RUHIY HOLATNI IFODALOVCHI NUTQIY AKTLARNING GENDER
XUSUSIYATLARI TADQIQI DOLZARBLIGI XUSUSIDA
ON THE TOPICALITY OF RESEARCHING GENDER-SPECIFIC
FEATURES OF SPEECH ACTS EXPRESSING MENTAL STATES
О АКТУАЛЬНОСТИ ИССЛЕДОВАНИЯ ГЕНДЕРНЫХ
ОСОБЕННОСТЕЙ РЕЧЕВЫХ АКТОВ, ВЫРАЖАЮЩИХ
ПСИХИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ
https://zenodo.org/records/19260302
Tashpulatova Shirina Ziyoviddin qizi
Oriental universiteti Tillar-2 kafedrasi
katta o‘qituvchisi, PhD.
Tel.: +998 977738886
E-mail: shirinatoshpolatova@icloud.com
Annotatsiya. Jahon tilshunosligida nutqiy aktlarning turli jihatlarini o‘rganish
struktur tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika hamda semantik
tadqiqotlar doirasida shakllangan antropotsentrik yondashuvlar asosida izchil
rivojlanib bormoqda. Ushbu yondashuv doirasida nutqiy akt va uning tarkibiy
qismlarini antropologik nuqtayi nazardan tahlil qilish, xususan, ruhiy holat mazmuniga
ega nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini aniqlash alohida ilmiy ahamiyat kasb
etadi. Maqolada ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning ayol va erkak nutqida
namoyon bo‘lish shakllari, ularning pragmatik va semantik xususiyatlari qiyosiy tahlil
qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida olib borilgan tadqiqot natijalari
gender omilining nutqiy aktlar mazmuni va ifoda vositalariga ta’sirini ochib beradi
hamda ushbu xususiyatlarni tizimlashtirish va tarjima jarayonida hisobga olish
bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.
Kalit so‘zlar: gender, ruhiy holat, nutqiy akt, pragmaligvistika, antropotsentrik
tilshunoslik, lingvakulturologiya, lingvapragmatika, semantika.
Аннотация. В современной лингвистике изучение различных аспектов
речевых актов активно развивается в рамках антропоцентрических подходов,
сформировавшихся в структурной лингвистике, лингвокультурологии,
лингвопрагматике и семантических исследованиях. В данном контексте особую
научную значимость приобретает антропологический анализ речевого акта и его
компонентов, в частности исследование гендерных особенностей речевых актов,
выражающих психическое состояние. В статье рассматриваются способы
репрезентации психических состояний в речи мужчин и женщин, а также их
прагматические и семантические характеристики. На материале английского и
узбекского языков проводится сопоставительный анализ, позволяющий выявить
влияние гендерного фактора на структуру и интерпретацию речевых актов, а
также определить его значение для систематизации языковых средств и
переводческой практики.
Ключевые слова: гендер, психическое состояние, речевой акт,
антропоцентрическая лингвистика, лингвокультурология, лингвопрагматика,
семантика.
Annotation. In modern linguistics, the study of various aspects of speech acts has
been steadily developing within anthropocentric approaches formed in the framework
of structural linguistics, linguistic and cultural studies, pragmatics, and semantic
research. Within this paradigm, special attention is paid to the anthropological analysis
of speech acts and their components, particularly to the investigation of gender-specific
features of speech acts expressing mental states. This article focuses on identifying and
analyzing the ways in which mental states are verbalized in male and female speech,
as well as on revealing their pragmatic and semantic characteristics. Based on a
comparative analysis of English and Uzbek language materials, the study demonstrates
the influence of gender on the structure, expression, and interpretation of speech acts.
The results contribute to the systematization of gender-related features and provide
theoretical insights that may be applied in translation studies and intercultural
communication.
Key words: gender, mental state, speech act, pragmatics, anthropocentric
linguistics, lingoculturology, linguopragmatics, semantics.
KIRISH
Zamonaviy tilshunoslikda nutqiy faoliyatni inson omili bilan uzviy bog‘liq holda
tadqiq etish muhim ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Nutqiy aktlar milliymadaniy, ijtimoiy, axloqiy va psixologik omillarning lisoniy birliklar orqali
voqelanishini ta’minlovchi murakkab kommunikativ jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Shu bois nutqiy aktlarning semantik va pragmatik xususiyatlarini gender prizmasida
o‘rganish tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
So‘nggi yillarda gender masalasi qiyosiy tilshunoslik, sotsiolingvistika,
pragmalingvistika, psixolingvistika hamda tarjima nazariyasi doirasida keng tadqiq
etilmoqda. Ayol va erkak jinsiga mansub shaxslarning nutqidagi farqlar, ularning idrok
va ruhiy holatini ifodalash usullari, mazkur xususiyatlarning nutqiy aktlarda namoyon
bo‘lish mexanizmlarini aniqlash ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ruhiy holatni
ifodalovchi nutqiy aktlarning ingliz va o‘zbek tillari doirasida chog‘ishtirib o‘rganilishi
individual nutqni obyektiv baholash, shuningdek, tarjima jarayonida mazmuniy
ekvivalentlikni ta’minlash imkonini beradi.
Mazkur tadqiqot ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender
xususiyatlarini ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyosiy tahlil qilishga
qaratilgan bo‘lib, nutqiy muloqot jarayonida inson omilining lisoniy ifodasini
yoritishga xizmat qiladi.
Dunyo tilshunosligida nutqning gender ko‘rsatkichlarini turli tillar kesimida tahlil
qilish, tarjima variantlari va semantik tarkibida gender semasi mavjud leksik
birliklarning leksikografik talqinini tahlil qiluvchi tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotlar asosan gender ko‘rsatkichi yaqqol ifodalangan lisoniy birliklarni nutqdan
ajratilgan holda tahlil qiladi. Nutqiy akt milliy, madaniy, axloqiy, mental omillarning
lisoniy birliklar vositasida voqelanishini namoyon qiluvchi jonli jarayondir. Ruhiy
holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini yoritish vositasida tilning
voqelanishda inson omili bilan bog‘liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini sharhlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Nutqiy aktning turli semantik va pragmatik ko‘rsatkichlari analizi struktur
tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika, semantik tadqiqotlarda
yuzaga chiqqan antropotsentrik yondashuv asosida amalga oshirilmoqda. Nutqiy akt
va uning komponentlarini gender prizmasida tahlil qilish, xususan, ingliz va o‘zbek
tillarida ruhiy holat mazmuniga ega nutqiy aktlarning gender ko‘rsatkichlarini
qiyoslash hamda chog‘ishtirish, ushbu xususiyatlarini aniqlash, tizimlashtirish va
tarjimasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Nutq insoniyat taraqqiyoti, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat munosabatlarida eng
muhim ahamiyat kasb etadi. Til ijtimoiy hodisa o‘laroq, jamiyatda voqelanib,
insoniyatning eng muhim muloqot ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Muloqot
jarayonining kommunikativ-pragmatik jihatlari pragmalingvistikaning asosiy obyekti
sifatida maxsus tadqiq etiladi (Grice P., 1975:23-53). Shuningdek, bu masalalar
qiyosiy tilshunoslik, sotsiolingvistika, uslubiyat, tarjima nazariyasi,
lingvomadaniyatshunoslik, va psixolingvistika doirasida o‘rganilgan. Ayol va erkak
jinsiga mansub shaxslarning nutqidagi farqlar, ularning idrok va ruhiyatidagi tafovutlar
nutqda qanday aks etishi, ushbu o‘ziga xosliklarni nutqda ifodalovchi vosita hamda
mexanizmlar jahon va o‘zbek tilshunoslarini qiziqtirib kelgan masalalardan biri
hisoblanadi.
Zamonaviy o‘zbek tilshunosligida matnning lisoniy va nolisoniy xususiyatlarini
tahlil qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, gender masalasi tadqiqi ham
badiiy matn doirasida olib boriladi. Milliy adabiyotda gender xususiyatlarining
namoyon bo‘lishi tadqiqotchilarni qiziqtirgan mavzulardan biri (Boymirzayeva S.,
2009). Pragmalingvistika nutqni inson subyekti va lisoniy qonuniyat (obyektivlik)
prizmasida ko‘zdan kechirar ekan, muayyan mazmundagi nutqiy aktlar va ulardagi
aniq bir xususiyat doirasida cheklanish xulosalarning aniq, yaxlit va tizimiy bo‘lishini,
tadqiqotning izchilligini ta’minlaydi. Ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning
gender xususiyatlarini ingliz va o‘zbek tillari doirasida chog‘ishtirish vositasida
individual nutqqa obyektiv baho berish zaruriyati mavjud.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, tavsifiy, semantik va pragmatik tahlil
metodlaridan foydalanildi. Ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender
xususiyatlarini aniqlashda ingliz va o‘zbek tillariga oid badiiy matnlar asosiy tadqiqot
materiali sifatida tanlandi. Tadqiqot jarayonida nutqiy aktlarning mazmuniy va
funksional jihatlari antropotsentrik yondashuv asosida tahlil qilindi. Mazkur
metodologik yondashuv tadqiqotning ilmiy yangiligi va nazariy asoslangan
xulosalarini ta’minladi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Nutqning gender ko‘rsatkichlarini turli tillar kesimida tahlil qilish, tarjima
variantlari va semantik tarkibida gender semasi mavjud leksik birliklarning
leksikografik talqinini tahlil qiluvchi tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Tadqiqotlar
asosan gender ko‘rsatkichi yaqqol ifodalangan lisoniy birliklarni nutqdan ajratilgan
holda tahlil qiladi. Nutqiy akt milliy, madaniy, axloqiy, mental omillarning lisoniy
birliklar vositasida voqelanishini namoyon qiluvchi jonli jarayondir. Ruhiy holatni
ifodalovchi nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini yoritish vositasida tilning
voqelanishda inson omili bilan bog‘liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini sharhlash
zarur.
Nutqiy akt nazariyasi zamonaviy tilshunoslikda kommunikativ jarayonni
tushuntirishning muhim metodologik asosi hisoblanadi. Nutqiy akt inson tafakkuri,
ijtimoiy tajribasi hamda psixologik holatining lisoniy shakllanish jarayonini o‘zida
mujassam etadi. Ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlar esa shaxsning ichki
kechinmalari, hissiy holati va psixologik munosabatlarini nutqda ifodalovchi
murakkab pragmatik birliklar sifatida namoyon bo‘ladi.
Gender omili nutqiy aktlarning mazmuniy va pragmatik xususiyatlariga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Ayol va erkak nutqida ruhiy holatni ifodalashda qo‘llaniladigan
lisoniy vositalar, baholash birliklari, emotsional-ekspressiv unsurlar hamda
kommunikativ strategiyalar o‘zaro farqlanadi. Ushbu farqlar milliy-madaniy omillar
bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, har bir til tizimida o‘ziga xos tarzda namoyon
bo‘ladi.
Ingliz va o‘zbek tillarida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarni qiyosiy
o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilida individualizmga yo‘naltirilgan ochiq
emotsional ifoda ustuvor bo‘lsa, o‘zbek tilida kollektiv ong, madaniy me’yor va nutqiy
etiket bilan bog‘liq bilvosita ifodalar kengroq uchraydi. Bu holat genderga xos nutqiy
xulq-atvor shakllarida ham o‘z aksini topadi.
Pragmalingvistik nuqtayi nazardan qaralganda, ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy
aktlarda kontekst, kommunikativ vaziyat va nutq ishtirokchilarining o‘zaro munosabati
muhim ahamiyat kasb etadi. Gender omili ushbu jarayonda nutqiy strategiyani tanlash,
nutqning bilvositaligi yoki bevositaligi, emotsional baholash darajasini belgilovchi
asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Shuningdek, tarjima jarayonida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender
xususiyatlarini inobatga olish muhimdir. Ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tarjimada
genderga xos emotsional yuklama, baholash semantikasi va pragmatik ma’no
mosligini ta’minlash tarjimonning asosiy vazifalaridan biridir. Aks holda, nutqiy
aktning kommunikativ maqsadi va ruhiy mazmuni to‘liq aks etmasligi mumkin.
Badiiy matndan olingan misollar tahlili ushbu xulosalarni yanada asoslash
imkonini beradi. Jumladan, ingliz adabiyotida ayol personajlar nutqida ruhiy holat
ko‘pincha ochiq emotsional baholash birliklari, modal fe’llar va intensifikatorlar orqali
ifodalanadi. Masalan, J. Austen asarlarida ayol qahramonlarning ichki kechinmalari
nutqiy aktlar orqali bilvosita emas, balki ochiq va emotsional tarzda ifodalanadi. Erkak
personajlar nutqida esa ruhiy holat ko‘pincha bilvosita, vazmin va mantiqiy
konstruksiyalar orqali namoyon bo‘ladi.
O‘zbek badiiy matnlarida esa, masalan, A.Qodiriy (2018:384) yoki O‘.Hoshimov
(2015:336) asarlarida ayol personajlar ruhiy holatini ifodalashda iltimos, muloyimlik
va hissiy ohang ustuvorlik qiladi. Erkak personajlar nutqida esa ruhiy holat ko‘proq
ichki monolog, sukut yoki kinoya orqali ifodalanadi. Bu holat o‘zbek madaniyatiga xos
nutqiy etiket va gender rollari bilan izohlanadi.
Mazkur badiiy misollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy
aktlarning gender xususiyatlari nafaqat lisoniy, balki madaniy va psixologik omillar
bilan ham uzviy bog‘liqdir. Ushbu jihatlarni hisobga olish nutqiy aktlar tahlilining
ilmiy asoslanganligini ta’minlaydi.
Ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini yanada aniqroq
ochib berish maqsadida ingliz va o‘zbek badiiy matnlaridan olingan real misollar tahlil
qilindi. Jumladan, J. Austenning “Pride and Prejudice” (1981:480) romanida Elizabeth
Bennet obrazining ruhiy holati nutqiy aktlar orqali quyidagicha ifodalanadi: “I cannot
determine what to say about it… You must allow me to tell you how ardently I admire
and love you.” Mazkur nutqiy aktda ayol personajning ichki kechinmalari modal
birliklar, ochiq emotsiyalar orqali ifodalanib, genderga xos emotsionallikni namoyon
etgan. Erkak personaj Mr. Darcy nutqida esa, ruhiy holat bilvosita va vazmin shaklda
ifodalanadi: “You must allow me to tell you how ardently I admire and love you,”
jumlasida ham mantiqiy izchillik ustuvorlik qiladi. Bu holat erkak nutqiga xos
pragmatik xususiyat sifatida talqin etiladi.
O‘zbek badiiy adabiyotida ham shunga o‘xshash gender farqlari kuzatiladi.
Masalan, A. Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida Kumush obrazining ruhiy holati
quyidagi nutqiy akt orqali ifodalanadi: “Men sizga ishonaman, ammo ko‘nglim
bezovta…”. Ushbu jumlada ayol personajning ruhiy holati muloyimlik, ishonch va
ichki kechinma orqali ifodalanib, bilvosita emotsional baholashga asoslanadi. Roman
qahramoni Otabek nutqida esa ruhiy holat ko‘proq ichki monolog va vazmin ohang
orqali namoyon bo‘ladi: “Bu ishning oxiri nima bo‘lar ekan?”, degan savol shaklidagi
nutqiy akt erkak nutqiga xos mulohazalik va hissiylikni ifodalaydi.
Keltirilgan misollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida
ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlar genderga xos lisoniy vositalar, emotsional ifoda
darajasi hamda pragmatik strategiyalar orqali farqlanadi. Ushbu farqlarni qiyosiy
o‘rganish nutqiy aktlar nazariyasini boyitish bilan birga, tarjima jarayonida mazmuniy
va pragmatik ekvivalentlikni ta’minlash uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy hayot, turli tarmoqlardagi taraqqiyotning asosiy sharti insonlarning
o‘zaro muloqoti, u yoki bu shakldagi nutqiy aktlaridir. Til mana shu zaruratni
qoplovchi asosiy vosita bo‘lganligi sababli, muloqot jarayonining kommunikativ-
pragmatik jihatlari pragmalingvistikaning asosiy obyekti sifatida maxsus
o‘rganilganda til materialidan unumli foydalanish borasida tavsiyalar shakllantirish
imkoni tug‘iladi. Tilning gender xususiyatlari qiyosiy tilshunoslik, sotsiolingvistika,
uslubiyat, lingvomadaniyatshunoslik, psixolingvistika va tarjima nazariyasi doirasida
tadqiq etilmoqda. Ayol va erkak jinsiga mansub shaxslarning nutqidagi farqlar,
ularning idrok va ruhiyatidagi tafovutlar nutqda qanday aks etishi, ushbu o‘ziga
xosliklarni nutqda ifodalovchi vosita hamda mexanizmlar jahon va o‘zbek
tilshunoslarini qiziqtirib kelgan, chog‘ishtirma antropotsentrik tilshunoslikning asosiy
tadqiq obyekti bo‘la oladi.
Hozirda o‘zbek va ingliz tilshunosligida matnning lisoniy va nolisoniy
xususiyatlarini tahlil qilish dolzarb masalalardan biri (Turniyazov N., Yo‘ldoshev B.,
2006., yana: Boymirzayeva S., 2009). Bunda nutqiy aktning gender ko‘rsatkichlarini
badiiy, rasmiy matnlar doirasida tahlil qilish mumkin. Hozirda ruhiy holatni
ifodalovchi nutqiy aktlarning gender xususiyatlarini ingliz va o‘zbek tillari doirasida
chog‘ishtirish vositasida individual nutqqa obyektiv baho berish zarurati mavjud.
Jumladan, ingliz va o‘zbek tilshunosligida nutqiy aktlarning gender xususiyatlari
tadqiqi xulosalarini umumlashtirish, nutqiy aktda gender xususiyatlari namoyon
bo‘lishining kognitiv va lingvopsixologik asoslarini ochib berish lozim. Shu asnoda
ingliz va o‘zbek tilida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlardagi gender
ko‘rsatkichlarining milliy-madaniy xususiyatlari yuzaga chiqadi. Ingliz va o‘zbek
tilida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender ko‘rsatkichlarini
chog‘ishtirish vositasida ushbu ma’noni ifodalovchi elementlarning tarjimasini
takomillashtirish yuzasidan nazariy tavsiyalar ishlab chiqish mumkin.
Mamlakatimizdagi bugungi ijtimoiy taraqqiyot, axborot-kommunikatsiya
sohasini rivojlantirishga qaratilgan strategik harakatlarning amalga oshirilishi, o‘zbek
tilining davlat tili sifatida nufuzi mustahkamlanishi, milliy-madaniy
qadriyatlarimizning jahon miqyosida targ‘ib qilinayotgani tilning antropotsentrik
xususiyatlarini namoyon qiluvchi mavzularga e’tibor qaratishni taqozo qilmoqda. Bu
borada mamlakatimiz rahbarining quyidagi fikrlari o‘rinlidir: “Har birimiz davlat tiliga
bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni
ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga
aylantirishimiz kerak” (PQ-4479). Tadqiqot natijasida ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy
aktlarning gender xususiyatlarini o‘rganish, ingliz va o‘zbek tillari doirasida qiyoslash
asnosida yosh avlod ongiga vatanparvarlik, ona tiliga, ma’naviy qadriyatlarga hurmat
tuyg‘ulari singdiriladi hamda bugungi globallashuv jarayonida zamon talablariga javob
bera oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallagan, keng fikrlaydigan kadrlar
yetishib chiqadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, ruhiy holatni ifodalovchi nutqiy aktlarning gender
xususiyatlarini tadqiq etish zamonaviy antropotsentrik tilshunoslikning muhim
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida olib
borilgan qiyosiy tahlil ushbu nutqiy aktlarning genderga xos lisoniy, pragmatik va
madaniy xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gender omili nutqiy aktlarning mazmuniy
tuzilishi, emotsional-ekspressiv vositalar tanlovi hamda kommunikativ strategiyalarda
muhim rol o‘ynaydi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olish tilshunoslik tadqiqotlarining
ilmiy salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, tarjima nazariyasi va amaliyotini
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur tadqiqot natijalari pragmalingvistika, gender tilshunosligi va qiyosiy
tilshunoslik sohalarida olib boriladigan keyingi ilmiy izlanishlar uchun nazariy va
amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-son
Qarori. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul
qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida // lex.uz – 2019. – 5-oktabr. –
URL: https://lex.uz/docs/-4664611
2. Abdullayeva D. (2023). Gender tushunchasi va uning o‘zbek tilidagi
xususiyatlari. Central Asian Journal of Education and Innovation, 2(4, Part 2), 135–
139.
3. Арутюнова Н. Д. (1985). Истоки, проблемы и категории прагматики.
4. Падучева Е.В., Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 16:
Лингвистическая прагматика.
5. Atlas D. (2005). Logic, meaning and conversation: Semantical
underdeterminacy, implicature, and their interface. Oxford University Press.
6. Boymirzaeva S. (2009). Matn mazmunida temperollik semantikasi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.
7. Grice P. (1975). Method in philosophical psychology (From the banal to the
bizarre). Proceedings and Addresses of the American Philosophical Association, 48,
23–53.
8. Grice P. (1978). Further notes on logic and conversation. In P. Cole (Ed.),
Syntax and semantics: Pragmatics Vol. 9, pp.
9. Grice P. (1981). Presupposition and conversational implicature. In P. Cole
(Ed.), Radical pragmatics.
10. Jacob L. (2006). Pragmatics: Overview. In Encyclopedia of language &
linguistics (2nd ed., pp. 51–62). Elsevier.
11. Кифер Ф. (1985). Роли прагматики в лингвистическом описании в Новое
в зарубежной лингвистике. Вып. XVI. Прогресс.
12. Turniyazov N., Yo‘ldoshev B. (2006). Matn tilshunosligi.
13. Wierzbicka A. (2006). Cross-cultural pragmatics: The semantics of human
interaction. Mouton de Gruyter.
14. Xo‘jayev N. (2022). Abdulla Oripov she’riyatidagi personaj nutqining gender
xususiyatlari. In O‘zbek amaliy filologiyasi istiqbollari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari (p. 281).
15. Yuldasheva X. (2021). Badiiy matnda shaxs gender xususiyatlarining
namoyon bo‘lishi. So‘z san’ati xalqaro jurnali 4(4), 97–102.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019, October 4). O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini
keng nishonlash to‘g‘risida (PQ-4479-son Qaror). https://lex.uz/docs/-4664611 (In
Uzbek)
2. Abdullayeva D. (2023). Gender tushunchasi va uning o‘zbek tilidagi
xususiyatlari. Central Asian Journal of Education and Innovation, 2(4, Part 2), 135-
139. (In Uzbek)
3. Арутюнова N. D. (1985). Istoki, problemy i kategorii In E. V. Paducheva
(Ed.), Novoe v zarubezhnoi lingvistike. Vyp. 16: Lingvisticheskaia pragmatika (pp.
28). Progress. (In Russian, Cyrillic script transliterated)
4. Atlas D. (2005). Logic, meaning and conversation: Semantical
underdeterminacy, implicature, and their interface. Oxford University Press. (In
English)
5. Boymirzaeva S. (2009). Matn mazmunida temperollik semantikasi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. (In Uzbek)
6. Grice P. (1975). Method in philosophical psychology (From the banal to the
bizarre). Proceedings and Addresses of the American Philosophical Association, 48,
23-53. (In English)
7. Grice P. (1978). Further notes on logic and conversation. In P. Cole (Ed.),
Syntax and semantics: Pragmatics (Vol. 9, pp.). Academic Press. (In English)
8. Grice P. (1981). Presupposition and conversational implicature. In P. Cole
(Ed.), Radical pragmatics Academic Press. (In English)
9. Jacob L. (2006). Pragmatics: Overview. In Encyclopedia of language &
linguistics (2nd ed., pp. 51-62). Elsevier. (In English)
10. Кифер F. (1985). Roli pragmatiki v lingvisticheskom opisanii. In Novoe v
zarubezhnoi lingvistike. Vyp. XVI. Progress. (In Russian, Cyrillic script transliterated)
11. Paducheva E. V. (Ed.). (1985). Novoe v zarubezhnoi lingvistike. Vyp. 16:
Lingvisticheskaia pragmatika. Progress. (In Russian, Cyrillic script transliterated)
12. Turniyazov N., Yo‘ldoshev B. (2006). Matn tilshunosligi. (In Uzbek)
13. Wierzbicka A. (2006). Cross-cultural pragmatics: The semantics of human
interaction. Mouton de Gruyter. (In English)
14. Xo‘jayev N. (2022). Abdulla Oripov she’riyatidagi personaj nutqining gender
xususiyatlari. In O‘zbek amaliy filologiyasi istiqbollari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari (p. 281). (In Uzbek)
15. Yuldasheva X. (2021). Badiiy matnda shaxs gender xususiyatlarining
namoyon bo‘lishi. So‘z san’ati xalqaro jurnali, 4(4), 97–102. (In Uzbek)