ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Qashqadaryo viloyatidagi madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari

Muminov Bekzod Baxtiyor o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

QASHQADARYO VILOYATIDAGI MADANIY MEROS

OBYEKTLARINI ASRASH CHORA-TADBIRLARI

MEASURES TO PRESERVE CULTURAL HERITAGE SITES IN THE

KASHKADARYA REGION

МЕРЫ ПО СОХРАНЕНИЮ ОБЪЕКТОВ КУЛЬТУРНОГО

НАСЛЕДИЯ КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

https://zenodo.org/records/20667110

Muminov Bekzod Baxtiyor o‘g‘li,

Denov tadbirkorlik va pedagogika

institutining mustaqil tadqiqotchisi,

Tel: +998 50-756-52-55

E-mail: bekzodmuminov@gmail.com.

Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda moddiy madaniy meros sohasini

tartibga solish, asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet

mablag‘larining sarflanishi, shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi moddiy

madaniy meros yodgorliklarini asrash maqsadida so‘ngi yillarda amalga oshirilgan

ishlar, yodgorliklarning bugungi kun holati va obyektlar kesimida byudjet

mablag‘larining sarflanishi statistik ma’lumotlar asosida ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, mahalliy hokimiyatning madaniy meros sohasidagi vakolatlari hamda

amalga oshirgan ishlari tilga olingan.

Kalit so‘zlar: Qashqadaryo viloyati, byudjet mablag‘lari, madaniy meros

obyektlari, asrashga doir ishlar, restavratsiya.

Аннотация. В статье представлены данные о расходовании бюджетных

средств, выделенных на регулирование и сохранение материального

культурного наследия в нашей стране, а также о работе, проделанной в

последние годы по сохранению памятников материального культурного

наследия в Кашкадарьинской области, о текущем состоянии памятников и

расходовании бюджетных средств по объектам на основе статистических

данных. Также упоминаются полномочия местных органов власти в области

культурного наследия и проделанная ими работа.

Ключевые слова: Кашкадарьинская область, бюджетные средства,

объекты культурного наследия, работы по сохранению, реставрация.

Annotation. The article presents the expenditure of budget funds allocated

for the regulation and preservation of tangible cultural heritage in our country, as

well as the work carried out in recent years to preserve tangible cultural heritage

monuments in the Kashkadarya region, the current state of the monuments and the

expenditure of budget funds by object based on statistical data. The powers of local

authorities in the field of cultural heritage and the work they have done are also

mentioned.

Keywords: Kashkadarya region, budget funds, cultural heritage objects,

preservation work, restoration.

KIRISH

Respublikadagi eng ko‘p madaniy meros yodgorliklari mavjud bo‘lgan

Qashqadaryo viloyati hisoblanadi. Har yili viloyatda joylashgan madaniy meros

obyektlari orasidan tarixiy ahamiyati yuqori bo‘lgan 20 tadan ortiq madaniy meros

obyektlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish uchun taklif beriladi.

Jumladan, yo‘qolib ketayotgan, nobud bo‘layotgan yoki tashqi ta’sirlar

oqibatida jiddiy zarar ko‘rayotgan va avariya holatidagi obyektlarni birinchi

navbatda asrash bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi

viloyatdagi 22 ta madaniy meros obyektlari ta’mirtalab bo‘lganligi sababli

2020-yilda ta’mirlash-tiklash (restavratsiya) ishlarini amalga oshirish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros

departamentiga murojaat qilingan. Ammo 2020-yilda ta’mirlash-tiklash ishlariga

13 ta madaniy meros obyektlariga mablag‘ ajratilgan.

Mana shunday holatlar bilan birga sohada kadrlar yetishmasligi hamda

moliyaviy muammolar tufayli viloyatda 35 ta tarixiy obyekt taʼmirtalab, avariya

holatiga kelib qolganligi achinarli. Jumladan, Shahrisabz shahrida joylashgan

1437-1438-yillarda qurilgan “Gumbazi Sayyidon” maqbarasi, IX-XII asrlarga oid

“Qal’a devori” arxitektura obyekti, XIV-XV asrlar “Xommomi” arxitektura

obyekti, Shahrisabz tumanida joylashgan XVI asrga oid “Chorsu gumbazi”

arxitektura obyekti, 1894-yilda qurilgan “Suvsulton” masjidi, XIX-XX asrlarga oid

“Shakarteri” masjidi, Yakkabog‘ tumanida joylashgan VI-VII arslarga oid “Tezob”

masjidi, X-XII arslarga oid “Tezob” maqbarasi”, Kitob tumanida joylashgan 1892-

yilda barpo etilgan “Sumak” masjidi, Qarshi shahrida joylashgan XIX asrga oid

“Aral” masjidi, Dexqonobot tumanida joylashgan 1890-yilda barpo etilgan

“Oqsaroy qa’lasi” arxitektura obyekti, Koson tumanida joylashgan I - VIII asrlarga

oid “Yerqurg‘on” shahristoni arxeologiya obyekti, XVI asrga oid “Xuja qurg‘on”

masjidi va boshqalar (Madaniy meros joriy arxivi).

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Qashqadaryo viloyatidagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish,
ta’mirlash va ulardan foydalanish masalalari so‘nggi yillarda davlat siyosati
darajasida faol o‘rganilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
arxiv materiallari, Vazirlar Mahkamasining 110-son (2022), 102-103-son (2023)
qarorlari va bayonlari asosiy rasmiy manbalarni tashkil etadi. Ushbu hujjatlar
viloyatdagi 1500 ga yaqin madaniy meros obyekti holatini, byudjet

mablag‘larining ajratilishi va o‘zlashtirilishini batafsil yoritadi.

Adabiyotlarda asosiy e’tibor quyidagi muammolarga qaratilgan:

Obyektlarning avariya holatiga kelishi xususan, 2020-yilda 35 ta obyekt

ta’mirtalab;

Moliyaviy resurslar yetishmasligi va mablag‘larning to‘liq o‘zlashtirilmasligi

2023-yilda atigi 23% o‘zlashtirilgan;

Arxeologik obyektlarga yetkazilgan zarar 2022-2023-yillarda 52,383 mln

so‘m;

Bir vaqtning o‘zida ijobiy tendensiyalar ham qayd etilgan: har yili byudjet

mablag‘larining keskin o‘sishi (2019-yilda 59 mlrd, 2022-yilda 75 mlrd, 2023-

yilda 284 mlrd so‘m), “Shahrisabz tarixiy markazi” kabi YUNESCO obyektlarini

qayta tiklash bo‘yicha ishlar va mahalliy hokimiyatlarning muhofaza belgilari

o‘rnatish, jamoatchi nazoratchilar biriktirish kabi tashkiliy choralar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot sifat va miqdoriy yondashuvlarning kombinatsiyasiga asoslangan.
Tadqiqot ishonchliligini ta’minlash uchun faqat rasmiy va tasdiqlangan
manbalardan foydalanildi. Cheklov sifatida birlamchi empirik tadqiqot
o‘tkazilmaganligini qayd etish mumkin.
Ushbu metodologiya mavzuning dolzarbligini hisobga olgan holda, mavjud
muammolarni aniq ko‘rsatish va takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Qashqadaryo vohasida turistlar tashrif buyuradigan 58 ta madaniy meros
obyektida yongʻin xavfsizligi, 49 tasida sanitariya qoidalari talablari buzilgani
aniqlangan. Qashqadaryo viloyati boʻyicha jami 12 ta arxeologiya merosi
obyektlari buzilishi yoki yoʻq qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 5,8
mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan Shuningdek, soha mutaxassis xodimlari tomonidan
2022-2023-yillar davomida olib borgan nazorat ishlari asosida 6 ta arxeologiya
obyektiga 52 mlrd 383 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan.

Arxeologiya T/r Zarar yetkazilgan Zarar aniqlangan yil Zarar miqdori
obyekt nomi (mln so‘mda)
obyektlari

soni

2022 2023

1178 1 Kunjutlitepa + 47 500
315
2 Chordang‘itepa + 3 700
92
3 Xontepa + 96
680
4 Chillamozortepa +

5 Munchoqtepa +

6 Qurg‘ontepa +

51 515 868 52 383
1178 Jami 6

Yuqoridagi holatlar natijasida hududda madaniy merosni saqlash va muhofaza
qilish borasida jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, moddiy madaniy
meros yodgorliklarni muhofaza qilish hamda saqlash uchun respublika byudjeti
hisobidan madaniy meros obyektlariga 2019-yilda jami 59 125 mln. so‘m (2018-
yilga nisbatan 127 foiz) budjet mablag‘lari ajratilgan. Ajratilayotgan mablag‘lar
doirasida 2019-yil 77 ta madaniy meros obyektlarini ta’mirlash-tiklash,
konservatsiya va arxeologiya tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.

2020-yilda amalga oshiriladigan ishlar – jami 66 843 mln so‘m (2019-yilga
nisbatan 130 foiz) budjet mablag‘lari ajratilgan, bu mablag’lar asosida 85 ta
madaniy meros obyektlarini ta’mirlash-tiklash, konservatsiya va arxeologiya
tadqiqot ishlari ko‘zda tutilgan.

2021-yilda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti
negizida Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tashkil
etilishi natijasida sohaga ajratilgan mablag‘lar Madaniyat vazirligi hisob raqamida
qolib ketganligi sababli moddiy madaniy meros obyektlarini ta’mirlash-tiklash,
konservatsiya qilish ishlariga yo‘naltirmasdan qolgan.

2022-yil 4-mart kuni tasdiqlangan 2022-yil davomida asrashga doir ishlar
amalga oshiriladigan madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining manzilli
ro‘yxatiga asosan 34 ta loyihalar bo‘yicha jami 75 mlrd so‘m mablag‘lar ajratilgan.
Mazkur 34 ta madaniy meros obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab
chiqilgan bo‘lib, shundan, 33 ta obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari Madaniy
meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullangan hamda
shaharsozlik ekspertizasidan ijobiy xulosa olinib, Turizm va madaniy meros
vazirligining “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat
muassasasi bilan 37 mlrd so‘mlik shartnoma rasmiylashtirilgan (Madaniy meros
agentligi joriy arxivi). Shuningdek, Madaniy meros agentligi tomonidan pudrat
ishlarini amalga oshirish uchun avans va bajarilgan ishlar uchun 16,5 mlrd so‘m
mablag‘ moliyalashtirilib, 20 ta obyektda 7,3 mlrd so‘mlik pudrat ishlari
bajarilgan. Shundan, loyihalashtirish ishlariga 3,1 mlrd so‘m moliyalashtirib
berilgan.

Misol tariqasida Qashqadaryo viloyatidagi Haramjo‘y masjidi ta’mirlashtiklash, restavratsiya ishlari uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, undan
783,8 mln so‘m moliyalashtirilgan hamda 783,8 mln so‘mlik (82,7%) ishlar
bajarilgan. Qashqadaryo viloyatidagi XIV asrga oid Hammomi ta’mirlash-tiklash
restavratsiya ishlari uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, undan 558,6 mln
so‘m moliyalashtirilgan hamda 237,0 mln so‘mlik (23,7%) ishlar bajarilgan.

Shuningdek, joriy 2022-yil uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil

3-martdagi 110-sonli qarori hamda madaniy meros obyektlarini restavratsiya va

konservatsiya qilish bo‘yicha manzilli dasturining ijrosini ta’minlash bo‘yicha 69

ta madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini tashkil

qilingan. Ulardan biri “Shahrisabz tarixiy markazi” butunjahon madaniy meros

obyektini dastlabki regeneratsiya (tarixiy shaklini qayta tiklash bo‘yicha loyiha-

smeta hujjatlarini ishlab chiqish va loyihani amalga oshirish uchun dastlabki

ishlarni boshlash) ishlarini amalga oshirishga 10 mlrd so‘m ajratilgan. Madaniy

meros agentligi tomonidan mazkur regeneratsiya loyihasi ishlab chiqilib,

YUNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasiga kelishish uchun taqdim etilgan,

biroq YUNESKO tomonidan loyihani ko‘rib chiqish yakunlanmaganligi bois,

dastlabki regeneratsiya ishlari amalga oshirilmagan. Natijada mablag‘ qayta

taqsimlangan.

2023-yilda madaniy meros obyektlarida restavratsiya, asrashga doir ishlarni

amalga oshirish uchun davlat byudjetidan jami 284 mlrd so‘m (2022-yilda

o‘zlashtirilmasdan qolgan mablag‘lar bilan birgalikda) mablag‘ ajratilgan bo‘lsa,

yil yakuniga borib, ushbu mablag‘larning bor-yo‘g‘i 23 foizi (65,6 mlrd so‘m)

o‘zlashtirilgan (Madaniy meros agentligi joriy arxivi). Ammo avvalgi yillarga

taqqoslaydigan bo‘lsak, yodgorliklarda asrashga doir ishlar va obodonlashtirish

ishlarini amalga oshirish uchun eng ko‘p o‘zlashtirilgan mablag‘ hisoblanadi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-maydagi 102-son yig‘ilishi

bayoni bilan 158 ta madaniy meros obyektida restavratsiya va qurilish-ta’mirlash

ishlarini amalga oshirish uchun 150 mlrd so‘m, 13 ta davlat muzeyi uchun 8,8 mlrd

so‘m hamda madaniy meros obyektlarida quyosh panellarini o‘rnatish uchun 5,2

mlrd so‘m jami – 201 ta loyihani amalga oshirish uchun 164 mlrd so‘m ajratilgan.

Shundan, restavratsiya va qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan

158 ta obyektning 67 tasida (43 foiz) ta’mirlash-tiklash ishlari boshlangan.

2023-yil davomida 67 ta obyekt uchun jami 35,6 mlrd so‘m yo‘naltirilgan

bo‘lib, shundan 3,3 mlrd so‘m – loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, 32,2 mlrd

so‘m – restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlariga yo‘naltirilgan. Shundan,

Qashqadaryo viloyatida joylashgan obyektlarni restavratsiya, ta’mirlash-tiklash

ishlari uchun 8,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. Qarshi shahrida joylashgan 4 ta

obyekt, Dehqonobod, Qamashi, Kitob, Chiroqchi, Kasbi tumanlari hamda

Shahrisabz shahrida 1 tadan jami – 10 ta obyekt rejalashtirilgan.

T/r Obyekt nomi Obyekt manzili Asrashga doir ish Ajratilgan
turi mablag‘
(mln so‘m)
1 “Haramjo‘y” masjidi Qarshi shahar, Haramjo‘y Restavratsiya, 1 500,0

MFY ta’mirlash-tiklash

700,0
2 XIV asrdagi Qarshi shahar, Qarliqxona Restavratsiya, 1 500,0

“Hammom” binosi mahallasi, Nasaf ko‘chasi ta’mirlash-tiklash 640,0
1 000,0
3 “Ko‘k gumbaz” Shahrisabz shahri, Restavratsiya, 800,0
1 000,0
madaniy meros Qo‘shxovuz MFY, Ipak ta’mirlash-tiklash 500,0
800,0
obyekti Yo‘li ko‘chasi, 89-uy 300,0
8 740,0
4 “Oq Saroy” Dehqonobod tumani, Restavratsiya,

majmuasi Oqrabod MFY ta’mirlash-tiklash

5 “Langar ota” Qamashi tumani, Restavratsiya,

ziyoratgohi Ko‘kbuloq MFY ta’mirlash-tiklash

6 “Kulol” masjidi Qarshi shahri, Chaqar Restavratsiya,

MFY ta’mirlash-tiklash

7 “Sharofboy” Qarshi shahri, Chaqar Restavratsiya,

madrasasi MFY ta’mirlash-tiklash

8 “Nomozgoh” masjidi Kasbi tumani, Xo‘ja Restavratsiya,

Kasbi QFY ta’mirlash-tiklash

9 “Abu Xasan Ishqiy” Chiroqchi tumani, Langar Restavratsiya,
masjidi
MFY ta’mirlash-tiklash
10 “Xo‘ja Ilm Kon”
maqbarasi va masiidi Kitob tumani, Xo‘ja Restavratsiya,

Ilmkon MFY ta’mirlash-tiklash

Jami

FVazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-maydagi 102-son yig‘ilishi bayoni.
Madaniy meros agentligining 2024-yil 6-maydagi “2024-yilda restavratsiya
va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladigan madaniy meros obyektlari va
davlat muzeylarining manzilli ro‘yxati” bilan 230 ta loyihani amalga oshirish
uchun 192 mlrd so‘m ajratilgan. Shundan, restavratsiya va qurilish-ta’mirlash
ishlarini amalga oshirish uchun 168 mlrd so‘m, loyiha-semita ishlari uchun 24
mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.
Birgina Qashqadaryo viloyatida joylashgan obyektlarda asrashga doir ishlarni
amalga oshirish uchun jami – 13 ta obyektga qariyb 6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Jumladan, 7 ta obyektni ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 5,4 mlrd so‘m mablag‘
hamda 6 ta obyektning loyiha ishlari uchun 600 mln so‘m mablag‘ ajratish
belgilangan.

T/r Obyekt nomi Obyekt manzili Asrashga doir ish Ajratilgan

turi mablag‘

(mln so‘m)

Restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlari uchun

1. XIV asrdagi Qarshi shahar, Qarliqxona Restavratsiya, 100

“Hammom” binosi mahallasi, Nasaf ko‘chasi ta’mirlash-tiklash

2. “Ko‘k gumbaz” Shahrisabz shahri, Restavratsiya, 400

madaniy meros Qo‘shxovuz MFY, Ipak ta’mirlash-tiklash

obyekti Yo‘li ko‘chasi, 89-uy

3. “Oq Saroy” Dehqonobod tumani, Restavratsiya, 350

majmuasi Oqrabod MFY ta’mirlash-tiklash

4. “Kulol” masjidi Qarshi shahri, Chaqar Restavratsiya, 1 200

1 100
MFY ta’mirlash-tiklash 1 068
1 168
5. “Sharofboy” Qarshi shahri, Chaqar Restavratsiya,
4
madrasasi MFY ta’mirlash-tiklash 150
150
6. “Nomozgoh” Kasbi tumani, Xo‘ja Kasbi Restavratsiya, 100
100
masjidi QFY ta’mirlash-tiklash 100
5 990
7. “Xo‘ja Ilm Kon” Kitob tumani, Xo‘ja Restavratsiya,

maqbarasi va Ilmkon MFY ta’mirlash-tiklash

masiidi

Loyiha ishlari uchun

8. “Abu Xasan Chiroqchi tumani, Langar Restavratsiya,

Ishqiy” masjidi MFY ta’mirlash-tiklash

9. “Tezob” maqbarasi Yakkabog‘ tumani Restavratsiya,

“Xo‘jailg‘or” MFY ta’mirlash-tiklash

10. “Sumak” masjidi Kitob tumani “Tevabosh” Restavratsiya,

MFY ta’mirlash-tiklash

11. “Shakarteri” Shahrisabz tumani Restavratsiya,
masjidi
ta’mirlash-tiklash
12. “Xo‘jai Isparos”
masjid maqbarasi Kitob tumani Restavratsiya,

13. “Pandindiron” ta’mirlash-tiklash
masjidi
Kasbi tumani Restavratsiya,

ta’mirlash-tiklash

Jami

Madaniy meros agentligining 2024-yil 6-maydagi manzilli ro‘yxati
Madaniy meros agentligining 2025-yil 3-fevraldagi “2025-yilda restavratsiya
va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladigan madaniy meros obyektlari va
davlat muzeylarining manzilli ro‘yxati” bilan 232 ta loyihani amalga oshirish
uchun qariyb 135 mlrd so‘m ajratilgan. Shundan, restavratsiya va qurilishta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 125 mlrd so‘m, loyiha-semita ishlari
uchun 10 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi (Madaniy meros joriy arxivi). Xususan,
Qashqadaryo viloyatida joylashgan obyektlarda asrashga doir ishlarni amalga
oshirish uchun jami – 19 ta madaniy meros obyektiga qariyb 7 mlrd so‘m mablag‘
ajratilgan.

T/r Obyekt nomi Obyekt manzili Asrashga doir ish Ajratilgan
turi mablag‘
(mln so‘m)
Restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlari uchun
100
1. XIV asrdagi Qarshi shahar, Qarliqxona Restavratsiya,
“Hammom” binosi mahallasi, Nasaf ko‘chasi ta’mirlash-tiklash 400

“Ko‘k gumbaz” Shahrisabz shahri, Restavratsiya, 350
ta’mirlash-tiklash 1 200
2. madaniy meros Qo‘shxovuz MFY, Ipak

obyekti Yo‘li ko‘chasi, 89-uy

“Oq Saroy” Dehqonobod tumani, Restavratsiya,
3. majmuasi Oqrabod MFY ta’mirlash-tiklash

4. “Kulol” masjidi Qarshi shahri, Chaqar Restavratsiya,

MFY 1 100
“Sharofboy” Qarshi shahri, Chaqar ta’mirlash-tiklash 1 068
5. madrasasi MFY Restavratsiya,
Kasbi tumani, Xo‘ja Kasbi
“Nomozgoh” QFY ta’mirlash-tiklash
6. masjidi Restavratsiya,

ta’mirlash-tiklash

“Xo‘ja Ilm Kon” Kitob tumani, Xo‘ja Restavratsiya,
Ilmkon MFY ta’mirlash-tiklash
7. maqbarasi va 1 168

masjidi

8. “Abu Xasan Chiroqchi tumani, Langar Restavratsiya, 4
Ishqiy” masjidi MFY ta’mirlash-tiklash

9. “Tezob” maqbarasi Yakkabog‘ tumani Restavratsiya, 150
“Xo‘jailg‘or” MFY ta’mirlash-tiklash

10. “Sumak” masjidi Kitob tumani “Tevabosh” Restavratsiya, 150
MFY ta’mirlash-tiklash

11. “Shakarteri” Shahrisabz tumani Restavratsiya, 100
masjidi ta’mirlash-tiklash

12. “Xo‘jai Isparos” Kitob tumani Restavratsiya, 100
masjid maqbarasi ta’mirlash-tiklash

13. “Pandindiron” Kasbi tumani Restavratsiya, 100
masjidi ta’mirlash-tiklash

14. Qal’a devori Qarshi shahri Restavratsiya, 33
“Darvozatutak” MFY ta’mirlash-tiklash

15. Chorsu bozori Shahrisabz shahri Restavratsiya, 9
“Kulollik” MFY ta’mirlash-tiklash

16. Langar ota masjidi Qamashi tumani Restavratsiya, 862
“Ko‘kbuloq” MFY ta’mirlash-tiklash

Hammom Shahrisabz shahri Restavratsiya, 50

17. (arxeologiya “Zargarlik” MFY ta’mirlash-tiklash

topilmasi)

Yerqurg‘on Koson tumani “Sherbek” Restavratsiya, 50
18. shahristoni MFY ta’mirlash-tiklash 50

G‘uzor bekining G’uzor tumani Restavratsiya, 7 044
19. uyi “Xo‘jaguza” MFY ta’mirlash-tiklash

Jami

Madaniy meros agentligining 2025-yil 13-fevraldagi manzilli ro‘yxati

XULOSA VA TAKLIFLAR
Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ham madaniy meros
yodgorliklarini saqlash, uni kelajak avlodga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyat hokimligida
2025-yil 28-aprel kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan video-selektor
yigʻilishining B-01-21/194-son bayoni qaror qismining 9-bandiga koʻra, tuman
(shahar) hokimliklari madaniy meros boshqarmasi bilan birgalikda bir oy
muddatda 584 ta muhofaza belgilarini oʻrnatish boʻyicha tegishli ishlarni amalga
oshirish, viloyat hokimligiga axborot kiritish hamda jami 1468 ta madaniy meros

obyektlariga jamoatchi-nazoratchilar biriktirish, oʻrnatilgan muhofaza belgilari

doimiy ravishda but holda saqlanishiga Mahalla yettiligi masʼul etib belgilangan.

Shuningdek, 2025-yil 30-aprel kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati

kengashining yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy

komissiyasining 03-03-DKB/33-sonli yigʻilishi bayoni kun tartibining

1-masalasida Viloyatda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan

foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar

koʻrib chiqilgan boʻlib, yigʻilish qaror qismining 2-3-bandlarida Viloyat

hokimining oʻrinbosari, Boshqarma boshligʻi, aloqador tashkilotlar va tuman

(shahar) hokimliklari bilan birgalikda viloyatdagi obyektlarni muhofaza qilish

ishlarini doimiy tashkil qilish, jamoatchi nazoratchilar biriktirish, ularni asrash

boʻyicha mahallalarda targʻibot ishlarini olib borish vazifalari belgilangan.

Bundan tashqari, 2025-yil 6-may kuni Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati

kengashining VII-11-80-4-0-K/25-sonli qarori bilan Viloyat hokimining

o‘rinbosari A.Zakirov viloyat madaniy meros boshqarmasi (O.Hamidov), aloqador

tashkilotlar va tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda hududdagi madaniy

meros obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilishda qonunchilik hujjatlarida

belgilangan tartiblarga amal qilib borilishini tashkil qilish, nazorat qilish va amalga

oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berib borish vazifalari yuklatilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugunga kunga kelib obyektlarda

boshlangan restavratsiya-konservatsiya ishlari to‘liq yakunlangan 10 dan ortiq

yodgorliklar mavjud. Ammo bu viloyatdagi jami – 1 500 ga yaqin obyektning atiga

1 foizini tashkil etishi hududdagi madaniy meros obyektlarining muhofazasi va

saqlanishiga jiddiy e’tibor berish lozim ekanligini isbotlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi joriy arxivi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi
“2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 110-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-maydagi
“Madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan asrashga doir ishlarni
muvofiqlashtirish hamda ularni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
103-sonli yig‘ilish bayoni.
4. Madaniy meros agentligining 2024-yil 6-maydagi “2024-yilda restavratsiya
va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladigan madaniy meros obyektlari va
davlat muzeylarining manzilli ro‘yxati.
5. Qashqadaryo viloyat hokimligida 2025-yil 28-apreldagi B-01-21/194-son
bayoni.

6. 2025-yil 30-apreldagi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining

yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining

03-03-DKB/33-sonli yigʻilishi bayoni.

7. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2025-yil 6-maydagi

VII-11-80-4-0-K/25-sonli qarori.

8. Qashqadaryodagi tarixiy obyektlarda qonun buzilishi holatlari aniqlandi –

Bosh prokuratura. Yangi O‘zbekiston. 28-oktabr, 2022-yil.

REFERENCES:

1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi joriy arxivi. (In Uzbek)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi

“2022-yilda turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish

chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 110-son qarori. (In Uzbek)

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-maydagi

“Madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan asrashga doir ishlarni

muvofiqlashtirish hamda ularni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

103-sonli yig‘ilish bayoni. (In Uzbek)

4. Madaniy meros agentligining 2024-yil 6-maydagi “2024-yilda restavratsiya

va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladigan madaniy meros obyektlari va

davlat muzeylarining manzilli ro‘yxati. (In Uzbek)

5. Qashqadaryo viloyat hokimligida 2025-yil 28-apreldagi B-01-21/194-son

bayoni. (In Uzbek)

6. 2025-yil 30-apreldagi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining

yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining

03-03-DKB/33-sonli yigʻilishi bayoni. (In Uzbek)

7. Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2025-yil 6-maydagi

VII-11-80-4-0-K/25-sonli qarori. (In Uzbek)

8. Qashqadaryodagi tarixiy obyektlarda qonun buzilishi holatlari aniqlandi –

Bosh prokuratura. Yangi O‘zbekiston. 28-oktabr, 2022-yil. (In Uzbek)