OʻZBEKISTON MAHALLALARIDA KICHIK TADBIRKORLIKNI
RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING SMALL BUSINESS IN THE
NEIGHBORHOODS OF UZBEKISTAN
ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ МАЛОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
В МАХАЛЛЯХ УЗБЕКИСТАНЕ
https://doi.org/10.5281/zenodo.21351669
Yusupov Muxiddin Soatovich
Oriental universiteti professori v.b., PhD
Tel.: +998 90-977-12-75
E-mail: 1969msyusupov@gmail.com
Axatova Shaxnoza Akram qizi
Oriental universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Tel.: +998 99-754-00-11
E-mail: saxatova6@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish
masalalari va unga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Tadbirkorlik tushunchasining
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatiga oid ilmiy yondashuvlar qiyosiy tahlil
etilgan. Respublikada kichik tadbirkorlikni rivojlanishi dinamikasi va mamlakat
iqtisodiyotidagi oʻrni, kichik tadbirkorlik subyektlarini hududlar va tarmoqlar
kesimida taqsimlanishi tahlil etilgan. Oʻzbekistonda muhim institutsional
tuzilmalardan sanalgan mahallalarda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish zaruriyati va
uning aholi bandligini ta’minlash hamda turmush farovonligini oshirishdagi
ahamiyati tadqiq etilgan. “Mahallabay ishlash” tizimining tashkiliy-iqtisodiy va
me’yoriy-huquqiy asoslari ochib berilgan. Bu tizimni rivojlantirishga ta’sir etuvchi
asosiy omillar oʻrganilib, uni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: tadbirkorlik, kichik biznes, tashabbuskor faoliyat, tavakkalchilik,
daromad, foyda, bandlik, turmush farovonligi, mahalla.
Аннотация. В статье рассматриваются вопросы развития малого
предпринимательства в Узбекистане и факторы, влияющие на него. Проводится
сравнительный анализ научных подходов к социально-экономической
сущности и значению концепции предпринимательства. Анализируется
динамика развития малого бизнеса в республике и его место в экономике
страны, распределение субъектов малого бизнеса по регионам и секторам.
Изучается необходимость развития малого бизнеса в махаллах, которые
считаются важными институциональными структурами в Узбекистане, и его
важность для обеспечения занятости и повышения благосостояния населения.
Раскрываются организационно-экономические, нормативно-правовые основы
системы «махаллабай». Изучаются основные факторы, влияющие на развитие
этой системы, и разрабатываются рекомендации по ее совершенствованию.
Ключевые слова: предпринимательство, малый бизнес,
предпринимательская деятельность, риск, доход, прибыль, занятость,
благосостояние, махалла.
Abstract. The article examines the development of small business in Uzbekistan
and the factors influencing it. A comparative analysis of scientific approaches to the
socio-economic essence and significance of the concept of entrepreneurship is
conducted. The dynamics of small business development in the republic and its place
in the national economy, the distribution of small businesses by regions and sectors
are analyzed. The need for small business development in neighborhoods (in uzbek -
mahalla), which are considered important institutional structures in Uzbekistan, and
its importance for ensuring employment and improving the well-being of the
population are studied. The organizational, economic, regulatory and legal
foundations of the “mahallabay system” are revealed. The main factors influencing
the development of this system are studied, and recommendations for its
improvement are developed.
Keywords: entrepreneurship, small business, entrepreneurial activity, risk,
income, profit, employment, welfare, neighborhood (mahalla).
KIRISH
Mamlakatimizning rivojlanish tendensiyalari shuni koʻrsatadiki, xususiy
tadbirkorlik va kichik biznesning iqtisodiyotni, ayniqsa innovatsion mahsulotlar
ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi ahamiyati tobora oshib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda xususiy tadbirkorlik va
kichik biznesning ahamiyati ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 19-martda mamlakatimiz kichik va o‘rta biznes
vakillari bilan uchrashuvda ta’kidlaganidek, “yurtimizda bu soha ish o‘rni,
investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo‘shilgan qiymat va eksportni ko‘paytirishga eng
katta turtki berayotgan yo‘nalishga aylandi. So‘nggi besh yilda kichik va o‘rta
tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paydi. Ularda 10 million 500 ming odam – jami band
aholining 74 foizi daromad topib, ro‘zg‘or tebratyapti. Iqtisodiyot hajmining
yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan biri shu soha vakillari hissasiga
to‘g‘ri kelyapti” (Sh.Mirziyoyev. 2025-yil 19-martda mamlakatimiz kichik va o‘rta
biznes vakillari bilan uchrashuvda soʻzlagan nutqi).
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,
kichik tadbirkorlikning mamlakat Yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushi muttasil
oshib borib, 2025-yil yakunlari bo‘yicha 52,2; qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligida
91,9; jami savdo aylanmasida 83,0; qurilish ishlarida 73,6; xizmatlar hajmida 56,7;
sanoatda 34,9; asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarda 61,4; bandlikda 74,0
(2024-yil); eksportda 36,6 va importda 53,6 foizni tashkil etgan3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-sonli
“Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari
doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning
qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston –
2030” strategiyasi”da tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad
manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish; xususiy sektorning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushini 60 foizga va faoliyat yuritayotgan kichik va oʻrta biznes
subyektlari orasida uch va undan ortiq yil faoliyat koʻrsatayotgan subyektlar
ulushini 60 foizgacha oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab
berilgan.
Yuqorida keltirilganlardan ma’lumki, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni
keng koʻlamda rivojlantirish mamlakatimizda dolzarb masalalardan biriga
aylanmoqda. Ayniqsa respublika viloyatlarida joriy etilgan “mahallabay” tizimi
asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, bunda: har bir mahallaning iqtisodiy salohiyati
va rivojlanishining “drayver sohalari”ni aniqlash va ishga solish; mahallalarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; joylarda
tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan (yer ajratish, qurilish uchun ruxsat berish,
litsenziya olish, bo‘sh bino va yеr maydonlarni ajratish, kommunikatsiyaga ulanish)
muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ishlab chiqish masalalari
muhimligicha qolmoqda. Mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib maqolada
mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini
takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan.
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari yo‘nalishlarida
bir qator xorijlik va milliy iqtisodchi olimlar nazariy tadqiqotlar olib borgan.
Xususan, ular qatoriga R.Kantelon (2004), J.Shumpeter (1982), P.Xizrechlarni,
N.Filimonova, N.Morgunova, E.Lovkova, (2020) H.P.Abulqosimov (2020)
D.Qosimova (2023), M.Eshov (2017), U.Gafurov (2017), I.Kamoliddinov (2023),
B.Gafurov (2023) va boshqalarni kiritish mumkin.
R.Kantilon tadbirkorlarni oldindan koʻra bilish, oʻz zimmasiga majburiyatlar
va tavakkalchilik ola olish qobiliyatiga ega bozor subyektlari deb ta’riflagan
(Kantelon R, 2004).
J.Shumpeterning fikricha “tadbirkorlik ishlab chiqarishning uch omili – yеr,
mehnat va kapitalning yaxlitligi tufayli yuzaga keladi. Tadbirkor yеr, mehnat va
3
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. ttps://siat.stat.uz/reports-filed
kapitalni birlashtirish asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi iqtisodiy agent”
(Shumpeter J., 1982).
D. Qosimovaga koʻra “tadbirkorlik – bu tashabbuskor faoliyat, mas’uliyat va
innovatsion tadbirkorlik gʻoyasiga asoslangan insoniy faoliyatning oʻziga xos turi.
Tadbirkorlik – bu shaxsiy foyda va jamoat manfaatlarining kombinatsiyasi asosida
foyda olish uchun kiritishni oʻz ichiga oladigan faoliyat” (Qosimova D., 2023).
X. Abulqosimov oʻz tadqiqotlarida tadbirkorlikka xos boʻlgan uchta muhim
xususiyatlarni ajratib koʻrsatgan: 1) oʻz faoliyat turi, yoʻnalishlari va usullarini
tanlashdagi iqtisodiy erkinlik; 2) oʻz mulki va faoliyati natijalari uchun toʻliq
moddiy javobgarlikni mavjudligi; 3) faoliyatini maksimal foyda olishga qaratilishi
(Abulkosomov X., 2020).
“Tadbirkorlik”ka oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlar fikrlari hamda
mamlakatimiz qonunchiligida berilgan ta’riflar qimmatini e’tirof etgan holda va
ularni umumlashtirish asosida, fikrimizcha quyidagi ta’rif “tadbirkorlik”ning
iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyatiga toʻlaroq mos keladi: “Tadbirkorlik – bu
oʻziga tegishli boʻlgan yoki qarz evaziga jalb qilingan kapital (mol-mulk) negizida,
foyda olishni maqsad qilib shaxsiy manfaatdorlik va tanlov erkinligi asosida,
tavakkalchilik ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor ijodiy-innovatsion
faoliyatdir”.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uni rivojlantirish masalalariga
oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzalari, shu mavzuda tadqiqotlar
olib borgan xorijlik va mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlari tadqiqotning
nazariy-uslubiy asoslarini tashkil etadi. Tadqiqotda abstrakt va analitik mushohada,
normativ va pozitiv tahlil, analiz va sintez, qiyosiy va omilli tahlil kabi usullardan
foydalanilgan.
Maqolani tayyorlashda mamlakatimizda amalda boʻlgan mavzuga oid
me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi
ma’lumotlari, ilmiy tadqiqot muassasalarining ishlanmalari va boshqa manbalardan
foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Respublikamizda kichik tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish borasida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yildan-yilga ularning soni,
mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini
oshirishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Mamlakatimizda 2020-2024-yillarda kichik
tadbirkorlik subyektlari sonining oʻzgarib borishi dinamikasini quyidagi 1-rasmda
ko‘rish mumkin.
600
523,6
500 462,8
411,2 417,1
400 358,1
300
200
100
0
Faoliyat ko‘rsatayotgan
1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan kichik
tadbirkorlik subyektlari soni dinamikasi, (ming birlikda)
Yuqoridagi 1-rasmdan ma’lumki, respublikamizda 2020-2024-yillarda faoliyat
ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni oʻzgaruvchan dinamikaga ega
boʻlgan. Jumladan, 2020-2022-yillar oraligʻida ularning soni 411,2 dan 523,6 ming
birlikka oshgan boʻlsa, 2023-2024-yillarda 417,1 dan 358,1 ming birlikka tushgan.
Respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari
soni 2020-2024-yillar davomida 12,9 %ga qisqargan boʻlsa, viloyatlar kesimida eng
yuqori qisqarish Andijonda 37,0, Sirdaryoda 35,3, Namanganda 26,3, Jizzaxda 23,7,
Farg‘onada 22,3 %ni tashkil etganini koʻrish mumkin.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarini har 1000 aholi soniga
nisbatini tahlil etadigan boʻlsak, bu koʻrsatkich ham 2020-2024-yillar davomida
oʻzgaruvchan dinamikani namoyish etgan (2-rasm).
15,6 20 16,5 17,9
15 14 12,1
10
5
0
2020-y. 2021-y. 2022-y. 2023-y. 2024-y.
2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 aholi soniga nisbatan faoliyat
koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni dinamikasi, (birlikda)
Keltirilgan 2-rasmdan ma’lumki, har 1000 aholi soniga nisbatan faoliyat
koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 2020-2022-yillar oraligʻida 15,6
dan 17,9 birlikka oshgan boʻlsa, 2023-2024-yillarda 14,0 dan 12,1 birlikka tushgan.
Tahlillarga koʻra, respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan kichik
tadbirkorlik subyektlarining eng katta salmogʻi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri
keladi. Xususan, 2020-2024-yillar oraligʻida bu koʻrsatkich 20,84 dan 23,58 %gacha
yoki 2,74 foiz punktga oshgan. Bu raqamlar kichik tadbirkorlik subyektlarining 2/5
qismidan ortiqrogʻi respublika poytaxtida toʻplanganini koʻrsatadi. Faoliyat
koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari salmogʻi boʻyicha Toshkent
shahridan soʻng Toshkent (9,6 %), Samarqand (8,79 %) va Farg‘ona viloyatlari
(7,84 %) nisbatan yirik ulushga ega boʻlsa, Buxoro (6,31 %), Qashqadaryo (6,27
%), Xorazm (5,73 %), Andijon (5,58 %), Namangan (5,46 %), Surxondaryo (5,33
%) viloyatlari oʻrtacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,81 %), Navoiy (4,51 %)
va Sirdaryo (2,41 %) viloyatlari quyi pozitsiyani egallagan. Agar kichik tadbirkorlik
subyektlari sonidagi salmogʻi boʻyicha 2020-yilga nisbatan 2024-yilda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+ 0,35 foiz punktga), Xorazm (+ 1,14 foiz punktga),
Samarqand (+ 0,74 foiz punktga), Buxoro (+ 0,28 foiz punktga), Navoiy (+ 0,15 foiz
punktga), Qashqadaryo (+ 0,12 foiz punktga), Surxondaryo (+ 0,09 foiz punktga)
viloyatlari oʻz pozitsiyasini yaxshilagan boʻlsa, Andijon (– 2,14 foiz punktga),
Namangan (– 0,99 foiz punktga), Fargʻona (– 0,94 foiz punktga), Sirdaryo (– 0,84
foiz punktga), Jizzax (– 0,53 foiz punktga) va Toshkent (– 0,18 foiz punktga)
viloyatlari oʻz pozitsiyasini yoʻqotgan (1-jadval).
1-jadval. Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni
boʻyicha respublika hududlari salmogʻi, jamiga nisbatan %da4
Tarmoqlar 2020-y. 2021-y. 2022-y. 2023-y. 2024-y. 2024-y. 2020
y.ga nis., f.p.
Oʻzbekiston Respublikasi 100 100 100 100 100 -
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 4,45 4,32 4,36 5,29 4,81 + 0,35
7,72 7,56 7,46 5,85 5,58 – 2,14
Andijon viloyati 6,03 5,98 5,75 6,62 6,31 + 0,28
Buxoro viloyati 4,31 4,21 4,29 4,00 3,78 – 0,53
Jizzax viloyati 6,15 6,73 6,96 6,70 6,27 + 0,12
Qashqadaryo viloyati 4,36 4,42 4,36 4,68 4,51 + 0,15
Navoiy viloyati 6,45 6,25 6,17 5,55 5,46 – 0,99
Namangan viloyati 8,05 8,81 9,16 8,97 8,79 + 0,74
Samarqand viloyati 5,24 5,27 5,23 4,94 5,33 + 0,09
Surxondaryo viloyati 3,25 2,98 2,87 2,69 2,41 – 0,84
Sirdaryo viloyati 9,78 9,54 9,39 9,34 9,60 – 0,18
Toshkent viloyati 8,78 8,73 8,85 8,68 7,84 – 0,94
Farg‘ona viloyati 4,59 4,75 4,89 5,72 5,73 + 1,14
Xorazm viloyati 20,84 20,45 20,26 20,97 23,58 + 2,74
Toshkent shahri
4
Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonini iqtisodiy faoliyat
turlari (tarmoqlar) kesimidagi salmogʻi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval. Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat koʻrsatayotgan kichik
tadbirkorlik subyektlari soni salmogʻi (www.stat.uz) , (jamiga nisbatan %da)
2020-yil 2021-yil 2022- 2023-yil 2024-yil 2024 y. 2020
Tarmoqlar yil y.ga nis., f.
p.
Jami 100 100 100 100 100
Savdo 32,0 33,8 34,8 37,7 38,1 + 6,1
Sanoat 20,1 19,5 18,7 16,4 15,3 – 4,8
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 9,9 9,9 10,2 8,9 8,5 – 1,4
Qurilish 9,9 9,4 8,9 8,2 7,5 – 2,4
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha 7,3 7,1 7,0 6,8 7,2 – 0,1
xizmatlar
Boshqa tarmoqlar va faoliyat turlari 20,8 20,3 20,4 22,0 23,4 + 2,6
Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik
subyektlari 2024-yilda eng koʻp savdoda (38,1%), sanoatda (15,3%), qishloq,
o‘rmon va baliq xo‘jaligida (8,5%), qurilishda (7,5%) hamda yashash va ovqatlanish
bo‘yicha xizmatlar sohasida (7,2%) qayd etilgan. Boshqa tarmoqlar va faoliyat
turlarida esa 23,4 %ni tashkil etgan.
Respublikamizda kichik tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish borasida
amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida mamlakat Yalpi ichki mahsuloti
(YaIM) va iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yaratilayotgan mahsulot hajmida kichik
tadbirkorlikning salmogʻi yirik boʻlmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyoti
tarmoqlardagi salmogʻi yirik ekanligini qayd etish joiz (3-jadval).
3-jadval. O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikning mamlakat
iqtisodiyoti tarmoqlaridagi salmogʻi, jamiga nisb. %da
Ko‘rsatkichlar 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2024-y. 2020
y.ga nis., f. p.
Yalpi ichki mahsulot 57,5 56,9 54,6 54,3 54,3 – 3,2
Sanoat 27,9 27,4 26,0 27,0 32,4 + 4,5
+ 4,0
Qurilish 72,5 72,5 71,5 78,6 76,5 + 5,8
+ 12,8
Investitsiya 46,0 45,6 47,9 49,6 51,8 – 4,9
+ 1,7
Eksport 20,5 20,0 31,2 27,9 33,3 – 1,5
Import 51,7 45,2 49,4 50,5 48,6
Savdo 82,3 86,2 84,7 82,9 84,0
Qishloq, o‘rmon va 96,7 96,0 94,8 94,6 95,2
baliq xo‘jaligi
Xizmatlar 51,8 51,7 49,4 56,8 57,0 + 5,2
– 1,2
Yuk tashish 51,6 42,9 47,4 50,3 50,4 – 2,9
Yo‘lovchi tashish 93,5 92,7 92,4 91,5 90,6
Oʻtgan 2020-2024-yillar oraligʻida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi
sanoat tarmogʻida 27,9 dan 32,4 %ga yoki 4,5 foiz punktga, qurilishda 72,5 dan 76,5
%ga yoki 4,0 foiz punktga, investitsiyalarda 46,0 dan 51,8 %ga yoki 5,8 foiz
punktga, eksportda 20,5 dan 33,3 %ga yoki 12,8 foiz punktga, xizmatlar sohasida
51,8 dan 57,0 %ga yoki 5,2 foiz punktga oshgan boʻlsa, importda 51,7 dan 48,6 %ga
yoki 4,9 foiz punktga, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligida 96,7 dan 95,2 %ga yoki
1,5 foiz punktga, yuk tashishda 51,6 dan 50,4 %ga yoki 1,2 foiz punktga va
yo‘lovchi tashishda 93,5 dan 90,6 %ga yoki 2,9 foiz punktga kamaygan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda mahalla institutining o‘rni
va ahamiyati ortib bormoqda. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2025-yil
26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’kidlab
o‘tganlaridek, “Mahalla va yaxshi qo‘shnichilik o‘zaro uyg‘un qadriyatlardir. Ular
jamiyatda insoniy va ijtimoiy kapitalni yanada boyitishga beqiyos hissa qo‘shadi.
Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi” (Mirziyоyev Sh.M.
26.12.2025). Prezidentimiz tomonidan 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va
jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilinishi mahalla institutining ahamiyatini
yanada оshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli
“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi
muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga
qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq respublika,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)
mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari hamda Oʻzbekiston mahallalari
uyushmasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari, shuningdek mahallaning jamiyat
hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish
maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli,
profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida
faoliyat yuritadigan “mahalla yettiligi”ni tashkil qilingan.
“Mahallabay ishlash tizimi” nomini olgan va mamlakatimiz Prezidenti
tomonidan ilgari surilgan bu tashabbus respublikamiz ma’muriy-hududiy
tuzilishining birlamchi boʻgʻini hamda milliy qadriyatlar, tarixiy an’analar va
tajribalar manbasi sanaladigan mahallalarni ularning tabiiy, ijtimoiy va tashkiliyiqtisodiy salohiyatidan samarali foydalangan holda kompleks rivojlantirishni
nazarda tutadi. “Mahallabay ishlash tizimi”da mahallalarda tadbirkorlikni
rivojlantirish va bu orqali aholi farovonligini yuksaltirish hamda kambagʻallikni
qisqartirish boʻyicha amalga oshiriladigan vazifalar birinchi navbatda “Mahalla
yettiligi” vakili sanaladigan hokim yordamchilari zimmasiga yuklangan.
“Mahallabay tizimi”ni bevosita mahallada ishlashi uchun mas’ul boʻlgan
“Mahalla yettiligi”ga kiruvchi “Hokim yordamchisi” instituti birinchi bor 2021-
yildan boshlab joriy etila boshlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va
tadbirkorlik subyektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning
qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5214-son qarori va mazkur qaror
ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi “Hududlarda “Mahallabay” ishlash asosida
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini
koʻpaytirish orqali kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 504-
sonli qarorlari respublika mahallalarida tadbirkorlikni butunlay yangi tizim
sanaladigan “Mahallabay ishlash” asosida rivojlantirish hamda shu asosda
ishsizlikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli
ishlarning tamal toshini qoʻydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-sonli
“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va
kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari
toʻgʻrisida”gi farmoni hamda mazkur farmonning ijrosini ta’minlash
mexanizmlarini belgilab beruvchi 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son “Mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni
qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror bilan respublikamizdagi har bir mahallada
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni
qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (bundan
keyin – hokim yordamchisi) lavozimi taʼsis etilib, ularining asosiy vazifalari va
faoliyat yoʻnalishlarini belgilab berildi. Hokim yordamchisi lavozimini joriy
etilishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsad – hududlarda tadbirkorlikni keng
koʻlamda rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini mahalla darajasiga olib tushish
va amalga oshirish, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash hamda ishsizlikni
qisqartirish, oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali kambagʻallikni
qisqartirishga erishish sanaladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son
“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va
kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida hokim yordamchilarining
dastlabki tashkil etilgan davrdagi (2021-2022-yillar) asosiy vazifalari va faoliyati
yoʻnalishlari belgilab berilgan boʻlsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini
tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida
ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida bu
vazifalar yanada aniqlashtirilib tuzatishlar kiritildi va quyidagicha begilandi:
1.Doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz aholini kasb-hunar va
tadbirkorlikka oʻqitish hamda bandligini taʼminlash choralarini koʻrish (har oyda
kamida 10 nafar ishsizning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash chorasini
koʻradi).
2.Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini
qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida koʻmaklashish (har
chorakda bir marotaba kredit yoki subsidiya ajratilgan fuqarolarning uyiga borib,
tadbirkorlik va daromad topishga qaratilgan faoliyatini yurib ketishiga
koʻmaklashadi).
3.Oʻzini oʻzi band qilgan hamda tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka
qiziqishlarini aniqlash, ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga yordam berish
(har chorakda kamida 5 nafar oʻzini oʻzi band qilgan hamda tashabbuskor
fuqarolarni yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy korxona sifatida ish boshlashiga
yordam beradi).
4.Aholiga ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlari va tomorqalarda
ekilgan ekinlar va yetishtirilgan mahsulotlar hisobini yuritadi, shuningdek, dehqon
xoʻjaliklari bilan eksportyor, broker va qayta ishlovchi korxonalarning hamkorligini
tashkil etadi.
5.Mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha
mikroloyihalar manzilli dasturini shakllantiradi va loyihalarni amalga oshirishga
toʻsiq boʻlayotgan muammolarni hal etishga koʻmaklashadi.
6.Mahalladagi boʻsh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlab, ularni
belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻradi.
7.Mahalladagi kambagʻal oilalarning har biri uchun “individual dastur” ishlab
chiqadi va ularning daromadini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Hokim yordamchisi zimmasiga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirish
uchun ma’lum bir vakоlatlar hamda moliyaviy dastaklardan fоydalanishi talab
etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son
“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va
kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2022-yil uchun hokim
yordamchilari oʻz vazifalarini amalga oshirishda foydalanadigan moliyaviy
instrumentlar 12 819,0 mld. soʻm qiymatda tasdiqlangan.
Mahallalarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash
maqsadlariga davlat tomonidan va turli maqsadli jamgʻarmalardan ajratiladigan
subsidiyalar, imtiyozli kreditlar va boshqa mablagʻlar turlari yillar davomida
takomillashtirib, vaqt oʻtish bilan oʻzini oqlamagan yoki samaradorligi past boʻlgan
subsidiyalar va boshqa moliyaviy koʻmak mablagʻlari optimallashtirib borilyapti.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-
son qarori bilan hokim yordamchisi tomonidan 21 turdagi kredit, subsidiya, grant va
moddiy yordamga tavsiya berish kоʻzda tutilgan bоʻlsa, 2023-yil 21-dekabrdagi PF-
209-sonli “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi
muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga
qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida hоkim yоrdamchisi tavsiyasi va
ishtirokida ajratiladigan subsidiyalar roʻyxati yanada kengaytirilib, 18 turda
tasdiqlangan.
Keyingi yillarda respublikamizda kichik tadbirkorlikni rivojlanishiga salbiy
ta’sir koʻrsatayotgan quyidagi toʻsiqlar bartaraf etildi:
- 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2028-yilgacha kichik tadbirkorlikka yangi
majburiyatlar yuklovchi qonunchilik hujjatlari qabul qilishga taqiq kiritilgan;
- tadbirkorlar tomonidan birinchi ish boshlagan yilda birinchi marta biznesni
yuritish sohasida qonunni buzish holatida javobgarlikdan ozod etiladi;
- 2025-yil sentabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlarining yillik tovar
aylanmasi 10 mlrd. soʻmdan oshmasa, biznesni yopish tartibi soliq tekshiruvlarisiz
soddalashtirildi;
- koʻp tovar pozitsiyalari boʻyicha sertifikatlashni qoʻshgan holda biznes
sohasiga oid 1600 dan ortiq talablar va cheklovlar bekor qilindi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqotlarga koʻra mahallalarda kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga salbiy
ta’sir koʻrsatayotgan quyidagi muammolar mavjudligini qayd etish joiz:
1. Mahallalarda infrastuzilmalar rivoji bilan bogʻliq muammolar:
˗ elektr, gaz va suv taʼminotida: ayrim hollarda tadbirkorlar elektr energiyasi,
tabiiy gaz va suv taʼminotiga ulanish, shuningdek ularni ta’minoti bilan bogʻliq
muammolarga duch kelmoqda. Bu holat mahsulot ishlab chiqarish va xizmat
koʻrsatish jarayonini bir maromda tashkil etish va barqaror oshirib borishga salbiy
ta’sir etmoqda;
˗ yer va bino ajratilishida: tadbirkorlar faoliyatni boshlash yoki kengaytirish
uchun yer ajratish yoki bino-inshootlar topish (sotib olish yoki ijaraga olish)
masalalarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda;
˗ uzoq va chekka hududlarda joylashgan mahallalarda faoliyat olib
borayotgan tadbirkorlar avtomobil yoʻllari sifatining yomonligi, temir yoʻl
stansiyalari va aeroportlar uzoqligi hamda yuk tashish narxlari qimmatligidan
muammolarga duch kelishadi.
2. Moliyaviy va iqtisodiy qiyinchiliklar:
˗ tadbirkorlik uchun ajratiladigan imtiyozli kredit resurslarining
yetishmasligi, tijorat banklari foiz stavkalarining yuqoriligi, kedit olishda garov
ta’minoti talabi ogʻirligi, kredit olish tartibining murakkabligi kichik biznesni
kengaytirishga toʻsqinlik qiladi;
˗ kichik tadbirkorlik subyektlari uchun davlat tomonidan bir qator
subsidiyalar ajratilishi koʻzda tutilgan boʻlishiga qaramay, ajratiladigan subsidiyalar
turlari, qiymati va koʻlami biznesni boshlash yoki kengaytirish uchun yetarli emas;
˗ xomashyo sotib olish va operatsion xarajatlarni qoplash uchun aylanma
mablagʻlar yetishmasligi mahallalardagi kichik sexlar, xizmat koʻrsatish
shoxobchalari va savdo doʻkonlari rivojini sekinlashtiradi;
˗ ayrim holatlarda tadbirkorlar yuqori soliq yuki va soliq
ma’muriyatchiligidagi qiyinchiliklar, hisobot berish jarayonining murakkabligi
haqida fikr bildirgan.
3. Maʼmuriy-huquqiy va tashkiliy xarakterdagi toʻsiqlar:
˗ ruxsatnomalar va litsenziyalash: hali ham ayrim turdagi ruxsatnomalarni
olish jarayonidagi byurokratik toʻsiqlar saqlanib qolmoqda;
˗ bilim va koʻnikmalarning yetishmasligi: mahalla aholisida biznesni
rejalashtirish, marketing va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha
bilimlar kamligi biznesning samaradorligini pasaytiradi;
˗ biznesni tartibga solish sоhasidagi ma’muriy tоʻsiqlar va ayrim hollarda
tadbirkоrlar faоliyatiga davlat bоshqaruv оrganlarining asоssiz aralashuvi biznes
yuritishdagi qiyinchiliklar sifatida bahоlanadi.
4. Bozor va raqobat sоhasidagi muammоlar:
˗ mahsulotni sotish bozorining cheklangani: mahalliy ishlab chiqaruvchilar
oʻz mahsulotlarini mahalliy va jahоn bozorlariga olib chiqishda logistika, ekspоrt
hujjatlarini bоjxоnada rasmiylashtirish va kuchli raqobat muhiti bilan bоʻgʻiq
muammolarga duch kelishadi;
˗ ayrim tarmоq va bоzоrlarning mоnоpоllashuv darajasini yuqоriligi,
nоrasmiy va kuzatilmaydigan iqtisоdiy faоliyat erkin raqоbat muhitini buzib,
qоnuniy asоsda biznes bilan shugʻullanuvchi tadbirkоrlik subyektlariga
qiyinchiliklar yaratadi.
Ilmiy tadqiqotlar asosida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy
tadbirkоrlikni rivojlantirish uchun quyidagi tavsiyalarni ilgari suramiz:
1. Kichik biznesni rivojlantirishda ham davlat tomonidan yaratilgan
imkoniyatlardan unumli foydalanish, ham ichki biznes strategiyalarini
optimallashtirish muhim ahamiyatga ega.
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda “Mahallabay ishlash
tizimi” orqali mahallalarning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy salohiyatidan
samarali foydalanish:
- mahallalarning ixtisoslashuvi va aholi tajribalari hamda koʻnikmalariga mos
keluvchi “drayver sohalari” va “oʻsish nuqtalari”ni ustuvor rivojlantirishga
ustuvorlik berish:
- mahallalarda boʻsh turgan bino-inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va
obyektlarni aniqlab, ularni tadbirkorlik faoliyatiga imtiyozli shartlarda jalb etish;
- mahallalarda aholi xonadonlarida hunarmandchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik,
kasanachilik, kashtachilik, kulolchilik, zargarlik kabi kichik tadbirkorlik turlarini
rivojlantirish;
- aholi tomorqalarida kichik intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik,
poliz, dukkakli, moyli ekinlar va kartoshka yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar
ajratishga koʻmaklashish; kooperatsiya asosida baliqchilik, pillachilik, asalarichilik,
issiqxonalar tashkil etish;
- mahallalarda doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz aholini kasbhunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha treninglar va qisqa muddatli kurslar
faoliyatini kuchaytirish;
- oʻzini oʻzi band qilgan hamda tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka
qiziqishlarini aniqlash, ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga yordam berish;
- mahalladagi kambagʻal oilalarni tadbirkorlikka jalb etishga koʻmaklashish
asosida ularning daromadini oshirishga intilish.
3. Yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va mavjudlari faoliyatini
kengaytirish:
- xonadonbay roʻyxat asosida mahallada haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlash:
aholi bandligi darajasi, oilalarning daromad topish manbalari va iqtisodiy ahvolini,
daromadli mehnatga intilishi va ehtiyojlarini oʻrganish;
- faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar orasidan “yetakchi tadbirkorlik
subyektlari”ni ajratib olish va ular bilan faoliyatini kengaytirish boʻyicha muloqotlar
olib borish. aholi orasidan ishsiz va tadbirkorlik qobiliyatiga ega shaxslarni
“yetakchi tadbirkorlar”ga biriktirish;
- mahallada oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar, tadbirkоrlikni
boshlayotgan ishsizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish, binoinshootlarni ijaraga olish, issiqxonalar qurish, sugʻorish tizimlari, urugʻlik va
koʻchatlar olish va boshqalar uchun subsidiyalar ajratishni kengaytirish.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun moliyaviy imkoniyatlarni
kengaytirish:
- istiqbolli startup loyihalar, ayniqsa endi biznes boshlayotgan tadbikorlar
uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bunda kredit
foiz stavkasining Markaziy Bank qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq qismini
davlat tomonidan qoplab berish va garov uchun davlat kafolati amaliyotini keng
qoʻllash;
- an’anaviy bank kreditlaridan tashqari, Fintech platformalari orqali muqobil
moliyalashtirish manbalarini jalb qilish;
- kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik uchun subsidiyalar ajratishda “yashil
iqtisodiyot” tamoyillari, resurstejamkor va yuqori texnologiyalarga asoslangan
loyihalarga ustuvorlik berish;
- kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishga xorijiy investitsiyalar va kredit
resurslari hamda grant mablagʻlarni kengaytirishga e’tibor qaratish;
- biznes reja va biznes loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini (TEO) to‘g‘ri
ishlab chiqish, biznesni oqilona yuritish uchun tadbirkorlarning moliyaviy
savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratish.
4. Raqamlashtirish va marketing strategiyalaridan unumli foydalanish:
- mahsulot va xizmatlarni sotishda elektron raqamli platformalar va ijtimoiy
tarmoqlardan faol foydalanish, bu yirik raqobatchilar bilan tenglashish imkonini
beradi;
- maqsadli reklama (targeting) va mijozlarga shaxsiylashtirilgan xizmat
ko‘rsatish orqali mijozlar bazasini kengaytirish;
- raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va brendingni joriy etish orqali
ichki va tashqi bozor segmentlariga chiqishga harakat qilish;
- biznes tadbirlarida, ko‘rgazmalar, simpoziumlar va konferensiyalarda faol
ishtirok etish orqali mahsulotlar va firma faoliyatini tanitish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Абулкосимов Х.П. и др. (2020) Регулирование деятелности субъектов
малого предпринимателства в начале ХХI века: мировой опыт: коллективная
монография. – Томск: Издателский Дом Томского государственного
университета. – 331 c.
2. Буров В.Ю. (2018) Основы предпринимательства. Учебное пособие. –
Чита, ЗабГУ. –84 c.
3. Gafurov B.B. (2023) Mahallabay ishlash - hududlarda kambagʻallikni
qisqartirish vositasi sifatida (Surxandaryo viloyati misolida). 08.00.12 - Mintaqaviy
iqtisodiyoti ixtisosligidan Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent.
4. Gafurov U.V. (2017) Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. 08.00.15-Tadbirkorlik va kichik biznes
iqtisodiyoti va 08.00.01- Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosliklaridan Iqtisodiyot fanlari
doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent.
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi.
https://siat.stat.uz/reports-filed.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (2026) 2026 yil 16-fevraldagi PF-
21-sonli “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor
yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib
chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni bilan tasdiqlangan
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi”. www.lex.uz.
7. Qosimova D.S. (2023) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Darslik. –
Тoshkent: Innovatsion rivojlanish matbaa uyi. –258 b.
8. Р.Кантильон. (2004) Эссe о природe торговли в общeм планe // Мировая
экономичeская мысль. Сквозь призму вeков. – Москва: Мысль. Т. 1. – С. 269-
278.
9. Sh.Mirziyoyev. (2025) Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – strategik
yo‘limiz. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 19-
martda mamlakatimiz kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvda soʻzlagan
nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/7955.
10. Sh.Mirziyoyev. (2025) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 26.12.2025-y.
www.prezident.uz.
11. Филимонова Н.М., Моргунова Н.В., Ловкова Е.С. (2020) Экономика и
организация малого и среднего бизнеса. Учебное пособие. – Москва. – 222 c.
12. Шумпетер Й. (1982) Теория экономического развития. – Москва:
Мысль. –159 c.
13. Эшов М.П. (2017) Ўзбекистонда кичик бизнес ва хусусий
тадбиркорликнинг ривожланиши: омиллар, натижалар ва истиқболлар.
Монография. –Ташкент: Маънавият. –128 б.
REFERENCES:
1. Abulkosimov X.P. i dr. (2020) Regulirovaniye deyatelnosti subyektov
malogo predprinimatelstva v nachale XXI veka: mirovoy opit: kollektivnaya
monografiya. – Tomsk: Izdatelskiy Dom Tomskogo gosudarstvennogo universiteta.
– 331 s. (In Russian)
2. Burov V.Yu. (2018) Osnovi predprinimatelstva. Uchebnoye posobiye. –
Chita, ZabGU. – 84 s. (In Russian)
3. Gafurov B.B. (2023) Mahallabay ishlash - hududlarda kambag‘allikni
qisqartirish vositasi sifatida (Surxandaryo viloyati misolida). 08.00.12 - Mintaqaviy
iqtisodiyoti ixtisosligidan Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi avtoreferati. –Toshkent. (In Uzbek)
4. Gafurov U.V. (2017) Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning
iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish. 08.00.15-Tadbirkorlik va kichik biznes
iqtisodiyoti va 08.00.01- Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosliklaridan Iqtisodiyot fanlari
doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent. (In Uzbek)
5.O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi.
https://siat.stat.uz/reports-filed. (In Uzbek)
6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (2026) 2026-yil 16-fevraldagi PF-
21-sonli “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor
yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib
chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi”. www.lex.uz. (In Uzbek)
7.Qosimova D.S. (2023) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Darslik. –
Toshkent: Innovatsion rivojlanish matbaa uyi. –258 b. (In Uzbek)
8. R.Kantilon. (2004) Esse o prirode torgovli v obshem plane // Mirovaya
ekonomicheskaya misl. Skvoz prizmu vekov. – Moskva: Misl. T. 1. - S. 269-278.
(In Russian)
9. Sh.Mirziyoyev. (2025) Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – strategik
yo‘limiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 19-
martda mamlakatimiz kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvda so‘zlagan
nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/7955. (In Uzbek)
10. Sh.Mirziyoyev. (2025) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 26.12.2025-y.
www.prezident.uz. (In Uzbek)
11. Filimonova N.M., Morgunova N.V., Lovkova Ye.S. (2020) Ekonomika i
organizatsiya malogo i srednego biznesa. Uchebnoye posobiye. – Moskva. – 222 s.
(In Russian)
12. Shumpeter Y. (1982) Teoriya ekonomicheskogo razvitiya. – Moskva. –159
s. (In Russian)
13. Eshov M.P. (2017) O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rivojlanishi: omillar, natija va istiqbollar. Monografiya. –Toshkent:
Ma’naviyat. –128 b. (In Uzbek)