ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashni takomillashtirish modeli

Sakiyev Sardor Shuxratovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING O‘Z KASBIGA
SADOQAT RUHIDA TARBIYALASHNI TAKOMILLASHTIRISH MODELI

A MODEL FOR IMPROVING THE LEVEL OF EDUCATION OF
EMPLOYEES OF THE INTERNAL AFFAIRS DEPARTMENT IN THE SPIRIT

OF LOYALTY TO THEIR PROFESSION
МОДЕЛЬ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ ОБРАЗОВАНИЯ СОТРУДНИКОВ
ОТДЕЛА ВНУТРЕННИХ ДЕЛ В ДУХЕ ЛОЯЛЬНОСТИ К СВОЕЙ

ПРОФЕССИИ
https://zenodo.org/records/19442377

Sakiyev Sardor Shuxratovich
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar

vazirligi Malaka oshirish instituti
Ilmiy kotibi

Tel.: +998 99 898-68-15
E-mail: sakiyevsardor@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z kasbiga
sadoqat ruhida tarbiyalashni takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan va ilmiy-nazariy
jihatdan asoslangan. Tadqiqotda kasbiy sadoqat tushunchasining mohiyati, tarkibiy
qismlari va shakllanish omillari tahlil qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlarining
kasbiy sadoqatini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan tizimli-model yondashuv
asosida pedagogik model ishlab chiqilgan. Model maqsadli, tashkiliy-mazmuniy,
texnologik va baholash-natijaviy bloklardan iborat bo‘lib, u xodimlarning kasbiy
sadoqatini bosqichma-bosqich shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, modelni
amaliyotga joriy etish mexanizmlari, shart-sharoitlari va samaradorlik mezonlari
belgilangan. Tadqiqot natijalari asosida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy
sadoqatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: kasbiy sadoqat, ichki ishlar organlari, pedagogik model, tarbiya,
takomillashtirish, kasbiy tayyorgarlik, axloqiy qadriyatlar, xizmat burchi, innovatsion
yondashuv.
Abstract. This article develops and scientifically-theoretically substantiates a model
for improving the education of internal affairs employees in the spirit of loyalty to their
profession. The research analyzes the essence of the concept of professional loyalty, its
components, and formation factors. A pedagogical model based on a systemic-model
approach aimed at forming and developing professional loyalty of internal affairs
employees has been developed. The model consists of target, organizational-content,
technological, and evaluation-result blocks, which allows for the gradual formation of
employees' professional loyalty. Additionally, mechanisms for implementing the model
in practice, conditions, and effectiveness criteria are defined. Based on the research

results, practical recommendations for increasing the professional loyalty of internal
affairs employees have been developed.

Keywords: professional loyalty, internal affairs agencies, pedagogical model,
education, improvement, professional training, moral values, official duty, innovative
approach.

Аннотация. в данной статье разработана и научно-теоретически обоснована
модель совершенствования воспитания сотрудников органов внутренних дел в
духе преданности своей профессии. В исследовании проанализированы сущность
понятия профессиональной преданности, его компоненты и факторы
формирования. На основе системно-модельного подхода, направленного на
формирование и развитие профессиональной преданности сотрудников органов
внутренних дел, разработана педагогическая модель. Модель состоит из целевого,
организационно-содержательного, технологического и оценочно-результативного
блоков, что позволяет поэтапно формировать профессиональную преданность
сотрудников. Также определены механизмы внедрения модели в практику, условия
и критерии эффективности. На основе результатов исследования разработаны
практические рекомендации по повышению профессиональной преданности
сотрудников органов внутренних дел.

Ключевые слова: профессиональная преданность, органы внутренних дел,
педагогическая модель, воспитание, совершенствование, профессиональная
подготовка, нравственные ценности, служебный долг, инновационный подход.

KIRISH
Huquqiy demokratik davlatni barpo etish sharoitida ichki ishlar organlari faoliyati
jamiyat barqarorligi va xavfsizligining muhim omili hisoblanadi. Mazkur tizimda xizmat
qilayotgan xodimlarning kasbiy saviyasi, maʼnaviy qiyofasi va xizmatga sadoqati
davlatning ijtimoiy siyosati samaradorligiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi. Ayniqsa,
globallashuv, axborot oqimining keskin ortishi va ijtimoiy ongning transformatsiyasi
sharoitida ichki ishlar organlari xodimlarida mustahkam kasbiy pozitsiyani shakllantirish
zarurati yanada kuchaymoqda.
Kasbiy sadoqat fenomeni pedagogika, psixologiya va boshqaruv nazariyasida turli
yo‘nalishlarda o‘rganilgan. Psixologik nuqtayi nazardan, kasbiy sadoqat shaxsning ichki
motivatsiyasi, kasbiy identifikatsiyasi va qadriyatlar tizimi bilan uzviy bog‘liq. Shaxs
o‘zini muayyan kasb vakili sifatida anglagan va ushbu kasbni o‘z hayot mazmuni bilan
bog‘lagan taqdirdagina barqaror sadoqat shakllanadi.
Pedagogik yondashuvda esa kasbiy sadoqat maʼnaviy tarbiya, vatanparvarlik, burch
hissi va axloqiy masʼuliyat natijasi sifatida talqin etiladi. Ichki ishlar organlari tizimi
uchun bu tushuncha yanada chuqurroq mazmunga ega. Chunki bu sohada xizmat qiluvchi
xodim kundalik faoliyatida murakkab, baʼzan xavfli vaziyatlarga duch keladi. Bunday

sharoitda faqat tashqi nazorat emas, balki ichki eʼtiqod va kasbiy sadoqat hal qiluvchi
omil bo‘lib xizmat qiladi.

Kasbiy sadoqat quyidagi tarkibiy elementlardan iborat:
-kasbiy identifikatsiya;
-xizmat burchiga sodiqlik;
-axloqiy barqarorlik;
-qonun ustuvorligiga hurmat;
-jamoaviylik va hamjihatlik.
Ushbu elementlarning uyg‘un rivojlanishi ichki ishlar organlari faoliyatining
samaradorligini taʼminlaydi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashni
takomillashtirish modeli avvalo aniq konseptual poydevorga ega bo‘lishi zarur. Chunki
har qanday amaliy tizim chuqur nazariy asosga tayanmasa, uning samaradorligi barqaror
bo‘lmaydi. Konseptual asoslar modelning g‘oyaviy yo‘nalishini, metodologik
tamoyillarini va amaliy mexanizmlarini belgilab beradi. Shu bois mazkur model shaxs
rivoji, kasbiy identifikatsiya va qadriyatlar tizimiga oid ilmiy qarashlar uyg‘unligida
ishlab chiqiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashni
takomillashtirish modeli masalasi pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik va
boshqaruv nazariyasi kesishgan nuqtada joylashgan murakkab ilmiy muammo
hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar asosan kasbiy sadoqat,
tashkilotga sodiqlik, kasbiy motivatsiya va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalariga
bag‘ishlangan.
Shaxs rivoji va kasbiy identifikatsiya nazariy asoslarini ishlab chiqqan olimlar
mazkur modelni yaratishda muhim metodologik poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Vygotskiy shaxs rivojida ijtimoiy muhit va muloqotning hal qiluvchi rolini asoslab, shaxs
ongining shakllanishi ijtimoiy tajriba orqali amalga oshishini taʼkidlagan (Vygotsky L.
S., 1978: 34). Bu yondashuv ichki ishlar organlari tizimida kasbiy sadoqatni
shakllantirishda xizmat jamoasi, rahbar shaxsiy namunasining ahamiyatini tushuntirishda
muhimdir.
Bandura ijtimoiy o‘rganish nazariyasida inson xulqi kuzatish va taqlid orqali
shakllanishini ko‘rsatadi (Bandura A., 1977: 36). Muallifning fikricha, shaxs ijtimoiy
modelni qabul qilish orqali o‘z xulqini shakllantiradi. Bu nazariya ichki ishlar organlarida
rahbarlar va tajribali xodimlarning kasbiy namunasi yosh xodimlar sadoqatini
rivojlantirishda asosiy omillardan biri ekanini ko‘rsatadi.
Kasbiy motivatsiya nazariyalarida sadoqat shaxsning ichki ehtiyojlari va qadriyatlari
bilan bog‘liq holda talqin etiladi. Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi konsepsiyasida shaxsning

o‘zini namoyon etish ehtiyoji eng yuqori bosqich sifatida ko‘rsatiladi (Maslow A., 1954:
86). Ichki ishlar organlari xodimi o‘z kasbini shaxsiy o‘sish va ijtimoiy ahamiyatga ega
faoliyat sifatida qabul qilsa, uning kasbiy sadoqati mustahkamlanadi.

Milliy pedagogika doirasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari keng yoritilgan.
Tolipov va Usmonboyeva shaxsda ijtimoiy masʼuliyat va kasbiy ongni shakllantirish
pedagogik texnologiyalar orqali amalga oshirilishini taʼkidlaydi (Толипов Ў.,
Усмонбоева М., 2012: 120). Ularning fikricha, shaxsning kasbiy pozitsiyasi maqsadli va
tizimli taʼlim-tarbiya jarayonida rivojlanadi.

O‘zbekistonlik olim F.Sh. Sharipov ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy
madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini tahlil qilgan (Шарипов Ф.Ш.,
2018: 32). Muallif kasbiy sadoqat xizmat samaradorligining muhim omili ekanini qayd
etib, uni rivojlantirishda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni
yuqori ekanini asoslaydi.

A.X. Xudoyberganov o‘z tadqiqotlarida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy
deformatsiyasi va uning oldini olish masalalarini ko‘rib chiqadi (Xudoyberganov A.X.,
2020: 47). Muallif kasbiy sadoqatni mustahkamlash shaxsiy fazilatlar, qadriyatlar tizimi
va xizmat motivatsiyasi bilan uzviy bog‘liqligini taʼkidlaydi. U kasbiy deformatsiyaning
oldini olishda psixologik qo‘llab-quvvatlash va tizimli tarbiya muhimligini asoslab
beradi.

Kasbiy etika va huquqiy madaniyat masalalari ham ilmiy manbalarda keng
o‘rganilgan. G‘oziyev shaxsning axloqiy barqarorligi kasbiy muvaffaqiyatning asosiy
omili ekanini taʼkidlaydi (Ғозиев Э., 2002: 214). Ichki ishlar organlari faoliyatida
halollik, adolat va masʼuliyat kasbiy sadoqatning asosiy mezonlari sifatida qaraladi.

Shu bilan birga, mavjud tadqiqotlar asosan kasbiy sadoqatning alohida jihatlarini
o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy sadoqatini
takomillashtirishning kompleks modeli yetarlicha tizimlashtirilmagan. Pedagogik,
psixologik va tashkiliy omillarni integratsiyalashgan holda yorituvchi ilmiy ishlanmalar
kam uchraydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashni
takomillashtirish modelini ishlab chiqish va asoslash jarayoni aniq ilmiy metodologiyaga
tayangan holda amalga oshirildi. Tadqiqot metodologiyasi mazkur muammoni har
tomonlama, tizimli va kompleks o‘rganishga qaratildi. Chunki kasbiy sadoqat fenomeni
pedagogik, psixologik va ijtimoiy omillar uyg‘unligida shakllanadi. Metodologik asosini
tizimli yondashuv tashkil etdi. Tizimli yondashuvga ko‘ra, kasbiy sadoqat alohida hodisa
emas, balki shaxs, jamoa va tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik natijasidir. Shu bois
modelni ishlab chiqishda ichki ishlar organlari faoliyatining maqsadlari, tarbiyaviy ishlar

mazmuni, motivatsion mexanizmlar va tashkiliy omillar bir butun tizim sifatida ko‘rib
chiqildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashni
takomillashtirish modeli masalasi pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik va
boshqaruv nazariyasi kesishgan nuqtada joylashgan murakkab ilmiy muammo
hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar asosan kasbiy sadoqat,
tashkilotga sodiqlik, kasbiy motivatsiya va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalariga
bag‘ishlangan (Meyer J., Allen N., 1991: 74).
Shaxs rivoji va kasbiy identifikatsiya nazariy asoslarini ishlab chiqqan olimlar
mazkur modelni yaratishda muhim metodologik poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Vygotskiy shaxs rivojida ijtimoiy muhit va muloqotning hal qiluvchi rolini asoslab, shaxs
ongining shakllanishi ijtimoiy tajriba orqali amalga oshishini taʼkidlagan (Vygotsky L.
S., 1978: 34). Bu yondashuv ichki ishlar organlari tizimida kasbiy sadoqatni
shakllantirishda xizmat jamoasi, rahbar shaxsiy namunasining ahamiyatini tushuntirishda
muhimdir.
Bandura ijtimoiy o‘rganish nazariyasida inson xulqi kuzatish va taqlid orqali
shakllanishini ko‘rsatadi (Bandura A., 1977: 36). Muallifning fikricha, shaxs ijtimoiy
modelni qabul qilish orqali o‘z xulqini shakllantiradi. Bu nazariya ichki ishlar organlarida
rahbarlar va tajribali xodimlarning kasbiy namunasi yosh xodimlar sadoqatini
rivojlantirishda asosiy omillardan biri ekanini ko‘rsatadi.
Kasbiy motivatsiya nazariyalarida sadoqat shaxsning ichki ehtiyojlari va qadriyatlari
bilan bog‘liq holda talqin etiladi. Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi konsepsiyasida shaxsning
o‘zini namoyon etish ehtiyoji eng yuqori bosqich sifatida ko‘rsatiladi (Maslow A., 1954:
86). Ichki ishlar organlari xodimi o‘z kasbini shaxsiy o‘sish va ijtimoiy ahamiyatga ega
faoliyat sifatida qabul qilsa, uning kasbiy sadoqati mustahkamlanadi.
Tashkilotga sodiqlik masalasi boshqaruv nazariyasida keng o‘rganilgan. Meyer va
Allen tashkilotga sodiqlikni affektiv, davomiy va normativ komponentlarga ajratgan
(Meyer J., Allen N., 1991: 74). Bu yondashuv ichki ishlar organlari xodimlarining tizimga
sodiqligini kompleks yondashuv asosida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi. Affektiv
sodiqlik xodimning tashkilotga hissiy bog‘liqligini, normativ sodiqlik esa burch hissini
ifodalaydi. Mazkur komponentlar kasbiy sadoqat modelining konseptual asosini boyitadi.
Milliy pedagogika doirasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari keng yoritilgan.
Tolipov va Usmonboyeva shaxsda ijtimoiy masʼuliyat va kasbiy ongni shakllantirish
pedagogik texnologiyalar orqali amalga oshirilishini taʼkidlaydi (Толипов Ў.,
Усмонбоева М., 2012: 120). Ularning fikricha, shaxsning kasbiy pozitsiyasi maqsadli va
tizimli taʼlim-tarbiya jarayonida rivojlanadi.

O‘zbekistonlik olim F.Sh. Sharipov ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy
madaniyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini tahlil qilgan (Шарипов Ф.Ш.,
2018: 32). Muallif kasbiy sadoqat xizmat samaradorligining muhim omili ekanini qayd
etib, uni rivojlantirishda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni
yuqori ekanini asoslaydi.

A.X. Xudoyberganov o‘z tadqiqotlarida ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy
deformatsiyasi va uning oldini olish masalalarini ko‘rib chiqadi (Xudoyberganov A.X.,
2020: 47). Muallif kasbiy sadoqatni mustahkamlash shaxsiy fazilatlar, qadriyatlar tizimi
va xizmat motivatsiyasi bilan uzviy bog‘liqligini taʼkidlaydi. U kasbiy deformatsiyaning
oldini olishda psixologik qo‘llab-quvvatlash va tizimli tarbiya muhimligini asoslab
beradi.

Kasbiy etika va huquqiy madaniyat masalalari ham ilmiy manbalarda keng
o‘rganilgan. G‘oziyev shaxsning axloqiy barqarorligi kasbiy muvaffaqiyatning asosiy
omili ekanini taʼkidlaydi (Ғозиев Э., 2002: 214). Ichki ishlar organlari faoliyatida
halollik, adolat va masʼuliyat kasbiy sadoqatning asosiy mezonlari sifatida qaraladi.

So‘nggi yillarda ilmiy adabiyotlarda media va axborot texnologiyalarining
tarbiyaviy imkoniyatlari ham yoritilmoqda. Azizxo‘jayeva zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining taʼlim-tarbiya jarayonidagi o‘rnini tahlil qilib,
media vositalar shaxsning qadriyatlar tizimini shakllantirishda muhim rol o‘ynashini
qayd etadi (Азизхўжаева Н.Н., 2019: 94). Bu yondashuv kasbiy sadoqatni
takomillashtirish modelida media komponentni qo‘shish zaruratini asoslaydi.

Shu bilan birga, mavjud tadqiqotlar asosan kasbiy sadoqatning alohida jihatlarini
o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy sadoqatini
takomillashtirishning kompleks modeli yetarlicha tizimlashtirilmagan. Pedagogik,
psixologik va tashkiliy omillarni integratsiyalashgan holda yorituvchi ilmiy ishlanmalar
kam uchraydi.

Tadqiqotning diagnostik bosqichida qo‘lga kiritilgan empirik ma'lumotlar,
shuningdek, kasbiy sadoqatning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashkiliy omillarni ham
aniqlash imkonini berdi (Шарипов Ф.Ш., 2018: 32). Xususan, xizmat vazifalarining aniq
taqsimlanmaganligi, moddiy-texnik bazaning ayrim hollarda talabga javob bermasligi va
martaba o‘sishidagi ba'zi subyektiv qarashlar xodimlarning tizimga bo‘lgan ishonchiga
salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi (Xudoyberganov A.X., 2020: 47). Bu esa
kasbiy sadoqatni shakllantirish modeli nafaqat psixologik-pedagogik, balki tashkiliyboshqaruv mexanizmlarini ham o‘z ichiga olishi lozimligini ko‘rsatdi. Zero, yuqori
kasbiy sadoqat faqatgina individual omillarning emas, balki sog‘lom tashkiliy muhit va
adolatli boshqaruv tamoyillarining ham mahsulidir (Meyer J., Allen N., 1991: 74).

Shu nuqtayi nazardan, ishlab chiqilgan model nafaqat xodimning ichki dunyosiga,
balki uning kasbiy faoliyatidagi tashqi shart-sharoitlarni yaxshilashga ham qaratilgan.

Modelning asosini tashkil etuvchi komponentlar (maqsadli, mazmuniy, texnologik va
motivatsion) o‘zaro dialektik bog‘liqlikda ishlaydi. Maqsadli blok kasbiy sadoqatning
yuqori darajasiga erishishni belgilasa, mazmuniy blok bu jarayonda qanday bilim,
ko‘nikma va qadriyatlar shakllantirilishi kerakligini aniqlaydi. Texnologik blok esa bu
maqsadlarga erishish uchun eng samarali shakl, metod va vositalarni (treninglar,
mashg'ulotlar, individual suhbatlar, mentorlik) taklif etadi. Motivatsion blok esa
xodimning faoliyatga bo‘lgan ichki intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlarini o‘z ichiga oladi (Bandura A., 1977: 36).

Modelning amaliy sinovi nafaqat xodimlarning kasbiy motivatsiyasini oshirish,
balki ularning o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qildi.
Interaktiv mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan kollaborativ topshiriqlar, guruhiy muhokamalar
va keys-stadilar xodimlarning bir-birining tajribasidan o‘rganishi, murakkab vaziyatlarda
birgalikda yechim izlash ko‘nikmalarini mustahkamladi. Bu esa jamoa ichidagi
psixologik iqlimni sezilarli darajada yaxshiladi. Xodimlar o‘rtasida norasmiy muloqot
kuchaydi, bir-biriga nisbatan ishonch va hurmat hissi ortdi. Bu kabi ijobiy o‘zgarishlar,
o‘z navbatida, xodimlarning nafaqat o‘z kasbiga, balki aynan shu jamoada xizmat
qilishga bo‘lgan sadoqatini (affektiv sadoqat) oshirishga xizmat qildi (Meyer J., Allen N.,
1991: 74).

Shuningdek, tadqiqot davomida kasbiy sadoqatni shakllantirishda rahbar
kadrlarning roli alohida ekanligi yana bir bor tasdiqlandi. Rahbarning xodimlarga
nisbatan adolatli munosabati, ularning muammolariga e'tibor qaratishi, yutuqlarini
rag‘batlantirishi va qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlashi xodimlarning tashkilotga
bo‘lgan normativ sadoqatini mustahkamlaydi (Шарипов Ф.Ш., 2018: 32). Modelni
amaliyotga tatbiq etish jarayida bo‘linma rahbarlari bilan maxsus seminarlar o‘tkazilib,
ularda kasbiy sadoqatni oshirishning psixologik va boshqaruv usullari, xodimlar bilan
samarali muloqot qilish, ularni ma'naviy rag‘batlantirish va jamoaviy ruhni shakllantirish
bo‘yicha tavsiyalar berildi. Rahbarlarning bu boradagi kompetensiyasini oshirish model
barqarorligining muhim kafolatlaridan biri sifatida baholandi (Xudoyberganov A.X.,
2020: 47).

Olingan natijalar kasbiy sadoqatni takomillashtirish modelining nafaqat joriy holatni
yaxshilash, balki uzoq muddatli istiqbolda barqaror natijalarni ta'minlash imkoniyatini
ko‘rsatdi. Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, model komponentlarining izchil va
tizimli qo‘llanilishi natijasida xodimlarda quyidagi sifatlar barqaror rivojlanadi:

 Kasbiy ong va o‘z-o‘zini anglashning yuqori darajasi: Xodim o‘zining kasbiy
"men"ini aniq shakllantiradi, o‘z kuchli va zaif tomonlarini tahlil qila oladi, kasbiy
rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi (Vygotsky L. S., 1978: 34; Bandura A., 1977: 36).

 Ma'naviy-axloqiy barqarorlik: Xizmat faoliyatida yuzaga keladigan murakkab
axloqiy dilemmalarda qonun va kasbiy etika talablaridan kelib chiqib to‘g‘ri qaror qabul

qilish qobiliyati shakllanadi. Huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, adolat va
halollik kabi fazilatlar mustahkamlanadi (Ғозиев Э., 2002: 214).

 Psixologik chidamlilik va stressga bardoshlilik: Xodimda ekstremal vaziyatlarda
o‘zini tutish, hissiy zo‘riqishlarni boshqarish va professional deformatsiyaning oldini
olish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bu, ayniqsa, ichki ishlar organlari xodimlarining og‘ir va
ba'zan xavfli sharoitlarda xizmat olib borishlarini hisobga olganda, muhim ahamiyat kasb
etadi (Xudoyberganov A.X., 2020: 47).

 Tashkilotga sodiqlik va daxldorlik hissi: Xodim o‘zini ichki ishlar organlari
tizimining bir bo‘lagi sifatida his qiladi, tizimning muvaffaqiyati va obro‘sini shaxsiy
muvaffaqiyati deb biladi. Bu esa uning xizmat vazifalariga nisbatan mas'uliyatini yanada
oshiradi (Meyer J., Allen N., 1991: 74).

Xulosa qilib aytganda, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy sadoqatini
takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan model o‘zining nazariy asoslanganligi va
amaliy samaradorligini namoyish etdi. Modelni keng ko‘lamda joriy etish quyidagi
strategik natijalarni kafolatlashi mumkin:

 Xodimlarning kasbiy deformatsiyasining oldini olish: Tizimli psixologik
qo‘llab-quvvatlash va ma'naviy-axloqiy tarbiya mexanizmlari orqali xodimlarning
shaxsiy va kasbiy "yanjishi"ning oldi olinadi, ularning uzoq yillar davomida samarali
faoliyat yuritishi uchun zamin yaratiladi (Xudoyberganov A.X., 2020: 47).

 Ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish: Yuqori kasbiy
sadoqatga ega bo‘lgan, o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashadigan xodim jamoat
xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ochishda yuqori natijalarga
erishadi. Bu esa butun tizimning ish faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi (Шарипов Ф.Ш.,
2018: 32).

 Jamiyat bilan ijobiy aloqalarni mustahkamlash: O‘z kasbiga sodiq, halol va
adolatli xodimlarning xizmati aholi orasida ichki ishlar organlariga nisbatan ishonch va
hurmatni oshiradi. Bu esa fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan
hamkorligini kuchaytirish, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat
qiladi (Азизхўжаева Н.Н., 2019: 94).

 Barqaror kadrlar salohiyatini shakllantirish: Kasbiy sadoqat yuqori bo‘lgan
muhitda kadrlar almashinuvi kamayadi, tajribali xodimlarning tizimda saqlanib qolishi
ta'minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, yosh kadrlarning tarbiyalanishi va kasbiy kamolotiga
ijobiy ta'sir ko‘rsatib, tizimda avloddan-avlodga o‘tadigan professional an'analarni
shakllantiradi (Толипов Ў., Усмонбоева М., 2012: 120).

Shunday qilib, taqdim etilgan model va undan kelib chiqadigan tavsiyalar ichki
ishlar organlarida inson resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish, xodimlarning
ma'naviy-psixologik tayyorgarligini mustahkamlash va pirovard natijada jamiyatda

qonun ustuvorligi va xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladigan muhim ilmiy-amaliy
ahamiyatga ega.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi:
Kasbiy sadoqat – ichki ishlar organlari xodimlarining muhim kasbiy sifati bo‘lib, u
kognitiv, emotsional, motivatsion, xulqiy-kompetentlik va refleksiv komponentlardan
iborat murakkab tuzilmaga ega. Ushbu komponentlarning uyg‘un rivojlanganligi
xodimning o‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishini ta’minlaydi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy sadoqatini shakllantirish va
rivojlantirishga qaratilgan amaldagi tizim tahlili shuni ko‘rsatadiki, mavjud tizim
an’anaviy metodlarga asoslangan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion
yondashuvlardan yetarli darajada foydalanilmayapti. Xodimlarning kasbiy sadoqat
darajasi diagnostikasi respondentlarning atigi 28 foizi yuqori darajaga ega ekanligini
ko‘rsatdi.
Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z kasbiga
sadoqat ruhida tarbiyalashni takomillashtirish modeli to‘rt blokdan (maqsadli, tashkiliymazmuniy, texnologik, baholash-natijaviy) iborat bo‘lib, u xodimlarning kasbiy
sadoqatini bosqichma-bosqich, tizimli va maqsadli shakllantirish imkonini beradi.
Modelni amaliyotga joriy etish muayyan tashkiliy, normativ-huquqiy, kadrlar,
moddiy-texnik va ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni talab etadi. Ushbu shartsharoitlar ta’minlangan taqdirda model yuqori samara berishi mumkin.
Model samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan mezon va
ko‘rsatkichlar tizimi kasbiy sadoqatning barcha komponentlarini har tomonlama baholash
imkonini beradi.
Tadqiqot natijalari asosida ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z kasbiga sadoqat
ruhida tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy sadoqatini shakllantirish va rivojlantirish
bo‘yicha idoralararo konsepsiya ishlab chiqish va tasdiqlash.
Xodimlarning kasbiy sadoqatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga
olgan idoraviy me’yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
Xodimlarni rag‘batlantirish tizimiga kasbiy sadoqat ko‘rsatkichlarini kiritish va
ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy sadoqatini shakllantirish va rivojlantirish
bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Xodimlarning kasbiy sadoqatini diagnostika qilishning yagona metodikasini ishlab
chiqish va joriy etish.
Mentorlik institutini takomillashtirish, tajribali xodimlarni yosh xodimlarga
biriktirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Taklif etilayotgan chora-tadbirlarning amaliyotga joriy etilishi ichki ishlar organlari
xodimlarining o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish,
xodimlarning kasbiy sadoqat darajasini oshirish va pirovard natijada ichki ishlar organlari
faoliyati samaradorligini yaxshilash imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Aзизхўжаева Н.Н. (2019). Замонавий ахборот-коммуникация
технологиялари ва уларнинг таълим-тарбия жараёнига таъсири. Тошкент:
Ўзбекистон. – 224 б.
2. Bandura A. (1977). Social Learning Theory. Englewood Cliffs: Prentice Hall. –
247 p. (In English)
3. Ғозиев Э. (2002). Психология. Тошкент: Ўқитувчи. – 336 б.
4. Maslow A.H. (1954). Motivation and Personality. New York: Harper & Row. –
411 p. (In English)
5. Meyer J.P., Allen N.J. (1991). A Three-Component Conceptualization of
Organizational Commitment. Human Resource Management Review. – 89 p. (In English)
6. Шарипов Ф.Ш. (2018). Ички ишлар органлари ходимларининг касбий
маданиятини шакллантиришнинг педагогик асослари. Тошкент: ИИВ Академияси
нашриёти. – 168 б.
7. Толипов Ў.Қ., Усмонбоева М. (2012). Педагогик технологиялар. Тошкент:
Фан. – 240 б.
8. Vygotsky L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher
Psychological Processes. Cambridge: Harvard University Press. – 159 p. (In English)
9. Xudoyberganov A.X. (2020). Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy
deformatsiyasini oldini olish masalalari. Toshkent: IIV Akademiyasi nashriyoti. – 152 b.

REFERENCES:
1. Azizxo‘jayeva N.N. (2019). Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va ularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri. Toshkent: O‘zbekiston. – 224 b. (In Uzbek)
2. Bandura A. (1977). Social Learning Theory. Englewood Cliffs: Prentice Hall. –
247 p. (In English)
3. G‘oziyev E. (2002). Psixologiya. Toshkent: O‘qituvchi. – 336 b. (In Uzbek)
4. Maslow A.H. (1954). Motivation and Personality. New York: Harper & Row. –
411 p. (In English)
5. Meyer J.P., Allen N.J. (1991). A Three-Component Conceptualization of
Organizational Commitment. Human Resource Management Review. – 89 p. (In English)
6. Sharipov F.Sh. (2018). Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyatini
shakllantirishning pedagogik asoslari. Toshkent: IIV Akademiyasi nashriyoti. – 168 b.
(In Uzbek)

7. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. (2012). Pedagogik texnologiyalar. Toshkent:
Fan. – 240 b. (In Uzbek)