TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA TOLERANTLIK SIFATLARINI
SHAKLLANTIRISH ZARURATI
THE NECESSITY OF DEVELOPING TOLERANCE QUALITIES IN THE
EDUCATIONAL PROCESS
НЕОБХОДИМОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ КАЧЕСТВ
ТОЛЕРАНТНОСТИ В УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ
https://zenodo.org/records/19442306
Mirqosimova Marg‘uba Mirqobilovna
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Din psixologiyasi va pedagogika
kafedrasi professori, p.f.d.
Tel.:+998 90-321-61-32
E-mail: marguba@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada talaba yoshlarda tolerantlik sifatlarini tarkib
toptirish bugungi globallashuv sharoitida ijtimoiy-ma’naviy zaruratga aylanganligi
sabablari yoritilgan. Tolerantlik sifatlarini shakllantirish esa tolerantlik tafakkuri va
madaniyati qay darajada rivojlanganligi bilan bog‘lanadi. Yoshlarni diniy va dunyoviy
ilmlar, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ta’lim muassasalari
oldidagi jiddiy vazifalar sirasiga kirishi; bu bo‘lg‘usi mutaxassislarning kelajakdagi
faoliyatlarida dunyoviy va diniy bag‘rikenglik, o‘zga din hamda millat vakillariga
hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, o‘zga millatlar madaniyati bilan
qadriyatlariga, milliy boyliklariga ham hurmat bilan qarash, do‘stona munosabatda
bo‘lishni anglatadi. Ana shunday shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish orqali jamiyatda
ijtimoiy-ma’naviy muvozanatni saqlashga erishiladi. Kelajakdagi amaliy faoliyatlarida
esa talabalar bu borada egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanib ish olib
boradilar.
Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya jarayoni, tolerantlik sifatlari, tolerantlik tafakkuri,
ijtimoiy-ma’naviy zarurat, tolerantlik madaniyati, dunyoviy va diniy bag‘rikenglik, ilmiy
tadqiqotlar bosh muammosi, didaktik.
Abstract. This article examines the reasons why fostering tolerance qualities among
students has become a socio-spiritual necessity in the context of contemporary
globalization. The development of tolerance qualities is closely linked to the level of
development of tolerance-oriented thinking and culture. Educating young people in the
spirit of religious and secular knowledge, as well as national and universal values, is
among the most important responsibilities of educational institutions. This, in turn,
implies that future specialists should demonstrate secular and religious tolerance in their
professional activities, show respect toward representatives of other religions and
nationalities, and treat the cultures, values, and national heritage of other peoples with
respect, fostering friendly and constructive relations. By educating such individuals,
society can maintain socio-spiritual balance. In their future professional practice, students
will rely on the knowledge, skills, and competencies they have acquired in this field.
Keywords: educational process, tolerance qualities, tolerance thinking, sociospiritual necessity, tolerance culture, secular and religious tolerance, central problem of
scientific research, didactic.
Аннотация. В данной статье освещаются причины, по которым
формирование качеств толерантности у студенческой молодежи стало социальнодуховной необходимостью в условиях современной глобализации. Формирование
качеств толерантности напрямую связывается с уровнем развития толерантного
мышления и культуры. Воспитание молодежи в духе религиозных и светских
знаний, национальных и общечеловеческих ценностей входит в число серьезных
задач, стоящих перед образовательными учреждениями. Это подразумевает
проявление будущими специалистами в их дальнейшей деятельности светской и
религиозной веротерпимости, уважительного отношения к представителям других
религий и национальностей, а также почтения к культуре, ценностям и
национальному достоянию других народов. Через воспитание таких личностей
достигается сохранение социально-духовного баланса в обществе. В своей
будущей практической деятельности студенты будут опираться на знания, умения
и навыки, полученные в данном направлении.
Ключевые слова: учебно-воспитательный процесс, качества
толерантности, толерантное мышление, социально-духовная необходимость,
культура толерантности, светская и религиозная веротерпимость, основная
проблема научных исследований, дидактический.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi dunyoviy davlat qurish yo‘lidan borar ekan, tolerantlik
tafakkurini barcha jamiyat a’zolari, ayniqsa, yoshlar ongida shakllantirish, ularni diniy va
dunyoviy ilmlar, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ta’lim
muassasalari oldidagi jiddiy vazifalar sirasiga kiradi. Zotan, Oliy ta’lim muassasalarida
yoshlarda tolerantlik sifatlarini tarkib toptirish avvalo tolerantlik tafakkurini
shakllantirish bilan chambarchas bog‘lanadi. Yoshlarda tolerantlik sifatlarini tarkib
toptirishning bosh maqsadini esa bo‘lg‘usi mutaxassislarining kelajakdagi faoliyatlarida
dunyoviy va diniy bag‘rikenglik, o‘zga din hamda millat vakillariga hurmat-ehtirom bilan
munosabatda bo‘lish, o‘zga millatlar madaniyati bilan qadriyatlariga, milliy boyliklariga
ham hurmat bilan qarash, do‘stona munosabatda bo‘lish tashkil etadi. Sabr-toqatlilik,
chidamlilik, bardoshlilik, birodarlik, hamdardlik, kamsitmaslik, xo‘rlamaslik, tinch-totuv
yashash, jamiyatda barqaror ruhiy muvozanatni saqlash kabi sifatlar tolerantlik tafakkuri
orqali shakllantiriladi. Dunyo miqyosida globallashuv va ijtimoiy-iqtisodiy
integratsiyalashuv jarayonlari kuchaygan hozirgi pallada elatlar, millatlar mafkuralar
xilma-xilligining qamrab oluvchi hamjihatlik falsafasi hamda madaniyatiga bo‘lgan
ehtiyoj ham ortib bormoqda. 1995-yil 16-noyabrda YUNESKO tashkilotiga a’zo
davlatlar ishtirokida imzolangan “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”da ham bu
masalaga alohida e’tibor qaratilgan edi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ta’lim-tarbiya tizimida yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish bu borada
alohida jamiyat kasb etishi jahon olimlari tomonidan ham ta’kidlanmoqda (Асмолов
А.Г., 2001: 61–65). Mazkur masala qator ilmiy tadqiqotlar markazida turibdi: Rossiya
olimlaridan Z.G. Apresyan, T. Bolotina, M. Zolotuxin, I.V. Krutova, V.N. Pavlov kabi
olimlar tolerantlik sifatlarini yoshlarda oiladan boshlab uzluksiz tarkib toptirib borish –
shaxs shakllanishining zaruriy elementi ekanligini asoslab, bu tushunchaning falsafiyma’naviy qirralarini tadqiq qilganlar (Воробьёва В.А., 2004; Рызов Б.Я., 2001). Xorijlik
olimlardan E. Rierdon Betti, T.Adorno, J.Elport tadqiqotlarida tolerantlik
tushunchasining semantik mazmuni, tolerantlik va zamonaviy jamiyat ziddiyatlari
o‘rganilgan (Adorno T., 2003). O‘zbek olimlaridan X.Boboev, I.Jovliyev, M.Xadjieva
(Хаджиева М., 2012), G.Kushakova (Кушакова Г., 2020) va boshqalar tomonidan
amalga oshirilgan o‘nlab tadqiqot ishlarida yoshlarda tolerantlik tafakkurini
shakllantirishning didaktik, aksiologik hamda akmeologik mazmuni aniqlashtirilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot talaba yoshlarda tolerantlik sifatlarini shakllantirishning pedagogikpsixologik asoslari va ta’lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligini o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqot dizayni aralash usulga asoslangan bo‘lib, nazariy tahlil va empirik ma’lumotlar
yig‘ishni o‘z ichiga oladi. Ushbu metodologiya tolerantlik tafakkurini shakllantirish
jarayonini ilmiy jihatdan ishonchli va tizimli o‘rganishga imkon berdi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tolerantlikning tarixiy ildizlari “Avesto”, “O‘rхun-Enasoy bitiklari”dan boshlab
islom madaniyat tarkibida shakllantirilgan komil inson g‘оyasi, tasavvuf ta’limotiga xos
qarashlar zaminida rivojlanib, o‘zbek ma’rifatparvarlarining komil shaxs sifatlari
talqiniga oid tarbiya tamoyillari hamda mustaqillik davriga kelib, zamonaviy “barkamol
shaxs” g‘oyasining pedagogik mazmuni, har jihatdan rivojlangan barkamol shaxsga xos
sifatlarni tarkib toptirish maqsadi, vazifalari, metodi va usullari yanglishganligi bilan
chambarchas bog‘lanadi.
Tolerantlik tafakkurini shakllantirishning tarixiy ildizlariga e’tiborni qaratsak,
qadimgi Xitoy, Hind, Misr, Zardushtiylik madaniyatlarida bag‘rikenglik g‘oyalari ilgari
surilganligiga ishonch hosil qilamiz. Ayniqsa, islom falsafasi va madaniyatining ta’sirida
G‘arb Renessans davri insonparvarlik g‘oyalari shakllandi. Musulmon madaniyatiga xos
“tasammul” tushunchasi kechirimli bo‘lish, mehribonlik, xalimlik, xayrxohlik, sabrqanoat, o‘zaro hurmatni anglatadi. “Birortangiz o‘z birodaringizni o‘zingizdek yaxshi
ko‘rmasdan turib, e’tiqodli bo‘lolmaysiz” degan aqida islom dinidagi tolerantlik
tushunchasi asosiy g‘oyasini anglatadi. Ayni shu mazmundagi yondashuv Abu Nasr
Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida bo‘rtib ko‘rinadi: jamiyat a’zolari oʻrtasidagi
tenglik, o‘zaro hamjihatlik uning tinchligi va farovonligi garovi ekanligi alohida
ta’kidlanadi. Olimning fikrini ko‘ra: “Ma’lum xalq va insoniyat to‘plab kelgan ma’naviymilliy merosi orqali “ruhlari”, ya’ni shaxslarning ma’naviyati, ongi milliylashib, bir-biri
bilan qo’shilib boradi.” (Миркасимова М., 2022: 29).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari “Ruhiy tarbiya” kitobining
“Xulqlanish” nomli 3-juzidagi “Boshqa dindagilar bilan muomala odobi” ruknida
“Baqara” surasi 136-oyatiga tayanib, “har bir musulmon odam Alloh taolo tomonidan
yuborilgan hammа nabiylarga Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon
keltirgandek iymon keltirishi, Alloh taolo tomonidan nozil qilingan kitoblarga Qur’oni
Karimga iymon keltirgandek iymon keltirishi lozim. Agar ulardan birontasiga iymon
keltirmasa yoki ularni behurmat qilsa, musulmonligi qolmaydi”, - deb yozganlar
(Миркасимова М., 2022: 424). Shu bilan birga musulmon shaxs boshqa dinlarga e’tiqod
qiluvchi kishilarga yomonlik qilmasligi, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lishi, yaxshi
qo‘shnichilik qilishi, ziyofatga chaqirishi, oilaviy alоqalar o‘rnatishi mumkinligi alohida
ta’kidlanadi. Ushbu fikr va hukmlar Islom dinining naqadar insonparvar va bag‘rikeng
din ekanligining yorqin dalilidir. Bu din boshqa dindagilarga yаxshilik va adolat qilishni
man qilmaydi, aksincha, yaxshilik va adolat qilishga chorlaydi. “Albatta, Alloh adolat
qiluvchilarni sevadi” (Mumtahanna surasi, 8-oyat). Boshqa oyati karimalarda ham
musulmon kishi boshqa din vakillarining ibodatxonalarini hurmat qilishi, ularning diniyaqidaviy masalalariga aralashmasligi, ularga nohaq jabr qilmasligi lozimligi bayon
qilingan. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki bir ahdlashgan (g‘ayridin)
kishiga zulm qilsa, yoki uning haqqini poymol etsa, yoxud uni toqati yetmaydigan
narsaga majbur qilsa, yoki uning roziligisiz undan biror narsani olsa, qiyomat kuni men
o‘sha odamning хusumatchisi bo‘laman”, dedilar.
Abu Dovud rivoyat qilgan: Nabiy alayhissalom Madinaga hijrat qilganlaridan so‘ng
u yerdagi yahudiylar bilan ahdnoma tuzib, tinch-totuv va jamiyat manfaatlari uchun
hаmkorlikda yashash asoslarini belgilab, unga amal qilib yashadilar (Миркасимова М.,
2022: 427). Anglashiladiki, Muhammad alayhissalom boshqa din vakillari bilan yaxshi
alоqada bo‘lib, ulargа go‘zal muomalada bo‘lganlar, hadyalar berib, ular tomonidan
berilgan hadyalarni qabul qilganlar va iltifot kо‘rsatganlar.
Bugungi kunda tolerantlik turli-tuman zararli g‘oya va tushunchalarga qarshi kurash
omiliga aylandi: iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy, diniy munosabatlarga kirishishning
zamonaviy qonun-qoidalarini o‘rganishdan tortib, insonlararo munosabatlarda millati,
irqi, nasabi, iqtisodiy ahvoli, dini va e’tiqodiga ko‘ra ajratmaslik, bir-biriga qarshi
qo‘ymaslik, turli e’tiqod egalarini hurmat qilish, diniy g‘oyalarni zo’ravonlik bilan
singdirishga urinmaslik kabilar siyosiy, mafkuraviy, ma’naviy-ruhiy muvozanatni
saqlash me’yorlarini anglatadi.
Bu o‘rinda biz g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tili asoschisi, ulug‘
mutafakkir Mir Alisher Navoiy hazratlarining komil inson g‘оyasiga singishib ketgan
tolerantlik g‘оyasi haqida to‘xtalish zaruratini sezdik. Zotan, Navoiy hazratlari nazdidagi
komil inson aynan ilmli, dunyoqarashi keng, umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlovchi, orif
inson bo‘lish bilan birga tolerantlik sifatlariga ega bo‘lgan shaxsdir. “Farhod va Shirin”
dostonidagi Farhod Arman o‘lkasida qurg‘oqchilik tufayli og’ir sharoitda yashayotgan
mazlum xalqqa sidqidildan yordam beradi, tog‘-toshlarni qazib, suv chiqaradi, bu yurtni
bosqinchilardan himoya qiladi. Tili, dini, e’tiqodi o‘zgacha bo‘lgan xalqqa ezgu amallar
bilan xizmat qiladi. Buyuk “Xamsa” asari tarkibiga kirgan “Farhod bu Shirin”
dostonidagi Shirin obrazi orqali ham mutafakkir islom dinining naqadar bag‘rikeng,
insonparvar din ekanligini hayotiy voqealar timsolida yoritgan. Zero, islom dinida
musulmon erkak boshqa dindagi ayolga uylanishi mumkin.
Demak, XIV asrda ham tolerantlik g‘oyasi insonparvarlikka undash, o‘zga din va
millat vakillarini hurmat qilish, ularga zarur bo‘lganda yordam berish, hamjihatlikda
yashashga chorlovchi umuminsoniy g‘oya darajasiga ko‘tarilgan. Ulug‘
mutafakkirlarimizning bu boradagi yondashuvlari esa bugungi kundagi tolerantlik
g‘oyasining tarixiy ildizlarini tashkil etadi. Ayni damda Imom al-Buxoriy, Abu Mansur
al-Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom at-Termiziy, az-Zamaxshariy, Yusuf
Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq G‘ijduvoniylar merosini o‘rganish,
tolerantlikning tarixiy ildizlarini chuqur tadqiq qilish yoshlar oldidagi jiddiy vazifalar
sirasiga kiradi. Bu o‘rinda o‘zbek ma’rifatparvar ziyolilaridan Behbudiy, Fitrat,
Cho‘lpon, Abdulla Alvoniy, Abdulla Qodiriy ijodida ilgari surilgan umuminsoniy
g‘oyalar talqiniga xos bag‘rikenglik, sabrlilik, o‘zga millat va elat vakillariga hurmat,
ularning milliy qadriyatlariga ehtirom tuyg‘ulari ifoda qilingan qator badiiy obrazlarni
eslashimiz mumkin. Talaba-yoshlarning islom dini tarkibidagi tolerantlik tafakkuri
tarixiy rivojlanish bosqichlarini ilmiy asoslarga tayanib o‘rganishlari, ajdodlarimiz
ma’naviy merosini ma’naviy bilimlar majmuyi sifatida qadrlashlari va ulardan saboq
olishlari – komillik tomon tashlangan qadam hisoblanadi. Bu tolerantlik tafakkurini
shakllantirishning birinchi bosqichidir.
O‘zbek milliy qadriyatlari tarkibidagi tolerantlik g‘oyasi bugungi globallashuv
davrida ham odamlarga mehrli-oqibatli bo‘lish, ularning yoshi, millati, irqidan, naslnasabidan qat’iy nazar bir xil munosabatda bo‘lishni ifoda qiladi. Shu sababli yoshlarda
tolerantlik sifatlarini shakllantirish avvalo mazkur tushuncha mohiyatini to‘la idrok
etishlari, ularda tolerantlik tafakkurini tarkib toptirish, tolerantlikka oid bilim, ko‘nikma
va malakalarni ilmiy-nazariy jihatdan tarixiy ildizlariga tayanib shakllantirishda
tolerantlik muhitini yaratish ham muhim ahamiyatga ega. Bu tolerantlik tafakkurini
shakllantirishning ikkinchi bosqichini tashkil etadi. Tolerantlikning oilada, mahalla yoki
ta’lim muassasalarida buzilish holatlarini o‘rganish va talabalar bilan muhokama qilish;
muammolar yoxud ziddiyatli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha yoshlarning takliflarini,
yechimlarini, yondashuvlarini tahlil qilib baholash natijasida amaliyotga tadbiq qilish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish talabalar faolligini oshiradi. Kundalik hayotiy
faoliyatlarida bu tamoyillarga amal qilib yashash ko‘nikma va malakalarni tarkib
topishini ta’minlaydi. Ishlab chiqilgan xulosalar esa yoshlar o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro
ishonch, hurmatga asoslangan vaziyatni vujudga keltiradi. Bu tolerantlik tafakkurini
shakllantirishning uchinchi – amaliy bosqichi sanaladi. Bu bosqichda amaliy ishlar:
tadbirlar, uchrashuvlar, suhbatlar, o‘zaro tajriba almashinuvlar, diskussiyalar, debatlar
tashkil etish natijasida yoshlarda tolerantlik madaniyati tarkib toptirishga erishiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xo‘sh, tolerantlik madaniyati qanday namoyon bo‘ladi?
- Tolerantlik tushunchasining tarixiy ildizlarini bilish, chuqur o‘rganish orqali.
- Genotsid, ratsizm, ekstremizm, fundamentalizm, radikalizm, separatizm, diniy
aqidaparastlik kabi tolerantlikka zid tushunchalar mohiyati va mazmunini, ularning
oqibatlarini chuqur anglagan holda bunday g‘oyalarni baholash hamda ularga tolerantlik
tafakkuriga tayanib munosabat bildirish malakasiga ega bo‘lish jarayonida.
- Diniy e’tiqodga oid bilimlarni dunyoviy bilimlarga uyg‘unlashtirgan holda o‘zga
dinlar va e’tiqod egalariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishda.
- O‘zga millat, elat yoki e’tiqod egalarining huquqlarini poymol etmaslik, ularga
ma’naviy-ruhiy yoki jismoniy zarar yetkazmaslik, aksincha, ularni qo‘llab-quvvatlash,
zarur bo‘lganda yordam berish kabi insoniy munosabatlar orqali o‘z atrofida, o‘zi o‘qib
yo ishlab turgan jamoasida ana shunday insonparvarlik muhitini yaratishga intilishida, bu
boradagi faolligida namoyon bo‘ladi.
- Tolerantlik qadriyatlarini keng targ‘ib etishda, umuminsoniy g‘oyalarni tashviq
qilib, o‘z faoliyatida ularga amal qilishida ko‘rinadi.
Demak, tolerantlik sifatlarini shakllantirish orqali tolerantlik madaniyati har bir
talaba yoshlarning amaliy faoliyati jarayonida tarkib topadi va rivojlanadi. Bugungi
kunga kelib tolerant shaxsini shakllantirishning zamonaviy pedagogik konsepsiyasini
yaratish zarurati yuzaga keldi. Ta’lim bosqichlari aro uzviylik va uzluksizlikda o‘quvchi
yoshlarda tolerantlik tafakkuri va sifatlarini tarkib toptirish Oliy ta’limda tolerantlik
madaniyatini shakllantirish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli bunday konsepsiyani
yaratishda jamiyat hayotining yangi taraqqiyot bosqichi, unga xos xususiyatlar,
pedagogika fanining bugungi yutuq va tajribalari bilan xalqaro miqyosdagi ilmiy
yondashuvlar, tajribalar ham qamrab olinishi kerak. Tolerant shaxsni shakllantirish
davlatchilik asoslarining mustahkamlanishiga, jamiyat a’zolari ruhiyatining
tetiklashuviga, ularning o‘zaro hamkor, hamfikr, yakdil faoliyat yuritishlarida psixologik
ta’sir ko‘rsatadi. Hayotga ishonch, o‘zaro totuvlik va hamjihatlik muhitida yashash,
faoliyat olib borish esa hamisha o‘zining ijobiy samarasini beradi. Tolerantlik tafakkurini
shakllantirish jarayoni oiladan boshlab barcha ta’lim bosqichlarida tizimli, ilg‘or ta’lim
metodlari va texnologiyalariga tayanib tashkil etilishi lozim. Turli ijtimoiy fanlar
tarkibida tolerantlik asoslari bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishda turli axborot vositalaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Adorno T. Aspects of Sociology. Beacon, 2003. – 210 p.
2. Асмолов А.Г. Историческая культура и педагогика толерантности. М.: 2001.
– стр. 61-65.
3. Воробьёва В.А. Педагогические технологии воспитания толерантности у
учащихся. М.: 2004. – 65 с.
4. Хаджиева М. Миллий онгда толерантликни шакллантиришнинг ижтимоийфалсафий таҳлили. Фалсафа фан.док.дисс.автореферати. Т.: 2012.
5. Кушаков Г. Ёшларда толерантлик тафаккурини шакллантириш
технологияси. Пед. фан.док.дисс. автореферати. Т.: 2020. – 49 б.
6. Mirkasimova M. Ta’lim-tarbiya jarayonida tolerantlik sifatlarini shakillantirish
usullari. // Инновации в педагогике и психологии. – 2022. – №4.
7. Рызов Б.Я. Толерантность – путь к миру. М.: «Бонфи», 2001. – 304 с.
REFERENCES:
1. Adorno T. (2003). Aspects of Sociology. – Beacon. – 210 p. (In English)
2. Asmolov A.G. (2001). Istoricheskaya kul'tura i pedagogika tolerantnosti. –
Moskva. – S. 61–65. (In Russian)
3. Vorobyova V.A. (2004). Pedagogicheskie tekhnologii vospitaniya tolerantnosti u
uchashchikhsya. – Moskva. – 65 s. (In Russian)
4. Xadjieva M. (2012). Milliy ongda tolerantlikni shakllantirishning ijtimoiyfalsafiy tahlili. Falsafa fan.dok.diss.avtoreferati. – Toshkent. (In Uzbek)
5. Kushakova G. (2020). Yoshlarda tolerantlik tafakkurini shakllantirish
texnologiyasi. Ped. fan.dok.diss. avtoreferati. – Toshkent. – 49 b. (In Uzbek)
6. Mirkasimova M. (2022). Ta’lim-tarbiya jarayonida tolerantlik sifatlarini
shakllantirish usullari // Innovatsii v pedagogike i psixologii. – №4. (In Uzbek)
7. Ryizov B.Ya. (2001). Tolerantnost' – put' k miru. – Moskva: «Bonfi». – 304 s. (In
Russian)