ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

“Motion Control XR” innovatsion qurilmasining kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siri

Xursanova Ruxsora Olimjon qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

“MOTION CONTROL XR” INNOVATSION QURILMASINING KAR VA
ZAIF ESHITUVCHI O‘QUVCHILAR DARS MASHG‘ULOTLARI
SAMARADORLIGIGA KO‘RSATADIGAN TA’SIRI

“THE IMPACT OF THE INNOVATIVE DEVICE ‘MOTION CONTROL
XR’ ON THE EFFECTIVENESS OF LESSONS FOR DEAF AND HARD-OF-

HEARING STUDENTS”

ВЛИЯНИЕ ИННОВАЦИОННОГО УСТРОЙСТВА “MOTION
CONTROL XR” НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ УЧЕБНЫХ ЗАНЯТИЙ

УЧАЩИХСЯ С НАРУШЕНИЯМИ СЛУХА
https://zenodo.org/records/19442269
Xursanova Ruxsora Olimjon qizi
Oriental universiteti Jismoni madaniyat
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 90-022-27-94
E-mail: xursanovaruxsora1994@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada “Motion Control XR” innovatsion qurilmasining
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar dars mashg‘ulotlari samaradorligiga ko‘rsatadigan
ta’siri batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida qurilma yordamida mashg‘ulotlar
davomida o‘quvchilarning umumiy va motor zichligi o‘lchangan, xronometraj usuli
orqali darsning har bir qismi uchun vaqt taqsimoti tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatdiki, “Motion Control XR” qurilmasining qo‘llanilishi o‘quvchilarning mashqlarni
bajarish vaqtini samarali boshqarishga, mashg‘ulotga bo‘lgan e’tiborini oshirishga va
dars jarayonida o‘zaro muloqotni soddalashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga,
vibratsion signal orqali boshqaruv travmalar xavfini kamaytiradi va maxsus pedagogik
yondashuvni ta’minlaydi. Maqolada shuningdek, respublikamiz va xorijiy olimlarning
adaptiv jismoniy tarbiya sohasidagi tadqiqotlari va metodik ishlanmalar tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari innovatsion texnologiyalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga
integratsiya qilish orqali kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini
oshirishning samarali vositasi sifatida xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘z: Motion Control XR qurilmasi, tayyorgarlik, mashg‘ulot, kar va zaif
eshituvchi, umumiy zichlik, motor zichlik, xronometraj, adaptiv jismoniy tarbiya,
innovatsion texnologiyalar.

Abstract. This article provides a detailed analysis of the impact of the innovative
“Motion Control XR” device on the effectiveness of lessons for deaf and hard-of-hearing
students. The study measured the overall and motor density of students during physical
education classes using chronometry, analyzing time allocation for each part of the lesson.
The results demonstrate that the implementation of the “Motion Control XR” device
enhances students’ ability to manage their exercise time effectively, increases their focus

during lessons, and simplifies interaction between teacher and students. Additionally, the
vibrational signal system reduces the risk of injuries and introduces a new pedagogical
approach. The literature review includes domestic and international research on adaptive
physical education and methodology development. Findings indicate that integrating
innovative technologies into physical education lessons can serve as an effective tool for
improving the physical fitness and coordination of deaf and hard-of-hearing students.

Key word: Motion Control XR device, preparation, training, deaf and hard-ofhearing, overall density, motor density, chronometry, adaptive physical education,
innovative technologies.

Аннотация. В данной статье представлен детальный анализ влияния
инновационного устройства “Motion Control XR” на эффективность учебных
занятий для учащихся с нарушениями слуха. В ходе исследования измерялась
общая и моторная плотность учащихся во время уроков физической культуры с
использованием хронометража, проводился анализ распределения времени на
каждом этапе занятия. Результаты показали, что применение устройства “Motion
Control XR” способствует более эффективному использованию времени
учащимися для выполнения упражнений, повышает их внимание и концентрацию
во время урока, а также упрощает взаимодействие между преподавателем и
учениками. Кроме того, система вибрационных сигналов снижает риск травм и
внедряет новый педагогический подход. В статье также рассмотрен анализ
отечественных и зарубежных исследований в области адаптивного физического
воспитания и методических разработок. Полученные результаты свидетельствуют
о том, что интеграция инновационных технологий в уроки физической культуры
является эффективным инструментом для улучшения физической
подготовленности и координации движений учащихся с нарушениями слуха.

Ключевые слова: устройство Motion Control XR, подготовка, занятия,
учащиеся с нарушениями слуха, общая плотность, моторная плотность,
хронометраж, адаптивное физическое воспитание, инновационные технологии.

KIRISH
Dunyo miqyosida, bugungi kunda, eshitishida nuqsoni bor o‘quvchilarning jismoniy
tayyorgarligini takomillashtirish muhim va dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda harakatlar koordinatsiyasining yetarli darajada
shakllanmaganligi va muvozanatni saqlashdagi qiyinchiliklar ularning jismoniy faollik
darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Maxsus mashqlar va metodikalar yordamida
eshitishida nuqsoni bor o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish nafaqat
ularning jismoniy sog‘lig‘ini yaxshilash, balki ularning ijtimoiy muhitga moslashuvini
osonlashtirmoqda. Eshitish organlarining funksional cheklanishi tufayli bu o‘quvchilar
ko‘plab sport turlari va jismoniy mashg‘ulotlarda yetarlicha ishtirok eta olmaydilar. Shu

bois, maxsus mashqlar yordamida bu toifa o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini
takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar va metodikalarni yaratish bugungi kunda
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Respublikamiz miqyosida adaptiv jismoniy tarbiya hamda eshitishida nuqsoni bor
shaxslarning jismoniy tayyorgarligi, sport mashg‘ulotlari hamda ularning
ijtimoiylashuvini tezlashtirish masalalarini yaxshilash borasida zamonaviy nazariy va
amaliy-ilmiy asoslangan metodlar ishlab chiqilmoqda hamda amaliyotga joriy etishda
keng qo‘llanilib kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan barcha tadqiqotlar
o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, olimlardan,
R.S.Salomov, N.K.Svetlichnaya, M.X.Mirjamolov, L.B.Sobirova, Sh.A.Abdiyev
M.A.Ibragimov va Sh.Z.Rajapovlar o‘zlarining ilmiy-uslubiy ishlarida sportchilarning
tayyorgarligini optimallashtirish va rejalashtirish uslubiyatini ochib turli takliflar
berishgan (Xursanova R., 2023: 119, Po‘latov L.A. 2025: 1244 b).
Zaif eshituvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida umumiy va motor
zichlikni aniqlash maqsadida xronametraj o‘tkazildi. Jismoniy tarbiya darslarida
xronometraj darsning umumiy va motor zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Darsning umumiy zichligi deb pedagog nuqtayi nazardan to‘g‘ri foydalanilgan vaqtning
butun dars davomidagi nisbatiga aytiladi (Xursanova R. 2024: 232-233 b).
Darsning motor zichligi deb, o‘quvchining bevosita harakat faoliyatiga, mashq
bajarish uchun sarflangan vaqtga aytiladi. Xronometrajdan olingan ma’lumotlar darsning
pedagogik tahlilini ma’lum darajada chuqurlashtiradi, chunki har xil faoliyat uchun
ketadigan vaqtni ratsional sarflash imkonini beradi ( Egamberdieva B., Ishtayev J va b.
2025: 153-154).
Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj bayonnomasiga dars vazifalarini,
shuningdek har xil boʻlimlarga yoki dars qismlariga belgilangan vaqtni aniqlab olishi
kerak. Buning uchun tekshiruvchi dars oʻtuvchining dars rejasi bilan tanishishi shart
(Mamadaliyev S., 2024:45-46, Ma’murbekova G., Akramaliyeva N., 2024: 1392 b).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Hozirgi kunda yangi mashg‘ulot rejalari kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar darslarini
yanada samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan. Mashg‘ulotlar o‘quvchilarning
imkoniyatlariga mos ravishda, ularni jismoniy, texnik va motor harakatlarga o‘rgatish
orqali samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Natijada, o‘quvchilar dars davomida asosiy
harakatlarni bajarish imkoniyatlarini kengaytirib, mashg‘ulotlarga faolroq jalb qilinadi.
Shu munosabat bilan, mashg‘ulotlarni dars sharoitiga yaqin usulda tashkil etish
maqsadida maxsus metodikalar ishlab chiqildi. Ular kattalashtirilgan amplitudali va
murakkab harakatlarni bajarish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan maxsus
mashqlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot davomida qo‘llanilgan mashqlar natijasi

o‘quvchilarning motor faoliyati va umumiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qilgan,
shuningdek, “Motion Control XR” qurilmasi yordamida dars jarayonini boshqarish va
mashg‘ulotlarni xavfsiz va samarali o'tkazish imkonini berdi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Mashg‘ulot jarayonining uzviyligini, belgilangan vaqtdan samarali foydalanishni
ta’minlash maqsadida biz tomonimizdan ishlab chiqilgan “Motion control XR”
texnologik qurilmasini tadqiqot jarayonida qo‘llashni taqozo etdi. “Motion control XR”
qurilmasi haqida tavsif beradigan bo‘lsak, u ta’lim jarayonida eshitishida nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy funksiyasi vibratsiya signalini
uzatish orqali mashq jarayonini boshqarishdan iborat. Ushbu qurilma quyidagi asosiy
qismlardan iborat:
Vibratsiya beruvchi soat: o‘quvchilarning qo‘llariga mos ravishda taqiladi hamda
ularning vibratsiyalarni qabul qiluvchi vositasi sifatida qo‘llanadi.
1-rasm. “Motion control XR” qurilmasining vibratsiya soati

2-rasm. Mobil ilova: O‘qituvchi tomonidan mashg‘ulot vaqtida buyruqlarni soat
qurilmasiga yuborish vazifasini bajaradi

Ushbu mobil ilova 12 ta mashg‘ulot jarayonida ko‘p qo‘llaniladigan, shuningdek,
dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Rasmda ko‘rib turganingizdek, har bir raqamga alohida buyruq yozilgan.

Har bir buyruqda vibratsiyalarni qanday ajratib olinishini quyida ko‘rib chiqamiz:
1) Saflan buyrug‘iga - 1 ta qisqa, 1 ta uzun ( ● ▬ )
2) URM (Umum rivojlantiruvchi mashqlar) uchun joylash buyrug‘iga - 1 ta uzun, 3
ta qisqa ( ▬ ● ● ●)
3) Boshla – 1 ta qisqa buyrug‘iga ( ● )
4) Yurish buyrug‘iga – 2 ta uzun, 1 qisqa ( ▬ ▬ ● )
5) Tezlash, bo‘shashma buyrug‘iga – 2 ta qisqa, 1 ta uzun ( ● ● ▬ )
6) Yugur buyrug‘iga – 2 ta qisqa ( ● ● )
7) Sakra buyrug‘iga – 2 ta uzun ( ▬ ▬ )
8) Diqqat buyrug‘iga - 3 ta uzun ( ▬ ▬ ▬ )
9) Qaytarilsin buyrug‘iga – 3 ta qisqa ( ● ● ● )

10) To‘xta buyrug‘iga – 1 ta uzun ( ▬ )
11) Vaqt tugadi buyrug‘iga – 1 ta qisqa, 2 ta uzun ( ● ▬ ▬ )
12) Tanaffus (mashg‘ulot o‘rtasida, bir mashqdan keyingi mashqga o‘tish vaqtida)
buyrug‘iga – 1ta uzun, 2 ta qisqa, 1 ta uzun ( ▬ ● ● ▬ )
Simsiz ulanish tizimi: Qurilmaning mustaqil va qulay ishlashini ta’minlaydi. u
blotouss orqali ulanadi hamda 12 ta soatga ham bir vaqtning o‘zida signalni yuborish
xususiyatiga ega. Shuningdek, u miya ham hisoblanib, qizil tugamasi orqali mobil
ilovasiz ham vibratsiyalarni soatlarga yubora oladi.

3-rasm. “Motion control XR” qurilmasining miyasi
Qurilmaning texnik imkoniyatlari o‘quvchilar uchun signalni aniq va tezkor qabul
qilishni ta’minlashga imkon beradi, bu esa jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘zaro
muloqotni sezilarli darajada soddalashtiradi. Ushbu qurilma yordamida mashg‘ulotlarni
tashkil qilish yanada qulay va samarali bo‘ladi. Bundan tashqari, signal orqali boshqaruv
xavfsizlikni oshiradi va o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratadi. Vibratsion signal orqali
mashqlarni boshqarish yangi pedagogik yondashuv hisoblanadi. Qurilma dars
jarayonining umumiy sifatini yaxshilaydi va ko‘proq o‘quvchining darsga jalb qilinishiga
yordam beradi. Mashg‘ulot davomida signal orqali harakatlarni boshqarish travmalar
xavfini kamaytiradi.
Shu asosda ushbu texnologik qurilma ishlab chiqilishidan oldin va keyin 45
daqiqalik dars mashg‘ulotlarni xronametraj o‘tkazish orqali ularning umumiy va motor
zichligi aniqlandi. Xronametraj har ikki nazorat va tajriba guruhlaridan olindi. Tadqiqot
oxirida har ikki guruhning ham natijalari tahlil qilindi.

1-jadval. Nazorat va tajriba guruhilarining xronametraj tahlili

Guruh Тadqiqot boshi Таdqiqot oxiri

Umumiy zichlik TG NG TG NG
Motor zichlik
77,5% 80,7% 85,5% 79 %

38 % 40 % 56,6 % 42,4 %

Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘tkazilgan tajriba ya’ni “Motion control XR”
texnologik qurilmasining belgilangan vaqtdan samarali foydalanishda yuqori samarasi
mavjud ekan. Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun dars mashg‘ulotlarida motor zichlikni
foizi yuqori bo‘lishi murakkabroq bo‘lgan holatdir. Ularning eshitmasligi har bir
berilayotgan topshiriqlarni o‘z vaqtida qabul qilib, bajarishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning
uchun ham biz aynan “Motion control XR” texnologik qurilmasini ishlab chiqdik va
amaliyotga tatbiq etdik. Bu aynan o‘quvchilarning mashg‘ulot vaqtida buyruqlarni tez
anglashi va vaqtdan samarali foydalanishga olib keldi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, “Motion Control XR” innovatsion
qurilmasining qo‘llanilishi kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlaridagi
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Qurilmaning vibratsion signal tizimi
o‘quvchilarning mashqlarni bajarish vaqtini samarali boshqarish, mashg‘ulotga bo‘lgan
e’tiborini kuchaytirish va o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni soddalashtirish
imkonini beradi. Tadqiqot davomida kuzatilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, xronometraj
yordamida darsning umumiy va motor zichligini o‘lchash orqali mashg‘ulotlarning
uzviyligi va samaradorligini oshirish mumkin. Qayd etish joizki, “Motion Control XR”
qurilmasi yordamida dars jarayonida xavfsizlik darajasi oshadi, travmalar xavfi kamayadi
va o‘quvchilar uchun pedagogik sharoitlar yaxshilanadi. Tadqiqot natijalari shuningdek,
innovatsion texnologiyalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga integratsiya qilish kar va
zaif eshituvchi o‘quvchilarning motor tayyorgarligi, umumiy fizik holati va o‘zaro
harakat koordinatsiyasini yaxshilashda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi.
Takliflar berish jarayonida quyidahilarni aytib o‘tish lozim. Innovatsion
texnologiyalardan kengroq foydalanish masalan “Motion Control XR” qurilmasi
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga doimiy ravishda joriy etilishi, shu bilan birga boshqa
pedagogik vositalar bilan uyg‘unlashtirilishi tavsiya etiladi. Shuningdek, metodika va
mashqlarni moslashtirish, qurilmaning vibratsion signal tizimi yordamida
o‘quvchilarning individual imkoniyatlariga mos maxsus mashqlar dasturini ishlab chiqish
tavsiya etiladi. Har bir o‘quvchining eshitish darajasi va motor qobiliyatini inobatga olgan
holda mashqlar intensivligini va murakkablik darajasini sozlash samaradorlikni oshiradi.
Xronometraj va monitoringni doimiy qo‘llash, darslar davomida xronometraj usulidan
foydalanish va mashg‘ulot natijalarini muntazam monitoring qilish, o‘quvchilarning
harakat faoliyatini tahlil qilish orqali mashg‘ulotlarning samaradorligini yuqori darajada

saqlash mumkin. Bu esa pedagoglarga darsni rejalashtirishda aniq ma’lumot va raqamli
indikatorlar beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Egamberdieva B., Ishtayev J., Korobeynikov G., Khasanov O., Gapparov Z.,
Xursanova R., Juraev I. (2025). Brilliant moves in chess and early grandmaster success:
a study of the world's youngest grandmasters. Slobozhanskyi Herald of Science and Sport,
29(2), 151-166.
2. Khursanova R. (2024). The role and importance of the principle of continuity in
improving the speed ability of 12-14-year-old hearing and speech impaired children.
Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 5(01), 229-235.
3. Ma’murbekova G., Akramaliyeva N. (2024). Yosh basketbolchichilarda kuch
sifatini rivojlantirish uslubyati. Modern Science and Research, 3(12), 1391-1394.
4. Mamadaliyev S. (2024). The current state of sports and wellness mountain
tourism in Uzbekistan and measures for its mass development. Multidisciplinary Journal
of Science and Technology, 4(12), 44-48.
5. Nuriddinova M., Bobomurodov A., Kenjayeva H., Xursanova R. (2022).
Maktabgacha yoshdagi bolalarni asosiy harakatlarga o‘rgatish uslubiyati. Central Asian
Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(2), 373-384.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-oktabrdagi PF-6099-son
“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.
8. Po‘latov L. A. (2025). Talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda
zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati. Modern Science and Research, 4(1), 1242-
1250.
9. Халилова Д. Э., Каюмова Г. Н. (2025). Понятие альтруистического
поведения и причины его проявления в обществе. Образование, наука и
инновационные идеи в мире, 74(1), 34-38.
10. Xursanova R. (2023). Adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Sport
ilm-fanining dolzarb muammolari, 1(3), 118-121.
11. Xursanova R. (2024). Eshitishida muommosi bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy
tayyorgarligini aniqlash va tahlil qilish. ACTA NUUz, 1(1.6), 1.

REFERENCES:

1. Egamberdieva B., Ishtayev J., Korobeynikov G., Khasanov O., Gapparov Z.,
Xursanova R., Juraev I. (2025). Brilliant moves in chess and early grandmaster success:
a study of the world's youngest grandmasters. Slobozhanskyi Herald of Science and Sport,
29(2), 151-166. (In English)

2. Khursanova R. (2024). The role and importance of the principle of continuity in
improving the speed ability of 12-14-year-old hearing and speech impaired children.
Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 5(01), 229-235. (In English)

3. Ma’murbekova G., Akramaliyeva N. (2024). Yosh basketbolchichilarda kuch
sifatini rivojlantirish uslubyati. Modern Science and Research, 3(12), 1391-1394. (In
Uzbek)

4. Mamadaliyev S. (2024). The current state of sports and wellness mountain
tourism in Uzbekistan and measures for its mass development. Multidisciplinary Journal
of Science and Technology, 4(12), 44-48. (In English)

5. Nuriddinova M., Bobomurodov A., Kenjayeva H., Xursanova R. (2022).
Maktabgacha yoshdagi bolalarni asosiy harakatlarga o‘rgatish uslubiyati. Central Asian
Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(2), 373-384. (In Uzbek)

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-oktabrdagi PF-6099-son
“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. (In Uzbek)

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori. (In Uzbek)

8. Po‘latov L. A. (2025). Talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda
zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati. Modern Science and Research, 4(1), 1242-
1250. (In Uzbek)

9. Xalilova D. E., Qayumova G. N. (2025). Altruistik xulq-atvor tushunchasi va
uning jamiyatda namoyon bo‘lish sabablari. Obrazovaniye nauka i innovatsionnie idei v
mire, 74(1), 34–38. (In Russian)

10. Xursanova R. (2023). Adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Sport
ilm-fanining dolzarb muammolari, 1(3), 118-121. (In Uzbek)

11. Xursanova R. (2024). Eshitishida muommosi bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy
tayyorgarligini aniqlash va tahlil qilish. ACTA NUUz, 1(1.6), 1. (In Uzbek)