ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy, tashkiliy va texnologik mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari

Abdulxamidova Nodira Abdurashitovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MOLIYAVIY,
TASHKILIY VA TEXNOLOGIK MEXANIZMLARINI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

WAYS TO IMPROVE FINANCIAL, ORGANIZATIONAL AND
TECHNOLOGICAL MECHANISMS FOR ENTREPRENEURSHIP

DEVELOPMENT
ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ФИНАНСОВЫХ,
ОРГАНИЗАЦИОННЫХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ

РАЗВИТИЯ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
https://doi.org/10.5281/zenodo.21350374
Abdulxamidova Nodira Abdurashitovna
Oriental universiteti “Biznes va boshqaruv”
kafedrasi o‘qituvchisi, mustaqil izlanuvchisi
Tel: +998 97-991-30-07
https://orcid.org/0009-0002-7535-3057

Annotatsiya. Mazkur maqolada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning
moliyaviy, tashkiliy va texnologik mexanizmlari hamda ularning milliy iqtisodiyot
taraqqiyotidagi o‘rni kompleks ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot davomida
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy usullari, xususan, imtiyozli
kreditlar, investitsiyalar, grantlar va subsidiyalarning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri
o‘rganilgan. Shuningdek, korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish,
resurslardan samarali foydalanish va strategik menejment mexanizmlarining
tadbirkorlik faoliyati natijadorligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada
raqamli iqtisodiyot, innovatsion texnologiyalar, elektron tijorat va
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining kichik biznes rivojlanishiga ta’siri
statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. O‘zbekistonda tadbirkorlikni
rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, davlat qo‘llabquvvatlash mexanizmlari hamda kichik biznesning YAIM va bandlikdagi ulushi
bo‘yicha ko‘rsatkichlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida
tadbirkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish
va raqamli transformatsiyani jadallashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar
ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: tadbirkorlik, moliyaviy mexanizm, tashkiliy mexanizm,
texnologik mexanizm, innovatsiya, investitsiya, raqamli iqtisodiyot, kichik biznes,
iqtisodiy samaradorlik, boshqaruv tizimi, bandlik.

Abstract. This article comprehensively analyzes the financial, organizational,
and technological mechanisms of entrepreneurship development and their role in
national economic growth. The study examines modern methods of supporting
entrepreneurship, including preferential loans, investments, grants, and subsidies,

and evaluates their impact on economic efficiency. In addition, the importance of

introducing modern management systems, effective resource utilization, and

strategic management mechanisms in improving entrepreneurial performance is

highlighted. The article also analyzes the impact of the digital economy, innovative

technologies, e-commerce, and automated management systems on the development

of small businesses based on statistical data. Economic reforms implemented in

Uzbekistan to support entrepreneurship, state support mechanisms, and indicators

related to the share of small businesses in GDP and employment are scientifically

substantiated. As a result of the research, practical recommendations and proposals

were developed for improving entrepreneurial mechanisms, stimulating innovative

activities, and accelerating digital transformation processes.

Keywords: entrepreneurship, financial mechanism, organizational

mechanism, technological mechanism, innovation, investment, digital economy,

small business, economic efficiency, management system, employment.

Аннотация. В данной статье комплексно анализируются финансовые,

организационные и технологические механизмы развития

предпринимательства, а также их роль в экономическом развитии страны. В

ходе исследования изучены современные методы поддержки

предпринимательства, включая льготное кредитование, инвестиции, гранты и

субсидии, а также их влияние на повышение экономической эффективности.

Особое внимание уделено внедрению современных систем управления,

рациональному использованию ресурсов и стратегическому менеджменту как

важным факторам повышения результативности предпринимательской

деятельности. В статье на основе статистических данных проанализировано

влияние цифровой экономики, инновационных технологий, электронной

коммерции и автоматизированных систем управления на развитие малого

бизнеса. Научно обоснованы проводимые в Узбекистане экономические

реформы по поддержке предпринимательства, механизмы государственной

поддержки, а также показатели доли малого бизнеса в ВВП и занятости

населения. По результатам исследования разработаны практические

рекомендации и предложения по совершенствованию механизмов

предпринимательства, стимулированию инновационной деятельности и

ускорению процессов цифровой трансформации.

Ключевые слова: предпринимательство, финансовый механизм,

организационный механизм, технологический механизм, инновации,

инвестиции, цифровая экономика, малый бизнес, экономическая

эффективность, система управления, занятость населения.

KIRISH
Bugungi kunda tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash, aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va raqobat
muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki
mahsulotning katta qismini shakllantiradi hamda iqtisodiy barqarorlikning asosiy
omillaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda ham tadbirkorlikni rivojlantirish davlat iqtisodiy siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda tadbirkorlik
subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, biznes yuritish uchun qulay sharoit
yaratish, soliq tizimini soddalashtirish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy
etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi
moliyaviy, tashkiliy va texnologik mexanizmlarning rivojlanganlik darajasiga
bevosita bog‘liq. Shu sababli ushbu mexanizmlarni takomillashtirish iqtisodiy
rivojlanishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari iqtisodiyot fanining muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ushbu mavzu xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar
tomonidan keng tadqiq etilgan. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy o‘sish, bandlikni ta’minlash va innovatsion
rivojlanishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan farmon va
qarorlar ham tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning muhim institutsional asosini
tashkil etmoqda. So‘nggi yillarda biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish, soliq
yukini kamaytirish, litsenziyalash va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini soddalashtirish,
tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida kichik biznesning
iqtisodiyotdagi ulushi va bandlikdagi roli sezilarli darajada ortib bormoqda.
Bundan tashqari, tadbirkorlik nazariyasining shakllanishida iqtisodchi olim
Joseph Schumpeterning ilmiy qarashlari muhim ahamiyatga ega. U tadbirkorlikni
innovatsiyalarni iqtisodiyotga joriy etuvchi asosiy kuch sifatida baholab, iqtisodiy
rivojlanishning drayveri innovatsion faoliyat ekanligini ta’kidlagan. Schumpeter
tadbirkorlikni “yangi kombinatsiyalar yaratish jarayoni” sifatida izohlagan bo‘lib,
bu yondashuv zamonaviy innovatsion iqtisodiyot nazariyasining shakllanishiga asos
bo‘lib xizmat qilgan.

Peter Drucker o‘zining “Innovation and Entrepreneurship” asarida
tadbirkorlikni samarali boshqaruv va innovatsiyalar bilan uzviy bog‘liq jarayon
sifatida ko‘rib chiqadi. Uning fikricha, zamonaviy tadbirkorlikning muvaffaqiyati
resurslardan oqilona foydalanish, strategik menejment va bozor ehtiyojlariga mos
innovatsion yondashuvlarni joriy etishga bog‘liq. Drucker tadbirkorlikni faqat
biznes yuritish emas, balki iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali
foydalanish tizimi sifatida talqin qiladi.

Xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari ham tadbirkorlik rivojlanishining iqtisodiy
ahamiyatini keng yoritadi. Jumladan, OECD hisobotlarida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning iqtisodiy o‘sish hamda aholi bandligini ta’minlashdagi roli yuqori
baholangan. OECD tadqiqotlariga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda kichik biznes
subyektlari umumiy korxonalar sonining asosiy qismini tashkil etib, yalpi ichki
mahsulotning muhim ulushini yaratadi. Shuningdek, mazkur tashkilot hisobotlarida
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va raqamli iqtisodiyot mexanizmlarini
rivojlantirish tadbirkorlik samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida
ko‘rsatilgan.

World Bank tadqiqotlarida esa tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlarining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Xususan,
kichik biznes uchun kreditlash tizimini rivojlantirish, imtiyozli moliyalashtirish va
investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishi ilmiy
asoslangan. Jahon banki ekspertlari tomonidan moliyaviy resurslardan foydalanish
imkoniyatining kengayishi yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni
qisqartirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.

Michael Porterning ilmiy qarashlarida raqobatbardoshlik va innovatsiyalar
o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslab berilgan. U “raqobat ustunligi” nazariyasida
korxonalarning muvaffaqiyati innovatsion texnologiyalarni joriy etish va samarali
boshqaruv tizimlarini qo‘llash bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Porterning
fikricha, zamonaviy iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni oshirish uchun korxonalar
doimiy ravishda texnologik yangilanish va innovatsion rivojlanishga intilishi lozim.

UNDP hisobotlarida yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik va innovatsion
texnologiyalarning tadbirkorlik rivojiga ta’siri keng yoritilgan. Ushbu tadqiqotlarda
energiya tejamkor texnologiyalar, ekologik toza ishlab chiqarish va “yashil biznes”
yo‘nalishlari iqtisodiy samaradorlik bilan bir qatorda ekologik xavfsizlikni
ta’minlashning muhim omili sifatida baholangan.

International Labour Organization (ILO) tadqiqotlarida tadbirkorlikning aholi
bandligini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Tashkilot hisobotlariga ko‘ra, kichik
biznes va oilaviy tadbirkorlik yangi ish o‘rinlarini yaratishda eng faol sektor
hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish mehnat
bozoridagi muammolarni kamaytirishga xizmat qilishi qayd etilgan.

Asian Development Bank (ADB) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda
Markaziy Osiyo davlatlarida kichik biznesni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot
elementlarini joriy etish va innovatsion infratuzilmani shakllantirish masalalari
o‘rganilgan. Mazkur tadqiqotlarda startap ekotizimlari, texnoparklar va biznes
inkubatorlarning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati alohida ta’kidlangan.

Mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan ham tadbirkorlikni rivojlantirishning
institutsional, moliyaviy va tashkiliy jihatlari keng tadqiq etilgan. O‘zbekistonlik
olimlar ilmiy ishlarida mamlakatda biznes yuritish muhitini yaxshilash, soliq
tizimini soddalashtirish, tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda
hududiy biznes infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Ayniqsa, kichik
biznesning YAIMdagi ulushini oshirish, eksport salohiyatini kuchaytirish va raqamli
texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha ilmiy xulosalar
ishlab chiqilgan.

Yuqoridagi ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishning moliyaviy, tashkiliy va texnologik mexanizmlarini
takomillashtirish iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, innovatsion rivojlanishni
jadallashtirish hamda aholi bandligini oshirishning muhim omillaridan biri
hisoblanadi. Shu sababli mazkur yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni yanada
chuqurlashtirish va zamonaviy iqtisodiy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish
dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy,
tashkiliy va texnologik mexanizmlarini kompleks o‘rganish maqsadida ilmiy
tadqiqotning zamonaviy usul va yondashuvlaridan foydalanildi. Tadqiqot
metodologiyasi tizimli yondashuv asosida shakllantirilib, iqtisodiy jarayonlarni
miqdoriy va sifat jihatdan baholash imkonini beruvchi usullar uyg‘unlashtirildi.
Tadqiqotning nazariy-metodologik asosini tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga
oid xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari, xalqaro tashkilotlar
hisobotlari hamda O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga
doir normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etdi. Xususan, OECD, World Bank, UNDP,
ILO kabi xalqaro tashkilotlarning tadbirkorlik, kichik biznes va innovatsion
iqtisodiyotga oid ilmiy yondashuvlari tadqiqotning konseptual asoslari sifatida
xizmat qildi.
Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy usullardan foydalanildi: Statistik tahlil
usuli, qiyosiy tahlil usuli, tizimli yondashuv usuli, dinamik kuzatuv usuli, iqtisodiy
taqqoslash usuli, analitik-sintetik usul, grafik va jadval usuli, prognozlash usuli.
Tadqiqotning axborot bazasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, Iqtisodiyot va moliya

vazirligi, Savdo-sanoat palatasi ma’lumotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar va
ilmiy jurnallarning rasmiy hisobotlari tashkil etdi. Mazkur metodologik yondashuv
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning mavjud holatini chuqur tahlil qilish,
muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif
va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini berdi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi o‘rni. Tadbirkorlik iqtisodiyotning eng faol

va strategik sektorlaridan biri hisoblanadi. U ishlab chiqarish hajmini oshirish,

xizmatlar sohasini kengaytirish, raqobat muhitini shakllantirish hamda aholi

bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kichik biznes va

xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining moslashuvchan va tez rivojlanuvchi

qismi sifatida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda

O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan iqtisodiy islohotlar

natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi izchil ortib bormoqda.

1-jadval. O‘zbekistonda kichik biznesning YAIMdagi ulushi

Yillar YAIMdagi ulushi (%)

2020 54,8

2021 55,6

2022 56,7

2023 57,3

2024 58,1

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif

tomonidan tuzildi.

Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda kichik biznesning

yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildan-yilga barqaror o‘sish tendensiyasiga ega.

Xususan, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich 54,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga

kelib 58,1 foizga yetgan. Bu esa mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning roli

tobora ortib borayotganini anglatadi.

Mazkur o‘sish bir qator iqtisodiy omillar bilan izohlanadi. Jumladan, davlat

tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari, kreditlash

tizimining soddalashtirilishi, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining

yengillashtirilishi hamda hududiy sanoat zonalarining tashkil etilishi kichik biznes

subyektlari faoliyatining kengayishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, xizmat

ko‘rsatish sohasi, savdo, qurilish va ishlab chiqarish tarmoqlarida kichik biznesning

faolligi ortgani ham YAIMdagi ulushning ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bu esa mamlakat iqtisodiy modelida xususiy mulk va tadbirkorlikning strategik

ahamiyati oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Moliyaviy mexanizmlarning ahamiyati. Moliyaviy mexanizm tadbirkorlik

faoliyatini rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy

resurslarning mavjudligi biznes subyektlariga yangi loyihalarni amalga oshirish,

ishlab chiqarishni kengaytirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkonini

beradi. Ayniqsa, kreditlar, subsidiyalar, grantlar va investitsiyalar kichik biznesni

qo‘llab-quvvatlashning asosiy vositalari hisoblanadi.

2-jadval. Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024 2025*

Kreditlar hajmi (trln so‘m) 14,2 18,0 22,5 26,0

Qo‘llab-quvvatlangan loyihalar 98 000 120 000 145 000 168 000

Yaratilgan ish o‘rinlari 520 000 684 000 743 000 806 000

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlari
asosida muallif tomonidan tuzildi.

Jadval ma’lumotlari moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmining yildan-yilga ortib
borayotganini ko‘rsatadi. Xususan, kreditlar hajmi 2022-yildagi 14,2 trillion
so‘mdan 2025-yilda 26 trillion so‘mga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu esa
tadbirkorlikni moliyalashtirish mexanizmlarining tobora kengayib borayotganini
anglatadi. Shuningdek, qo‘llab-quvvatlangan loyihalar sonining oshishi
iqtisodiyotda biznes faolligining ortayotganini ko‘rsatadi. 2022-yilda 98 ming loyiha
moliyalashtirilgan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 168 mingga yetishi
kutilmoqda. Bu esa yangi ishlab chiqarish quvvatlari va xizmat ko‘rsatish
obyektlarining tashkil etilishiga sabab bo‘lmoqda.

Jadvaldagi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri yaratilgan ish o‘rinlari sonidir.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kreditlash hajmi oshgani sari yangi ish o‘rinlari soni
ham ortib bormoqda. Xususan, 2022-yilda 520 mingta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa,
2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 806 mingtaga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu holat
moliyaviy mexanizmlarning bandlikni oshirishdagi bevosita ta’sirini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, imtiyozli kreditlar va davlat subsidiyalari ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirib, tadbirkorlarning investitsion faolligini oshirmoqda.
Natijada iqtisodiyotda raqobat muhiti rivojlanib, yangi biznes subyektlari paydo
bo‘lmoqda.

Texnologik mexanizmlar va innovatsiyalar. Zamonaviy iqtisodiyotda
innovatsion texnologiyalarni joriy etish tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini
oshirishda muhim omil hisoblanadi. Raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish va
elektron tijorat tizimlari ishlab chiqarish unumdorligini oshirib, biznes yuritish
xarajatlarini kamaytiradi.

Texnologik mexanizmlar va innovatsiyalar. Raqamli transformatsiya
tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim omillardan biri

hisoblanadi. Elektron tijorat, IT xizmatlari va avtomatlashtirilgan boshqaruv

tizimlari ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.

3-jadval. Kichik biznes orqali yaratilgan ish o‘rinlari (tarmoqlar kesimida)

Tarmoq 2023 2024 2025

Qishloq xo‘jaligi 182 190 198

Xizmat ko‘rsatish 205 224 245

Savdo 143 156 170

Sanoat 108 121 135

Qurilish 46 52 58

Jami 684 743 806

Manba: Statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

Jadval ma’lumotlari kichik biznes orqali yaratilayotgan ish o‘rinlarining

tarmoqlar kesimida ortib borayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish

sohasi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, 2025-yilda 245 mingta ish o‘rni

yaratilishi prognoz qilinmoqda. Bu esa xizmatlar sektorining iqtisodiyotdagi ulushi

ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ham ish o‘rinlari sonining barqaror o‘sishi

kuzatilmoqda. Bu qishloq hududlarida oilaviy tadbirkorlik, agroservis va qayta

ishlash sanoati rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, mahalliy xomashyodan

samarali foydalanish qishloq joylarda yangi bandlik imkoniyatlarini yaratmoqda.

Sanoat va qurilish tarmoqlarida ham o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. Bu ishlab

chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va infratuzilma loyihalarining

kengayishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida innovatsion

texnologiyalarning joriy etilishi mehnat unumdorligini oshirib, raqobatbardoshlikni

kuchaytirmoqda. Umuman olganda, jadvaldagi ko‘rsatkichlar kichik biznesning

mamlakat iqtisodiyotida yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi asosiy sektor ekanini

tasdiqlaydi.

Tadbirkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari. Tadbirkorlik

faoliyatini rivojlantirish uchun moliyaviy, tashkiliy va texnologik mexanizmlarni

uyg‘un holda rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Quyidagi jadvalda strategik

yo‘nalishlar, ularni amalga oshirish vositalari va kutilayotgan natijalar keltirilgan.

Tadbirkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari

4-jadval. Strategiya → Mexanizm → Natija modeli

Strategiya Amalga oshirish vositasi Yakuniy natija

Moliyaviy qo‘llab- Imtiyozli kredit va grantlar Yangi biznes subyektlari

quvvatlash tashkil etiladi

Raqamli iqtisodiyot IT platformalar va elektron Zamonaviy ish o‘rinlari

tijorat yaratiladi

Innovatsion rivojlanish Startap va texnoparklar Raqobatbardoshlik oshadi
Malaka oshirish Kasbiy trening va biznes Mehnat unumdorligi oshadi

Yashil iqtisodiyot inkubatorlar Barqaror rivojlanish
Energiya tejamkor ta’minlanadi

texnologiyalar

Mazkur jadval tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalarining kompleks
xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Xususan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlari yangi biznes subyektlarini tashkil etishga xizmat qilsa, raqamli
iqtisodiyot elementlari zamonaviy va yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratishga
imkon beradi. Innovatsion rivojlanish strategiyasi orqali startap loyihalar va
texnoparklar faoliyati kengayib, iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektorlari
rivojlanadi. Bu esa milliy iqtisodiyotning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini
oshiradi. Malaka oshirish tizimining rivojlantirilishi esa tadbirkorlik faoliyatining
samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Kasbiy trening
markazlari va biznes inkubatorlar yosh tadbirkorlarni zamonaviy bilim va
ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi. Yashil iqtisodiyot tamoyillarining joriy etilishi esa
energiya resurslaridan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va
uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikka erishishga xizmat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri
hisoblanadi. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlikning samarali
faoliyat yuritishi moliyaviy, tashkiliy va texnologik mexanizmlarning qay darajada
rivojlanganiga bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini
oshirish hamda raqobat muhitini shakllantirishda muhim strategik sektor sifatida
namoyon bo‘lmoqda.
Tadqiqot natijalari asosida aniqlanishicha, tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llabquvvatlash tizimining kengaytirilishi biznes subyektlarining investitsion faolligini
oshiradi va yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini yaratadi. Imtiyozli kreditlar,
subsidiyalar, grantlar va investitsion dasturlar orqali tadbirkorlik faoliyatining
barqarorligini ta’minlash mumkin. Ayniqsa, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va
innovatsion startap loyihalarini moliyalashtirish iqtisodiyotning real sektorini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, zamonaviy boshqaruv tizimlari va tashkiliy mexanizmlarni
takomillashtirish tadbirkorlik subyektlari faoliyatining samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi. Korxonalarda strategik rejalashtirish, menejmentning zamonaviy
usullarini qo‘llash, resurslardan oqilona foydalanish va biznes jarayonlarini
optimallashtirish ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Ayniqsa, raqamli

boshqaruv tizimlaridan foydalanish korxonalarning raqobatbardoshligini
kuchaytiradi va boshqaruv xarajatlarini kamaytiradi.

Innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi kunda tadbirkorlik rivojining
eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot elementlari,
elektron tijorat, sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari va IT
xizmatlarning rivojlanishi yangi biznes yo‘nalishlari paydo bo‘lishiga olib
kelmoqda. Bu esa nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki yuqori malakali
va zamonaviy ish o‘rinlarini yaratishga ham xizmat qiladi.

Davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati ham iqtisodiy
rivojlanishning muhim omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda
mamlakatimizda biznes yuritish muhitini yaxshilash, soliq yukini kamaytirish,
litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish hamda tadbirkorlar uchun qulay huquqiy
va institutsional sharoit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bu esa tadbirkorlik subyektlari sonining ortishi va ularning
iqtisodiyotdagi ulushining kengayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, tadqiqot davomida ayrim muammolar ham mavjudligi
aniqlandi. Xususan, ayrim hududlarda moliyaviy resurslardan foydalanish
imkoniyatining cheklanganligi, infratuzilma yetarli darajada rivojlanmaganligi,
innovatsion texnologiyalarni joriy etishdagi qiyinchiliklar hamda malakali
mutaxassislar yetishmasligi tadbirkorlik rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, qishloq hududlarida zamonaviy biznes infratuzilmasining yetarli emasligi
kichik biznesning rivojlanish sur’atlarini pasaytirmoqda.

Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmini
oshirish. Kichik biznes uchun uzoq muddatli va past foizli kreditlar ajratish tizimini
kengaytirish, startap loyihalarni moliyalashtirish va investitsion grantlar hajmini
oshirish zarur. Ayniqsa, yosh tadbirkorlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llabquvvatlashga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

2. Hududiy biznes infratuzilmasini rivojlantirish. Sanoat zonalari, biznes
inkubatorlar, logistika markazlari va texnoparklar faoliyatini kengaytirish orqali
hududlarda tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratish zarur. Bu esa yangi ishlab
chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

3. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish. Elektron tijorat, onlayn
xizmatlar, raqamli to‘lov tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyalaridan
foydalanishni kengaytirish biznes samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, raqamli
transformatsiya kichik biznesning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ham
kengaytiradi.

4. Innovatsion loyihalarni rag‘batlantirish. Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion
ishlanmalarni amaliyotga joriy etish uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini
rivojlantirish lozim. Innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali yuqori
texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish mumkin.

5. Kadrlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. Zamonaviy
iqtisodiyot talablariga mos mutaxassislar tayyorlash, kasb-hunar ta’limi tizimini
rivojlantirish va amaliy trening dasturlarini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Bu
esa mehnat unumdorligini oshirish va biznes subyektlarining raqobatbardoshligini
kuchaytiradi.

Umuman olganda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy,
tashkiliy va texnologik mexanizmlarini takomillashtirish mamlakat iqtisodiyotining
barqaror o‘sishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini
oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu sababli mazkur yo‘nalishdagi
islohotlarni izchil davom ettirish va zamonaviy innovatsion yondashuvlarni keng
qo‘llash iqtisodiy taraqqiyotning strategik ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonuni (2012) – Toshkent.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari to‘plami (2020-
2025) – Toshkent
3. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari (2020-2025). –
Toshkent.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotlari (2021-
2025) – Toshkent.
5. Schumpeter J. A. (1934) The Theory of Economic Development. –
Cambridge: Harvard University Press. – Pp.255
6. Drucker P. F. (1985) Innovation and Entrepreneurship: Practice and
Principles. – New York: Harper Business. 320 p.
7. Porter M. E. (1990) The Competitive Advantage of Nations. – New York:
Free Press. – 896 p.
8. OECD. SME and Entrepreneurship Outlook 2021. – Paris: OECD
Publishing. – 280 p.
9. World Bank (2022) Small and Medium Enterprises Finance Report. –
Washington DC: World Bank Publications. –198 p.
10. International Labour Organization. World Employment and Social Outlook
(2022). – Geneva: ILO Publications. –312 p.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonuni (2012) – Toshkent. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari to‘plami (2020-
2025) – Toshkent. (In Uzbek)
3. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari (2020-2025) –
Toshkent. (In Uzbek)
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotlari (2021-
2025) – Toshkent. (In Uzbek)
5. Schumpeter J. A. (1934) The Theory of Economic Development. –
Cambridge: Harvard University Press. – Pp.255
6. Drucker P. F. (1985) Innovation and Entrepreneurship: Practice and
Principles. – New York: Harper Business. 320 p.
7. Porter M. E. The Competitive Advantage of Nations. – New York: Free
Press. 1990. – 896 p.
8. OECD. SME and Entrepreneurship Outlook 2021. – Paris: OECD
Publishing. – 280 p.
9. World Bank. (2022) Small and Medium Enterprises Finance Report. –
Washington DC: World Bank Publications. –198 p.
10. International Labour Organization. (2022) World Employment and Social
Outlook 2022. – Geneva: ILO Publications. –312 p.