ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Abdulla Qodiriy ijodida shaxsiy rivojlanish konsepsiyasining zamonaviy psixologiya nuqtayi nazaridan tahlili

O‘rozaliyev Oybek Abdujamol o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ABDULLA QODIRIY IJODIDA SHAXSIY RIVOJLANISH
KONSEPSIYASINING ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA NUQTAYI NAZARIDAN

TAHLILI

THE ANALYSIS OF THE CONCEPT OF PERSONAL DEVELOPMENT IN
ABDULLA QODIRIY'S WORKS FROM THE PERSPECTIVE OF MODERN

PSYCHOLOGY

АНАЛИЗ КОНЦЕПЦИИ ЛИЧНОСТНОГО РАЗВИТИЯ В ТВОРЧЕСТВЕ
АБДУЛЛЫ КАДЫРИ С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ СОВРЕМЕННОЙ ПСИХОЛОГИИ

https://zenodo.org/records/19442351
O‘rozaliyev Oybek Abdujamol o‘g‘li

Oriental universiteti Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i,

O‘zbeksiton Milliy pedagogika universiteti
mustaqil tadqiqotchisi

Tel.: +998 94- 609 -14- 41
Annotatsiya. Ushbu maqolada Abdulla Qodiriy ijodida aks etgan shaxsiy
rivojlanish konsepsiyasi zamonaviy psixologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
Tadqiqotda adib asarlaridagi yetakchi qahramonlarning o‘zini anglash, ichki ziddiyatlarni
bartaraf etish, refleksiya, hayotiy tanlov va ijtimoiy muhit ta’siri masalalari gumanistik,
ijtimoiy-psixologik nazariyalar doirasida yoritiladi. “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan
chayon” romanlaridagi obrazlar psixologik yetuklik, ichki nazorat lokusi, emotsional
barqarorlik va identiklik inqirozini yengish mezonlari asosida tahlil qilinib, ularning
zamonaviy psixologik konsepsiyalar bilan nazariy uyg‘unligi isbotlanadi. Natijalar shuni
ko‘rsatadiki, Qodiriy ijodi shaxsiy rivojlanishning milliy-madaniy kontekstdagi o‘ziga
xos modelini taklif etadi va bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida psixologik-pedagogik
manba sifatida foydalanish mumkin. Tadqiqot fanlararo yondashuvga asoslanib, adabiyot
va psixologiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi.
Kalit so‘zlar: shaxsiy rivojlanish, o‘zini anglash, refleksiya, ichki ziddiyat,
gumanistik psixologiya, Abdulla Qodiriy.
Abstract. This article highlights the reasons why the formation of tolerance
qualities among young people has become a socio-spiritual necessity in the conditions of
contemporary globalization. The development of tolerance qualities is directly linked to
the level of tolerance thinking and culture. Educating youth in the spirit of religious and
secular knowledge, as well as national and universal values, ranks among the serious tasks
facing educational institutions. This implies that future specialists should demonstrate
secular and religious tolerance in their future activities, show respect toward
representatives of other religions and nationalities, treat the cultures, values, and national
heritage of other peoples with esteem, and maintain friendly relations. By raising such
individuals, society can preserve socio-spiritual balance. In their future professional

practice, students will rely on the knowledge, skills, and competencies acquired in this
direction.

Keywords: personal development, self-awareness, reflection, humanistic
psychology, Abdulla Qadiri.

Аннотация. В статье освещаются причины, по которым формирование
качеств толерантности у молодежи стало социально-духовной необходимостью в
условиях современной глобализации. Формирование качеств толерантности
напрямую связано с уровнем развития толерантного мышления и культуры.
Воспитание молодежи в духе религиозных и светских знаний, национальных и
общечеловеческих ценностей входит в число серьезных задач образовательных
учреждений. Это подразумевает проявление будущими специалистами в их
дальнейшей деятельности светской и религиозной веротерпимости, уважительного
отношения к представителям других религий и национальностей, а также почтения
к культуре, ценностям и национальному достоянию других народов. Через
воспитание таких личностей достигается сохранение социально-духовного баланса
в обществе. В своей будущей практической деятельности студенты будут
опираться на знания, умения и навыки, полученные в данном направлении.

Ключевые слова: личностное развитие, самосознание, рефлексия,
гуманистическая психология, Абдулла Кадыри.

KIRISH
Psixologiya fanida shaxsiy rivojlanish insonning butun hayoti davomida kechadigan
murakkab va ko‘p omilli jarayon sifatida talqin etiladi. Zamonaviy tadqiqotlarda
shaxsning o‘zini anglash darajasi, ichki ziddiyatlarni bartaraf etish mexanizmlari, hayotiy
tanlov va mas’uliyat muammolari yetakchi ilmiy masalalar sirasiga kiradi. Shu jihatdan,
badiiy adabiyotda yaratilgan obrazlarning psixologik tahlili shaxs rivojlanishini
tushunishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsiy rivojlanish tushunchasi bugungi “z” avlod hayotining ajralmas qismi
hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ushbu tushuncha bugungi kunda ijtimoiy muammo
sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Axborot oqimining jadalligi, internet va ijtimoiy
tarmoqlar inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib qolganligi shaxsiy rivojlanishga
to‘sqinlik qiluvchi omillar sirasiga kirib bormoqda.
Shuning uchun ham shaxsiy rivojlanish konsepsiyasining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy
jihatdan tadqiq qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Shaxsiy rivojlanish konsepsiyasi zamonaviy psixologiyada insonning butun hayoti
davomida kechadigan murakkab jarayon sifatida talqin etiladi. A. Maslow (1987) uni
o‘zini o‘zi aktualizatsiya qilish, K. Rogers (1995) ichki salohiyatni ochish, V. Frankl
(2006) hayot ma’nosi izlash, E. Erikson (1994) psixoijtimoiy bosqichlar, A. Bandura

(1977) ijtimoiy o‘rganish, L.Vygotsky (1978) ijtimoiy muhit ta’siri, H.Tajfel va J.Turner
(1986) ijtimoiy identiklik, А.N.Leontev (2005) faoliyat va shaxsiyat, S.L.Rubinshteyn
(2002) umumiy psixologiya asoslari, B.G.Ananyev (1980) inson bilimi subyekti,
E.Fromm (1990) inson uchun inson, R.Baumeister (2005) identiklik va madaniy
o‘zgarishlar, A.Giddens (1991) zamonaviy o‘zlik kabi olimlar ishlarida yoritilgan. Ushbu
nazariyalar shaxsiy rivojlanishni ichki ziddiyatlar, o‘zini anglash, hayotiy tanlov va
ijtimoiy ta’sirlar bilan bog‘laydi.

O‘zbek olimlaridan B.Qosimov Qodiriy romanlarida shaxs rivojlanishining
ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganib, milliy identiklik va ichki konfliktlarni tahlil
qilgan. O.Sharafiddinov jadid adabiyoti psixologiyasini tadqiq etib, Qodiriyda
insonparvarlik va o‘zini anglash g‘oyalarini ochgan. M.R. Khidirova (2021) Qodiriy va
xorijiy adabiyotni solishtirib, obrazlarning psixologik tipologiyasini ko‘rsatgan. H.
Boltaboyev va I. Ganiev (Qodiriy haqidagi tadqiqotlarida) milliy madaniyat va shaxs
kamolotini bog‘laganlar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada aynan shu jihatlar Qodiriyning badiiy ijodi misolida tadqiq
qilingan. Quyida shaxsiy rivojlanish tushunchasi, unga berilgan zamonaviy ta’riflar va
Qodiriy ijodining shaxsiy rivojlanishga oid konseptual qarashlari ilmiy va metodologik
jihatdan tadqiq qilinadi. Ushbu ilmiy maqolani tadqiq qilishda quyidagi metodlardan
foydalanildi:
psixologik interpretatsiya – badiiy obrazlar ruhiy holatini tahlil qilishda;
qiyosiy-tahliliy metod – Qodiriy qarashlarini zamonaviy psixologik nazariyalar
bilan solishtirishda;
fanlararo yondashuv – adabiyot va psixologiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni
aniqlashda foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Psixologiya fanida shaxsiy rivojlanish insonning butun hayoti davomida kechadigan
murakkab va ko‘p omilli jarayon sifatida talqin etiladi (Maslow A., 1987; Rogers C.,
1995; Frankl V., 2006). Zamonaviy tadqiqotlarda shaxsning o‘zini anglash darajasi, ichki
ziddiyatlarni bartaraf etish mexanizmlari, hayotiy tanlov va mas’uliyat muammolari
yetakchi ilmiy masalalar sirasiga kiradi (Erikson E., 1994; Bandura A., 1977). Shu
jihatdan, badiiy adabiyotda yaratilgan obrazlarning psixologik tahlili shaxs rivojlanishini
tushunishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi (Vygotsky L., 1978; Tajfel H.
Turner J., 1986).
Shaxsiy rivojlanish tushunchasi bugungi “z” avlod hayotining ajralmas qismi
hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ushbu tushuncha bugungi kunda ijtimoiy muammo
sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Axborot oqimining jadalligi, internet va ijtimoiy
tarmoqlar inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib qolganligi shaxsiy rivojlanishga

to‘sqinlik qiluvchi omillar sirasiga kirib bormoqda (Giddens A., 1991; Baumeister R.,
2005).

Shuning uchun ham shaxsiy rivojlanish konsepsiyasining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy
jihatdan tadqiq qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Ushbu maqolada aynan shu jihatlar Qodiriyning badiiy ijodi misolida taqdim
qilingan. Quyida shaxsiy rivojlanish tushunchasi, unga berilgan zamonaviy ta’riflar va
Qodiriy ijodining shaxsiy rivojlanishga oid konseptual qarashlari ilmiy va metodologik
jihatdan tadqiq qilinadi. Ushbu ilmiy maqolani tadqiq qilishda quyidagi metodlardan
foydalanildi:

psixologik interpretatsiya – badiiy obrazlar ruhiy holatini tahlil qilishda;
qiyosiy-tahliliy metod – Qodiriy qarashlarini zamonaviy psixologik nazariyalar
bilan solishtirishda;
kontent-analiz – asarlardagi shaxsiy rivojlanishga oid tushunchalarni
tizimlashtirishda;
fanlararo yondashuv – adabiyot va psixologiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni
aniqlashda foydalanilgan.
Shaxsiy rivojlanish – bu insonning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi, o‘zini anglash
darajasining oshishi, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy rollar va xulq-atvor strategiyalarining
butun umr davomida sifat jihatdan o‘zgarib borishi jarayonidir (Леонтьев А.Н., 2005;
Рубинштейн С.Л., 2002).
Ijtimoiy psixologiya nuqtayi nazaridan shaxsiy rivojlanish: shaxs+jamiyat,
shaxs+guruh, shaxs+madaniyat o‘zaro ta’siri maxsuli sifatida qaraladi (Tajfel H. &
Turner J., 1986; Bandura A., 1977).
Zamonaviy jamiyatda shaxsiy rivojlanish muammolari – ijtimoiy begonalashuv,
identiklik inqirozi, raqamli muhit ta’siri, ijtimoiy bosim va stress, qadriyatlar inqirozi
(Giddens A., 1991; Baumeister R., 2005; Fromm E., 1990).
Shaxsiy rivojlanish konsepsiyasining amaliy ahamiyati ta’lim va tarbiya tizimida,
psixologik maslahat va treninglarda, yetakchilik va kadrlar tayyorlashda, oilaviy va
ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega jihatlardan hisoblanadi
(Ananyev B.G., 1980).
Xulosa ijtimoiy-psixologik yondashuvga ko‘ra, shaxsiy rivojlanish – bu shaxsning
jamiyat bilan o‘zaro ta’siri natijasida o‘zini anglash, ijtimoiy moslashish va o‘zini
ro‘yobga chiqarish jarayonidir (Vygotsky L., 1978).
Zamonaviy jamiyatda shaxsiy rivojlanish muammolari:
Zamonaviy jamiyatda shaxsiy rivojlanish muammosi global, ijtimoiy, texnologik va
madaniy o‘zgarishlar fonida alohida dolzarblik kasb etmoqda. Axborot oqimining keskin
tezlashuvi, ijtimoiy rollarning ko‘payishi, qadriyatlar tizimining o‘zgarishi hamda
ijtimoiy bosimning kuchayishi shaxsning o‘zini anglash jarayonini

murakkablashtirmoqda, natijada shaxsiy rivojlanish uzluksiz, ammo ziddiyatli jarayon
sifatida namoyon bo‘lmoqda (Giddens A., 1991).

Identiklik inqirozi va o‘zini anglash muammosi:
Zamonaviy jamiyatda shaxs bir vaqtning o‘zida bir nechta ijtimoiy rollarni
bajarishga majbur bo‘ladi. Bu holat shaxsning barqaror identiklik shakllanishiga
to‘sqinlik qilib, ichki qarama-qarshiliklarni yuzaga keltiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda
shakllanayotgan “Ideal obrazlar” real “men” bilan ziddiyatga kirishib, shaxsda o‘zini past
baholash, ma’naviy bo‘shliq va psixologik beqarorlikni kuchaytiradi. Bu jarayon Erikson
ta’riflagan “identiklik inqirozi”ning zamonaviy shakli sifatida namoyon bo‘lmoqda
(Erikson E., 1994).
Ijtimoiy bosim va konformizmning kuchayishi:
Ijtimoiy kutilmalar, iqtisodiy majburiyatlar, oilaviy va madaniy stereotiplar ta’sirida
qabul qilinadi. Bu esa shaxsning mustaqil fikrlash qobiliyatini cheklab, konformistik
xulq-atvorni kuchaytiradi. Shaxs ko‘pincha o‘z ichki ehtiyojlarini emas, balki jamiyat
tomonidan ma’qullangan “Tayyor yo‘l”ni tanlaydi. Natijada shaxsiy rivojlanish emas,
balki moslashuvga asoslangan yashash strategiyasi ustunlik qiladi (Tajfel H. & Turner J.,
1986).
Tezkor hayot sur’ati va psixologik zo‘riqish:
Raqobatbardoshlik, tezkorlik va samaradorlik zamonaviy jamiyatning asosiy
talablari sifatida shakllangan. Bu esa shaxsdan doimiy o‘z ustida ishlash, o‘zini isbotlash,
muvaffaqiyatni tez namoyon etishni talab qiladi. Ushbu holat uzoq muddatda emotsional
charchash (burnout), xavotir va depressiv holatlarga olib keladi. Shaxsiy rivojlanish
tashqi muvaffaqiyat bilan almashtirilib, ichki qoniqish ikkinchi planga suriladi (Fromm
E., 1990).
Qadriyatlar transformatsiyasi va ma’naviy bo‘shliq:
An’anaviy qadriyatlar bilan zamonaviy individualistik qarashlar o‘rtasidagi ziddiyat
shaxs ongida aksiologik (qadriyatlar) inqirozni keltirib chiqarmoqda. Maqsadlar
ko‘pincha moddiy yutuqlar bilan chegaralanib, hayot mazmuni masalasi e’tibordan
chetda qolmoqda. V.Frankl ta’riflagan “ekzistensial bo‘shliq” holati zamonaviy shaxs
uchun xos muammoga aylanmoqda (Frankl V., 2006).
Axborot ortiqchaligi va diqqatning parokandaligi:
Axborot texnologiyalari shaxsiy rivojlanish uchun katta imkoniyatlar yaratgan
bo‘lsa-da, axborotning haddan tashqari ko‘pligi diqqatning susayishi, chuqur fikrlashning
kamayishi, refleksiv o‘zini anglashning pasayishiga olib kelmoqda. Shaxs ko‘proq
iste’molchiga, kamroq esa tafakkur subyektiga aylanmoqda (Giddens A., 1991).
Shaxsiy rivojlanishning ijtimoiy tengsizlik bilan bog‘liqligi:
Zamonaviy jamiyatda shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarga bog‘liq holda notekis taqsimlangan. Ta’lim, madaniyat va psixologik

resurslarga kirish imkoniyatidagi farqlar shaxsiy rivojlanish jarayonini
murakkablashtiradi va adolatsizlik hissini kuchaytiradi (Baumeister R., 2005).

Zamonaviy jamiyatda shaxsiy rivojlanish muammolari shaxs va jamiyat o‘rtasidagi
murakkab munosabatlar mahsuli bo‘lib, ular identiklik inqirozi, ijtimoiy bosim,
psixologik zo‘riqish va qadriyatlar transformatsiyasi orqali namoyon bo‘lmoqda. Ushbu
muammolarni anglash shaxsiy rivojlanishni ongli, ma’naviy va mas’uliyatli strategiya
sifatida shakllantirish zaruratini taqozo etadi. Mazkur muammolarni badiiy tafakkur
orqali yoritgan Abdulla Qodiriy ijodi zamonaviy shaxs uchun ham muhim metodologik
va ma’naviy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Qodiriy merosining psixologik ahamiyati:
Abdulla Qodiriy asarlarida shaxsiy rivojlanish va hayotiy strategiyalarning ijtimoiypsixologik mohiyatini aniqlash, ularni tizimli model sifatida ilmiy asoslashdan iborat.
Bunda bir qator vazifalarni aniqlashtirish maqsadga muvofiq:
Qodiriy ijodida shaxs muammosining badiiy talqinini aniqlash;
Asarlardagi shaxsiy rivojlanish bosqichlarini psixologik jihatdan tahlil qilish;
Qahramonlar hayotiy strategiyalarini tipologiyalash;
Ichki va tashqi ijtimoiy-psixologik konfliktlarni aniqlash;
Qodiriy qarashlarini zamonaviy psixologik nazariyalar bilan qiyoslash;
Shaxsiy rivojlanish va hayotiy strategiyalarning Qodiriy konsepsiyasini ishlab
chiqish.
Ushbu konsepsiyalar orqali oliy ta’lim muassasalarida “O‘zbek adabiyoti tarixi”,
“Badiiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Falsafa” fanlarini o‘qitishda qo‘shimcha
ilmiy manbani yaratish mumkin.
Abdulla Qodiriy ijodi shaxs psixologiyasini milliy-madaniy muhitda chuqur ochib
bergani bilan alohida ahamiyatga ega. Uning asarlarida shaxsning ichki kechinmalari,
reflektiv jarayonlari va ijtimoiy bosim sharoitida qabul qilgan qarorlari psixologik
realizm asosida tasvirlangan.
Shaxsiy rivojlanish haqida olimlar va psixologlar tomonidan bir qancha ta’riflar
berilgan. Albatta, ta’riflar berilish jarayonida ijtimoiy muhit, insonning shu ijtimoiy
muhitdagi roli nuqtayi nazaridan yondashilgan deyish mumkin.
Abraham Maslow fikricha shaxsiy rivojlanish – bu insonning o‘z imkoniyatlarini
to‘liq ro‘yobga chiqarishga intilishi, ya’ni o‘zini o‘zi aktualizatsiya qilish jarayonidir
(Maslow A., 1987).
Ushbu ta’rifdan shuni anglash mumkinki, inson shaxsiy rivojlana olishi uchun
avvalo o‘zini anglashi, ya’ni o‘zining kuchli va zaif tomonlarini bilishi, o‘z qadriyatlari,
ehtiyojlari va maqsadlarini tushunishi zarur. Bundan tashqari qobiliyat va iste’dodlarini
rivojlantirish, ijodkorlik va tashabbuskorlik fazilatlariga ega bo‘lishi, boshqalarning
bosimisiz qaror qabul qilish, o‘z hayotiga mas’uliyatni olish, hayotda “nima uchun

yashayapman” degan savolga javob topish, faqat moddiy manfaat emas, mazmun izlash
asosiy jihatlardan hisoblanadi. Shuningdek, haqiqiylik (autentiklik) ya’ni soxta
niqoblarsiz yashash, o‘ziga va boshqalarga nisbatan samimiy bo‘lish, doimiy
rivojlanishga intilish, xatolardan saboq chiqarish zarurligini anglash mumkin.

Maslowning ehtiyojlar piramidasi o‘zini o‘zi aktualizatsiya qilish – eng yuqori
bosqich bo‘lib, quyi ehtiyojlar (fiziologik, xavfsizlik, ijtimoiy, hurmat) qondirilgandan
keyin to‘liq namoyon bo‘ladi (Maslow A., 1987).

Misol uchun o‘qituvchi – bilim berish orqali jamiyatga foyda keltirsa, shifokor –
kasbini faqat daromad uchun emas, insonlarga xizmat deb bilsa (bugungi kunda
jamiyatimizda uchrayotgan eng katta muammolardan biri shu hisoblanadi.
Shifokorlarning aksariyatida ko‘p yillik ta’lim olish va shu jarayonda sarflangan moddiy
mablag‘larni qaytarib olish stereotipi ularning odamlarga xizmat qilish tushunchasidan
moddiy mablag‘ini shifokorlik kasbi orqali ko‘paytirib olish va sarflangan xarajatlarni
tezroq qoplash istagi bilan faoliyatlarini boshlaydigan shifokorlar talaygina. Ushbu
tushunchani bo‘lajak shifokorlar dunyoqarashidan chiqarib tashlash uchun ta’lim tizimi
va ota-onalar birgalikda harakat qilishlari zarur), san’atkor – ichki ijodiy ehtiyojini
ro‘yobga chiqarsa, bular o‘z o‘zini aktualizatsiya qilishga yaqin holatlardir.

Karl Rojers ta’rifi bo‘yicha shaxsiy rivojlanish – bu shaxsning doimiy o‘sish va
o‘zgarish jarayoni, unda inson o‘zini anglaydi, qabul qiladi va ichki salohiyatini ochib
boradi (Rogers C., 1995).

Lev Vygotskiy ta’rifi bo‘yicha shaxsiy rivojlanish – bu ijtimoiy muhit, ta’lim va
faoliyat jarayonida shaxsning psixik sifatlari shakllanishi va takomillashuvidir (Vygotsky
L., 1978).

Bundan shuni anglash mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda Uchinchi
renessansni barpo etish masalasi strategik maqsadlarimizdan biri hisoblanadi. Yuqoridagi
ta’rifdan anglash mumkinki, ushbu maqsadga erishish uchun albatta ijtimoiy muhit,
ta’lim shaxsni rivojlanishi uchun javob bera oladigan sharoitda bo‘lishi va shunga mos
ravishda faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bu borada yurtimizda ulkan islohotlar
amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jadidlar harakatini ilmiy, badiiy va psixologik jihatdan
tadqiq qilish muhim ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Chunki Jadidchilik
harakatini psixologik jihatdan o‘rganish orqali ularning Vatan ozodligi yo‘lida qilgan
barcha ezgu harakatlari, mardliklari, jasoratlari, haqiqatni siyosiy bosimdan qo‘rqmasdan
ayta olganliklari, xalqni uyg‘otish uchun, ularni ozodlik uchun kurashga undash uchun va
yangicha fikrlash uchun o‘z hayotlaridan kechganliklarini yosh avlodga yetkazish
sharoitlar yaratilgani muhim jihatlardandir. Shuning o‘zi yoshlarni Uchinchi
Renaessansni barpo qilish yo‘lida faoliyat olib borishga undaydigan kuchli ichki motiv
hisoblanadi. Shundan anglash mumkinki, tarixdan g‘ururlanish motivi ham shaxsiy
rivojlanishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Mashhur olim Rubenshteyn nazariyasi bo‘yicha shaxsiy rivojlanish – bu shaxsning
faoliyat jarayonidan o‘zini namoyon qilishi va shakllantirishi, ichki va tashqi omillar
birligida kechadigan jarayondir (Рубинштейн С.Л., 2002).

Leontev nazariyasi bo‘yicha shaxsiy rivojlanish – bu shaxsning faoliyat motivlari,
maqsadlari va qadriyatlari tizimi shakllanishi orqali yuzaga keladigan murakkab jarayon
(Леонтьев А.Н., 2005).

Erik Erikson bo‘yicha shaxsiy rivojlanish – bu inson hayoti davomida bosqichmabosqich kechadigan psixosotsial rivojlanish, har bir bosqichda muayyan muammo va
vazifalar hal etiladi (Erikson E., 1994).

B.G. Ananyev esa shaxsiy rivojlanishga insonning biologik, ijtimoiy va psixologik
xususiyatlari o‘zaro ta’sirida shakllanuvchi uzluksiz jarayon, deb ta’rif bergan (Ananyev
B.G., 1980).

Abdulla Qodiriy psixolog emas, lekin Qodiriy adabiyotshunoslik, badiiy ijod orqali
psixologik jarayonlarni inson hayotining bir qismi sifatida yoritib bergan. Uning
asarlarini nafaqat badiiy jihatdan o‘rganish tahlil qilish kerak, balki psixologik manba
sifatida o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Qodiriy yashagan davrda psixologiya bilan bir
qatorda dunyoviy fanlar diniy dunyoqarash va diniy qadriyatlar soyasida qolib ketgan.
Dunyoviy fanlarni o‘rganish dinga nisbatan isyon sifatida qaralgan. Shuning uchun ham
shu davrda dunyo miqyosida ishlab chiqarish, fan, ta’lim rivojlangan bir sharoitda
mamlakatimizda eskicha yashash oqibatida ishlab chiqarish, texnika taraqqiyoti orqada
qolib ketgan. Shu jihat ham insonlarning shaxsiy rivojlanishiga, xorijiy davlat insonlari
bilan tubdan farq qiladigan dunyoqarash shakllanishiga sabab bo‘lgan.

Abdulla Qodiriy ham aynan ushbu muammolarni o‘z ijodi orqali badiiy talqinda
jamiyatning ijtimoiy-psixologik muammolarini ochib bergan.

Abdulla Qodiriy ijodini o‘rganish va ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilish
jarayonida uning shaxsiy rivojlanishga ta’rifini quyidagicha keltirish mumkin.

Shaxsiy rivojlanish – bu insonning jaholat va an’anaviy qoloqlikdan xalos bo‘lib,
ilm, ong, axloq va mas’uliyat orqali o‘zligini anglash, jamiyat taqdiriga befarq bo‘lmas
darajada yetuk shaxsga aylanish jarayonidir.

Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlarida shaxsiy rivojlanish
quyidagi mezonlar orqali namoyon bo‘ladi:

Ilm va ma’rifatga intilish, bunda Qodiriy uchun rivojlangan shaxs – bilimli,
dunyoqarashi keng inson. Bu yerda bilimli deganda faqat diniy bilimlar egasi emas, balki
dunyoviy bilimlarni ham chuqur o‘zlashtirgan, o‘z xatti-harakatlarini baholay oladigan,
o‘zini tergash orqali dunyoqarashini yanada rivojlantirishga intila oladigan, o‘ziga
obyektiv baho berib, kamchiliklarini tan olgan holda uni bartaraf etishga intiladigan inson
nazarda tutiladi.

Tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega inson. Qodiriy asarlari qahramonlari ko‘pincha
eskicha tafakkur va adolatsiz urf-odatlar qurboni bo‘ladi. Rivojlanish esa shu holatni
anglashdan boshlanadi. Bunda Qodiriy qarashi bo‘yicha shaxsiy rivojlangan inson o‘zini
o‘rab olgan ijtimoiy olamni bugungi kun nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilishi zarurligi
nazarda tutilmoqda.

Axloqiy yetuklik darajasidagi inson. Bunda inson nafaqat o‘zini o‘ylashi, balki
jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilishi kerak (Otabek obrazi bunga misol). Bugungi
kunda dunyo hamjamiyatida egotsentrizm g‘oyasi tobora avj olib bormoqda va insoniyat
dunyoqarashining asosi sifatida gavdalanmoqda. Bunday holatda jamiyat oldida
mas’uliyat tuyg‘usini ijtimoiy-psixologik muammo sifatida o‘rganish muhim ahamiyatga
ega. Yuqorida dunyo psixolog olimlarining shaxsiy rivojlanishga bergan ta’riflarida ham
aynan ijtimoiy mas’uliyat shaxsiy rivojlanishning eng muhim omili sifatida gavdalangan.
Ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usi ko‘plab ijtimoiy va siyosiy muammolarning barham topish
omili hisoblanadi.

Milliy va ijtimoiy ong. Shaxsiy rivojlanish Qodiriyda faqat individual emas, balki
millat taqdiri bilan bog‘liq tushuncha sifatida gavdalangan.

Jasorat va tanlov. Qodiriy bo‘yicha rivojlangan shaxs – adolatsizlikka qarshi
turishga jur’at topa oladigan insondir.

Yuqoridagi fikr-mulohazalar asosida Qodiriy ijodi nuqtayi nazaridan shaxsiy
rivojlanish – bu shaxsning ijtimoiy ong, ma’rifat va axloqiy yetuklik asosida shakllanib,
eskicha tafakkurga qarshi kurasha oladigan, jamiyat taraqqiyotiga mas’uliyat bilan
yondashadigan inson darajasiga yetishish jarayonidir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning dastlabki
asarlaridan biri bo‘lgan “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” asari hisoblanadi. U
mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va
2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi asosida
tayyorlangan.

Demak, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojida fuqarolarning, ayniqsa, rahbar
shaxslarning shaxsiy rivojlanishi muhim ahamiyatga ega va bu shaxsiy rivojlanish
tanqidiy tahlil, kuchli tartib-intizom, jamiyat oldidagi shaxsiy javobgarlik fazilatlari qaror
topishi va uni kundalik qoidalar tizimi sifatida ko‘ra olish va unga amal qilish bilan
belgilanishini anglash mumkin.

“O‘tkan kunlar” romanidagi Otabek obrazi ichki nazorat lokusiga ega shaxs sifatida
namoyon bo‘ladi. U o‘z hayotidagi muhim qarorlar uchun mas’uliyatni tashqi omillarga
emas, balki shaxsiy tanloviga bog‘laydi. Bu holat psixologiyada yetuk shaxs belgisi
sifatida e’tirof etiladi (Bandura A., 1977).

Otabekning mustaqil fikrlashi va ijtimoiy stereotiplarga qarshi chiqishi uning
shaxsiy rivojlanish darajasi yuqoriligidan dalolat beradi.

Qodiriy asarlarida ichki ziddiyat shaxsiy rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi
kuchi sifatida tasvirlanadi. Qahramonlar o‘z kechinmalarini tahlil qilish, xatolarini
anglash va psixologik xulosalar chiqarish orqali rivojlanadi. Bu jarayon refleksiya
tushunchasi bilan izohlanadi (Rogers C., 1995).

Kumush obrazi emotsional refleksiya va psixologik barqarorlikning yorqin
namunasidir. Zamonaviy psixologiyada bu sifatlar emotsional intellekt tarkibiy qismlari
sifatida qaraladi.

Qodiriy ijodida ijtimoiy muhit shaxs rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida
namoyon bo‘ladi. Patriarxal munosabatlar va ijtimoiy bosim shaxsning erkin qaror qabul
qilishini cheklaydi. Bu holat ijtimoiy psixologiyada konformizm va normativ bosim
tushunchalari bilan izohlanadi (Tajfel H. & Turner J., 1986).

Qodiriy asarlarida inson shaxs sifatida oliy qadriyat darajasiga ko‘tariladi.
Insonning ichki dunyosiga hurmat, empatiya va shaxsiy tanlov erkinligi adib ijodining
psixologik asosini tashkil etadi. Bu yondashuv gumanistik psixologiya tamoyillari bilan
to‘liq uyg‘unlashadi (Maslow A., 1987; Rogers C., 1995).

XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Abdulla Qodiriy ijodida shaxsiy
rivojlanish konsepsiyasi zamonaviy psixologiyaning yetakchi nazariyalari bilan
mazmunan va metodologik jihatdan chuqur uyg‘unlashgan. Qodiriy asarlaridagi
qahramonlar (Otabek, Kumush va boshqalar) o‘zini anglash, ichki ziddiyatlarni bartaraf
etish, refleksiya, hayotiy tanlov va ijtimoiy muhit ta’siri orqali shaxsiy rivojlanishning
real psixologik mexanizmlarini badiiy obrazlar orqali ishonchli tarzda namoyon etadi. Bu
obrazlar nafaqat o‘z davrining ijtimoiy-psixologik muammolarini ochib bergan, balki
bugungi kunda ham shaxsiy rivojlanishning milliy-madaniy modelini taklif etadi.
Tadqiqot shuni tasdiqlaydiki, Qodiriy ijodi shaxsiy rivojlanishni faqat individual emas,
balki millat taqdiri, axloqiy yetuklik va ijtimoiy mas’uliyat bilan bog‘liq jarayon sifatida
talqin qiladi. Ushbu xulosalar Qodiriy merosini psixologik tadqiqotlar, ta’lim-tarbiya
jarayoni va yoshlar ma’naviy rivojlanishi uchun samarali manba sifatida qo‘llash
imkonini beradi.
Ushbu tadqiqot xulosasidan kelib chiqib ushbu tavsiyalarni keltirishimiz mumkin
bo‘ladi.
Yoshlar bilan ishlash bo‘limlari va ma’naviyat-ma’rifat markazlarida Qodiriy
asarlariga asoslangan psixologik treninglar va seminarlar tashkil etish. Masalan, “Otabek
obrazi orqali ichki nazorat lokusini rivojlantirish” yoki “Kumush timsolida emotsional
barqarorlikni mustahkamlash” mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Maktab va OTM darsliklariga Qodiriy qahramonlarining psixologik portretlarini
kiritish orqali yoshlarda tanqidiy fikrlash, axloqiy yetuklik va ijtimoiy
moslashuvchanlikni shakllantirishga qaratilgan maxsus topshiriqlar ishlab chiqish. Bu
topshiriqlar orqali o‘quvchilar o‘z hayotiy tanlovlarini Qodiriy obrazlari bilan qiyoslab,
shaxsiy rivojlanish strategiyalarini mustaqil tuzishga o‘rganadi.

Ushbu takliflar Qodiriy ijodining psixologik salohiyatidan samarali foydalanish
orqali yosh avlodda mustaqil, mas’uliyatli va ma’naviy yetuk shaxsni shakllantirishga
xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ananyev B.G. (1980). Man as a Subject of Knowledge. – Leningrad.
2. Baumeister R. (2005). Identity: Cultural Change and the Struggle for Self. –
Oxford.
3. Bandura A. (1977). Social Learning Theory. – Englewood Cliffs: Prentice Hall.
4. Erikson E. (1994). Identity: Youth and Crisis. – New York: Norton.
5. Frankl V. (2006). Man’s Search for Meaning. – New York: Beacon Press.
6. Fromm E. (1990). Man for Himself. – New York: Holt.
7. Giddens A. (1991). Modernity and Self-Identity. – Stanford University Press.
8. Леонтьев А.Н. (2005). Деятельность. Сознание. Личность. – Москва.
9. Maslow A. (1987). Motivation and Personality. – New York: Harper & Row.
10. Qodiriy A. (2018). Mehrobdan chayon. – Toshkent: Sharq.
11. Qodiriy A. (2019). O‘tkan kunlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom.
12. Rogers C. (1995). On Becoming a Person. – Boston: Houghton Mifflin.
13. Рубинштейн С.Л. (2002). Основы общей психологии. – Москва.
14. Tajfel H., Turner J. (1986). The Social Identity Theory of Intergroup Behavior.
– Psychology of Intergroup Relations.
15. Vygotsky L. (1978). Mind in Society. – Cambridge: Harvard University Press.

REFERENCES:
1. Ananev B.G. (1980). Man as a Subject of Knowledge. – Leningrad. (In English)
2. Baumeister R. (2005). Identity: Cultural Change and the Struggle for Self. –
Oxford. (In English)
3. Bandura A. (1977). Social Learning Theory. – Englewood Cliffs: Prentice Hall.
(In English)
4. Erikson E. (1994). Identity: Youth and Crisis. – New York: Norton. (In English)
5. Frankl V. (2006). Man’s Search for Meaning. – New York: Beacon Press. (In
English)
6. Fromm E. (1990). Man for Himself. – New York: Holt. (In English)
7. Giddens A. (1991). Modernity and Self-Identity. – Stanford University Press. (In
English)

8. Leontev A.N. (2005). Deyatelnost. Soznaniye. Lichnost. – Moskva. (In Russian)
9. Maslow A. (1987). Motivation and Personality. – New York: Harper & Row. (In
English)
10. Qodiriy A. (2018). Mehrobdan chayon. – Toshkent: Sharq. (In Uzbek)
11. Qodiriy A. (2019). O‘tkan kunlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom. (In Uzbek)
12. Rogers C. (1995). On Becoming a Person. – Boston: Houghton Mifflin. (In
English)
13. Rubinshteyn S.L. (2002). Osnovi obshey psixologii. – Moskva. (In Russian)
14. Tajfel H., Turner J. (1986). The Social Identity Theory of Intergroup Behavior.
– Psychology of Intergroup Relations. (In English)
15. Vygotsky L. (1978). Mind in Society. – Cambridge: Harvard University Press.
(In English)