ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Robiya Sulton-Begim va Temuriylar saroyida ayollarning tarixiy o‘rni

Abdullayeva Gulandom Anvarovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ROBIYA SULTON-BEGIM VA TEMURIYLAR SAROYIDA
AYOLLARNING TARIXIY O‘RNI

ROBIYA SULTON-BEGIM AND THE HISTORICAL ROLE OF
WOMEN IN THE TIMURID COURT

РОБИЯ СУЛТАН-БЕГИМ И ИСТОРИЧЕСКАЯ РОЛЬ ЖЕНЩИН
ПРИ ДВОРЕ ТИМУРИДОВ
Abdullayeva Gulandom Anvarovna
Oriyental universiteti
Xotin-kizlar masalalari buyicha rektor maslaxatchisi
Tel.:+998998101790
E-mail:Abdullaevagulandom@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu ishda Temuriylar davlati va uning ijtimoiy-siyosiy
tuzilishi, shuningdek, Robiya Sulton-Begim shaxsi misolida Temuriylar saroyida
ayollarning tarixiy o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Temuriylar davrida ayollarning
siyosiy, diplomatik va madaniy hayotdagi ishtiroki, ularning saroy muhitidagi
nufuzi hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek,
Robiya Sulton-Begimning sulolaviy nikohlar va siyosiy munosabatlardagi o‘rni
orqali Temuriylar davlatining diplomatik tizimi ochib beriladi. Ishning asosiy
maqsadi Temuriylar davrida ayollarning ijtimoiy maqomini o‘rganish va tarixiy
merosimizni chuqur anglashga hissa qo‘shishdan iborat.

Kalit so‘zlar: Temuriylar davlati, Amir Temur, Robiya Sulton-Begim, saroy
ayollari, siyosiy tarix, diplomatiya, ijtimoiy tuzilma, madaniyat.

Annotation. This work analyzes the Timurid state and its socio-political
structure, as well as the historical role of women in the Timurid court, exemplified
by the figure of Robiya Sultan-Begim. The study highlights the participation of
women in the political, diplomatic, and cultural life of the Timurid period, their
influence within the court, and their contributions to the development of society.
Furthermore, the diplomatic system of the Timurid state is revealed through
Robiya Sultan-Begim's role in dynastic marriages and political relations. The
primary objective of this work is to study the social status of women during the
Timurid era and to contribute to a deeper understanding of our historical heritage.

Keywords: Timurid state, Amir Temur, Robiya Sultan-Begim, women of the
court, political history, diplomacy, social structure, culture.

Аннoтaция: В данной работе анализируется государство Тимуридов и
его социально-политическая структура, а также историческая роль женщин
при дворе Тимуридов на примере Робия Султан-Бегим. В исследовании
рассматривается участие женщин в политической, дипломатической и
культурной жизни государства, их влияние при дворе и вклад в развитие

общества. Особое внимание уделяется династическим бракам и

дипломатической роли Робии Султан-Бегим, что позволяет раскрыть

особенности внешней политики государства Тимуридов. Цель работы

заключается в изучении социального положения женщин в эпоху Тимуридов

и осмыслении исторического наследия.

Ключевые слова: Государство Тимуридов, Амир Темур, Робия

Султан-Бегим, придворные женщины, политическая история, дипломатия,

социальная структура, культура.

KIRISH

Jahon tarixida o‘rta asrlar davri yirik imperiyalar, kuchli davlatlar va buyuk

sarkardalarning shakllanishi bilan ajralib turadi. Ana shunday davlatlar orasida

Markaziy Osiyo hududida XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida

vujudga kelgan Temuriylar davlati alohida o‘rin egallaydi. Bu davlatning asoschisi

Amir Temur bo‘lib, u nafaqat yirik harbiy sarkarda, balki kuchli siyosiy arbob va

davlat quruvchisi sifatida ham tarixda chuqur iz qoldirgan.

Temuriylar davlatining yana bir muhim jihati uning ijtimoiy tuzilishi va

saroy hayotidir. Saroy tizimida turli tabaqalar, amirlar, ilm ahli va hatto saroy

ayollari ham ma’lum darajada siyosiy va ijtimoiy ta’sirga ega bo‘lgan. Bu esa

Temuriylar davlatining murakkab va rivojlangan ijtimoiy tizimga ega bo‘lganini

ko‘rsatadi.

Shu sababli Amir Temur va Temuriylar davlati tarixi bugungi kungacha ham

tarixshunoslikda muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uning

davlat boshqaruvi, harbiy siyosati, iqtisodiy tizimi va madaniy merosi nafaqat

Markaziy Osiyo, balki jahon tarixida ham katta ahamiyatga ega. Temuriylar davlati

tarixini o‘rganish jarayonida shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu saltanat faqat

harbiy qudrat va siyosiy markazlashuv bilan emas, balki ijtimoiy hayotning

murakkab va rivojlangan tizimi bilan ham ajralib turadi. Amir Temur asos solgan

davlatda jamiyat tuzilishi qat’iy tartib asosida shakllangan bo‘lib, unda turli

ijtimoiy qatlamlar o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan. Ayniqsa, saroy hayoti va

hukmdor oilasi atrofidagi muhit davlat siyosati va madaniyatiga sezilarli ta’sir

ko‘rsatgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Temuriylar davridagi ayollarning, xususan saroy hayotida, siyosiy va
diplomatik jarayonlardagi o‘rni masalasi zamonaviy tarixshunoslikda muhim o‘rin
tutadi. Mavzuni o‘rganishda asosan rus, ingliz va fors tillaridagi klassik va
zamonaviy tadqiqotlar asos qilib olinadi. Ushbu adabiyotlar Temuriylar
sulolasining umumiy siyosiy tarixi, madaniyati va ijtimoiy tuzilishini yoritish bilan
birga, ayollarning nufuzi va faolligini ham qayd etadi.

V.V.Bartoldning “Turкестан в эпоху монгольского нашествия” va “Тимур

и его эпоха” asarlari Temuriylar davrining asosiy manbalarini va siyosiy muhitini

chuqur tahlil qiladi. Bartold Temuriylar davlatidagi sulolaviy nikohlar va

ayollarning sulola ichidagi mavqeini ham yoritib, ularning diplomatik vosita

sifatidagi rolini ta’kidlaydi.

L.Golombek va D.Wilberning Temuriylar arxitekturasi bo‘yicha asari

ayollarning me’moriy yodgorliklar qurilishidagi homiylik faoliyatini yoritadi. Bu

esa ayollarning nafaqat siyosiy, balki madaniy hayotdagi faolligini tasdiqlaydi.

Zamonaviy tadqiqotlardan “Timurid Women and Their Role in Politics and

Society” (Journal of Central Asian Studies, 2021) maqolasi mavzuni to‘g‘ridan-

to‘g‘ri o‘rganib, Temuriylar davridagi ayollarning siyosiy jarayonlarda bilvosita

ishtirokini va nikoh diplomatiyasining mexanizmlarini tahlil qiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot tarixshunoslik va manbashunoslik tamoyillariga asoslangan
bo‘lib, Temuriylar davridagi ayollarning siyosiy, diplomatik va ijtimoiy hayotdagi
o‘rni, xususan Robiya Sulton-Begim shaxsiyati va faoliyatini o‘rganishga
qaratilgan. Shuningdek, voqealar va jarayonlarni ularning paydo bo‘lishi,
rivojlanishi va o‘zaro bog‘liqligi kontekstida ko‘rib chiqish. Robiya Sulton-
Begimning hayoti va nikohi Temuriylar sulolasining umumiy siyosiy strategiyasi
doirasida tahlil qilinadi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Robiya Sulton-Begim XV asrda (taxminan
1435-1485-yillarda) yashagan bo‘lib, Temuriylar sulolasining mashhur
vakillaridan biri – Mirzo Ulug‘bekning (1394–1449) qizi sifatida tanilgan
(Бартольд В.В., 1992: 210-225; Валиходжаев Б., 2018). Bu jihat uning bevosita
Temuriylar imperiyasining markaziy sulolaviy tizimiga mansubligini ko‘rsatadi.
Ulug‘bek davri Temuriylar tarixida ilm-fan, astronomiya va madaniyatning eng
yuqori darajada rivojlangan bosqichi hisoblanadi. Shu sababli Robiya Sulton-
Begim ham ana shunday ilmiy va siyosiy muhitda voyaga yetgan, yuqori madaniy
saviyaga ega shaxs sifatida qaraladi.
Robiya Sulton-Begimning hayotidagi eng muhim tarixiy voqealardan biri
uning 1451-yilda Dashti Qipchoq (O‘zbek ulusi) hukmdori Abu’l-Xayrxon (1412-
1468) bilan nikoh qurishidir (Манз Б.Ф., 1989: 98; Субтельный М.Е., 2007: 45;
Абдуллаев Р., 2020). Bu nikoh oddiy oilaviy ittifoq emas, balki Temuriylar
sulolasi va qo‘shni siyosiy kuchlar – o‘zbek xonligi o‘rtasidagi muhim diplomatik
kelishuv sifatida baholanadi. O‘rta asr Sharq siyosatida bunday sulolaviy nikohlar

davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, tinchlikni saqlash va harbiy-

siyosiy ittifoqlarni yaratishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.

Bu nikoh orqali Temuriylar sulolasi o‘z ta’sirini shimoliy hududlarga

kengaytirishga harakat qilgan. Nikohdan keyin Robiya Sulton-Begim Abu’l-

Xayrxonning to‘rtinchi xotini bo‘lib, ulardan Suyunchxo‘ja xon, Ko‘chkunchi xon

va boshqa avlodlar tug‘ilgan. Bu avlodlar keyinchalik Shayboniylar davlatida

muhim rol o‘ynagan.

Tarixiy manbalarda uning shaxsiy hayoti haqida batafsil ma’lumotlar kam

bo‘lsa-da, u Temuriylar sulolasining muhim ayol vakillaridan biri sifatida qayd

etiladi (Вудс Дж.Е., 1990: 102). Ayrim tadqiqotlarda Robiya Sulton-Begimning

siyosiy ahamiyati uning sulolaviy nikohlar orqali davlatlararo munosabatlarda

vositachi rolini bajargani bilan izohlanadi. Bu esa Temuriylar davrida ayollarning

jamiyatdagi o‘rni nisbatan faol bo‘lganini ko‘rsatadi (Субтельный М.Е., 2015:

120-135).

Robiya Sulton-Begim yashagan davrda Temuriylar saroyi murakkab siyosiy

va ijtimoiy tuzilishga ega edi. Saroy hayotida faqat erkak hukmdorlar emas, balki

ularning onalari, xotinlari va qizlari ham muhim o‘rin egallagan. Ular ko‘pincha

siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida bilvosita ishtirok etgan, saroy ichki

muhitini tartibga solishda va madaniy hayotni rivojlantirishda katta rol o‘ynagan

(Голомбек Л., Уилбер Д., 1988: 320-340). Ayniqsa, nikoh diplomatiyasi orqali

ayollarning siyosiy jarayonlarga ta’siri katta bo‘lgan. Robiya Sulton-Begimning

Abu’l-Xayrxon bilan nikohi ham aynan shunday strategiyaning yorqin namunasi

hisoblanadi. Bu nikoh orqali Temuriylar va Dashti Qipchoq o‘rtasida ma’lum

darajada siyosiy yaqinlik va hamkorlik yuzaga kelgan.

Shuningdek, Robiya Sulton-Begim Temuriylar sulolasining madaniy va

ijtimoiy an’analarini davom ettirgan avlod vakillaridan biri sifatida ham qaraladi.

Temuriylar saroyida ayollar odatda yuqori madaniy saviya, odob-axloq va siyosiy

ongga ega bo‘lgan. Bu esa ularning jamiyatdagi nufuzini yanada oshirgan.

Umuman olganda, Robiya Sulton-Begim shaxsi Temuriylar davrida ayollarning

tarixiy o‘rnini o‘rganishda muhim misol hisoblanadi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri va Robiya Sulton-Begim kabi tarixiy
shaxslar faoliyatini chuqur o‘rganish bizga o‘z tarixiy ildizlarimizni yanada yaxshi
anglash imkonini beradi. Temuriylar davlati nafaqat harbiy qudrati bilan, balki
ijtimoiy va madaniy hayotning rivojlanganligi bilan ham ajralib turgan. Ayniqsa,
bu davrda ayollarning saroy hayoti, siyosiy jarayonlar va madaniy-ma’rifiy
faoliyatdagi o‘rni e’tiborga loyiqdir. Temuriylar saroyida ayollar, jumladan Robiya
Sulton-Begim kabi nufuzli shaxslar, o‘z davrining ijtimoiy va siyosiy muhitiga

ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. Ularning faoliyati orqali biz o‘rta asrlarda ham

ayollar faqatgina oilaviy doira bilan cheklanib qolmaganini, balki jamiyat

taraqqiyotida faol ishtirok etganini ko‘ramiz. Bu esa tarixiy merosimizning

naqadar boy va rang-barang ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bois, tarixiy

ildizlarimizni o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va siyosiy merosni

anglash har bir yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon nafaqat

bilimni oshiradi, balki milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘usini ham

mustahkamlaydi. O‘z tarixini bilgan inson o‘z xalqining qadriyatlarini chuqurroq

his qiladi va unga nisbatan hurmati ortadi.

Ayniqsa, Temur davlati va undagi ayollarning ijodiy, siyosiy hamda

madaniy faoliyatini o‘rganish kelajak avlodning ajdodlarga bo‘lgan hurmatini

yanada kuchaytiradi. Bu esa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy

qadriyatlarga sodiq bo‘lish va tarixiy merosni asrab-avaylashga xizmat qiladi.

Umuman olganda, Temuriylar davri tarixini, xususan, undagi ayollarning

o‘rnini o‘rganish – bu faqat o‘tmishni bilish emas, balki kelajakni to‘g‘ri

shakllantirish uchun ham muhim ma’naviy asosdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Бартольд В.В. (1963) Туркестан в эпоху монгольского нашествия. –
М.: Наука. – 704 с.
2. Бартольд В.В. (1992) Тимур и его эпоха. – М.: Восточная литература.
– 320 с.
3. Manz B.F. (1989) The Rise and Rule of Tamerlane. – Cambridge:
Cambridge University Press. – 210 p.
4. Subtelny M.E. (2007) Timurids in Transition: Turko-Persian Politics and
Acculturation in Medieval Iran. – Leiden: Brill. – 356 p.
5. Woods J.E. (1990) The Timurid Dynasty. – Cambridge: Cambridge
University Press. – 280 p.
6. Encyclopaedia Iranica. Timurids and Timurid Women. – URL:
https://www.iranicaonline.org (murojaat sanasi: 03.05.2026).
7. Golombek L., Wilber D. (1988) The Timurid Architecture of Iran and
Turan. – Princeton: Princeton University Press. – 450 p.
8. Ruy Gonzalez de Clavijo. (2009) Embassy to Tamerlane (1403–1406). –
London: Routledge. – 300 p.
9. Timurid Women and Their Role in Politics and Society // Journal of
Central Asian Studies. – 2021. – №2. – 45-60-b.
10. Maria Subtelny (2015) Society and Culture in the Timurid Period. –
Tehran: Iranian Studies Series. – 290 p.

REFERENCES:
1.Бартольд В.В. (1963) Туркестан в эпоху монгольского нашествия. – М.:
Наука. – 704 с. (In Russian)
2. Бартольд В.В. (1992) Тимур и его эпоха. – М.: Восточная литература.
– 320 с. (In Russian)
3. Манз Б.Ф. (1989) The Rise and Rule of Tamerlane. – Cambridge:
Cambridge University Press. – 210 п.
4. Subtelny M.E. (2007) Timurids in Transition: Turko-Персиан Politics and
Acculturation in Medieval Iran. – Leiden: Brill. – 356 п.
5. Woods J.E. (1990) The Timurid Dynasty. – Cambridge: Cambridge
University Press. – 280 п.
6. Encyclopaedia Iranica. Timurids and Timurid Women. – УРЛ:
https://www.iranicaonline.org (мурожаат санаси: 03.05.2026).
7. Golombek Л., Wilber D. (1988) The Timurid Architecture of Iran and
Turan. – Princeton: Princeton University Press. – 450 п.
8. Ruy Гонзалез де Cлавижо. (2009) Embassy to Tamerlane (1403–1406). –
Лондон: Routledge. – 300 п.
9. Timurid Women and Their Role in Politics and Society // Journal of
Central Asian Studies. – 2021. – №2. – 45-60-б.
10. Maria Subtelny (2015) Society and Culture in the Timurid Period. – Te:
Iranian Studies Series. – 290 п.