiradi. Bu
tizimning texnologik komponenti bo‘lib, har bir talaba uchun individual mashqlar va
amaliy vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Ingliz tilidagi bilim darajasi (IELTSga tayyorgarlik) – SRTning til komponenti orqali
talabalar o‘zlarining ingliz tilidagi bilimlarini oshirdi. 14% o‘sish tizimning muntazam
onlayn mashqlar va interaktiv testlar orqali qo‘llanilishi natijasidir.

Shaxsiy rivojlanishga motivatsiya – talabalar o‘zini rivojlantirishga qanchalik
qiziqishini o‘lchaydi. 38,3% o‘sish gamifikatsiya, rag‘batlantirish, mukofot tizimi va
doimiy nazorat orqali talabalarning ichki motivatsiyasini oshirgani bilan izohlanadi.

Jadvalning umumiy mohiyati:
Shaxsiy rivojlanish tizimi talabalarni intellektual, ijodiy va tanqidiy fikrlash
salohiyatini kompleks ravishda oshirishga qaratilgan. Tizim quyidagi asosiy

elementlardan iborat: kunlik vazifalar, AI asosidagi monitoring, gamifikatsiya, individual
yondashuv, til va IT mashqlari, natijalarni kuzatish va rag‘batlantirish mexanizmlari.
Tizim har oy davomida qo‘llanilib, talabalarni o‘z-o‘zini tahlil qilish, shaxsiy
muvaffaqiyatlarini aniqlash va o‘quv jarayoniga faol jalb qilish imkonini beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalar shaxsiy rivojlanish tizimi va
integrallashgan dastur orqali intellektual, ilmiy-tadqiqot va jismoniy ko‘rsatkichlarini
samarali tarzda oshirishga erishgan. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan metodik model
talabaning individual xususiyatlarini hisobga olib, mashg‘ulotlarni optimallashtirish va
ularning rivojlanish darajasini aniq monitoring qilish imkonini berdi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki:
 Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyati va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirdi.
 Jismoniy tayyorgarlik va texnik-taktik ko‘nikmalar sezilarli darajada rivojlandi.
 Integratsiyalashgan tizim talabaning shaxsiy va akademik potensialini bir vaqtning
o‘zida oshirishga xizmat qildi.
Shuningdek, tadqiqot ko‘rsatdiki, metodik va dasturiy vositalarning birgalikdagi
qo‘llanilishi natijalarni maksimal darajada yaxshilashga imkon beradi.
Takliflar:
1. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar shaxsiy rivojlanish tizimini doimiy ravishda
joriy qilish tavsiya etiladi.
2. Mashg‘ulotlar individual xususiyatlar va yosh davriga mos ravishda
optimallashtirilishi lozim.
3. Talabalarni intellektual va jismoniy rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashgan
dastur ishlab chiqilgan metodik modelga asoslanishi mumkin.
4. Ilmiy-tadqiqot va refleksiya mashqlari talabaning mustaqil fikrlash qobiliyatini
shakllantirish uchun muntazam kiritilishi lozim.
5. Kelgusida tizim samaradorligini oshirish maqsadida yangi metodik yondashuvlar
va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Аxmedov Sh. (2020). Studentlarning sport tayyorgarligi: nazariya va amaliyot.
Toshkent: Fan va texnologiya.
2. T.Bompa, G.Haff (2019). Periodization: Theory and Methodology of Training.
Champaign, IL: Human Kinetics.
3. Islomov D. (2022). Universitet yoshlarini intellektual va jismoniy rivojlantirish
tizimi: innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Ilm-fan.
4. Karimova N. (2020). Talabalarni jismoniy faollik orqali shaxsiy rivojlantirish
metodikasi. Toshkent: Pedagogika.

5. Mirzayeva K. (2024). Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini modernizatsiya
qilishning aksiologik imkoniyatlari. Ilmiy Xabarlar Jurnali, № 2, 38–51.

6. Nazarov R. (2019). Oliy ta’limda talabalarni shaxsiy rivojlantirish uchun
pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Universitet Publishing.

7. Magomedov M. (2021). Sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini
takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari. Moskva: SportScience.

8. M.B.Pulatova, M.E. Murodullayeva (2024). Ta’limning zamonaviy
transformatsiyasi: O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyati. Pedagoglar.org.

9. Raximov Z.T. (2025). Oliy ta’lim jarayonida talabalarning o‘quv-bilish
kompetensiyasini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorlash. Ta’lim Innovatsiyasi va
Integratsiyasi.

10. S.To‘raev, J.Mamatqulov (2021). Taekvondo sportida yosh sportchilarning
texnik-taktik tayyorgarligi. Toshkent: Sport Publishing.

11. Ziyadov A. (2022). Universitet talabalari shaxsiy rivojlantishini integrativ
yondashuv. International Journal of Education, 15(3), 45–56.

12. G‘ulomov F. (2020). Talabalarni intellektual rivojlantirishda innovatsion
dasturlar. Toshkent: Ilm.

13. World Taekwondo Federation (WTF). (2023). Taekwondo Competition Rules and
Technical Guidelines. Seoul: WTF.

REFERENCES:
1. Аxmedov Sh. (2020). Studentlarning sport tayyorgarligi: nazariya va amaliyot.
Toshkent: Fan va texnologiya. (In Uzbek)
2. T.Bompa, G.Haff (2019). Periodization: Theory and Methodology of Training.
Champaign, IL: Human Kinetics.
3. Islomov D. (2022). Universitet yoshlarini intellektual va jismoniy rivojlantirish
tizimi: innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Ilm-fan. (In Uzbek)
4. Karimova N. (2020). Talabalarni jismoniy faollik orqali shaxsiy rivojlantirish
metodikasi. Toshkent: Pedagogika. (In Uzbek)
5. Mirzayeva K. (2024). Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini
modernizatsiya qilishning aksiologik imkoniyatlari. Ilmiy Xabarlar Jurnali, № 2, 38–51.
(In Uzbek)
6. Nazarov R. (2019). Oliy ta’limda talabalarni shaxsiy rivojlantirish uchun
pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Universitet Publishing. (In Uzbek)
7. Magomedov M. (2021). Sportchilarning texnik-taktik tayyorgarligini
takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari. Moskva: SportScience. (In Uzbek)
8. M.B.Pulatova, M.E. Murodullayeva (2024). Ta’limning zamonaviy
transformatsiyasi: O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari faoliyati. Pedagoglar.org. (In
Uzbek)

9. Raximov Z.T. (2025). Oliy ta’lim jarayonida talabalarning o‘quv-bilish
kompetensiyasini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorlash. Ta’lim Innovatsiyasi va
Integratsiyasi. (In Uzbek)
10. S.To‘raev, J.Mamatqulov (2021). Taekvondo sportida yosh sportchilarning
texnik-taktik tayyorgarligi. Toshkent: Sport Publishing. (In Uzbek)
11. Ziyadov A. (2022). Universitet talabalari shaxsiy rivojlantishini integrativ
yondashuv. International Journal of Education, 15(3), 45–56. (In Uzbek)
12. G‘ulomov F. (2020). Talabalarni intellektual rivojlantirishda innovatsion
dasturlar. Toshkent: Ilm. (In Uzbek)
13. World Taekwondo Federation (WTF). (2023). Taekwondo Competition Rules
and Technical Guidelines. Seoul: WTF.