ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Amir Temur tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarda strategik yondashuv

Ismatullayev Farxodjon Odiljonovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

AMIR TEMUR TASHQI SIYOSATI VA XALQARO MUNOSABATLARDA
STRATEGIK YONDASHUV

FOREIGN POLICY OF AMIR TEMUR AND STRATEGIC APPROACH IN
INTERNATIONAL RELATIONS

ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА АМИР ТЕМУРА И СТРАТЕГИЧЕСКИЙ
ПОДХОД В МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЯХ
Ismatullayev Farxodjon Odiljonovich
Oriental universiteti v.b. professori,
tarix fanlari doktori(DSc)
Tel.: +998 93-804-00-89
E-mail: ismatullayevfarxodjon@gmail.com
Orcid 0009-0004-3159-4371

Annotatsiya. Muallif tomonidan tayyorlangan ushbu ilmiy maqolada Amir
Temurning tashqi siyosati va diplomatik faoliyati tarixiy va nazariy jihatdan
kompleks yondashuv asosida tahlil etiladi. Tadqiqotda Temur davlatchilik tizimida
strategik boshqaruv, xalqaro munosabatlar va geosiyosiy jarayonlarning uyg‘unligi
ilmiy jihatdan yoritilgan. Maqolada kuch va aql uyg‘unligi uning diplomatik
siyosatining asosiy tamoyili sifatida asoslab berilib, harbiy qudratning
muzokaralarda siyosiy ustunlikni ta’minlash vositasi sifatidagi ahamiyati ochib
beriladi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi, savdo yo‘llarining
rivojlanishi hamda elchilik tizimining shakllanishi Temur tashqi siyosatining
muhim yo‘nalishlari sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar
va ilmiy adabiyotlarga tayanilib, Temurning siyosiy-diplomatik qarashlari tizimli
va qiyosiy yondashuv asosida o‘rganilgan. Natijada, Amir Temur davlati o‘z
davrida mintaqaviy va global geosiyosiy tizimda muhim o‘rin egallaganligi asoslab
beriladi. Mazkur maqola uning diplomatik tajribasi zamonaviy xalqaro
munosabatlar uchun ham dolzarb ilmiy model ekanini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: Amir Temur, tashqi siyosat, diplomatiya, xalqaro
munosabatlar, strategiya, geosiyosat, kuch va aql, Buyuk ipak yo‘li.

Annotation. The author of this scholarly article provides a comprehensive
historical and theoretical analysis of the foreign policy and diplomatic activity of
Amir Temur. The study explores the integration of strategic governance,
international relations, and geopolitical processes within the Timurid state system.
The article substantiates the balance between power and intellect as the
fundamental principle of Temur’s diplomacy, emphasizing the use of military
strength as a strategic tool to achieve political advantage in negotiations. It also
analyzes the restoration of the Silk Road, the development of trade routes, and the

formation of diplomatic institutions as key directions of his foreign policy.Based on

historical sources and academic literature, the research systematically and

comparatively examines Temur’s political and diplomatic worldview. As a result, it

is demonstrated that the Timurid state occupied an important position within both

regional and global geopolitical systems of its time. The study concludes that his

diplomatic experience remains a relevant analytical model for modern international

relations.

Key words: Amir Temur, foreign policy, diplomacy, international relations,

strategy, geopolitics, power and intellect, Silk Road.

Аннотaция. Автор данной научной статьи осуществляет комплексный

историко-теоретический анализ внешней политики и дипломатической

деятельности Amir Temur. В исследовании рассматривается интегрatsiя

стратегического управления, международных отношений и геополитических

процессов в системе государства Тимуридов. В статье обосновывается

положение о том, что сочетание силы и разума являлось основополагающим

принципом дипломатии Тимура, при этом военная мощь рассматривалась как

стратегический инструмент достижения политического преимущества в

переговорах. Также анализируются восстановление Великого шёлкового

пути, развитие торговых маршрутов и формирование дипломатических

институтов как ключевые направления его внешней политики. На основе

исторических источников и научной литературы системно и сравнительно

исследуются политико-дипломатические взгляды Тимура. В результате

обосновывается, что государство Тимура занимало важное место в

региональной и мировой геополитической системе своего времени.

Подчеркивается, что его дипломатический опыт сохраняет актуальность как

научная модель для современных международных отношений.

Ключевые слова. Амир Темур, внешняя политика, дипломатия,

международные отношения, стратегия, геополитика, сила и разум, Великий

шёлковый путь.

KIRISH
Dunyoda hukmdorlar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa-da, ularning aksariyati tarixda
asosan jangchi va istilochi sifatida nom qoldirgan. Biroq Amir Temur shaxsida biz
keng qamrovli siyosat yuritgan, mohir sarkarda, adolatli hukmdor, bunyodkor va
ayni paytda yuksak diplomatik salohiyatga ega davlat arbobini ko‘ramiz. U
nafaqat harbiy jihatdan kuchli qo‘mondon, balki xalqaro munosabatlar tizimida
puxta o‘ylangan strategiyani amalga oshira olgan mohir diplomat ham edi. O‘sha
davr mutafakkirlari ta’rifiga ko‘ra, Amir Temur xalqaro siyosatda kuch va aql
uyg‘unligini ta’minlay olgan noyob shaxslardan biri hisoblanadi. Uning tashqi

siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar – davlat xavfsizligini mustahkamlash, savdo

yo‘llari ustidan nazoratni ta’minlash hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirishdan

iborat bo‘lgan. Mazkur yondashuvni retrospektiv tahlil qiladigan bo‘lsak, u

bugungi zamonaviy davlatlar tashqi siyosatining asosiy tamoyillari bilan uyg‘un

ekanligini ko‘rish mumkin. Shu jihatdan, Amir Temur diplomatiyasi nafaqat o‘z

davri uchun, balki hozirgi xalqaro munosabatlar tizimi uchun ham muhim nazariy

va amaliy ahamiyat kasb etadi. Uning siyosatida muvozanatni saqlash, strategik

fikrlash va davlat manfaatlarini qat’iy himoya qilish kabi tamoyillar yetakchi o‘rin

egallagan bo‘lib, ular bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mavzuning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishda birinchi navbatda o‘rta asr
tarixiy manbalari muhim o‘rin tutadi.
Sharofiddin Ali Yazdiy (1997) o‘zining “Zafarnoma” asarida Amir
Temurning harbiy yurishlari bilan birga diplomatik faoliyatini ham batafsil
yoritgan. Muallif Temurning kuch va muzokara o‘rtasidagi muvozanatni saqlash
siyosatini alohida ta’kidlaydi. Ibn Arabshohning asari ham Temur
diplomatiyasining xususiyatlarini ochib berishda muhim ahamiyatga ega. Rui
Gonsales de Klavixo (2010) esa Ispaniya elchisi sifatida Samarqandda bo‘lib,
Amir Temur saroyidagi diplomatik qabul va xalqaro aloqalarni bevosita
kuzatganligi bois qimmatli ma’lumotlar bergan. Ushbu manba Yevropa va Temur
davlati o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishda asosiy birlamchi manba hisoblanadi.
Xorijiy tadqiqotlarda Lyusen Karen (2007) Amir Temurning bunyodkorlik
siyosati, madaniyat va diplomatiyasiga yuqori baho bergan. Uning fikricha, Temur
nafaqat sarkarda, balki me’morchilik va madaniyatni yuqori darajada
rivojlantirgan davlat arbobi sifatida ham benazirdir.
Shuningdek, mavzuga oid tadqiqotlarda Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi,
savdo-iqtisodiy aloqalar va strategik ittifoqlar masalalari ham keng yoritilgan.
Ushbu adabiyotlarning umumiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, Amir Temur
diplomatiyasi kuch va aql uyg‘unligiga, pragmatizmga va uzoq muddatli strategik
rejalashtirishga asoslangan bo‘lib, bugungi xalqaro munosabatlar nazariyasi bilan
ham uyg‘unlashadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida Amir Temur davri va uning diplomatik faoliyatiga oid
ilmiy adabiyotlar – monografiyalar, ilmiy maqolalar, tarixiy manbalar hamda
tadqiqotchilar ishlari tizimli ravishda o‘rganildi. Metodologik jihatdan qiyosiy
tahlil, tizimli yondashuv, tarixiylik va mantiqiy umumlashtirish usullaridan keng
foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Tarixiy taraqqiyot jarayonida har bir davr o‘zining yetakchi shaxslari orqali

siyosiy va ijtimoiy tizimlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Ana shunday

murakkab tarixiy sharoitda faoliyat yuritgan Amir Temur davlatchilik va xalqaro

munosabatlar rivojida o‘ziga xos maktab yaratgan shaxs sifatida alohida o‘rin

egallaydi. Uning siyosiy qarashlari faqat harbiy yurishlar bilan cheklanib qolmay,

balki davlatni boshqarish, ichki barqarorlikni ta’minlash hamda tashqi aloqalarni

oqilona yo‘lga qo‘yishga qaratilgan keng qamrovli tizimni o‘z ichiga olgan. Shu

nuqtayi nazardan, Amir Temur faoliyatini o‘rganish uning davlatchilik tajribasi va

diplomatik yondashuvlarining mazmun-mohiyatini anglash, shuningdek, tarixiy

jarayonlarning zamonaviy xalqaro munosabatlarga ta’sirini chuqurroq tahlil qilish

imkonini beradi.

Amir Temur davri manbalari, jumladan, Ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali

Yazdiy va Rui Gonzales Klavixoning asarlarida Temur diplomatiyasining asosiy

xususiyatlaridan biri sifatida – kuch va muzokara o‘rtasidagi muvozanat

bo‘lganligi haqida mulohaza yuritilgan. Manbalarda keltirilishicha, u harbiy

qudratni faqat urush uchun emas, balki muzokaralarda ustunlikka erishish vositasi

sifatida ham qo‘llagan. Bu tamoyil bugungi xalqaro siyosatda ham muhim

ahamiyat kasb etadi.

Amir Temur tashqi siyosatda avvalo strategik ittifoqlar va munosabatlarga

katta e’tibor qaratgan. Uning davrida Markaziy Osiyo dunyo savdosining muhim

markazlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, buyuk ipak yo‘li orqali savdo aloqalarini

rivojlantirish Temur siyosatida alohida o‘rin tutgan. Chunki Temurgacha mintaqani

150 yil boshqargan Mo‘g‘ullar davlati ushbu yo‘l tarmog‘ini izdan chiqargan,

deyarli faoliyatini to‘xtatgan, xavfli bo‘lib qolgan edi. Qudratli buyuk davlat barpo

qilgan Amir Temur bunday davlatning iqtisodiy jihatdan ravnaq topishini

g‘alabalarga olib keluvchi harbiy yurishlar bilangina ta’minlab bo‘lmasligini

yaxshi his etgan. Movarounnahrning markazida, strategik jihatdan qulay

joylashgan Samarqand shahrini poytaxt sifatida tanlar ekan, u Buyuk Ipak yo‘lida

joylashgan, Uzoq Sharqni musulmon dunyosi hamda Yevropa bilan bog‘lovchi bu

shahar ulug‘vor inshootlari, dabdabali saroylari, saroy ahlining tantanavor

kiyimlari bilan mehmonlarni hayratga solishi lozim, deb hisoblardi. Bundan

tashqari, Samarqand azaldan ilm-fan va ma’rifat markazi bo‘lib kelgandi.

Mo‘g‘ullar davrida shaharning ilmiy va madaniy an’analari buzilgandi. Shu bois

hukmdor shaharning o‘sha an’analarini qayta tiklash orqali yuqorida ko‘zlagan

maqsadiga erishishga jazm qildi. Bunga Movarounnahrni iqtisodiy va siyosiy

hayot markaziga aylantiribgina erishish mumkin edi. Buning uchun esa g‘arb

mamlakatlari bilan Xitoy o‘rtasida o‘tmishda mavjud bo‘lgan asosiy karvon

yo‘llarini tiklash va jonlantirish zarur edi.

Amir Temurgacha bo‘lgan davrda feodallar o‘rtasidagi janjallar va o‘zga

chetdan tez-tez bo‘lib turadigan bosqinlar tufayli Oltin O‘rdadan Sharq

mamlakatlariga olib boradigan karvon yo‘llari inqirozga uchragan edi. Egey va

O‘rta dengiz sohillaridan to Xitoy chegaralarigacha, Dashti Qipchoqdan Arabiston

dengizigacha bo‘lgan oraliqda ulkan saltanat barpo etib, Sohibqiron, avvalo Buyuk

ipak yo‘lining karvon so‘qmoqlarini bosqinchilar hujumidan muhofaza qildi.

G‘arbiy Eron, Iroq, Suriya va Sharqiy Anatoliyada bosqinchilar ayniqsa ko‘p edi.

Bungacha ana shu mamlakatlardan o‘tadigan yo‘llar xavfli bo‘lganligi uchun

nafaqat savdo karvonlari qatnovi, balki musulmonlar uchun farz hisoblangan haj

amalini bajarish ham amri mahol bo‘lib qolgan edi. Buyuk ipak yo‘lining yopilib

qolgan karvon so‘qmoqlari Amir Temur iqtidori sharofatidan qayta tiklanishi

tufayli Movarounnahrga turli mamlakatlardan sarmoya va mol oqib kela boshladi.

Bunda, birinchi navbatda, Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Aksikent,

Andijon va boshqa shaharlaridan chiqqan savdogarlar faol qatnashdilar. Yurtimiz

savdogarlarini Xitoy, Hindiston, Qrim, Kichik Osiyo va Shimoliy Afrikaning

poytaxt shaharlari portlarida ko‘rish mumkin edi. Bundan anglash mumkinki,

Temur “kuchli davlat – kuchli diplomatiya” tamoyiliga amal qilgan. Uning

fikricha, savdo va iqtisodiy munosabatlar davlatning diplomatik muzokaralarida

muhim o‘rin tutadi.

Amir Temur davlati va uning xalqchil ichki siyosati va adolatli tashqi siyosati

tarixini genetik tahlil etar ekanmiz, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi

o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari qariyb ikki yarim ming yildan buyon davom etib,

o‘zaro savdo-madaniy aloqalar ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar davrida

o‘zining yuksalish bosqichiga ko‘tarilgan (Rui Gonzales de Klavixo. 2010: 6).

Tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilar ekanmiz Amir Temur tashqi siyosatda

asosan quyidagi yo‘nalishlarga: Davlat xavfsizligi va barqarorlik, kuch va

diplomatiya muvozanati, xalqaro ittifoqlar va aloqalar, savdo yo‘llari va iqtisodiy

manfaatlar, elchilar xavfsizligi va diplomatik madaniyat, axborot va razvedka,

davlat manfaatlari ustuvorligi kabi tamoyillarga e’tibor qaratilganini ko‘rishimiz

mumkin. Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Amir Temur

tashqi siyosati – bu xavfsizlik, iqtisod, diplomatiya va kuchning o‘zaro

uyg‘unligiga asoslangan mukammal tizim edi.

O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq Amir Temur shaxsi hamda

uning jahon sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni davlat siyosati darajasida e’tirof etilib,

ushbu yo‘nalishda tizimli ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, 1996-yilda YUNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan

va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti) homiyligida Parij shahrida Sohibqiron

tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanishi uning tarixiy

merosiga berilgan yuksak bahoning yaqqol ifodasi bo‘ldi. Mazkur davrdan boshlab

respublikada Amir Temur hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, uning davlat

boshqaruvi tamoyillari, xususan, “Temur tuzuklari”da aks etgan siyosiy-huquqiy

qarashlarni ilmiy asosda tadqiq etish hamda keng jamoatchilik orasida targ‘ib

qilishga qaratilgan ko‘plab fundamental va amaliy loyihalar amalga oshirildi.

Natijada, Sohibqiron merosi milliy davlatchilik an’analari, strategik boshqaruv

tajribasi va ma’naviy qadriyatlar tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida qayta

talqin etildi.

Shu bilan birga, yosh avlod ongiga Amir Temurning boy siyosiy va ma’naviy

merosini chuqur singdirish, uni zamonaviy taraqqiyot talablari bilan uyg‘un holda

talqin etish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davom

ettirilmoqda. Ana shu izchil siyosatning mantiqiy davomi sifatida 2026-yilda

Sohibqiron tavalludining 690 yilligi mamlakatimizda keng jamoatchilik ishtirokida

nishonlanib, bu jarayon tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglashni

chuqurlashtirish hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat

qilmoqda. O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq Amir Temur shaxsi

hamda uning jahon sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni davlat siyosati darajasida e’tirof

etilib, ushbu yo‘nalishda tizimli ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, 1996-yilda YUNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan

va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti) homiyligida Parij shahrida Sohibqiron

tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlanishi uning tarixiy

merosiga berilgan yuksak bahoning yaqqol ifodasi bo‘ldi. Mazkur davrdan boshlab

respublikada Amir Temur hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, uning davlat

boshqaruvi tamoyillari, xususan, “Temur tuzuklari”da aks etgan siyosiy-huquqiy

qarashlarni ilmiy asosda tadqiq etish hamda keng jamoatchilik orasida targ‘ib

qilishga qaratilgan ko‘plab fundamental va amaliy loyihalar amalga oshirildi.

Natijada, Sohibqiron merosi milliy davlatchilik an’analari, strategik boshqaruv

tajribasi va ma’naviy qadriyatlar tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida qayta

talqin etildi. Shu bilan birga, yosh avlod ongiga Amir Temurning boy siyosiy va

ma’naviy merosini chuqur singdirish, uni zamonaviy taraqqiyot talablari bilan

uyg‘un holda talqin etish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri

sifatida davom ettirilmoqda. Ana shu izchil siyosatning mantiqiy davomi sifatida

2026-yilda Sohibqiron tavalludining 690 yilligi mamlakatimizda keng jamoatchilik

ishtirokida nishonlanib, bu jarayon tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy o‘zlikni

anglashni chuqurlashtirish hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirishga

xizmat qilmoqda.

Bugungi kundagi xalqaro vaziyatga baho berar ekan, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev o‘tmishdagi tarixiy holatga baho berib: “Sohibqiron

bobomizning Fransiya, Angliya, Ispaniya, Vizantiya, Misr, Xitoy, Hindiston,

Usmoniylar imperiyasi kabi ko‘plab davlatlarning hukmdorlari bilan olib borgan

diplomatik aloqalari va yozishmalari buni yaqqol tasdiqlaydi (Mirziyoyev Sh.M.

2018: 282)”, - deya ta’kidlaydi.

Bevosita Amir Temur hukmronligi davrida Yevropaning yirik davlatlaridan

o‘nlab elchilar kelgan. Temurning bag‘rikenglik va diniy e’tiqod borasidagi

erkinligi davlat hududida yashagan xristian hamda yahudiylarning o‘z dinlariga

bemalol amal qilish imkoniyatini yaratgan (Lyusen Karen: 2007). Amir Temur

tomonidan boshqa davlatlarga yuborilgan elchilar xalqaro va diplomatiya huquqi

mezonlariga qat’iy amal qilganlar (Ermatov B. 2019: 32-36).

Amir Temur diplomatiyasi mardlik, jasurlik, tashabbuskorlik va jamiyki

insoniy fazilatlarga yo‘g‘rilganligi, hatto u yengilgan raqibiga katta hurmat va

jumardlik ko‘rsatgan. (Sharofiddin Ali Yazdiy 1997:261 ). Temurning Yevropaga,

jumladan, Fransiya bilan hamkorlik aloqasiga jiddiy e’tibor qaratganligini, va o‘z

navbatida Fransiya qiroli Karl VI ham bunga munosib javob qaytarganligini,

yozilgan maktublari orqali bilib olish mumkin (Mirziyoyev Sh.M. 2019: 248).

Shu bilan birga, Amir Temur hayoti va faoliyatini chuqur o‘rgangan fransuz

olimi Luyusen Keren uning shaxsiga yuksak baho berib, quyidagilarni ta’kidlaydi:

“Temurbek benazir siymo bo‘lib, uning qiyosi yo‘q. Amir Temur me’morchilik va

dekorativ san’atni nozik did bilan anglay olgan. Uning davrida Samarqand va

Keshda bunyod etilgan masjid, saroy va madrasalar fors me’morchiligining oddiy

taqlidi emas, balki buyuk amir tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, yuksak madaniyat

va texnik salohiyatga ega ustalarning original ijod mahsulidir”. Mazkur fikrlar Amir

Temurning bunyodkorlik siyosati chuqur o‘ylangan va maqsadli bo‘lganini

ko‘rsatadi. U mintaqani jahonning eng obod va go‘zal shaharlariga aylantirishni

strategik vazifa sifatida ilgari surgan. Natijada amalga oshirilgan keng ko‘lamli

islohotlar davlatning xalqaro nufuzini mustahkamladi, savdo-iqtisodiy aloqalarning

rivojlanishiga xizmat qildi, xavfsizlik tizimini ta’minladi hamda Markaziy Osiyoni

o‘z davrining muhim global siyosiy va iqtisodiy markazlaridan biriga aylantirdi.

Amir Temur diplomatiyasining yana bir muhim jihati – elchilar xavfsizligini

ta’minlash hamda xalqaro huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etishdan iborat bo‘lgan.

U elchilarga nisbatan hurmat va daxlsizlik tamoyilini davlat siyosati darajasiga

ko‘targan holda, diplomatik munosabatlarning barqarorligini ta’minlashga alohida

e’tibor qaratgan. Xususan, Xitoy bilan munosabatlarni izga solish va rasmiy

aloqalarni mustahkamlash maqsadida 1387-1396-yillar davomida bir necha bor

elchilar Pekin shahriga yuborilgan. Amir Temur diplomatik missiyalarni amalga

oshirishda elchilar tanloviga ham jiddiy yondashib, asosan ilmli, tajribali va ijtimoiy

nufuzga ega shaxslarni jalb etgan. Jumladan, Xitoyga yuborilgan elchilar tarkibida

Mavlono Hofiziy, Toj ad-Din, Shohalil, Nig‘mat ad-Din, Darvish va Alomat ad-Din

kabi vakillar bo‘lib, ular orqali Pekin bilan nafaqat diplomatik, balki savdo-iqtisodiy

aloqalar ham tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

Amir Temur tashqi siyosatda real voqelik va mavjud siyosiy vaziyatni chuqur

tahlil qilish asosida qarorlar qabul qilgan. U pragmatik yondashuvni ustuvor deb

bilib, zarur holatlarda xorijiy davlatlar tomonidan ilgari surilgan turli ittifoqlar

tuzish takliflariga ham ijobiy munosabat bildirgan. Bu esa uning diplomatik

faoliyatida moslashuvchanlik, strategik tafakkur va uzoqni ko‘zlab ish yuritish

tamoyillari ustuvor bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Yevropa davlatlari bilan

munosabatlarda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Bunga misol tariqasida Ispaniya

(Kastiliya) bilan tuzilgan ittifoqni ko‘rsatish mumkin. Ispaniya qiroli Amir Temur

huzuriga elchilari – Pelayo de Sotomayor va Fernando de Palazueloslarni yuborgan.

Bunga javoban Temur Ispaniya saroyiga Muhammad Qozi nomli o‘z elchisini

yuborgan, xat va sovg‘alar bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan. Bu Ittifoq va tashqi

munosabatlar strategiyasining aniq misolidir. Klavixoning esdaliklarida

yozilishicha, Temur Yevropadan kelgan rasmiy elchilar bilan yaxshi munosabatlar

o‘rnatgan. Masalan, Ispaniyadan Rui Gonzales de Klaviho rahbarligidagi

delegatsiya Samarqandga kelgan va u yerda Temur bilan rasmiy muloqotlar

o‘tkazgan. Bu ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik tus va hamkorlikni ko‘rsatadi.

Bundan tashqari Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga elchi yuborib, hujum

va mudofaa ittifoqini taklif qilgan va savdo hamkorligini rivojlantirishni maqsad

qilgan. Jumladan, Temurning elchisi Parijga 1403-yil 15-iyunda yetib borgan.

Bugun shu elchilikdan darak beruvchi noyob manba, ya’ni xatlarning asl nusxalari

Fransiyaning Luvr muzeyida saqlanmoqda.

Amir Temur o‘zining “Tuzuklar”ida diplomatiya haqida qimmatli fikrlarini

ham berib o‘tgan. Jumladan, davlat ishlarida kengash (diplomatiya)ning katta o‘rin

tutishini ta’kidlaydi. Ya’ni Amir Temur davlat ishlarini savol-javob, mulohaza va

kengash orqali olib borish muhimligini ta’kidlaydi. Bu diplomatik qarashning asosiy

tamoyili bo‘lib, har bir vazifani adolat bilan hal etishda axborot va maslahat muhim

ekanligini ko‘rsatadi. Demak, Amir Temur diplomatiyani davlat ishida muhim

vosita sifatida ko‘rgan.

Mana oradan qariyb olti asr o‘tib, ikki mintaqa xalqlarining avlodlari yana bir-

biri bilan o‘zaro aloqalarni tikladi. Ikki mintaqa o‘rtasida siyosiy, madaniy

hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Fransiya O‘zbekiston rahbari 2018-yil oktyabr oyidagi

rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropadagi birinchi mamlakat ekanini qayd etib, o‘n

beshinchi asr boshida buyuk sohibqiron Amir Temur va Fransiya qiroli Karl VI

davridan buyon davom etib kelayotgan do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch

mamlakatlarimizni bog‘lab turishiga e’tibor qaratdi. Hamda bugungi kun va

o‘tmishni qiyoslagan holda Prezident Sh. Mirziyoyev “... Biz mamlakatimizga chet

el investitsiyalarini jalb qilishda elchilarimiz va diplomatlarimizning ishtirokini

kuchaytirish haqida so‘z yuritdik. Bu masala Amir Temur zamonida ham kun

tartibiga dolzarb vazifa sifatida qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin” – deya

ta’kidlaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda,
balki kuch va aql uyg‘unligiga asoslangan mukammal diplomatik tizim yarata
olgan davlat arbobi bo‘lgan. Uning tashqi siyosati davlat xavfsizligi, iqtisodiy
manfaatlar va xalqaro hamkorlikni uyg‘un holda rivojlantirishga qaratilgan edi.
Ayniqsa, Buyuk ipak yo‘lini tiklash orqali savdo va madaniy aloqalarni
rivojlantirishi uning strategik fikrlash darajasini yaqqol ko‘rsatadi. Temur
diplomatiyasida muzokara va harbiy qudrat o‘rtasidagi muvozanat muhim o‘rin
tutgan bo‘lib, bu tamoyil bugungi xalqaro munosabatlarda ham dolzarbligini
saqlab qolmoqda. Shuningdek, elchilar xavfsizligi, diniy bag‘rikenglik va xalqaro
huquq normalariga amal qilish kabi jihatlar uning siyosatini yanada mukammal
qilgan. Natijada, Amir Temur davrida Movarounnahr global siyosiy va iqtisodiy
markazlardan biriga aylangan. Shu bois, uning diplomatik merosi hozirgi zamon
davlatlari uchun ham muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Mazkur mavzuni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida quyidagi ilmiyamaliy takliflarni ilgari surish mumkin.
Amir Temur diplomatiyasini zamonaviy xalqaro munosabatlar bilan qiyosiy
o‘rganish asosida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish.
Oliy ta’lim muassasalarida “Temur diplomatiyasi”ga oid maxsus o‘quv
kurslarini joriy etish.
Yosh diplomatlarni tayyorlashda Amir Temurning strategik fikrlash va
muzokara olib borish tajribasidan foydalanish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoev Sh.M. (2018) Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga
berilgan eng oliy bahodir. T. 2. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU,. – B. 282.
2. Mirziyoev Sh.M. (2019) Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti
yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. T. 3. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU.
3. Ermatov B. (2019) G‘arbiy Yevropa mamlakatlari adabiyotlarida Amir
Temur siymosi: sarchashmalar va tasavvurlar // Fuqorolik jamiyati. №1. – B. 32-
36.

4. Lyusen Karen (2007) “Men o‘z umrimni Temuriylar merosini o‘rganishga

bag‘ishladim” // Xalq so‘zi. 10 aprel.

5. МИД РУз. Цели и задачи внешнеполитического курса Узбекистана.

http://www.mfa.uz. (Дата обращения: 13.11.22).

6. Rui Gonzales de Klavixo. (2010) Samarqandga – Amir Temur saroyiga

sayohat kundaligi (1403-1406 yillar). Tarj. O. Tog‘aev. – T.: O‘zbekiston.

7. Шараф ад-Дин Али Яздий (1997) Зафарнома. – Тошкент.: Шарқ

нашриёти. – Б. 261.

8. Uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash yo‘lida

// Xalq so‘zi. – 2018. – 10 oktyabr.

REFERENCES:
1. Mirziyoev Sh.M. (2018) Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga
berilgan eng oliy bahodir. T. 2. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU. – B. 282. (In
Uzbek)
2. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va
kelajagi farovon bo‘ladi. T. 3. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2019. – B. 248.
(In Uzbek)
3. Ermatov B. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari adabiyotlarida Amir Temur
siymosi: sarchashmalar va tasavvurlar // Fuqorolik jamiyati. 2019. №1. – B. 32-36.
(In Uzbek)
4. Lyusen Karen: “Men o‘z umrimni Temuriylar merosini o‘rganishga
bag‘ishladim” // Xalq so‘zi. – 2007. – 10 aprel. (In Uzbek)
5. MID RUz. Tseli i zadachi vneshnepoliticheskogo kursa Uzbekistana.
http://www.mfa.uz. (Data obrashcheniya: 13.11.22). (In Russian)
6. Rui Gonzales de Klavixo. Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat
kundaligi (1403-1406 yillar). Tarj. O. Tog‘aev. – T.: O‘zbekiston, 2010. – B. 6-7.
(In Uzbek)
7. Sharaf ad-Din Ali Yazdi. Zafarnoma. – Toshkent: Sharq nashriyoti, 1997. –
B. 261. (In Uzbek)
8. Uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash yo‘lida
// Xalq so‘zi. – 2018. – 10 oktyabr. (In Uzbek)