ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Hududlarda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish istiqbollari

Nurullayev Hoshimjon Hamidovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

HUDUDLARDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ORQALI
IQTISODIY TENGSIZLIKNI KAMAYTIRISH ISTIQBOLLARI

PROSPECTS FOR REDUCING ECONOMIC INEQUALITY THROUGH
THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS IN THE REGIONS

ПЕРСПЕКТИВЫ СНИЖЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОГО НЕРАВЕНСТВА
ЗА СЧЁТ РАЗВИТИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА В РЕГИОНАХ
https://doi.org/10.5281/zenodo.21350807
Nurullayev Hoshimjon Hamidovich
Oriental universiteti Biznes boshqaruvi
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.:+99894467464
E-mail: hoshimnurullaev@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekistonda hududlarda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish
istiqbollari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotda hududlar o‘rtasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar, ularning bandlik va aholi daromadlariga ta’siri statistik
va taqqoslash usullari asosida o‘rganilgan. Shuningdek, kichik biznesning
YAIMdagi ulushi hamda bandlik ko‘rsatkichlarining 2018-2025-yillardagi
dinamikasi tahlil qilinib, pandemiya davri va undan keyingi tiklanish jarayonlari
baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes hududiy iqtisodiy faollikni
oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va daromadlar tengsizligini kamaytirishda
muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, moliyalashtirish muammolari, infratuzilma
yetishmovchiligi va investitsiya oqimining notekis taqsimlanishi kabi omillar uning
rivojlanishini cheklamoqda. Tadqiqot yakunida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash,
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va hududiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha
ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy tengsizlik, hududiy
rivojlanish, bandlik, daromadlar, xizmat ko‘rsatish sektori, raqamli iqtisodiyot,
investitsiyalar, infratuzilma, iqtisodiy o‘sish.

Annotation. This article examines the prospects for reducing economic
inequality through the development of small business and private entrepreneurship
across the regions of Uzbekistan. The study analyzes regional socio-economic
disparities and their impact on employment and income levels using statistical and
comparative methods. It also evaluates the dynamics of small business contributions
to GDP and employment indicators during 2018-2025, including the effects of the
COVID-19 pandemic and the subsequent recovery period. The findings indicate that
small business plays a significant role in increasing regional economic activity,
creating jobs, and reducing income inequality. At the same time, challenges such as

limited access to finance, underdeveloped infrastructure, and uneven distribution of
investments continue to constrain its growth. The paper proposes evidence-based
recommendations aimed at strengthening support mechanisms, advancing the digital
economy, and improving regional development policies.

Keywords: small business, private entrepreneurship, economic inequality,
regional development, employment, income, service sector, digital economy,
investment, infrastructure, economic growth.

Аннотация. В данной статье рассматриваются перспективы снижения
экономического неравенства за счет развития малого бизнеса и частного
предпринимательства в регионах Узбекистана. В исследовании на основе
статистического и сравнительного анализа изучены региональные социальноэкономические различия, а также их влияние на уровень занятости и доходов
населения. Проанализирована динамика доли малого бизнеса в ВВП и
показателей занятости за 2018-2025 годы, включая влияние пандемии COVID-
19 и последующий этап восстановления экономики. Результаты показывают,
что малый бизнес играет важную роль в повышении экономической
активности регионов, создании рабочих мест и снижении доходного
неравенства. Вместе с тем выявлены такие проблемы, как ограниченный
доступ к финансированию, недостаточное развитие инфраструктуры и
неравномерное распределение инвестиций. В статье предложены научно
обоснованные рекомендации по совершенствованию механизмов поддержки,
развитию цифровой экономики и региональной политики.

Ключевые слова: малый бизнес, частное предпринимательство,
экономическое неравенство, региональное развитие, занятость, доходы,
сфера услуг, цифровая экономика, инвестиции, инфраструктура,
экономический рост.

KIRISH
Hozirgi bosqichda O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan
bir qatorda hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish masalasi
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakat hududlari o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish
darajasi bir xil emasligi, xususan ayrim viloyatlarda ishlab chiqarish hajmi,
investitsiyalar oqimi va infratuzilma rivoji yuqori bo‘lsa, boshqa hududlarda bu
ko‘rsatkichlar nisbatan past darajada saqlanib qolmoqda. Ushbu nomutanosiblik
hududlar o‘rtasida iqtisodiy tengsizlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Hududiy tafovutlar, ayniqsa, aholi daromadlari va bandlik darajasida yaqqol
namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan hududlarda ish o‘rinlari ko‘proq
yaratilayotgani va daromad manbalari xilma-xilligi kuzatilsa, nisbatan kam
rivojlangan hududlarda ishsizlik darajasi yuqoriroq bo‘lib, aholi daromadlari pastroq
shakllanmoqda. Bu esa ichki migratsiya jarayonlarining kuchayishiga, mehnat

resurslarining notekis taqsimlanishiga hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning
chuqurlashishiga olib kelmoqda.

Mazkur muammoni hal etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim
vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Kichik biznes subyektlari nisbatan kam kapital
talab qilishi, tez tashkil etilishi va mahalliy resurslarga moslashuvchanligi bilan
ajralib turadi. Ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda kichik biznesni rivojlantirish
orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda hududiy
iqtisodiy faollikni kuchaytirish mumkin. Shu jihatdan, kichik biznes hududlar
o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishda samarali mexanizm hisoblanadi.

Mamlakatimizda ushbu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratilib, tegishli normativhuquqiy asoslar yaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
60-son Farmonda “Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni
qisqartirish” ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shuningdek, PQ-104-son
“Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida” Qarorda hududlarda kichik biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini
yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar nazarda
tutilgan.

Shundan kelib chiqib, mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda
hududlarda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish
imkoniyatlarini tahlil qilish hamda ushbu jarayonni yanada takomillashtirish
bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish,
shuningdek xizmat ko‘rsatish sektorining iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy
barqarorlikdagi o‘rnini o‘rganish bo‘yicha so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ilmiy
tadqiqotlar olib borilgan. Mazkur izlanishlarda kichik biznesning eksport salohiyati,
innovatsion rivojlanishi, moliyalashtirish mexanizmlari hamda xizmatlar sektorining
iqtisodiyotdagi funksional roli kompleks tarzda tahlil etilgan. Ayniqsa, ushbu
tadqiqotlar kichik biznesni hududiy rivojlanish va iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish
kontekstida baholash imkonini beradi.
Tahlil qilingan ilmiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, xizmat ko‘rsatish sohasi
nafaqat iqtisodiy o‘sish omili, balki hududiy tafovutlarni qisqartirish, bandlikni
ta’minlash va mahalliy iqtisodiy faollikni oshirishning muhim vositasi sifatida
qaralmoqda. Xususan, Oltiboyeva F.U. (2025) tadqiqotida kichik biznes
subyektlarining eksport salohiyati tahlil qilinib, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining
(logistika, moliya, sug‘urta va axborot xizmatlari) eksport faoliyatini qo‘llabquvvatlovchi strategik tizim ekanligi asoslab beriladi. Bu yondashuv xizmatlar

sektorining hududlararo iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishdagi rolini ham
ko‘rsatadi.

Abduqahhorov A. (2025) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda xizmatlar
sektorining iqtisodiyotdagi ulushi ortib borayotgani va ayniqsa savdo, transport
hamda IT xizmatlari kichik biznesning eng dinamik yo‘nalishlari ekani qayd etiladi.
Muallif xizmatlar sektorini iqtisodiyotning moslashuvchanligini oshiruvchi omil
sifatida baholaydi, bu esa turli hududlarda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish
orqali tengsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Djalolova U.N. (2025) tadqiqotida kichik biznes rivojiga ta’sir etuvchi
ijtimoiy-iqtisodiy omillar tizimli yondashuv asosida tahlil qilinib, xizmatlar
sektorining rivojlanishi aholi bandligi, daromadlar darajasi va hududiy tafovutlarni
qisqartirish bilan bevosita bog‘liqligi ilmiy asoslangan. Muallif ayniqsa kichik
xizmat ko‘rsatish subyektlarini hududiy iqtisodiy rivojlanishning “mikrodrayveri”
sifatida baholaydi.

Xorijiy tajriba ham ushbu yo‘nalishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ochilov Sh. (2023) tomonidan Xitoyning Guangdong provinsiyasi misolida olib
borilgan tadqiqotlar kichik biznes va xizmatlar sektorini rivojlantirishda davlat
siyosati, klaster yondashuvi va innovatsion infratuzilmaning samaradorligini
ko‘rsatadi. Bu tajriba hududiy rivojlanishni muvozanatlashtirishda institutsional
qo‘llab-quvvatlash muhim ekanligini tasdiqlaydi.

Karimova K.D. (2025) tadqiqotida kichik biznesga investitsiyalarni jalb qilish
mexanizmlari tahlil qilinib, xizmatlar sektori investitsion jozibadorlikni oshiruvchi
asosiy yo‘nalish sifatida ko‘rsatiladi. Ayniqsa, raqamli xizmatlar, fintech va
logistika infratuzilmasining rivojlanishi hududlarga investitsiyalar oqimini
kengaytirib, iqtisodiy tengsizlikni kamaytirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Xalmatjanova G.D. (2025) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda esa xizmatlar
sektorining huquqiy va institutsional asoslari tahlil qilinib, kichik biznesni
rivojlantirish uchun barqaror normativ-huquqiy muhit zarurligi asoslab beriladi. Bu
esa hududlarda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va iqtisodiy imkoniyatlarni
tenglashtirishda muhim omil hisoblanadi.

Umuman olganda, tahlil qilingan adabiyotlar xizmat ko‘rsatish sektori kichik
biznes rivojlanishining markaziy bo‘g‘ini ekanligini tasdiqlaydi. U iqtisodiy o‘sish,
bandlik yaratish, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion rivojlanishni ta’minlash
orqali hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirishda kompleks rol
o‘ynaydi. Shu bilan birga, ilmiy manbalarda bir qator muammolar ham qayd etilgan,
jumladan infratuzilmaning notekis rivojlanishi, raqamli savodxonlik darajasining
pastligi, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatining cheklanganligi va hududlar
o‘rtasidagi nomutanosiblik.

Shuni ta’kidlash joizki, mavjud tadqiqotlarda kichik biznes va xizmat
ko‘rsatish sektorining alohida jihatlari yetarli darajada o‘rganilgan bo‘lsa-da,
ularning hududiy iqtisodiy tengsizlikni kamaytirishdagi o‘zaro bog‘liqligi, ayniqsa
raqamli iqtisodiyot sharoitida, kompleks yondashuv asosida yetarlicha tahlil
qilinmagan.

Shu sababli, mazkur tadqiqot hududlarda kichik biznesni rivojlantirish orqali
iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish istiqbollarini xizmatlar sektori va raqamli
iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu uning ilmiy
yangiligi va amaliy ahamiyatini belgilaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda hududlarda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiy
tengsizlikni kamaytirish jarayonlari kompleks yondashuv asosida o‘rganildi.
Tadqiqotda statistik tahlil usuli yordamida kichik biznesning bandlik va
iqtisodiyotdagi ulushi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Shuningdek,
taqqoslash usuli orqali hududlar kesimida iqtisodiy ko‘rsatkichlar, jumladan
daromadlar va bandlik darajasidagi farqlar o‘rganildi.
Bundan tashqari, tizimli tahlil usuli yordamida kichik biznes, xizmat ko‘rsatish
sektori va hududiy rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlab berildi. Dinamik
tahlil orqali esa so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar va rivojlanish tendensiyalari
baholanib, mavjud jarayonlarning istiqbollari asoslab berildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
2018-2025-yillar oralig‘ida kichik biznesning YAIMdagi ulushi

Yil / Davr Ulushi (%)

2018 63.5

2019 58.1

2020 56.7

2021 56.3

2022 54.3

2023 53.8

2024 53.5

2025 (Q1–Q4) 45.6 → 52.2

Dastlab, 2018-2020-yillar oralig‘ida kichik biznes ulushi sezilarli darajada

kamaygan. 2018-yilda 63.5 foizni tashkil etgan ko‘rsatkich 2020-yilga kelib 56.7

foizgacha tushgan. Bu davrda kuzatilgan 6.8 foiz punktlik pasayish asosan COVID-

19 pandemiyasining iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, xizmat

ko‘rsatish sektori qisqarishi, kichik tadbirkorlik subyektlarining vaqtincha faoliyat

to‘xtatishi va umumiy talabning pasayishi bilan izohlanadi.

Keyingi bosqich – 2021-2024-yillar nisbatan barqarorlashuv davri hisoblanadi.

Bu davrda ulush 56.3 foizdan 53.5 foizgacha asta-sekin kamaygan bo‘lsa-da,

pasayish sur’ati avvalgi davrga nisbatan ancha sekinlashgan. Bu holat

iqtisodiyotning pandemiyadan keyingi tiklanish jarayoniga kirgani, xizmatlar

sektorining qayta jonlanishi hamda kichik biznes faoliyatining bosqichma-bosqich

tiklanishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, yirik sanoat loyihalari va investitsion

faoliyatning kengayishi natijasida iqtisodiyot strukturasida o‘zgarishlar yuzaga

kelgan bo‘lib, bu kichik biznes ulushining nisbatan kamayishiga ham ta’sir

ko‘rsatgan.

2025-yilga kelib esa sezilarli dinamik o‘zgarish kuzatiladi. Yil boshida (Q1)

kichik biznes ulushi 45.6 foizgacha tushgan bo‘lsa-da, keyingi choraklarda barqaror

o‘sish qayd etilib, Q4 yakuniga kelib 52.2 foizga yetgan. Bu jarayon iqtisodiy

faollikning kuchayishi, xizmatlar sektorining kengayishi hamda kichik biznesni

qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligi bilan bog‘liq

holda izohlanadi. Natijada yil davomida +6.6 foiz punktlik ijobiy o‘sish

shakllangan.

Umumiy xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, 2018-2024-yillarda kichik

biznes ulushining pasayishi kuzatilgan bo‘lsa-da, bu jarayon asosan iqtisodiyotning

strukturaviy transformatsiyasi va boshqa sektorlar tezroq rivojlanishi bilan

bog‘liqdir. 2025-yilda esa qayta tiklanish va o‘sish tendensiyasi shakllanib, kichik

biznesning YAIMdagi o‘rni yana mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.

2018-2025-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlarida

band bo‘lganlar soni dinamikasi tahlil qilinganda, umumiy jarayon bir necha

bosqichli rivojlanish tendensiyasini namoyon etadi.

O‘zbekistondagi Kichik tadbirkorlik subyektlarida band bo‘lganlar soni

Hudud 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025

O‘zbekiston 10541.5 10128.8 10318.9 9865.7 10080.6 10131.1 10373.3 10628.7

Qoraqalpog‘iston 486.0 532.8 532.9 524.8 521.6 528.9 547.6 563.9

Andijon 1110.4 1035.3 1054.6 989.9 1020.0 1040.0 1071.9 1094.4

Buxoro 648.7 619.8 606.9 590.5 576.8 579.6 598.4 601.5

Jizzax 378.7 384.5 427.2 418.7 434.1 422.6 427.1 434.9

Qashqadaryo 973.9 965.8 958.1 914.1 943.7 943.8 952.4 1020.1

Navoiy 250.6 229.3 227.0 207.4 214.5 209.7 222.2 226.1

Namangan 863.9 872.3 914.7 888.4 907.7 891.9 913.8 949.5

Samarqand 1286.9 1216.1 1205.5 1158.3 1174.7 1197.8 1219.5 1236.1

Surxondaryo 802.6 781.0 814.9 770.3 785.5 773.6 776.1 792.3

Sirdaryo 278.4 274.2 267.4 247.5 248.7 244.1 243.0 258.3

Toshkent vil. 968.5 898.8 897.8 833.4 853.3 843.3 872.0 889.5

Farg‘ona 1229.3 1144.5 1185.0 1136.3 1164.7 1190.4 1230.1 1258.3

Xorazm 599.2 573.4 591.9 567.9 574.3 579.3 609.8 621.0

Toshkent sh. 664.4 601.0 635.0 618.2 661.0 686.1 689.4 682.8

Dastlab, 2018-yilda kichik biznesda band bo‘lganlar soni 10541.5 ming kishini
tashkil etib, bu davr iqtisodiyotda nisbatan barqaror holat sifatida baholanadi. Biroq
keyingi yillarda, xususan 2019-2020-yillarda pasayish tendensiyasi kuzatilib, 2020-
yilda ko‘rsatkich 10318.9 ming kishigacha tushgan. Bu holat asosan COVID-19
pandemiyasining iqtisodiy faollikka salbiy ta’siri bilan izohlanadi, ya’ni xizmatlar
sektori qisqarishi va kichik biznes subyektlarining faoliyatida uzilishlar yuzaga
kelgan.

2021-yilga kelib esa pasayish yanada chuqurlashib, bandlik darajasi 9865.7
ming kishiga tushgan va bu davr tahlil qilingan yillar ichida eng past nuqta sifatida
qayd etiladi. Ushbu holat pandemiya oqibatlarining to‘liq ta’siri, iqtisodiy noaniqlik
va tiklanish jarayonining sekin kechishi bilan bog‘liq.

Shundan so‘ng, 2022-2025-yillar oralig‘ida iqtisodiyotning bosqichma-bosqich
tiklanishi natijasida kichik biznesda bandlik yana o‘sish tendensiyasiga qaytadi.
2022-yildan boshlab ko‘rsatkichlar asta-sekin oshib borib, 2025-yilga kelib 10628.7
ming kishiga yetadi. Bu esa nafaqat pandemiyadan keyingi to‘liq tiklanish, balki
kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning ham
samarali ekanligini ko‘rsatadi.

Hududiy kesimda tahlil qilinganda, 2025-yil holatiga ko‘ra eng yuqori bandlik
darajasi Farg‘ona viloyatida (1258.3 ming kishi) qayd etilgan bo‘lib, undan keyingi
o‘rinlarda Samarqand (1236.1) va Andijon (1094.4) viloyatlari turadi. Bu
hududlarda aholi zichligi yuqoriligi, xizmatlar sohasi va kichik sanoatning
rivojlangani bandlikning yuqori bo‘lishiga asosiy sabab sifatida ko‘rsatiladi.

Aksincha, eng past ko‘rsatkich Navoiy viloyatida (226.1 ming kishi) qayd
etilgan bo‘lib, Sirdaryo (258.3) va Jizzax (434.9) viloyatlari ham past bandlik
darajasiga ega hududlar qatoriga kiradi. Buning asosiy sababi sifatida Navoiy
viloyatida sanoatning yirik korxonalarga yo‘naltirilgani hamda aholi sonining
nisbatan kamligi ko‘rsatiladi.

Umumiy xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, 2018-2021-yillarda kichik
biznes bandligida pasayish kuzatilgan bo‘lsa, 2021-yildan keyin barqaror tiklanish
jarayoni boshlanib, 2025-yilga kelib eng yuqori darajaga yetgan. Shu bilan birga,
hududlar kesimida sezilarli tafovutlar mavjud bo‘lib, bu O‘zbekistonda kichik
biznes rivojlanishining notekis hududiy taqsimlanganini ko‘rsatadi.

Mazkur tadqiqot natijalari hududlarda kichik biznesni rivojlantirish orqali
iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish jarayoni bir qator muammolar bilan bog‘liqligini
ko‘rsatadi. Kichik biznes hududiy iqtisodiy rivojlanishda muhim o‘rin tutishiga
qaramay, uning to‘liq salohiyati bir qator cheklovlar tufayli yetarli darajada amalga
oshmayapti.

Hududlarda kichik biznes rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy
muammolardan biri moliyalashtirishdagi qiyinchiliklardir. Tadbirkorlar uchun

boshlang‘ich kapital va aylanma mablag‘larga kirish imkoniyati cheklangan bo‘lib,
bu yangi biznes subyektlarining paydo bo‘lishini sekinlashtiradi. Shuningdek, bank
kreditlari foiz stavkalarining nisbatan yuqoriligi kichik biznes uchun qo‘shimcha
moliyaviy yukni yuzaga keltiradi.

Bundan tashqari, ayrim hududlarda infratuzilmaning yetarli darajada
rivojlanmaganligi ham muhim to‘siq hisoblanadi. Transport, logistika va raqamli
aloqa tizimlarining zaifligi biznes jarayonlarining samaradorligini pasaytiradi.
Kadrlar muammosi, ya’ni malakali mutaxassislarning yetishmasligi ham kichik
biznesning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bank va
moliyaviy xizmatlarga kirish imkoniyatlarining cheklanganligi tadbirkorlik
faolligini kamaytiradi.

Mazkur muammolarning asosiy sabablari sifatida hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy
rivojlanishdagi nomutanosiblikni ko‘rsatish mumkin. Ayrim hududlarda iqtisodiy
faollik yuqori bo‘lsa, boshqa hududlarda investitsion jozibadorlik past darajada
qolmoqda. Bundan tashqari, investitsiya oqimining markazlashuvi, ya’ni kapitalning
asosan yirik shaharlar va markaziy hududlarga yo‘naltirilishi ham hududiy
tengsizlikni kuchaytiradi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun bir qator chora-tadbirlarni
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Avvalo, kichik biznes subyektlari uchun
imtiyozli kreditlash tizimini kengaytirish va moliyalashtirish mexanizmlarini
soddalashtirish zarur. Bu yangi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga
xizmat qiladi.

Shuningdek, raqamli biznesni rivojlantirish orqali hududlarda iqtisodiy
faollikni oshirish mumkin. Elektron savdo, onlayn xizmatlar va raqamli platformalar
kichik biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Kasb-hunar ta’limini rivojlantirish
esa malakali kadrlar yetishmovchiligi muammosini kamaytirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, hududiy rivojlanish dasturlarini kuchaytirish, infratuzilmani
modernizatsiya qilish va investitsion muhitni yaxshilash orqali iqtisodiy tengsizlikni
bosqichma-bosqich kamaytirish mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hududiy iqtisodiy tengsizlikni
kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki u mintaqalarda yangi ish o‘rinlarini
yaratish va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, kichik biznes bandlik darajasini sezilarli darajada oshirib,
aholining daromad manbalarini kengaytiradi va ijtimoiy barqarorlikni
mustahkamlaydi.
Ushbu sohaning barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan davlat siyosati, qo‘llabquvvatlash mexanizmlari hamda qulay biznes muhitining yaratilishiga bog‘liqdir.

Umuman olganda, kichik biznesni rivojlantirish istiqbollari ijobiy bo‘lib, u
kelajakda mamlakat iqtisodiy o‘sishining muhim drayverlaridan biri bo‘lib qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-104-son
“Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori.
3. Abduqahhorov A. (2025). Kichik biznes va tadbirkorlik rivojining joriy
holati tahlili. // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil jurnali. – №8.
4. Djalolova U.N. (2025). Kichik biznes (oilaviy tadbirkorlik) va tadbirkorlikni
rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish. // Interdiscipline
Innovation and Scientific Research. – №43.
5. Karimova K. D. (2025). Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznes va
tadbirkorlik faoliyatida investitsiyalar jalb qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. //
Scientific Journal of International Finance & Accounting. – Issue 1.
6. Ochilov Sh. (2023). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda
xorij tajribasi (Xitoyning Guangdong provinsiyasi misolida). // Prognozlashtirish va
makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
7. Oltiboyeva F.U. (2025). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining eksport salohiyatini oshirish. // Management and Economics
Scientific Research Journal. fevral. – B.170. – https://tmijournals.ndc-agency.uz
8. Xalmatjanova G. D. (2025). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari. // Innovations in Science and
Technologies. – 2025. – №2. – ISSN: 3030-3451. – www.innoist.uz
9. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni (In Uzbek)
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-104-son
“Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori. (In Uzbek)
3. Abduqahhorov A. (2025). Kichik biznes va tadbirkorlik rivojining joriy
holati tahlili. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil jurnali. – 2025. – №8 (avgust). (In Uzbek)
4. Djalolova U. N. (2025). Kichik biznes (oilaviy tadbirkorlik) va
tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish.
Interdiscipline Innovation and Scientific Research. – №43.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7837459 (In Uzbek)

5. Karimova K. D. (2025). Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznes va
tadbirkorlik faoliyatida investitsiyalar jalb qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting”. – Issue 1. – ISSN:
2181-1016. (In Uzbek)

6. Ochilov Sh. (2023). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda
xorij tajribasi (Xitoyning Guangdong provinsiyasi misolida). Prognozlashtirish va
makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. fevral. (In Uzbek)

7. Oltiboyeva F.U. (2025). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining eksport salohiyatini oshirish. Management and Economics
Scientific Research Journal. fevral. – B.170. https://tmijournals.ndc-agency.uz (In
Uzbek)

8. Xalmatjanova G.D. (2025). Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari. Innovations in Science and
Technologies. – №2. – ISSN: 3030-3451. – www.innoist.uz (In Uzbek)

9. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2