ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Globallashuv sharoitida ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarning o‘rni

Ismatullayev Farxodjon Odiljonovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

GLOBALLASHUV SHAROITIDA TA’LIM SOHASIDAGI XALQARO
ALOQALARNING O‘RNI

THE ROLE OF INTERNATIONAL RELATIONS IN THE FIELD OF
EDUCATION IN THE CONTEXT OF GLOBALIZATION

РОЛЬ МЕЖДУНАРОДНЫХ СВЯЗЕЙ В СФЕРЕ ОБРАЗОВАНИЯ В
УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ
https://zenodo.org/records/19441961

Ismatullayev Farxodjon Odiljonovich
Tarix fanlari doktori(DSc), dotsent
Тел.: +998 938040089

E-mail: ismatullayevfarxodjon@gmail.com
Orcid 0009-0004-3159-4371

Annotatsiya: Mazkur maqolada globallashuv sharoitida O‘zbekiston
Respublikasining Yevropa Ittifoqi davlatlaridan biri bo‘lgan Germaniya Federativ
Respublikasi bilan ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligining rivojlanish jarayonlari tahlil
etilgan. Tadqiqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’limiy aloqalarning shakllanishi va
kengayishida universitetlararo hamkorlik, ilm-fan sohasidagi qo‘shma tadqiqotlar hamda
turli xalqaro loyihalar doirasidagi munosabatlarning o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, mazkur hamkorlikning milliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, kadrlar
tayyorlash sifatini oshirish hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib
berilgan.

Kalit so‘zlar: globallashuv, ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalar, O‘zbekiston–
Germaniya hamkorligi, universitetlararo hamkorlik, ilm-fan, ta’lim loyihalari.

Abstract: This article analyzes the development processes of international
cooperation in the field of education between the Republic of Uzbekistan and the Federal
Republic of Germany, one of the member states of the European Union, in the context of
globalization. Particular attention is paid to the role of inter-university cooperation,
collaboration in the field of science, and interactions developing within the framework of
various international educational and research projects. The study highlights the
importance of Uzbek-German cooperation in the modernization of the national education
system, improving the quality of human capital training, and enhancing scientific
potential.

Key words: globalization, international relations in education, Uzbekistan-
Germany cooperation, inter-university cooperation, science, educational projects.

Аннотaция: В статье анализируются процессы развития международного
сотрудничества в сфере образования между Республикой Узбекистан и
Федеративной Республикой Германия — одним из государств Европейского союза
– в условиях глобализaции. Особое внимание уделяется роли межуниверситетского

взаимодействия, сотрудничества в области науки, а также связям, развивающимся
в рамках различных международных образовательных и научных проектов.
Рассматривается значение узбекско-германского сотрудничества в модернизaции
нaциональной системы образования, повышении качества подготовки кадров и
развитии научного потенциала.

Ключевые слова: глобализaция, международные связи в сфере образования,
узбекско-германское сотрудничество, межуниверситетское взаимодействие,
наука, образователные проекты.

KIRISH
XXI asr jahon tarixida axborot texnologiyalari jadal rivojlangan, intellektual
salohiyat ustuvor ahamiyat kasb etgan hamda globallashuv jarayonlari tobora
chuqurlashgan davr sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa har bir mamlakat oldiga o‘z
davlatchilik asoslarini mustahkamlash, jahon iqtisodiy tizimida munosib o‘rin egallash,
shuningdek, milliy qadriyat va manfaatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishdek
muhim vazifalarni qo‘yadi. Bunday murakkab chaqiriqlarga javob berishda ta’lim
tizimini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va ilg‘or xalqaro
tajribalardan unumli foydalanish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunga bugungi kunda
iqtisodiy taraqqiyoti, ta’lim sohasidagi samarali modellari hamda qo‘lga kiritgan
yutuqlari bilan jahon hamjamiyati e’tiborini tortgan Germaniya, Buyuk Britaniya,
Fransiya, Koreya, Singapur va Yaponiya kabi davlatlar tajribasi yaqqol misol bo‘la oladi.

O‘zbekiston Respublikasi ham o‘tgan davr mobaynida ta’lim sohasini tubdan
isloh qilish, yangiliklarni joriy etish borasida muayyan yutuqlarga erishdi. Ushbu
yo‘nalishda xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanishga harakat qilmoqda. Ayniqsa,
ta’lim sohasida ulkan natijalarga erishgan, Balonya jarayonlari o‘zining ijobiy
samaralarini berayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan ushbu sohadagi aloqalar ayniqsa
samaradorligi bilan ajralib turibdi. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqi tomonidan ta’lim
sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida turli loyiha va dasturlar ishlab
chiqilib, hozirda amaliyotga samarali tatbiq etilmoqda. Jumladan, “Erasmus+” ana
shunday dasturlardan biridir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Globallashuv sharoitida ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalar, xususan, O‘zbekiston va
Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik mavzusi so‘nggi yillarda bir qator olimlar tomonidan
faol tadqiq etilmoqda. Bu jarayonlar oliy ta’lim tizimining modernizatsiyasi, kadrlar
tayyorlash sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirishda muhim omil sifatida
qaralmoqda. Quyidagi tahlil mavzuga oid asosiy tadqiqotlarning umumiy ko‘rinishini
beradi, asosiy yo‘nalishlar, yutuqlar va kamchiliklarni yoritadi.
Globallashuv ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish va mamlakatlar
o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishning asosiy omili sifatida ta’kidlanadi. Olimlar

Uralov O. (2020) O‘zbekiston oliy ta’limining xalqarolashuv jarayonlarini tahlil qilib,
globallashuv sharoitida ta’lim islohotlari, xorijda o‘qish imkoniyatlari va xalqaro
standartlarni joriy etish masalalarini yoritgan. Muallifning fikricha, globallashuv ta’lim
sohasida mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirib, milliy tizimlarni
modernizatsiya qilishga yordam beradi.

Shuningdek, Alimukhamedov (2020) O‘zbekistonning xalqarolashuv jarayonlariga
ta’sirini ko‘rib chiqib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun globallashuvning salbiy va
ijobiy tomonlarini, xususan, talabalar migratsiyasi va fazoviy harakatchanlik masalalarini
ta’kidlagan.

Xalqaro ta’lim hamkorligining nazariy asoslari ko‘plab tadqiqotlarda Yevropa
Ittifoqi tajribasi orqali yoritilgan. Erasmus+ dasturi globallashuv kontekstida ta’lim
aloqalarini rivojlantirishning muhim vositasi sifatida qaraladi.

Sultonov M. (2024) “Educational Cooperation between Uzbekistan and Germany”
maqolasida ikki mamlakat ta’lim hamkorligining amaliy jihatlarini tahlil qilgan, xususan,
universitetlararo aloqalar va grant loyihalarini misol qilgan.

Umarov (2020) tadqiqotida ikki tomonlama munosabatlarning tarixiy asoslari
yoritilgan bo‘lib, ta’lim va ilmiy hamkorlikning rivojlanishi jahon tarixidagi O‘zbekiston-
Germaniya aloqalariga bog‘langan.

M.T. Jo‘rayeva (2025) “O‘zbekiston va Germaniyada ta’lim tizimining qiyosiy
tahlili” mavzusida Germaniya tajribasini O‘zbekiston ta’lim tizimi bilan solishtirgan.

M.N. Nurxonov (2025) “Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va
xalqaro hamkorlikning rivojlanishi” maqolasida xorijiy universitetlar bilan qo‘shma
dasturlar va akademik mobillikni tahlil qilgan.

Mavjud adabiyotlarda O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining ijobiy tomonlari
ustunlik qilsa-da, ba’zi tadqiqotlar rivojlanayotgan mamlakatlar uchun globallashuvning
salbiy ta’sirini, jumladan, talabalar oqimi va resurslar taqsimotini ta’kidlaydi.

“Erasmus+” – Yevropa Ittifoqining ta’lim bo‘yicha 2014-2020-yillarga
mo‘ljallangan yirik dasturidir. Mazkur dastur 1994 hamda 2007-yildan amalga tatbiq
etilgan «Tempus» va «Erasmus Mundus» loyihalarining mantiqiy davomi sanaladi.
«Erasmus+» dasturining 2014-2020-yillardagi umumjahon byudjeti 14,7 milliard yevroni
tashkil etdi. Ushbu dastur doirasida ko‘plab O‘zbekistonlik yoshlar Yevropaning turli
nufuzli universitetlarida o‘qish va stajirovkalarni o‘tkazish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi globallashuv sharoitida O‘zbekiston
Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi xalqaro
hamkorlikning rivojlanish jarayonlarini, shakllanish mexanizmlarini va milliy ta’lim
tizimiga ta’sirini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda asosiy e’tibor universitetlararo
hamkorlik, qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro grant dasturlari (Erasmus+, DAAD va

boshqalar) hamda ikki tomonlama aloqalarning modernizatsiya jarayonlaridagi rolini
ochib berishga qaratilgan.

Tadqiqot sifatli yondashuv asosida olib borilgan bo‘lib, tarixiy-tahliliy, qiyosiy va
tizimli tahlil usullarining kombinatsiyasidan foydalanilgan. Ushbu yondashuv
globallashuvning murakkab ijtimoiy-siyosiy va ta’limiy jarayonlarini chuqur tushunish,
shuningdek, ikki mamlakat ta’lim tizimlarining o‘zaro ta’sirini aniqlash uchun eng mos
deb topilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Oliy ta’lim sohalarini yanada rivojlantirish masalasi “2022-2026-yillarda
O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”ning to‘rtinchi yo‘nalishida o‘zining aksini
topdi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 2022). Taraqqiyot strategiyasidan kelib
chiqib, O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
qabul qilinib, qisqa davr ichida respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasi
xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings,
Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining
birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston
Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim
muassasalari ro‘yxatiga kiritish belgilab qo‘yildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
2019). Demak, oliy ta’limni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish masalasi eng dolzarb vazifa
sifatida qaralmoqda.
Bunday ulkan natijalarga erishish albatta ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni
rivojlantirish, kadrlar almashuv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishni
talab etadi. Shundan kelib chiqib, hozirgi kunda ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlari bilan
yuqori reytinglarni egallab kelayotgan Yevropa Ittifoqining eng iqtisodiy barqaror davlati
bo‘lgan Germaniya bilan amalga oshirish har jihatdan foydalidir.
O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ilm va fan yo‘nalishidagi
hamkorlik aloqalarida Germaniyaning o‘rni alohida ajralib turadi. O‘zaro hamkorlik
aloqalarini ikki yo‘nalishda, ya’ni ta’lim va ilm-fan sohalarida izchil rivojlanib
kelayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mamlakat rivojida, uning davomli taraqqiyotida ta’limning va shu sohada amalga
oshirilayotgan islohotlarning o‘rni beqiyosdir. Shu bilan birga, hozirgi kunda O‘zbekiston
Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ta’limning turli
sohalariga oid hamkorlik ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, bunda hamkorlikning
universitetlararo turi alohida o‘ringa ega (Universite Pierre Mendes France, n.d.).
So‘nggi yillarda Germaniya tomonidan ta’lim sohasidagi aloqalarni qo‘llabquvvatlash maqsadida ko‘plab grant loyihalarini ajratmoqda.
Jumladan, Germaniyadan olingan grant asosida Toshkent arxitektura instituti
“Qurilish arxitekturasi” kafedrasi o‘qituvchisi V. Abdusalomov Germaniya xalqaro ilmiy

jamg‘armasining “g‘olibi” deb topildi. Bu iqtidorli yosh tadqiqotchi jamg‘arma
yo‘llanmasi bilan ilmiy ishlarini davom ettirish uchun Germaniyaning Veymar shahridagi
Arxitektura qurilish universitetiga yuborildi. Bunday aloqa Germaniyaning Shtutgard
shahridagi Arxitektura-qurilish universiteti bilan ham davom etmoqda. Professor X.
Ubaydullayev boshchiligida yo‘lga qo‘yilayotgan bu xayrli ish o‘zining dastlabki
samarasini bermoqda (Xalq so‘zi, 2003).

O‘zbekiston ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning kasbiy
tayyorgarligini yaxshilash, malakasini oshirish, o‘qitish uslubiyatini takomillashtirish,
turli ilmiy loyihalarni hayotga tatbiq etish maqsadida Germaniya tomoni “Professional
ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasini taklif etdi va bitim imzolandi. Ta’lim
tizimida ancha tajribaga ega Germaniya bilan ushbu tizimni rivojlantirish borasidagi
hamkorlik diqqatga sazovordir. Germaniya hukumati “Professional ta’limni
rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi ta’lim tizimini
takomillashtirish uchun 7,6 mln. yevro ajratdi (Xalq so‘zi, 2002). Bu albatta o‘zining
ijobiy natijalarini berib kelmoqda.

Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining rivojlanishida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019-yil 20-yanvarda Berlinga tashrifi munosabatlar
tarixida yangi davrni ochdi (Xalq so‘zi, 2019). Tashrif davomida o‘tgan chorak asrda
erishilgan yutuqlar tahlil etilib, istiqbolda ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy - gumanitar
aloqalarni izchil rivojlantirish kerakligi ta’kidlandi. Ikki tomonlama munosabatlarda
barcha sohalar kabi ta’lim yo‘nalishida ham hamkorlikni kengaytirishning aniq
yo‘nalishlari belgilab olindi.

Ikki tomonlama hamkorlikning rivojiga Konrad Adenauyer, Fridrix Ebert
jamg‘armalari, Gyote nomidagi institut, Germaniya akademik almashinuvlar xizmati,
Germaniya oliy o‘quv yurtlari, universitetlari rektorlari konferensiyasi, “O‘zbekiston –
Germaniya” do‘stlik jamiyati katta hissa qo‘shmoqdalar.

Ta’limga oid innovatsiyalar doirasida 2016-yil may oyida “II Toshkent xalqaro
innovatsion forumi” o‘tkazilib, unda Yevropadan ko‘plab ekspertlar ishtirok etdi. Ular
ko‘plab muhim ta’limning masalalariga oid ma’ruzalar qildi. Ayniqsa, Katarjina Valchik-
Matuzichikning (Polsha) “O‘zbekiston uchun “Gorizont-2020” Yevropa Ittifoqi dasturi
doirasidagi innovatsion imkoniyatlar”, Daniyel Pvlovning (Bolgariya) “O‘zbekistondagi
oliy ta’lim institutlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yevropa
Ittifoqi Dasturi”, Franko Pelle-rey (Italiya)ning “O‘zbekiston ta’lim tizimida
Toshkentdagi Turin politexnika universitetining hissasi”, Alberto Kasado (Ispaniya)
“Ilmiy tadqiqot institutlarida intellektual mulkni samarali boshqarish uchun zarur shartsharoitlar” mavzularidagi chiqishlari katta qiziqish bilan qabul qilindi (Toshkent
Iqtisodiyot xalqaro innovatsion forumi, 2016).

Horizon Europe dasturi 2020-yil 11-dekabrda Yevropa parlamenti va Yevropa
Ittifoqi Kengashi tomonidan ma’qullandi va 2020-yil oxirida tugagan Horizon 2020
dasturini almashtirdi.

Adenauyer jamg‘armasi ko‘magida Sant-Augustin shahrida “Amir Temur va uning
jahon tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy konferensiya, “Orol ekologik fojiasining
milliy va xalqaro aspektlari” simpoziumlari o‘tkazildi. Jurnalistlar guruhi va nemis ijodiy
ziyolilari vakillari tashabbusi bilan Orol haqida hujjatli film olindi. Qoraqalpog‘istondagi
bolalar kasalxonalariga dori-darmonlar va tibbiyot uskunalari uchun mablag‘ yig‘ish
tashkil qilindi, shuningdek, bu hududda suv tozalash inshootlarini yaratish uchun mablag‘
to‘plandi.

O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand universitetlarining Germaniyadagi
Gumboldt nomidagi hamda Bamberg va Gyotgingen shaharlaridagi universitetlar bilan
hamkorligi samarali rivojlanayotir.

2016-yil 28-30-mart kunlari Germaniyaning Frayburg, Xaydelberg va Offenberg
shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazildi (Xalq so‘zi, 2016). Uch kun
davomida bo‘lib o‘tgan tadbir dasturlaridan GFR taniqli olimlarining O‘zbekiston tarixiy
merosi va zamonaviy rivojlanishi, Navro‘z bayramining o‘ziga xosligiga oid ma’ruzalari
va taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan Xaydelberg pedagogika instituti
rektori Xans-Varner Xuanke ikki tomonlama hamkorlikda ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishlar
ham jiddiy rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Uningcha, o‘zi rahbarlik qilayotgan oliy
o‘quv yurti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida
akademik almashuvlarning jadallashib borayotgani kuzatilmoqda. Mazkur ta’lim
muassasalari talabalar uchun stipendiya ajratayotganidan tashqari, O‘zbekistonda
“Germanistika” yo‘nalishi uchun qo‘shma o‘quv dasturlari tayyorlanib, amaliyotga
samarali tatbiq etilmoqda.

O‘zbekistonda ko‘plab oliy ta’lim dargohlari ochilmoqda. Bu albatta yoshlarimizni
xalqaro andozalarda ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Jumladan, 2021-yil dekabrida
Neapol shahrida Buxoro viloyati delegatsiyasi hamda Kampaniya universiteti rahbariyati
o‘rtasida Buxoro shahrida Italiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri - Luiji
Vanvitelli nomidagi Kampaniya universitetining filialini tashkil etish bo‘yicha
memorandum imzolandi (Xalq so‘zi, 2021). Imzolangan kelishuvga asosan filialda
universitetning o‘quv dasturlari asosida qurilish, arxitektura, libos dizayni, oliy
hamshiralik yo‘nalishlarida bakalavr hamda magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Buxoro viloyatida mavjud ehtiyojlardan kelib chiqqan holda charm va teri
mahsulotlarini qayta ishlash, tibbiyot, farmatsevtika va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha
kadrlar tayyorlash taklifi o‘rtaga tashlandi. Filialda ta’lim jarayoniga Kampaniya
universitetining malakali professor-o‘qituvchilari jalb etilib, talabalarning Italiyada
amaliyot o‘tashiga imkoniyat yaratiladi. Ushbu natijalar O‘zbekiston ta’lim sohasida

Markaziy Osiyoning xabiga aylanib borayotganini tasdiqlaydi. 2021-yil sentyabrida
Samarqandda yana bir oliy ta’lim muassasasi - Samarqand davlat universitetining
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etildi (Zarnews.uz, 2023). Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi qarori asosida tashkil etilgan yangi pedagogika
institutida beshta fakultet – pedagogika, maktabgacha ta’lim, san’atshunoslik, xorijiy
tillar va gumanitar fanlar hamda aniq tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakultetlari
faoliyat yurita boshladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasidagi
xalqaro hamkorlik mamlakatlarning intellektual salohiyatini oshirish, ta’lim tizimini
modernizatsiya qilish va mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi va
Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik bu
jarayonning yorqin namunasidir.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar mustaqillik yillarida
bosqichma-bosqich shakllanib, 2017-yildan keyingi “Yangi O‘zbekiston” islohotlari
davrida yangi bosqichga ko‘tarildi. Universitetlararo hamkorlik (masalan, Toshkent
davlat pedagogika universiteti va Merseburg universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish
instituti va Veymar/Shtutgart universitetlari), Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalar,
DAAD stipendiyalari, professional ta’limni rivojlantirish loyihalari (jumladan, 7,6 mln
yevro grantli dastur), dual ta’lim modellari va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar ushbu
hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi.
So‘nggi yillarda (2024-2026) hamkorlik sezilarli jadallashdi: 2025-yilda
O‘zbekiston-Germaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi, innovatsion
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlar, tibbiyot texnikumlarini nemis
standartlariga o‘tkazish, yashil iqtisodiyot va kasbiy ta’lim bo‘yicha yangi bitimlar
imzolandi. Erasmus+ dasturi doirasida O‘zbekiston universitetlari Germaniya bilan 30
dan ortiq loyihada ishtirok etmoqda, shu jumladan 2025-yil chaqirig‘ida grant olgan
loyihalar soni ortib bormoqda. Bu hamkorlik milliy ta’lim tizimining sifatini oshirish,
akademik mobillikni kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va ilmiy
salohiyatni mustahkamlashda muhim natijalar bermoqda.
Natijada, O‘zbekiston – Germaniya ta’lim hamkorligi nafaqat ikki tomonlama
munosabatlarning muhim qismi, balki O‘zbekistonning xalqaro ta’lim makoniga
integratsiyalashuvi va “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga
erishishda strategik omil hisoblanadi.
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ta’lim hamkorligini yanada samarali
rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflar beriladi:

Universitetlararo hamkorlikni kengaytirish – kamida 100 ta oliy ta’lim muassasasini
qamrab oladigan yangi qo‘shma dasturlar (dual ta’lim, qo‘shma diplomlar, qo‘shma
tadqiqot markazlari) yaratish. Bunda xususiy va davlat universitetlarining teng ishtirokini
ta’minlash.

Dual ta’lim modelini milliy miqyosda joriy etish – Germaniya tajribasiga asoslangan
holda 2026-2030-yillarda kamida 50 ta kasbiy ta’lim muassasasida dual ta’lim
klasterlarini tashkil etish, ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyani kuchaytirish.

Erasmus+ va DAAD dasturlarida ishtirokni oshirish – O‘zbekiston
universitetlarining Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE)
loyihalarida grant egasi (koordinator) sifatida ishtirokini 2025-yildagi 4 tadan 2027-yilga
10 tagacha yetkazish maqsad qo‘yish; talabalar va o‘qituvchilar mobilligini yiliga 2000
nafarga yetkazish.

Ushbu takliflar amalga oshirilganda, O‘zbekiston ta’lim tizimi xalqaro andozalarga
yanada yaqinlashadi, intellektual salohiyat sezilarli darajada oshadi va mamlakatning
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga mustahkam zamin yaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 60-sonli
Farmoni // https://lex.uz/uz/docs/5841063 .
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” to‘g‘risidagi PF-
5847-son Farmoni // Xalq so‘zi. – 2019. – 9 oktyabr.
3. Buxoroda Italiyaning yetakchi universitetlaridan birining filiali tashkil etiladi //
Xalq so‘zi. – 2021. – 3 dekabr.
4. Germaniya hukumatining befarq yordami // Xalq so‘zi. – 2002. – 5 iyul.
5. Hamkorlikning istiqbolli yo‘llari // Xalq so‘zi. – 2003. – 24 may.
6. O‘zbekiston – Germaniya: yangi mazmun kasb etgan hamkorlikni mustahkamlash
yo‘lida // Xalq so‘zi. 2019. 20 yanvar.
7. Germaniyada O‘zbekiston madaniyati kunlari // Xalq so‘zi. – 2016. – 30 mart.
8. Samarqandda yangi institut ochildi - pedagoglar Finlyandiya tizimi asosida
tayyorlanadi // https://zarnews.uz/post/ 2021-yil.
9. Toshkent II xalqaro innovatsion forumi // Dasturi. – Toshkent, 2016. 11-13 may.
10. Universite Sciences Sociales Grenoble 2 Mendes France // Universite Pierre
Mendes France Sciences sociales et humaines 151, rue des Universites Boite postale 47
// 38040 Grenoble cedex 9 France; http://www.umpf-grenoble.fr (Eslatma: Ushbu
universitet 2016-yildan beri Université Grenoble Alpes tarkibiga kirgan, ammo asl havola
saqlangan).

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 60-sonli Farmoni //
https://lex.uz/uz/docs/5841063 (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” to‘g‘risidagi PF-5847-son
Farmoni // Xalq so‘zi. – 2019. – 9 oktyabr (In Uzbek)
3. Buxoroda Italiyaning yetakchi universitetlaridan birining filiali tashkil etiladi //
Xalq so‘zi. – 2021. – 3 dekabr (In Uzbek)
4. Germaniya hukumatining befarq yordami // Xalq so‘zi. – 2002. – 5 iyul (In
Uzbek)
5. Hamkorlikning istiqbolli yo‘llari // Xalq so‘zi. – 2003. – 24 may (In Uzbek)
6. O‘zbekiston – Germaniya: yangi mazmun kasb etgan hamkorlikni mustahkamlash
yo‘lida // Xalq so‘zi. 2019. 20 yanvar (In Uzbek)
7. Germaniyada O‘zbekiston madaniyati kunlari // Xalq so‘zi. – 2016. – 30 mart (In
Uzbek)
8. Samarqandda yangi institut ochildi - pedagoglar Finlyandiya tizimi asosida
tayyorlanadi // https://zarnews.uz/post/ 2021-yil (In Uzbek)
9. Toshkent II xalqaro innovatsion forumi // Dasturi. – Toshkent, 2016. 11-13 may
(In Uzbek)
10. Universite Sciences Sociales Grenoble 2 Mendes France // Universite Pierre
Mendes France Sciences sociales et humaines 151, rue des Universites Boite postale 47
// 38040 Grenoble cedex 9 France; http://www.umpf-grenoble.fr (Eslatma: Ushbu
universitet 2016-yildan beri Université Grenoble Alpes tarkibiga kirgan, ammo asl havola
saqlangan) (In French)