ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Amir Temur davlati uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti

Djurayev Ikrom Nematovich, Xurramova Sevinch Jamshid qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

AMIR TEMUR DAVLATI UNING IJTIMOIY - IQTISODIY, MADANIY
HAYOTI

THE STATE OF AMIR TEMUR: ITS SOCIO-ECONOMIC AND
CULTURAL LIFE

ГОСУДАРСТВО АМИРА ТЕМУРА: ЕГО СОЦИАЛЬНО -
ЭКОНОМИЧЕСКАЯ И КУЛЬТУРНАЯ ЖИЗНЬ
Djurayev Ikrom Nematovich
Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
Tel.: +998979022081
E-mail: ikromgdu@mail.ru
Xurramova Sevinch Jamshid qizi
Guliston davlat pedagogika instituti
Tarix yo‘nalishi 33-24 guruh talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Amir Temurning tuzgan davlati, uning
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti haqida ma’lumot berilgan. Bu davrning katta bir
o‘zgarishi “Ikkinchi Renessans” vaqtida adabiy muhit va tasviriy san’atda ham
bo‘lgan yuksalishi haqida turli xil manbalar asosida tahlil qilingan va qimmatli
ma’lumotlar berilgan. Undan tashqari maqolada Amir Temur davrini turli xil
davrlarda turli xil yoritilganligi haqida ham ma’lumot berilgan. Amir Temur
Sovetlar davrida zolim, hukmdor va bosqinchi sifatida yoritilgan. Mustaqillikka
erishganimizdan so‘ng esa Amir Temurga nisbatan ishlatilgan noto‘g‘ri ayblovlar
ham olib tashlanganligi haqida ham ma’lumot berilgan. Bulardan tashqari
maqolada Amir Temur davrida ilm-fanning rivojlanganligi, keng qurilish ishlari
olib borilganligi ham aytib o‘tiladi. Maqolada Amir Temurning o‘zini ham
nihoyatda bilimli bo‘lganligi haqida ham so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Turon, Hindiston, Hofiz Abru, Amir Tarag‘ay ibn Barquq,
Takinaxotun, Kesh, Klavixon, Amir Husayn.

Annotation. This article provides comprehensive information about the state
established by Amir Temur, focusing on its socio-economic and cultural aspects.
Based on various historical sources, it analyzes the significant transformations of
this period, particularly the flourishing of the literary environment and fine arts
during the "Second Renaissance." Furthermore, the article examines how Amir
Temur’s era has been interpreted differently across various historical periods. It
highlights that during the Soviet era, Amir Temur was portrayed as a cruel ruler
and an invader. However, after gaining independence, these false accusations were
dismissed, and his true historical legacy was restored. The article also discusses the

rapid development of science, extensive construction projects, and the high level of

personal erudition and knowledge possessed by Amir Temur himself.

Keywords: Turon, India, Hafiz-i Abru, Amir Taraghay ibn Barquq, Tekina

Khatun, Kesh, Clavijo, Amir Husayn.

Аннотация. В данной статье рассматриваются особенности

государственного устройства Амира Темура, а также социально-

экономические и культурные аспекты жизни в эпоху его правления. На

основе анализа различных источников приводятся ценные сведения о

значительном подъеме в литературной среде и изобразительном искусстве,

происходившем в период «Второго Ренессанса». Кроме того, в статье

освещается вопрос трансформации исторической оценки личности Амира

Темура в разные эпохи. Автор отмечает, что в советский период Темур

изображался как жестокий правитель и завоеватель, однако после обретения

независимости эти необоснованные обвинения были пересмотрены. В работе

также подчеркиваются достижения в области науки, масштабные

строительные работы того времени и глубокая образованность самого Амира

Темура.

Ключевые слова: Туран, Индия, Хафиз Абру, Амир Тарагай ибн Баркук,

Текинахотун, Кеш, Клавихо, Амир Хусейн.

KIRISH
Amir Temur shaxsi bilan qancha g‘ururlansak, faxr iftixor etsak, shunga
munosibdir. Binobarin, aynan buyuk Sohibqiron o‘z faoliyati bilan Turonda
Uyg‘onish davrini boshlab bergan, bugungi saodatli kunlarimizning tamal toshini
qo‘ygan. Temuriylar sulolasining ro‘yxati 193 nafar shahzoda va 300 dan ziyod
malikadan iborat ekanligining o‘zi hayratomuz ma’lumot. Bu sulola jami 488 yil
hukmronlik qilganini ta’riflashga til ojiz. Binobarin, tarixda bu qadar uzoq
yashagan sulola bo‘lgan emas (Odilov, 2016).
Amir Temur davrida Uyg‘onish jarayonining yuz berishiga asosiy omil bu
davrda insonning har tomonlama rivojlanishiga va har bir kishiga o‘z qobiliyatini
to‘la namoyon qilishga qulay shart-sharoitlar yaratilgan edi.Amir Temur
bobokalonimiz mana shu Turonda tug‘ilgan, mana shu yurtda yashab, uni yovdan
ozod qilgani, buyuk davlat barpo etgani bilan barchamiz haqli ravishda
faxrlanamiz. Bu ulug‘ zotni esa bizga Ollohning o‘zi millatimizga qaram sifatida
inoyat etgan Sohibqiron bizga qoldirgan meros barcha avlodlarimizga xizmat
qiladigan abadiy meros hisoblanadi.
Sohibqironning hukmdorlik davridagi madaniy va ma’naviy hayot tahlili
shundan dalolat beradiki, ilm-ma’rifat sohiblariga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor,

xayrixohlik davlat va jamiyat taraqqiyotidagi barqarorlikni ta’minlashda muhim

omil bo‘lib xizmat qilgan

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ta’kidlash joizki, jahon miqyosida ulkan iz qoldirgan buyuk davlat arbobi va
mohir sarkarda Amir Temur hayoti va faoliyati xususida bir qator tarixiy manbalar
mavjud. Mazkur davrga oid ilk manbalardan biri bu fiqhshunos olim G‘iyosiddin
Ali ibn Jamol al-Islom Yazdiyning “Ruznomayi g‘azavoti Hindiston” asari
hisoblanadi. Mazkur “Kundalik” o‘zida Amir Temurning Hindistonga yurishi
masalasini qamrab olgan bo‘lib, u hukmdorning shaxsiy topshirig‘iga ko‘ra uning
muallifi tomonidan 1394-1403-yillar oralig‘ida yozilgan. Ushbu asarda Amir
Temur harbiy yutuqlari, ushbu yutuqlarining mohiyati, buyuk sarkardaning harbiy
strategiyasi va taktik uslublar, harbiy tuzilma, amir va bahodirlar faoliyati, ko‘plab
taniqli davlat va harbiy amaldorlar, turli jug‘rofiya, hudud, shaharlar to‘risidagi
qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Temuriylar davri tarixini o‘z ichiga qamrab olgan
muhim manbalardan yana biri tarixchi va geograf Hofiz Abru qalamiga mansub
asar hisoblanadi (Сагдуллаев А., 2000: 137). Hofiz Abru hukmdor saroyiga yaqin
shaxs bo‘lib, Amir Temurning chet el yurishlarida ham qatnashgan. U o‘z asarida
Nizomiddin Shomiyning asari matnlarini ham kiritgan. Undagi qator ma’lumotlar
aynan shu asarda o‘z aksini topgan. Masalan, Amir Temurning Samarqand
yaqinidagi sug‘orish ishlarining amalga oshirilishi, Sohibqironning so‘nggi kunlari
haqidagi ma’lumotlar aynan shu asarda o‘z aksini topgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda Amir Temur davlati, uning boshqaruvi, harbiy yurishlari,
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xolislik tamoyiliga amal qilinib, qiyosiy tahlil,
umumlashtirish, tarixiy tahlil hamda xronologik yondashuv kabi ilmiy usullardan
foydalaniladi. Amir Temur davrining mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyingi
davrlarda qanday asosda o‘rganilganligi ham tahlil qilinadi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336-yil 9-aprelda
Keshga qarashli Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida barlos beklaridan biri bo‘lmish Amir
Tarag‘ay ibn Barquq oilasida dunyoga keladi. Temurning onasi Takinaxotun
Keshning obro‘li bekalaridan biri bo‘lgan, u haqida manbalarda ma’lumotlar ham
saqlanib qolgan. Shunday bo‘lishiga qaramay bu ayol o‘z davrining zukko va dono
ayollaridan biri bo‘lgan degan fikrni ilgari surish mumkin.
Ibn Arabshox Klavixon va boshqalar 1360-yilga qadar uning hayotining
ayrim ma’lumotlari bilan izohlashga Temur yoshligidan zehnli va layoqatli bola

bo‘lib, bir tomondan uni otasi xat-savodga o‘rgatgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan

o‘spirin yigit qator harbiy san’at sirlaridan xabardor bo‘ldi.

1360-1361-yillarda Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temur Movarounahr

ichki hayotiga raxna sola boshlaydi. U ikki marotaba o‘lkaga yurish qiladi. 1360-

1370-yillarda Movarounahr siyosiy hayotida Temur bilan bir qatorda ta’sir

o‘tkazgan shaxslardan yana biri bu Amir Qozog‘onning nevarasi bo‘lmish Amir

Husayn edi. Ta’kidlash joizki, Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning

tasarrufida bo‘lgan. 1361-yilda Temur Amir Husayn bilan yaqinlashib, ikkala

hokim birlashgan holda mo‘g‘ullar xonlariga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatiga ega

bo‘ladilar (Азамат З., 2000). 1362-yil kuzida Tug‘luq Temur Movarounahrda

o‘g‘li Ilyosxo‘jani qoldiradi. Yosh hokim loqayd va irodasiz bo‘lib, ko‘plab vaqtini

maishatda o‘tkazadi, boshqaruv ishlarini esa amir beklik o‘z qo‘lida jamlab olib,

o‘z holicha ish tutar edi.

Amir Temur va Amir Husaynning birlashgan qo‘shinlari Ilyosxo‘jaga qarshi

1362-yili Seyistonda jang bo‘lib o‘tadi. Amir Temur jang vaqtida o‘ng qo‘lining

tirsagidan va o‘ng oyog‘iga kamon o‘qi tegishidan katta jarohatlanadi. Buning

oqibatida u bir umr oqsoqlanib qoladi. Amir Temurning rasman taxtga kelishi

1370-yilga to‘g‘ri keladi. 1371-yili Amir Temur Xorazmga qo‘shin tortib keldi.

Gurganjga borish uchun Kat shahri orqali o‘tish kerak edi. Bu shahar biroz

qarshilik ko‘rsatgandan keyin Amir Temur qo‘shini tomonidan ishg‘ol qilindi

(Хайруллаев М., 1997: 60)

1381-1382-yillarda Kalot, Turchiz, Sabzavor va Mozandaron, 1383-yil

Seyiston bo‘ysundiriladi. 1384-yili esa Astrobod va Ozarbayjonga qilingan yurish

natijasida Sori, Sultoniya, Tabriz,shaharlari egallandi. Natijada XIV asrning 80-

yillari o‘rtalarida kelib butun Xuroson Amir Temur qo‘lga o‘tdi.

Amir Temur tomonidan amalga oshirilgan harbiy yurishlari tarixda, Uch

yillik”, “Besh yillik’, “Yetti yillik” yurishlar deb nom olgan. Uch yillik yurish

davrida Amir Temur Ozarbayjon, Mozondaron, Gilonni bo‘ysundiradi. Shundan

keyin u Kavkazga yurish boshlab Tiflis, Arzirum va Van qa’laiarini egalladi

(Абдураимов М., 2000)

Davlat boshqaruv tizimi. Ma’lumki, qurultoy qadimdan turkiy, mog‘ul kabilar

ichida eng muhim masalalar bo‘yicha chaqiriladigan o‘ziga xos katta kengash

hisoblangan. Turkiy udumlarga ko‘ra odatda davlat boshliqlari aynan qurultoyda

saylangan, ular oq kigiz ustida o‘tkazilib, yuqoriga ko‘tarilgan. Oq kigizning to‘rt

uchini eng nufuzli amaldorlar, diniy arboblar ko‘tarishga haqli bo‘lgan. Qurultoyda

barcha qabila boshliqlari, eng nufuzli amaldorlar, diniy arboblar, sarkardalar

ishtirok etishgan. Qurultoyda taxtga o‘tkazilgan kishi qonuniy hukmdor sifatida tan

olingan.

Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o‘z qudratining

o‘ndan to‘qqiz qismiga diplomatik salohiyat tufayli erishgan. Sohibqironning

vorislari Shoxruh, Mirzo Ulug‘bek , Husayn Boyqaro, Bobur kabi yirik davlat

arboblari ham ichki va tashqi aloqalarda Amir Temurning diplomatik merosiga

amal qilib, uning bu boradagi siyosatini davom ettirganlar (Mo‘minov, 1993).

Tinchlik tomonidan manfaatdorligi, raqibiga shafqat qilish va unga imkon

yaratish, har qanday sharoitda ham elchini qadrlash, tashqi siyosat va diplomatiya

qoidalariga qat’iy amal qilish, inson hayoti daxlsizligi, Amir Temur tashqi siyosati

va diplomatiyasining asosi hisoblangan. Chunonchi, Amir Temur maktublaridan

birida “Elchig o‘lm va bandalik yo‘qdir, elchining gardaniga vazifa buyruqni aniq

yetkazishdan boshqa narsa emasdir” deb yoziladi (Эшов И., 2025: 20).

Amir Temur topshirig‘iga ko‘ra barpo etilgan inshootlarning ulug‘vorligi

siyosiy sohadagi vazifalardan biri edi. Mazkur holat Shahrisabzdagi Oqsaroy

peshtoqiga bitilgan “Agar qudratimiz va karomatimizga shubha qilsa, shak keltirsa,

qurdirgan imoratlarimizga qarang degan yozuvda o‘zining aniq ifodasini topdi.

Amir Temur qurdirgan me’moriy inshootlar ichida, shubhasiz, Oqsaroy eng yirik

va nodir obida hisoblanadi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishiga qaraganda

Amir Temur to‘rtinchi marotaba, ya’ni 1379-yili Xorazmga yurishidan

qaytganidan so‘ng xorazmlik bir guruh kishilarni Keshga ko‘chirib keltirganligini

qayd etadi. Ko‘chirib keltirilganlar orasida quruvchi usta, mutaxassis bunyodkorlar

ham bo‘lganki, ular Amir Temurning buyrug‘i bilan Keshda yangi saroy barpo

etish ishiga jalb qilingan. Oqsaroyning qurilishi 1380-yil bahorida boshlangan.

(Бўриев О., 2011). O‘z davrida umumiy balandlik darajasi 70 metrni tashkil etgan

Oqsaroy binosining hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan qismi 38 metrni tashkil

etadi. 1404-yil 29-avgust kuni Keshda bo‘lgan ispan elchisi Klavixo ustalar hanuz

qurilish ishlarini davom ettirishayotganligini ta’kidlagan. Oqsaroy ko‘lami,

ma’rifiy yechimi bo‘yicha tengi yo‘q imorat bo‘lib, uning saroyda saqlanib qolgan

quyidagi yozuv ham tasdiqlaydi: “Go‘zalligi jihatidan hayratlanarli va ko‘k

gumbazlari bo‘lgan bu bino peshtoq qubbalarida o‘z aksini topgan va jilvalanuvchi

turli rangdagi nurlarni taratuvchi mash’alaga o‘xshaydi”. Nizomiddin Shomiy

o‘zining “Zafarnoma” asarida Oqsaroy haqida “Uning toq va ravoqlari ayiq

yulduziga yetadi, binobarin, dunyoda unga teng keladigan narsani hech kim hech

qachon ko‘rmagan va eshitmagan” deya yuqorida ta’rif bergan edi (Темур

тузуклари, 1996: 124-125).

Amir Temur davriga kelib miniatyura san’ati yanada rivoj topdi. Ibn

Arabshoxning o‘z asarlarida Amir Temurning Samarqanddagi saroylarida bir

qancha devoriy suratlar bo‘lganligini yozadi. Maqbaralar naqshlarida naqqoshlik

va xattotlik san’ati namunasi bilan bir qatorda tasviriy lavhalar ham mavjud. Amir

Temur davrida Samarqandda o‘ziga xos miniatyura rassomchilik maktabi qaror

topdi (Низомиддин Шомий, 1996).

Amir Temur ilm-fan arboblarini qadrlagan va hurmat qilgan. Arab tarixchisi,

Damashqda Sohibqiron bilan shaxsan uchrashgan ibn Xaldun Amir Temurning

tarixini chuqur bilish, bilim doirasi, salohiyatiga tan bergan edi. Amir Temur

olimlarni qadrlashni “Tuzuklar”ida ham qayd etgan (Бўриев О., 2016: 155). O‘z

vaqtida Sohibqiron Samarqandga mashhur astronom olimlar Nisodan at-

Taftazoniy, Gurgondan al-Jurjoniylarni ham taklif qilib, o‘z ilmiy ishlarini aynan

saltanat poytaxtida davom ettirishlariga imkon yaratgan edi. Sohibqironning o‘zi

ilm-fan ixlosmandi bo‘lib, tarix, jug‘rofiya, mantiq, astronomiya, falsafa, diniy

ilmlardan yaxshi xabardor bo‘lgan. Bibixonim tomonidan jome masjidi to‘g‘risida

madrasa barpo etilishi ham ilm-fanga bo‘lgan intilish davlat miqyosida qo‘llab-

quvvatlanganligining dalilidir.

Sharafiddin Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning ma’lumot berishlaricha, Amir

Temur Shomdan (Suriya) Samarqandga mashhur tabiblar Mavlono Jaloliddin va

Mavlono Sulaymonlarni olib kelgan. O‘z davrining mashhur tabibi hisoblangan

Mavlono Fayzulloh Tabriziy Sohibqironning shaxsiy tabibi bo‘lib xizmat qilgan.

Shuningdek, saroyda Mavlono Izatiddin Ma’sud Sheroziy va Mavlono Farruh tabib

singari tabiblar ham faoliyat ko‘rsatishgan. O‘z davrida mashhur tabib ibn Faqih

Ilyosning tibbiyotga bag‘ishlangan bir nechta risolalari yozilgan bo‘lib, mahalliy

tabiblar uchun yaxshi qo‘llanma rolini o‘tagan (Муҳамаджонов А., 1996). Bu esa

tibbiyot ilmi XV asr boshlarida rivoj topganligidan darak beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Amir Temur va Temuriylar davri tarixini o‘rganishda Rus arxeologik
jamiyatining Sharq bo‘limi boshchiligida olib borilgan arxeologik izlanishlarning
hissasi katta bo‘lganini ta’kidlash joizdir.
Mustaqillik yillarida Amir Temur va Temuriylar davriga munosabat tubdan
o‘zgaradi. Uzoq yillar mobaynida bu mavzuni o‘rganishdagi mavjud
yondashuvlardan voz kechildi va Sovet tarixi fanidagi aksariyat xulosalarning
asossizligi isbotlanadi. Avvalo bu borada davlat tomonidan amalga oshirilgan
ishlarni ta’kidlab o‘tish joiz.
Bir so‘z bilan aytganda, Amir Temur temuriylar davrida ilm-fan,
me’morchilikda juda katta yutuqlarga erishadi. Buning asosiy sababi sifatida Amir
Temurning o‘zini ham bilimli bo‘lganligini, undan tashqari ilm ahlini doimo
qo‘llab-quvvatlaydi, ilm-fanning rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoit yaratib
beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Абдураимов М. (2000) Темур ва Тўхтамишхон. Тошкент.
2. Азамат Зиё (2000) Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент.
3. Бўриев О. (2011) Соҳибқирон Амир Темур. Тошкент.
4. Бўриев О. (2016) Амир Темур давлатида бошқарув тизими. Тошкент.
5. Ешов Б., Одилов А. (2025) Ўзбекистон тарихи. Тошкент. 15, 20 б.
6. Мўминов И. (1993) Амир Темурнинг Ўрта Осиё тарихида тутган
ўрни ва роли. Тошкент.
7. Муҳамаджонов А. (1996) Амир Темур ва Темурлар даври. Тошкент.
8. Низомиддин Шомий (1996) Зафарнома. Тошкент.
9. Одилов А. (2016) Амир Темур Тузуклари - давлат бошқарув асоси.
Тошкент.
10. Сагдуллаев А., Мавлонов Ў., Норқулов Н. (2000) Ўзбекистон тарихи.
Тошкент. 137 б.
11. Темур Тузуклари. (1996) Тошкент. 122, 123, 124, 125 б.
12. Хайруллаев М., Ўринбоев А. (1997) Темурлар бунёдкорлиги давр
манбалари. Тошкент. 60 б.

REFERENCES:
1. Abduraimov M. (2000) Temur va To‘xtamishxon. Toshkent. (In Uzbek)
2. Azamat Ziyo (2000) O‘zbek davlatchilik tarixi. Toshkent. (In Uzbek)
3. Bo‘riyev O. (2011) Sohibqiron Amir Temur. Toshkent. (In Uzbek)
4. Bo‘riyev O. (2016) Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi. Toshkent. 155
b. (In Uzbek)
5. Eshov B., Odilov A. (2025) O‘zbekiston tarixi. Toshkent. (In Uzbek)
6. Mo‘minov I. (1993) Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va
roli. Toshkent. (In Uzbek)
7. Muhamadjonov A. (1996) Amir Temur va Temuriylar davri. Toshkent. (In
Uzbek)
8. Nizomiddin Shomiy (1996) Zafarnoma. Toshkent. (In Uzbek)
9. Odilov A. (2016) Amir Temur Tuzuklari - davlat boshqaruv asosi.
Toshkent. (In Uzbek)
10. Sagdullayev A., Mavlonov O‘., Norqulov N. (2000) O‘zbekiston tarixi.
Toshkent. 137 b. (In Uzbek)
11. Temur Tuzuklari. (1996) Toshkent. 122, 123, 124, 125 b. (In Uzbek)
12. Xayrullayev M., O‘rinboyev A. (1997) Temuriylar bunyodkorligi davr
manbalari. Toshkent. 60 b. (In Uzbek)