ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Mustaqillik yillarida Amir Temur va Temuriylar merosi tiklanishida YUNESKOning o‘rni

Sattorov Ulug‘bek Abdurazzoq o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MUSTAQILLIK YILLARIDA AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR
MEROSI TIKLANISHIDA YUNESKONING O‘RNI

THE ROLE OF UNESCO IN THE REVIVAL OF THE HERITAGE OF
AMIR TEMUR AND THE TIMURIDS IN THE YEARS OF
INDEPENDENCE

РОЛЬ ЮНЕСКО В ВОЗРОЖДЕНИИ НАСЛЕДИЯ АМИРА
ТЕМУРА И ТЕМУРИДОВ В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ

Sattorov Ulug‘bek Abdurazzoq o‘g‘li
Oriental universiteti o‘qituvchisi
Tel.+9981-470-66-09

E-mail: beksattoroff123@gmail.com
ORCID: https://orcid.org/0009-0009-7376-2421
Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati hamda
qadriyatlarining xalqaro miqyosda targ‘ib qilish borasida YUNESKO bilan faol
hamkorlik aloqalari yoritib berilgan. Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston mustaqillikka
erishgandan so‘ng, barcha sohalarda bo‘lgani singari madaniy sohada ham tub
islohotlar amalga oshirilganligi, sohaga oid huquqiy tizim mustahkamlanganligi,
qadimiy shaharlarimiz va u yerda joylashgan madaniy yodgorliklarning madaniy
tashkilot YUNESKOning turli ro‘yxatlari va dasturlariga kiritilishiga oid
tadqiqotlar tahliliga qaratilgan. Maqolada tarixiy shaxslar Amir Temur, Mirzo
Ulug‘bek va tarixiy shaharlar Samarqand, Shahrisabz yubileylarining madaniy
tashkilot YUNESKO hamkorligida nishonlanganligiga alohida urg‘u beriladi.
Mavzuni yoritishda ushbu sohaga oid tegishli me’yoriy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar,
adabiyot va davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan.
Kalit so‘zlar: BMT, YUNESKO, Samarqand, Shahrisabz, moddiy madaniy
meros, nomoddiy madaniy meros, fan, ta’lim, madaniyat, xalqaro tashkilotlar.
Annotation. The article examines Uzbekistan’s active cooperation with
UNESCO in promoting the country’s history, culture, art, and values at the
international level. The study focuses on the period following Uzbekistan’s
independence, highlighting that, as in other sectors, fundamental reforms were
implemented in the cultural sphere, the legal framework governing the sector was
strengthened, and research has been conducted on the inclusion of the country’s
ancient cities and their cultural heritage sites in various UNESCO lists and
programs. The article places particular emphasis on the commemoration of jubilees
of historical figures such as Amir Temur and Mirzo Ulug‘bek, as well as historic
cities including Samarqand and Shahrisabz, celebrated in cooperation with
UNESCO.

In addressing the topic, the study draws upon relevant normative legal

documents, scholarly research, academic literature, and periodical press materials.

Keywords: United Nations, UNESCO, Samarkand, Shakhrisabz, tangible

cultural heritage, intangible cultural heritage, science, education, culture,

international organizations.

Аннотация. В статье освещается активное сотрудничество Республики

Узбекистан с ЮНЕСКО в деле продвижения истории, культуры, искусства и

ценностей страны на международном уровне. В данном исследовании

анализируется период после обретения Узбекистаном независимости, в ходе

которого, как и во всех других сферах, в культурной области были

осуществлены коренные реформы, укреплена нормативно-правовая база, а

также рассмотрены вопросы включения древних городов и расположенных в

них культурных памятников в различные списки и программы ЮНЕСКО. В

статье особо подчёркивается проведение юбилеев исторических личностей,

таких как Амир Темур и Мирзо Улугбек, а также исторических городов –

Самарканд и Шахрисабз, организованных в сотрудничестве с ЮНЕСКО.

При раскрытии темы использованы соответствующие нормативно-

правовые документы, научные исследования, научная литература и

материалы периодической печати.

Ключевые слова: ООН, ЮНЕСКО, Самарканд, Шахрисабз,

материальное культурное наследие, нематериальное культурное наследие,

наука, образование, культура, международные организации.

KIRISH
O‘zbekiston istiqlolga erishgan dastlabki yillardan xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga va tarixiy-madaniy merosini jahon miqyosida
targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratdi. 1993-yil 26-oktyabrda Birlashgan Millatlar
Tashkilotining fan, ta’lim, madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti YUNESKOga
a’zo bo‘lishi xalqaro maydonda respublikamizni qadimiy tarixiy merosga ega
davlat sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘ldi. Tashkilot bilan faol hamkorlik
aloqalari rivojlanishi natijasida fan, ta’lim sohalaridagi hamkorlik aloqalari bilan
bir qatorda, madaniyat sohasida hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib
bormoqda. Madaniy sohadagi hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatimiz moddiy
va nomoddiy madaniy merosi YUNESKOning “Umumjahon madaniy merosi”
ro‘yxati va “Nomoddiy madaniy merosning reprezentativ” ro‘yxatiga kiritilishi,
qator tarixiy shaharlar va tarixiy shaxslarlar yubileylarining nishonlanishi, tashkilot
shafeligida yurtimiz tarixiy shaharlarida qator xalqaro anjumanlar va musiqa
festivallarini o‘tkazish an’anaga aylandi. Bugungi kunda Oʻzbekiston va
YUNESKO o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari har qachongidan ham

mustahkamlanib bormoqda. Madaniy yo‘nalish Oʻzbekiston va YUNESKO

oʻrtasidagi bir necha oʻn yillardan beri davom etayotgan munosabatlarning muhim

sohasi boʻlib kelmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ushbu mavzu alohida tadqiqot mavzusi sifatida tadqiq etilmagan bo‘lsa-da,
me’yoriy hujjatlar, qator tadqiqot ishlari, monografiyalar, maqolalar, adabiyot va
davriy matbuot materiallarida mazkur mavzuga to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan,
M.Rahimov va O.Abdimo‘minov (2021), M.Asrorxo‘jayeva (2024) larning
monografiyalarida, “Xalq so‘zi” gazetasining maxsus sonlarida ushbu mavzuga oid
ma’lumotlar tahlili keltirilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada respublikamiz tarixiy merosining tiklanishi va YUNESKO bilan
hamkorlik rivojlanishini o‘rganishda tizimlashtirish, tarixiy-qiyosiy tahlil, tarixiy
ma’lumotlarni umumlashtirish, xolislik tamoyili kabi ilmiy tadqiqot usullaridan
foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab respublikamizda madaniy sohani
rivojlantirishga, milliy urf-odatlar va an’analarni tiklashga alohida e’tibor qaratila
boshlandi. Uch ming yillik davlatchilik tarixiga ega bo‘lgan respublikamizda
mustaqillik sharoiti bilan tarixiy xotirani tiklash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Yurtimizda tarixiy-me’moriy obidalarni tiklash va restavratsiya qilish, ularni asl
holatida saqlashga alohida e’tibor berila boshlandi.
O‘zbekiston hududida “Birinchi Renessans” va “Ikkinchi Renessans davri”
jahon ilm-fani rivojlanishiga ijobiy ta’sir qildi. Jumladan, temuriylar davri
renessansi nafaqat Movarounnahrda balki, butun Sharq olamining ilm-fani va
madaniy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatdi. Amir Temurning 690 yillik yubileyi
munosabati bilan yurtimizda alohida qaror qabul qilindi (PQ 46). Qarorga binoan
har yilning aprel oyida respublikamizda Amir Temur oyligi deb e’lon qilinishi,
mahalliy va xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar, ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
Amir Temur va temuriylar davriga oid me’moriy yodgorliklar bugungi
kungacha saqlanib qolgan bo‘lib, turli davlatlarda Amir Temur va temuriylar
sulolasi tarixiga bag‘ishlab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda, kitoblar
nashr etilmoqda. Bugungi kunda ham mamlakatimizda va xalqaro miqyosida
temuriylar davri tarixi va madaniyatiga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda.
Xalqaro miqyosida YUNESKO bilan hamkorlikda temuriylar davrini o‘rganishga
alohida e’tibor berilmoqda. Amir Temur shaxsi va Temuriylar davri madaniy

merosini jahon miqyosida targ‘ib qilishda YUNESKO bilan hamkorlik beqiyos

ahamiyat kasb etdi.

YUNESKO bilan Respublikamiz o‘rtasida mustaqillikning ilk yillarida

rasmiy aloqalar o‘rnatilgan. Respublikamiz hali Sovet Ittifoqida bo‘lgan

paytlardayoq tashkilot bilan tor doirada bo‘lsa-da hamkorlik qilingan hamda

asosan madaniyat sohasidagi hamkorlikka qaratilgan.

O‘zining qadimiy tarixi, boy madaniy merosi bilan yurtimiz tashkilot

e’tiborini XX asrning 60-yillarida o‘ziga qaratgan. Jumladan, 1969-yil 23-27-

sentyabr kunlari Samarqandda “Temuriylar davri san’ati” mavzusida xalqaro

miqyosidagi anjuman YUNESKO ishtirokida o‘tkazilgan. Mazkur ilmiy anjuman

to‘rt sho‘bada ish olib borgan bo‘lib, ular “Temuriylar davri arxitekturasi”,

“Temuriylar davri miniatyurasi”, “Temuriylar davrida xattotlik va naqqoshlik”,

“Temuriylar davri amaliy san’ati” deb nomlangan. Anjumanda dunyoning 50 dan

ortiq olimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. YUNESKO tomonidan

“Temuriylar davri san’ati” kitob-albomi, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”,

Alisher Navoiyning “Xamsa” asari, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad

Bobur, Kamoliddin Behzod, Husayn Boyqaro, Sultonali Mashhadiy, Mirali

Tabriziy singari tarixiy shaxslarning portretlari mazkur ilmiy-amaliy anjumanda

nashr etildi.

Mustaqillik yillarida tashkilot mandatiga kiruvchi barcha sohalarda ishonchli

hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Madaniy sohada mustahkam hamkorlik

aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Tashkilotning qator dastur va loyihalarida

respublikamiz faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, tashkilotning “Butunjahon

merosi” ro‘yxati 1978-yildan beri tuzilib, jahonning noyob yodgorliklarini xalqaro

miqyosda ro‘yxatga kiritish va muhofaza etishga qaratilgan. O‘zbekistondan ushbu

ro‘yxatga 1990-yil Xivadagi Ichan qal’a, 1993-yil Buxoro shahrining tarixiy

markazi, 2000-yilda Shahrisabz shahrining tarixiy markazi, 2001-yilda Samarqand

madaniyatlar chorrahasi, 2016-yil O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston

davlatlari qo‘shma nomzodligida G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari, 2023-yilda

“Turonning qishki sovuq sahrolari”, 2023-yilda “Ipak yo‘li: Zarafshon-Qoraqum

koridori” kiritilgan.

Ushbu ro‘yxatga 2000-yilda Shahrisabz shahri tarixiy markazi

(https://whc.unesco.org/en/list/885/) ham kiritilgan bo‘lib, bu shahar Amir Temur

tug‘ilgan va yoshlik yillari o‘tgan hudud hisoblanadi. 1999-yil 27-30-noyabr

kunlari YUNESKOning Avstraliyada bo‘lib o‘tgan 24-sessiyasida Shahrisabz

shahri va madaniy yodgorliklari YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga

kiritildi. Ushbu majmua Amir Temur va temuriylar davri shaharsozligi,

me’morchiligi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob tarixiy makon hisoblanadi.

‘‘Shahrisabz tarixiy markazi saroylar, maqbaralar, masjidlar, ziyorat majmualari

hamda an’anaviy shaharsozlik tuzilmasidan iborat yaxlit tarixiy ansamblni tashkil

etadi’’. Mazkur ro‘yxatga kiritilgan madaniy yodgorlikning bebaho va

umuminsoniy qimmatga ega ekanligi e’tirof etiladi hamda insoniyat manfaati

uchun himoya qilinishi zarurdir (https://whc.unesco.org/en/list/603/). Samarqand

shahrining tarixiy markazi YUNESKOning 2001-yil Finlandiyada bo‘lib o‘tgan

25-sessiyasida Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. ‘‘Samarqand

madaniyatlar chorrahasi masjidlar, madrasalar, maqbaralar, savdo inshootlari

hamda an’anaviy turarjoylardan iborat yaxlit shahar-majmuani tashkil etadi’’.

Samarqand madaniyatlar chorrahasi turli davrlar va sivilizatsiyalar me’morchiligi,

shaharsozligi va madaniy qatlamlari uyg‘unlashgan noyob tarixiy shahar-makon

hisoblanib, tashkilotning ushbu ro‘yxatiga kirgan. Samarqand – madaniyatlar

chorrahasi Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizning

Ichan qal’a, Buxoro shahrining tarixiy markazi, Shahrisabz shahrining tarixiy

markazi kabi alohida berilgan nomzodnomasi hisoblanadi. Samarqand

respublikamizdagi eng mashhur va qadimiy shahar bo‘lib, Amir Temur tomonidan

saltanat poytaxti qilib belgilagan. Shahar faqatgina XIV-XVI asrlarda emas, balki,

undan keyingi davrda ham davlatchiligimiz tarixida eng mashhur madaniy va

tarixiy markazlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston va YUNESKO hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan davrdan to

hozirgi kungacha tarixiy shaxslar, qadimiy shaharlar va milliy qadriyatlarimiz

yubiley sanalari xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda. 1994-yildan

boshlab YUNESKO bilan hamkorlikda xalqaro miqyosda tarixiy shaxslar

yubileylarini o‘tkazish an’anasi boshlandi. Aslida bu an’ana mustaqillikka erishish

arafasida boshlangandi. 1994-yilda temuriylar sulolasining mashhur vakili, buyuk

olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi (O‘z MA.) O‘zbekiston va xalqaro

miqyosda keng nishonlandi. Mirzo Ulug‘bek tavalludi xalqaro miqyosda tashkilot

bilan hamokrlikda mustaqillik yillarida nishonlangan dastlabki yubiley tadbiri edi.

Aynan shu yildan boshlab tashkilot va respublikamiz o‘rtasida yubileylarni

hamkorlikda nishonlash an’anaga aylandi.

1994-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Shu munosabat bilan 1995-yilning 29-mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida

Amir Temurning voha aholisi tarixida tutgan o‘rnini o‘rganishga bag‘ishlangan

ilmiy - amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada viloyat madaniy-

ma’rifiy sohasi vakillari, tarixchi olimlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi

qarorining 5-bandiga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan

birgalikda Amir Temur nomi bilan bog‘liq obidalar va qadamjolarni ta’mirlash,

konservatsiyalash va obodonlashtirish tadbirlari belgilandi. 1995-yil 26-dekabrda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ 1996-yilni “Amir Temur yili” deb e’lon

qilish to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. 1996-yilda YUNESKO Bosh

konferensiyasining Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi

qarori qabul qilindi.

1996-yilda temuriylar davlati asoschisi, buyuk sarkarda Amir Temur

tavalludining 660-yilligi YUNESKO qarorgohi Parijda Fransiyaning “Temuriylar

davri tarixi va madaniyatini o‘rganish” Assotsiatsiyasi, “Fransiya-O‘zbekiston”

do‘stlik jamiyati tashkilotlari bilan hamkorlikda keng nishonlandi. Ushbu tadbirlar

doirasida tashkilot qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va

ma’rifatning gullab-yashnashi” mavzusida ko‘rgazma ochildi. Temurshunos

olimlar ishtirokida “Temuriylar davrida fan va madaniyatning gullab-yashnashi”

mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etilib, 16 ta ilmiy ma’ruzalar eshitildi.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida Amir Temur va temuriylar tarixini jahon

miqyosida xalqaro targ‘ib etishdagi xizmatlari uchun YUNESKO Bosh direktori

Federiko Mayor O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik”

(http://old.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=2377932&twolang=true) ordeni

bilan taqdirlandi. Ushbu xalqaro tadbirlar doirasida “Temuriylar davri madaniyati

va san’ati” kitobi va ko‘rgazmasi tayyorlandi. Temurshunos olim Lyusen

Kerenning “Amir Temur” kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, 5000 nusxada,

“Temur tuzuklari” asari esa fransuz tiliga tarjima qilinib, 5000 nusxada nashr

etildi.

2001-yili Shahrisabz shahrining 2700 yillik yubileyi tadbirlariga tayyorgarlik

davomida Xiva, Samarqand, Buxoro va Qo‘qon shaharlaridan kelgan eng mohir

ustalar shahardagi qadimiy obidalarda ta’mirlash va mustahkamlash ishlarini olib

borishdi. Shular jumlasiga, Oqsaroy me’moriy obidasida 119 million so‘mlik

ta’mirlash ishlarini Shahrisabzdagi “Meros” hissadorlik jamiyati ustalari

amalga oshirdi. 2002-yil O‘zbekistondagi qadimiy shaharlardan biri, Amir Temur

tug‘ilib o‘sgan Shahrisabz shahrining 2700-yilligi YUNESKO hamkorligida keng

nishonlandi. 2002-yil 29-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining “Shahrisabz shahrining 2700-yilligini nishonlashga tayyorgarlik

ko‘rish tog‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga

(http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=1677083) muvofiq shahardagi tarixiy va

madaniy obidalarni ta’mirlash va tiklash uchun 980,5 mln so‘mlik ishlar amalga

oshirildi. Shahardagi Oqsaroy, Dor ut-tilovat, Dor us-soadat majmualari, Chorsu

savdo markazi, Chubiya madrasasi singari shaharning qadimiy markazlarida

konservatsiya, restavratsiya, mustahkamlash hamda obodonlashtirish ishlari

amalga oshirildi. (М.Раҳимов,О.Абдимўминов., 2021: 232) 2018-yilda ushbu

shaharda YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda Maqom san’at festivali

o‘tkazildi va yurtimizda bu festivalni o‘tkazish an’anaga aylandi.

Temuriylar davlati poytaxti, qadimgi va o‘rta asrlarda Sharqning mashhur

shahri, bugungi kunda xalqaro anjumanlar o‘tkazilish markaziga aylangan

Samarqand shahrining yubileyi ham xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda

nishonlangan. 2006-yil 25-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Samarqand shahrining 2750-yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni

o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori (Xalq so‘zi) qabul qilindi. 2007-yil 7-may kuni

Parijdagi YUNESKOning vakolatxonasida “Jahon tamaddunida Marg‘ilon va

Samarqandning roli” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilib, o‘zbek va jahon

olimlari ishtirok etdi. 2005-yil 20-oktyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasida

Samarqand shahri 2750 yoshga ega ekanligi haqida maxsus qaror qabul qilindi.

2006-yil 25-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand

shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish

to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 2007-yilda shaharning 2750 yilligi jahon

hamjamiyati tomonidan keng nishonlandi. Yubiley arafasida shaharda keng

ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan birga, tarixiy obidalar kapital

ta’mirlanib, ularning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi ( Б.С.Ғойибов ва

бошқалар. 2021: 378.).

2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrgacha (dunyo.info/uz/UNESCO---

samarkand/43) O‘zbekiston, qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida

jahon miqyosidagi muhim tadbirga YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-

sessiyasiga mezbonlik qildi. Tadbir mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi

nufuzini yanada yuksaltirishga, jahon hamjamiyatini O‘zbekistonning boy tarixi va

madaniyati bilan yaqindan tanishtirishga yordam bergan tarixiy ahamiyatga ega

voqeadir. BMTning madaniy tashkiloti bo‘lgan YUNESKOning asosiy anjumani

40 yildan ortiq vaqt davomida ilk bor uning Parijdagi bosh qarorgohidan

tashqarida tashkil etildi. Oxirgi bor tashkilot Bosh konferensiyasi safar formati

1985-yil Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan.

Bosh konferensiya sessiyasi YUNESKOning Markaziy Osiyoda o‘tkazgan

birinchi shunday yirik yig‘ilishi bo‘lishiga qaramay, ilm-fan, ta’lim va san’atning

muhim markazlaridan biri hisoblangan Samarqand oxirgi yillarda jahon

ahamiyatiga molik bir qator yirik xalqaro uchrashuvlarga mezbonlik qilganligini

ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.

5-noyabr kuni Hilton Samarkand Regency mehmonxonasida ‘‘Samarqand:

3000 yillik meros’’ nomli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,

Milliy arxeologiya markazi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan

YUNESKO ko‘magida tashkil etildi. Konferensiya YUNESKO Bosh

konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida o‘tkazildi. Forum dunyoning yetakchi

olimlari, tadqiqotchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini bir joyga jamladi.

Ishtirokchilar arxeologik kashfiyotlar, Zarafshon vodiysining shaharsozlik rivoji

hamda Samarqandning jahon sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni haqida fikr almashdilar.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida respublikamizda madaniy sohada

amalga oshirilgan ishlar, tarixiy va madaniy yodgorliklarning holati, ularni saqlash

va restavratsiya qilish qilish, ayniqsa, temuriylar davridagi madaniy yodgorliklarni

saqlash va restavratsiya qilish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek,

tarixiy shaxslar va tarixiy shaharlar yubileylarining nishonlanishi, xalqaro

tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi an’anaga aylandi.

Xalqaro miqyosidagi tadbirlarda YUNESKO tashkiloti alohida o‘rin tutadi.

Madaniy yodgorliklarimizning YUNESKO ro‘yxatlariga kiritilishi O‘zbekiston

boy madaniy merosining xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga xizmat qiladi. Hamda

yodgorliklarning xalqaro miqyosda muhofaza qilinishini ta’minlash uchun asos

bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda madaniy yodgorliklar tarixini

o‘rganish, ularni saqlash va kelajak avlodga asl holatida yetkazish bugungi

kunning qilinayotgan va qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifalari hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 05.02.2026 yildagi PQ-46-
son // https://lex.uz/uz/docs/-8036449
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-apreldagi «Federiko
Mayorni O‘zbekiston Respublikasinng «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash
to‘g‘risida»gi farmoni // http://old.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=2377932.
3. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Қарори. //
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=1677083&twolang=true .
4. Б.С.Ғойибов ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи (Самарқанд тарихи) IX
жилд. «O‘zbekiston» nashriyoti. Тошкент – 2021. Б 378.
5. М.Раҳимов, О.Абдимўминов. Ўзбекистон ва БМТ: Муносабатлар
тарихи ва барқарор ривожланиш омиллари. Монография: Hamkornashr.
Тўлдирилган ва қайта ишланган иккинчи нашр. Тошкент – 2021. Б. 232.
6. O‘z MA. M-37-fond, 1-ro‘yxat, 824-yig‘ma jild, 2-varaq.
7. Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘z ishini
rasman yakunladi. // dunyo.info/uz/UNESCO---samarkand/43-ya-sessiyageneralnoy-konferencii-yunesko-v-samarkande-oficialno-zavershila-svoyu-rabotu

8. Samarqand tarixiy markazining YUNESKOning «Umumjahon madaniy

merosi» ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/603/ (In Uzbek)

9. Shahrisabz tarixiy markazining YUNESKOning «Umumjahon madaniy

merosi» ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/885/ (In Uzbek)

10. Xalq so‘zi. 2006 26-iyul.

REFERENCES:
1. B.S. G‘oyibov va boshqalar. (2021) O‘zbekiston tarixi (Samarqand tarixi)
IX jild. «O‘zbekiston» nashriyoti. Toshkent. B 378. (In Uzbek)
2. M. Rahimov, O. Abdimominov. (2021) O‘zbekiston va BMT:
Munоsabatlar tarixi va barqaror rivojlanish omillari. Monografiya: Hamkornashr.
To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr. Toshkent. B. 232. (In Uzbek)
3. O‘z MA. M-37-fond, 1-ro‘yxat, 824-yig‘ma jild, 2-varaq. (In Uzbek)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-apreldagi «Federiko
Mayorni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash
to‘g‘risida»gi farmoni. // http://old.lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=2377932.
(In Uzbek)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 05.02.2026 yildagi PQ-
46-son. // https://lex.uz/uz/docs/-8036449 (In Uzbek)
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. //
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=1677083&twolang=true. (In Uzbek)
7. Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘z ishini
rasman yakunladi. // dunyo.info/uz/UNESCO---samarkand/43. (In Uzbek)
8. Samarqand tarixiy markazining YUNESKOning «Umumjahon madaniy
merosi» ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/603/ (In Uzbek)
9. Shahrisabz tarixiy markazining YUNESKOning «Umumjahon madaniy
merosi» ro‘yxatiga kiritilishi. // https://whc.unesco.org/en/list/885/ (In Uzbek)
10. Xalq so‘zi. 2006 26-iyul. (In Uzbek)