O‘ZBEKISTON VA YUNESKO HAMKORLIGI RIVOJLANISHIDA
MODDIY MADANIY MEROSNING O‘RNI
THE ROLE OF TANGIBLE CULTURAL HERITAGE IN THE
DEVELOPMENT OF COOPERATION BETWEEN UZBEKISTAN AND
UNESCO
РОЛЬ МАТЕРИАЛЬНОГО КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ В
РАЗВИТИИ СОТРУДНИЧЕСТВА МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И
ЮНЕСКО
https://zenodo.org/records/19260737
Sattorov Ulug‘bek Abdurazzoq o‘g‘li
Oriental universiteti o‘qituvchisi
Tel.+9981-470-66-09
E-mail: beksattoroff123@gmail.com
ORCID: https://orcid.org/0009-0009-7376-2421
Annotatsiya. Maqolada mamlakatimiz tarixi, madaniyati, san’ati hamda
qadriyatlarining bir qismi bo‘lgan moddiy madaniy merosni xalqaro miqyosda targ‘ib
qilish hamda ularni asrab-avaylash borasida YUNESKO bilan faol hamkorlik aloqalari
yoritib berilgan. Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng,
barcha sohalarda bo‘lgani singari madaniy sohada ham tub islohotlar amalga
oshirilganligi, sohaga oid huquqiy tizim mustahkamlanganligi, qadimiy shaharlarimiz
va u yerda joylashgan madaniy yodgorliklarning madaniy tashkilot hisoblanmish
YUNESKOning turli ro‘yxatlari va dasturlariga kiritilishiga oid tadqiqotlar tahliliga
qaratilgan. Mavzuni yoritishda ushbu sohaga oid tegishli me’yoriy hujjatlar, ilmiy
tadqiqotlar, adabiyot va davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan.
Kalit so‘zlar: YUNESKO, moddiy madaniy meros, nomoddiy madaniy meros,
Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva, Tyan-Shan, Ipak yo‘li, Zarafshon, Ichan Qal’a.
Annotation. The article highlights active cooperation with UNESCO on the
international promotion and preservation of tangible cultural heritage, which is part of
our country’s history, culture, art, and values. This study focuses on the analysis of
research on the implementation of fundamental reforms in the cultural sphere, as in all
spheres after Uzbekistan gained independence, the strengthening of the legal system in
this area, and the inclusion of our ancient cities and cultural monuments located there
in various lists and programs of UNESCO, which is a cultural organization. Relevant
regulatory documents, scientific research, literature, and periodical press materials
related to this field were used in covering the topic.
Keywords: UNESCO, tangible cultural heritage, intangible cultural heritage,
Samarkand, Bukhara, Shakhrisabz, Khiva, Tien Shan, Silk Road, Zarafshan, Ichan
Kala.
Аннотация. В статье освещается активное сотрудничество с ЮНЕСКО в
международном продвижении и сохранении материального культурного
наследия, являющегося частью истории, культуры, искусства и ценностей нашей
страны. В данном исследовании основное внимание уделяется анализу
исследований о том, что после обретения Узбекистаном независимости, как и во
всех сферах, в культурной сфере были проведены коренные реформы, укреплена
правовая система в данной сфере, наши древние города и расположенные там
памятники культуры включены в различные списки и программы ЮНЕСКО,
являющейся культурной организацией. При освещении темы были
использованы соответствующие нормативные документы, научные
исследования, литература и материалы периодической печати.
Ключевые слова: ЮНЕСКО, материальное культурное наследие,
нематериальное культурное наследие, Самарканд, Бухара, Шахрисабз, Хива,
Тянь-Шань, Шелковый путь, Зарафшан, Ичан-Кала.
KIRISH
Mustaqillikning ilk yillaridan O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
aloqalarini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, 1993-yil 26-oktyabrda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan, ta’lim, madaniyat masalalari bo‘yicha
tashkiloti YUNESKOga a’zo bo‘ldi. Tashkilot bilan faol hamkorlik aloqalari
rivojlanishi natijasida fan, ta’lim, axborot-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik
aloqalari bilan bir qatorda, madaniyat sohasi ham respublikamiz va tashkilotning
asosiy hamkorlik yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu sohadagi hamkorlik aloqalari
natijasida mamlakatimiz moddiy va nomoddiy madaniy merosi YUNESKOning
“Umumjahon madaniy merosi” ro‘yxati va “Nomoddiy madaniy merosning
reprezentativ” ro‘yxatiga kiritilgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston va YUNESKO
o‘rtasida Jahon merosi obyektlarini asrash va targʻib qilish boʻyicha mustahkam
hamkorlik aloqalari har qachongidan ham mustahkamlandi. Madaniyat, xususan, Jahon
merosi obyektlarini asrash Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi bir necha oʻn
yillardan beri davom etayotgan munosabatlarning muhim jihati boʻlib kelmoqda.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Dunyo miqyosida umumbashariy qadriyat deb topilgan madaniy va tabiiy
merosni aniqlash, muhofaza qilish va saqlash YUNESKOning madaniyat sohasidagi
asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. YUNESKO tomonidan 1972-yil 16-noyabrda
“Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (Саидова Л.,
2004: 171-172) konvensiya qabul qilingan. Ushbu konvensiyaga a’zo davlatlar
o‘zlarining milliy hududlarida mavjud bo‘lgan tarixiy meroslar nomzodini Butunjahon
meroslar ro‘yxatiga kiritish uchun tavsiya etishlari mumkin. 1993-yilda O‘zbekiston
Respublikasi ushbu konvensiyaga qo‘shilgan.
Ushbu mavzu alohida tadqiqot mavzusi sifatida tadqiq etilmagan bo‘lsa-da, qator
tadqiqot ishlari, monografiyalar va maqolalarda ushbu mavzuga to‘xtalib o‘tilgan.
Jumladan, Rahimov M. va Abdimo‘minov O. (2021), Asrorxo‘jayeva M. (2024)
tomonidan yozilgan monografiyalarida ushbu mavzuga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Mustaqillik yillarida respublikamizda madaniy yodgorliklarni saqlash va
muhofaza qilishga oid huquqiy tizim mustahkamlanib, qator qonun va qarorlar qabul
qilindi. Jumladan: 2019-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarining muhofaza
qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni (O‘RQ-560) qabul qilindi. 2022-yil 15-fevralda “Moddiy
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-754) qabul qilindi.
2019-yil 30-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid
ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (VM 265) qarori, 2019-
yil 3-martda qabul qilingan 119-sonli “Moddiy madaniy meros obyektlari va
YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2019-yil 4-oktyabrda “Moddiy
madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi (VM 846) qarorini, 2021-yil 14-iyunda “YUNESKO bilan hamkorlikda
madaniy meros masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasini tashkil etish va uning
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 371-sonli qarorlari ushbu sohaga oid
huquqiy tizimni mustahkamlaydi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada respublikamiz madaniy yodgorliklarining YUNESKO ro‘yxatiga
kiritilishi tarixiy asoslarini o‘rganishda tizimlashtirish, tarixiy-qiyosiy tahlil, tarixiy
ma’lumotlarni umumlashtirish, xolislik tamoyili kabi ilmiy tadqiqot usullaridan
foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bugungi kunga kelib, Oʻzbekiston va YUNESKO o‘rtasida Jahon merosi
obyektlarini asrash va targʻib qilish boʻyicha mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lib, bu hamkorlik aloqalari yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Madaniyat, xususan, Jahon merosi obyektlarini asrash Oʻzbekiston va YUNESKO
oʻrtasidagi bir necha oʻn yillardan beri davom etayotgan munosabatlarning muhim
jihati boʻlib kelmoqda. Tashkilotning “Umumjahon madaniy merosi” ro‘yxatiga
mamlakatimiz madaniy yodgorliklarini kiritish bo‘yicha hamkorlik respublikamiz
mustaqillikka erishish arafasida boshlangan boʻlib, uning birinchi obyekti – “Ichan
qalʼa” 1990-yilda Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Mustaqillik yillarida
respublikamizda ushbu roʻyxatga yana to‘rtta madaniy va ikkita tabiiy obyektlar
kiritildi.
YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar uchun muayyan standartlar va
boshqaruv mexanizmlari qo‘llanadi. Jumladan, inshootlar va shaharsozlik
strukturalarining asosiy prinsiplar bo‘yicha konservatsiya nazorati, qurilish va
infratuzilma loyihalarini tashkilot bilan kelishgan holda amalga oshirish, tarixiy
hududlarda qat’iy ekologik-me’moriy xizmatlar qo‘llanish zarurati. Bu esa amalda,
tarixiy obidalarni saqlash, barqaror turizm va ekologik muvozanatni ta’minlashda asos
bo‘ladi.
YUNESKO ro‘yxatiga kiritilish ilmiy izlanishlar va arxeologik tadqiqotlar uchun
muhim bo‘lib, xalqaro miqyosda hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi. jumladan,
ko‘p tomonlama seminarlar, ekspert missiyalari, konferensiyalar hamda birgalikdagi
tadqiqot loyihalari orqali madaniyatshunoslik, tarix, arxeologiyani rivojlantirishga
hissa qo‘shadi. Masalan, tashkilotning maxsus ekspert guruhi davlatlardagi tarixiy
shaharlarda tadqiqotlar olib boradi, mahalliy ekspertlar va xalqaro mutaxassislar bilan
tajriba almashadi.
YUNESKO ro‘yxatidagi obyektlar tarixiy shaharlar va hududlarda infratuzilma
va xizmat sifatini oshiradi, xalqaro sayyohlar va investorlar e’tiborini tortadi, natijada,
barqaror turizmni rivojlantirish, o‘sha davlat iqtisodiyoti uchun yangi ish o‘rinlari va
xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini yaxshilashga yordam beradi. Bugungi kunda
respublikamiz hududidagi jahon madaniyati namunalarining durdonalari bo‘lgan
madaniy meros obyektlarini YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi”
ro‘yxatiga va “Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ” ro‘yxatiga
kiritish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. YUNESKOning Jahon merosi
ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasidagi obyektlar yеttita (www.unesco.org)
bo‘lib, ularning beshtasi madaniy va ikkitasi tabiiy obyektlardir.
Quyida mazkur obyektlar haqida to‘xtalib o‘tamiz:
1. 1990-yilda Xivadagi “Ichan qal’a” (https://whc.unesco.org/en/list/543/). Xiva
shahrining Ichan qal’a qismi YUNESKOning (1990-yil dekabrda Kanadada bo‘lib
o‘tgan 14-sessiyasida) Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Tashkilot
tomonidan “Ichan qal’a” alohida obidalar emas, yagona tarixiy shahar-majmua sifatida
1990-yilda ro‘yxatga olingan bo‘lib, majmua tarkibida 50 dan ortiq tarixiy-me’moriy
obida mavjud bo‘lib, ro‘yxatda alohida me’moriy obidalar, shaharsozlik elementlari
birgalikda kiritilgan. “Ichan qal’a masjidlar, maqbaralar, madrasalar, minoralar, ark va
saroylar, mudofaa inshootlari, savdo inshootlari, ma’muriy majmualar hamda
an’anaviy turarjoylardan iborat yaxlit shahar-majmuani tashkil etadi”.
Respublikamizdan tashkilotning Umumjahon merosi ro‘yxatiga birinchi bo‘lib
kiritilgan obyekt Ichan qal’a bo‘lib, u mustaqillikka erishish arafasida ushbu ro‘yxatga
kiritilgan va keyingi obyektlarning mazkur ro‘yxatga kiritilishini boshlab bergan
obyekt desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
2. 1993-yilda Buxoroning tarixiy markazi (https://whc.unesco.org/en/list/602/).
Buxoro shahri tarixiy markazi YUNESKOning 1993-yil Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan
17-sessiyasida Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. YUNESKO tashkiloti
tomonidan Buxoro shahrining tarixiy markazini alohida binolar yig‘indisi emas, yaxlit
tarixiy shahar-majmua sifatida ro‘yxatga olgan. “Buxoro shahrining tarixiy markazi
masjidlar, madrasalar, maqbaralar, savdo inshootlari hamda an’anaviy turarjoylardan
iborat yaxlit shahar-majmuani tashkil etadi”. Buxoro shahrining tarixiy markazi
tashkilotning ushbu ro‘yxatiga mamlakatimiz mustaqilligi yillarida kiritilgan birinchi
obyekt hisoblanadi. Umumiy hisobda esa ushbu ro‘yxatdagi ikkinchisidir.
3. 2000-yilda Shahrisabz tarixiy markazi (https://whc.unesco.org/en/list/885/).
1999-yil 27-30-noyabr kunlari YUNESKOning Avstraliyada bo‘lib o‘tgan 24-
sessiyasida Shahrisabz shahri va madaniy yodgorliklari YUNESKOning Butunjahon
merosi ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu majmua Amir Temur va temuriylar davri
shaharsozligi, me’morchiligi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob tarixiy makon
hisoblanadi. “Shahrisabz tarixiy markazi saroylar, maqbaralar, masjidlar, ziyorat
majmualari hamda an’anaviy shaharsozlik tuzilmasidan iborat yaxlit tarixiy ansamblni
tashkil etadi. Mazkur ro‘yxatga kiritilgan madaniy yodgorlikning bebaho va
umuminsoniy qimmatga ega ekanligi e’tirof etiladi hamda insoniyat manfaati uchun
himoya qilinishi zarurdir.
4. 2001-yilda Samarqand – madaniyatlar chorrahasi. Samarqand shahrining
tarixiy markazi YUNESKOning 2001-yil Finlandiyada bo‘lib o‘tgan 25-sessiyasida
Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. “Samarqand madaniyatlar chorrahasi
masjidlar, madrasalar, maqbaralar, savdo inshootlari hamda an’anaviy turarjoylardan
iborat yaxlit shahar-majmuani tashkil etadi”. Samarqand madaniyatlar chorrahasi turli
davrlar va sivilizatsiyalar me’morchiligi, shaharsozligi va madaniy qatlamlari
uyg‘unlashgan noyob tarixiy shahar-makon hisoblanib, tashkilotning ushbu ro‘yxatiga
kirgan. Samarqand – madaniyatlar chorrahasi Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga
kiritilgan Ichan qal’a, Buxoro shahrining tarixiy markazi, Shahrisabz shahrining tarixiy
markazi kabi alohida berilgan nomzodnomasi hisoblanadi. Keyingi obyektlar qo‘shni
davlatlar bilan o‘zaro mushtarak hamkorlik asosida ushbu ro‘yxatga kiritilgan.
5. 2016-yilda G‘arbiy Tyan-shan tabiiy hududi. O‘n besh yillik tanaffusdan so‘ng,
2016-yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston qo‘shma nomzodligida G‘arbiy
Tyan-Shan tog‘lari mazkur ro‘yxatga kiritildi. U uchta qardosh va bir-biriga
chegaradosh mamlakatlar hamkorlik nomzodnomasi sifatida mazkur ro‘yxatga
kiritildi. O‘zbekistonning YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlari
orasida – G‘arbiy Tyan-Shan hududi ro‘yxatning aralash, ya’ni ikki yoki undan ortiq
davlat hududida joylashgan Jahon merosi sifatida ro‘yxatga kiritilgan. Jahon merosi
ro‘yxatiga kiritilgan har bir obyekt shu kundan boshlab, butun jahon merosi sifatida
xalqaro darajada muhofaza etilishini bildiradi. Jahon merosiga egalik qiluvchi davlat
ular muhofazasini turli omillarga qarshi kurashni xalqaro yordam bilan uyg‘unlikda
amalga oshirishi mumkin.
6. 2023-yilda “Turonning qishki sovuq sahrolari. YUNESKO Butunjahon merosi
qoʻmitasining 45-sessiyasida “Turonning qishki sovuq sahrolari” nominatsiyasini
Umumjahon madaniy va tabiiy merosi roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul
qilindi. Nominatsiya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston tomonidan
tayyorlangan. Nominatsiyaning oʻzbek qismi Janubiy Ustyurt milliy tabiat bogʻi va
“Saygʻochiy” qoʻriqxonasi tomonidan taqdim etilgan. Sovuq qishki mo‘tadil cho‘llar
noyob va keng ko‘lamli biomlardan biridir. Turon cho‘llarining geografik kengliklari
juda katta bo‘lganligi sababli, ekotizimlarning asosiy turlari va ekologik jarayonlarini,
jumladan, o‘ziga xos flora va faunani tasvirlash uchun mintaqalararo ketma-ket
yondashuv zarurdir. Ishtirokchi davlatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston va
Turkmanistonning qo‘shma nomzodnomasi YUNESKOning millatlararo mintaqaviy
hamkorligining yorqin namunasidir.
7. 2023-yilda “Ipak yo‘li: Zarafshon-Qoraqum koridori”. Ushbu nomzodnomaga
kiritilgan barcha obidalar turli davrlarda bunyod etilgan bo‘lib, tarixdagi eng muhim
savdo yo‘llaridan biri – Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan. Ular Markaziy Osiyo
xalqlarining boy madaniy-tarixiy merosi durdonalari hisoblanadi. Nomzodnoma
O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda joylashgan jami 31 ta tarixiy obidani o‘z
ichiga oladi. Shulardan 15 tasi O‘zbekiston, 9 tasi Tojikiston va 7 tasi Turkmaniston
hududida joylashgan. O‘zbekiston hududida joylashgan 15 obida, ya’ni Jartepa
otashparastlar ibodatxonasi, Sulaymontepa, Kofirqal’a qo‘rg‘oni, Dabusiya qo‘rg‘oni,
Qosim Shayx me’moriy majmuasi, Mirsaid Bahrom maqbarasi, Raboti Malik
karvonsaroyi, Sardoba, Deggaron masjidi, Chashmai Ayyub maqbarasi, Vardanze
qo‘rg‘oni, Vobkent minorasi, Bahovuddin Naqshband me’moriy majmuasi, Chor Bakr
nekropoli, Varaxsha qo‘rg‘oni, Poykent qo‘rg‘oni. 866 km uzunlikdagi Zarafshon-
Qoraqum yo‘lagi uchta mamlakatni kesib o‘tadi. Mazkur madaniy meros obyekti
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatidagi eng yirik obidalardan
hisoblanadi. Buyuk Ipak yo‘li kesib o‘tgan Markaziy Osiyoning mazkur qismi tog‘lar,
vodiylar va cho‘llardan iborat. U bir necha asrlar davomida xalqlar va madaniyatlarni
bog‘lab kelgan hamda Markaziy Osiyoda g‘oyalar hamda madaniy almashinuv
chorrahasi bo‘lib kelgan. Ro‘yxatga kiritilgan obyektlarning asosiy qismi
O‘zbekistonda, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan. Ushbu
nomzodnomaning uchta qo‘shni davlat tomonidan taqdim etilishi va YUNESKO
ro‘yxatiga kiritilishi ularning mushtarak hamkorligi natijasi hisoblanib, kelajakda ham
tashkilotning Umumjahon merosi ro‘yxatiga hamkorlikda qo‘shma nomzodnomalar
berishida muhim rol o‘ynashini ta’kidlab ketishimiz o‘rinlidir.
Respublikamiz madaniy yodgorliklarining YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishi, bir
tomondan, har bir yurtdoshimizga o‘z tarixiy o‘tmishi bilan faxrlanish tuyg‘usini baxsh
etsa, ikkinchi tomondan ushbu obidalarni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga hamda
kelajak avlodga asl holatida yetkazishga mas’uliyat bilan yondashishimiz zarurligini
ko‘rsatib beradi.
1993-yil 3-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi,
YUNESKO va JST vakillari bo‘lgan B.Leyn, E.D.Eriko, R.Lyukok, I.Vassalo,
M.Erdiklar O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurib, madaniy yodgorliklarni muhofaza
qilish, ta’mirlash, foydalanish, turizmni rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishib,
yuqoridagi sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi. 1996-yil iyun
oyida O‘zbekiston hududidagi tarixiy va madaniy yodgorliklarni YUNESKOning
«Butunjahon tarixiy yodgorliklari» ro‘yxatiga kiritish uchun mamlakatimizdagi 22 ta
tarixiy yodgorlik, 1999-yil avgustida esa Andijon viloyatidagi 3 ta, Buxoro
viloyatidagi 23 ta, Qashqadaryo viloyatidagi 10 ta, Namangan viloyatidagi 6 ta, Navoiy
viloyatidagi 4 ta, Samarqand viloyatidagi 16 ta, Surxondaryo viloyatidagi 6 ta,
Toshkent viloyatidagi 5 ta, Farg‘ona viloyatidagi 5 ta, Xorazm viloyatidagi 20 ta,
Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi 3 ta, jami 101 ta tarixiy madaniy yodgorlik
nomzod sifatida YUNESKOga yuborildi (Раҳимов.M, Абдимўминов.O., 2021: 226)
Mazkur tarixiy madaniy yodgorliklardan (38 tasi 30.09.2025-yil holatiga ko‘ra turli
yillarda YUNESKO tomonidan “Butunjahon tarixiy yodgorliklari” ro‘yxatiga
dastlabki nomzod sifatida kiritildi.YUNESKO Jahon merosi dastlabki ro‘yxatiga
kiritilgan tarixiy-me’moriy yodgorlik va tarixiy joylar:
№ Tarixiy obida yoki joy nomi Ro‘yxatga kiritilgan Joylashgan
yili joyi
1 Oq ostona bobo maqbarasi 01.06.1996. Surxondaryo viloyati
2 Shayx Muxtor Vali majmuasi 01.06.1996. Xorazm viloyati
3 Xonbandi to‘g‘oni 01.06.1996. Navoiy viloyati
4 Abdullaxon bandi 18.01.2008. Navoiy viloyati
5 Axsikent 18.01.2008. Namangan viloyati
6 Qadimiy Pop 18.01.2008. Namangan viloyati
7 Qadimiy Termiz 18.01.2008 Surxondaryo viloyati
8 Andijon 18.01.2008. Andijon viloyati
9 Arab-Ota maqbarasi 18.01.2008. Samarqand viloyati
Buxoro viloyati
10 Bahouddin Naqshband me’moriy 18.01.2008.
Buxoro viloyati
majmuasi Buxoro viloyati
Xorazm viloyati
11 Chashmai Ayub maqbarasi 18.01.2008. Farg‘ona viloyati
Toshkent viloyati
12 Chor Bakr majmuasi 18.01.2008. Xorazm viloyati
Buxoro viloyati
13 Qadimiy Xorazm cho‘l qal’alari. 18.01.2008. Navoiy viloyati
Buxoro viloyati
14 Qo‘qon tarixiy markazi 18.01.2008. Navoiy viloyati
Toshkent viloyati
15 Qanxa shahri 18.01.2008. Navoiy viloyati
Buxoro viloyati
16 Hazorasp. 18.01.2008. Surxondaryo viloyati
O‘zbekiston Respublikasi
17 Vobkent minorasi 18.01.2008. Toshkent shahri
O‘zbekiston Respublikasi
18 Mir Sayyid Bahrom maqbarasi 18.01.2008.
Toshkent shahri
19 Poykent 18.01.2008.
Navoiy viloyati
20 Raboti Malik karvonsaroyi 18.01.2008. Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
21 Shohruhiya shahri 18.01.2008. Navoiy viloyati
Farg‘ona viloyati
22 Siypon-tosh qoyatosh suratlari 18.01.2008. Surxondaryo viloyati
Jizzax viloyati
23 Varaxsha 18.01.2008. Surxondaryo viloyati
24 Zarautsoy qoyatosh suratlari 18.01.2008. O‘zbekiston Respublikasi
25 O‘zbekiston Ipak yo‘li shaharlari 19.02.2010. O‘zbekiston Respublikasi
26 Toshkent mahallalari 30.12.2021.
27 Ipak yo‘llari: 31.01.2023.
Farg‘ona-Sirdaryo korridori
28 Toshkent modernist arxitekturasi: 26.01.2024.
Markaziy Osiyoda modernlik va
an’ana
29 Nurota tog‘lari 30.10.2024.
30 Ko‘hitang tog‘lari 30.10.2024.
31 Boysun madaniy landshafti 30.10.2024.
32 Sarmishsoy qoya suratlari 30.10.2024.
33 Shohimardon tog‘lari 30.10.2024.
34 Hisor tog‘lari 30.10.2024.
35 Zomin tog‘lari 30.10.2024.
36 Ko‘hitang karstlari, karvonlari va 21.08.2025.
g‘orlari
37 Orolbo‘yi hududining qadimgi 30.09.2025.
shaharlari va qal’alari
38 Chilpik – sukunat minorasi 30.09.2025.
YUNESKO rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Jahon merosi
dastlabki ro‘yxatiga mamlakatimizdan turli yillarda 38 ta nomzodnoma kiritilgan
bo‘lib, ushbu nomzodnomalar 1996-yilda 3 ta, 2008-yilda 21 ta, 2010, 2021, 2023-
yillarda 1 ta, 2024-yilda 8 ta, 2025-yilda 3 ta nomzodnoma kiritilgan. Bu
nomzodnomalar keyingi yillarda tashkilot bilan olib borilayotgan faol hamkorlik
natijasida Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishi uchun dastlabki ro‘yxatga
kiritilgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Respublikamizdagi Madaniy yodgorliklarning YUNESKO Umumjahon madaniy
merosi ro‘yxatiga kiritilishining ahamiyati shundaki, ushbu ro‘yxatga kiritilgan
obyektning jahon miqyosidagi madaniy, tarixiy yoki ilmiy ahamiyatini xalqaro
hamjamiyat tomonidan rasmiy tan olinishi hisoblanadi. Shuningdek, global tarixiy
jarayonlar, madaniy almashinuv va etnik madaniy boyliklar kontekstida e’tirof
etilishini anglatadi. Mamlakatimiz uchun milliy tarixni mustahkamlashda,
mamlakatimizning muhim qadriyatlarini xalqaro madaniy dialogda aks ettirishda,
xalqaro ilmiy hamkorlik va tadqiqotlar uchun poydevor yaratishiga yordam beradi.
Madaniy yodgorliklarimizning YUNESKO ro‘yxatlariga kiritilishi O‘zbekiston boy
tarixiy merosining xalqaro hamjamiyat tomonidan yanada kengroq e’tirof etilishiga
xizmat qiladi, ushbu yodgorliklarning xalqaro miqyosda muhofaza qilinishini
ta’minlash uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, kelgusida mamlakatimiz turizm
salohiyatining keng miqyosda rivojlanishiga ham katta yo‘l ochadi. Bir so‘z bilan
aytganda, mamlakatimizda madaniy yodgorliklar tarixini o‘rganish, ularni saqlash va
kelajak avlodga asl holatida yetkazish bugungi kunning qilinayotgan va qilinishi kerak
bo‘lgan muhim vazifalaridan hisoblanadi desak yanglishmaymiz.
Biz yuqoridagi tahlil va natijalar hamda xulosalarimizga tayanib quyidagi
takliflarni berishimiz mumkin bo‘ladi:
YUNESKO bilan hamkorlikda moddiy madaniy meros obyektlarining
monitoringi va konservatsiyasi boʻyicha milliy strategiyani yanada takomillashtirish
va uni xalqaro standartlarga (1972-yilgi Konvensiya va keyingi qoʻshimcha
protokollar) toʻliq moslashtirish.
Dastlabki roʻyxatdagi nomzodnomalarni tezlashtirilgan tartibda tayyorlash va
ularni transmilliy (qoʻshma) nomzodnomalar shaklida (masalan, qoʻshni davlatlar
bilan birgalikda) taqdim etish orqali mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish.
Madaniy meros obyektlari atrofida barqaror turizm modellari (ekoturizm,
madaniy turizm) yaratish va mahalliy jamoalarni jarayonga faol jalb qilish.
Ilmiy tadqiqotlar, arxeologik qazishmalar va raqamlashtirish loyihalarini
YUNESKO grantlari va xalqaro ekspertlar ishtirokida kengaytirish.
Yosh olimlar va mutaxassislar uchun YUNESKO dasturlari (UNESCO Chairs,
stipendiyalar) doirasida maxsus taʼlim va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. ЮНЕСКО халқаро меьёрий ҳужжатлари. / Ўзбекча нашрининг масьул
муҳаррири Л.Саидова. – Т.: Адолат, 2004.
2. 2019-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi
kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni O‘RQ-560-son. // https://lex.uz/uz/docs/-4494508
3. 2022-yil 15-fevralda “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish
kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni O‘RQ-754-son. // https://lex.uz/uz/docs/-5859901
4. 2019-yil 30-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid
ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 265-sonli qarori. //
https://lex.uz/uz/docs/-4262171
5. 2019-yil 3-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moddiy
madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 119-sonli
qarori.
6. 2019-yil 4-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori. // https://lex.uz/uz/docs/-4543266
7. 2021-yil 14-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“YUNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat
qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 371-sonli
qarori. // https://lex.uz/uz/search/all?searchtitle=yunesko
8. O‘zbekiston Respublikasidan YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi”
ro‘yxatiga kirirtilgan yodgorliklar ro‘yxati. // www.unesco.org.
9. Ichan Qal’a YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi” ro‘yxatiga
kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/543/
10. Buxoro tarixiy markazining YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi”
ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/602/
11. Shahrisabz tarixiy markazining YUNESKOning «Umumjahon madaniy
merosi» ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/885/
12. Samarqand tarixiy markazining YUNESKOning «Umumjahon madaniy
merosi» ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/603/
REFERENCES:
1. YUNESKO xalqaro meyoriy hujjatlari. / O‘zbekcha nashrining masul muharriri
L.Saidova. – T.: Adolat, 2004. (In Uzbek)
2. 2019-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi
kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni O‘RQ-560-son. // https://lex.uz/uz/docs/-4494508 (In Uzbek)
3. 2022-yil 15-fevralda “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish
kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni O‘RQ-754-son. // https://lex.uz/uz/docs/-5859901 (In Uzbek)
4. 2019-yil 30-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid
ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 265-sonli qarori. //
https://lex.uz/uz/docs/-4262171 (In Uzbek)
5. 2019-yil 3-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga
kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 119-sonli
qarori. (In Uzbek)
6. 2019-yil 4-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 846-sonli qarori. // https://lex.uz/uz/docs/-4543266 (In Uzbek)
7. 2021-yil 14-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“YUNESKO bilan hamkorlikda madaniy meros masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat
qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 371-sonli
qarori. // https://lex.uz/uz/search/all?searchtitle=yunesko (In Uzbek)
8. O‘zbekiston Respublikasidan YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi”
ro‘yxatiga kirirtilgan yodgorliklar ro‘yxati. // www.unesco.org. (In Uzbek)
9. Ichan Qal’a YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi” ro‘yxatiga
kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/543/ (In Uzbek)
10. Buxoro tarixiy markazining YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi”
ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/602/ (In Uzbek)
11. Shahrisabz tarixiy markazining YUNESKOning «Umumjahon madaniy
merosi» ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/885/ (In Uzbek)
12. Samarqand tarixiy markazining YUNESKOning «Umumjahon madaniy
merosi» ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/603/ (In Uzbek)