“AL-A’SHO KO‘CHASIDAGI ISHQ QISSALARI” ROMANIDA AN’ANA VA
ERKINLIK O‘RTASIDAGI ZIDDIYATLAR
ТРАДИЦИИ И СВОБОДА В РОМАНЕ «ИСТОРИИ ЛЮБВИ НА УЛИЦЕ
АЛЬ-А’ША»: ГРАНИ КОНФЛИКТА
TRADITION AND FREEDOM IN LOVE STORIES ON AL-A’SHA STREET:
DIMENSIONS OF CONFLICT
HTTPS://ZENODO.ORG/RECORDS/19260226
Murtazo Saydumarov
Diplomat University Filologiya va xorijiy tillar
kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
Tel.: +998 90- 824- 67- 60
E-mail: msaydumarov@gmail.com
ORCID ID: 0000-0003-3528-9572
Homid Abbos Xon
Ar-Riyod – Saudiya Arabistoni, Podsho Saud Universiteti
Tillar va til bilimlari fakulteti dotsenti
Tel.: 00966 -55-555-74-52
E-mail: hakhan@ksu.edu.sa
Annotatsiya. Maqolada saudiyalik adiba Badriya al-Bishr hayoti va ijodi
yoritilib, uning “Al-A’sho ko‘chasidagi ishq qissalari” (“G‘aromiyat fi shari’ al-
A’sha”) romani tahlil etiladi. Asarda o‘z erkinligi uchun kurashgan bosh qahramonlar
- xotin-qizlar obrazlari bilan bir qatorda arab jamiyatidagi ijtimoiy va iqtisodiy
munosabatlar, badaviylar turmushi va ularning shahar hayotiga moslashishi,
jamiyatdagi turli tabaqalar munosabatlari, ekstremizm va unga jamiyatning
munosabati, arab ayoli taqdiri hamda shahar hayotiga hali telefon va konditsionerlar
kirmagan kundan to bugungi kungacha bo‘lgan o‘zgarishlar, diniy mutaassiblik
masalalariga kattalar va yoshlarning munosabatlari, qiyinchilikka tushib qolgan oilaga
mahalla ahlining yordam ko‘rsatishi, ekstremizm yo‘liga kirib, fojiali halok bo‘lgan
farzandi tufayli og‘ir ruhiy holatga tushgan onaizorning achchiq qismati kabi
masalalar yoritilganligi tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: saudiya adabiyoti, saudiya romani, Badriya al-Bishr, arab jamiyati,
arab urf-odatlari, saudiya madaniy hayoti.
Abstract. The article highlights the life and work of the Saudi writer Badria al-
Bishr, analyzes her novel "Love Stories on Al-Asha Street" ("Garomiyat fi shari' al-
A'sha"), in which, along with the characters of women who fought for their freedom,
describes social relations in Arab society, Bedouin life and their adaptation to urban
life, relations between different classes of society, issues of extremism and the reaction
of society to it, the fate of an Arab woman, urban life from the time when there were
no air conditioners and telephones, and changes in it today, the relationship between
adults and young people on issues of religious fanaticism, the help of a neighboring
family in trouble by the inhabitants of the quarter, and analyzes the bitter fate of a
mother who suffered a serious mental illness due to the tragic death of her child as a
result of extremism.
Key words: Saudi literature, Saudi novel, Badria al-Bishr, Arab society, Arab
customs, Saudi cultural life.
Аннотация. В статье освещается жизнь и творчество саудовской
писательницы Бадрии аль-Бишр, анализируется ее роман «Любовные истории на
улице Аль-Аъша», в котором наряду с характерами женщин, боровшихся за свою
свободу, описаны социальные отношения в арабском обществе, жизнь бедуинов
и их адаптация к городской жизни, отношения между разными классами
общества, вопросы экстремизма и реакции общества на него, судьба арабской
женщины, городская жизнь со времен, когда ещё не было кондиционеров и
телефонов, и измененния в ней в наши дни, отношения взрослых и молодежи к
религиозному фанатизму, помощь соседской семьe в беде со стороны жителей
квартала, и анализируется горькая судьба матери, перенесшей тяжелое
психическое заболевание в связи с трагической гибелью ее ребенка в результате
экстремизма.
Ключевые слова: саудовская литература, саудовский роман, Бадрия аль-
Бишр, арабское общество, арабские обычаи, саудовская культурная жизнь.
KIRISH
O‘zbek o‘quvchisi XX asr oxiriga qadar Saudiya Arabistoni nomi tilga
olinganida eng avvalo Ikki Muqaddas Masjid, bepoyon sahro va neft quduqlarini
tasavvur qilar edi. Chunki o‘tgan asr oxiriga qadar saudiya adabiyotidan o‘zbek tiliga
birorta asar tarjima qilinmagan, rus tiliga qilingan tarjimalar ham juda cheklangan
bo‘lib, bir roman va bir necha she’rlardan iborat edi.
Yangi ming yillik boshidan adabiyot va madaniy aloqalar sohasidagi vaziyat
o‘zgarib bormoqda. Saudiya adabiyoti dunyo tillariga tarjima qilinmoqda. So‘nggi
yillarda saudiya adabiyotidan uch yuzdan ortiq kitob dunyoning yigirma olti tiliga
o‘girildi (аl-Yusuf X., 2020:15). Rus tilida hozirgi zamon saudiya adabiyoti
antologiyasi, bir qator romanlar, hikoyalar to‘plamlari nashr etildi. O‘zbek kitobxonlari
ham hozirgi zamon saudiya adabiyoti namunalaridan Homid Damanhuriyning
“Qurbonlik qiymati yoxud muhabbat va burch”, Ibrohim Humaydonning “Tun
zulmatidagi nur”, Hamza Buqariyning “Safo ayvoni”, Maha al-Faysalning “Tavba va
Sulayyo” romanlari, Xayriya as-Saqqofning “Dengizlar osha olislar sari” hikoyalar
to‘plami, Solih Zamananning “Abadiyat manzillari” nomli tanlangan nasriy she’rlari
hamda adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlar – Sulton al-Qahtoniyning “Saudiya
adabiyotida roman” va Saad al-Boziiyning “Sahro madaniyati. Arabiston yarim oroli
modernizm adabiyotiga oid tadqiqotlar”i bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, “Jahon adabiyoti” va “Sharq yulduzi” jurnallari ham o‘z sahifalarida arab
adabiyoti turkumida saudiya adabiyotidan arab tilidan o‘zbek tiliga qilingan
tarjimalarni chop etib, o‘quvchilarga taqdim etmoqda.
Saudiya arab adabiyotida Xayriya as-Saqqof, Raja Olim, Hind Bag‘affor, Laylo
Juhaniy, Umayma al-Hamis, Badriya al-Bishr kabi bir qator saudiyalik ayol ijodkorlar
dunyo adabiyoti miqyosida tanildilar (as-Saqqof X, 2021:120). Zamonaviy saudiya
romanchiligining taniqli namoyandalaridan biri bo‘lgan Badriya al-Bishring “al-A’sho
ko‘chasidagi ishq qissalari” romanini o‘zbek tiliga tarjima qilib, o‘quvchilarga
taqdim etar ekanmiz, adibaning ushbu asari va ijodiy faoliyati haqida ba’zi fikrlarni
bildirmoqchimiz.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Badriya al-Bishrning “Al-A’sho ko‘chasidagi ishq qissalari” romani arab
tadqiqotchilari nazaridan chetda qolmagan. Shulardan ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tsak.
Jazoir universiteti arab filologiyasi va sharq tillari fakulteti professori Al-Qosihiyning
maqolasida “Al-A’sho ko‘chasidagi ishq qissalari” romanidan keltirilgan misollar
asosida tasvir usuli va ijtimoiy o‘lchamlar o‘rganiladi. Unda tasviriy mexanizmlar
qanday ishlashini, ayniqsa makon va qahramon bilan bog‘liq holda tahlil qilib, ularning
badiiy va estetik ahamiyatini yoritiladi hamda ushbu elementlar orqali jamiyat
voqeligining ochib berilishi va asarning ijtimoiy yo‘nalishi ta’kidlanadi. Tadqiqot
asarda shaxslar urf-odatlari, an’analari va xulq-atvorlari orqali jamiyatning chuqur va
ko‘p qirrali manzarasi ifodalanganini ta’kidlab, ushbu roman saudiya jamiyatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ko‘plab ijtimoiy masalalarni qamrab olganligini bayon etadi (al-Qosihiy
L, 2024:45).
Basra universiteti professori Sami Abdunanabiy romannavis Badriya al-Bishr
o‘zining “Al-A’sho ko‘chasidagi ishq qissalari” nomli romanida Saudiya Arabistoni
va ehtimol butun mintaqada hozir kechayotgan diniy mutaassiblik jarayonlariga zamin
yaratgan bir muhim tarixiy davrni eslaydi (Abdunabi S, 2019:55). Yozuvchi o‘tmishga
1970-yillar o‘rtasiga biroz qaytib, Saudiya shaharlaridan biri, poytaxt ar-Riyoddagi
ko‘chalardan birining hayotini tasvirlaydi. Bu ko‘cha shu vodiyda yashagan johiliyat
davri shoiri Al-A’sho nomi bilan atalishida ham ramziylik bor. Mazkur tadqiqotda
o‘sha hayotni to‘liq va ishonarli tarzda qayta jonlantirish uchun yozuvchiga ayrim
badiiy hikoya qilish usullariga tayanish zarur bo‘lgan. Bu usullar orqali o‘tmishga
qaytish va jamiyat hayoti manzarasini tiklash hikoyadagi qahramonlar orqali amalga
oshiriladi (Abdunabi S, 2019:72). Muallif fikricha, bu roman an’anadan modernlikka
o‘tish davrini tanqidiy ko‘z bilan aks ettiradi.
Mazkur universitet professori Sabah al-Bashirning maqolasida ta’kidlanishicha,
“Al-A’sho ko‘chasidagi ishq qissalari” romani Saudiya jamiyatining zamonaviy
uyg‘onish boshlangan ilk yillariga oid benihoya boy tasvirlar bilan to‘la (al-Bashir S.,
2018:84). Yozuvchi asarda salbiy holatlarni ochiq ko‘rsatib, ularning ichidagi illat va
zo‘ravonlikni ifodalash orqali jamiyatni o‘ylantirishni, tuzatish va yangilash zarurligini
anglatishga intilgan. Shu tariqa u ayolga nisbatan munosabatni, shuningdek, jamiyat
ongida mustahkam o‘rnashib qolgan ba’zi an’analarni qayta ko‘rib chiqish orqali
sog‘lom va barkamol jamiyat qurish g‘oyasini ilgari suradi.
F. Rajabiy va Sh.Delshadning maqolasi asosan roman qahramonlari yashaydigan
muhitni, ayollar huquqlarining poymol etilishi deb ko‘rsatishga va mazkur jamiyatni
tanqid qilishga qaratilgan (Rajabi F., 2020:38).
Roman asosida tasvirga olingan 30 seriyadan iborat serialning 2025-mart oyida
Ko‘rfaz arab davlatlarida namoyish etilishi munosabati bilan ushbu asar va serial
haqida bir qator maqolalar e’lon qilindi.
Muavvad Miftohning “Xotin-qiz yozuvchilar hikoya etish uslubi texnikasi: “Al-
A’sho ko‘chasidagi ishq qissalari” romani misolida” nomli maqolasida : “Xotin-qizlar
hikoya uslubining ayol ovoziga moyil bo‘lishi tabiiy hol bo‘lib, bu holat ushbu
adabiyotning xususiyatidan kelib chiqadi”, - deydi va ushbu roman xotin-qizlarning
ruhiy va ijtimoiy olamiga yaqinlashishi orqali saudiya romanchiligining tuzilmasidagi
ayol “men”ining faol ishtirokiga ishora qiladi”, deb xulosa qiladi (Miftoh M., 2021:15).
Muallifning fikricha, asarda Badriya al-Bashr ayol nuqtayi nazaridan hikoyachi obraz,
ichki mulohazalar va monolog orqali ayolning jamiyatdagi tajribasini namoyon etadi.
Roman an’anaviy erkak hukmron jamiyatning xususiyatlarini bayon etadi va erkinlik
hamda an’ana o‘rtasidagi ziddiyatni ochadi.
Yana bir arab tadqiqotchisi – Saboh Abdurrazzoq Bashir (2018)ning fikriga ko‘ra,
roman jamiyat ongini o‘zgartirishga chorlaydi va ayolga yangi nazar bilan qarashni
ilgari suradi (al-Bashir S., 2018:84).
So‘had Sohibning tadqiqotida xalq urf-odatlari, folklor, mahalla hayoti,
so‘zlashuv tili va xalqona obrazlar o‘rganiladi. Roman xalq madaniyati va zamonaviy
hayotni uyg‘unlashtirgani ta’kidlanadi hamda folklor elementlari romanning muhim
qismi bo‘lib, milliy o‘zlik va madaniy ifodani yangicha talqin etadi (Sohib S., 2019:59),
deb xulosa qiladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotimiz Badria al-Bishr ijodining ijtimoiy, madaniy va estetik
xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, adibaning “Al-A’sho ko‘chasidagi
ishq qissalari” romanining badiiy mazmunini, ijtimoiy qatlamini hamda jamiyatdagi
gender munosabatlarini tahlil etishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi -
zamonaviy Saudiya jamiyatining adabiy manzarasida ayol shaxsining erkinlik sari
intilish jarayonini Badria al-Bishr romanlari, xususan, ushbu asar misolida ochib
berishdir.Tadqiqotda deskriptiv-analitik, adabiy-sotsiologik, biografik, gender tahlil,
qiyosiy va kontekstual yondashuvlardan foydalanildi. Shuningdek, tahlil jarayonida
analitik-tasviriy, gender-adabiy va kontekstual strategiyalar uyg‘un qo‘llanilib,
romandagi ayollar ijtimoiy pozitsiyasi, patriarxal qadriyatlar va erkinlik metaforalari
tahlil qilindi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, Badria al-Bishr ijodi o‘zbek
adabiyotshunosligida ilk bor kompleks tarzda o‘rganildi va “Al-A’sho ko‘chasidagi
ishq qissalari” romanining ijtimoiy-madaniy ahamiyati yoritildi. Natijalar arab
adabiyotini o‘rganishda va oliy ta’limda zamonaviy arab romani kurslarida amaliy
qo‘llanilishi mumkin.
TAHLIL VA NATIJALAR
Badriya al-Bishr – 1967-yili Riyozda, Saudiya Arabistonida tug‘ilgan. 1989-yili
Podsho Saud universitetini “jamiyatshunoslik” (sotsiologiya) mutaxassisligi bo‘yicha
tamomlagan, 1997-yili mazkur universitetda magistrlik darajasini olgan, magistrlik
dissertatsiyasining mavzusi “Ertaklarda Najd tarixi” edi.
Badriya al-Bishr 2005-yili Bayrutdagi Amerika universitetida doktoranturani
tamomlab, “Arab Ko‘rfazi jamiyatlarida globalizm. Dubay va Riyoz o‘rtasida qiyosiy
tadqiqot” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, sotsiologiya fanlari
bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor bo‘ladi.
Badriya al-Bishr 1997-2008-yillarda “al-Yamama”, “Riyoz”, “ash-Sharq al-
Avsat” va “al-Hayat” nashrlarida publitsistik faoliyat yuritib, keyinchalik MBC-1
telekanalida ijtimoiy dastur olib bordi hamda “Tosh ma tosh” hajviy serialining
muallifasi sifatida mashhur bo‘ldi.
Badriya al-Bishr zamonaviy saudiy adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lib,
bir necha hikoyalar to‘plami va romanlar muallifidir. Uning mashhur asarlari orasida
“Chorshanba oqshomi”, “Hind va Askar”, “Belanchak”, “Al-A’sho ko‘chasidagi
muhabbat qissalari” va “Payshanbalik ziyoratchi xotin-qizlar” romanlari alohida
o‘rin tutadi.
Adibaning “al-A’sho ko‘chasidagi muhabbat qissalari” romani 2014-yili “Arab
romani xalqaro mukofoti (“Arab Bukeri”) ga tavsiya etilgan edi.
Romandagi bir qator asosiy qahramonlar o‘z erkinligini qidiradi. Aziza arab
ekrani “Sindrella” (“Zolushka”) si hisoblangan Suad Husniyga taqlid qilib, o‘z
muhabbatini izlaydi va misrlik doktor Ahmadni sevib qoladi, chunki u Aziza sevgan
oq-qora filmlar qahramonlari kabi misr shevasida gapiradi. Aziza o‘z jamiyatidan
qochib, Tahiya Kariyuka kabi o‘z taqdirini o‘zi belgilashni xohlaydi. Ba’daviy ayol
Vuzho o‘zining qashshoqligidan qochib, ayollar bozorida ish boshlaydi va ana shu
bozordagi eng katta tijoratchiga aylanadi. Yozuvchi bu o‘rinda sahrodagi shafqatsiz
hayotni bayon etish bilan birga arab jamiyati qiyin ahvolda qolgan muhtoj insonga
yordam qo‘lini cho‘zishi va u o‘z harakati bilan hayotini, kelajagini ta’minlay olishi
imkoniyatini ko‘rsatadi. Atvo qissasi har qanday jamiyatda uchrashi mumkin bo‘lgan
o‘gay ota va o‘gay onaning yetimga nisbatan adolatsizlik qissasidir. Atvo o‘zining
kichkina qishlog‘idan qochadi va o‘zgartirilgan ismidan yana o‘zining asl ismiga
qaytadi, baxtli tasodif tufayli Riyozdagi mustaqil hayotida o‘z kelajagini yaratadi.
Voqealar XX asrning yetmishinchi yillarida Riyoz janubidagi oddiy xalq
mahallalaridan birida islomgacha bo‘lgan qadimiy johiliya davri shoiri nomiga
qo‘yilgan “al-A’sho” ko‘chasida bo‘lib o‘tadi. Hali konditsionerlar yetib kelmagan
paytda odamlar uylarning tomlari sathida uxlardilar. Roman voqealari ana shunday tom
sathilarida paydo bo‘lgan romantik muhabbat hamda oq-qora tasvirdagi romantik
seriallar hikoyasidan boshlanadi.
Mahalla ahli hayotiga kirib kelgan rangli televizor, konditsionerlar o‘zgarishlari
bilan bir qatorda jamiyatdagi diniy konservatizm kuchayishining birinchi qurboni yosh
yigit Saad obrazi ochib beriladi. U 1979-yili ashaddiy ekstremistlar tomonidan Makkai
Mukarramadagi Masjid-al-Haramning egallab olinishi natijasida terrorchilar va
huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari orasida qon to‘kilishiga sabab bo‘lgan
mudhish voqea ishtirokchisiga aylanadi.
Asar qahramonlarining his-tuyg‘ulari jamiyatdagi urf-odatlar devoriga borib
urilgach, beshigidayoq bo‘g‘ilib o‘ladi yoki hech bo‘lmaganda, ushalmagan orzuning
o‘rnini bosishi uchun o‘z yo‘lini o‘zgartiradi. Har ikki holatda ham bu his-tuyg‘ular
egalari mag‘lubiyatga uchraydi, lekin kimki u devorni hatlab o‘ta olsa, shubhasiz,
boshqa natijaga erishadi.
Roman voqealari asarning asosiy qahramonlardan biri Aziza tilidan bayon etilsa,
ba’zi o‘rinlarda u hodisalarning guvohi, kuzatuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Aziza bir jihatdan sevgi munosabatlarining paydo bo‘lishi va uning beshikdayoq
o‘lishi guvohi bo‘lsa, boshqa jihatdan u tasodif tufayli o‘z muhabbatini boshidan
kechiradi, yashirin rivojlangan bu muhabbat voqelik devoriga borib uriladi va nobud
bo‘ladi.
Romandagi aloqalar, munosabatlar urf-odatlar bilan kishanlangan, ashaddiy
konservatizm yuki ostida qolgan. Bu jihatlar ikki jinsning aralashmasligi, ayol
kishining begonalar oldida yuzini ochmasligi, ayol kishining tunda ko‘chaga
chiqmasligi, hijob (abaya) va niqob kiyishi, chet ellik (misrlik va shomlik)lar bilan
turmush qurmaslik, nasl-nasabga e’tibor berish, ko‘ngilxushlikni rad etish, patriarxat
(erkak aqlining) hukmronligi kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Bu “ko‘rinishlar” roman qahramonlarida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Dindor yosh yigit – Saad ekstremistik jamoaga kirib qoladi, uning miyasi yuvilib,
fikrlashi ana shu guruh ta’siri ostiga tushadi, uni o‘z oilasidagi ba’zi yurish-turishlarga
nafrat bilan qarashga yo‘naltiriladi, u ekstremistik guruh bilan birga terroristik aktni
amalga oshirishga qo‘shiladi. Zoriy – o‘zgaruvchan (ikkiyuzlamachi) aka oiladagi
erkak sifatida singlisiga man qilganini o‘ziga mumkin deb hisoblaydi. Abu Filva – ota,
yigirma yoshlik qizini ellik yoshlik erkakka majburlab turmushga beradi. Abu Bijod –
din peshvosi, shariat ahkomlarini buzganlarni qamoqqa olishni buyuradi, o‘zi esa
yoshligini qaytarish uchun yosh qizga uylanish haqida o‘ylaydi.
Shu bilan bir qatorda romanda bir qator ijobiy obrazlar bor. Bular Abu Ibrohim –
oilasini sevuvchi, tushungan, kengfikrli ota; Mit’ab – bag‘rikeng aka; Vuzho –
farzandlari uchun o‘zini fido qilgan, bozorga chiqib, muvaffaqiyatli tijoratchi bo‘la
olgan ona; Muzna – o‘z tanlovida qat’iy turgan va maqsadiga erishishga astoydil
harakat qilgan qiz obrazlaridir.
Asarda ikki turdagi obrazlar bilan bir qatorda ham u tomonga, ham bu tomonga
mansub bo‘lgan obrazlar ham bor. Bir narsani orzu qilib, unga erishishga harakat qilib,
voqelik to‘sig‘iga urilgach, taslim bo‘lib, o‘z yo‘lini o‘zgartirib, unga moslashuvchi
obraz – Avotif, yoki boshqa qulay fursatni kutib yashovchi – Aziza obrazlari ham
mavjud.
“Al-A’sho ko‘chasidagi muhabbat qissalari” romanidagi har bir muhabbat
qissasining bir-biridan farq qiluvchi o‘z tarixi, o‘z yo‘li bor. Lekin ularning barchasi
uchta hokimiyatga bo‘ysunadi, bular – urf-odatlar, diniy ekstremizm, patriarxal
fikrlash. Bu hokimiyatlarga qarshi oshiqlar ibtidoiy usullardan foydalanadilar,
masalan, sevgilisi bilan suhbatlashish uchun tom sathiga chiqishi, yoki biror belgi
qo‘yish, yoki do‘konga borish, yoki kimningdir quchog‘iga kasseta tashlash, yoki
qog‘oz pulga telefon raqamini yozish, yoki telefonda gaplashish va ba’zi holatlarda
maxfiy ziyoratlar qilish. Bu vositalar ham ayol, ham erkak ustidan tengma-teng
o‘rnatilgan nazoratni, ayniqsa, patriarxal ijtimoiy munosabatlar hukmron bo‘lgan
jamiyatda zaif bo‘g‘in hisoblangan ayol ustidan o‘rnatilgan nazorat hajmini aks
ettiradi.
Shu sababdan ham Saad va Avotif muhabbati Saad sovchi qo‘yganida Avotifning
otasi tushungan va bag‘rikeng bo‘lishiga qaramay, rad etishi bilan tugaydi. Albatta, bu
yerda rad etishning sababi hali bir ishning boshini tutmagan Saadning yoshligini
e’tiborga olib, qizining kelajagi haqida o‘ylagani sabab bo‘lsa, boshqa sabab uning
ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolganidir. Avotifning qarindoshi Roshid sovchi
qo‘yganida esa ota rozilik bildiradi.
Otasi tomonidan ellik yoshlik erkakka majburlab turmushga chiqarilgan yigirma
yoshlik Filva to‘yning ertasiga birinchi kuniyoq qochib ketadi. Otasi uni erining uyiga
qaytishga majbur qilganida, u eriga kiyim sotuvchi yosh yigit bilan xiyonat qiladi.
Joziy Saadga turmushga chiqadi, biroq Saad uni kaltaklaydi, erkinligini
cheklaydi. Boshqalardan farqli o‘laroq faqat Muzna falastinlik yosh yigit unga sovchi
qo‘yganida, ba’daviy oilasi qon tozaligi, nasl-nasab va ajdodlar urf-odatlarini sabab
qilib rad etganida voqelikka qarshi chiqishga qaror qiladi. Ukasi Zoriy uni o‘ldirishga
urinadi, undan voz kechish orqali o‘zini oqlashni o‘ylaydi. Biroq Muznaning o‘z tanlov
qarorida qat’iyligi, onasi Vuzhoning hikmati, akasi Mit’abning tushunganligi barcha
ishni o‘z iziga soladi va Muznaning xohishi amalga oshadi, sevgani bilan baxtli,
saodatli va erkin yashaydi.
Shunday qilib, majburlash natijasida munosabatlar o‘z sevmagani bilan bog‘lanib
qolish (Avotif), yoki xiyonat (Filva), yoki tahqirlanish (Joziy) bilan tugasa, ayolning
o‘z tanlovida qattiq turishi (Muzna) baxt-saodat bilan tugaydi.
Azizaning to‘satdan ko‘zi ko‘rmay qolishi misrlik doktor Ahmad bilan
tanishishining bevosita sababidir. Aziza o‘z hayotida otasi va akasidan so‘ng begona
erkak bilan birinchi marta uchrashishi edi. Ahmadning ovozidagi mehr va erkalash
Azizani bir tomonlama xayoliy muhabbatga olib ketadi. Ahmadning opasi muallima
Sumayha xonadonidagi tasodifiy uchrashuv ular o‘rtasidagi munosabatning
boshlanishiga asos soladi, bu munosabat vaqt o‘tishi bilan birga sayrga chiqish,
sovg‘alar almashish, chorshanba oqshomlari telefon suhbatlari orqali sevgiga aylandi.
Aziza misrlikka turmushga chiqishiga oilasining rozilik bermasligini tushunib,
misr filmlaridan ilhomlanib, o‘z orzusini amalga oshirishning kinossenariysini o‘ylab
topadi va Ahmadga xuddi kinofilmlar qahramonlari kabi qochib ketishni taklif qiladi.
Biroq Azizaning orzusi Ahmadning uni sevishiga qaramay, voqeiyligi va
prinsipliligiga duch kelgach, amalga oshmay qoladi. Aziza otasining uyiga qaytadi,
qo‘llab-quvvatlovchi otasi uning o‘zidan bir necha o‘n yosh katta bo‘lgan erkakdan
ozod bo‘lishiga yordam beradi. Mana shu yerda, romanda ifodalanishicha, kinofilm
ssenariylari hayotga mos kelavermasligi, kinoda bo‘ladiganini hayotga tatbiq qilib
bo‘lmasligi xulosalanadi.
Badriya al-Bishr “al-A’sho ko‘chasidagi muhabbat qissalari” romanida voqelik
hodisalari va o‘tmish qoldiqlari modellarini ochib berishga erishgan. U romanning
ijtimoiy fazosida o‘tmishga qaytish va diniy ekstremizmning paydo bo‘lishi sababli
salbiy o‘zgarishlarni fosh qila oladi, bir erkak individning ikki xil me’yorlarini,
jamoaning o‘zini ustun qo‘yishi kabi salbiy jihatlarni ochib bera oldi.
Romanda bu kabi qora zulmatli nuqtalar bo‘lishiga qaramay, ijobiy yorug‘lik
nuqtalari ham mavjud. Bu kelib chiqishi qashshoq bo‘lgan mehnatkash ayol kishining
(Umm Jazzo’, Vuzho, Atvo) jamiyatda o‘z o‘rnini isbotlaganini ochib bera oldi.
Tushungan, qo‘llab-quvvatlovchi erkaklar (Abu Ibrohim, Mit’ab, doktor Ahmad)
obrazlari orqali ana shu ijobiy nuqtalarni, ijobiy jihatlarni ko‘rsata oldi.
Yigirma to‘qqizta bobdan iborat bu asarda hikoya etish vazifasi Azizaga
yuklanadi va bu ish asar qahramoni nomidan mahorat bilan uddalanadi. Biroq bu rol
boshqa obrazlar hikoyalarini bayon etishda o‘z muammosini kinossenariy orqali hal
qilishga intilgan qahramon obrazi bilan uyg‘unlashmaydi, uning g‘ayrivoqeiyligi va
o‘zgaruvchanligi fosh etiladi.
Badriya al-Bishr bir hikoya etish ipidan ikkinchisiga mahorat va osonlik bilan
o‘tadi, bayon etishga aniq miqdorda insoniylikni ta’minlay oladi, u voqelik bilan
xotiralarni uyg‘unlashtira oladi. Shunday qilib, u hozirgi zamonni o‘tmishga ocha oladi
va so‘ng ko‘rinmas harakat orqali uni turli zamonlarda harakatlantira oladi. U bir
hikoya etish birligida makonning turli qismlari va tafsilotlari bilan vasf etishni undagi
inson harakati bilan biriktira oldi. Qahramonning ichkarisi va tashqarisi bilan uning
harakatini roman makonida birlashtirdi.
Badriya al-Bishr o‘zining ijtimoiy va ijodiy faoliyatida arab xotin-qizlarining
erkinligi va huquqlari himoyachisi sifatida qayg‘urayotganini sezishimiz mumkin.
Romandagi shu masalalar yoritilgan ba’zi ko‘rinishlarda to‘xtab o‘tmoqchimiz. Asar
qahramoni Aziza mahalla chetidagi qo‘shnilardan birining uyiga to‘yga borganini va
to‘yda kinofilm namoyish qilinganini, film namoyishi tugamasdan, otasini uyga olib
ketish uchun kelgani haqida so‘zlab, shunday deydi. “Vaqt kech bo‘lgani uchun bizni
olib ketishga otamning o‘zi kelibdi, u bilan uyga ketdik. Favvoz esa filmni oxirigacha
ko‘rgani qoldi. Hayotimda birinchi marta Favvoz kabi o‘g‘il bola bo‘lishni orzu
qildim, shunda film tugamasidan uyga ketishga majbur bo‘lmas edim” (al-Bishr B.,
2025:58).
Ba’daviy ayol Vuzhoning achchiq qismati haqida yozar ekan, uni otasi o‘n
yoshligida turmushga berib yuborganini va sahroda ko‘rgan qiyinchiliklarini ta’sirli
tasvirlaydi. Boshqa bir holatda o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan o‘n yoshli Atvo
turmushga berib yuborilishini bilib, bunday achchiq qismatdan qutulish maqsadida
qishlog‘idan noma’lumlik va noaniqlik sari qochib ketadi.
Adiba jamiyatda ikki jins alohida bo‘lishi, ularning aralashmasligi, hattoki xotin-
qizlarning ovozini begona erkak eshitmasligi kerakligi ruhida tarbiyalangan onaning
fikriga qarshi chiqqan qizining tilidan bu masalaga munosabatini bildiradi.
Maishiy hayotdagi rivojlanishlar qatorida arab oilalariga telefon kirib keladi.
Aziza dugonasi bilan gaplashib go‘shakni qo‘yganida, telefon yana jiringlaydi, u javob
berish uchun go‘shakni ko‘taradi. Qo‘ng‘iroq qilgan otasining do‘sti Abu Fahd u bilan
uzoq salomlashib, o‘qishi haqida, maktabi haqida so‘raydi, otasi aytganidek, a’lochi va
aqllimi, shu haqida so‘raydi, keyin otasi haqida so‘raydi. Yonidan o‘tayotgan onasi
kim bilan gaplashayotganini so‘raydi. U begona erkak ekanligini bilgan onasi “boshini
ushlab, qo‘rqqanicha deydi:
- Unga javob berdingmi? Shuncha gapni u bilan gaplashib o‘tiribsanmi?
- Xudo haqqi, men bu Abu Fahd amaki ekanligi bilmagandim.
O‘sha kundan boshlab onam menga ovozining bokiraligini yo‘qotgan qizday
muomala qila boshladi. Men esa unga qizi telefonga javob berishga xijolat
bo‘lmaydiganligiga odatlanishi kerakligini uqtirdim. Va xato qildim, lekin xatoim meni
telefonga javob bermaydigan hijob kiygan qizlar asirligidan ozod qildi. Bilmayman
nega? Onamga dedim:
- Xudo haqqi, oyi, bu amakim, ya’ni xuddi otam kabi”, deb javob beradi (al-Bishr
B., 2025:95).
Yana bir ko‘rinishda Aziza va uning onasi falastinlik Riyozning onasini ko‘rgani
borishadi, Azizaning onasi yuzini ochib o‘zi keltirgan qahvadan ichib o‘tirganida Abu
Riyoz odatiga ko‘ra xursand bo‘lib, Muznaning mehmonlari bilan salomlashgani kirib
keladi. Azizaning onasi esa shu payt darrov yuzini o‘girib, niqobini qidira boshlaydi.
Mehmondorchilikdan so‘ng uyiga qaytayotgan onasi bu vaziyatdan noqulay ahvolga
tushib, begona erkak uning yuzini ko‘rib qolganidan, “avrati ochilganidan” qayg‘urib
javrab ketadi. Aziza onasiga deydi:
- “Oyi, xuddi erkak kishi, sizni yalang‘och ko‘rganday gapirasiz-a.
- Nima qoldi, yuzimni ko‘rdi, bo‘ldi, - dedi onam.
- Yuzingizni ko‘rdi. Buni o‘zingiz aytyapsiz, u yuzingizdan boshqa hech narsa
ko‘rmadi.
- Esing joyidami? Yuzni ko‘rish harom emasmi? Yuzni ko‘rish man
qilinmaganmi? Alloh bizni jazolamasin, ishqilib, yer zilzilaga uchramasin”, (al-Bishr
B., 2025: 222)- deb tashvish qiladi.
Saudiya jamiyatida bugungi kunda tarixiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Yaqin
yillargacha ayollarga mashina minish huquqi berilmagan bu davlatda katta islohotlar
o‘tkazilib, xotin-qizlar ham jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy
hayotida ham faol ishtirok etmoqdalar.
Badriya al-Bishrning arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan ushbu romani
yaqin kunlarda o‘zbek o‘quvchilariga havola etiladi va ularga manzur bo‘ladi deb umid
qilamiz.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Maqolada Badria al-Bishrning “Al-A’sho ko‘chasidagi ishq qissalari” romani
tahlil qilinar ekan, unda Saudiya jamiyatidagi ayol shaxsining erkinlik sari intilishi,
diniy va ijtimoiy cheklovlarga qarshi kurashi badiiy tarzda ochib berilgan. Adiba o‘z
asarida konservativ qadriyatlar bilan zamonaviylik, patriarxal dunyoqarash bilan ayol
ongining uyg‘onishi o‘rtasidagi ziddiyatlarni yoritadi. Romanning bosh qahramonlari
timsolida insoniy orzu, muhabbat, izzat va o‘zlikni anglash kabi ma’naviy qadriyatlar
talqini markaziy o‘rin egallaydi.
Asarda ayollar obrazlari orqali nafaqat individual erkinlik, balki jamiyatdagi
umumiy islohot, yangilanish va inson huquqlarining badiiy ifodasi aks etgan. Badria
al-Bishr o‘z romanida patriarxal jamiyatning ichki mexanizmlarini, diniy mutaassiblik
va ekstremizmning ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Shu orqali yozuvchi o‘quvchini
zamonaviy Saudiya jamiyatida kechayotgan ruhiy, madaniy va ma’naviy jarayonlar
haqida o‘ylashga undaydi.
Takliflar: 1. Ushbu tadqiqotda olingan natijalar zamonaviy arab romani bo‘yicha
o‘quv dasturlariga, ayniqsa, “Zamonaviy arab adabiyoti” va “Arab ayollari
adabiyotda” kabi maxsus kurslarga kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
2. Badria al-Bishr ijodi bo‘yicha qiyosiy adabiyotshunoslik tadqiqotlari (masalan,
Raja Alem, Umayma al-Xamis, Hind Bag‘affor kabi mualliflar bilan) olib borish
tavsiya etiladi.
3. Saudiya adabiyotining o‘zbek tiliga tarjimalarini kengaytirish, ayol mualliflar
ijodini tizimli o‘rganish ва tanqidiy tahlil qilish milliy adabiyotshunoslik uchun
dolzarb vazifadir.
4. Oliy ta’lim tizimida arab ayollar romanlari bo‘yicha amaliy seminarlar va ilmiy
konferensiyalar tashkil etish orqali ikki xalq madaniy aloqalarini yanada
mustahkamlash maqsаdga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Al-Bishr, B. (2013). Gharāmiyyāt fī shāri‘ al-A‘shā (Love Stories on Al-A‘sha
Street). Beirut: Dar al-Saqi.
2. Abdunnabiy I.S. * *السرد الاستعادي في رواية غراميات شارع الأعشى(Retrospective
narration in “Love Stories on Al-A’sha Street”). Journal of Arabic Narrative Studies,
(2019). 12(3), 55–72.
3. Badriya al-Bishr. “Al-A’sho ko‘chasidagi ishq qissalri”. Arab tildan Murtazo
Saydumarov tarjimasi. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. Toshkent, 2025.
4. Хоlid аl-Yusuf. “Saudiya adabiyotida o‘zga tillardan va o‘zga tillarga tarjima”
(“Аt-Tarjama fi-l-adab as-saudiy min va ila-l-lug’ati l-uxra”. Jidda, Dar al-Manhal.
2020.
5. Al-Qasihiy, L. “Description and Manifestations of Social Dimensions in the
Novel “Love Stories on Al-A’sha Street”. Tamar University Journal of Humanities.
2024. 36(2), 45–61.
6. Al-Rajabi, F. The Effects of Women’s Oppression in Saudi Arabia as Reflected
in the Novels of Badriah Al-Bishr. Arab Women Studies. 2020. 5(1), 22–38.
الوصف وتمظهرات الأبعاد الاجتماعية في الرواية —ليلى قاسحي، مجلة كلية الآداب – جامعة تعز.7
. دراسة أكاديمية ترصد آليات الوصف عبر فضاء السرد والشخصيات، وكيف تكشف الأبعاد الاجتماعية)2024(
. search.mandumah.com+1في النص
، تقنيات السرد النسوي: رواية شارع الأعشى لبدرية البشر – «غراميات» أنموذجًا —معوض مفتاح.8
. ASJP. مقالة تبحث انحياز الصوت السردي النسوي وتمثيلاته في الرواية)2021 ، )الجزائرASJP مجلة
السرد الاستعادي في رواية غراميات شارع الأعشى —إشراق سامي عبدالنبي) متداول عبر منصات.9
. تدرس توظيف الاسترجاع الزمني وبناء الحكايةPDF). الفهرسة العربية ونسخ
FILOLOGIYA Al-BUXORIY 1 son, 2026-yil
.10مقاربة تحليلية للأصوات الساردة في الرواية —سلمان زين الدين، جريدة «اليوم» ) .)2016قراءة
نقدية للراوي وتناوب الأصوات وتقسيم الوحدات السردي.
« .11غراميات شارع الأعشى».. أرواح متمرّدة وأحلام مُجهَضة —مادة نقدية مبكرة في «الجزيرة نت»
) )2014تُبرز تمثيل التحوّلات الاجتماعية والمدينة بوصفها فضاءً سرديًا فاعلًا .الجزيرة نت
« .12غراميات شارع الأعشى» علاقة ملحمية بين الناس والمدينة —قراءة نقدية في صحيفة «العرب»
) )2014تركز على ثنائية المكان والمجتمع. alarab.co.uk
.13رؤية نقدية حديثة مع تزامن المسلسل المقتبس —مقالات 2025تتناول تكامل النص الروائي مع
العمل الدرامي وتمثيل الشخصيات النسائية+. wejhatt.com
.14للاخ نم هتاسبلامو يدوعسلا عمتجملا يف ثيدحتلاُ تايادب .. (2018)دويسإ اضّرلادبع حابص ،ريشبلا
،ةرصبلا بادآ ةلجم .يفاقثلا دقنلا ءوض يفٌ ةسارد :»ىشعلأا عراش تايمارغ« ةياور العدد . .127-94 ،84
https://doi.org/10.33762/1162-000-084-004
.15عراش تايمارغ« ةياور يف يداعتسلااُ درسلا .(ربمسيد/لولأا نوناك . (2019،يماس قارشإ ،يبنلادبع
»، 47(3–4), 82–99. https://doi.org/10.33762/0295-يبرعلا جيلخلا« ةلجم .رشبلا ةيردبل »ىشعلأا
047-003.004-004
.16تايمارغُ ةياور« يو ّْسِنلاِ درَّسلاُ تاينقت .. (2021-12-30)نارهز حاتفم ضوعمو ،باطخلا نينافأ
.». (ASJP, Université Ibn Khaldoun de Tiaret)اًجذومنأ رشبلا ةيردبل ىشعلأا عراش
.17صاحب، سهاد ساعد. الموروث الشعبي في روايات بدري البشر "هند والعسكر"، و"غراميات شارع
الأعشى" نمو-زجًا. مجلة كلية الآداب، .2019
:REFERENCES
الأعشى شارع غراميات رواية في الاستعادي السرد 1. Abdunnabiy, Ishroq Sami (2019)
(Retrospective narration in “Love Stories on Al-A’sha Street”). Journal of Arabic
Narrative Studies. 12(3), 55–72. (In Arabic)
-2. Al-Bishr, Badriyah (2013) Gharāmiyyāt fī shāri‘ al-A‘shā (Love Stories on Al
A‘sha Street). Beirut: Dar al-Saqi. (In Arabic)
3. Al-Qasihiy, Layla (2024) Description and Manifestations of Social Dimensions
in the Novel “Love Stories on Al-A’sha Street”. Tamar University Journal of
Humanities. 36(2), 45–61. (In English)
4. Al-Rajabi, F. (2020) The Effects of Women’s Oppression in Saudi Arabia as
Reflected in the Novels of Badriah Al-Bishr. Arab Women Studies. 5(1), 22–38. (In
English)
5. Al-Bishr, Badriyah (2025) “Al-A’sho ko‘chasidagi ishq qissalari”. Arab tildan
Murtazo Saydumarov tarjimasi. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. Toshkent. (In Uzbek)
6. Al-Yusuf, Khalid (2020) “Saudiya adabiyotida o‘zga tillardan va o‘zga tillarga
-tarjima” (“Аt-Tarjama fi-l-adab as-saudiy min va ila-l-lug’ati l-uxra”). Jidda: Dar al
Manhal. (In Uzbek)
الآداب كلية مجلة .الرواية في الاجتماعية الأبعاد وتمظهرات الوصف 7. Al-Qasihiy, Layla (2024)
الأبعاد تكشف وكيف ،والشخصيات السرد فضاء عبر الوصف آليات ترصد أكاديمية دراسة .تعز جامعة –
. search.mandumah.com+1. (In Arabic)النص في الاجتماعية
- - 15
FILOLOGIYA Al-BUXORIY 1 son, 2026-yil
– البشر لبدرية الأعشى شارع رواية :النسوي السرد تقنيات 8. Muftah, Ma'wad Zahran (2021)
.الرواية في وتمثيلاته النسوي السردي الصوت انحياز تبحث مقالة .(الجزائر) ASJPمجلة .أنموذجًا »غراميات«
ASJP. (In Arabic)
.الأعشى شارع غراميات رواية في الاستعادي السرد 9. Abdunnabiy, Ishroq Sami (2019)
. (Inالحكاية وبناء الزمني الاسترجاع توظيف تدرس . PDFونسخ العربية الفهرسة منصات عبر متداول
Arabic)
.»اليوم« جريدة .الرواية في الساردة للأصوات تحليلية مقاربة 10. Zayn al-Din Salman (2016)
. (In Arabic)السردي الوحدات وتقسيم الأصوات وتناوب للراوي نقدية قراءة
11. «Gharāmiyyāt shāri‘ al-A‘shā».. arwāh mutamarrida wa aḥlām mujhaḍa
سرديًا فضاءً بوصفها والمدينة الاجتماعية التحوّلات تمثيل تُبرز »نت الجزيرة« في مبكرة نقدية مادة (2014)
. (In Arabic)نت الجزيرة .فاعلًا
12. «Gharāmiyyāt shāri‘ al-A‘shā» ‘alāqa malḥamiyya bayna al-nās wa-l-madīna
. alarab.co.uk. (In Arabic)والمجتمع المكان ثنائية على تركز »العرب« صحيفة في نقدية قراءة (2014)
مقالات 13. Ru’ya naqdiyya ḥadītha ma‘a tazāmun al-musalsal al-muqtabas (2025)
. wejhatt.com+. (In Arabic)النسائية الشخصيات وتمثيل الدرامي العمل مع الروائي النص تكامل تتناول
السعودي المجتمع في التحديث بداياتُ 14. Al-Bashir Sabah ‘Abd al-Rida Isyud (2018)
العدد ،البصرة آداب مجلة .الثقافي النقد ضوء في دراسة ٌ:»الأعشى شارع غراميات« رواية خلال من وملابساته
84، 94-127. https://doi.org/10.33762/1162-000-084-004. (In Arabic)
»الأعشى شارع غراميات« رواية في الاستعادي السرد ُ15. Abdunnabiy, Ishroq Sami (2019)
»، 47(3–4), 82–99. https://doi.org/10.33762/0295-047-العربي الخليج« مجلة .البشر لبدرية
003.004-004. (In Arabic)
الن ِّْسوي السَّردِ تقنياتُ 16. Afānīn al-Khiṭāb wa-Mu‘awwaḍ Muftāḥ Zahrān (2021)
.». (ASJP, Université Ibn Khaldoun de Tiaret)أنموذجًا البشر لبدرية الأعشى شارع غراميات روايةُ«
(In Arabic)
،"والعسكر هند" البشر بدري روايات في الشعبي الموروث 17. Sahib Suhad Sa‘id (2019)
. (In Arabic)الآداب كلية مجلة .نموذجًا "الأعشى شارع غراميات"و
- - 16