QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA
INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH
METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
IMPROVING THE METHODOLOGY FOR INCREASING THE
EFFICIENCY OF INNOVATIVE ACTIVITIES IN CONSTRUCTION
MATERIALS PRODUCTION ENTERPRISES
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДОЛОГИИ ПОВЫШЕНИЯ
ЭФФЕКТИВНОСТИ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА
ПРЕДПРИЯТИЯХ СТРОИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛОВ
https://doi.org/10.5281/zenodo.21350657
Kurbanova Shaxnoza Yuldashbayevna
Oriental universiteti Biznes va boshqaruv kafedrasi v.b.
dotsent, PhD, TDUI tadqiqodchisi,
Tel.: +998 99 789-73-38
E-mail:shakhnozakurbanova88@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish metodologiyasini
takomillashtirish masalalari kompleks tarzda tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv va
raqobat kuchayib borayotgan sharoitda qurilish sanoati korxonalarida
innovatsiyalarni joriy etish, ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda innovatsion faoliyatning nazariy asoslari, uning
iqtisodiy mohiyati hamda ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri chuqur
o‘rganilgan. Maqolada korxonalarda innovatsion jarayonlarni baholashning mavjud
metodologiyalari tahlil qilinib, ularning afzallik va kamchiliklari aniqlangan. Shu
asosda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari uchun moslashtirilgan,
zamonaviy talablarni inobatga oluvchi yangi metodologik yondashuvlar taklif
etilgan. Xususan, innovatsion faoliyat samaradorligini aniqlashda iqtisodiy,
texnologik va tashkiliy omillarni kompleks baholash tizimi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish
korxonalarning raqobatbardoshligini oshiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi va
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: Innovatsion faoliyat, qurilish materiallari sanoati, ishlab
chiqarish korxonalari, samaradorlik, metodologiya, innovatsion rivojlanish,
texnologik yangilanish, iqtisodiy samaradorlik, raqobatbardoshlik, modernizatsiya.
Annotation. This article comprehensively analyzes the issues of improving the
methodology for increasing the efficiency of innovative activities in construction
materials manufacturing enterprises. In the current conditions of globalization and
increasing competition, the introduction of innovations in construction industry
enterprises and increasing their economic efficiency are becoming increasingly
important. The study delves into the theoretical foundations of innovative activity,
its economic essence and its impact on production efficiency. The article analyzes
the existing methodologies for assessing innovative processes in enterprises,
identifying their advantages and disadvantages. On this basis, new methodological
approaches have been proposed, adapted for enterprises of the production of
building materials, taking into account modern requirements. In particular, a system
for a comprehensive assessment of economic, technological, and organizational
factors has been developed to determine the effectiveness of innovative activities.
The results of the study show that the effective organization of innovative activities
increases the competitiveness of enterprises, improves product quality, and serves to
reduce production costs.
Keywords: Innovative activity, construction materials industry, manufacturing
enterprises, efficiency, methodology, innovative development, technological
renewal, economic efficiency, competitiveness, modernization.
Аннотация. В данной статье проведен комплексный анализ вопросов
совершенствования методологии повышения эффективности инновационной
деятельности на предприятиях по производству строительных материалов. В
нынешних условиях глобализации и усиления конкуренции важное значение
приобретает внедрение инноваций на предприятиях строительной отрасли,
повышение их экономической эффективности. В исследовании глубоко
изучены теоретические основы инновационной деятельности, ее
экономическая сущность и влияние на эффективность производства. В статье
проанализированы существующие методики оценки инновационных
процессов на предприятиях и определены их достоинства и недостатки. На
этой основе предложены новые методические подходы, адаптированные для
предприятий по производству строительных материалов, учитывающие
современные требования. В частности, разработана система комплексной
оценки экономических, технологических и организационных факторов при
определении эффективности инновационной деятельности. Результаты
исследования показывают, что эффективная организация инновационной
деятельности повышает конкурентоспособность предприятий, улучшает
качество продукции и способствует снижению себестоимости продукции.
Ключевые слова: Инновационная деятельность, промышленность
строительных материалов, производственные предприятия, эффективность,
методология, инновационное развитие, технологическое обновление,
экономическая эффективность, конкурентоспособность, модернизация.
KIRISH
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida sanoat tarmoqlarining barqaror
rivojlanishini ta’minlashda innovatsion faoliyat muhim omillardan biri sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari
iqtisodiyotning real sektorida alohida o‘rin egallab, mamlakat infratuzilmasini
rivojlantirish, uy-joy qurilishi hajmini oshirish, sanoat va ijtimoiy obyektlarni barpo
etishda asosiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli mazkur tarmoqda ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, energiya
tejamkor texnologiyalarni joriy etish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Aynan ushbu vazifalarni amalga oshirishda innovatsion faoliyatni samarali tashkil
etish va uning metodologik asoslarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasida sanoatni modernizatsiya qilish, mahalliy ishlab
chiqarishni rivojlantirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni
kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi “Qurilish
materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-365-sonli
Qarorida (PQ-365) qurilish materiallari sanoatini texnologik yangilash, energiya
samaradorligini oshirish, innovatsion ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish
hamda eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab
berilgan. Mazkur hujjat tarmoq korxonalarida innovatsion faoliyatni
rivojlantirishning institutsional asoslarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi
“Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-sonli (PQ-139) Qarorida qurilish
materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularga
investitsiyalar jalb etish, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va yangi turdagi
mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu
normativ-huquqiy hujjat korxonalarning innovatsion faolligini oshirish hamda ichki
va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini kuchaytirish uchun muhim huquqiy asos
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat
deganda yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini
modernizatsiya qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, energiya va resurs tejamkor
usullarni qo‘llash, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqish hamda boshqaruv
tizimlarini takomillashtirish tushuniladi. Innovatsion faoliyat korxonaning nafaqat
ichki samaradorligini oshiradi, balki uning tashqi bozordagi mavqeini ham
mustahkamlaydi. Raqobat sharoitida aynan innovatsion salohiyat korxonaning uzoq
muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida
qaraladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda uy-joy qurilishi hajmining ortishi qurilish
materiallariga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirdi. Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi “Aholini uy-joy bilan ta’minlash
ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-29-sonli Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur farmonda zamonaviy uy-joylar qurilishini jadallashtirish, qurilish
jarayonlarini samarali tashkil etish va qurilish materiallari ta’minotini uzluksiz
yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilangan bo‘lib, bu holat qurilish materiallari ishlab
chiqaruvchi korxonalarda innovatsion faoliyatni jadallashtirish zaruratini yanada
kuchaytiradi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-
fevraldagi “Ko‘p kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish
mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-73-sonli Qarorida zamonaviy qurilish mexanizmlarini joriy etish, loyiha
boshqaruvi samaradorligini oshirish va qurilish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash
masalalari alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu qaror qurilish tarmog‘ida innovatsion
boshqaruv usullarini qo‘llash bilan bir qatorda, qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalarida ham yangi texnologiyalarni keng joriy etishni taqozo etadi.
Amaliy natijalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab qurilish materiallari ishlab
chiqaruvchi korxonalarda innovatsiyalarni joriy etish jarayoni yetarli darajada
tizimli emas. Ba’zi korxonalarda texnologik yangilanishlar sust kechmoqda, ilmiytadqiqot ishlanmalari ishlab chiqarish bilan yetarli darajada integratsiyalashmagan,
investitsion resurslar cheklangan va boshqaruv tizimida zamonaviy innovatsion
yondashuvlar to‘liq shakllanmagan. Natijada ishlab chiqarish tannarxining
yuqoriligi, mahsulot sifatining barqaror emasligi, eksport salohiyatining pastligi
hamda xalqaro bozorda raqobatbardoshlikning sustligi kuzatilmoqda. Bunday
sharoitda innovatsion faoliyat samaradorligini baholash, uni boshqarish va
takomillashtirish metodologiyasini ishlab chiqish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat
kasb etadi.
Innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish metodologiyasi o‘z ichiga bir
qator muhim elementlarni oladi. Jumladan, innovatsion loyihalarni tanlash va
baholash, resurslardan samarali foydalanish, investitsion jozibadorlikni oshirish,
ishlab chiqarish natijalarini monitoring qilish, iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlarini aniqlash va strategik rejalashtirish mexanizmlarini shakllantirish
zarur hisoblanadi. Mazkur metodologiyalar korxonalarda innovatsion qarorlar qabul
qilish jarayonini ilmiy asoslashga yordam beradi hamda innovatsiyalarni amaliy
natijaga aylantirish imkonini yaratadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat
samaradorligini oshirish masalalari zamonaviy iqtisodiyotning dolzarb ilmiy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Innovatsion jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilish
ilmiy-texnologik taraqqiyot darajasini aniqlash, iqtisodiy rivojlanishning istiqbolli
yo‘nalishlarini belgilash hamda yangi texnologiyalarni yaratish va joriy etish
strategiyalarini ishlab chiqishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi . Shu
jihatdan qaraganda, innovatsion faoliyatni kompleks tahlil qilish korxonalarda
resurslardan samarali foydalanish, investitsiya oqimlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va
texnologik raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.
MDH olimlaridan K.V.Mixaylov (2010) innovatsion faoliyatni korxona
raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida baholab, uni
iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi raqobat kuchining muhim elementi deb
hisoblaydi. Uning fikricha, innovatsion faoliyatni tahlil qilishda korxonaning
innovatsiyalarga moyilligi, mavjud resurslari va innovatsion kompetensiyasi asosiy
mezonlar sifatida qaraladi. Bu esa korxonani innovatsion tizim sifatida baholash
imkonini beradi. O.V.Navoeva (2010) esa korxonaning innovatsion faoliyatini
baholashda investitsiyalarning ulushi, innovatsiyalar tuzilishi, ularning jamiyat
ehtiyojlariga mosligi hamda raqobat ustunliklarini ta’minlashdagi hissasiga alohida
e’tibor qaratadi. Ushbu yondashuv innovatsion faoliyatni faqat texnologik
yangilanish sifatida emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlik bilan bog‘liq
kompleks jarayon sifatida talqin etishga imkon beradi.
Mahalliy iqtisodchi olimlardan B.Baxtiyorov (2023) korxonalarda innovatsion
faoliyat samaradorligini kompleks baholash zarurligini ta’kidlab, bu jarayonda fan
sig‘imkorligi, innovatsion mahsulotlarning yangilanish darajasi, ilmiy-tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) samaradorligi, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash darajasi va ilmiy ishlanmalar intensivligi kabi ko‘rsatkichlardan
foydalanishni taklif etadi. Ushbu yondashuv innovatsion faoliyatni ko‘p omilli tizim
sifatida baholash imkonini beradi. Z.Doniyorova (2022) esa sanoat korxonalarida
innovatsion faoliyatni baholash metodologiyasi korxonaning innovatsion salohiyati
va uning ichki imkoniyatlariga bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Bu esa
innovatsion rivojlanishda ichki resurslar va tashkiliy tuzilmaning muhim ahamiyat
kasb etishini ko‘rsatadi.
Innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishda ilmiy tadqiqotlar va
ishlanmalar muhim o‘rin tutadi. Ular korxonaga yangi daromad manbalarini
yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va mahsulot sifatini oshirish
imkonini beradi. Shu bilan birga, korxonaning innovatsion strategiyasi ham uning
umumiy samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsion faoliyatni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uzoq muddatli strategik rejalashtirish,
samarali boshqaruv tizimi va inson kapitalini rivojlantirish zarur hisoblanadi.
Menejment tomonidan innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, xodimlarning
malakasini oshirish va ularning kreativ salohiyatini rivojlantirish innovatsion
faoliyat samaradorligini oshiruvchi muhim omillardir.
Xorijiy olimlar L.Szarnecki va D.Van Gemert (2017) qurilish sanoatining
innovatsiyalarga nisbatan nisbatan konservativ yondashuvini ta’kidlab, bu holat
sanoatning tezkor o‘zgarishlarga moslashish imkoniyatlarini cheklashini qayd etadi.
D.Ashokkumar (2014) esa qurilish materiallari sanoatini milliy iqtisodiyotning
muhim tarmog‘i sifatida baholab, uning mahsulotlari qurilish ishlarining sifati va
tezligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi. Mahalliy olim Sh.Kurbaniyazov
(2017) ham ushbu tarmoqning davlat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini
ta’kidlab, uning strategik ahamiyatini yoritib beradi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qurilish materiallari
sanoati iqtisodiy o‘sishning muhim drayverlaridan biri bo‘lib, u yalpi ichki
mahsulotda sezilarli ulushga ega. Ushbu holat mazkur sohada innovatsion faoliyatni
rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish zarurligini yanada kuchaytiradi. Shu bilan birga,
innovatsion faoliyatni rivojlantirishda korxona boshqaruvining strategik qarorlari,
moliyaviy resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, texnologik investitsiyalarni jalb qilish va
bozor talablarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qurilish materiallari ishlab
chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligi ko‘plab omillarga
bog‘liq bo‘lib, ular orasida texnologik rivojlanish, ilmiy tadqiqotlar, menejment
strategiyasi, moliyaviy barqarorlik va bozor talabi muhim o‘rin egallaydi. Shu
sababli, korxonalar innovatsiyalarni o‘z faoliyatining ajralmas qismi sifatida qabul
qilib, ularni tizimli ravishda rivojlantirishlari zarur.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida
innovatsion faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan metodologiyani
takomillashtirish masalalari kompleks yondashuv asosida o‘rganildi. Tadqiqot
metodologiyasi nazariy va amaliy usullar uyg‘unligiga tayangan holda
shakllantirildi. Avvalo, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, xorijiy va mahalliy
olimlarning ishlari, shuningdek, innovatsion rivojlanish va sanoat korxonalarida
samaradorlikni oshirishga doir konseptual qarashlar tahlil qilindi. Bu jarayonda
tizimli tahlil va taqqoslash usullaridan keng foydalanildi, natijada mavjud
yondashuvlarning afzalliklari va kamchiliklari aniqlab olindi.
Tadqiqotning amaliy qismida iqtisodiy-statistik tahlil usullari qo‘llanilib,
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion faoliyat
ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Jumladan, korxonalarda innovatsiyalarni joriy etish
darajasi, investitsiya hajmi, ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot
raqobatbardoshligi o‘rtasidagi bog‘liqliklar tahlil qilindi. Ushbu jarayonda
regressiya tahlili va dinamik qatorlar usullaridan foydalanish orqali innovatsion
faoliyatning natijadorlikka ta’siri baholandi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Innovatsion jarayon innovatsiya (yangilik)larni yaratish, rivojlantirish va
tarqatish bilan bog‘liq. Ushbu jarayon doirasida innovatsiyalarni ishlab chiquvchilar
foyda olish uchun innovatsiyalarni yaratadilar va iste’molchilarga targ‘ib qiladilar.
U g‘oyaning paydo boʻlishi bilan boshlanib, innovatsiya tijoratlashtirilib ishlab
chiqarishga joriy etilishi bilan tugaydi (1-rasm):
Fundamental Amaliy Sanoat ishlab Sanoatda
tadqiqotlar tadqiqotlar chiqarishini ishlab
o‘zlashtirish
chiqarish
1-rasm. Korxonalarda innovatsion jarayonlarni tashkil etish bosqichlari
Innovatsion jarayonning eng sodda modeli innovatsion zanjir hisoblanadi. U
nisbatan mustaqil bosqich va davrlardan iborat toʻliq ilmiy-ishlab chiqarish siklini
oʻz ichiga oladi. Bosqichlar ilmiy bilimdan real mahsulotga oʻtish yoʻlining ketmaketligini belgilaydi.
Innovatsion jarayonlar tizimi o‘zining birinchi bosqichida ilmiy izlanishlarga
asoslanadi. Ushbu bosqichda insoniyat tabiat va jamiyatdagi har bir hodisani yanada
chuqurroq tushunishga intilib, yangi bilimlarni yaratadi. Bu jarayon ilm-fan
sohasida o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, yangi nazariyalar, g‘oyalar va
konsepsiyalarni shakllantirishga yordam beradi. Ilmiy faoliyatning bu bosqichiga
fundamental tadqiqotlar (FT), amaliy tadqiqotlar (AT) va loyihalash-konstruktorlik
ishlari (LKI) kiradi. Fundamental tadqiqotlar insoniyatning yangi ilmiy kashfiyotlar
qilishga qaratilgan ishlari bo‘lib, yangi bilimlarni ochishga yordam beradi. Amaliy
tadqiqotlar esa bu bilimlarni muayyan sohalarda foydalanish uchun tizimlashtiradi
va mavjud muammolarni hal qilishda qo‘llanadi. Loyihalash-konstruktorlik ishlari
esa yangi texnologiyalarni yaratishga, mavjud bilimlarni amaliyotga joriy qilishga
xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish bosqichida innovatsion jarayonning oldingi bosqichlari
natijalaridan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. Bu
bosqich mahsulotni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish bosqichini oʻz ichiga oladi. Bu
bosqich mahsulotni sanoat miqyosida ishlab chiqarish uchun toʻliq axborot, texnik
va tashkiliy tayyorgarlikni nazarda tutadi; shuningdek, mahsulotni bevosita ishlab
chiqarishni (I) oʻz ichiga oladi.
Korxonada innovatsion faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun uch asosiy omil zarur
bo‘ladi:
Birinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlari korxonalarning innovatsion salohiyatini
oshirishga xizmat qiladi. Ular orqali yangi g‘oyalar ishlab chiqiladi, mavjud
mahsulot va xizmatlar takomillashtiriladi. Korxonalar ilmiy muassasalar va
universitetlar bilan hamkorlik qilish orqali innovatsion mahsulot yaratish
imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.
Ikkinchidan, texnologik rivojlanish innovatsion faoliyatning asosi hisoblanadi.
Bu raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish
korxonalar uchun strategik ustunlik yaratadi.
Uchinchidan, innovatsion menejment tizimi korxonada yangiliklarni samarali
joriy etishga yordam beradi. Bunda tashkilotning rahbariyati va xodimlari orasida
innovatsion fikrlash madaniyatini shakllantirish muhimdir. Shuningdek, innovatsion
jarayonlarni moliyalashtirish, patentlash va loyihalarni to‘g‘ri boshqarish kabi
masalalar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar va boshqaruv
strukturalarida zamonaviy innovatsion texnologiyalarning tatbiqi ushbu
tashkilotlarga bozorlarda raqobatbardoshlikni ta'minlashda katta ahamiyat kasb
etmoqda. Bu holat mahsulot sifati, funksional imkoniyatlar va narx o‘rtasidagi
maqbul balansni ta'minlaydi. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha, korxonalarning
innovatsion faoliyati assortimentni diversifikatsiyalash, sifat ko‘rsatkichlarini
yaxshilash, zamonaviy texnologik yechimlarni amaliyotga joriy etish va ishlab
chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan kompleks tadqiqotlar kabi
yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Bu faoliyat turlariga korxonaning umumiy
innovatsion strategiyasining asosiy elementlari sifatida qaraladi. Innovatsion
faoliyat quyidagi vazifalarni hal etmogʻi lozim:
korxonada mavjud muammolarga aniqlik kiritish;
innovatsion faoliyatlarni ro‘yobga chiqarish;
innovatsion jarayonni yo‘lga qo‘yish.
Korxonaning innovatsion faoliyatining asosiy sharti shundaki, barcha mavjud
narsalar tez eskirish xususiyatiga ega. Shu sababli, eskirgan, qoloq boʻlib qolgan va
taraqqiyot yoʻlida toʻsiqqa aylangan barcha muammolarni muntazam ravishda
bartaraf etish, shuningdek, xatolar, muvaffaqiyatsizliklar va kamchiliklarni hisobga
olish zarur. Buning uchun korxonalarda vaqti-vaqti bilan mahsulotlar,
texnologiyalar va ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish, bozor va taqsimlash
kanallarini tahlil qilish lozim.
Boshqacha aytganda, korxona faoliyatining barcha jihatlarini oʻziga xos
rentgenogramma orqali tekshirish kerak. Bu shunchaki korxonaning ishlab
chiqarish-xoʻjalik faoliyatini, uning mahsulotlarini, bozorlarini va boshqalarni
diagnostika qilish emas. U tufayli korxona egalari oʻz mahsulot va xizmatlarini
raqobatchilar qilishini kutmasdan, birinchi boʻlib ma’naviy eskirgan holga keltirish
haqida o‘ylashlari kerak. Bu esa korxonalarni innovatsiyalarga undaydi.
Bundan tashqari, innovatsion faoliyatning samaradorligini ta’minlash uchun
muhim shartlardan biri korxonaning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan
tizimli yondashuvdir. Innovatsion jarayonlarda xodimlarning kreativligi va ilmiy
fikrlashni rivojlantirish, hamda tashkilot ichida innovatsiyalarni qo‘llabquvvatlovchi madaniyatni yaratish zarur.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot yaqin kelajakda
eskirib qolishi mumkinligini anglash rahbarga innovatsion g‘oyaga e’tibor
qaratishga majbur qiladigan eng kuchli omildir. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda
korxonaning innovatsion faoliyatini baholashga turlicha yondashuvlar mavjud.
Korxonaning innovatsion faoliyatini tahlil qilish va baholashning asosiy
yondashuvlari, koʻpincha amalda qoʻllaniladiganlar rasmiy, xarajatli va natijaviy
yondashuv hisoblanadi (2-rasm):
Innovatsion faoliyatni tahlil qilish va baholashga
yondashuvlar
Rasmiy – amalga oshirilgan innovatsion loyihalar soni, Xarajatli (resurs-xarajat) – korxona resurslarining
ularning ko‘lami va kompaniyaning innovatsion innovatsion jarayondagi ulushi va foydalanish
faoliyati tuzilmasidan kelib chiqqan holda innovatsion darajasini baholash
faollik darajasini baholash
Natijaviy - korxonada innovatsion faoliyat
samaradorligini baholash
2-rasm. Korxonalarda innovatsion faoliyatni baholashga yondashuvlar
Har bir yondashuv korxonaning innovatsion faoliyatini muayyan nuqtayi
nazardan baholashga qaratilgan. Xususan, rasmiy usul yangi loyihalar sonini tahlil
qiladi, xarajat usuli esa ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ajratilgan mablag‘ miqdorini
o‘rganadi. Natijaga qaratilgan usul esa yangi g‘oyalar bilan bog‘liq faoliyatning
iqtisodiy samaradorligini aniqlash va baholashga yo‘naltirilgan.
Innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish metodologiyasi, avvalo, mavjud
holatni chuqur tahlil qilishdan boshlanadi. Bu bosqichda korxonaning texnologik
darajasi, ishlab chiqarish quvvatlari, moliyaviy resurslari va kadrlar salohiyati
baholanadi. Keyingi bosqichda esa strategik maqsadlar belgilanib, innovatsion
rivojlanish yo‘nalishlari aniqlanadi. Bu jarayonda bozor konyunkturasi,
iste’molchilar talabi va raqobatchilar faoliyati ham inobatga olinadi. Metodologiya
doirasida resurslarni samarali taqsimlash, innovatsiyalarni joriy etish va ularning
natijadorligini monitoring qilish muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish uchun risklarni
boshqarish, texnologik modernizatsiya va boshqaruv tizimini takomillashtirish
zarur. Bu esa korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mahsulot
sifatini oshirish va tannarxni kamaytirish imkonini beradi. Umuman olganda,
mazkur metodologiya tizimli, bosqichma-bosqich va uzluksiz rivojlanishga
asoslangan bo‘lib, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion
faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi (1-jadval):
1-jadval. Innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish metodologiyasi
Bosqichlar Mazmuni Amalga oshirish Natijalar
mexanizmlari
Tahlil bosqichi Korxonaning mavjud SWOT tahlil, statistik Kuchli va zaif
innovatsion salohiyatini tahlil, benchmarking tomonlar aniqlanadi
o‘rganish
Strategik Innovatsion rivojlanish Prognozlash, strategik Uzoq muddatli
rejalashtirish strategiyasini ishlab chiqish modellash maqsadlar belgilanadi
Resurslarni Moliyaviy va texnologik Investitsiya tahlili, Resurslar optimal
safarbar qilish resurslarni jalb etish grantlar, kreditlar taqsimlanadi
Innovatsiyalarni Yangi texnologiyalarni Modernizatsiya, pilot Ishlab chiqarish
joriy etish ishlab chiqarishga tatbiq loyihalar samaradorligi oshadi
etish
Monitoring va Jarayonlarni doimiy kuzatib KPI tizimi, audit, Faoliyat barqarorligi
nazorat borish nazorat mexanizmlari ta’minlanadi
Baholash Innovatsion faoliyat Rentabellik tahlili, Samaradorlik darajasi
natijadorligini aniqlash iqtisodiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi
Takomillashtirish Kamchiliklarni bartaraf etish Qayta rejalashtirish, Uzluksiz rivojlanish
va rivojlantirish innovatsion yangilanish ta’minlanadi
Mazkur jadvalda keltirilgan metodologiya qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalarida innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishning izchil va tizimli
yondashuvini ifodalaydi. Jadvaldagi bosqichlar o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, har
bir bosqich keyingisi uchun asos yaratadi. Xususan, dastlabki tahlil bosqichi
korxonaning hozirgi holatini aniqlash va muammolarni belgilashga xizmat qiladi.
Bu esa keyingi strategik qarorlar qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Strategik rejalashtirish bosqichida innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari
aniqlanib, korxona oldiga aniq maqsadlar qo‘yiladi. Resurslarni safarbar qilish esa
ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Innovatsiyalarni joriy etish bosqichi metodologiyaning eng muhim qismi bo‘lib,
aynan shu yerda yangi texnologiyalar ishlab chiqarishga tatbiq etiladi va amaliy
natijalar yuzaga keladi.
Monitoring va baholash bosqichlari esa innovatsion faoliyatning
samaradorligini aniqlashga xizmat qiladi. Bu bosqichlarda olingan ma’lumotlar
asosida kamchiliklar aniqlanadi va takomillashtirish choralari ishlab chiqiladi.
Natijada, korxonalarda innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda rivojlanib boradi.
Umuman olganda, ushbu metodologiya korxonalarning iqtisodiy samaradorligini
oshirish, raqobatbardoshligini mustahkamlash va bozor sharoitlariga moslashish
imkonini beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish metodologiyasini
takomillashtirish zamonaviy sanoat rivojlanishining muhim ilmiy-amaliy
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada innovatsion faoliyatning
korxona iqtisodiy samaradorligiga ta’siri, uni boshqarish va baholashda
qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar hamda amaliy mexanizmlar tahlil qilindi.
Tahlillar natijasiga ko‘ra, innovatsion jarayonlarni tizimli tashkil etish, zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish va boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish orqali
korxonalarning ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati va raqobatbardoshligi
sezilarli darajada oshadi.
Shu bilan birga, tadqiqot davomida mavjud muammolar ham aniqlanib, ular
asosan innovatsion faoliyatning yetarlicha tizimlashtirilmaganligi, moliyaviy va
texnologik resurslar cheklanganligi hamda ilmiy-amaliy integratsiyaning sustligi
bilan bog‘liqligi qayd etildi. Ushbu holatlar innovatsion rivojlanish jarayonini
sekinlashtirib, korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvchanligini kamaytiradi.
Shuning uchun innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish uchun ilmiy asoslangan
metodologik yondashuvlarni takomillashtirish zarur.
Mavzuga doir o‘rganilgan yondashuvlar asosida quyidagi takliflarni ilgari
surdik:
1. Yagona metodologik tizimni shakllantirish. Qurilish materiallari ishlab
chiqarish korxonalarida innovatsion faoliyatni baholash va boshqarish uchun milliy
xususiyatlarga mos yagona indikatorlar tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish lozim.
2. Innovatsion faoliyatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish.
Korxonalarda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar,
grantlar va investitsion qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish zarur.
3. Ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish. Oliy ta’lim
muassasalari, ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni
kuchaytirish orqali innovatsion ishlanmalarni tezroq amaliyotga joriy etish lozim.
4. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish. Korxonalarda Big Data, sun’iy
intellekt va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanish innovatsion
faoliyat samaradorligini oshiradi va boshqaruv jarayonlarini optimallashtiradi.
5. Innovatsion samaradorlikni baholash tizimini takomillashtirish. Iqtisodiy,
texnik, ekologik va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan kompleks baholash
tizimini ishlab chiqish va joriy etish lozim.
6. Kadrlar salohiyatini oshirish. Innovatsion faoliyatni samarali amalga oshirish
uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning innovatsion
kompetensiyalarini rivojlantirish muhimdir.
Umuman olganda, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida
innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish
korxonalarning barqaror rivojlanishi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va
xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu
bois, ushbu yo‘nalishda ilmiy asoslangan yondashuvlarni keng joriy etish va
amaliyotda qo‘llash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2026) Aholini uy-joy bilan ta’minlash
ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida, PF-29-son Farmon, 24-fevral.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2025) Qurilish materiallari sanoatini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, PQ-365-son Qaror, 1-dekabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2022) Uy-joylar qurilishini va qurilish
materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida, PQ-139-son Qaror, 21-fevral.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2026) Ko‘p kvartirali turar joy
majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida, PQ-73-son Qaror, 24-fevral.
5. Baxtiyorov B. (2023) Sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvining
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish. i.f.d (DcS) diss. – Toshkent.
6. Doniyorova Z. (2022) Sanoat korxonalari rivojlanishining innovatsion
strategiyalarini takomillashtirish. i.f.f.d (PhD) diss. – Toshkent.
7. Czarnecki L., Van Gemert D.A. (2017) Innovation in construction materials
engineering versus sustainable development // Bulletin of the Polish Academy of
Sciences. Technical Sciences. – № 6. –Pp. 765-771.
8. Михайлов К.В. (2004) Организация управления риском и инновациями
в стратегии предприятия. Сборник трудов на тему “Актуальные проблемы
развития экономики современной России”. – Москва: МИПК, 2004.
9. Навоева О.В. (2010) Механизм повышения инновационной активности
организации. – Магадан: Кордис. –135 с.
10. Қурбаниязов Ш.К. (2017) Производство строительних материалов на
современном этапе экономического развития Узбекистана. // Biznes-эксперт.
№11(119).
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2026) Aholini uy-joy bilan ta’minlash
ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida, PF-29-son Farmon, 24-fevral. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2025) Qurilish materiallari sanoatini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, PQ-365-son Qaror, 1-dekabr. (In Uzbek)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2022) Uy-joylar qurilishini va qurilish
materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida, PQ-139-son Qaror, 21-fevral. (In Uzbek)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (2026) Ko‘p kvartirali turar joy
majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida, PQ-73-son Qaror, 24-fevral. (In Uzbek)
5. Baxtiyorov B. (2023) Sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvining
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish. i.f.d (DcS) diss. – Toshkent. (In
Uzbek)
6. Doniyorova Z. (2022) Sanoat korxonalari rivojlanishining innovatsion
strategiyalarini takomillashtirish. i.f.f.d (PhD) diss. – Toshkent. (In Uzbek)
7. Czarnecki L., Van Gemert D.A. (2017) Innovation in construction materials
engineering versus sustainable development // Bulletin of the Polish Academy of
Sciences. Technical Sciences. – № 6. –Pp. 765-771.
8. Mixaylov K.V. (2004) Organizatsiya upravleniya riskom i innovatsiyami v
strategii predpriyatiya. Sbornik trudov na temu “Aktualnie problemi razvitiya
ekonomiki sovremennoy Rossii”. – Moskva: MIPK, 2004. (In Russian)
9. Navoyeva O.V. (2010) Mexanizm povisheniya innovatsionnoy aktivnosti
organizatsii. – Magadan: Kordis. –135 s. (In Russian)
10. Qurbaniyazov Sh.K. (2017) Proizvodstvo stroitelnix materialov na
sovremennom etape ekonomicheskogo razvitiya Uzbekistana. // Biznes-ekspert,
2017, №11(119). (In Russian)