ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Temuriylar davlatida xalqaro diplomatiya va pochta tizimining o‘rni

Ismatullayeva Zebo Shukurjonovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TEMURIYLAR DAVLATIDA XALQARO DIPLOMATIYA VA POCHTA
TIZIMINING O‘RNI

THE ROLE OF INTERNATIONAL DIPLOMACY AND THE POSTAL
SYSTEM IN THE TIMURID STATE

РОЛЬ МЕЖДУНАРОДНОЙ ДИПЛОМАТИИ И ПОЧТОВОЙ
СИСТЕМЫ В ГОСУДАРСТВЕ ТЕМУРИДОВ
Ismatullayeva Zebo Shukurjonovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti, Tarix va ijtimoiy fanlar
kafedrasi katta o‘qituvchisi,
Tel.:+998 93-804-00-98
E-mail: zeboismatullayeva1987@gmail.com
orcid: 0009-0008-2633-4603

Anotatsiya. Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida
shakllangan pochta tizimi (“yom” tizimi)ning davlat boshqaruvidagi o‘rni va
ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu tizimning markaziy hokimiyat bilan
hududlar o‘rtasida uzluksiz va tezkor axborot almashinuvi ta’minlashdagi roli
yoritilgan. Shuningdek, uning siyosiy, harbiy, ma’muriy hamda iqtisodiy
jarayonlarni muvofiqlashtirishdagi funksiyalari ilmiy asosda ochib beriladi.
Manbalar asosida pochta tizimining tashkil etilishi, ishlash mexanizmi va nazorat
usullari ko‘rib chiqilib, uning o‘rta asrlar davlat boshqaruvida muhim institutsional
yechim bo‘lganligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari Temuriylar davlati barqarorligini
ta’minlashda rivojlangan kommunikatsiya tizimi hal qiluvchi omil bo‘lganini
ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: Amir Temur, Temuriylar davlati, yom tizimi, pochta tizimi,
davlat boshqaruvi, kommunikatsiya, markazlashuv, harbiy boshqaruv.

Annotation. This article analyzes the postal system (“yam system”)
established during the era of Amir Temur and the Timurid state, as well as its role
in public administration. Particular attention is given to its importance in ensuring
continuous and rapid communication between the central authority and regional
territories. The study also examines its functions in coordinating political, military,
administrative, and economic processes on a scientific basis. Based on historical
sources, the organization, operational mechanisms, and control methods of the
postal system are explored, demonstrating that it served as an important
institutional solution in medieval state governance. The findings indicate that a
developed communication infrastructure was a key factor in maintaining the
stability of the Timurid state.

Keywords: Amir Temur, Timurid state, yam system, postal system, public
administration, communication, centralization, military management.

Аннотaция. В данной статье анализируется почтовая система («ямская

служба»), сформированная в эпоху Амира Темура и Темуридов, а также её

роль в государственном управлении. Особое внимание уделяется значению

данной системы в обеспечении непрерывного и оперативного обмена

информatsiей между центральной властью и регионами. Также на научной

основе раскрываются её функции в координatsiи политических, военных,

административных и экономических процессов. На основе исторических

источников рассматриваются организatsiя, механизм функционирования и

методы контроля почтовой системы, что позволяет оценить её как важное

институциональное решение в управлении государством в средние века.

Результаты исследования показывают, что развитая коммуникatsiонная

инфраструктура была одним из ключевых факторов стабильности

государства Темуридов.

Ключевые слова: Амир Темур, государство Темуридов, ямская

система, почтовая система, государственное управление, коммуникaция,

централизaция, военное управление.

KIRISH
Amir Temur tomonidan barpo etilgan davlat o‘z davrining eng keng
hududlarni qamrab olgan siyosiy tuzilmalaridan biri bo‘lib, Markaziy Osiyo, Eron,
Iroq, Kavkaz, Hindistonning shimoliy qismi hamda Kichik Osiyogacha cho‘zilgan
ulkan makonni birlashtirgan. Bunday murakkab va ko‘p millatli hududni
boshqarish nafaqat harbiy qudrat, balki puxta tashkil etilgan ma’muriy tizim
hamda tezkor aloqa vositalariga tayanishni taqozo etgan. Shu nuqtayi nazardan,
Temuriylar davrida shakllangan aloqa va pochta tizimi davlat boshqaruvi
samaradorligini ta’minlovchi muhim institutlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Temuriylar davlati boshqaruv amaliyotida axborot almashinuvi strategik
ahamiyat kasb etib, markaziy hokimiyat bilan viloyatlar o‘rtasida uzluksiz aloqani
yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalardan biri hisoblangan. Bu ichki boshqaruv tizimi
bilan bir qatorda, xalqaro diplomatiya samaradorligini ta’minlashda ham muhim
rol o‘ynagan. Xususan, maxsus yo‘l tarmoqlari, bekatlar (yom tizimi), choparlar
(elchilar va xabarchilar) faoliyati orqali siyosiy, harbiy va iqtisodiy ma’lumotlar
nafaqat ichki hududlarga, balki qo‘shni davlatlar va diplomatik markazlarga ham
tezkor ravishda yetkazilgan. Mazkur tizim xalqaro elchilar almashinuvi jarayonini
tezlashtirib, davlatlararo muzokaralar va diplomatik qarorlarning o‘z vaqtida qabul
qilinishini ta’minlagan. Elchilarning xavfsiz harakatlanishi va uzluksiz aloqa tizimi
Temuriylar davlatining xalqaro maydondagi ishonchliligini oshirgan. Shu orqali
davlat tashqi siyosatda tezkor javob berish, harbiy-siyosiy vaziyatlarni baholash va
ittifoqlarni muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Temuriylar davridagi pochta (“yom”) tizimini o‘rganish turli tarixiy manbalar

va zamonaviy tadqiqotlarga tayanadi. Avvalo, g‘arb tarixshunosligida muhim o‘rin

tutgan Beatrisa Forbes Manzning “The Rise and Rule of Tamerlane” (1989)

asarida Temur davlati boshqaruv tizimi chuqur tahlil qilinadi. Shu bilan birga,

tarixiy birlamchi manbalar orasida Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari

alohida ahamiyatga ega. Ushbu manbada Temuriylar davridagi boshqaruv tizimi,

jumladan aloqa va yo‘l infratuzilmasi haqida muhim ma’lumotlar beriladi.

Mahalliy tarixshunoslikda Ahmadali Asqarovning “O‘zbekiston tarixi” asari

muhim o‘rin tutadi. Garchi pochta tizimi alohida tadqiqot obyekti sifatida ko‘rib

chiqilmagan bo‘lsa-da, markaz va hududlar o‘rtasidagi uzluksiz aloqalar

mavjudligi bilvosita aks ettiriladi.

Mo‘g‘ullar davri bilan uzviylik masalasi David Morganning “The Mongols”

(2007) asarida ham yoritiladi. Muallif mo‘g‘ullar davridagi “yom” tizimining keng

rivojlanganligini ko‘rsatib, keyingi davlatlar, jumladan Temuriylar tomonidan

ushbu tajriba qayta ishlanganini qayd etadi. Yana bir muhim tadqiqot – Mariya

Eva Subtelniy tomonidan yozilgan “Timurids in Transition” (2007) asaridir.

Asarda aloqa tizimi bevosita markaziy mavzu bo‘lmasa-da, dastlabki davrlarda

samarali boshqaruv va kommunikatsiya mexanizmlarining mavjudligi, keyinchalik

esa siyosiy parchalanish natijasida ularning samaradorligi pasaygani qayd etiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda Temuriylar davridagi pochta (“yom”) tizimini o‘rganishda
tarixiy-tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuvlardan foydalanildi. Birlamchi
manbalar hamda zamonaviy tadqiqotlar asosida tizimning shakllanishi va
funksiyalari tahlil qilindi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Temur davrida yo‘lga qo‘yilgan pochta
tizimi oddiy xabar yetkazish vositasi bo‘lib qolmasdan, balki markaz va hududlar
o‘rtasidagi siyosiy, harbiy hamda ma’muriy bog‘liqlikni ta’minlovchi murakkab
tizim vazifasini bajargan (Manz B.F. 1989:202). Shu jihatdan, “yom” tizimini o‘rta
asrlar davlat boshqaruvida muhim institutsional yechim sifatida baholash mumkin.
Temuriylar davrida shakllangan pochta tizimi tarixiy jihatdan mo‘g‘ullar
davridagi aloqa an’analariga tayanadi, biroq u yangi siyosiy sharoitlarga mos
ravishda qayta ishlab chiqilgan (Sharafuddin Ali Yazdiy. 1997). Bu tizimda asosiy
e’tibor tezkorlik, uzluksizlik va nazoratga qaratilgan.
Pochta tizimining ishlash mexanizmini quyidagicha tavsiflash mumkin:
 yo‘llar bo‘ylab muntazam oraliqlarda maxsus bekatlar tashkil etilgan;

 har bir bekatda safarga tayyor otlar va xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar mavjud

bo‘lgan;

 choparlar bekatlar o‘rtasida otlarni almashtirib, uzluksiz harakatni

ta’minlagan;

 tizimdan foydalanish maxsus ruxsat hujjatlari orqali tartibga solingan.

Xususan, Beatrice Forbes Manz fikricha, Temur davlati barqaror faoliyat

yuritishida aloqa va nazorat tizimlari hal qiluvchi infratuzilmaviy omil vazifasini

bajargan. Bu esa pochta tizimining oddiy texnik vosita emas, balki davlat

boshqaruvi mexanizmining ajralmas qismi ekanligini ko‘rsatadi (Manz B.F.

1989:202).

Samarqand shahri Temuriylar davlati uchun nafaqat siyosiy markaz, balki

aloqa tizimining asosiy tuguni vazifasini bajargan. Aynan shu markazdan turli

yo‘nalishlarga strategik yo‘llar tarqalgan.

Aloqa yo‘llarining shakllanishida geografik va siyosiy omillar muhim rol
o‘ynagan. Yo‘llar yirik ma’muriy va savdo markazlarini bog‘lagan holda qurilgan
bo‘lib, ular orqali davlat boshqaruvi amalga oshirilib, iqtisodiy aloqalar qo‘llabquvvatlangan hamda harbiy kuchlar muvofiqlashtirilgan;

Bundan tashqari, birlamchi manbalardan biri bo‘lgan Ibn Arabshoh asarlarida
Temur davridagi yo‘llarning xavfsizligi va qat’iy nazorat ostida bo‘lganligi qayd
etiladi. Bu holat pochta tizimining tezkor va uzluksiz ishlashiga imkon yaratganini
ko‘rsatadi. Shu jihatdan, Temuriylar davridagi aloqa tizimi o‘z davri uchun yuqori
darajada tashkil etilgan boshqaruv mexanizmi sifatida baholanishi mumkin (Ибн
Арабшох., 1997). Mazkur tizim bir vaqtning o‘zida bir necha strategik vazifalarni
bajargan. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:

 markaziy hokimiyat qarorlarini tez yetkazish;

 harbiy yurishlar vaqtida operativ boshqaruvni ta’minlash;

 diplomatik aloqalarni qo‘llab-quvvatlash;

 iqtisodiy va soliq tizimini nazorat qilish.

Beatrice Forbes Manz ushbu tizimni Temur davlatining barqaror ishlashida

“asosiy infratuzilmaviy omil” sifatida baholaydi (Morgan D. 2007:273). Demak,

pochta tizimi davlatning funksional yaxlitligini ta’minlashda muhim rol o‘ynagan.

Temuriylar davridagi pochta tizimini o‘ziga xos qilgan jihat – uning harbiy va

ma’muriy ehtiyojlarga moslashganligidir. Tizim nafaqat tinch davrda, balki harbiy

yurishlar paytida ham samarali ishlagan. Bundan tashqari, tizim yuqori darajada

markazlashgan va qat’iy nazorat asosida boshqarilgan. Davlat resurslari hisobidan

ta’minlangan. Natijada u uzoq muddatli siyosiy barqarorlikni ta’minlash vositasiga

aylangan.

Ahmadali Asqarovning “O‘zbekiston tarixi” asarida Temuriylar davriga oid

ijtimoiy-siyosiy jarayonlar umumiy tarixiy kontekstda yoritilgan bo‘lib, unda

davlat boshqaruvining markazlashganligi, hududiy birlikni ta’minlashga qaratilgan

siyosat hamda qat’iy tartib-intizom tizimi ustuvor ahamiyat kasb etgani qayd

etiladi. Muallif tomonidan aloqa tizimi alohida institut sifatida maxsus tahlil

qilinmagan bo‘lsa-da, markaz va viloyatlar o‘rtasidagi uzluksiz boshqaruv

aloqalarining mavjudligi bilvosita aks ettiriladi (Асқаров А., 1994).

Mazkur yondashuvdan kelib chiqib, Temuriylar davlati boshqaruv tizimida

samarali kommunikatsiya mexanizmlarining mavjudligi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Xususan, keng hududlarni qamrab olgan davlat sharoitida markaziy hokimiyatning

tezkor axborot almashinuvi va nazoratni ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoji rivojlangan

aloqa infratuzilmasini, jumladan, pochta (“yom”) tizimini shakllantirishni taqozo

etgan. Shu bois, Asqarov tomonidan keltirilgan umumiy tarixiy tavsiflar

Temuriylar davrida pochta tizimi davlat boshqaruvining muhim funksional

elementi bo‘lganini bilvosita tasdiqlovchi ilmiy asos sifatida talqin qilinishi

mumkin.

Yana bir horijlik tadqiqotchi Maria Eva Subtelnyning “Timurids in

Transition” (Subtelny M.E., 2007:305) asarida Temuriylar davlati boshqaruvi,

siyosiy tuzilma va inqiroz jarayonlari keng tahlil qilinadi. Muallifning asosiy

e’tibor nuqtasi davlatning ichki transformatsiyasi, markaziy hokimiyatning

zaiflashuvi hamda hududiy boshqaruv tizimlaridagi o‘zgarishlarga qaratilgan.

Mazkur asarda pochta (“yom”) tizimi alohida markaziy mavzu sifatida batafsil

yoritilmagan bo‘lsa-da, Temuriylar davlatining dastlabki davrlarida samarali

ma’muriy boshqaruv va tezkor kommunikatsiya tizimlari mavjud bo‘lganligi

umumiy kontekstda qayd etiladi. Subtelny ta’kidlashicha, Temuriylar davlatining

barqaror faoliyat yuritishida markazlashgan boshqaruv mexanizmlari muhim rol

o‘ynagan, biroq keyingi davrlarda siyosiy parchalanish jarayoni bu tizimlarning

samaradorligini pasaytirgan. Shu nuqtayi nazardan, asardan kelib chiqib xulosa

qilish mumkinki, Temuriylar davrida shakllangan boshqaruv va aloqa

infratuzilmalari dastlab davlat integratsiyasini ta’minlagan muhim omil bo‘lgan,

biroq vaqt o‘tishi bilan markaziy nazoratning susayishi ushbu tizimlarning

funksional imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan.

Ushbu masalaga doir muhim ma’lumotlar ispan elchisi Rui Gonsales de

Klavixoning sayohatnomasida ham atroflicha yoritilgan. U o‘z asarida Amir

Temur davlatida diplomatik munosabatlar yuqori darajada tashkil etilgani, ayniqsa

elchilarning daxlsizligi va xavfsizligi qat’iy huquqiy me’yorlar asosida

ta’minlanganini alohida ta’kidlaydi. Jumladan, Temuriylar davlat boshqaruv

tizimida elchilar instituti nafaqat tashqi siyosat vositasi, balki davlatning ichki

barqarorligi va axborot almashinuvining muhim mexanizmi sifatida ham qaralgan.

Elchilarning erkin harakatlanishi, ularga nisbatan har qanday tajovuzning qattiq

jazolanishi davlatning xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qilgan. Bu holat

o‘sha davr uchun xos bo‘lgan diplomatik madaniyatning yuqori darajasini

namoyon etadi.

Ayniqsa, Klavixo qayd etganidek, elchilar va choparlar uchun yaratilgan

maxsus huquqiy imtiyozlar – masalan, yo‘l davomida transport vositasi sifatida

otlarni erkin almashtirish huquqi – davlatda markazlashgan pochta-aloqa tizimi

mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu tizim orqali markaz va chekka hududlar o‘rtasida

tezkor axborot almashinuvi ta’minlangan. Agar kimdir elchi yoki choparga yordam

ko‘rsatishdan bosh tortsa, bu davlat manfaatlariga qarshi harakat sifatida

baholanib, og‘ir jazolar bilan jazolangan. Shuningdek, XIII asrda ayrim hududlarda

elchilarga nisbatan salbiy munosabatlar kuzatilgani ma’lum. Bu esa xalqaro

munosabatlarda ishonch inqiroziga sabab bo‘lib, ayrim davlatlarning siyosiy

obro‘yiga putur yetkazgan. Temuriylar davlatida esa bu kabi holatlarga barham

berish maqsadida diplomatik daxlsizlik prinsipi amalda joriy etilgan va qat’iy

nazorat qilingan. Bu, o‘z navbatida, davlatning tashqi siyosiy barqarorligini

ta’minlash bilan birga, uning geosiyosiy manfaatlarini ilgari surishda muhim omil

bo‘lib xizmat qilgan.

Temuriylar davlati tajribasi diplomatiya davlat barqarorligi va xalqaro

nufuzning asosiy ustuni ekanini yaqqol ko‘rsatadi. Elchilarning daxlsizligi va

xavfsizligini ta’minlash orqali ishonchga asoslangan munosabatlar tizimi

shakllangan. Bu esa tashqi siyosiy aloqalarda tezkor va samarali axborot

almashinuvini ta’minlagan. Pochta (“yom”) tizimi diplomatik qarorlarning o‘z

vaqtida yetkazilishida muhim vosita bo‘lgan. Davlatning markazlashgan

boshqaruvi xalqaro munosabatlarda izchil siyosat yuritish imkonini bergan.

Diplomatik qoidalarning qat’iyligi siyosiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat

qilgan. Shu orqali Temuriylar davlati mintaqaviy va xalqaro maydonda kuchli

siyosiy subyekt sifatida shakllangan. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, samarali

diplomatiya davlatning tashqi xavfsizligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, u madaniy

va siyosiy aloqalarni kengaytirishga ham xizmat qiladi. Demak, Temuriylar

diplomatiyasi zamonaviy xalqaro munosabatlar uchun ham muhim ilmiy manba

hisoblanadi

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qiladigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan tahlillar asosida shuni alohida

ta’kidlash joizki, Amir Temur davrida shakllangan pochta tizimi – ya’ni “yom”

tizimi – davlat boshqaruvining muhim va ajralmas tarkibiy qismi sifatida faoliyat

yuritgan. Ushbu tizim orqali markaziy hokimiyat bilan viloyatlar o‘rtasida tezkor

va uzluksiz axborot almashinuvi ta’minlangan bo‘lib, bu esa siyosiy barqarorlikni

saqlash, harbiy yurishlarni muvofiqlashtirish hamda iqtisodiy jarayonlarni nazorat

qilishda muhim omil vazifasini bajargan. Ayniqsa, keng hududlarni o‘z ichiga

olgan Temuriylar davlatida tezkor aloqa tizimining mavjudligi markazlashgan

boshqaruvni samarali amalga oshirish imkonini bergan.

Shu bilan birga, “yom” tizimi faqatgina xabar yetkazish vositasi bo‘lib

qolmay, balki davlatning ichki integratsiyasini mustahkamlovchi mexanizm

sifatida ham xizmat qilgan. U orqali turli hududlar o‘rtasida siyosiy, ma’muriy va

hatto madaniy aloqalar mustahkamlanib, yagona davlat tizimi shakllanishiga zamin

yaratilgan. Bu esa o‘z navbatida Temuriylar davlatining uzoq muddat barqaror

faoliyat yuritishiga xizmat qilgan muhim omillardan biri hisoblanadi.

Mazkur tizimni tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, o‘rta

asrlar sharoitida ham samarali davlat boshqaruvi rivojlangan kommunikatsiya

infratuzilmasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan. Shu boisdan, Temuriylar davridagi

pochta tizimi nafaqat amaliy boshqaruv vositasi, balki davlat boshqaruvi

evolyutsiyasining muhim bosqichlaridan biri sifatida ilmiy jihatdan katta ahamiyat

kasb etadi.

Masala mazmunidan kelib chiqqan holda quyidagi xulosaviy takliflar ishlab

chiqildi:

Birinchidan, temuriylar davridagi aloqa tizimini alohida ilmiy yo‘nalish

sifatida chuqurroq o‘rganish va maxsus tadqiqotlar sonini oshirish;

Ikkinchidan, pochta (“yom”) tizimini boshqa tarixiy davrlar (ayniqsa

mo‘g‘ullar davri) bilan qiyosiy tahlil qilishni kengaytirish;

Uchinchidan, ushbu tizimni zamonaviy logistika va kommunikatsiya tizimlari

bilan bog‘liq holda interdisiplinar yondashuvda tahlil qilish;

To‘rtinchidan, tarixiy tajribani ta’lim jarayonlariga kiritish orqali yosh

avlodda davlat boshqaruvi tarixiga qiziqishni oshirish;

Beshinchidan, mavzuga oid manbalarni tarjima qilish va ilmiy muomalaga

kengroq kiritish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Allen T. (2001) Culture and Conquest in Mongol Eurasia. – Cambridge:
Cambridge University Press. – 245 p.
2. Асқаров А. (1994) Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи.
3. Бартольд В.В. (1928) Туркестан в эпоху монгольского нашествия. –
Лондон: Luzac & Co. – 488 с.
4. Ибн Арабшах. (1997) Амир Темур тарихи. – Тошкент.
5. Klavixo R.G. (2009) Embassy to Tamerlane, 1403–1406. – Cambridge:
Cambridge University Press. – 344 p.
6. Манз Б.Ф. (1989) The Rise and Rule of Tamerlane. – Cambridge:
Cambridge University Press. – 202 p.
7. Морган Д. (2007) The Mongols. – Oxford: Blackwell Publishing. – 273 p.
8. Омонулла Б. (1997) Темурлар даври ёзма манбаларда Марказий Осиё.
– Тошкент: Ўзбекистон.
9. Рёмер Х.Р. (1986) The Timurid Period // The Cambridge History of Iran.
Vol. 6: The Timurid and Safavid Periods. – Cambridge: Cambridge University
Press. – pp. 1-50.
10. Субтелни М.Е. (2007) Timurids in Transition. – Leiden: Brill. – 305 p.
11. Шарафуддин Али Яздий. (1997) Зафарнома. – Тошкент: Фан.

REFERENCES:
1. Allen T. (2001) Culture and Conquest in Mongol Eurasia. – Cambridge:
Cambridge University Press. – 245 p. (In English)
2. Asqarov A. (1994) O‘zbekiston tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi. (In Uzbek)
3. Bartold V.V. (1928) Turkestan v epoxu mongol’skogo nashestviya. –
London: Luzac & Co. – 488 s. (In Russian)
4. Ibn Arabshah. (1997) Amir Temur tarixi. – Toshkent. (In Uzbek)
5. Klavixo R.G. (2009) Embassy to Tamerlane, 1403–1406. – Cambridge:
Cambridge University Press. – 344 p. (In English)
6. Manz B.F. (1989) The Rise and Rule of Tamerlane. – Cambridge:
Cambridge University Press. – 202 p. (In English)
7. Morgan D. (2007) The Mongols. – Oxford: Blackwell Publishing. – 273 p.
(In English)

8. Omonulla B. (1997) Temuriylar davri yozma manbalarda Markaziy Osiyo.

– Toshkent: O‘zbekiston. (In Uzbek)

9. Ryomer X.R. (1986) The Timurid Period // The Cambridge History of Iran.

Vol. 6: The Timurid and Safavid Periods. – Cambridge: Cambridge University

Press. – pp. 1–50. (In English)

10. Subtelni M.E. (2007) Timurids in Transition. – Leiden: Brill. – 305 p.

(In English)

11. Sharafuddin Ali Yazdi. (1997) Zafarnoma. – Toshkent: Fan. (In Uzbek)