ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiyning “yetti iqlim” nazariyasiga doir qarashlari qiyosiy tahlili

Bo‘riyev Islom Sobir o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MIRZO ULUG‘BEK VA MUHAMMAD XORAZMIYNING “YETTI
IQLIM” NAZARIYASIGA DOIR QARASHLARI QIYOSIY TAHLILI

A COMPARATIVE ANALYSIS OF THE VIEWS OF MIRZO
ULUGBEK AND MUHAMMAD AL-KHWARIZMI ON THE THEORY OF

THE "SEVEN CLIMES"
СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ВЗГЛЯДОВ МИРЗО УЛУГБЕКА И
МУХАММАДА АЛЬ-ХОРЕЗМИ НА ТЕОРИЮ «СЕМИ КЛИМАТОВ»

Bo‘riyev Islom Sobir o‘g‘li
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi

Tel: +998 93-001-40-95
E-mail: islomb361@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada buyuk o‘zbek qomusiy olimlari Mirzo
Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) va Abu Abdulloh Muhammad ibn
Muso Xorazmiy (783-850) ijodidagi “Yetti iqlim” nazariyasiga doir qarashlar
o‘zaro qiyosiy tahlil qilinadi. Muhammad Xorazmiy musulmon olimlari orasida
“Yetti iqlim” nazariyasining asoschisi, geografiyaga doir bir qancha asarlar
muallifi, Turonda bu ilm rivojiga tamal toshini qo‘ygan shaxs sanaladi. Shu tufayli
uning bu sohadagi ilmiy merosi nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Biroq bu mutafakkir
boshlab bergan g‘oyalarni Ikkinchi Uyg‘onish chog‘ida davom ettirgan Mirzo
Ulug‘bekning ijodidagi geografik qarashlar ancha kamroq tadqiq etilgan.
Umuman, Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bekning “Yetti iqlim”
nazariyasiga doir qarashlarini qiyosiy o‘rganish O‘zbekistonda geografiya ilmining
tarixiy rivojlanishini tadqiq etishda dolzarb ahamiyatga egadir.
Kalit so‘zlar: Mirzo Ulug‘bek, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Turon,
qomusiy olim, Birinchi Uyg‘onish, Ikkinchi Uyg‘onish, geografiya, “Yetti iqlim”
nazariyasi.
Annotation. This article provides a comparative analysis of the views on the
theory of the "Seven Climates" in the works of the great Uzbek encyclopedists
Mirza Ulughbek Muhammad Taraghai (1394–1449) and Abu Abdullah Muhammad
ibn Musa al-Khwarizmi (783-850). Muhammad Al-Khwarizmi is considered
among Muslim scholars to be the founder of the theory of the "Seven Climates",
the author of several works on geography, and the person who laid the foundation
for the development of this science in Turan. Because of this, his scientific legacy
in this field has been relatively well studied. However, geographical views in the
works of Mirza Ulughbek, who continued during the Second Renaissance the ideas
started by this thinker, have been much less studied. In general, a comparative
study of the views of Muhammad al-Khwarizmi and Mirza Ulughbek on the theory

of the “Seven Climates” is of great importance in studying the historical

development of geographical science in Uzbekistan.

Keywords: Mirza Ulughbek, Muhammad ibn Musa al-Khwarizmi, Turan,

encyclopedist, First Renaissance, Second Renaissance, geography, "Seven

Climates" theory.

Аннотация. В данной статье представлен сравнительный анализ

взглядов на теорию «семи климатов» в трудах великих узбекских

энциклопедистов Мирзы Улугбека Мухаммада Тарагая (1394–1449) и Абу

Абдуллы Мухаммада ибн Мусы аль-Хорезми (783–850). Мухаммад аль-

Хорезми считается среди мусульманских ученых основателем теории «семи

климатов», автором нескольких работ по географии и человеком,

заложившим основы развития этой науки в Туране. В связи с этим его

научное наследие в этой области относительно хорошо изучено. Однако

географические взгляды в работах Мирзы Улугбека, который в эпоху Второго

Ренессанса продолжил идеи, начатые этим мыслителем, изучены гораздо

меньше. В целом, сравнительное изучение взглядов Мухаммада аль-Хорезми

и Мирзы Улугбека на теорию «семи климатов» имеет большое значение при

изучении исторического развития географической науки в Узбекистане.

Ключевые слова: Мирза Улугбек, Мухаммад ибн Муса аль-Хорезми,

Turan, энциклопедист, Первый Ренессанс, Второй Ренессанс, география,

теория «семи климатов».

KIRISH

Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) – buyuk o‘zbek olimi,

davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temurning (1336-1405) nevarasidir. Ulug‘bek

bolaligidanoq qobiliyatli, zukko bo‘lgan, turli bilimlarni, ayniqsa, aniq fanlarni

o‘rganishga juda qiziqqan. U hukmronligi chog‘ida yurtda ilm-fanni rivojlantirgan,

bir necha shaharlarda madrasalar qurdirgan, Samarqandda rasadxonaga asos

solgan, bu yerga turli yerlardan olimlarni taklif qilgan. Ulug‘bekning o‘zi ham

aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlarni juda yaxshi bilgan qomusiy olim bo‘lgan.

Bugungacha uning aniq fanlar bo‘yicha merosi jahon miqyosida yaxshi

o‘rganilgan. Biroq olimning boshqa sohalar, xususan, geografiyaga doir qarashlari

ham diqqatga sazovordir. “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarining bir qismi bevosita

geografiyaga oiddir. Afsuski, olimning bu sohadagi faoliyati shu paytgacha

yetarlicha tadqiq etilmagan. Bu bo‘yicha sanoqli tadqiqotlar mavjud. Aslida Mirzo

Ulug‘bekning geografiya bo‘yicha ilmiy merosi olim vafotidan 200-yil keyin

tahliliy o‘rganila boshlangan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Xususan, 17-asr o‘rtalarida yevropalik olim Yohannes Gravius “Ziji jadidi
Ko‘ragoniy”ning geografiyaga oid, ya’ni dunyodagi turli shaharlarning jug‘rofiy
koordinatalari berilgan qismini lotin tiliga tarjima qilgan va nashr etgan. Nashrning
kirish qismida tarjimon Mirzo Ulug‘bekning geografiyaga doir qarashlarini
ma’lum ma’noda tahlil qilgan (Ulug Beigi. 1650: 1-104). Shuningdek, tarjimon
taniqli qomusiy olim Nasiriddin Tusiy (1201-1274) va Mirzo Ulug‘bek asarlarida
keltirilgan turli joylarning jug‘rofiy koordinatalari jadvallarini ham birgalikda lotin
tiliga o‘girib nashr qilgan. Mazkur nashrda bu ikki olimning geografik jadvallari
qiyosiy tahlil etilgan (Gravii J. 1652: 1-164). Shundan keyin deyarli 300-yildan
oshiq vaqt davomida Mirzo Ulug‘bek geografiyasi deyarli yaxshi o‘rganilmagan.
Yangi davrda esa uni G. Matviyevskaya (Матвиевская Г.П., Розенфельд Б.А.
1983: 416, 418;), B. Rozenfeld va E. Ihsano‘g‘lular (Boris Rozenfeld and
Ekmeleddin İhsanoğlu. 2003: 277-279) qisman tadqiq etishgan. Biroq, Mirzo
Ulug‘bek ijodidagi geografiya, xususan, “Yetti iqlim” nazariyasi maxsus ilmiy ish
sifatida hozirgacha o‘rganilmagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bekning “Yetti
iqlim” nazariyasiga doir qarashlari o‘zaro solishtirilgan. Ikkala olimning
asarlaridagi g‘oyalar, geografik tasavvurlar, iqlimlarning tavsifi, kenglik va
uzunlikni hisoblash usullari hamda farqli jihatlari chuqur tahlil qilingan.
Shuningdek, qiyosiy-tarixiy va manbashunoslik yondashuvi asos qilib olingan
bo‘lib, unda tarixiy-tahliliy, qiyosiy va matnshunoslik usullari kompleks tarzda
qo‘llanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ulug‘bek o‘zining geografiya bo‘yicha qarashlarida o‘tmishda Birinchi
Uyg‘onish chog‘ida yashagan yirik olimlar, xususan, Muhammad Xorazmiyning
(783-850) bu sohadagi g‘oyalariga tayanadi, ularni rivojlantiradi. Biroq uning
ijodida anchagina farqli tomonlar uchraydi va ba’zan o‘z shaxsiy fikrlarini ham
ilgari suradi. XV asrda Turonda geografiya ilmida yetti iqlim nazariyasi hukmron
bo‘lgan. Unga IX asrda turonlik buyuk olim Muhammad ibn Muso Xorazmiy
tomonidan asos solingan. Bu nazariyaga ko‘ra Yer yuzasining inson yashaydigan,
dehqonchilik qilsa bo‘ladigan ma’muriy qismi ekvatordan qutblarga tomon yetti
iqlimga bo‘lingan. Xorazmiydan boshlab musulmon olimlar Yer sayyorasini
ekvatordan qutblarga tomon birinchi iqlimdan yettinchi iqlimgacha tavsiflashgan
va bu asosan shimoliy yarimsharga nisbatan amalga oshirilgan (Muhammad ibn
Muso al-Xorazmiy. 1983: 292-365). Xorazmiyning “Kitobu suratu-l-arz”

(“Yerning tasviri kitobi”), “Kitobu ixtisori-l-Majestiy” (“Ptolemeyning “Majestes”

asari qisqartmasi”), “Ma’rifatu arzi-l-balad” (“Shaharning kenglamasini aniqlash”),

“Ma’rifatu uruzi-l-aqolim” (“Iqlimlarning kenglamalarini aniqlash”) asarlarida

“Yetti iqlim” nazariyasi batafsil tushuntirilgan, amaliyotga tatbiq etilgan ‫بن محمد)‬

‫ .الخوارزمي موسی‬Ms. or. oct. 273: 55b-59a).

Xorazmiyga ko‘ra, birinchi iqlim kengligi 15-darajagacha (ekvator atroflari,

bu hozirda ekvatorial mintaqaga to‘g‘ri keladi). Ikkinchi iqlim: kengligi 24

darajagacha (15-24-parallellar oralig‘i, miqdori 9 daraja, bu mintaqasi hozirda

subekvatorial mintaqaga to‘g‘ri keladi). Uchinchi iqlim: kengligi 30-darajagacha

(24-30 parallellar oralig‘i, miqdori 6 daraja, bu hozirda tropik mintaqaga to‘g‘ri

keladi). To‘rtinchi iqlim: kengligi 36-darajagacha (30–36-parallellar oralig‘i,

miqdori 6 daraja, bu hozirda taxminan subtropik mintaqaga to‘g‘ri keladi).

Beshinchi iqlim: kengligi 41-darajagacha (36-41-parallellar oralig‘i, miqdori 5

daraja, hozirda mo‘tadil mintaqaga to‘g‘ri keladi, taxminan). Oltinchi iqlim:

kengligi 45-darajagacha (41-45-parallellar oralig‘i, miqdori 4 daraja, bu hozirda

taxminan mo‘tadil mintaqaga to‘g‘ri keladi). Yettinchi iqlim: kengligi 48-

darajagacha (45-48-parallellar oralig‘i, miqdori 3 daraja, bu hozirda, taxminan,

mo‘tadil va subantarktik mintaqalarga to‘g‘ri keladi) (Мусо ал-Хоразмий.

1983:292-466).

Xorazmiy jug‘rofiy narsalarni janubdan shimolga tomon tavsiflaydi. Shuni

ham aytish kerakki, u ko‘rsatgan jug‘rofiy o‘rinlar hozirgidan 3-4 darajagacha farq

qiladi. Lekin bu xato degani emas. Mazkur farqning sababi Xorazmiyning Yer

yuzini darajali to‘rlarida tasvirlash usuli hozirgidan o‘zgachaligidadir. Ulug‘ olim

Yerning o‘z aylanish o‘qiga nisbatan egilish burchagini hisobga olib, ekvatorni

bugungidan qiyaroq tasavvur etadi. Bosh meridian esa to‘qqizinchi yuz yillikda

inson yashaydigan yerlarning eng g‘arbiy chekkasi deb o‘ylangan Kanar

orollaridan, yani bugingi bosh meridian Grinvichdan 21 daraja g‘arbda tasvirlanadi

(Мусо ал-Хоразмий 1983: 246-247). Natijada jug‘rofiy nuqtalarning o‘rinlarida

bugungidan ozgina farq yuzaga keladi.

Masalan, Xorazmiyga ko‘ra, Masisa shahri (Masisa – bugungi Turkiyaning

janubida Jayhon daryosi bo‘yidagi Misis shahri) jug‘rofiy o‘rni 59° 40’ sharqiy

uzunlik, 36° shimoliy kenglikda ko‘rsatilgan (. ‫الخوارزمي موسی بن محمد‬

№4830/g:195a). Bu bugungi hisobda taqriban 38° shq. uz., 35-40° darajalar

oralig‘idagi shm. k. bo‘ladi. Shaharning hozirgi o‘rni esa taqriban 36° shq. uz., 37°

shm. k. da. Demak, farq unchalik katta emas. Bu 1200-yil oldingi ilm-fan uchun

juda yaxshi ko‘rsatkichdir. O‘z vaqtida Ptolemey bu shaharning jug‘rofiy o‘rnini

62° 30’ shq. uz., 38° 30’ shm. k. deb qayd etgandi (Claudii Ptolemaei. 1845: 23).

Xorazmiyning hisob-kitoblari bundan farq qilishi u yunon olimi asarlariga chuqur

tayanmaganini yana bir bor isbotlaydi.

Mirzo Ulug‘bekda esa “Yetti iqlim” boshqacharoq: Yer yuzasi g‘arbdan

sharqqa tomon tavsiflanadi. Bunda olim yunon mutafakkiri Ptolemeyning

(taxminan 100-170) asarlariga tayangan ko‘rinadi. Chunki uning Yer yuzasini

tasvirlash yo‘sini shunga o‘xshash bo‘lgan (Claudii Ptolemaei. 1843: 2-284;

Claudii Ptolemaei. 1845: 2-263). Biroq Mirzo Ulug‘bekning ustozi, Samarqandda

u tashkil etgan akademiyaning bosh olimlaridan bo‘lgan G‘iyosiddin Jamshid

Koshiy (o‘limi 1436) Ptolemeyning emas, Xorazmiy va Beruniyning g‘oyalariga

tayangan. Bu olim o‘zi tuzgan zijda Yer yuzidagi joylarning jug‘rofiy

koordinatalarini berishda aynan shularning yo‘lidan borgan ‫.الكاشاني جمشید الدین غیاث)‬

2692: 54b-56b). Mirzo Ulug‘bekning o‘zi Koshiyning asarlaridan yaxshi xabardor

bo‘lganligini, shuningdek, Samarqanddagi akademiyaning boshqa olimlari ham

Xorazmiyning qarashlariga ergashganligini hisobga olsak, temuriyzoda mutafakkir

“Yetti iqlim” nazariyasini qo‘llaganligi anglashiladi. Ammo “Ziji jadidi

Ko‘ragoniy” asarida geografik masalalarda bu nazariya boshqacharoq talqin

qilinganligi seziladi.

Mirzo Ulug‘bek bosh meridian borasida Ptolemeydan farqli fikrda bo‘lgan.

Muhammad Xorazmiydan tashqari Ptolemey, Abu Rayhon Beruniy (973-1051)

ham, bosh meridianni Kanar orollarining g‘arbiy chekkasidan hisoblashgan.

Shuning uchun ularning hisob-kitoblari bugungidan 20-21 darajaga farq qiladi

(Abu Rayhon Beruniy. 2022: 356-361; Claudii Ptolemaei. 1843: 2-284). Mirzo

Ulug‘bek esa bosh meridianni Azor orollarining g‘arbiy chekkasidan hisoblaydi

‫ .بیك الغ میرزا)‬Ms. or. 280: 100a-101b). Natijada uning hisob-kitoblarida

Xorazmiynikidan taxminan 10 daraja, bugungidan taxminan 30-31 daraja farq

ko‘rinadi.

Masalan, Ptolemeyning “Geografiya” asarida Misr shimolidagi Aleksandriya

(bugungi Iskandariya) shahri 31 daraja shimoliy kenglik, 50 daraja 50 daqiqa

sharqiy uzunlikdaligi berilgan. Xorazmiyning “Kitobu suratu-l-arz” (“Yerning

tasviri kitobi”) asarida bu shahar 31 daraja shimoliy kenglik, 51 daraja 20 daqiqa

sharqiy uzunlikda deb ko‘rsatiladi (Claudii Ptolemaei. 1843: 251; Мусо ал-

Хоразмий. 1983: 297). “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”da esa Iskandariya shahri 30 daraja

58 daqiqa shimoliy kenglik, 61 daraja 54 daqiqa sharqiy uzunlikdaligi yozilgan

‫ .بیك الغ میرزا)‬Ms. or. 280: 100a). Bunda Mirzo Ulug‘bek keltirgan uzunlama ilgarigi

olimlarnikidan taxminan 10 daraja farq qilishi yaqqol ko‘rinadi. Shaharning

bugungi hisob bo‘yicha jug‘rofiy o‘rni esa 31 daraja 12 daqiqa shimoliy kenglikda,

29 daraja 55 daqiqa sharqiy uzunlikdadir. Demak, rostdan ham Mirzo Ulug‘bek

ko‘rsatgan uzunlamalar bugungi hisobdan taxminan 31 darajaga farq qilar ekan.

Shu tariqa “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”da 246 ta jug‘rofiy narsaning (shahar, dengiz va

orol) koordinatalari birma-bir keltirib o‘tiladi ‫ .بیك الغ میرزا)‬Ms. or. 280: 100a–

101b). Yana bir e’tiborli jihat borki, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarining turli

nusxalarida shaharlarning soni har xil beriladi. Masalan, Oksforddagi nusxada 160

ta, Berlindagi to‘liq nusxada 246 ta, Toshkentdagi Sharqshunoslik qo‘lyozmalar

instituti jamg‘armasidagi №7531 inventar raqamli nusxada 240 ta, shu

muassasadagi №2118 inventar raqamli nusxada esa 244 ta shaharning

koordinatalari berilgan. Bu turli xillikni qo‘lyozmalarni ko‘chirgan kotiblarning

matnga kiritgan o‘zgartirishlari bilan izohlash mumkin ‫ .بیك الغ میرزا)‬Ms. or. 280:

100a-101b; ‫ .بیك الغ میرزا‬MS 151: 130a-131a; . ‫ №بیك الغ میرزا‬7531: 122a-124a; ‫میرزا‬

‫№ .بیك الغ‬2118:113b-114b).

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, turonlik buyuk mutafakkir Mirzo Ulug‘bek
jahon ilm-fani rivojiga katta hissa qo‘shgan qomusiy olimdir. Uning asarlari
dunyoda aniq va tabiiy fanlardagi kashfiyotlar amalga oshirilishida muhim o‘rin
tutgan. Xususan, uning geografiyaga doir qarashlari ham diqqatga sazovor bo‘lib,
ilgarigi olimlarning ishlaridan anchayin farq qilgan. Birinchi Uyg‘onish chog‘ida
yashagan Muhammad Xorazmiy “Yetti iqlim” nazariyasini musulmon olimlari
orasida birinchi bo‘lib ishlab chiqib, bu borada tamal toshini qo‘ygan bo‘lsa, Mirzo
Ulug‘bek Ikkinchi Uyg‘onish chog‘ida bu qarashlarni rivojlantirgan. Bu orqali
Mirzo Ulug‘bekning ijodi Turonda Ikkinchi Uyg‘onish chog‘ida geografiya fani
yangi bosqichga chiqishiga xizmat qilgan. Umuman, Muhammad Xorazmiy va
Mirzo Ulug‘bekning “Yetti iqlim” nazariyasiga doir qarashlarini qiyosiy o‘rganish
O‘zbekistonda geografiya ilmining tarixiy rivojlanishini tadqiq etishda dolzarb
ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар. IV жилд. Қонуни Масъудий.
Биринчи китоб. – Тошкент, 2022. – 544 б.
2. Абу Райҳон Беруний. Танланган асарлар. VI жилд. Тафҳим. –
Тошкент-Урганч-Хива, 2006. – 294 б.
3. Binae tabulae geographicae, una Nassir Eddini Persae, altera Ulug Beigi
Tartari. Opera et Studio J. Gravii. – Londini, 1652. – 64 p.
4. Claudii Ptolemaei. Geоgraphia. Tom I. – Lipsiae, 1843. – 284 p.
5. ‫ غیاث الدین جمشید الكاشاني. زیج خاقانى فى تكمیل زیج ایلخاني‬Qo‘lyozma. Istanbul.
Sulaymoniya kutubxonasi: Aya Sofya jamg‘armasi. № 2692. –165 varaq.
6. Г.П. Матвиевская, Б.А. Розенфельд. Математики и астрономы
мусульманского средневековья и их труды (VIII-XVII вв.). Книга 1. – Москва:
Восточная литература, 1983. – 480 с.

7. Г.П. Матвиевская, Б.А. Розенфельд. Математики и астрономы

мусульманского средневековья и их труды (VIII-XVII вв.). Книга 2. – Москва:

Восточная литература, 1983. – 652 с.

8. ‫ .میرزا الغ بیك‬Qo‘lyozma. Berlin davlat kutubxonasi. Islomiy qo‘lyozmalar

bo‘limi. Ms. or. 280. – 195 var.

9. ‫ میرزا الغ بیك. زیج جدید سلطانی‬Qo‘lyozma. Oksford. Oksford universiteti, St.

John’s kolleji. Forscha qo‘lyozmalar jamg‘armasi. MS 151. –180 varaq.

10. ‫ میرزا الغ بیك. زیج الغ بیك‬Qo‘lyozma. O‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy

nomidagi Sharqshunoslik qo‘lyozmalar instituti jamg‘armasi. Asosiy fond. №

7531. – 235 varaq.

11. ‫ زیج ألغ بیك – میرزا الغ بیك. الزیج الجدید‬Qo‘lyozma. O‘zbekiston FA Abu

Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo‘lyozmalar instituti jamg‘armasi.

Asosiy fond. №2118. –217 varaq.

12. ‫ محمد بن موسی الخوارزمي. اختصار المجسطي‬Qo‘lyozma. Berlin davlat

kutubxonasi. Islomiy qo‘lyozmalar bo‘limi. Ms. or. oct. 273. – 145 s.

13. ‫ محمد بن موسی الخوارزمي. معرفة عرض البلد‬Qo‘lyozma. Istanbul. Sulaymoniya

kutubxonasi: Aya Sofya jamg‘armasi. №4830/g. – 193b–196b-s.

14. ‫ محمد بن موسي الخوارزمي. معرفة عروض الأقالیم‬Qo‘lyozma. Istanbul.

Sulaymoniya kutubxonasi: Aya Sofya jamg‘armasi. № 4830/h. –199a–199b-

varaqlar.

15. Муҳаммад ибн Мусо ал-Хоразмий. Танланган асарлар. "Сурату-л-

арз" китоби. –Тошкент, 1983. – 246–466-б.

REFERENCES:
1. Abu Rayhon Beruniy. (2022) Tanlangan asarlar. IV jild. Qonuni Mas’udiy.
Birinchi kitob. – Toshkent. (In Uzbek)
2. Abu Rayhon Beruniy. (2006) Tanlangan asarlar. VI jild. Tafhim. –
Toshkent-Urganch-Xiva. (In Uzbek)
3. Binae tabulae geographicae, una Nassir Eddini Persae, altera Ulug Beigi
Tartari. (1652) Opera et Studio J. Gravii. – Londini. (In Latin)
4. Claudii Ptolemaei. (1843) Geographia. Tom I. – Lipsiae. (In Latin)
5. G‘iyosiddin Jamshid al-Koshoniy. Ziji xoqoniy fi takmili ziji ilxoniy.
Qo‘lyozma. Istanbul. Sulaymoniya kutubxonasi: Aya Sofya jamg‘armasi. № 2692.
(In Persian)
6. Matviyevskaya G.P., Rozenfeld B.A. (1983) Matematiki i astronomy
musulmanskogo srednevekovya i ix trudy (VIII-XVII vv.). Kniga 1. – Moskva:
Vostochnaya literatura. (In Russian)

7. Matviyevskaya G.P., Rozenfeld B.A. (1983) Matematiki i astronomy

musulmanskogo srednevekovya i ix trudy (VIII-XVII vv.). Kniga 2. – Moskva:

Vostochnaya literatura. (In Russian)

8. Mirzo Ulug‘bek. az-Zij al-jadid – Zij Ulug‘bek. Qo‘lyozma. O‘zbekiston

FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo‘lyozmalar instituti

jamg‘armasi. Asosiy fond. №2118. (In Persian)

9. Mirzo Ulug‘bek. Zij. Qo‘lyozma. Berlin davlat kutubxonasi. Islomiy

qo‘lyozmalar bo‘limi. Ms. or. 280. (In Persian)

10. Mirzo Ulug‘bek. Zij jadidi sultoni. Qo‘lyozma. Oksford. Oksford

universiteti, St. John’s kolleji. Forscha qo‘lyozmalar jamg‘armasi. MS 151. (In

Persian)

11. Mirzo Ulug‘bek. Zij Ulug‘bek. Qo‘lyozma. O‘zbekiston FA Abu Rayhon

Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo‘lyozmalar instituti jamg‘armasi. Asosiy fond.

№ 7531. (In Persian)

12. Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy. Ikhtisor al-majisti. Qo‘lyozma. Berlin

davlat kutubxonasi. Islomiy qo‘lyozmalar bo‘limi. Ms. or. oct. 273. (In Arabic)

13. Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy. Ma’rifatu arzi al-balad. Qo‘lyozma.

Istanbul. Sulaymoniya kutubxonasi: Aya Sofya jamg‘armasi. №4830/g. (In Arabic)

14. Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy. Ma’rifatu uruzi al-aqolim.

Qo‘lyozma. Istanbul. Sulaymoniya kutubxonasi: Aya Sofya jamg‘armasi. №

4830/h. (In Arabic)

15. Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy. (1983) Tanlangan asarlar. “Suratu-l-

arz” kitobi. – Toshkent. (In Uzbek)