ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro yondashuvlar hamda ularning amaliy ahamiyati

Mirzaaxmedov Nodirbek Shavkatovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TADBIRKORLIK VA KICHIK BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
BO‘YICHA XALQARO YONDASHUVLAR HAMDA ULARNING AMALIY

AHAMIYATI

INTERNATIONAL APPROACHES TO SUPPORTING
ENTREPRENEURSHIP AND SMALL BUSINESS AND THEIR

PRACTICAL SIGNIFICANCE

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ПОДХОДЫ К ПОДДЕРЖКЕ
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА И МАЛОГО БИЗНЕСА И ИХ

ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ
https://doi.org/10.5281/zenodo.21261055

Mirzaaxmedov Nodirbek Shavkatovich
Oriental universiteti dotsenti, i.f.f.d. (PhD)

Tel.:+998 90-902-04-04
E-mail:mirzaakhmedov.n@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi globallashuv va iqtisodiy rivojlanish
sharoitida kichik biznes hamda tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarbligi
yoritilgan. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ahamiyati
va uning samaradorligiga oid xorijiy ilmiy manbalar asosida tahlillar amalga
oshirilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirish hamda tartibga solishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni
amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida
qiyosiy tahlil metodidan foydalanilgan bo‘lib, ishni yoritishda asosan ikkilamchi
ma’lumotlarga tayanilgan. Ma’lumotlar xalqaro ilmiy bazalar, nufuzli jurnallar,
ilmiy maqolalar, rasmiy veb-saytlar hamda normativ-huquqiy hujjatlardan
to‘plangan. Rivojlangan davlatlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari
va yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilinib, ular O‘zbekistondagi tartibga solish
amaliyoti bilan taqqoslangan. Maqola yakunida muallifning ilmiy xulosalari hamda
kelgusida ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib boruvchilar uchun amaliy tavsiyalar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: tadbirkorlik, kichik biznes, davlat tomonidan tartibga solish,
xalqaro tajriba, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, qiyosiy tahlil, iqtisodiy
rivojlanish, biznes muhiti, institutsional islohotlar, O‘zbekiston tajribasi.
Annotation. This article examines the relevance of developing
entrepreneurship and small business in the context of modern economic
transformation and globalization. The study analyzes foreign scientific literature
addressing the importance and effectiveness of government regulation in
entrepreneurial activity. The main objective of the research is to explore advanced
international practices in regulating and developing entrepreneurship and small

business and to assess the possibilities of their practical application. A comparative
analysis method was employed during the research process, and the study relied
primarily on secondary data sources. The data were collected from internationally
recognized academic databases, reputable journals, scientific articles, official
websites, and regulatory documents. The conditions and support mechanisms
created for entrepreneurship in developed countries were analyzed and compared
with the regulatory practices of Uzbekistan. The article concludes with key findings
and practical recommendations for future researchers in this field.

Keywords: entrepreneurship, small business, government regulation,
international experience, support mechanisms, comparative analysis, economic
development, business environment, institutional reforms, Uzbekistan experience.

Аннотация. В данной статье рассматривается актуальность развития
предпринимательства и малого бизнеса в условиях современной
экономической трансформации и глобализации. На основе зарубежных
научных источников проведён анализ значимости и эффективности
государственного регулирования предпринимательской деятельности.
Основной целью исследования является изучение передового международного
опыта регулирования и развития предпринимательства и малого бизнеса, а
также определение возможностей его практического применения. В ходе
исследования использован метод сравнительного анализа, при этом основное
внимание уделено вторичным источникам данных. Информация была собрана
из международно признанных научных баз данных, авторитетных журналов,
научных статей, официальных веб-сайтов и нормативно-правовых
документов. Проанализированы условия и механизмы поддержки
предпринимательства в развитых странах и проведено их сопоставление с
практикой регулирования в Узбекистане. В завершении статьи представлены
основные выводы автора и практические рекомендации для дальнейших
исследований в данной области.

Ключевые слова: предпринимательство, малый бизнес,
государственное регулирование, международный опыт, механизмы
поддержки, сравнительный анализ, экономическое развитие, бизнес-среда,
институциональные реформы, опыт Узбекистана.

KIRISH
Bugungi kunda tadbirkorlik va kichik biznes rivoji jahon iqtisodiyotida
barqaror o‘sishni ta’minlash, bandlik darajasini oshirish hamda raqobatbardosh
iqtisodiy muhitni shakllantirishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik va kichik biznes
subyektlari iqtisodiyotning yеtakchi bo‘g‘ini hisoblanib, ayrim mamlakatlarda

ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-70 foizni tashkil etadi (Jahon banki
ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi). Bu holat mazkur sohaning iqtisodiy
taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.

Jahon iqtisodiy integratsiyasi sharoitida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish, tizimli islohotlarni jadallashtirish va barqaror
iqtisodiy o‘sishga erishishda tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning
samarali xalqaro modellari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, Xitoyda ish bilan band aholining 81,4 foizi va yalpi ichki mahsulotning

54,3 foizi, Yaponiyada mos ravishda 70,8 foiz va 67,0 foiz, AQSHda esa ish
bilan band aholining 50,6 foizi hamda YAIMning 53,1 foizi kichik biznes hissasiga
to‘g‘ri keladi (OECD va Jahon banki statistik ma’lumotlari). Ushbu ko‘rsatkichlar
tadbirkorlik va kichik biznesning bandlikni ta’minlash hamda iqtisodiy o‘sishdagi
muhim rolini tasdiqlaydi.

Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini
yaratish va davlat byudjeti tushumlarini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois
rivojlangan davlatlarda tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan soliq, moliyaviy, institutsional va huquqiy mexanizmlar keng joriy
etilgan. Ushbu xalqaro tajribalar rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham muhim
amaliy ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llabquvvatlashning xalqaro modellarini tahlil qilish, rivojlangan davlatlar tajribasini
o‘rganish hamda ularning samarali jihatlarini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash
imkoniyatlarini aniqlashdan iboratdir.

Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
mamlakat taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. So‘nggi yillarda olib
borilayotgan islohotlar natijasida aholi, ayniqsa yoshlar orasida tadbirkorlik
faoliyatiga bo‘lgan qiziqish ortib, o‘z biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish
imkoniyatlari kengaymoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida
bildirilgan quyidagi fikr muhim ahamiyatga ega: “Biz faqat faol tadbirkorlik,
tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz”
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019-yil Oliy Majlisga
Murojaatnomasi).

Shuningdek, 2016-yil 5-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishga qaratilgan farmonida
tadbirkorlik va kichik biznes subyektlariga keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga
davlat organlarining asossiz aralashuvini qisqartirish ustuvor vazifa etib belgilangan
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 2016-yil 5-oktabr). Ushbu hujjat

tadbirkorlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlar huquqlarini ishonchli himoya
qilishga xizmat qiladi.

Keyingi yillarda mamlakatda tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlar izchil davom
ettirilmoqda. Xususan, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, tadbirkorlik va kichik biznesni
rag‘batlantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan (O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar
strategiyasi).

2021-yil 16-iyun kuni Savdo-sanoat palatasining navbatdagi qurultoyida
Adliya vaziri R. Davletov tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish
masalalariga to‘xtalib, tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyatini quyidagicha izohladi:
“Tadbirkorlikning asosiy mohiyati – foyda olish, samaradorlik va olingan foydani
qayta investitsiya qilishdan iborat. Tadbirkor qancha ko‘p foyda olsa, shuncha ko‘p
investitsiya qiladi va bu mamlakat iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladi” (Savdo-sanoat
palatasi qurultoyi materiallari, 2021-yil 16-iyun). Bu fikr tadbirkorlik va kichik
biznesni qo‘llab-quvvatlash davlat manfaatlariga to‘liq mos kelishini ko‘rsatadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadbirkorlik va kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish hamda
qo‘llab-quvvatlash tizimining shakllanish bosqichlari masalasi xorijiy va mahalliy
olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Jumladan, rossiyalik iqtisodchi V.N. Bykova
o‘zining dissertatsiya tadqiqotida kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish va
qo‘llab-quvvatlash tizimining shakllanishini bevosita to‘rt davrga ajratadi (Bykova
V.N. Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish tizimi: dissertatsiya
tadqiqoti). Olimning ta’kidlashicha, dastlabki davr xorijiy davlatlarda 1929–1938-
yillardagi jahon iqtisodiy inqiroziga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi bilan
bog‘liq bo‘lib, aynan shu davrda turli mamlakatlarda kichik biznesni qo‘llabquvvatlash vositalari shakllana boshlagan.
Ikkinchi davr XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelib, asosan Yaponiya,
AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kuzatilgan. Ushbu bosqichda kichik
biznesni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organlari, maxsus
boshqaruv tuzilmalari shakllantirilib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlovchi davlat
infratuzilmasi yaratilgan.
Rossiyalik olimlar O.V. Gleba va V.S. Shpekalar o‘z tadqiqotlarida kichik va
o‘rta korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning muammoli jihatlarini
tahlil qilgan holda, innovatsion faoliyatning muhim ahamiyatini alohida
ta’kidlaydilar. Ularning fikricha, “kichik va o‘rta biznesning rivojlangan

mamlakatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ularning innovatsiyalar bilan
chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi” (Глеба О.В., Шпека В.С. Проблемы
инновационного развития малого и среднего бизнеса). Demak, kichik biznesni
boshqarishda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa
raqamli iqtisodiyot shakllanayotgan sharoitda, dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.

Mazkur fikrni iqtisodchi E.I. Levinaning qarashlari ham tasdiqlaydi. Uning
ta’kidlashicha, “kichik va o‘rta biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
rivojlanishi iqtisodiyotning demonopolizatsiyasiga, yangi ish o‘rinlarining
yaratilishiga, hududiy bozorlarning shakllanishiga hamda innovatsion faoliyatning
rivojlanishiga xizmat qiladi” (Левина Э.И. Экономическое значение
государственной поддержки малого и среднего бизнеса).

O‘zbek olimasi Shahzoda Hatamova “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
kichik biznesni boshqarish tashkiliy mexanizmini takomillashtirish” nomli ilmiy
maqolasida O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini bosqichma-bosqich, tizimli va uzluksiz ravishda
takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, aynan shu yondashuv
orqali kichik biznesning hozirgi holati, uning faoliyatini tashkil etish va boshqarish
bilan bog‘liq muammolarni ijobiy hal etish mumkin (Hatamova Sh. Iqtisodiyotni
erkinlashtirish sharoitida kichik biznesni boshqarish mexanizmlari).

Xorijiy tadqiqotchilar orasida Jon Lesterning ishlari alohida ahamiyatga ega. U
“Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlovchi siyosat aralashuvi: asoslar, natijalar va
tavsiyalar” nomli maqolasida kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan federal tashabbuslarni uchta asosiy guruhga ajratadi: moliyalashtirish
dasturlari, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlar uchun
qulay bo‘lgan soliq choralarini joriy etish (Lester J. Small business policy
interventions: foundations, outcomes and recommendations).

JL Polo-Otero o‘zining “Tadbirkorlik qoidalari yangi tadbirkorlikni yuzaga
keltiradimi?” nomli maqolasida biznesni tartibga solish tadbirkorlikning umumiy
hajmiga emas, balki rasmiy va norasmiy tadbirkorlik o‘rtasidagi taqsimotga ko‘proq
ta’sir qilishini asoslab beradi. Uning xulosasiga ko‘ra, “qoidalar qanchalik qat’iy
bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyati shunchalik norasmiy tus oladi” (Polo-Otero J.L. Do
entrepreneurship regulations create entrepreneurship?). Tadqiqotchi 63 ta mamlakat
misolida olib borgan tahlillari orqali biznesni boshlashdagi ma’muriy
murakkabliklar tadbirkorlikning umumiy hajmiga emas, balki davlat ro‘yxatidan
o‘tgan tadbirkorlik darajasiga kuchli ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan.

Andre Van Stel esa “Biznes qoidalarining yangi va yosh tadbirkorlik
faoliyatiga ta’siri” nomli ilmiy ishida biznesni tartibga soluvchi qoidalar yangi va
yosh biznes subyektlari darajasiga mehnat bozoriga kirish qoidalariga nisbatan

kuchliroq ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tadbirkorlar faoliyatni
boshlaganlaridan so‘ng, davlat tartib-qoidalaridan ko‘ra biznesni rivojlantirish
omillariga ko‘proq e’tibor qaratadilar (Van Stel A. The effect of business
regulations on new and young businesses). Ushbu xulosalar 39 ta davlat misolida
ishlab chiqilgan ikki tenglamali model asosida isbotlangan.

Shuningdek, tadqiqotchi Aliyu Alhaji Jibrilla Nigeriyada hukumat
aralashuvining kichik biznes subyektlariga ta’sirini empirik jihatdan o‘rgangan.
Tadqiqot jarayonida davlat aralashuvi haqidagi tadbirkorlar idroki, ushbu
aralashuvlarning ularga tegishliligi va mavjudligi kabi uchta asosiy yo‘nalish tahlil
qilingan. Natijalar intervyu va so‘rovnoma usullari orqali to‘planib, foiz hamda Chikvadrat metodlari yordamida tahlil qilingan (Jibrilla A.A. Government intervention
and small-scale enterprises in Nigeria).

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kichik biznes operatorlarining aksariyati hukumat
tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari mavjudligidan yеtarli
darajada xabardor emas. Shu bois hukumat aralashuvi samaradorligini oshirish
uchun tadbirkorlarning xabardorligini kuchaytirish, axborot-tushuntirish ishlarini
kengaytirish hamda barcha kichik biznes subyektlari uchun teng imkoniyatlarni
ta’minlash zarurligi ta’kidlanadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur ilmiy tadqiqotda tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llabquvvatlashning xalqaro modellari hamda ularning amaliy ahamiyatini chuqur tahlil
qilish maqsadida kompleks metodologik yondashuv qo‘llanildi. Tadqiqot jarayonida
umumilmiy va maxsus iqtisodiy tahlil usullaridan tizimli ravishda foydalanildi.
Tadqiqotning asosiy metodologik asosi sifatida qiyosiy tahlil usuli tanlandi.
Ushbu usul yordamida turli mamlakatlarda tadbirkorlik va kichik biznesni davlat
tomonidan tartibga solish hamda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari o‘zaro
taqqoslandi, ularning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlandi. Qiyosiy tahlil xalqaro
modellar samaradorligini baholash, ularning institutsional, moliyaviy va huquqiy
xususiyatlarini aniqlash hamda ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash
imkoniyatlarini asoslash imkonini berdi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Shuningdek, tadqiqotda tahlil va sintez, mantiqiy umumlashtirish, induksiya va
deduksiya kabi umumilmiy usullardan foydalanildi. Mazkur metodlar orqali mavjud
ilmiy qarashlar, normativ-huquqiy hujjatlar va statistik ko‘rsatkichlar tahlil qilinib,
asosli ilmiy xulosalar shakllantirildi.
Empirik tahlil jarayonida asosan ikkilamchi ma’lumotlar bazasidan
foydalanildi. Ushbu ma’lumotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotining so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari,

tadbirkorlik va kichik biznes rivojlanish dinamikasi tahlil qilindi. Tadqiqotning
ilmiy asoslanganligini oshirish maqsadida xorijiy olimlar tomonidan e’lon qilingan
ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari va tahliliy
materiallardan keng foydalanildi.

Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda rasmiy milliy statistik manbalar hamda
xalqaro axborot resurslari o‘rganildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining
vakolatli davlat organlari tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlar bilan bir
qatorda, Jahon bankining Jahon rivojlanish indikatorlari (World Development
Indicators) bazasidagi ko‘rsatkichlardan foydalanildi. Ushbu ma’lumotlar tadqiqot
doirasida xalqaro taqqoslashni amalga oshirish hamda tadbirkorlik va kichik
biznesni qo‘llab-quvvatlashning samaradorligini baholash imkonini berdi.

Bundan tashqari, tadqiqotda dinamik tahlil usulidan foydalanilib, vaqt kesimida
tadbirkorlik va kichik biznes ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Zarur
hollarda strukturaviy tahlil orqali iqtisodiyotda tadbirkorlik va kichik biznesning
ulushi, tarkibi va o‘zaro nisbatlari baholandi.

Mazkur metodologik yondashuv tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llabquvvatlashning xalqaro modellarini ilmiy jihatdan asoslash, ularning amaliy
ahamiyatini ochib berish hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ilmiy
xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qildi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy mamlakatlarda kichik biznes
va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning puxta ishlab chiqilgan va
izchil amal qiluvchi tizimi mavjud. Ushbu tizim jahon iqtisodiyotining globallashuvi
sharoitida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, innovatsion rivojlanishni
jadallashtirish hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy muhitida raqobatbardoshlikni
oshirishga xizmat qilmoqda. Amaldagi islohotlar natijasida rivojlangan davlatlarda
tadbirkorlik subyektlari jami korxonalar sonining 90 foizdan ortig‘ini tashkil etib,
mehnatga layoqatli aholining 50 foizdan ziyodini ish bilan ta’minlamoqda (World
Bank. SME Contribution to Employment and GDP. Washington DC, 2021). Bu
holat kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishiga aylanganini ko‘rsatadi.

1-jadval. Jahon tajribasida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va
innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning asosiy xususiyatlari.

Asosiy xususiyatlar Asosiy xususyatlarning qaysi
davlatlarga xos ekanligi

Yangi mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqarish Fransiya, AQSH va boshqa
xarajatlarini 50 foizgacha Toʻgʻridan- toʻgʻri moliyalashtiradi. mamlakatlar

(subsidiyalar, zayom)

Foizsiz ssudalar taqdim etiladi Shvetsiya

Dotatsiyalar beriladi, kichik biznesga kreditlar ajratishda Amalda barcha rivojlangan
venchur fondlaridan samarali foydalanadi mamlakatlar

nnovatsiyon loyihalarni ishlab chiqishga joriy etishini qo‘llab AQSH, Angliya, Germaniya,
quvatlash maqsadida venchur moliyalashtirish fondlari tashkil Fransiya, Shvetsariya,
Niderlandiya
etadi.

Yakka tartibdagi kashfiyotchilar uchun davlat bojlari Avstriya, Germaniya, AQSH,
pasaytiriladi Yaponiya

Kashfiyotlar energiyani tejashiga qaratilgan bo‘lsa, davlat Avstriya
bojlarini to‘lashda ozod etiladi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortishdan ozod etiladi, Xitoy
soliqlar faqatgina eksport qilishda solinadi

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvatlash (bozorga chiqishda, Buyuk Britaniya, Italiya
sheriklar topishda axborot bilan tekin taminlashda, imtiyozli

narxda ijaraga bino va inshoatlar, kerakli asbob uskunalar
taqdim etish)ga alohida e’tibor qaratiladi

Tadbirkorlarga faoliyatining dastlabki ikki yilida foizsiz Germaniya
kreditlar beriladi, keyingi yillarda esa juda past stavkalarda

yillik foizlar undiriladi

Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha patentlar Niderlandiya, Yaponiya,
olishda bojlardan ozod etiladi. Germaniya

Kichik biznesning sug‘urta qilinmagan zaralarini qoplash AQSH
uchun yordam puli beriladi. Davlat bank kreditlarini olishda

kafil sifatida qatnashadi.

Mazkur natijalar davlat tomonidan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlarining to‘laqonli shakllanganligi va samarali ishlayotganini anglatadi.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes korxonalarining keng ko‘lamli
rivojlanishini ta’minlash hamda ularning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish
maqsadida moliyaviy, institutsional va huquqiy xarakterdagi kompleks choratadbirlar ishlab chiqilgan.

Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda kichik biznesni innovatsion jihatdan takomillashtirish masalasi ancha
yillar avval strategik ustuvor vazifa sifatida belgilangan va bugungi kunda ham o‘z
dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ayniqsa, kichik biznes subyektlarining innovatsion
faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar davlat
siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznesning innovatsion salohiyatini
oshirish davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni talab etadi. Xorijiy tajriba shuni

yaqqol isbotlaydiki, subsidiya, imtiyozli kreditlar, venchur moliyalashtirish, soliq va
bojxona imtiyozlari kabi instrumentlar kichik biznesning texnologik yangilanishi va
raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi (Van Stel A., Polo-Otero J.L.
Regulation and New Firm Creation: International Evidence). Shu bois rivojlangan
davlatlarda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlovchi omil sifatida ham qaraladi.

Jahon tajribasida kichik biznesni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash amaliyoti
tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur sohani rag‘batlantirishda davlat paternalizmi
prinsipi muhim o‘rin tutadi. Ushbu prinsipning mazmuni kichik biznesni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash uch xil yondashuv modeli orqali amalga oshirilishida
namoyon bo‘ladi.

Birinchi model proteksionistik yondashuv bo‘lib, u rivojlangan davlatlarning
iqtisodiy inqiroz sharoitidan chiqish tajribasi hamda kichik biznesni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan maqsadli davlat dasturlariga asoslanadi. Ushbu model
kichik biznes rivoji yuqori darajada shakllangan Amerika Qo‘shma Shtatlari
tajribasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, AQSHda kichik biznes subyektlarini
innovatsion rivojlantirish “Kichik biznesda innovatsion tadqiqotlar dasturi” hamda
“Kichik biznes texnologiyalari transferti dasturi” (U.S. Small Business
Administration. Innovation and Technology Transfer Programs. Washington DC,
2020) orqali samarali tarzda qo‘llab-quvvatlanadi.

Ikkinchi model proteksionistik choralarni qo‘llamaydigan yondashuv bo‘lib,
unda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha davlatning bevosita aralashuvi
cheklangan. Jahon amaliyotida ushbu modelga Fransiya misol bo‘la oladi. Mazkur
mamlakatda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik ko‘lamli davlat
dasturlarining mavjud emasligi ushbu yondashuvning asosiy xususiyati hisoblanadi.

Uchinchi model esa yuqoridagi ikki yondashuvning o‘zaro uyg‘unlashuvi
asosida shakllangan bo‘lib, bunda proteksionistik va bozor mexanizmlariga
asoslangan usullar birgalikda qo‘llaniladi. Buyuk Britaniya tajribasi ushbu
modelning yaqqol namunasi hisoblanadi (European Commission. UK SME Support:
Integrated Models. Brussels, 2020). Mazkur yondashuvda kichik biznesni qo‘llabquvvatlash bo‘yicha davlat darajasida e’lon qilingan chora-tadbirlar asosan
proteksionistik bo‘lmagan vositalar orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda ham kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga
qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kichik biznesni
boshqarish tizimini takomillashtirish doirasida davlat tomonidan tartibga solish va
qo‘llab-quvvatlash choralariga oid bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlar qabul
qilinib, ular amaliyotda o‘z ijobiy samarasini bermoqda (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligi. Kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha huquqiy bazani
takomillashtirish. Tashkent, 2021). Mamlakatda yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-

yilga borib ikki barobarga oshirish maqsadini amalga oshirishda kichik biznes
salohiyatidan samarali foydalanish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

E’tiborlisi shundaki, so‘nggi uch yil davomida (2018-2021-yillar) mamlakatda
soliqlar turlari 16 tadan 9 taga qisqartirildi, shuningdek, oxirgi besh yil ichida yosh
tadbirkorlar soni besh barobarga oshib, ularning umumiy soni

500 mingdan ortdi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi.
Yosh tadbirkorlar va YaIM rivoji bo‘yicha statistik hisobot. 2021). Bu
ko‘rsatkichlar tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarning amaliy
natijasini ifodalaydi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan imtiyozlar va qulay
sharoitlarga qaramay, kichik biznes sohasida hali ham еchimini kutayotgan
muammolar mavjudligini ko‘rish mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida
kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat organlari
hamda tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarini aniq tartibga soluvchi yagona
ma’muriy reglament to‘liq ishlab chiqilmagan. Shuningdek, ruxsat berish tartibtaomillarining ochiqligi еtarli darajada ta’minlanmagan, ayrim hollarda nazorat
organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvi holatlari
uchrab turadi. Bundan tashqari, kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon
bozorlariga olib chiqishni ta’minlovchi samarali amaliy mexanizmlar hali to‘liq
shakllantirilmagan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida ishbilarmonlik muhitini tubdan
yaxshilash, bozor islohotlarini izchil liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lida
keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligi. Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha qarorlar to‘plami.
Tashkent, 2021). Xususan, tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng erkinliklar berish,
kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi mavjud
to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
sifatida belgilandi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi. Tashkent, 2020). Ushbu
maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilindi.

Mazkur qaror va islohotlar kichik biznes va tadbirkorlikning mamlakat
iqtisodiyotidagi roli hamda ulushini oshirish, ularning eksport salohiyatini
kengaytirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlar darajasini yuksaltirishga
xizmat qilmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay ishbilarmonlik
muhitini shakllantirish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish, soliq va bojxona
yukini kamaytirish orqali kichik biznesning iqtisodiy faolligini oshirishga alohida

e’tibor qaratilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi. Eksport
salohiyati va bandlikni oshirish bo‘yicha tahlil hisobot. 2021).

Shuningdek, qabul qilinayotgan qarorlar doirasida kichik biznes va tadbirkorlik
subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish,
eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda
hududlarda tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan mexanizmlar
joriy etilmoqda. Bu esa kichik biznesning nafaqat iqtisodiy o‘sish omili, balki
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim institut sifatida shakllanishiga xizmat
qilmoqda.

2-jadval. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini
rivojlantirishning asosiy xususiyatlari.

Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

Soliq va boj imtiyozlari Budjetdan ajratmalar

Yakka tartibdagi kashfiyotchilar uchun Foizsiz ssudalar taqdim etiladi
davlat bojlari pasaytiriladi

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar soliqqa Dotatsiyalar beriladi, kichik biznesga kreditlar
tortishdan ozod etiladi, soliqlar faqatgina ajratishda venchur fondlaridan samarali
eksport qilishda solinadi foydalanadi

Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari Yangi mahsulot va texnologiyalarni ishlab
bo‘yicha patentlar olishda bojlardan ozod chiqarish xarajatlarini 50 foizgacha Toʻgʻridanetiladi. toʻgʻri moliyalashtiradi (subsidiyalar, zayom)

Kashfiyotlar energiyani tejashiga qaratilgan Innovatsiyon loyihalarni ishlab chiqishga joriy
bo‘lsa, davlat bojlarini to‘lashda ozod etishini qo‘llab quvatlash maqsadida venchur
etiladi. moliyalashtirish fondlari tashkil etadi

Biroq amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, kichik biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida mavjud muammolarni tizimli ravishda
bartaraf etish, xalqaro ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganish va ularni milliy sharoitga
moslashtirish zarurati saqlanib qolmoqda. Shu bois, tadbirkorlik va kichik biznesni
qo‘llab-quvvatlashning samarali xalqaro modellarini tahlil qilish hamda ularning
amaliy ahamiyatini baholash ushbu tadqiqotning dolzarbligini yanada oshiradi.

Xususan, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy
faoliyatda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning
mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, eksport
shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini soddalashtirish hamda bojxona
ma’muriyatchiligini liberallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida ahamiyat
kasb etmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi islohotlar kichik biznes subyektlarining eksport

salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini kuchaytirish va valyuta
tushumlarini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat
boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat idoralari, shuningdek
tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi
prinsipini ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini ta’minlash bo‘yicha
me’yoriy hujjatlar. Tashkent, 2020). Mazkur prinsipga muvofiq, amaldagi me’yoriyhuquqiy hujjatlarda uchraydigan bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va
noaniqliklar tadbirkorlar manfaatlari foydasiga talqin etilishi nazarda tutilgan. Bu
esa ishbilarmonlik muhitining yanada erkinlashuvi va tadbirkorlik faoliyatining
huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish
hamda qo‘llab-quvvatlashga oid amaldagi qonunlar, Prezident qarorlari va hukumat
tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlarni tahlil qilish, shuningdek, ilg‘or xorijiy
tajribani o‘rganish asosida mazkur tadqiqot doirasida umumlashtiruvchi jadval
ishlab chiqildi. Ushbu jadvalda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning asosiy
yo‘nalishlari va mexanizmlari tizimli ravishda aks ettirildi.

Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasida
kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, imtiyozli kreditlash,
subsidiyalar, grantlar va kafolatlash mexanizmlarining kengaytirilishi kichik biznes
subyektlarining barqaror faoliyat yuritishi va innovatsion salohiyatini oshirishda
muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
jarayonida davlat paternalizmi (otalikka oluvchi) prinsipi alohida ahamiyat kasb
etishi aniqlanadi.

Mazkur xulosani iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, xususan, kichik biznes eng
yuqori darajada rivojlangan mamlakatlardan biri bo‘lgan Amerika Qo‘shma
Shtatlari tajribasi ham tasdiqlaydi. AQSHda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash
samarali davlat dasturlari orqali amalga oshiriladi. Jumladan, “Kichik biznesda
innovatsion tadqiqotlar dasturi” hamda “Kichik biznes texnologiyalari transferti
dasturi” orqali tadbirkorlik subyektlarining ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati
faol rag‘batlantiriladi (U.S. Small Business Administration. Innovation and
Technology Transfer Programs. Washington DC, 2020). Ushbu tajriba shuni
ko‘rsatadiki, kichik biznesni innovatsion rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat
dasturlari O‘zbekiston sharoitida ham samarali qo‘llanishi mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mazkur tadqiqot doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan
tartibga solish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dunyoning iqtisodiy jihatdan
rivojlangan davlatlari tajribasi atroflicha tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi
O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida xorijiy
mamlakatlarda amaliyotda o‘zini oqlagan tartib-qoidalar, mexanizmlar va
institutsional yondashuvlarni o‘rganish hamda ularni milliy sharoitga moslashtirish
imkoniyatlarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
O‘tkazilgan tahlillar natijasida aniqlanishicha, xorijiy davlatlarda kichik biznes
va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati asosan imtiyozlar va
rag‘batlantiruvchi mexanizmlarga tayanadi. Jumladan, ayrim mamlakatlarda
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni soliqqa tortishdan ozod etish, soliqlarni faqat
eksport faoliyatiga nisbatan qo‘llash, tadbirkorlik faoliyatining dastlabki ikki yilida
foizsiz kreditlar ajratish, keyingi bosqichlarda esa past foiz stavkalarini joriy etish
amaliyoti keng qo‘llaniladi. Shuningdek, yangi mahsulot va texnologiyalarni ishlab
chiqish xarajatlarini 50 foizgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish (subsidiyalar va
zayomlar), foizsiz ssudalar ajratish hamda dotatsiyalar berish kabi mexanizmlar
kichik biznesning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Tadqiqot jarayonida yana bir muhim holat aniqlandiki, davlat tomonidan
tadbirkorlik faoliyatiga haddan tashqari ma’muriy aralashuv, murakkab tartibtaomillar va qat’iy talablar tadbirkorlarni rasmiy faoliyatdan chekinib, norasmiy
faoliyat yuritishga yoki umuman biznesni to‘xtatishga majbur etishi mumkin. Shu
bois kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda davlatning asosiy vazifasi
nazorat qilishdan ko‘ra, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi lozim. Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatining boshlang‘ich bosqichida foizsiz
kreditlar ajratish, soliq va bojxona imtiyozlari berish, dotatsiyalar va grantlar orqali
moliyaviy ko‘maklashish tadbirkorlarning rasmiy sektorida faoliyat yuritishga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Yuqorida keltirilgan xorijiy tajribani tahlil qilish asosida O‘zbekistonda kichik
biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan quyidagi taklif va
tavsiyalar ishlab chiqildi:
- kichik biznes subyektlarining yangi faoliyat turlarini davlat byudjeti
hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali ularning raqobatbardoshligini
oshirish (AQSH tajribasi asosida);
- yangi biznes boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlarning biznes loyihalariga
ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan kompleks ko‘maklashish mexanizmlarini
joriy etish;

- jahon tajribasida kichik biznes boshqaruvini takomillashtirishda yuqori
natijalarga erishib kelayotgan konsalting markazlari faoliyatini O‘zbekiston
sharoitida rivojlantirish va ularning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirish;

- barcha hududlar kesimida kichik va o‘rta biznesni yuritish bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalar berishga, tadbirkorlik madaniyatini shakllantirishga ixtisoslashgan
o‘quv va maslahat muassasalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini tizimli
ravishda takomillashtirish.

Mazkur xulosa va takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi O‘zbekistonda kichik
biznes va tadbirkorlikning barqaror rivojlanishiga, ularning iqtisodiyotdagi ulushi va
ahamiyatining oshishiga, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlashda
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. – Toshkent, 2019-yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi
“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga
mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi. – Toshkent, 2017-yil.
4. Davletov R. (2021) Tadbirkorlik kodeksi va tadbirkorlikka oid qonunchilikni
takomillashtirish masalalari // Savdo-sanoat palatasi qurultoyi materiallari. –
Toshkent, 2021 yil 16 iyun.
5. Быкова В.Н. (2023) Государственное регулирование и поддержка
малого бизнеса: диссертация. – Москва.
6. Глеба О.В., Шпека В.С. (2022) Проблемы государственной поддержки
малого и среднего бизнеса в инновационной экономике. – Москва.
7. Левина Э.И. (2021) Государственная поддержка малого и среднего
бизнеса как фактор экономического роста. – Москва.
8. Lester J. (2021) Small business policy interventions: foundations, outcomes
and recommendations // Journal of Small Business Policy.
9. Polo-Otero J.L. (2021) Do entrepreneurship regulations create
entrepreneurship? // World Development.
10. Van Stel A. (2023) The effect of business regulations on new and young
businesses // Small Business Economics.
11. Jibrilla A.A. (2022) Government intervention and small-scale enterprises
performance in Nigeria // International Journal of Business and Management.

12. European Commission. SME Policy and Innovation Support Reports. –
Brussels.

13. Small Business Administration (SBA). Small Business Innovation
Research (SBIR) Program. – USA.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. – Toshkent, 2019 yil. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5-oktabrdagi
“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. (In Uzbek)
3. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi. – Toshkent, 2017 yil. (In Uzbek)
4. Davletov R. (2021) Tadbirkorlik kodeksi va tadbirkorlikka oid
qonunchilikni takomillashtirish masalalari // Savdo-sanoat palatasi qurultoyi
materiallari. – Toshkent, 2021 yil 16 iyun. (In Uzbek)
5. Bikova V.N. (2023) Gosudarstvennoye regulirovaniye i podderjka malogo
biznesa: dissertatsiya. – Moskva. (In Russian)
6. Gleba O.V., Shpeka V.S. (2022) Problemi gosudarstvennoy podderjki
malogo i srednego biznesa v innovatsionnoy ekonomike. – Moskva. (In Russian)
7. Levina E.I. (2021) Gosudarstvennaya podderjka malogo i srednego biznesa
kak faktor ekonomicheskogo rosta. – Moskva. (In Russian)
8. Lester J. (2021) Small business policy interventions: foundations, outcomes
and recommendations // Journal of Small Business Policy.
9. Polo-Otero J.L. (2021) Do entrepreneurship regulations create
entrepreneurship? // World Development.
10. Van Stel A. (2023) The effect of business regulations on new and young
businesses // Small Business Economics.
11. Jib A.A. (2022) Government intervention and small-scale enterprises
performance in Nigeria // International Journal of Business and Management.
12. European Commission. SME Policy and Innovation Support Reports. –
Brussels.
13. Small Business Administration (SBA). Small Business Innovation
Research (SBIR) Program. – USA.