RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MILLIY IQTISODIYOT
RIVOJIDA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING
ISHTIROKINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI
PATHWAYS AND PROSPECTS FOR INCREASING THE ROLE OF
SMALL BUSINESS ENTITIES IN NATIONAL ECONOMIC
DEVELOPMENT AMIDST THE DIGITAL ECONOMY
НАПРАВЛЕНИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ РОЛИ
СУБЪЕКТОВ МАЛОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В РАЗВИТИИ
НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВИЗАЦИИ
https://doi.org/10.5281/zenodo.21351598
Xujamkulov Dilmurod Yusupaliyevich
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv”
kafedrasi professori, iqtisod fanlari nomzodi
Tel.: +998 90-998-42-98
E-mail: khojamqulovdyu@inbox.ru
Annotasiya. Maqolada O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti rivojini ta’minlashda
kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokining muhim iqtisodiy faoliyat
ko‘rsatkichlarining hozirgi holati va undagi dinamik o‘zgarishlar tizimli tahlil
qilinib, ularning mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashdagi strategik ahamiyati
o‘rganilgan. Tadqiqotlar jarayonida bugungi kunda sohani yanada rivojlantirish
shart-sharoitlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda mavjud dinamik
tendensiyalar asosida kelgusi 2026-2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari
ekonometrik modellashtirish orqali ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqot
jarayonida raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish, barqaror rivojlanish va aholi turmush tarzini yanada yaxshilashda muhim
o‘rin tutuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarining salohiyatidan samarali
foydalanishga erishish maqsadida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlarini amalga
oshirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish
bo‘yicha ilmiy asoslangan hamda amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiyalar
ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: Kichik tadbirkorlik subyektlari, yalpi ichki mahsulot, bandlik,
korxona, asosiy kapital, investitsiya, eksport, import, iqtisodiy o‘sish.
Annotation. This article systematically analyzes the current status of the most
important economic indicators of small business participation in the development of
Uzbekistan's national economy and the dynamics of these indicators, as well as
examines their strategic importance for the country's economic growth. Based on
current dynamic trends and taking into account the conditions and opportunities for
further development of the sector, econometric modeling was used to develop
forecast indicators for the period 2026-2030. The study also developed scientifically
sound and practically relevant proposals and recommendations for improving the
organizational and economic mechanisms used to implement the developed forecast
indicators, with the aim of increasing the competitiveness of the economy in the
digital economy and effectively leveraging the potential of small businesses, which
play a vital role in sustainable development and further improving the population's
lifestyle.
Key words: Small businesses, gross domestic product, employment, enterprise,
fixed capital, investment, exports, imports, economic growth.
Аннотaция. В статье систематически анализируется текущее состояние
важнейших экономических показателей участия малых хозяйствующих
субъектов в обеспечении развития нaциональной экономики Узбекистана и
динамика их изменений, а также изучается их стратегическое значение для
обеспечения экономического роста страны. В ходе исследования, на основе
текущих динамических тенденций, с учетом условий и возможностей
дальнейшего развития сектора, с помощью эконометрического моделирования
были разработаны прогнозные показатели на период 2026-2030 годов. Также в
ходе исследования были разработаны научно обоснованные и практически
значимые предложения и рекомендaции по совершенствованию
организaционно-экономических механизмов, служащих для реализaции
разработанных прогнозных показателей, с целью повышения
конкурентоспособности экономики в условиях цифровой экономики,
достижения эффективного использования потенциала малых хозяйствующих
субъектов, играющих важную роль в устойчивом развитии и дальнейшем
улучшении образа жизни населения.
Ключевые слова: Малые предприятия, валовой внутренний продукт,
занятость, предприятие, основной капитал, инвестиции, экспорт, импорт,
экономический рост.
KIRISH
Bugungi kunda resurslarning cheklanganligidan kelib chiqib, barcha mavjud
imkoniyat, kuch va salohiyatlarni unga maqsadli yo‘naltirgan holda zarur shartsharoitlarni yaratish asosida ulardan yanada samarali foydalanish yordamida
iqtisodiyotning barqaror va jadal sur’atlarda o‘sib borishini ta’minlashga erishish
g‘oyatda muhim masala bo‘lib qolmoqda. Mazkur jarayonda barcha omillarni to‘liq
hisobga olish, xususan, bugungi raqamli texnologiyalar, innovatsion mahsulotlar,
intellektual salohiyatlardan keng foydalanish bilan birga, ularni tadbiq etuvchi
subyektlarni, ayniqsa, kichik tadbirkorlik subyektlari imkoniyatlarini hisobga olish
obyektiv talablardan hisoblanadi.
Bugungi global raqobat va xalqaro integratsiya jarayonlaridagi nobarqarorlik
va keskin o‘zgarishlar davrida kichik tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning
moslashuvchanligi, transformatsiyasini va iqtisodiy xavfsizligini oshirish,
innovatsiyalarni joriy etish, bandlikni ta’minlash va aholi farovonligini
mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik
subyektlari YaIMning yarmidan ko‘prog‘ini va band aholining 74 foizdan ortig‘ini,
faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 85 foizini tashkil etishi sohaning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni naqadar muhimligini ko‘rsatadi.
Bunda barcha turdagi kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishga
erishish g‘oyatda muhim hisoblanadi. Zero, respublikamiz Prezident Sh.Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek: “Yurtimizda 300 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar,
yana 5,5 million nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyat yuritmoqda. Asosiy
maqsadimiz – ishini kichik loyihadan boshlab, biznesda tajriba va malaka to‘plagan
mana shunday tadbirkorlarga ko‘mak berib, ularni 50-100 nafar odam ishlaydigan
baquvvat korxonalar sohibiga aylantirish”dan iborat (Sh.M.Mirziyoyev, 2025).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Kichik biznesning rivojlanish qonuniyatlari xalqaro miqyosda keng
o‘rganilgan. Joseph Schumpeter tadbirkorlikni “ijodiy burilish” orqali iqtisodiy
taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch sifatida ta’riflagan bo‘lsa (JA.Schumpeter,
2021), M.E.Porter klaster yondashuvi orqali kichik korxonalarning
raqobatbardoshligini oshirish yo‘llarini ko‘rsatib bergan M.E.Porter, 2022). R.Miller
o‘z tadqiqotlarida kichik tadbirkorlik subyektlari uchun “Digital Servitization”
(xizmatlarning raqamlashishi) jarayonini samarali yo‘lga qo‘yish an’anaviy biznes
modellaridan platformaviy modelga o‘tish orqali rentabellikni 25% ga oshirish
imkonini berishini asoslab bergan (R.Miller, 2024).
Tadqiqotchilar Y.Chen, va J.Zhang Ilmiy izlanishlar asosida Xitoyning
“Taobao villages” modeli kichik ishlab chiqaruvchilarni, nafaqat, ichki bozorda
ustunlikka erishish, balki, global zanjirga bog‘lashda eng muvaffaqiyatli keys
sifatida muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etganlar (Y.Chen, va J.Zhang, 2025).
Zamonaviy tadqiqotlarda, jumladan, D.Audretsch va M.Belitski izlanishlarida
kichik biznesning iqtisodiy chidamliligi va raqamli ekotizimlarga
integratsiyalashuvi asosiy urg‘u sifatida qaraladi (D.B.Audretsch va M.Belitski,
2024). MDH olimlaridan I.Ansoff tadbirkorlik strategiyalarini davlat tomonidan
tartibga solish mexanizmlarini tadqiq etishgan (I.Ansoff, 2020).
Mahalliy olimlardan A.V.Vahobov, Sh.A.Tojiboyeva, Sh.Mustafoqulov va
N.Mahmudovlar O‘zbekistonda kichik biznesning investitsiyaviy muhitini
yaxshilash va hududiy rivojlanishdagi o‘rnini ilmiy asoslab berganlar
(A.V.Vahobov, Sh.A.Tojiboyeva, 2021; Sh.Mustafoqulov, 2022; N.Mahmudov,
2023).
B.J.Ishmuxamedov, A.A.Abdurasulov kichik tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun uning ichki va tashqi bozorga yo‘naltirilishining bozor mexanizmlarini
takomillashtirishni tadqiq etgan bo‘lsa (B.J.Ishmuxamedov, A.A.Abdurasulov,
2018), Q.J.Mirzayev, G‘.S.Mustafoyev, N.Sattarova mintaqaviy iqtisodiyoti rivojida
kichik tadbirkorlikning rolini oshirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
ahamiyati va yo‘nalishlarini yoritgan (Q.J.Mirzayev, G‘.S.Mustafoyev, N.Sattarova,
2022).
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotda dinamik tahlil, tizimli tahlil, qiyosiy tahlil va ekonometrik
modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Xususan, kichik tadbirkorlik
subyektlarining 2021-2025-yillarga oid statistik ma’lumotlari asosida vaqtli qatorlar
va regressiya modellari yordamida 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz
ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Prognozlashda iqtisodiy o‘sishning barqarorlik
koeffitsiyenti va investitsiyalarning multiplikator ta’siri hisobga olingan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tahlillar jarayonida kichik tadbirkorlik subyektlarining milliy iqtisodiyot
taraqqiyoti va aholi farovonligini ta’minlashdagi o‘rni o‘rganilidi (1-jadval). Taqdim
etilgan statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2021-2025-yillar oralig‘ida
kichik tadbirkorlik subyektlarining YaIM o‘sish sur’ati mamlakat ko‘rsatkichidan
ortda qolgan (2,0 marta), asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,3 martaga
(109,2 trln. so‘mdan 362,9 trln. so‘mga), bandlik ko‘rsatkichi 1,1 martaga (13538,9
kikshidan 14933,9 kishiga) oshgan. Shuningdek, sohaning eksportdagi ulushi 20
foizdan 36,6 foizgacha ko‘tarilgan bo‘lsa, importdagi ulushi 45,2 foizdan 53,6
foizga, bu esa kichik biznesning tashqi bozorlardagi faolligi oshayotganidan dalolat
beradi, biroq, tashqi bozorga import orqali ko‘proq bog‘lanib qolayotganligini
ko‘rsatadi.
1-jadval. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot rivojidagi
ishtirokining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi1
Hududlar 2021-y. 2022-y. 2023-y. 2024-y. 2025-y. 2025-yilda
2021-yilga
nisbatan
farqi (+,-)
Yaratilgan YaIM hajmi, trln. so‘m 861,2 1041,9 1261,8 1535,4 1849,7 2,1 marta
Kichik tadbirkorlik subyektlari 455,1 533,1 646,8 789,5 923,5 2,0 marta
tomonidan yaratilgan YaIM hajmi, trln.
so‘m
Kichik tadbirkorlik subyektlarining YaIM 56,3 54,3 53,8 53,5 52,2 -4,1 f.p.
yaratishdagi ulushi, foiz
1
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy saytidagi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiyiqtisodiy holati (statistik to‘plam). – Toshkent, 2010-2025-yillar. // www.stat.uz.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va 528929 592371 485024 424840 474899 0,9 marta
tashkilotlar soni, birlik
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik 462834 523556 417080 358116 403767 0,9 marta
tadbirkorlik subyektlari soni, birlik
Kichik tadbirkorlik subyektlarining 87,5 88,4 86,0 84,3 85,0 -2,5 f.p.
faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va
tashkilotlardagi ulushi, foiz
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya 239,6 266,2 356,1 507,5 591,1 2,5 marta
hajmi, trln. so‘m
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 109,2 127,6 176,6 265,7 362,9 3,3 marta
asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya
hajmi, trln. so‘m
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 45,6 47,9 49,6 52,4 61,4 15,8 f.p.
asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalarning umumiy hajmidagi
ulushi, foiz
Iqtisodiyotda bandlar soni, ming kishi 13538,9 13706,2 14014,2 14261,9 14933,9 1,1 marta
Kichik tadbirkorlik subyektlarida band 10080,6 10131,1 10373,3 10628,7 10821,1 1,1 marta
bo‘lganlar soni, ming kishi
Kichik tadbirkorlik subyektlarida band 74,5 73,9 74 74,5 74,7 0,2 f.p.
bo‘lganlarning umumiy bandlikdagi
ulushi, foiz
Mahsulot (ish, xizmat)lar eksporti hajmi, 16662,8 19732,6 24869,5 27270,1 33812,3 2,0 marta
mln. AQSh dollari
Kichik tadbirkorlik subyektlarining 3335,2 6157,5 6938,3 9302,5 12382,6 3,7 marta
mahsulot (ish, xizmat)lar eksporti hajmi,
mln. AQSh dollari
Kichik tadbirkorlik subyektlarining jami 20 31,2 27,9 34,1 36,6 16,6 f.p.
mahsulot (ish, xizmat)lar eksportidagi
ulushi, foiz
Mahsulot (ish, xizmat)lar importi hajmi, 25507,7 30767,8 38659,1 39968,3 47354,5 1,9 marta
mln. AQSh dollari
Kichik tadbirkorlik subyektlarining 11533,5 15216,8 19527,8 19884,5 25390,3 2,2 marta
mahsulot (ish, xizmat)lar importi hajmi,
mln. AQSh dollari
Kichik tadbirkorlik subyektlarining jami 45,2 49,5 50,5 49,8 53,6 8,4 f.p.
mahsulot (ish, xizmat)lar importidagi
ulushi, foiz
1-jadval ma’lumotlari asosida kichik tadbirkorlik subyektlarining 2026-2030-
yillardagi rivojlanish tendensiyalari ekonometrik prognoz ko‘rsatkichlari asosida
ishlab chiqildi.
Regressiya modeli ($Y = a + bX$) va o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari asosida
quyidagi prognoz ko‘rsatkichlari olindi va bunda (p) – prognoz ko‘rsatkichlari
sifatida hisoblab chiqildi (2-jadval).
2-jadval. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot rivojidagi
ishtirokining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi2
Hududlar 2026-y. 2027-y. 2028-y. 2029-y. 2030-y. 2030-yilda
2026-yilga
nisbatan farqi
(+,-)
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1108,2 1329,8 1595,8 1914,9 2297,9 2,1 marta
yaratilgan YaIM hajmi, trln. so‘m
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik 427993 453672 480892 509745 540329 1,3 marta
subyektlari soni, birlik
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 482,6 641,9 853,7 1135,4 1510,1 3,1 marta
asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya
hajmi, trln. so‘m
Kichik tadbirkorlik subyektlarida band 11145,7 11480,1 11824,5 12179,2 12544,6 1,1 marta
bo‘lganlar soni, ming kishi
Kichik tadbirkorlik subyektlarining 16468,8 21903,6 29131,8 38745,2 51531,1 3,1 marta
mahsulot (ish, xizmat)lar eksporti hajmi,
mln. AQSh dollari
Kichik tadbirkorlik subyektlarining 27929,3 30722,2 33794,4 37173,8 40891,2 1,5 marta
mahsulot (ish, xizmat)lar importi hajmi,
mln. AQSh dollari
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, agar investitsiyaviy dinamika saqlanib qolsa,
2030-yilga kelib kichik tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ulushi 50 foizdan
oshishi va investitsiyalar hajmi 1,5 kvadrillion so‘mga yetishi prognoz qilinmoqda.
Natijada import sezilarli darajada (1,5 marta) qisqarib, YaIM hajmining o‘tgan
davrdagiga nisbatan ijobiy o‘sishiga erishiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa sifatida ta’kidlash lozimki, xalqaro tajribalar kichik tadbirkorlikning
mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti uchun g‘oyatda muhim o‘rin tutishini
asoslaydi. Shunga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonda ham mazkur sohaga ustuvor
ahamiyat berib kelinmoqda. Zero, bugungi kunda kichik tadbirkorlik O‘zbekiston
iqtisodiyotining asosiy drayveri bo‘lib qolmoqdaki, buni yuqorida amalga oshirilgan
tahlil natijalari ham isbotlab turibdi. O‘z navbatida, kichik tadbirkorlikni
rivojlantirishning ekonometrik prognozlar natijalari 2030-yilgacha sohada sezilarli
o‘sish kutilayotganini tasdiqlaydi. Ammo, mazkur o‘sish samarali va sifatli bo‘lishi
uchun faqatgina intensiv o‘sish ko‘rsatkichlariga emas, balki, innovatsion faollik,
mahsulot va xizmatlar eksporti tarkibi va sifati, tannarxi, xom ashyo bazasi, sun’iy
intellekt, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi texnologiyalar va bozor
2
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy saytidagi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiyiqtisodiy holati (statistik to‘plam). – Toshkent, 2010-2025-yillar. // www.stat.uz.
diversifikatsiyasi masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Shunga ko‘ra, mazkur maqsadga erishish, kichik tadbirkorlik subyektlarining
milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi hissasini yanada oshirish uchun quyidagi amaliy
ahamiyatga molik takliflarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
1. Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi multiplikatorlik samaradorligini oshirish
lozim. Buning uchun kichik tadbirkorlik subyektlari uchun “sanoat ipotekasi”
tizimini kengaytirish va yuqori texnologik uskunalar importi uchun imtiyozli
kreditlash mexanizmlarini raqamli platformalar orqali avtomatlashtirish lozim.
2. Eksportni rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish
lozim. Bunda “E-commerce” imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda kichik
ishlab chiqaruvchilarni global marketpleyslarga (Amazon, Alibaba, Uzum va sh.k.)
chiqishini sug‘urtalash va logistika xarajatlarini subsidiyalashning
differensiallashgan tizimini joriy etish zarur.
3. Sohaga raqamli transformatsiyani keng joriy etish lozim. Kichik tadbirkorlik
subyektlarida biznes-jarayonlarni boshqarish va sun’iy intellekt yordamida bozorni
tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha hududiy “Raqamli xab”larni
tashkil etish maqsadga muvofiq.
4. Institutsional muhitni takomillashtirish zarur. Bunda kichik tadbirkorlik
uchun soliq va bojxona ma’muriyatchiligini “fiskal xotira” tizimlari asosida
soddalashtirish va nazorat organlarining aralashuvini minimallashtiradigan “raqamli
nazorat” tizimiga o‘tish asosida shaffof shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
5. Kichik tadbirkorlik sohasiga ham innovatsiyalarni faol tadbiq etishda
venchurli moliyalashtirish tizimini shakllantirish va uni davlat-xususiy sheriklik
asosida qo‘llab-quvvatlash lozim.
6. Kichik tadbirkorlik subyektlarining importga bog‘liqligini qisqartirish
maqsadida xom ashyo va butlovchi qismlarning soha vakillari tomonidan ishlab
chiqarilishi, shuningdek, import tovarlarni to‘liq qayta ishlashga ixtisoslashuvni
chuqurlashtirish zarur.
Taqdim etilgan takliflarning amaliyotga joriy etilishi, nafaqat, kichik
tadbirkorlikning rivojlanishi, shuningdek, milliy iqtisodiyotning barqaror
rivojlanishi hamda raqobatbardoshligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat
qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni (yangi tahriri). //
www.lex.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat
taraqqiyotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida
islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-sonli Farmoni. // www.lex.uz.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar
bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqi. 20.08.2025 //
https://president.uz/uz/lists/view/8397
4. Ansoff I. (2020) Strategic Management. – Moscow: Economics. –344 p.
5. Audretsch D.B., Belitski M. (2024) Small Business and Entrepreneurship in
the Digital Era // Journal of Business Research. – Vol. 172. – Pp. 114-130. (Scopus).
6. Vahobov A.V., Tojiboyeva Sh.A. (2021) Iqtisodiy nazariya. Darslik. –
Toshkent: Sharq. – 450 b.
7. Ishmuxamedov B.J., Abdurasulov A.A. (2018) Kichik biznes va
tadbirkorlik: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi Harbiy-texnik instituti. –143 b.
8. Mahmudov N.M. (2023) Tadbirkorlik iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: TDIU. –280 b.
9. Miller R. (2024) Digital Servitization in SMEs: A Path to Profitability //
Google Scholar - Journal of Digital Business. – Vol. 5, Issue 2. – Pp. 112-130.
10. Mirzayev Q.J., Mustafoyev G‘.S., Sattarova N. (2022) Biznes va
tadbirkorlik asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: Fan bulog‘i. –134 b.
11. Mustafakulov Sh.V. (2022) Investitsion jozibadorlik: nazariya,
metodologiya va amaliyot. Monografiya. – Toshkent: Iqtisodiyot. –310 b.
12. Porter M.E. (2022) Competitive Advantage of Nations: Creating and
Sustaining Superior Performance. – New York: Free Press. – 896 p.
13. Schumpeter J.A. (2021) The Theory of Economic Development. –
Cambridge: Harvard University Press. – 255 p.
14. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy saytidagi
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati (statistik to‘plam). –
Toshkent, 2010-2025-yillar. // www.stat.uz.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonuni (yangi tahriri). //
www.lex.uz. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat
taraqqiyotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida
islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-sonli Farmoni. // www.lex.uz. (In Uzbek)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar
bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqi. 20.08.2025 //
https://president.uz/uz/lists/view/8397 (In Uzbek)
4. Ansoff I. (2020) Strategic Management. – Moscow: Economics. – 344 p.
5. Audretsch D.B., Belitski M. (2024) Small Business and Entrepreneurship in
the Digital Era // Journal of Business Research. – Vol. 172. – Pp. 114-130. (In
Uzbek)
6. Vahobov A.V., Tojiboyeva Sh.A. (2021) Iqtisodiy nazariya. Darslik. –
Toshkent: Sharq. – 450 b. (In Uzbek)
7. Ishmuxamedov B.J., Abdurasulov A.A. (2018) Kichik biznes va
tadbirkorlik: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Milliy
gvardiyasi Harbiy-texnik instituti. –143 b. (In Uzbek)
8. Mahmudov N.M. (2023) Tadbirkorlik iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: TDIU. – 280 b. (In Uzbek)
9. Miller R. (2024) Digital Servitization in SMEs: A Path to Profitability //
Google Scholar - Journal of Digital Business. – Vol. 5, Issue 2. – Pp. 112-130.
10. Mirzayev Q.J., Mustafoyev G‘.S., Sattarova N. (2022) Biznes va
tadbirkorlik asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: Fan bulog‘i. –134 b. (In
Uzbek)
11. Mustafakulov Sh.V. (2022) Investitsion jozibadorlik: nazariya,
metodologiya va amaliyot. Monografiya. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 310 b. (In
Uzbek)
12. Porter M.E. (2022) Competitive Advantage of Nations: Creating and
Sustaining Superior Performance. – New York: Free Press. – 896 p.
13. Schumpeter J.A. (2021) The Theory of Economic Development. –
Cambridge: Harvard University Press. – 255 p.
14. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy saytidagi
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati (statistik to‘plam). –
Toshkent, 2010-2025-yillar. // www.stat.uz. (In Uzbek)