YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK BIZNES VA
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
PRIORITY AREAS FOR THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS
AND ENTREPRENEURIAL ENTITIES IN THE CONTEXT OF THE
GREEN ECONOMY
ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
СУБЪЕКТОВ МАЛОГО БИЗНЕСА И ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В
УСЛОВИЯХ ЗЕЛЁНОЙ ЭКОНОМИКИ
https://doi.org/10.5281/zenodo.21351503
Xamdamov Shaxzod Ilxom o‘g‘li
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv”
kafedrasi mudiri, PhD
Tel.: +998 94-401-73-22
E-mail: shahzodh@internet.ru
Annotatsiya. Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari tadqiq
etilgan. Tadqiqotda kichik biznes rivojlanish indeksi, yashil iqtisodiyotga moslashuv
indeksi hamda yashil tadbirkorlik rivojlanish integral indeksi asosida Oʻzbekiston
hududlari kesimida qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Maqolada kichik biznesning
iqtisodiy oʻsish, bandlik, eksport va investitsion faollikdagi oʻrni, shuningdek
ekologik bosimni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va yashil
texnologiyalarni joriy etish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari hududlarda
yashil tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha differensial yondashuv, imtiyozli
moliyalashtirish, eko-turizm, qayta tiklanuvchi energiya va chiqindilarni qayta
ishlash sohalarini kengaytirish muhimligini ko‘rsatadi.
Kalit soʻzlar: yashil iqtisodiyot, kichik biznes, tadbirkorlik, integral indeks,
yashil tadbirkorlik, hududiy rivojlanish, energiya samaradorligi.
Annotation. This article examines the priority areas for developing small
business and entrepreneurial entities in the context of the green economy. The study
conducts a comparative regional analysis of Uzbekistan based on the Small Business
Development Index, the Green Economy Adaptation Index, and the integrated
Green Entrepreneurship Development Index. The article highlights the role of small
business in economic growth, employment, exports, and investment activity, while
also substantiating the need to reduce environmental pressure, improve energy
efficiency, and introduce green technologies. The findings show the importance of a
differentiated regional approach to green entrepreneurship development, including
preferential financing, eco-tourism, renewable energy, and waste recycling
initiatives.
Keywords: green economy, small business, entrepreneurship, integrated index,
green entrepreneurship, regional development, energy efficiency.
Аннотация. В данной статье исследуются приоритетные направления
развития деятельности субъектов малого бизнеса и предпринимательства в
условиях зелёной экономики. В исследовании проведён сравнительный анализ
регионов Узбекистана на основе индекса развития малого бизнеса, индекса
адаптации к зелёной экономике и интегрального индекса развития зелёного
предпринимательства. В статье раскрыта роль малого бизнеса в
экономическом росте, занятости, экспорте и инвестиционной активности, а
также обоснована необходимость снижения экологической нагрузки,
повышения энергоэффективности и внедрения зелёных технологий.
Результаты исследования показывают важность дифференцированного
регионального подхода к развитию зелёного предпринимательства, включая
льготное финансирование, экотуризм, возобновляемую энергетику и
переработку отходов.
Ключевые слова: зелёная экономика, малый бизнес,
предпринимательство, интегральный индекс, зелёное предпринимательство,
региональное развитие, энергоэффективность.
KIRISH
Bugungi kunda yashil iqtisodiyotga o‘tish, resurslardan samarali foydalanish,
energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va ekologik barqarorlikni ta’minlash
jahon iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston
sharoitida ushbu jarayon kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini
modernizatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda yangi ish
o‘rinlarini yaratishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda yashil iqtisodiyotga o‘tishning huquqiy asoslari izchil
shakllantirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-
oktabrdagi PQ-4477-son qarori bilan “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston
Respublikasining ‘yashil’ iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” tasdiqlandi. Shuningdek,
2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarorida 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga
o‘tish bo‘yicha islohotlar samaradorligini oshirish, yashil investitsiyalarni
kengaytirish, energiya samaradorligini kuchaytirish va xususiy sektor ishtirokini
rag’batlantirish vazifalari belgilandi.
Mazkur yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyatga
ega. Xususan, 2023-yil 14-iyundagi 247-son qaror bilan tadbirkorlik subyektlari
tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish asosida ishlab
chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotish tartibi belgilandi. 2023-yil 25-
oktabrdagi 561-son qaror bilan esa Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi
tasdiqlandi. Bu hujjatlar kichik biznes subyektlarini ekologik toza, energiya
tejamkor va innovatsion faoliyat turlariga yo‘naltirishda muhim institutsional asos
bo‘lib xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni tobora ortib
bormoqda. 2025-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1 849,7 trln so‘mni tashkil
etib, 7,7 foizga o‘sdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi hajmi 923,5
trln so‘mga yetib, umumiy YAIMning 52,2 foizini tashkil etdi. Shuningdek, kichik
biznesning sanoatdagi ulushi 34,9 foiz, qurilish ishlaridagi ulushi 73,6 foiz, asosiy
kapitalga investitsiyalardagi ulushi esa 61,4 foizni tashkil qildi. Bu raqamlar kichik
biznesning iqtisodiy o‘sish, bandlik va investitsion faollikdagi o‘rni yuqori
ekanligini ko‘rsatadi.
Shu bois yashil iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini rivojlantirish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biri hisoblanadi.
Maqolada kichik biznesni yashil texnologiyalar, energiya samaradorligi, qayta
tiklanuvchi energiya manbalari, ekologik standartlar va yashil moliyalashtirish
mexanizmlari asosida rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilinadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Yashil tadbirkorlikning nazariy asoslari T.J.Dean va J.S.McMullen, B.Cohen
va M.I.Winn (2007), shuningdek S.Schaltegger va M.Wagner tadqiqotlarida keng
yoritilgan. T.J.Dean va J.S.McMullen (2007) barqaror tadbirkorlik ekologik
muammolarni hal etishda bozor mexanizmlaridan foydalanish imkonini berishini
ta’kidlaydi. B.Cohen va M.I.Winn (2007) esa ekologik muammolar va bozor
nomukammalliklari yangi tadbirkorlik imkoniyatlarini yuzaga keltirishini asoslaydi.
S.Schaltegger va M.Wagner (2011) tadqiqotlarida barqaror tadbirkorlik ekologik
innovatsiyalar, yangi biznes modellari va ijtimoiy-iqtisodiy qiymat yaratish bilan
bog’liq jarayon sifatida talqin etiladi. Mazkur nazariy qarashlar kichik biznes
subyektlarini yashil texnologiyalar, energiya tejamkor ishlab chiqarish, chiqindilarni
qayta ishlash va ekologik mahsulotlar yaratishga yo‘naltirish zarurligini ilmiy
jihatdan asoslaydi.
Mavzu yuzasidan mahalliy olimlar tomonidan qator tadqiqotlar olib borilgan.
Jumladan, A.V.Vaxabov va Sh.X.Xajibakiyev (2021) yashil iqtisodiyotning nazariy
asoslari, uning barqaror iqtisodiy oʻsish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashdagi
ahamiyatini yoritganlar. D.Abdullajonov (2025) Oʻzbekiston sharoitida yashil
iqtisodiyot va kichik biznes oʻrtasidagi bogʻliqlik, tadbirkorlik subyektlarining
yashil texnologiyalarga moslashuv imkoniyatlarini tadqiq etgan. M.Umarov,
R.Otamurodov, J.Xaitbayev va K.Atadjanov (2025) kichik biznesning yashil
transformatsiyasida davlat siyosati, moliyaviy ragʻbatlantirish va ekologik
innovatsiyalarning rolini tahlil qilganlar. Z.Baymuradova va B.Izbosarov (2025) esa
2018-2024-yillar maʼlumotlari asosida Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyot sharoitida
kichik biznesni rivojlantirish muammolari va istiqbollarini empirik jihatdan
oʻrganganlar.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot 9 ta indikatorni qamrab oluvchi 2 ta asosiy blok va 1 ta
umumlashtiruvchi integral indeks asosida olib borildi:
1-jadval. Tadqiqotda foydalanilgan indikatorlar tizimi
№ Indikator nomi O‘lchov Turi 2024-yil (O‘zR)
birligi
KBRI – KICHIK BIZNES
RIVOJLANISH INDEKSI BLOKI
1 Kichik tadbirkorlik subyektlarining % Stimulyator 53.5%
YaIMdagi ulushi
2 Kichik tadbirkorlik subyektlarining % Stimulyator 74.5%
bandlikdagi ulushi
3 Kichik tadbirkorlik subyektlarining % Stimulyator 34.1%
eksportdagi ulushi
4 Kichik tadbirkorlik subyektlarining mlrd so‘m Stimulyator 469 257.7
xizmatlar hajmi
5 Kichik tadbirkorlik subyektlarining mlrd so‘m Stimulyator 198 789.8
qurilish ishlari hajmi
YIMI – YASHIL IQTISODIYOTGA
MOSLASHUV INDEKSI BLOKI
6 Atmosferaga chiqarilgan ming tonna Destimulyator 866.7
Ifloslanishlantiruvchi moddalar hajmi
7 Yil davomida chiqarilgan qattiq maishiy tonna Destimulyator 41 309.1
chiqindilar
8 Hududlar kesimida energosamaradorlik % Stimulyator 4.16%
ko‘rsatkichi
9 Muxofaza qilinadigan tabiiy hududlar ming gektar Stimulyator 5 355.6
maydoni
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi (stat.uz), SIAT
ma’lumotlar bazasi (siat.stat.uz) asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Indikatorlar turli o‘lchov birliklarida bo‘lganligi sababli, ularni 0 dan 1 gacha
bo‘lgan diapazonda Min-Max normalizatsiya formulasi orqali normalizatsiya qilish
zarur. Bu indikatorlarning hisob-kitobida quyidagi formulalar qo‘llaniladi:
Stimulyator indikatorlar uchun:
Xnorm = (Xi – Xmin) / (Xmax – Xmin)
Destimulyator indikatorlar uchun:
Xnorm = (Xmax – Xi) / (Xmax – Xmin)
bu yerda,
Xi – hududning joriy qiymati;
Xmin – tanlanmadagi minimal qiymat;
Xmax – tanlanmadagi maksimal qiymat.
Tadqiqotda ishlab chiqilgan model bo‘yicha quyidagi uchta integral indeks
hisoblanadi:
KBRI = (XYaIM + Xband + Xeksp + Xxizm + Xqur) / 5
YIMI = (XIfloslanish + Xchiq + Xenr + Xtab) / 4
YTRI = 0.5 × KBRI + 0.5 × YIMI
bu yerda,
KBRI – Kichik biznes rivojlanish indeksi;
YIMI – Yashil iqtisodiyotga moslashuv indeksi;
YTRI – Yashil tadbirkorlik rivojlanish indeksi (umumlashtiruvchi integral indeks).
TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakat bo‘yicha kichik biznes ko‘rsatkichlarini tahlil qilish shuni
ko‘rsatdiki, 2010–2024-yillar mobaynida kichik biznesning YaIMdagi ulushi 60.8
foizdan 53.5 foizgacha pasaygan, ya’ni 7.3 foiz bandga kamaygan. Lekin
bandlikdagi ulushi 74.3 foizdan 74.5 foizga deyarli o‘zgarmasdan saqlanib qolgan.
Eksportdagi ulushi esa 13.7 foizdan 34.1 foizga ko‘tarilgan, bu kichik biznesning
xalqaro raqobatga chiqishi natijasidir (1-rasm).
1-rasm. O‘zbekistonda kichik biznesning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardagi
ulushi (2010–2024-yillar)
CAGR (Compound Annual Growth Rate) – yillik o‘rtacha o‘sish tezligi
quyidagi formula bilan hisoblanadi:
CAGR = (Voxiri / Vboshi)1/n – 1
2-jadval. Kichik biznes ko‘rsatkichlarining 2010-2024 yillardagi o‘sish tezligi.
Ko‘rsatkich 2010-yil 2024-yil O‘sish, CAGR, %
marta
YaIMdagi ulush, % 60.8 53.5 0.88 0.91%
Bandlikdagi ulush, % 74.3 74.5 1.00 +0.02%
Eksportdagi ulush, % 13.7 34.1 2.49 +6.74%
Xizmatlar hajmi, mlrd so‘m 15 214.1 469 257.7 30.85 +27.75%
Qurilish hajmi, mlrd so‘m 4 163.2 198 789.8 47.75 +31.80%
Manba: stat.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan.
Eksportdagi ulushning yillik 6.74% o‘sishi va xizmatlar hajmining 30
baravarga oshishi kichik biznes sektorida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Ammo
YaIMdagi ulushning yillik 0.91 foizga kamayishi qiymat zanjirida katta
korxonalarning ulushi o‘sayotganidan dalolat beradi.
Ekologik bosim dinamikasini tahlil qilish O‘zbekiston yashil iqtisodiyotga
o‘tish jarayonida muhim ahamiyatga ega. 2010-2024-yillar oraliqida atmosferaga
chiqarilgan Ifloslanishlar 729 ming tonnadan 866.7 ming tonnaga ko‘paygan (o‘sish
18.9%). Qattiq maishiy chiqindilar esa 3 822 tonnadan 41 309 tonnaga ko‘tarilgan,
ya’ni 10.8 baravarga oshgan. Buning aksincha, muxofaza qilinadigan tabiiy
hududlar 823 ming gektardan 5 356 ming gektargacha kengaytirilgan, bu 6.5
baravar o‘sishni ifodalaydi (2-rasm).
2-rasm. Oʻzbekistondagi ekologik koʻrsatkichlar dinamikasi (2010-2024)
Tabiiy hududlar ulushi o‘sishi formulasi:
Δ% = (X2024 – X2010) / X2010 × 100%
Δ% = (5 355.6 – 823.2) / 823.2 × 100% = 550.6% (tabiiy hududlar o‘sgan)
Δ% = (866.7 – 729.0) / 729.0 × 100% = 18.9% (atmosfera Ifloslanishlari
ko‘paygan)
Δ% = (41 309.1 – 3 822.4) / 3 822.4 × 100% = 981% (qattiq maishiy
chiqindilar ko‘paygan)
Tabiiy hududlarning 5.5 baravar kengaytirilishi ijobiy holat bo‘lsa-da, qattiq
maishiy chiqindilarning 980% ga oshishi ekologik bosimning sezilarli o‘sganligini
ko‘rsatadi. Bu kichik biznesni rivojlantirishda yashil texnologiyalarga e'tibor berish
zarurligini tasdiqlaydi.
Ushbu bo‘limda 14 ta hudud bo‘yicha 2024-yilgi xom statistik ma'lumotlar
normalizatsiya qilingan, KBRI, YIMI va YTRI integral indekslari hisoblangan.
3-jadval. Hududlar bo‘yicha xom statistik ma'lumotlar (2024-yil)
Hudud YaIM Band Eksp Xizmat Qurilish Ifloslanish QMC Energo Tab.hud
% %%
Qoraqalpog'iston 66.0 75.1 28.5 20 850 7 416 10.5 689.0 6.44 3707.9
Resp.
Andijon 70.1 81.3 37.3 31 794 12 025 32.6 5990.8 1.32 0.0
Buxoro 72.4 74.5 58.6 23 539 14 167 35.4 826.8 2.07 26.8
Jizzax 74.7 77.0 63.2 14 578 5 879 33.1 437.0 2.54 68.0
Qashqadaryo 70.6 78.7 20.6 32 556 11 369 88.6 589.1 5.56 82.9
Navoiy 23.5 52.3 8.2 11 780 8 963 39.2 364.3 7.38 734.2
Namangan 73.9 81.8 50.4 32 697 12 298 4.4 1914.3 2.89 0.0
Samarqand 72.4 81.2 46.2 39 235 13 469 47.4 2812.1 2.20 2.4
Surxondaryo 77.9 77.8 87.1 21 459 11 928 10.8 1559.0 2.25 63.7
Sirdaryo 68.5 73.6 64.0 7 888 4 117 42.5 340.2 2.68 0.0
Toshkent 55.1 71.1 35.4 41 262 24 248 465.0 3847.2 8.01 648.0
viloyati
Farg'ona 74.0 80.4 61.6 42 176 13 336 26.2 10022.5 3.78 0.0
Xorazm 72.8 79.3 67.1 20 911 10 465 9.9 633.1 2.50 21.7
Toshkent shahri 52.3 48.4 26.7 126 608 49 110 21.1 11283.7 3.46 0.0
Eslatma: Xizmat va Qurilish – mlrd so‘mda; Ifloslanish – ming tonna; QMC –
tonna; Tab.hud – ming gektar; qolganlari foizda. Manba: stat.uz, siat.stat.uz,
energy.stat.uz.
Qoraqalpog'iston Respublikasining stimulyator indikatorlari normalizatsiyasi:
• YaIM = 66.0%, X_min = 23.5 (Navoiy), X_max = 77.9 (Surxondaryo)
N_yaim = (66.0 – 23.5) / (77.9 – 23.5) = 42.5 / 54.4 = 0.781
• Bandlik = 75.1%, X_min = 48.4 (Toshkent sh.), X_max = 81.8 (Namangan)
N_band = (75.1 – 48.4) / (81.8 – 48.4) = 26.7 / 33.4 = 0.799
Destimulyator indikatorlar normalizatsiyasi (kam qiymat yaxshi):
• Ifloslanish = 10.5 ming tonna, X_min = 4.4 (Namangan), X_max = 465.0
(Toshkent vil.)
N_Ifloslanish = (465.0 – 10.5) / (465.0 – 4.4) = 454.5 / 460.6 = 0.987
• QMC = 689.0 tonna, X_min = 340.2 (Sirdaryo), X_max = 11 283.7 (Toshkent sh.)
N_chiq = (11 283.7 – 689.0) / (11 283.7 – 340.2) = 10 594.5 / 10 943.5 = 0.968
4-jadval. Hududlar bo‘yicha normalizatsiya qilingan ma'lumotlar (0-1 oraliqda)
Hudud N_YaIM N_Band N_Eksp N_Xizm N_Qur N_Ifloslanish N_QMC N_Energo N_Tab
Qoraqalpog'iston 0.781 0.799 0.257 0.109 0.073 0.987 0.968 0.765 1.000
Resp.
Andijon 0.857 0.985 0.369 0.201 0.176 0.939 0.484 0.000 0.000
Buxoro 0.899 0.781 0.639 0.132 0.223 0.933 0.956 0.112 0.007
Jizzax 0.941 0.856 0.697 0.056 0.039 0.938 0.991 0.182 0.018
Qashqadaryo 0.866 0.907 0.157 0.208 0.161 0.817 0.977 0.634 0.022
Navoiy 0.000 0.117 0.000 0.033 0.108 0.924 0.998 0.906 0.198
Namangan 0.926 1.000 0.535 0.209 0.182 1.000 0.856 0.235 0.000
Samarqand 0.899 0.982 0.482 0.264 0.208 0.907 0.774 0.132 0.001
Surxondaryo 1.000 0.880 1.000 0.114 0.174 0.986 0.889 0.139 0.017
Sirdaryo 0.827 0.754 0.707 0.000 0.000 0.917 1.000 0.203 0.000
Toshkent 0.581 0.680 0.345 0.281 0.447 0.000 0.680 1.000 0.175
viloyati
Farg'ona 0.928 0.958 0.677 0.289 0.205 0.953 0.115 0.368 0.000
Xorazm 0.906 0.925 0.747 0.110 0.141 0.988 0.973 0.176 0.006
Toshkent shahri 0.529 0.000 0.234 1.000 1.000 0.964 0.000 0.320 0.000
Eslatma: Qiymatlar 0-1 oralig‘ida. Yashil rang – yuqori (≥0.5), qizil – past (≤0.2).
Manba: Muallif hisob-kitobi.
KBRI bo‘yicha hududlar reytingi
KBRI formulasi bo‘yicha namunaviy hisob-kitoblar quyidagicha ko‘rinishga ega
bo‘ldi. Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun KBRI hisobi:
KBRI = (N_YaIM + N_Band + N_Eksp + N_Xizm + N_Qur) / 5
KBRI = (0.781 + 0.799 + 0.257 + 0.109 + 0.073) / 5
KBRI = 2.019 / 5 = 0.404
KBRI bo‘yicha yetakchi hududlar: Surxondaryo viloyati (0.634), Farg'ona
viloyati (0.611) va Namangan viloyati (0.570). Bu hududlarda kichik biznes sezilarli
ulushga ega bo‘lib, eksport va bandlik darajasi yuqori. Eng past KBRI Navoiy
viloyatida (0.051) qayd etilgan, bunda kichik biznesning YaIMdagi ulushi atigi 23.5
foizni tashkil etadi va bu yirik sanoat korxonalarining dominantligi bilan izohlanadi
(3-
rasm).
3-rasm. KBRI bo‘yicha O‘zbekiston hududlari reytingi
YIMI bo‘yicha hududlar reytingi
YIMI formulasi bo‘yicha namunaviy hisob-kitoblar quyidagicha ko‘rinishga
ega bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun YIMI hisobi:
YIMI = (N_Ifloslanish + N_Chiq + N_Enr + N_Tab) / 4
YIMI = (0.987 + 0.968 + 0.765 + 1.000) / 4
YIMI = 3.720 / 4 = 0.930
YIMI bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi
(0.930), Navoiy viloyati (0.757) va Qashqadaryo viloyati (0.613) hududlarida qayd
etilgan. Qoraqalpog‘istonning yuqori reytingi muxofaza qilinadigan tabiiy
hududlarning katta hajmi (3 707.9 ming gektar yoki mamlakat bo‘yicha 69.2 foiz)
va past chiqindi miqdori bilan tushuntiriladi. Eng past YIMI Toshkent shahrida
(0.321), bu shaharning yuqori urbanizatsiyasi va katta chiqindi yuklamasidan kelib
chiqadi (11 283.7 tonna QMC).
4-rasm. YTRI – integral indeks va yakuniy reyting
YTRI integral indeks formulasi bo‘yicha namunaviy hisob-kitoblar
quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi uchun YTRI hisobi:
YTRI = 0.5 × KBRI + 0.5 × YIMI
YTRI = 0.5 × 0.404 + 0.5 × 0.930
YTRI = 0.202 + 0.465 = 0.667
5-jadval. Hududlarning YTRI integral indeks bo‘yicha yakuniy reytingi (2024-yil)
Reyting Hudud KBRI YIMI YTRI Daraja
1-o‘rin Qoraqalpog'iston 0.404 0.930 0.667 Yuqori
Respublikasi
2-o‘rin Surxondaryo 0.634 0.508 0.571 O‘rtadan yuqori
viloyati
3-o‘rin Xorazm viloyati 0.566 0.536 0.551 O‘rtadan yuqori
4-o‘rin Namangan viloyati 0.570 0.523 0.547 O‘rtadan yuqori
5-o‘rin Qashqadaryo 0.460 0.613 0.536 O‘rtadan yuqori
viloyati
6-o‘rin Jizzax viloyati 0.518 0.532 0.525 O‘rtadan yuqori
7-o‘rin Buxoro viloyati 0.535 0.502 0.518 O‘rtadan yuqori
8-o‘rin Samarqand 0.567 0.453 0.510 O‘rtadan yuqori
viloyati
Reyting Hudud KBRI YIMI YTRI Daraja
9-o‘rin Sirdaryo viloyati 0.458 0.530 0.494 O‘rta
10-o‘rin Farg'ona viloyati 0.611 0.359 0.485 O‘rta
11-o‘rin Toshkent viloyati 0.467 0.464 0.465 O‘rta
12-o‘rin Toshkent shahri 0.553 0.321 0.437 Past
13-o‘rin Andijon viloyati 0.518 0.356 0.437 Past
14-o‘rin Navoiy viloyati 0.051 0.757 0.404 Past
Manba: Muallif hisob-kitobi (stat.uz va siat.stat.uz ma'lumotlari asosida).
5-rasm. KBRI, YIMI va YTRI integral indekslari taqqoslama grafigi
Hududlarning KBRI va YIMI bo‘yicha kombinatsiyasi 4 ta klasterga ajratiladi, bu
har bir hududning rivojlanish strategiyasini aniqroq belgilash imkonini beradi.
6-rasm.Hududlarning to‘rt kvadrandt bo‘yicha klaster tahlili
6-jadval. Hududlarning kvadrant-klaster taqsimoti
Kvadrant Klaster nomi Hududlar Tavsiya
I YETAKCHI Jizzax viloyati, Xorazm viloyati Tajriba almashish,
hududlar eksportni rivojlantirish
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Yashil tadbirkorlikni
EKOLOGIK
II yetakchi Qashqadaryo viloyati, Navoiy rivojlantirish, eko-turizm
viloyati, Sirdaryo viloyati
III QOLOQ Toshkent viloyati Kompleks investitsiya
hududlar dasturlari talab qiladi
Andijon viloyati, Buxoro viloyati,
IV IQTISODIY Namangan viloyati, Samarqand Yashil texnologiyalarga
yetakchi viloyati, Surxondaryo viloyati, investitsiya kerak
Farg'ona viloyati, Toshkent shahri
Eslatma: Klasterlar o‘rta arifmetik (Mean_KBRI = 0.494, Mean_YIMI = 0.527)
bo‘yicha ajratilgan.
YTRI bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichli 4 ta hududning indikator profili radar
diagrammada keltirilgan. Bu diagramma har bir hududning ustun va zaif tomonlarini
ko‘rsatadi.
7-rasm. Top-4 hududning indikatorlar bo‘yicha radar tahlili
Manba: muallif tomonidan shakllantirilgan
Radar diagrammadan ko‘rinib turibdiki, Qoraqalpog'iston Respublikasi (ko‘k
chiziq) ekologik indikatorlar bo‘yicha dominantlikni saqlab qoladi, ammo iqtisodiy
indikatorlarda nisbatan past. Surxondaryo (yashil), Namangan (binafsharang) va
Xorazm (sariq) iqtisodiy ko‘rsatkichlarda yuqori, lekin ekologik bosim borasida
o‘rtacha natijalarga ega.
8-rasm. Top-4 hududning indikatorlar bo‘yicha radar tahlili
Heatmap (issiqlik kartasi) usuli barcha 14 ta hudud va 9 ta indikatorni bir
vaqtning o‘zida vizuallashtirish imkonini beradi. Bunda yashil rang yuqori
ko‘rsatkichni, qizil rang esa past ko‘rsatkichni anglatadi. Bu hududlarning kuchli va
zaif tomonlarini bir nigohda aniqlash uchun samarali vositadir.
Heatmap natijalari shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes ulushi yuqori hududlar
(Surxondaryo, Xorazm, Namangan) ekologik bloki bo‘yicha o‘rtacha natijalarga
ega. Aksincha, ekologik bo‘yicha eng yaxshi natijalarga ega Qoraqalpog'iston
Respublikasi iqtisodiy indikatorlarning xizmatlar va qurilish hajmi qismida sezilarli
yuklamaga ega. Bu hududlarni ixtisoslashtirish strategiyasini ishlab chiqish
zaruratini tasdiqlaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Olib borilgan integral indeks tahlili natijalariga ko‘ra quyidagi xulosalar
shakllantirildi:
1. O‘zbekistonda yashil tadbirkorlik rivojlanish indeksi (YTRI) hududlar
bo‘yicha 0.404 (Navoiy) dan 0.667 (Qoraqalpog'iston) gacha bo‘lgan oraliqda
taqsimlangan. O‘rtacha YTRI = 0.510 bo‘lib, hududlar o‘rtasidagi farq sezilarli
(variatsiya koeffitsienti taxminan 13.4%).
2. Eng yuqori YTRI ko‘rsatkichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (0.667)
qayd etilgan, ya’ni bu hudud ekologik indikatorlarda mutlaq yetakchi
(YIMI=0.930). Ammo uning iqtisodiy bloki nisbatan past (KBRI=0.404) bo‘lib,
kichik biznes salohiyatini yanada rivojlantirish zarurati mavjud.
3. Surxondaryo viloyati ikkinchi o‘rinda turadi (YTRI=0.571), bunda
KBRI=0.634 – eng yuqori ko‘rsatkich, YIMI=0.508 – o‘rtacha. Bu viloyatda kichik
biznes eksport bo‘yicha lider (87.1% ulush) bo‘lib, agrar va xizmat ko‘rsatish sohasi
rivojlangan.
4. Eng past YTRI Navoiy viloyatida (0.404) qayd etilgan, lekin uning sababi
har xil: iqtisodiy ko‘rsatkichlarda zaif (KBRI=0.051), chunki yirik kon-metallurgiya
korxonalari (NKMK) hududda dominant; ekologik ko‘rsatkichlarda esa yuqori
(YIMI=0.757), bu past chiqindi miqdori va katta tabiiy hududlar sababli.
5. Toshkent shahri va Toshkent viloyati ekologik bosim bo‘yicha eng katta
yuklamaga ega: Ifloslanishlar 21.1 va 465.0 ming tonna, qattiq maishiy chiqindilar
11 283.7 va 3 847.2 tonna. Bu hududlarda yashil texnologiyalarga sezilarli
investitsiya zarur.
Tahlil natijalari asosida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi:
Birinchidan, yashil texnologiyalar bo‘yicha imtiyozli kreditlar tizimini joriy
etish, ayniqsa Toshkent shahri, Andijon va Farg‘ona viloyatlari kabi yuqori ekologik
yuklamali hududlardagi kichik biznes subyektlari uchun. Tahminan 50-100 mlrd
so‘m hajmidagi maxsus fond tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Ikkinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida eko-turizm,
organik dehqonchilik va qayta tiklanuvchi energiya sohasida kichik tadbirkorlikni
rag'batlantirish. Bu hududlarda KBRI past, lekin yashil resurslar boy.
Uchinchidan, energosamaradorlik darajasi past hududlar (Andijon – 1.32%,
Buxoro – 2.07%, Jizzax – 2.54%, Samarqand – 2.20%) uchun maxsus
energotejovchi texnologiyalarni joriy etish dasturlari ishlab chiqilishi kerak. Davlat
dasturi PQ-436 ga muvofiq, sanoatda energiya samaradorligini kamida 20 foizga
oshirish zarurati mavjud.
To‘rtinchidan, kichik biznesning YaIMdagi ulushini 2030-yilgacha 60 + foizga
yetkazish uchun mikromoliyalashtirish, soliq imtiyozlari va texnologik klasterlar
tashkil etish ishlari jadallashtirilishi lozim. Ayniqsa Navoiy viloyatida kichik
biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi shart, chunki uning hozirgi KBRI
atigi 0.051 ni tashkil etadi.
Beshinchidan, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida kichik
biznesni rivojlantirish – bu ham ekologik, ham iqtisodiy samara beradi. 2010-2024
yillarda QMC 10.8 baravarga oshgan, bu sohada katta bo‘sh tijoriy joy mavjud.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot sharoitida kichik
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hududlar kesimida sezilarli darajada notekis
amalga oshmoqda. Integral YTRI indeks 14 ta hudud bo‘yicha o‘rtacha 0.508 ni
tashkil etadi, bu yashil tadbirkorlik salohiyatining yarmidan biroz oshganini
ko‘rsatadi. Hududlarning 71.4 foizi (10 ta hudud) o‘rta darajada joylashgan bo‘lib,
ularning rivojlanish potensiali katta.
Ushbu metodologiya orqali olingan reyting natijalari hududlarni
segmentlashtirish, har bir hudud uchun maxsus rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish va davlat resurslarini maqsadli yo‘naltirishda foydalanish mumkin. Tadqiqot
natijalari yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davlat
dasturlarini takomillashtirish, hududiy rivojlanish konsepsiyalarini qayta ko‘rib
chiqish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini yaratishda
muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2019 yildagi “2019-2030-
yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish
strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-4477-son Qarori. URL:
https://lex.uz/uz/docs/-4539502
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.10.2023-
yildagi 561-son “Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”
Qarori. URL: https://lex.uz/ru/docs/-6644013
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.06.2023-yildagi 247-
son “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining
ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilash toʻgʻrisida” Qarori. URL:
https://lex.uz/docs/-6498473
4. Abdullajonov D. (2025). O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot asosida kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari va
samaradorligini oshirish yo‘llari. // Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 15, –B. 13-15.
5. Baymuradova Z., Izbosarov B. (2025). Problems and prospects of
developing small business in Uzbekistan under the conditions of a green economy.
Green economy and development.
6. Dean T.J. Mc.Mullen J.S., (2007). Toward a theory of sustainable
entrepreneurship: Reducing environmental degradation through entrepreneurial
action. // Journal of Business Venturing, Elsevier, vol. 22(1), –Pp. 50-76.
7. A.V. Vaxabov, Sh X. Xajibakiyev (2021) Yashil iqtisodiyot: Darslik. 2-
nashr, qayta ishlangan va to‘ldirilgan./ ifd., prof. A.V. Vaxabovning umumiy tahriri
ostida. –Toshkent.
8. Cohen B., Winn M.I., (2007). Market imperfections, opportunity and
sustainable entrepreneurship. // Journal of Business Venturing, Elsevier, vol. 22(1),
–Pp. 29-49.
9. Stefan S., Marcus W. (2011) Sustainable entrepreneurship and sustainability
innovation: categories and interactions. Business Strategy and the environment.
10. Umarov M., Otamurodov R., Xaitbayev J., Atadjanov K. (2025). Yashil
iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda
davlatning roli. // Green economy and development, 3(4).
REFERENCES:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2019 yildagi “2019-2030-
yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish
strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-4477-son qarori. URL:
https://lex.uz/uz/docs/-4539502 (In Uzbek)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.10.2023-
yildagi 561-son “Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”
qarori. URL: https://lex.uz/ru/docs/-6644013 (In Uzbek)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.06.2023-yildagi 247-
son “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining
ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilash toʻgʻrisida” qarori. URL:
https://lex.uz/docs/-6498473 (In Uzbek)
4. Abdullajonov D. (2025). O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot asosida kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari va
samaradorligini oshirish yo‘llari. // Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 15, –B. 13-15.
(In Uzbek)
5. Baymuradova Z., Izbosarov B. (2025). Problems and prospects of
developing small business in Uzbekistan under the conditions of a green
economy. Green economy and development, 3. (In Uzbek)
6. Dean T. J. Mc.Mullen J.S., (2007) Toward a theory of sustainable
entrepreneurship: Reducing environmental degradation through entrepreneurial
action. // Journal of Business Venturing, Elsevier, vol. 22(1), –Pp. 50-76.
7. A.V. Vaxabov, Sh.X. Xajibakiyev (2021) Yashil iqtisodiyot: Darslik. 2-
nashr, qayta ishlangan va to‘ldirilgan./ ifd., prof. A.V. Vaxabovning umumiytahriri
ostida. –Toshkent. (In Uzbek)
8. Cohen B., Winn M.I., (2007) Market imperfections, opportunity and
sustainable entrepreneurship. // Journal of Business Venturing, Elsevier, vol. 22(1),
– Pp. 29-49.
9. Stefan S., Marcus W. (2011) Sustainable entrepreneurship and sustainability
innovation: categories and interactions. Business Strategy and the environment.
10. Umarov M., Otamurodov R., Xaitbayev J., Atadjanov K. (2025). Yashil
iqtisodiyot sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda
davlatning roli. // Green economy and development, 3(4). (In Uzbek)