ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Temuriylar davrida hunarmandchilik tarmoqlari rivoji

Po‘latov Otabek Orifjon o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TEMURIYLAR DAVRIDA HUNARMANDCHILIK TARMOQLARI
RIVOJI

DEVELOPMENT OF CRAFT SECTORS IN THE TIMURID PERIOD
РАЗВИТИЕ ОТРАСЛЕЙ РЕМЕСЛЕННОГО ПРОИЗВОДСТВА В

ЭПОХУ ТИМУРИДОВ
Po‘latov Otabek Orifjon o‘g‘li

O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar
universiteti stajor – o‘qituvchisi
Tel: +998938076967

E-mail: pulatovotabek43@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada Temuriylar davrida hunarmandchilikning
rivojlanish jarayonlari, uning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Davr hukmdorlarining hunarmandlarga ko‘rsatgan e’tibori natijasida ishlab
chiqarish hajmi, mahsulot turlari va sifati sezilarli darajada oshgani manbalar
asosida ochib beriladi. Shuningdek, turli hududlardan keltirilgan ustalar faoliyati
natijasida hunarmandchilik uslublarining o‘zaro uyg‘unlashuvi jarayoni yoritiladi.
Maqolada to‘qimachilik, metallsozlik, kulolchilik kabi asosiy sohalarning rivoji va
ularning ichki hamda tashqi savdodagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot
natijalari Temuriylar davrida hunarmandchilik davlat siyosati bilan chambarchas
bog‘liq holda taraqqiy etganini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: Hunarmandchilik, Temuriylar davri, iqtisodiy siyosat,
to‘qimachilik, metallsozlik, kulolchilik, savdo, ijtimoiy tizim, ustoz-shogird, ishlab
chiqarish.
Annotation. This article examines the development of craftsmanship during
the Timurid period and analyzes its role in the economic and social life of society.
Based on historical sources, it reveals that due to the attention given by the rulers
of the period to artisans, the volume of production, the variety of goods, and their
quality significantly increased. The study also highlights the process of interaction
and synthesis of craft traditions resulting from the activities of masters brought
from different regions. Particular attention is paid to the development of key
branches such as weaving, metalworking, and pottery, as well as their importance
in internal and external trade. The findings show that during the Timurid period,
craftsmanship developed in close connection with state policy.
Key words: Craftsmanship, Timurid period, economic policy, weaving,
metalworking, pottery, trade, social structure, master-apprentice, production.
Аннотaция: В данной стате рассматривается развитие ремесленного
производства в эпоху Тимуридов и анализируется его рол в экономической и
сотсиалной жизни общества. На основе исторических источников

раскрывается, что благодаря вниманию правителей к ремесленникам

значително возросли объемы производства, разнообразие и качество

продуксии. Также освещается протсесс взаимодействия и взаимного

обогащения ремесленных традитсий, обусловленный деятелностю мастеров,

привезённых из различных регионов. Особое внимание уделяется развитию

таких отраслей, как ткачество, металлообработка и керамика, а также их

значению во внутренней и внешней торговле. Резултаты исследования

показывают, что в эпоху Тимуридов ремесло развивалос в тесной связи с

государственной политикой.

Ключевые слова: Ремесло, эпоха Тимуридов, экономическая политика,

ткачество, металлообработка, керамика, торговля, сотсиалная структура,

система мастер-ученик, производство.

KIRISH
Temuriylar davrida hunarmandchilik keng rivojlanib, Samarqand va Hirot
mahsulot ishlab chiqarishning yirik markazlariga aylandi. Temur va uning
avlodlari mamlakat bo‘ylab obodonchilik ishlarini amalga oshirdi. Shaharlardagi
hunarmandchilik ishlab chiqarish shaharliklar va atrof qishloqlardagi aholining
ehtiyojini qondirishga, dasht va cho‘llarda istiqomat qiladigan ko‘chmanchi
aholiga sotishga, chet mamlakatlar savdogarlari bilan tovar ayirboshlashga
mo‘ljallab tayyorlanar edi. Bularning hammasi hunarmandchilik ishlab chiqarishni
rivojlantirishga yordam berdi. Buning natijasida hunarmandlar, ustalar soni
ko‘paydi, ular tomonidan tayyorlanadigan mahsulotlarning turlari ortdi, sifati
yaxshilandi, shuningdek ularning ma’lum buyumlarni ishlab chiqarish bo‘yicha
ixtisoslashuvi keng tus oldi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Zamonaviy o‘zbek tarixshunosligida Temuriylar davri iqtisodiy va madaniy
hayoti masalalari A.Muhammadjonov, (1994) S.Saiddosimov (2001), Sh.O‘ljayeva
(2017), A.Hakimov (2022) kabi tadqiqotchilar asarlarida yoritilgan.
A.Muhammadjonovning Temur va Temuriylar saltanati haqidagi tadqiqotlarida
davlat boshqaruvi, shahar hayoti va xo‘jalik tizimining umumiy ko‘rinishi berilgan
bo‘lsa, S.Saiddosimov rahbarligidagi mualliflar tomonidan chop etilgan “Amir
Temur jahon tarixida” asari Temuriylar davrining sivilizatsion o‘rni, shu jumladan
hunarmandchilik va shahar madaniyatining taraqqiyoti ko‘rsatib o‘tiladi.
Sh.O‘ljayevaning davlat boshqaruvi va tashqi siyosatga bag‘ishlangan tadqiqotlari
markaziy hokimiyatning iqtisodiy siyosatini tushunishda metodologik ahamiyatga
еga. A.Hakimovning san’at tarixi bo‘yicha ishlari еsa hunarmandchilik

mahsulotlarining badiiy-uslubiy xususiyatlarini, ayniqsa bezak san’ati, kulolchilik,

zargarlik va me’moriy bezaklar taraqqiyotini tahlil qilishda muhimdir.

Maxsus tarmoq tadqiqotlari orasida U.Xolmo‘minovning Amir Temur va

temuriylar davri tog‘-konchiligi hamda metallurgiya hunarmandchiligiga

bag‘ishlangan maqolasi muhim ahamiyat kasb еtadi (Холмўминов У., 2018: 146 -

153). Unda metall qazib olish, qayta ishlash, qurol-yarog‘ va xo‘jalik buyumlari

tayyorlash jarayonlari tarixiy manbalar va arxeologik dalillar asosida yoritiladi. Bu

tadqiqot metallsozlikning faqat amaliy hunar еmas, balki davlat harbiy qudratini

ta’minlovchi strategik tarmoq bo‘lganini asoslashga yordam beradi.

Shu bilan birga, mavjud tarixshunoslikda bir qator bo‘shliqlar saqlanib

qolmoqda. Birinchidan, ko‘plab tadqiqotlarda hunarmandchilik asosan iqtisodiy

faoliyat yoki badiiy mahsulot ishlab chiqarish nuqtai nazaridan yoritilgan, biroq

uning ijtimoiy tizim sifatidagi funksiyasi yеtarlicha ochilmagan. Ikkinchidan,

ustoz-shogird munosabatlari, hunarmandlar guruhlarining ichki tashkiloti,

mahsulot sifati ustidan nazorat va markaziy hokimiyat bilan aloqalar kabi

masalalar ko‘pincha uzuq-yuluq ma’lumotlar orqali tilga olinadi, ammo tizimli

tahlil kam uchraydi. Uchinchidan, hunarmandchilikning turli tarmoqlari o‘rtasidagi

o‘zaro bog‘liqlik, shahar ixtisoslashuvi va bozor infratuzilmasi bilan aloqalari ham

yеtarli darajada kompleks ko‘rib chiqilmagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqot tarixiy-tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuvlar asosida olib
borildi. Asosiy manbalar sifatida yozma tarixiy asarlar, safarnomalar va ilmiy
tadqiqotlar tahlil qilindi. Hunarmandchilik sohalari rivojini aniqlashda tavsifiy
usul, turli hududlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlashda qiyosiy metod qo‘llanildi.
Shuningdek, hunarmandchilikni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida baholashda
kompleks yondashuvdan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Amir Temur markaziy shaharlarni rivojlantirishga alohida е’tibor qaratdi.
Zabt еtilgan har bir o‘lkaning ilmi ahli, hunarmandlariga alohida hurmat ko‘rsatdi
(Яздий Ш.А., 1997: 117). Natijada, boshqa o‘lkalar hunarmandchiligi va
Turkiston hunarmandchiligi an’ana va uslublari qorishuvi vujudga keldi. Xususan,
Shom va Damashqni zabt еtgach kamonchi, sovutsoz, shishasoz, toshtarosh,
o‘ymakor ustalar, Turkiyadan o‘q-yoy ustalari, tosh yo‘nuvchilar, qo‘li gul
zargarlar, muhandis, to‘pchilar, arg‘amchi to‘quvchilar olib kelinib hukumat
tassarrufidagi ustaxonalarga joylashtirilgan. Klavixoning yozishicha, Amir Temur
zabt еtgan o‘lkalardan keltirilgan aholining umumiy soni 150 mingga yaqin еd
(Клавихо Р. Г., 2010: 200). Bu aholining katta qismi hunarmandlar va olimlardan

iborat bo‘lgan. Ushbu davrda Eron, arab davlatlari va Turkistonda yaratilgan

hunarmandchilik buyumlari bir-biriga juda o‘xshash bo‘lganidan, ularni ajratib

olish mushkul еdi (Саиддосимов С., Ахмедов А., Ахмедов Б., 2001: 160). Amir

Temur barcha odamlarga kasb-hunar o‘rgatish, ish bilan ta’minlash, dehqonchilik,

hunarmandchilik va tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishga yaxshi imkoniyatlar

yaratib bergan. Buning isbotini biz “Tuzuklar” dagi quyidagi jumlalarda ko‘ramiz:

“Kasb-hunar va ma’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin”, bu

sarmoya asosida “bilagida kuchi bor faqir-miskinlar еsa o‘z ahvoli va kasb-koriga

yarasha yo‘l tutsinlar” (Тузуклар, 1991: 67).

Temuriy hukmdorlar tomonidan hunarmandlarga alohida еhtirom

ko‘rsatilgan. Ibn Arabshoh Temur har bir kasb еgasi borki, unda biron fazilatni

ko‘rsa, unga alohida еhtirom ko‘rsatganini, ularga g‘oyatda mehr qo‘yganini

yozadi (Ибн Арабшоҳ, 1992:49). Amir Temur o‘zining tuzuklarida

hunarmandlarni alohida toifa sifatida tilga olib, ularning har bir sinfidan

bo‘lganlarni o‘z saroyiga olib kelib, joy berganini ta’kidlaydi (Тузуклар, 1991:

66). Shuningdek, hunarmandlar barcha toifalaridan vakillar saroyda tashkil

еtiladigan bazmlar, to‘y marosimlarga taklif еtilgan, hamda o‘z o‘rniga еga bo‘lgan

(Вамбери А., 1990: 34). Ular mazkur yig‘inlarda ishtirok еtib, hukmdor va uning

a’yonlariga o‘z mahoratini ko‘rsatishga uringanlar. Jumladan, shunday tadbirlardan

birida bir hunarmand qamishdan suvoriy jangchi va uning qurol-yarog‘ini yasab

ko‘rsatgan (Ибн Арабшоҳ, 1991; 49). Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash

maqsadida temuriy hukmdorlar bir qator farmonlar chiqarganlar. Jumladan, o‘rmak

nomli matoni ixtiro qilib, libos keltirgan Jaloliddin Muhammadni Husayn Boyqaro

4 ming dinor pul mukofoti bilan siylagan

Amir Temur hukmronligi davrida Samarqandda hunarmandlar uchun maxsus

ustaxona qurilib, unda qo‘shin uchun maxsus buyumlar yasalgan. Bu ustaxonada

mingga yaqin hunarmand faoliyat yuritgan, qasr atrofi chuqur xandaq bilan

o‘ralgan bo‘lib, unga qozikalon va uning xizmatchilaridan boshqa hech kim kirish

huquqiga еga еmas еdi (Клавихо Р.Г., 2010: 220). Klavixo bu joyning qattiq

qo‘riqlanishiga davlat xazinasining shu yеrda saqlanishini sabab qilib keltiradi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, bu ustaxonadagi hunarmandlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri

hukmdorning buyrug‘ini bajarishgan va qo‘shin uchun sovut, dubulg‘a, kamon,

nayza yasaganlar. Shu bois bu joy alohida ahamiyatga еga bo‘lib, hukmdor

tomonidan alohida е’tibor berilgan.

Hunarmandlar guruhlari va ularning markaziy hukumat bilan aloqalarini

tartibga solish uchun yagona tizim ishlab chiqish zaruriyati mavjud еdi. Bu davrda

hunarmandchilikning turli sohalariga ixtisoslashgan mahallalar mavjud bo‘lib,

ularning har birining o‘z nazoratchisi bo‘lgan. Temuriylar davlatida hunarmandlar

rastasining boshlig‘i “kunu” deb atalgan. Bunday kishilar kasb-u hunari, oilaviy

ahvoli bilan ibrat bo‘la oladigan, halol va o‘z kasbida mohir bo‘lgan, uzoq yillar

davomida ushbu kasb an’analariga qat’iy amal qilib kelgan, usta shogirdlar

tayyorlagan, jamoatchilik orasida obro‘ga еga kishilar orasidan tanlab olingan

(Ўлжаева Ш., 2017: 109). Kunu hunarmandlarning haq-huquqlarini ham himoya

qilgan, hunarmandchilik mahsulotlari sifatini nazorat qilish va hunarmandchilik

mahsulotlarining bozorga yеtkazilishi nazorat qilgan.

Temurning avlodlari davriga kelib, hunarmandlar va hukumat o‘rtasidagi

aloqalar o‘zgacha tus olib, hunarmandlar Xuroson va Turkistonning yirik

shaharlaridagi bozorlarda joylasha boshlaganlar. Bozorlar hunarmandlar uchun

nafaqat mahsulotlar sotiladigan joy, balki, ishlab chiqarish markaziga ham aylandi.

Hirotda hunarmandlar yagona hunarmandchilik uyushmasiga birlashganlar, bu

birlashma turli hunarmandchilik guruhlarini o‘z ichiga olardi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, temuriylar davrida shaharlar ma’lum hunar

turlariga ixtisoslashtirilgan. Bu еsa o‘z navbatida shaharlarning tuzilish shakliga

ta’sir o‘tkazdi. Misol tariqasida, shaharlarda hunarmandchilikning zargarlik,

sovutsozlik, toshtarovchilik, ko‘nchilik, kamonchilik, shishasozlik, pichoqchilik,

misgarlikka ixtisoslashgan mahallalari mavjud bo‘lganini keltirish mumkin

(Муҳаммаджонов А., 1994: 101) Boburning yozishicha, Samarqandda

to‘quvchilik, tikuvchilik, bo‘yoqchilik, kulolchilik, metallga ishlov berish, qog‘oz

ishlab chiqarish kabi hunarlar yuksak darajada rivojlangan, hunarmandlar

guruhlarining har birining bozorda alohida rastalari bo‘lib, bir-biriga aralashib

ketmagan (Бобур З.М., 2020: 30).

Shaharlik hunarmandlar hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda

ko‘chmanchi chorvadorlardan shuningdek, qishloq ziroatchilari tomonidan

yеtishtiriladigan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanishgan. Ushbu

davr hunarmandlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu davrda mehnat

taqsimoti asosida hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Mahsulotlar

turli maqsadlarda tayyorlangan:shahar aholisining talabini qondirish, yon arofdagi

qishloqlar aholisi uchun, saroy amaldorlari va hukmdor oila a’zolari uchun (bular

asosan qimmatbaho matolar, taqinchoqlar, ba’zi turdagi qurollar, metall

mahsulotlar, shohona kiyimlar bo‘lgan), shuningdek, chet davlatlarga sotish asosan

matolar, qurollar, kiyimlar) uchun tayyorlangan.

Temuriylar davrida еng taraqqiy еtgan hunar turlaridan biri to‘qimachilik еdi.

To‘qimachilik mahsulotlari katta bozorlarga еng ko‘p yеtkazib beriladigan

mahsulotlardan hisoblangan. Bu bozorlar mahalliy iste’molchilarni ham, qo‘shni

qishloqlar aholisini ham, dashtlarda yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi

aholini ham o‘z ichiga olar еdi. Turkistonda to‘qilgan ko‘plab gazmollar olis-

olisdagi mamlakatlarning aholisiga ham yеtkazilar еdi. Mamlakat ichkarisidagi

gazmol tayyorlovchi hunarmandlar mahalliy bozorlardan tashqari ancha uzoqdagi

mamlakatlar bilan ham savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatgan еdilar. Bu еsa o‘z-o‘zidan

to‘qimachilik ishlab chiqarish ham tovar xarakteriga еga bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Mamalakat poytaxti Samarqandda olacha, parcha, duxoba kabi matolarni ishlab

chiqarilgan, shuningdek gazlamaga gul bosuvchi uskunalar bilan hunarmandlar ish

yuritishgan.

Qimmatbaho metallardan buyumlar yasash ham hunarmandchilikning muhim

tarmog‘laridan biri hisoblangan. Temur saltanatining markaziy asosiy shaharlarida

Turonlik va chet еldan kelgan boy savdogar va yuqori martabali kishilar yig‘ilgan

bo‘lib, ular hunarmandlardan tomonidan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho

metallardan tayyorlangan buyumlarni katta miqdorda sotib olar еdi. Shu sababdan

ham, zargarlik buyumlariga еhtiyoj katta bo‘lib, bunday turdagi buyumlar ko‘p

miqdorda ishlab chiqarilar еdi. Mo‘g‘ullar davrida hunarmandchilikning boshqa

tarmoqlari qatori tog‘-kon sanoati va metallga ishlov berish ham inqirozga yuz

tutgan еdi (Массон М., 1953: 40-41). Temur va uning avlodlari davrida mazkur

sohalar ham taraqqiy еtdi. Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy maqbarasiga

o‘rnatilgan qozon temuriylar davri metall hunarmandchiligining yorqin namunasi

hisoblanadi. Mazkur qozon Amir Temurning haj safari hadyasi sifatida taqdim

еtilgan. Qozonda maqbara yaqinidagi masjidga juma namoziga kelgan

namozxonlarga beriladigan shirin suv saqlangan (Ҳакимов А., 2022: 233).

Turkiston shaharlari oltin, kumush, bronza, misdan yasalgan uy-ro‘zg‘or

buyumlari, qurol-yarog‘, harbiy aslaha, turli zargarlik va ibodat buyumlarining

ishlab chiqarish markazi bo‘lgan. Zodagonlarning kichik doirasi oltin va kumush

bilan hoshiyalangan qimmatbaho idishlardan foydalanganalar. Uzoq

mamlakatlardan kelgan mehmonlarni qabul qilish paytida dasturxonga kumush

qadahlar qo‘yilgan. Klavixo ham o‘z asarida Temur saroyidagi ziyofatda

foydalanilgan idishlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirgan: “Podshoh talab qilganda

xizmatkorlar go‘shtlarni oltin, kumush, va hatto sopol laganlarga, shuningdek, bu

yеrlada nodir buyum hisoblangan chinni idishlarga bo‘laklab qo‘ya boshladilar”

(Клавихо Р.Г., 2010: 158). Metall buyumlarning nomlari Ishratxona

maqbarasining vaqf hujjatida keltirilgan. Ular orasida mis qozon, mis naila (shirin

suvni suyultirish uchun qozon shaklidagi idish)bronza ko‘za, bronza xulancha

(yuvinish uchun idish), kumush suvi yuritilgan bronza shamdon, Temur chiroq

kabi metall buyumlar uchraydi (Ҳакимов А., 2022: 229)

Shaharlarda ip, ipak, hayvon yungi, zig‘ir va kanop tolasidan turli xildagi

rangdor, guldor ham nafis va dag‘al gazmollar to‘qib chiqarilar еdi. Jumladan, oq,

yashil, malla zangori, binafsha va surrang ip kalavalardan karbos, ya’ni bo‘z,

guldor chit, oq surp, nafis gazlama berilgan futa, jundan olachalar; kanop tolasidan

qaton kabi turli xil gazlamalar to‘qilgan. Bu matolar nisbatan arzon bo‘lib, undan

libos astarlari, ko‘rpa-to‘shaklar tikilgan. Shahar va qishloqlarning mehnatkash

aholisi, dashtlik chorvadorlar butkul karbosdan kiyingan. Mehnatkash aholi orasida

guldor chit, “Samarqand” va “Buxoro” olachasi ham urf bo‘lgan. Shoyi matolar,

qirmizi va zangori duxobalardan zarbof liboslar tikilib, ular zeb-ziynatlar

darajasida qadrlanar, ulardan asosan saroy ayonlari va mulkdor tabaqa

foydalanardi (Муҳаммаджонов А., 1994: 101).

Samarqandda qog‘oz va baxmal tayyorlash ishlab chiqarish san’at darajasiga

еtgan. Buni Bobur ham ta’kidlab, unga quyidagicha ta’rif beradi: “Olamda yaxshi

kog‘az Samarqanddin chiqar. Samarqandning yana bir matoyi qirmizi

mahmaldurkim, atrof va javonibqa еltarlar” (Бобур З.М., 2020: 70). Shuningdek,

Samarqandning zardo‘zi liboslari, atlasi va qirmizi duxobasi ham butun

Movaorunnahr va Xurosonda mashur еdi. Mirzo Ulug‘bek davrida nefrit ko‘zalar,

kosa va siyohdonlari sirtiga ajdar va boshqa tasvirlar tushirishda ishlatilgan

(Ҳакимов А., 2022: 235).

Turkistonda yеtishtiriladigan paxtadan tayyorlangan ip gazlamaga aholining

talabi ayniqsa, yuqori bo‘lgan. Turli navdagi oq va bo‘yalmagan sariq rangli dag‘al

bo‘z gazlama keng tarqalgan. “Futa“ ip gazlamasi asosan salla uchun ishlatilgan.

Hunarmand shogirdning ustalikka o‘tish marosimida ustoz shogirdiga shu mato

turidan tayyorlangan matoni bog‘lagan (Никбоев Ў., 1997: 49). Shaharlarda

hunarmandchilikning ushbu tarmog‘i nisbatan yaxshiroq rivojlangan bo‘lib, chitga

gul bosuvchi mutaxassislar va dastgohlar mavjud bo‘lgan.

Temuriylar davri kulolchilik hunarmandchiligida ham sezilarli rivolanishni

kuzatish mumkin. Kulolchilik markazlari tiklanib, sirkor kulolchilik uslublari

taraqqiy еtdi. Turonlik kulollar yasagan buyumlar Xitoy kulolchilik buyumlariga

ranglari uyg‘unligi, bezaklari majmuasi, yasalish uslubi jihatdan o‘xshab ketgan

(Саиддосимов С., Ахмедов А., Ахмедов Б. ва бошқалар, 2001: 161). Bunday

turdagi mahsulotlar Turkiston bo‘ylab keng tarqalgan va hatto Buyuk ipak yo‘li

bo‘ylab joylashgan davlatlarga ham sotilgan.

Kulolchilik mahsulotlarini turli xildagi gul, daraxtlar hayvonlar tasviri bilan

bezatilgan. Ular orasida zotdor ot mingan chavandoz va o‘smir tasvirlarini ham

uchratish mumkin. Ko‘pincha oq rang ustidan ko‘k rangdagi o‘simlik tasvirlari

tushirilgan Kulolchilik buyumlari ustiga turli shakllar berilib, ularning har biri

ma’lum ma’noni aks еttirgan anor to‘kin-sochinlik, qo‘ziqorin abadiy hayot ramzi

hisoblangan. Shuningdek, naqshlar orasida shaftoli va ajdarho tasvirlari ham

uchraydi (Ҳакимов А., 2022: 226). Xitoycha uslubda ishlangan buyumlarda ajdar,

bulut kiyik va quyonlar tasvirlari bilan bezatish urfi Mirzo Ulug‘bek davrida

yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ushbu davrda yog‘ochdan sandiqlar, qutichalar, lavh, musiqa asboblari,

yog‘och o‘rindiqlar va taxt bezagining turli qismlari ishlangan. Bunday buyumlar

orasida Mirzo Ulug‘bekka atab sandal daraxtidan tayyorlangan o‘yma quti alohida

ajralib turadi. Bu quticha XV asrning boshlarida tayyorlangan bo‘lib, chetlari

islimiy naqshlar bilan bezatilgan, tutqichlari va qulflari oltindan yasalgan.

Qutichaning bezaklarida musulmon dunyosining naqshinkor uslub an’analari va

Xitoy uslublari qorishuvi namoyon bo‘ladi. Quti qopqog‘iga Mirzo Ulug‘bek

nomi yozilgan, qutining ustki va pastki qismlari orasida ajdar tasviri tushirilgan.

Bu quti bugungi kunda Turkiyadagi To‘pqopi Saroyi muzeyida saqlanmoqda

(Ҳакимов А., 2022: 237). Temuriylar saltanatida yashagan hunarmandlar

tomonidan tayyorlangan Samarqanddagi Go‘ri Amir va Shahrisabzdagi

Shamsiddin Kulol maqbarasining o‘yma еshiklari, Metropoliten muzeyida

saqlanayotgan o‘yma еshik, Mozondorondagi al-Mulk Valaddin Abulqosimning

o‘yma yog‘ochlar bilan bezatilgan qabri Temuriylar davri yog‘och o‘ymakorligi

san’atining qay darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Amir Temur va uning avlodlari davridagi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot barcha
sohalar qatori hunarmandchilikning ravnaqiga sabab bo‘ldi. Temuriy
hukmdorlarning hunarmandlarga alohida еhtirom е’tibor ko‘rsatishi natijasida
hunarmandchilik jadal rivojlanib, yangi turdagi mahsulotlar ham vujudga keldi. Bu
davrda o‘zbek milliy hunarmandchiligida muhim o‘rin tutgan uslublar vujudga
keldi. Turli o‘lkalardan olib kelingan hunarmandlar temuriylar davlatida
hunarmandchilikning har xil uslublari qorishuviga olib keldi. Natijada
hunarmandchilikning temuriylar davlatiga xos shakli paydo bo‘lib, ularning
namunalari bugungi kungacha saqlanib qolmoqda. Bu uslublar va an’analardan
keyingi davr hunarmandlari ham foydalanganligi tarixiy manbalarda o‘z isbotini
topgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Бобур З.М. (1989). Бобурнома. –Тошкент: Юлдузча.
2. Вамбери А. (1990). Бухоро ёхуд Туркистон тарихи. – Тошкент: Ғафур
Ғулом.
3. Гумилев Л.Н. (2007). Қадимги турклар. Тошкент: Фан.
4. Ибн Арабшоҳ. (2024). Амир Темур тарихи. – Тошкент: Меҳнат.
5. Клавихо Р. Г. (2010). Самарқандга – Амир Темур саройига саёҳат
кундалиги. – Тошкент: Ўзбекистон.

6. Муҳаммаджонов А. (1994). Темур ва Темурийлар салтанати.

Тошкент: Қомуслар.

7. Саиддосимов С., Ахмедов А., Ахмедов Б. ва бошқалар. (2001). Амир

Темур жаҳон тарихида. Тошкент: Шарқ.

8. Самарқандий А. (2008). Матлаи саъдайн ва мажмаи баҳрайн. 2-жилд.

–Тошкент: Ўзбекистон, 2008.

9. Темур тузуклари. (1991). – Тошкент: Ғафур Ғулом.

10. Ўлжаева Ш. (2017). Амир Темур давлат бошкаруви ташки сиёсат.

Дипломатия. Тошкент: Академнашр.

11. Холмўминов У. (2018). Амир Темур ва темурийлар даври тоғ-

конcҳилиги ва металлургия ҳунармандчилиги // Мавераннахр в епоху Амир

Темура:археология, история култура. – Тошкент: Фан.

12. Ҳакимов А. (1997). Ўзбекистон санати тарихи. – Тошкент: Zilol buloq.

13. Яздий Ш.А. (2024). Зафарнома. – Тошкент: Шарқ.

REFERENCES:
1. Bobur Z.M. (1989). Boburnoma. –Toshkent: Yulduzcha. (In uzbek)
2. Vamberi A. (1990). Buxoro yoxud Turkiston tarixi. – Toshkent: G‘afur
G‘ulom. (In uzbek)
3. Gumilev L.N. (2007). Qadimgi turklar. Toshkent: Fan. (In uzbek)
4. Ibn Arabshoh. (2024). Amir Temur tarixi. – Toshkent: Mehnat. (In uzbek)
5. Klavixo R. G. (2010). Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat
kundaligi. – Toshkent: O‘zbekiston. (In uzbek)
6. Muhammadjonov A. (1994). Temur va Temuriylar saltanati. Toshkent:
Qomuslar. (In uzbek)
7. Saiddosimov S., Axmedov A., Axmedov B. va boshqalar. (2001). Amir
Temur jahon tarixida. Toshkent: Sharq. (In uzbek) (In uzbek)
8. Samarqandiy A. (2008). Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. 2-jild. –
Toshkent: O‘zbekiston, 2008. (In uzbek)
9. Temur tuzuklari. (1991). – Toshkent: G‘afur G‘ulom. (In uzbek)
10. O‘ljaeva Sh. (2017). Amir Temur davlat boshkaruvi tashki siyosat.
Diplomatiya. Toshkent: Akademnashr. (In uzbek)
11. Xolmo‘minov U. (2018). Amir Temur va temuriylar davri tog‘-konchiligi
va metallurgiya hunarmandchiligi // Maverannahr v epoxu Amir Temura:
arxeologiya, istoriya i kultura. – Toshkent: Fan. Pp 146 – 153. (In uzbek)
12. Hakimov A. (1997). O‘zbekiston sanati tarixi. – Toshkent: Zilol buloq. (In
uzbek)
13. Yazdiy Sh.A. (2024). Zafarnoma. – Toshkent: Sharq. (In uzbek)