XIX ASR IKKINCHI YARIMIDA TURKISTONDA MAHALLIY
TADBIRKORLARNING YANGI AVLODINING SHAKLLANISHI
THE FORMATION OF A NEW GENERATION OF LOCAL
ENTREPRENEURS IN TURKESTAN IN THE SECOND HALF OF THE
19TH CENTURY
ФОРМИРОВАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ МЕСТНЫХ
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЕЙ В ТУРКЕСТАНЕ ВО ВТОРОЙ ПОЛОВИНЕ XIX
ВЕКА
https://zenodo.org/records/19260636
Tayronov Yoqubjon Rapiqovich
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy
pedagogika universiteti Tarix kafedrasi mudiri,
tarix fanlari nomzodi, dotsent
Tel.: 998 93-532-73-32
E-mail: yoqubjon.tayronov@bk.rutel
Annotatsiya. Ushbu maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston Rossiya
imperiyasining mustamlakasiga aylangandan keyin, mintaqada mahalliy
tadbirkorlarning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan o‘rni, ularning savdo ishlari, o‘lkadan
tashqarida olib borgan savdo ishlari bayon etilgan. Shuningdek, hukmron ma’muriyati
mahalliy madaniyat va qadriyatlarga hurmatsizlik ko‘rsatish bilan birga ularning
faoliyatini cheklashga urinsa-da, lekin o‘lkada vujudga kelgan bozor munosabatlari va
sanoat taraqqiyoti ta’sirida yirik savdogar va sanoatchilar (Tojimuhammad
Isammuhammad o‘g‘li, Saidkarim Sayida’zimboy o‘g‘li, Mirkomil Mo‘minboev, akauka O‘rinboyevlar, S.I. Nazarov va boshqalar) shakllangan. Ular paxta tozalash,
ko‘nchilik, g‘isht va boshqa sohalarda korxonalar ochib, hatto Yevropa bozorlarida
faoliyat yuritdi. Mustamlakachilik siyosati milliy boylarning faoliyatiga to‘siqlar
qo‘ydi, ammo shunga qaramasdan ular jamiyatda faol bo‘lib, yurt taqdiri, yoshlar
kelajagi uchun kurashdilar va bu borada jadidlarni har tomonlama qo‘llabquvvatladilar.
Kalit so‘zlar: tadbirkorlik, savdo-sotiq, sarmoyador, zavod va fabrikalar,
Turkiston, mustamlakachilik, milliy tadbirkorlar, sanoat rivoji, paxta tozalash,
tadbirkorlar qatlami, rus ma’muriyati, yirik boylar.
Abstract. This article describes the role of local entrepreneurs in the development
of society in the region, their trade activities, and their trade activities outside the
country after Turkestan became a colony of the Russian Empire in the second half of
the 19th century. Also, although the ruling administration tried to limit their activities,
showing disrespect for local culture and values, under the influence of market relations
and industrial development that emerged in the country, large merchants and
industrialists (Tajimuhammad Isammuhammad oglu, Saidkarim Sayida'zimboy oglu,
Mirkomil Mominbaev, the Orinbaev brothers, S.I. Nazarov, etc.) were formed. They
opened enterprises in cotton ginning, tanning, brick and other industries, and even
operated in European markets. Colonial policies placed obstacles to the activities of
national intellectuals, but despite this, they remained active in society, fought for the
fate of the country and the future of its youth, and provided comprehensive support to
the jadids in this regard.
Keywords: entrepreneurship, trade, investors, factories and mills, Turkestan,
colonialism, national entrepreneurs, industrial development, cotton ginning,
entrepreneurial class, Russian administration, big businessmen.
Аннотация. В данной статье описывается роль местных предпринимателей
в развитии общества региона, их торговая деятельность, а также их торговая
деятельность за пределами страны после того, как Туркестан стал колонией
Российской империи во второй половине XIX века. Кроме того, несмотря на
попытки правящей администрatsiи ограничить их деятельность, проявляя
неуважение к местной культуре и ценностям, под влиянием рыночных
отношений и промышленного развития, возникших в стране, сформировались
крупные купцы и промышленники (Таджимухаммад Исаммухаммад оглу,
Саидкарим Сайидазимбой оглу, Миркомил Моминбаев, братья Оринбаевы, С.И.
Назаров и др.). Они открывали предприятия по хлопкоочистке, кожевенному
производству, кирпичному и другим отраслям, и даже работали на европейских
рынках. Колониальная политика ставила препятствия для деятельности
нatsiональной интеллигенции, но, несмотря на это, они оставались активными в
обществе, боролись за судьбу страны и будущее её молодёжи, и оказывали
всестороннюю поддержку джадидам в этом отношении.
Ключевые слова: предпринимательство, торговля, инвесторы, фабрики и
заводы, Туркестан, колониализм, нatsiональные предприниматели,
промышленное развитие, хлопкоочистка, предпринимательский класс,
российская администрatsiя, крупные капиталисты.
KIRISH
O‘lka butunlay bosib olingandan keyin hukmron rus ma’muriyati o‘z maqsadi
yo‘lida barcha sohalarda o‘zgarishlar qilib, mintaqaning har tomonlama tanladi. Ular
mahalliy millat manfaatlariga hurmatsizlik ko‘rsatib, ularning madaniyati, urf-odatlari,
qadriyatlarini oyoq osti qildi va xalqning siyosiy, huquqiy ongini o‘sishiga, ma’naviyma’rifiy boyishiga qattiq qarshilik qildi. Shuningdek, ayrim borada milliy tadbirkorlar
sinfining shakllanishi va rivojlanishiga ham to‘sqinliklar qilib, ular faoliyatini
cheklashga urindi. Lekin, o‘lkada vujudga kelgan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy vaziyat sarmoyadorlar qatlamining o‘sib borishiga zamin yaratdi.
Mustamlaka sharoitida bozor munosabatlari hamda sanoat taraqqiyoti ortidan o‘z
mehnatlari evaziga mablag‘ to‘plagan sanoatchi boylar kirib keldi. Shu bilan birga
o‘lkada mol-mulklari ota-bobolaridan meros bo‘lib, katta-katta yеrlar va joylardagi
ko‘chmas mulklarga ega tadbirkorlar ham bor edi. Ular ulgurji savdo-sotiq ishlari bilan
shug‘ullanish orqali mablag‘larini orttirish bilan birga merosiy mulklaridan ham katta
foyda olishgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan sharoit taqozosi bilan ularning
ko‘pchiligi yirik savdo-sanoat egalariga aylangan. Mirkomil Mo‘minboyev, Mullo
Abdulloh Muhammedov, Bobojon Sarimsoqov, Ahmadjon Yusufboyev, Nig‘matulla
Xo‘jayevlar shular jumlasidandir . Ular nafaqat mintaqada balki, chet ellarda ham
samarali savdo faoliyatlarini olib borishgani manbalarda o‘z aksini topgan. Masalan,
Mirkomil Mo‘minboev asosiy savdo muomalasini chet el banklari va firmalari bilan,
toshkentlik yirik sarmoyador Tojimuhammad Isomuhammad o‘g‘li Parij, London
shaharlaridagi yarmarkalarda ishtirok etib, yеvropalik savdogarlar bilan savdo
aloqalarini o‘rnatdi (Turkiston viloyatining gazeti, 1900-yil, 45-46-47-sonlari).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili uch bosqichda amalga oshirildi. Xususan,
dissertatsiyalar, arxiv materiallari va ilmiy monografiyalar chuqur tahlil qilindi.
Masalan, R.A. Yo‘ldashevning (1994) avtoreferati milliy tadbirkorlarning shakllanish
jarayonini tahlil qiladi. Muallif arxiv materiallariga tayangan holda, bir qator
sarmoyadorning chet el savdo aloqalarini yoritadi va ularning rus ma’muriyati
tomonidan cheklanishini ko‘rsatadi. Ishning kuchli tomoni – statistik ma’lumotlar
(masalan, 1915-yilga kelib 753 ta korxona) va manbalar ro‘yxati alohida ko‘rsatib
o‘tiladi.
N.Yu. Patapovaning (История предапринимательства в Туркестане (второя
половина XIX-начало ХХ вв.), Автореф. дис. ... канд. ист. наук –Т., 2002)
avtoreferati tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy kontekstini o‘rganadi. Muallif o‘lkada
paxta sanoati va ko‘nchilikdagi mahalliy korxonalar va ularning egalari (masalan,
Mirkomil Mo‘minboev, Mullo Abdulloh Muhammedov, Bobojon Sarimsoqov,
Ahmadjon Yusufboev, Nig‘matulla Xo‘jaevlar) haqida batafsil ma’lumot beradi.
Shuningdek, Кастелскаянинг З.Д. “Из истории Туркестанского края” (1980)
kitobi rus mustamlakachiligi davridagi sanoat rivojini yoritadi. Muallif Toshkentdagi
birinchi suv tegirmoni (1867) va ko‘n zavodlari (Xuludov M.A., 1868) haqida arxiv
ma’lumotlariga asoslanib, rus va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasidagi raqobatni tahlil
qiladi. Kitobning afzalligi – geografik va xronologik yondashuv, ammo mahalliy millat
vakillarining hissasini kam baholash sovet ideologiyasining izi sifatida ko‘rinadi. A.I.
Dobrosmislov “Ташкент прошлом и настоящем” asarida (1911) shahardagi savdo va
sanoat korxonalarini tasvirlaydi. Bu ish birlamchi manba sifatida qimmat, lekin rus
markazi nuqtayi nazar tufayli obyektiv emas. M. Babaxonov (1970) Shimoliy
Tojikiston (Turkistonning bir qismi)da paxta va teri savdosini o‘rganadi. Muallif
mahalliy tadbirkorlarning Yevropa bozorlariga chiqishi (masalan, Arabov aka-
ukalari)ni ta’kidlaydi, ammo sinfiy kurash nuqtayi nazaridan tahlil qiladi. N.
Musayevning “Turkistonda sanoat ishlab chiqarishning vujudga kelishi” (1999)
monografiyasi mahalliy korxonalar soni va ularning texnologik orqada qolishini
yoritadi.
“Turkiston viloyatining gazeti” (1900, №45-47; 1916, №8) va “Sadoi Turkiston”
(1914, №3) gazetalari jadid maktablari yopilishi va milliy matbuotga yordam haqida
xabar beradi. Mir Muhsinning “Milliy matbuot” (1916) maqolasi mustamlakachilik
cheklovlarini tanqid qiladi. Zamonaviy jurnallarda D. Ziyoyevaning “O‘zbekiston
tarixi” (2009, №1) maqolasi Toshkentdagi ma’muriy o‘zgarishlarni tahlil qiladi.
Akrom Akmal o‘g‘lining “Sharq yulduzi” (1992, №5) maqolasida Mirkomil
Mo‘minboy haqida batafsil ma’lumot beradi. Ushbu maqolalar mavzuning ijtimoiy
jihatini yoritadi, ammo ularning ko‘pchiligi publitsistik xarakterda va ilmiy dalillarga
kamroq tayangan.
O‘zR Milliy Arxivi materiallari (masalan, 1-jamg‘arma, 16-ro‘yxat, 1932-hujjat;
36-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 3167-hujjat) korxonalar daromadlari va shartnomalari
(masalan, 1872-yildagi g‘isht yеtkazib berish shartnomasi) haqida batafsil ma’lumot
beradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot ilmiy yondashuv sifatida tarixiy-ijtimoiy metodologiyaga asoslangan
bo‘lib, tarixiy tahlil va kontent-tahlil usullari qo‘llanildi. Shuningdek, statistik analiz-
sintezdan ham foydalanildi. Bu yondashuv mavzuning murakkabligini hisobga olgan
holda tanlangan: bir tomondan, tarixiy manbalarni tahlil qilish orqali kontekstni ochib
berish, ikkinchi tomondan, statistik ma’lumotlar (masalan, korxonalar soni,
daromadlar) orqali iqtisodiy o‘sish dinamikasini ko‘rsatish.
TAHLIL VA NATIJALAR
XIX asrning ikkinchi yarimida o‘lkaning yirik shaharlarida Rossiya
imperiyasining boshqa millatga mansub tadbirkorlarining sanoat korxonalari paydo
bo‘la boshladi. Masalan, Toshkent shahrida 1867-yilda birinchi Yevropa tipidagi suv
tegirmoni qurilgan bo‘lsa, uning ikkinchisi, kapitan Kukurin tamonidan 1868-yilda
ishga tushirildi. Yana shu yilda sanoat egasi M. A. Xuludov shaharda birinchi bo‘lib,
Solor arig‘i bo‘yida ko‘n zavodini qurgan va 1877-yilda esa Kunaysev tomonidan
uning ikkinchisi barpo etilgan. Bularning ta’sirida 1886-yil shaharning eski qismida
savdogar Y. Karimboyev ham xuddi shunday ko‘n zavodini qurib ishga tushirgan.
1879-yilda esa yana bir mahalliy ishbilarmonlardan S.I. Nazarov birinchi bo‘lib paxta
tozalash zavodini qurishga muvaffaq bo‘ldi (O‘zR MA 1., 1932:13). Shu tarzda
mintaqadagi rus sanoatchilari ta’sirida yirik mahalliy savdogarlar, sanoatchi boylar
guruhi shakillana boshladi. Ularning ayrimlarining hatto, Peterburgda, Gelsingforse
kabi shaharlarda alohida firmalari bor edi (Кастелская З.Д., 1980:65).
Bulardan tashqari Turkistonda tamaki, gugurt, shoyi to‘qish, sovun, g‘isht, yog‘-
moy, karton, sham, yеlim, pilla quritish fabrika va zavodlari, bosmaxonalar tashkil
etilib, ular soni 1915-yilga kelganda Turkistonning uch viloyatida (Sirdaryo, Farg‘ona,
Samarqand) 753 taga yеtgan va bu korxonalarning ko‘pchiligi mahalliy millat
tadbirkorlariga tegishli edi (O‘zRMA 1., 1526:2). Ammo ularning korxonalari
dastlabki vaqtlarda oddiy ko‘rinishga ega bo‘lib, mehnat unumdorligi ham yuqori
emasdi. Birgina, Toshkent shahrining eski qismida yillik daromadi 282000 rublga teng
mahalliy ishbilarmonlarga qarashli 598 ta korxona mavjud bo‘lgan. Ammo ular rus
sanoatchilarining korxonalariga nisbatan kam mahsulot ishlab chiqarar va daromadi
ham oz edi. Buning sababi rus ishbilarmonlariga qarashli zavodlar zamonaviy texnika
vositalari bilan to‘liq ta’minlanganligida edi. Garchi rus sanoatchilari shahar umumiy
savdogarlarining ichida kamchilikni tashkil qilsa-da, lekin olayotgan foydalari yuqori
bo‘lgan. 1889-yilda shaharda jami 42642 kishi savdo bilan shug‘ullangan bo‘lsa,
shulardan atiga 1206 kishigina rus millatiga mansub edi (O‘zRMA 1., 3167:207). Bu
raqamda mayda savdogarlar, baqqollar, bozorlardagi savdo ahllari ham hisobga
olingan.
XIX asr oxirlarida Toshkent shahridagi ishbilarmon savdogarlar orasida mahalliy
millat vakillarining salmog‘i ortib borib, sanoatchi-boylarga aylanish jarayonlari jadal
kechdi. Masalan, aka-uka O‘rinboyevlar, Shosolixovlar qisqa vaqt ichida millionchi
boylarga aylandi va mazkur vaqtda ularning qo‘l ostida 190 ta turli hajmdagi savdo va
hunarmandchilik korxonalari bor edi. (Добросмыслов А.И., 1911:398). Shuningdek,
A.Abdumalikboyev hamda uning bu savdo borasidagi hamkori
M.Rasulmuhammedovlarning bir yillik pul aylanmasi 500000 rubldan 1 milliongacha
bo‘lgan yirik zavodlari ham mavjud edi (Добросмыслов А.И., 1911:398). Buning
ta’sirida mahalliy sarmoyadorlarning aksariyati o‘z mablag‘larini yangi zavod va
fabrikalar qurishga sarfladilar. Masalan, 1884-yilgi ma’lumotlarga qaraganda
toshkentlik savdogar Badalboy Karimboyev va Mira’zam Mirayupovlarning bir yilda
30 ming rubllik mahsulot ishlab chiqaradigan ko‘n zavodlarini, Tojiboy va Yoqubjon
Yusupovlar esa g‘isht korxonalarini faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi (Заорская В.В. и
Александерь К.А., 1915:58) G‘isht zavodlari mintaqaga ruslar kirib kelmasdan ilgari
ham mavjud bo‘lib, ularga talab u qadar katta emasdi. Lekin o‘lkada yangi
shaharlarning vujudga kelishi va u yеrda qad rostlayotgan aholi uylari hamda hukumat
binolarining g‘ishtdan qurilishi ushbu borada yangi izlanishlarga zamin yaratgan.
Natijada XX asr boshlarida mahalliy ishbilarmonlar orasida ham bu sohaga alohida
ahamiyat qaratilib, bir necha g‘isht korxonalarining egalari vujudga keldi. Masalan,
Toshkentdagi Parkent ko‘chasida sarmoyador Saidkarim Saidazimboy o‘g‘liga tegishli
mazkur tipdagi zavod keng faoliyat olib borgan edi (Канопка С.Р., 1913:4). Endi
mahalliy ishbilarmonlar yеvropacha usulda g‘isht pishirishni o‘rganib olib, yangi
shaharlarning g‘ishtga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlay oladigan korxonalar qurishga
kirishdi. Yirik davlat miqyosidagi tashkilotlar ham mahalliy ishbilarmonlar bilan bu
borada o‘zaro shartnomalar tuzishga harakat qilgan edilar. Masalan, 1872-yilda
“Yarmarka va karvonsaroylarni tashkil etish qo‘mitasi” tadbirkor Mulla Abduraim
bilan yaxshi pishirilgan g‘ishtlarni yеtkazib berish yuzasidan shartnoma imzolagan edi
(O‘zRMA 1., 340:29). Keyinchalik bu kabi zavod egalari o‘z korxonalarining
faoliyatini kengaytirib, keng jamoatchilikka xizmat qilgan va bu xalqqa ma’lum
bo‘lishi uchun milliy matbuot sahifalariga reklamalar berib borgan. Masalan,
Samarqanddagi tadbirkorlardan biri Xoji Abdulqodir usta Muhammad Boqi o‘g‘lining
g‘isht va koshin zavodida arzon baholarda g‘isht va koshinlar sotilishi “Samarqand”
gazetasida e’lon qilingan edi. Shuningdek, unda madrasa va maktablarga moddiy
yordam sifatida oluvchilarga, xayriya imoratlari uchun va ulgurji oladigan xaridorlarga
yanada arzonroq sotilishi ham ma’lum qilingan. Bundan ko‘rinadiki, g‘isht
pishiradigan zavodlar yil sayin takomillashib, o‘z mijozlariga ega bo‘lib borgan.
Ammo, shuni qayd etish joizki, o‘lkada bu xildagi zavodlar boshqa (paxta tozalash va
qayta ishlash, yog‘, moy, ko‘n kabi) sanoat korxonalariga nisbatan keng yoyilmagan
edi. Misol uchun 1915-yilgacha butun Turkistonda jami 20 ta (Farg‘ona viloyatida 9
ta, Sirdaryo viloyatida 7 ta va Samarqand viloyatida esa 4 ta) g‘isht zavodlarining
mavjudligi fikrimiz tasdig‘idir (Мусаев Н. 1999:85). Demak, Muhammad Boqi
o‘g‘lining Samarqanddagi g‘isht va koshin zavodi viloyatdagi 4 ta shu kabi
korxonaning bittasi bo‘lgan. Yangi shaharlarda qad ko‘targan imoratlarning barchasini
loyihalashtirishda mahalliy an’analardan foydalanilgan edi (Зиёева Д., 2009: 50).
Mazkur vaqtda Toshkentda ham sanoatchilar miqdori ortib borganki, ularning
safiga Ramazon Qozoqov va Mulla Nurmuhammedovlarning ham kiritish mumkin.
Chunki, ularning ham yiliga 20 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradigan terini
oshlash va qayta ishlash zavodlari bor edi. Shuningdek, Rahmatbobo Holboboyev,
Xo‘jaahmad Abdujabborov, Inog‘ombobo Roziqboyev, Ashur Bobojonov kabi ko‘n
zavodi egalarini ham ular qatoriga kiritish maqsadga muvofiqdir. Arxiv manbalariga
tayangan holda ularning ishlab chiqargan mahsulotlariga qarab quyidagi 3 guruhga
ajratish mumkin: birinchi, yirik korxonalar bo‘lib, unga Mira’zam Mirayupov va Mulla
Nurmuhammedovlarning zavodlarini kiritish mumkinki, ularning yillik ishlab
chiqargan mahsuloti 30 ming so‘mdan ortiq edi. Ikkinchi o‘rtacha korxonalar bo‘lib,
unga Badalboyev, Roziqboyev, Abdujabborov, Holboboyev kabi sanoatchilarning
zavodlarini kiritish mumkin. Ularning ishlab chiqargan mahsulotlari bir yilda 10 ming
rubldan 20 minggachani tashkil etar edi. Uchinchi guruhni Ashurboy va Qosimboy
kabilarning mayda korxonalari tashkil etib, ularning yillik daromadlari 5 mingdan 10
ming so‘mgachani tashkil etgan.
Bundan tashqari teri savdosi bilan shug‘ullanib katta daromad orttirgan
toshkentlik savdogarlar ham bo‘lganki, ular nafaqat mintaqada balki, Yevropa
bozorlarida ham o‘z mollarini sotishga muvaffaq bo‘lishgan edi. Masalan, aka-uka
Arabovlar va Ubaydulla Qosimxo‘jayevlar har yili 300 mingtagacha, Latif
Qosimxo‘jayev esa 100 000 dona teri mahsulotlarini Yevropa bozorlariga jo‘natib
turar edilar (Кастельская З.Д., 1980:177.) Bundan ma’lum bo‘ladiki,
mustamlakachilik rejimi sharoitida ham mahalliy tadbirkorlar, xususan, ko‘nchilik
bilan shug‘ullangan ishbilarmonlar Yevropa bozorlarida o‘z mollarini sotishib
sarmoyalarini orttirgan. Biroq, ularning bu faoliyatlarini yanada kengayishiga
hukmron doira vakillari qarshilik qilishar edi. Buning sababi sifatida shuni ko‘rsatish
mumkinki, birinchidan, yеrli tadbirkorlarning g‘arb sarmoyadorlari bilan aloqalari
nisbatan mushkullik bilan qo‘lga kiritilgan O‘rta Osiyo masalasi uchun xavf tug‘dirardi
hamda Buxoro va Xiva davlatlari hali to‘liq bo‘ysundirilmagan edi, ikkinchidan,
mahalliy savdogarlarning Yevropa bozorlariga chiqishlari ularning shaxsiy
boyliklarining ortishiga va dunyoqarashining kengayishiga olib kelar edi. Natijada
millatparvar mulkdorlar o‘z xalqi manfaati uchun turli ijtimoiy yordamlar berishga,
aholini ortlaridan ergashtirib, ozodlik, mustaqillik uchun kurashga chorlashi mumkin
edi. Bunday holatni istamagan ma’muriyat vakillari imkon darajasida ularning bu
boradagi faoliyatlariga to‘sqinliklar qilardi. Odatda bunday qarshiliklar quyidagi
ko‘rinishlarga ega bo‘ladi;
- turli bo‘htonlar va bahonalar bilan qamoqqa olish. Misol uchun, 1860-yilda
Andijon shahrida boy savdogar oilasida tug‘ilgan va XIX asrning 80- yillarida yеr-suv,
katta paxta maydonlariga ega bo‘lib, yirik shaxsiy boylik to‘plagan, bir qator chet el
firmalari hamda banklari bilan aloqada bo‘lgan, XX asr boshlarida 13-15 million so‘m
jamg‘argan Mirkomil Mo‘minboyev 1915-yil oktyabrida bo‘hton bilan qamalgan va
surgun qilingan. Lekin tadbirkorlik qilib 1916-yilning boshlarida rus armiyasini
qurollantirish uchun 500 ming so‘m berish sharti bilan ozod qilingan va Andijonga
qaytgan. Ammo hech qancha vaqt o‘tmay 1917-yil boshlarida “Sho‘roi Islomiya”
jamiyatining faol ishtirokchisi – deb to‘qilgan bo‘htonga asoslanib muvaqqat
hukumatning o‘lkadagi vakillari tomonidan qamoqqa olingan va 1918-yilda otib
tashlangan (Шамсутдинов Р., Бозоров Қ., 2008: 109-149)
- mahalliy gazeta va jurnallarga moddiy yordam berganlarni jazolash, mol-
mulkini musodara qilish. Masalan, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat” va boshqa
ma’rifatparvarlar tomonidan asos solingan, millatning ko‘zgusi hisoblangan, ammo
o‘zining maqolalari bilan hukumatga qarshi, deb e’trof etilgan matbuotlarga iqtisodiy
ko‘mak bergan mahalliy tadbirkorlarga turli cheklovlar joriy etilgan edi (Мир
Муҳсин., 1916, №8, 28 январь)
- jadidlarning yangi usul maktablarining ta’minotchilariga, ularning taraqqiysi
uchun mablag‘lar ajratgan savdogarlar ham turli “qog‘ozda yozilmagan” choralarga
duchor etilar edi. Chunki, bunday ta’lim maskanlarida xalq bolalariga diniy bilimlar
bilan birga dunyoviylari ham o‘rgatilar, madrasalarda talaba bo‘lganlaridan so‘ng esa
chet ellarga (Germaniya, Turkiya kabi mamlakatlarga) o‘qishga yuborilar, bunday
hollarda dunyoqarashi keng tadbirkorlar ularga moddiy jihatdan suyanchiq bo‘lishar
edi. Ular yurtlariga qaytganlaridan keyin rus hukumatining siyosatiga qarshi chiqishib,
xalqini vatan ozodligiga chorlashi mumkin edi. Shu boisdan chor ma’muriyati jadid
maktablarining faoliyatiga imkon darajasida qarshilik qilishga intilgan va ularni yopish
uchun bahonalar qidirgan. Masalan, 1914-yilda Marg‘ilon shahrida Qodirqori
Shohakimov, Mullo Abdulqodir va Mullo Nishonboylarning yangi usuldagi maktablari
ruxsatnomasi yo‘qligi bahona qilinib yopib qo‘yilgan. Shu taxlitda rus ma’muriyati
tadbirkorlar, sarmoyadorlarning erkin faoliyat olib borishlariga qarshiliklar qilgan.
Ayniqsa, millat manfaati uchun o‘zlarining moddiy yordamlarini ayamagan
ishbilarmonlar hukumatning maxfiy hujjatlarida alohida o‘ringa ega bo‘lishar edi.
O‘rta Osiyoga kirib kelgan ruslar paxtaga xom ashyo sifatida qarab, ushbu
sohaning rivojlanishi va shakllanishini ta’minlagan edi. Shuning uchun Turkistonda
ham aksariyat sanoat korxonalari dastavval paxta tozalash va qayta ishlash zavodlari
sifatida qaror topdi. Ko‘plab rus sanoatchilari o‘zlarining asosiy mablag‘larini paxta
sanoatiga sarflashib katta foyda ola boshladi. Buning ta’sir doirasida esa mahalliy
millat vakillari ichidan ham mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi sanoat egalari
shakllanib bordi. Bu haqida mahalliy tarixchilardan biri Mullo Olim Mahmudhoji
o‘zining “Turkiston tarixi” asarida shunday ta’kidlagan edi; “...musulmonlarimizdin
ham sanoat korxona egalari-zavodchilar yеtishib chiqdi, bular o‘z korxonalaridan katta
foyda olmoqdalar” (Мулло Олим Маҳмудхожи., 1915:166). Bu kabi sanoatchilar rus
adabiyotlarida “paxtachi boy” deb atalib, ularning eng yiriklari har birida to‘rt-
beshtadan paxta tozalash zavodlari bo‘lgan M. Mo‘minboyev, R. Nazarboyev, A.
Temirboyevlar edi. Shuningdek, namanganlik tadbirkor S. Hudoyorbekovning
Namangan, To‘raqo‘rg‘onda va Andijon shaharlarida shu kabi zavodlari mavjud edi
(Бабаханов М., 1970:110).
Birinchi paxta tozalash zavodiga 1879-yilda Toshkent shahrida ishbilarmon S.I.
Nazarov tomonidan asos solingan edi va unda 110 arrali 6 ta jun (paxta tozalash)
mashinasi bo‘lgan va bular bug‘da, arralari esa qo‘lda harakatga keltirilar va jami 12
kishi ishlar edi. Bunday korxonalar Qo‘qonda Madrahim Po‘latov, Samarqandda
Azizxon Najmiddinov, Marg‘ilonda Mirza Qosimovlar tomonidan ham ketma-ket
barpo etilgan edi. Shundan keyin ko‘pchilik mahalliy savdogarlar paxta zavodlari
qurishga kirishib, u yеrlarda talab darajasidan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab
chiqarishga intilgan. Masalan, 1885-yilda toshkentlik tadbirkor Shobek
Hakimboyevning Ko‘kcha dahasidagi paxta tozalaydigan zavodida 3 ta jun, paxta
toylaydigan 1 ta uskuna, 1 ta suv dvigateli, 11 ishchisi bo‘lgan va 1891-yilda ushbu
korxonada 68400 so‘mlik mahsulot tayyorlangan. Yana bir ishbilarmon Yo‘lchiboy
To‘ychiboyevning ham xuddi shu dahadagi paxta tozalaydigan zavodida 1891-yilning
besh oyida 8500 pud paxta tozalangan, ya’ni har bir oyda o‘rtacha 1700 puddan. Agar
shunday bo‘lsa, ushbu korxona 12 oy davomida 20400 pud paxta tozalagani ma’lum
bo‘ladi. Shuningdek, shaharning Shayxontohur dahasida sanoatchi tadbirkor Mulla
Aminboyning ham paxta tozalash korxonasi bo‘lib, unda 1892-yilning o‘zida 60 ming
10000 rubllik paxta tozalangan edi. Va Isobek Hakimboyevning shunday zavodida
ham shu yilning 9 oyi davomida 68400 so‘mlik paxta qayta ishlangan edi (O‘zRMA
36., 3822:23). Bundan tashqari toshkentlik savdogarlar Turkistonning turli viloyat
markazlari va shaharlarida ham paxta zavodlari barpo etishgan. Masalan,
I.Abdurahmonov Xo‘jand shahrida shu xildagi korxona ochgan va 1891-yilda bu yеrda
35 000 pud tola tayyorlanib, 70000 so‘mga teng bo‘lgan edi. Shu bilan birga xo‘jandlik
savdogar Alimboyevning shu kabi zavodida bir mavsumda 14 000 pud tola, Iskandar
Mirzaumarovning korxonasida esa bir mavsumda 6 ming pud paxta tozalanib, 1800
pud tola tayyorlangan va u 12600 rublni tashkil etgan edi. Va yana
Niyozmuhammedovning paxta zavodida esa 13300 pud paxta tozalanib, 28 000 rubllik
4000 pud tola hozirlangan (Бабаханов М.,1970:110). Lekin, mahalliy sanoat egalari
tomonidan barpo etilayotgan bu kabi korxonalarning miqdori yil sayin ortib borgan
bo‘lsa-da, bu vaqtda ham ular zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanishda rus
sarmoya egalarinikidan orqada edi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Turkistonda rus mustamlakachiligi sharoitida milliy tadbirkorlar sinfining
shakllanishi va sanoat rivojining asosiy jihatlarini yoritishga qaratildi. Mustamlaka
ma’muriyati mahalliy madaniyat, urf-odatlar va qadriyatlarga hurmatsizlik ko‘rsatib,
milliy sarmoyadorlarning faoliyatini cheklashga urinsa-da, bozor munosabatlari va
sanoat taraqqiyoti ta’sirida yirik savdogar va sanoatchilar vujudga keldi. Ular paxta
tozalash, ko‘nchilik, g‘isht ishlab chiqarish va boshqa sohalarda korxonalar ochib,
hatto Yevropa bozorlarida savdo aloqalarini o‘rnatdi. Rus sanoatchilari zamonaviy
texnologiyalar ustunligi bilan yuqori daromad oldi, ammo mahalliy korxonalar
texnologik orqada qolganligi sababli raqobatda zaiflashdi. Mustamlakachilik siyosati
qamoqqa olish, moddiy yordamni jazolash va jadid maktablarini yopish kabi to‘siqlar
orqali milliy boylarning faoliyatiga qarshilik qildi, natijada millatparvarlik va
mustaqillik g‘oyalari kuchaydi.
Kelgusida mavzuni chuqurlashtirish uchun quyidagi takliflar beriladi:
- Turkistonni Buxoro va Xiva xonliklari bilan solishtirib, mustamlaka siyosatining
mintaqaviy farqlarini o‘rganish. Bu uchun chet el arxivlari (masalan, Buyuk Britaniya
va Turkiya arxivlari) jalb etilishi mumkin.
- Arxiv materiallarini raqamlashtirish va GIS texnologiyalari orqali korxonalar
geografiyasini xaritalashtirish.
- Milliy tadbirkorlikdagi ayollar roli va quyi qatlamlar hissasini o‘rganish, chunki
mavjud adabiyotlar asosan yirik boylarga e’tibor qaratgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Акром Акмал ўғли (1992). Миркомилбой қандай шахс эди? // Шарқ
юлдузи. №5. Б.88.
2. Бабаханов М. (1970). Социално-экономическое положение Северного
Таджикистана накануне Октября. Душанбе. Б.110.
3. Добросмыслов А.И. (1911). Ташкент прошлом и настоящем. Т. С.398.
4. Заорская В.В., Александерь К.А. (1915). Промышленные заведения
Туркестанского края. Пг. С.58.
5. Зиёева Д. (2009). XIX аср охири – XX аср бошларида Тошкент шаҳридаги
маъмурий – ҳудудий ва ижтимоий ўзгаришлар // Ўзбекистон тарихи. №1. Б.50.
6. Кастельская З.Д. (1980). Из истории Туркестанского края. М. С.65, 177.
7. Канопка С.Р. (1913). Туркестанский край (Торгово-промышленный
отдел). Т. С.4.
8. Маҳаллий хабарлар (1914). Мактаблар ёпилмиш // Садои Туркистон. №3,
17 апрель.
9. Мир Муҳсин (1916). Миллий матбуот // Туркистон вилоятининг газети.
№8, 28 январь.
10. Мусаев Н. (1999). Туркистонда саноат ишлаб чиқаришнинг вужудга
келиши. Т. Б.85.
11. Мулло Олим Маҳмудхожи (1915). Тарихи Туркистон. Т. Б.166.
12. Патапова Н.Ю. (2002). История предпринимательства в Туркестане
(вторая половина XIX – начало ХХ вв.): Автореф. дис. ... канд. ист. наук. Т.
Туркистон вилоятининг газети (1900). №45, 46, 47.
13. Юлдашев Р.А. (1994). Формирование нaциональной буржуазии в
Туркестане (конец XIX – начало ХХ вв.): Автореф. дис. ... канд. ист. наук. Т. С.18.
14. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi. 1-jamg‘arma, 16-ro‘yxat, 340-hujjat,
29-varaq.
15. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi. 1-jamg‘arma, 16-ro‘yxat, 1526-
hujjat, 2-varaq.
16. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi. 1-jamg‘arma, 16-ro‘yxat, 1932-
hujjat, 13-varaq.
REFERENGES:
1. Akrom Akmal o‘g‘li (1992). Mirkomilboy qanday shaxs edi? // Sharq yulduzi.
№5. B.88. (In Uzbek)
2. Babaxanov M. (1970). Sotsialno-ekonomicheskoye polozheniye Severnogo
Tadzhikistana nakanune Oktyabrya. Dushanbe. B.110. (In Russian)
3. Dobrosmislov A.I. (1911). Tashkent v proshlom i nastoyashchem. T. S.398. (In
Russian)
4. Zaorskaya V.V., Aleksander K.A. (1915). Promyshlennyye zavedeniya
Turkestanskogo kraya. Pg. S.58. (In Russian)
5. Ziyoyeva D. (2009). XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent shahrida
ma’muriy – hududiy va ijtimoiy o‘zgarishlar // O‘zbekiston tarixi. №1. B.50. (In
Uzbek)
6. Kastel’skaya Z.D. (1980). Iz istorii Turkestanskogo kraya. M. S.65, 177. (In
Russian)
7. Kanopka S.R. (1913). Turkestanskiy kray (Torgovo-promyshlennyy otdel). T.
S.4. (In Russian)
8. Mahalliy xabarlar (1914). Maktablar yopilishi // Sadoi Turkiston. №3, 17 aprel.
(In Uzbek)
9. Mir Muhsin (1916). Milliy matbuot // Turkiston viloyatining gazeti. №8, 28
yanvar. (In Uzbek)
10. Musayev N. (1999). Turkistonda sanoat ishlab chiqarishning vujudga kelishi.
T. B.85. (In Uzbek)
11. Mullo Olim Mahmudxo‘ji (1915). Tarixi Turkiston. T. B.166. (In Uzbek)
12. Patapova N.Yu. (2002). Istoriya predprinimatel’stva v Turkestane (vtoraya
polovina XIX – nachalo XX vv.): Avtoref. diss. ... kand. ist. nauk. T. S.21-22. (In
Russian)
13. Turkiston viloyatining gazeti (1900). №45, 46, 47. (In Uzbek)
14. Yo‘ldashev R.A. (1994). Formirovaniye natsional’noy burzhuazii v
Turkestane (konets XIX – nachalo XX vv.): Avtoref. diss. ... kand. ist. nauk. T. S.18.
(In Russian)
15.O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi. 1-jamg‘arma, 16-ro‘yxat, 340-hujjat,
29-varaq. (Archival document in Uzbek)
16. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi. 1-jamg‘arma, 16-ro‘yxat, 1526-
hujjat, 2-varaq. (Archival document in Uzbek)