ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Bo‘lajak pedagoglarning nutqiy malakasini rivojlantirishda ilg‘or pedagogik vositalar va metodologik strategiyalarning samaradorligi

Qodirova Mashxura Mirzaakbarovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING NUTQIY MALAKASINI
RIVOJLANTIRISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK VOSITALAR VA
METODOLOGIK STRATEGIYALARNING SAMARADORLIGI

ЭФФЕКТИВНОСТЬ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ СРЕДСТВ
И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИХ СТРАТЕГИЙ В РАЗВИТИИ УСТНОЙ
КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ

THE EFFECTIVENESS OF ADVANCED PEDAGOGICAL TOOLS AND
METHODOLOGICAL STRATEGIES IN DEVELOPING FUTURE TEACHERS’

ORAL PROFICIENCY
https://zenodo.org/records/19442290

Qodirova Mashxura Mirzaakbarovna
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (O‘zXIA)

Arab tili va adabiyoti al-Azhar katta o‘qituvchisi,
Oriental universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Tel.: +998 90 916-61-16
E-mail: shahira1986shahira@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada boʻlajak arab tili oʻqituvchilarining nutqiy
kompetensiyasini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari chuqur tahlil qilingan.
Oʻqituvchi nutqi dars jarayonining asosiy kommunikativ vositasi ekanligi taʼkidlanib,
zamonaviy oʻqituvchi uchun zarur boʻlgan kommunikativ kompetensiyaning olti asosiy
tarkibiy qismi (lingvistik, pragmatik, diskursiv, sotsiolingvistik, texnologik va
professionallik) belgilab berilgan. Tadqiqotda nutqiy koʻnikmalarni rivojlantirishda
sunʼiy intellekt (AI) resurslari (talaffuzni aniqlash, suhbat simulyatorlari), Loyiha
asosidagi taʼlim (PBL), simulyatsiya va rolli oʻyinlar kabi innovatsion pedagogik
texnologiyalarning samaradorligi asoslangan. Muallif motivatsiyadan tortib, reflektiv
monitoringgacha boʻlgan yetti bosqichli integrativ modelni taklif etadi. Xulosada, ushbu
model zamonaviy talablar asosida boʻlajak oʻqituvchida ravon, izchil va kasbiy jihatdan
yetuk ogʻzaki nutqni shakllantirish uchun metodik yondashuvlarning oʻzaro uygʻunligini
taʼminlashi qayd etilgan.

Kalit so‘zlar: Nutqiy kompetensiya, arab tili oʻqituvchisi, kommunikativ
kompetensiya, integrativ model, PBL (Loyiha asosidagi taʼlim), simulyatsiya, diskursiv
nutq, texnologik kompetensiya.

Аннотация. В статье анализируются научно-методические основы
формирования речевой компетенции будущих преподавателей арабского языка.
Подчеркивается, что речь преподавателя является основным коммуникативным
средством учебного процесса. Определены шесть ключевых компонентов
коммуникативной компетенции: лингвистическая, прагматическая, дискурсивная,
социолингвистическая, технологическая и профессиональная. В исследовании

обосновывается эффективность современных педагогических технологий для
развития речевых навыков, включая ресурсы искусственного интеллекта (ИИ)
(распознавание произношения, симуляторы диалога), проектное обучение (PBL),
симуляции и ролевые игры. Автор предлагает интегративную модель из семи
этапов, охватывающую мотивацию, лингвистическую базу, коммуникативноситуативную практику, развитие дискурсивной речи, культурную интеграцию,
технологические инновации и рефлексивный мониторинг. В заключении
утверждается, что данная модель обеспечивает гармоничное сочетание
современных подходов для формирования беглой, связной и профессионально
зрелой устной речи будущего преподавателя.

Ключевые слова: Речевая компетенция, преподаватель арабского языка,
коммуникативная компетенция, интегративная модель, PBL (проектное
обучение), симуляция, дискурсивная речь, технологическая компетенция.

Abstract. The article analyzes the scientific and methodological foundations for
developing the speaking competence (oral competence) of future Arabic language
teachers. It emphasizes that the teacher's speech is the main communicative tool of the
learning process and defines six key components of communicative competence:
linguistic, pragmatic, discursive, sociolinguistic, technological, and professionalism. The
study substantiates the effectiveness of modern pedagogical technologies in developing
speaking skills, including AI resources (speech recognition, conversation simulators),
Project-Based Learning (PBL), simulations, and role-playing. The author proposes a
seven-stage integrative model that covers motivation, linguistic foundation,
communicative-situational practice, discursive speech development, cultural integration,
technological innovation, and reflective monitoring. It concludes that this model ensures
the harmonization of modern approaches for forming a fluent, coherent, and
professionally mature oral speech in future teachers.

Keywords: Speaking competence, Arabic language teacher, communicative
competence, integrative model, PBL (Project-Based Learning), simulation, discursive
speech, technological competence.

KIRISH
Bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirish
zamonaviy til ta’limi metodikasining eng markaziy yo‘nalishlaridan biridir. Chunki
o‘qituvchi nutqi – dars jarayonining asosiy kommunikativ vositasi, o‘quvchi tafakkurini
faollashtiruvchi omil, muloqot madaniyati namunasi va kasbiy mahoratning ajralmas
ko‘rinishidir. Nutqiy kompetensiyaning yetarli darajada shakllanmaganligi esa bo‘lajak
o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
XXI asr ta’lim talablariga ko‘ra, arab tili o‘qituvchisi nafaqat fonetik, grammatik
yoki leksik bilimlarga, balki interaktiv muloqot, madaniyatlararo kommunikatsiya,

diskursiv nutq, axborot-kommunikatsion kompetensiya kabi ko‘nikmalarga ham ega
bo‘lishi lozim. Ushbu talablar dunyo miqyosida keng qo‘llanilayotgan CEFR, ACTFL,
ALPT kabi standartlarda ham alohida belgilangan.

Fikrimizcha, bo‘lajak arab tili o‘qituvchisining kommunikativ kompetensiyasi
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi shart:

1. Lingvistik kompetensiya – til tizimini bilish;
2. Pragmatik kompetensiya – nutq vaziyatiga mos ifoda tanlash;
3. Diskursiv kompetensiya – izchil matn qurish;
4. Sotsiolingvistik kompetensiya – ijtimoiy-me’yoriy muloqot malakalari;
5. Texnologik kompetensiya – til o‘rgatishda raqamli vositalardan foydalanish;
6. Professionallik kompetensiyasi – pedagogik nutq madaniyati.
Mazkur kompetensiyalar integratsiyasini ta’minlashda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, innovatsion metodlar va axborot-kommunikatsiya vositalari muhim o‘rin
tutadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Bo‘lajak o‘qituvchi nutqiy kompetensiyasini shakllantirishning ilmiy-nazariy
asoslari o‘zbek, rus va xalqaro tadqiqotchilar tomonidan keng yoritilgan. A.A.Abdullayev
(Abdullayev A.A., 2015: 280), Z.M. Ziyayeva (Ziyayeva Z.M., 2016: 220), M.N.
Nuraliyeva (Nuraliyeva M.N., 2018: 210), B.M. Mirzayev (Mirzayev B.M., 2020: 192)
o‘z ishlarida nutq malakasini rivojlantirishda bosqichma-bosqichlik, amaliy mashqlar
tizimi, muloqotga yo‘naltirilganlik tamoyillarining ahamiyatini ta’kidlashadi. Ularning
fikriga ko‘ra, nutqiy kompetensiya faqat nazariy bilimlar emas, balki real dialog, suhbat,
interaksiya orqali shakllanadi.
M.D.Pastuxova bo‘lajak pedagoglarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda
metodik kompetensiyaning o‘rni muhimligini asoslab, uni pedagogik tayyorgarlikning
markaziy bo‘lagi sifatida talqin etadi (Pastuxova D.A., 2016: 19). E.Yu.Nikitina,
O.Yu.Afanaseva va M.G.Fedotova esa bo‘lajak chet tili o‘qituvchisi uchun zamonaviy
metodik kompetensiya tarkibini – kommunikativ, analitik, texnologik, refleksiv
kompetensiyalar majmuasi sifatida belgilaydi (Nikitina E.Yu., Afanaseva O.Yu.,
Fedotova M.G., 2013: 54).
Shuningdek, G. Maiier va O. Ustymenko tomonidan xalqaro o‘qituvchi tayyorlash
tajribasi asosida taklif etilgan modelda zamonaviy bo‘lajak o‘qituvchi metodik
texnologiyalarni qo‘llash, darsni loyihalash, interaktiv vositalardan foydalanish kabi
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi (Maiier N., Ustymenko O., 2018: 10).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyasini
shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, asosan nazariy
va analitik yondashuvlarga tayanadi. Tadqiqotning metodologik asosini quyidagi

tamoyillar va usullar tashkil etadi: adabiyotlar tahlili, xorijiy va mahalliy tajribalarni
taqqoslash, nazariy modellashtirish hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni sintez
qilish. Tadqiqotning maqsadi – zamonaviy pedagogik vositalar va strategiyalarning
nutqiy malaka rivojlantirishdagi samaradorligini asoslash va integrativ modelni ishlab
chiqishdir.

TAHLIL VA NATIJALAR
G.Stanley o‘z tadqiqotida texnologiyalar yordamida nutqni o‘rganishda
“multimodal ko‘nikmalar” shakllanishini ta’kidlaydi (Stanley G., 2013). Bu esa bo‘lajak
o‘qituvchilarda nafaqat eshitish va gapirish, balki ko‘rish, idrok qilish va tez tahlil qilish
kabi kognitiv jarayonlarni ham kuchaytiradi.
Bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirishda
muhim metodlardan yana biri – loyiha asosidagi ta’lim (Project-Based Learning, PBL)dir.
S.M. Williams (Williams S.M., 2009: 127), Y.S. Vacca (Vacca Y.S., 2014: 29), H.
Roessingh (Roessingh H., Chambers W., 2011: 60) kabi ilmiy tadqiqotchilar PBL
o‘qituvchi tayyorlashda o‘z-o‘zini boshqarish, kommunikativ faollik, fikr almashish,
kreativ yondashuv, mas’uliyat va refleksiya kabi kompetensiyalarni rivojlantirishini
asoslab berishadi. PBL jarayonida talaba faqat bilim oluvchi emas, balki muloqot
jarayonini tashkil qiluvchi, hamkorlikni boshqaruvchi, axborot yig‘uvchi va taqdimot
beruvchi faol subyektga aylanadi.
Fikrimizcha, arab tili o‘qituvchilari uchun PBL metodining alohida afzalligi
shundaki, loyiha faoliyati davomida talaba arab tilida uzun nutq shakllari (oral
presentation)ni bajaradi, jamoa oldida so‘zlaydi, mavzu bo‘yicha fikrlarini tizimli, ravon,
mantiqli tarzda bayon qiladi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy nutqini
shakllantirishda hal qiluvchi omildir.
Nutqiy kompetensiyani shakllantirishda simulyatsiya (simulation) va rolli o‘yinlar
(role-play) texnologiyalari eng samarali metodlar qatoriga kiradi. A.Rudolph
simulyatsiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchi real dars jarayonini mashq qilishini, har bir
vaziyatni amalda boshdan kechirishi natijasida nutqiy kompetensiya faol shakllanishini
ta’kidlaydi (Rudolph A., 2008: 329). Simulyatsiya metodida talaba “o‘qituvchi” roliga
o‘tadi va o‘z nutqini boshqarish, muloqot jarayonini tashkil etish, savollarga izchil javob
berish kabi ko‘nikmalarni amaliy o‘zlashtiradi.
Rolli o‘yinlar texnologiyasi arab tili ta’limida juda samarali, chunki arab tilidagi
nutqning funksional qo‘llanishi ko‘p jihatdan ijtimoiy vaziyatlarga bog‘liq. Tammam
Hassan, M.Abdul Rahmon, M.S.Salehlarning pragmatik tadqiqotlari arab tilida
muloqotning vaziyatga, shaxslararo masofa va maqomga qarab o‘zgarishini ko‘rsatadi
(Rudolph A., 2008: 329). Rolli o‘yinlar aynan shu ijtimoiy-madaniy o‘zgaruvchilarni
o‘rgatadi.
Fikrimizcha, bo‘lajak o‘qituvchilar uchun eng samarali rolli o‘yinlar quyidagilardir:

 “O‘qituvchi – o‘quvchi” muloqoti
 “Savol-javob” mashqi
 “Mehmon kutish”
 “Do‘konda savdolashish”
 “Talaba bilan maslahatlashuv”
 “Telefon orqali ma’lumot olish”
 “Arab mamlakatiga safar ssenariylari”
Bu o‘yinlar o‘qituchi nutqining ravonligi (fluency), aniq talaffuz (accuracy), nutq
madaniyati, muloqotni boshqarish qobiliyatini rivojlantiradi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda diskursiv nutq, ya’ni mantiqan izchil, yaxlit,
strukturalashgan og‘zaki bayonot qurish ko‘nikmasi shakllanishi juda muhim. Chunki
o‘qituvchi dars jarayonida:
 mavzuni tushuntiradi,
 izoh beradi,
 misollar keltiradi,
 savollarga javob beradi,
 xulosalar chiqaradi.
Bu esa yuqori darajada diskursiv nutqni talab qiladi.
A.A. Abdullayev, B.M. Mirzayev, Z.M. Ziyayeva tadqiqotlarida diskursiv nutqni
o‘rgatishning metodik tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
1. Izchillik – mantiqan bog‘langan fikrlar;
2. Strukturalilik – kirish – asosiy qism – xulosa;
3. Kontekstual moslik – mavzu va vazifaga mos nutq;
4. Argumentlilik – dalil va misollar keltirish;
5. Pragmatik maqsadga yo‘naltirilganlik – tinglovchiga mos ifoda.
D. Nunanning fikricha, diskursiv nutqni shakllantirish uchun talaba avvalo
“mikromatn qurish” ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur (Nunan D., 2004). Mikromatn –
kichik mavzudagi 5-6 gapdan iborat izchil bayonot bo‘lib, bo‘lajak o‘qituvchining aniq
fikr bayon qilish salohiyatini rivojlantiradi.
Fikrimizcha, arab tilida murakkab sintaktik tuzilmalarning ko‘pligi, gap
qurilishidagi stilistik usullar, nutqning ritmik xususiyatlari diskursiv nutqni o‘rgatishni
yanada muhim qiladi.
Bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirish uchun
quyidagi integrativ model taklif etiladi. Ushbu model yuqorida tahlil qilingan nazariy
manbalar, xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar ishlari, amaliy tajribalar asosida ishlab
chiqilgan:

1. Motivatsion – kognitiv bosqich
Bu bosqichda talabada arab tiliga qiziqish uyg‘otiladi, muloqotga kirishishga
undovchi psixologik tayyorgarlik shakllantiriladi. H.D. Brownning fikriga ko‘ra, ichki
motivatsiya bo‘lmasa, tilning kommunikativ sifatlari samarali rivojlanmaydi (Brown
H.D., 2014). Bu bosqichda audio-vizual materiallardan, arab madaniyatiga oid
videolardan foydalanish motivatsiyani kuchaytiradi.
2. Lingvistik tayanch bosqichi
A.A. Abdullayev, Z.M. Ziyayeva, M.N. Nuraliyevlarning tadqiqotlari ushbu
bosqichda fonetika, leksika, grammatika kabi asosiy til resurslarini shakllantirish
zarurligini ta’kidlaydi. Bunda drill, shadowing, qiyosiy fonetika mashqlari asosiy metod
sifatida qo‘llaniladi.
3. Kommunikativ-situativ bosqich
Bu bosqichda CLT va TBLT metodlari asosida muloqot ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
W. Littlewood (Littlewood W., 1981) va D. Nunan (Nunan D., 2004) tomonidan ishlab
chiqilgan nazariyalar aynan real hayotga yaqin vazifalar orqali nutqni shakllantirishni
talab qiladi. O‘qituvchi “facilitator” rolida bo‘lib, talaba nutqiga imkoniyat yaratadi.
4. Diskursiv nutqni rivojlantirish bosqichi
Bu bosqichda o‘quvchi mikro va makromatn tuzish, mavzuni izchil bayon qilish, o‘z
fikrini dalillar bilan mustahkamlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Rhetoric (balog‘at),
coherence (izchillik) va cohesion (bog‘lanish) asosiy tamoyillar sifatida qo‘llanadi.
Fikrimizcha, aynan shu bosqichda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy-pedagogik nutqi
shakllanadi.
5. Madaniy-lingvistik integratsiya bosqichi
M.Abdul Rahmon, Tammam Hassan va M.S.Salehlarning tadqiqotlari
ko‘rsatganidek, arab tilida nutq madaniyati – pragmatik kompetensiyaning markaziy
qismidir (Rudolph A., 2008: 329). Demak, bo‘lajak o‘qituvchi arab muloqotining
ijtimoiy-me’yoriy talablarini, murojaat shakllarini, diniy iboralarni, odob-axloq
elementlarini o‘zlashtirishi shart.
6. Texnologik innovatsiyalar bosqichi
K.S. Wahba, K. Taha, A.V. Zubov va A. Stanley (Stanley G., 2013) tadqiqotlari
raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar, virtual suhbatlar yordamida nutqning yangi sifat
darajasiga ko‘tarilishini ilmiy asoslaydi. Talaba ushbu bosqichda multimedia, AI-based
tools, video-refleksiya orqali nutqini mustaqil rivojlantiradi (Zubov A.V., 2009).
7. Baholash va reflektiv monitoring bosqichi
R. Ellis va P.M. Lightbown N.Spada tomonidan taklif qilingan assortiment
mezonlari asosida nutqning fluency, accuracy, complexity, comprehensibility kabi
jihatlari baholanadi. E-portfolio, self-assessment, peer-review kabi vositalar bo‘lajak
o‘qituvchining nutqini tizimli takomillashtirishga xizmat qiladi.

Fikrimizcha, yuqoridagi model quyidagi afzalliklarni beradi:
 nutqni sun’iy emas, balki real kommunikativ jarayonda shakllantiradi;
 o‘qituvchida interaktiv va madaniy kompetensiyani uyg‘un rivojlantiradi;
 dars jarayonini texnologik innovatsiyalar bilan boyitadi;
 talabaning ravon, izchil va kasbiy nutqini shakllantiradi;
 refleksiya orqali o‘z nutqi ustida mustaqil ishlashni ta’minlaydi;
 bo‘lajak o‘qituvchini zamonaviy ta’lim talablariga mos professional shaxsga
aylantiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ushbu tadqiqot bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyasini
shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini tahlil qilish orqali zamonaviy pedagogik
vositalar va metodologik strategiyalarning samaradorligini asoslab berdi. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchi nutqi dars jarayonining markaziy kommunikativ
vositasi bo‘lib, uning yetarli darajada rivojlanmaganligi kasbiy faoliyatga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Kommunikativ kompetensiyaning olti asosiy tarkibiy qismi (lingvistik,
pragmatik, diskursiv, sotsiolingvistik, texnologik va professionallik) integratsiyasi
zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda amalga oshirilishi lozim.
Tadqiqotda sun’iy intellekt resurslari (talaffuzni aniqlash, suhbat simulyatorlari,
avtomatik fikr-mulohaza vositalari), loyiha asosidagi ta’lim (PBL), simulyatsiya va rolli
o‘yinlar kabi innovatsion texnologiyalarning nutqiy ko‘nikmalarni (ravonlik, aniqlik,
izchillik, pragmatik moslik) rivojlantirishdagi yuqori samaradorligi isbotlandi. Taklif
etilgan yetti bosqichli integrativ model (motivatsion-kognitiv, lingvistik tayanch,
kommunikativ-situativ, diskursiv nutq rivoji, madaniy-lingvistik integratsiya, texnologik
innovatsiyalar, baholash va reflektiv monitoring) nazariy asoslar (Abdullayev, Ziyayeva,
Brown, Nunan va boshqalar) va amaliy tajribalarga tayanib ishlab chiqilgan bo‘lib, nutqni
real kommunikativ muhitda, madaniy va texnologik jihatdan boyitilgan holda
shakllantirishni ta’minlaydi.
Tadqiqot doirasidan kelib chiqib quyidagi takliflarni keltirib o‘tamiz:
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida, xususan arab tili yo‘nalishida, taklif etilgan
yetti bosqichli integrativ modelni o‘quv dasturlariga kiritish va bosqichma-bosqich joriy
etish. Bu modelni pilot sinovdan o‘tkazish orqali uning samaradorligini empirik jihatdan
tasdiqlash tavsiya etiladi.
O‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarida (malaka oshirish institutlari,
universitetlar) diskursiv nutq, pragmatik kompetensiya va texnologik vositalardan
foydalanish bo‘yicha maxsus modullarni joriy etish.
Milliy ta’lim standartlarini yangilashda kommunikativ va texnologik
kompetensiyalarni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash, shu bilan birga arab tilining
madaniy-pragmatik xususiyatlarini hisobga olish.

Ushbu yondashuvlar kompleks qo‘llanilganda bo‘lajak arab tili o‘qituvchilarida
ravon, izchil, pragmatik, texnologik va madaniy jihatdan yetuk og‘zaki nutq shakllanadi.
Natijada, arab tili ta’limining umumiy sifati oshib, mamlakatimizda til ta’limi zamonaviy
global talablarga mos keladigan darajaga ko‘tariladi. Tadqiqot natijalari nafaqat arab tili
ta’limi, balki boshqa chet tillari o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida ham qo‘llanilishi
mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abdullayev A. A. (2015). Chet tilini o‘qitish metodikasi: nazariya va amaliyot.
Oliy ta’lim.
2. Brown H. D. (2014). Principles of language learning and teaching (6th ed.).
Pearson.
3. Littlewood W. (1981). Communicative language teaching: An introduction.
Cambridge University Press.
4. Maiier N., Ustymenko O. (2018). Modern methods and technologies for
developing pre-service foreign language and culture teachers’ methodological
competence. Advanced Education, 10, 10-20.
5. Mirzayev B. M. (2020). Nutq madaniyati va chet tili ta’limi integratsiyasi. TDPU.
6. Никитина Е. Ю., Афанасьева О. Ю., Федотова М. Г. (2013). Методическая
компетенция будущего учителя иностранного языка. Вестник Челябинского
государственного педагогического университета, 12, 54-65.
7. Nunan D. (2004). Task-based language teaching. Cambridge University Press.
8. Nuraliyeva M. N. (2018). Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida nutqiy
kompetensiyani shakllantirish metodikasi. TDPU.
9. Пастухова Д. А. (2016). Методы обучения в развитии речевых компетенций
будущих педагогов. Гуманитарное пространство, 5(1), 19-27.
10. Roessingh H., Chambers W. (2011). Project-based learning and pedagogy in
teacher preparation. International Journal of Teaching and Learning in Higher Education,
23(1), 60-71.
11. Rudolph A. (2008). Using role-play and case studies to improve preservice
teacher attitudes toward classroom management. Teacher Education and Practice, 21(3),
329-342.
12. Stanley G. (2013). Language learning with technology: Ideas for integrating
technology in the language classroom. Cambridge University Press.
13. Vacca Y. S. (2014). Collaborative project work development in a virtual
environment with low-intermediate undergraduate students. Profile: Issues in Teachers’
Professional Development, 16(1), 29-48.

14. Williams S. M. (2009). Learning together: Project-based learning in the
university classroom. College of Integrated Human and Social Welfare Studies, 43, 127-
141.

15. Ziyayeva Z. M. (2016). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va chet tili ta’limi.
Fan va texnologiya.

16. Зубов А. В. (2009). Методика применения информационных технологий в
обучении иностранным языкам: учебное пособие. Академия.

REFERENCES:
1. Abdullayev A. A. (2015). Chet tilini o‘qitish metodikasi: nazariya va amaliyot.
Oliy ta’lim. (In Uzbek)
2. Brown H. D. (2014). Principles of language learning and teaching (6th ed.).
Pearson. (In English)
3. Littlewood W. (1981). Communicative language teaching: An introduction.
Cambridge University Press. (In English)
4. Maiier N., Ustymenko O. (2018). Modern methods and technologies for
developing pre-service foreign language and culture teachers’ methodological
competence. Advanced Education, 10, 10–20. (In English)
5. Mirzayev B. M. (2020). Nutq madaniyati va chet tili ta’limi integratsiyasi.
TDPU. (In Uzbek)
6. Nikitina E. Yu., Afanaseva O. Yu., Fedotova M. G. (2013). Metodicheskaya
kompetentsiya budushchego uchitelya inostrannogo yazyka. Vestnik Chelyabinskogo
gosudarstvennogo pedagogicheskogo universiteta, 12, 54–65. (In Russian)
7. Nunan D. (2004). Task-based language teaching. Cambridge University Press.
(In English)
8. Nuraliyeva M. N. (2018). Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida nutqiy
kompetensiyani shakllantirish metodikasi. TDPU. (In Uzbek)
9. Pastuxova D. A. (2016). Metody obucheniya v razvitii rechevyh kompetentsiy
budushchih pedagogov. Gumanitarnoe prostranstvo, 5(1), 19–27. (In Russian)
10. Roessingh H., Chambers W. (2011). Project-based learning and pedagogy in
teacher preparation. International Journal of Teaching and Learning in Higher
Education, 23(1), 60–71. (In English)
11. Rudolph A. (2008). Using role-play and case studies to improve preservice
teacher attitudes toward classroom management. Teacher Education and Practice, 21(3),
329–342. (In English)
12. Stanley G. (2013). Language learning with technology: Ideas for integrating
technology in the language classroom. Cambridge University Press. (In English)

13. Vacca Y. S. (2014). Collaborative project work development in a virtual
environment with low-intermediate undergraduate students. Profile: Issues in Teachers’
Professional Development, 16(1), 29–48. (In English)
14. Williams S. M. (2009). Learning together: Project-based learning in the
university classroom. College of Integrated Human and Social Welfare Studies, 43,
127–141. (In English)
15. Ziyayeva Z. M. (2016). Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va chet tili
ta’limi. Fan va texnologiya. (In Uzbek)
16. Zubov A. V. (2009). Metodika primeneniya informatsionnyh tehnologiy v
obuchenii inostrannym yazykam: uchebnoe posobie. Akademiya. (In Russian)