ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Kichik tadbirkorlik rivojlanishining hududiy tafovutlarini integral indeks asosida baholash metodologiyasi

Xudoyberdiyev Dilmurod Xasanovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

KICHIK TADBIRKORLIK RIVOJLANISHINING HUDUDIY
TAFOVUTLARINI INTEGRAL INDEKS ASOSIDA BAHOLASH

METODOLOGIYASI

A METHODOLOGICAL APPROACH TO ASSESSING REGIONAL
DISPARITIES IN SMALL ENTREPRENEURSHIP DEVELOPMENT

USING AN INTEGRAL INDEX

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ОЦЕНКЕ РЕГИОНАЛЬНОЙ
ДИФФЕРЕНЦИАЦИИ РАЗВИТИЯ МАЛОГО

ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАЛЬНОГО
ИНДЕКСА

https://doi.org/10.5281/zenodo.21261358
Xudoyberdiyev Dilmurod Xasanovich

Oriental universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Tel: +998 94-483-23-33

E-mail: khudoyberdiyevdimajon253@gmail.com
Annotatsiya.Mazkur maqolada O‘zbekiston hududlarida kichik tadbirkorlik
rivojlanish darajasi integral baholash usuli asosida tahlil qilingan. Baholashda kichik
tadbirkorlikning eksportdagi, yalpi hududiy mahsulotdagi, aholi daromadlaridagi
hamda jami bandlikdagi ulushi asosiy mezon sifatida tanlangan. Ushbu
ko‘rsatkichlar asosida hududlar bo‘yicha integral baho hisoblanib, kichik
tadbirkorlik rivojlanish darajasining qiyosiy reytingi shakllantirilgan. Yakuniy
natijalar integral baholash hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash, kichik
tadbirkorlikning hududiy iqtisodiyotdagi nisbiy rolini baholash va rivojlanish
darajasiga ko‘ra hududlarni guruhlash imkonini berishini ko‘rsatadi. Shu jihatdan,
integral baholash kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tabaqalashtirilgan
hududiy siyosat ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy vosita hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: kichik tadbirkorlik, integral baholash, hududiy tafovutlar, qiyosiy
tahlil, reytinglash, yalpi hududiy mahsulot, eksport salohiyati, bandlik, aholi
daromadlari, hududiy rivojlanish.
Annotation. This article analyzes the level of small entrepreneurship
development in the regions of Uzbekistan based on the integral assessment method.
The share of small entrepreneurship in exports, gross regional product, household
income, and total employment was selected as the main evaluation criteria. Based
on these indicators, an integral assessment was calculated for each region, and a
comparative ranking of small entrepreneurship development was formed. The final
results show that integral assessment makes it possible to identify regional
disparities, evaluate the relative role of small entrepreneurship in the regional
economy, and group regions according to their level of development. In this regard,

integral assessment serves as an important scientific and practical tool for
developing differentiated regional policies aimed at supporting small
entrepreneurship.

Keywords: small entrepreneurship, integral assessment, regional disparities,
comparative analysis, ranking, gross regional product, export potential,
employment, household income, regional development.

Аннотация. В данной статье проанализирован уровень развития малого
предпринимательства в регионах Узбекистана на основе метода интегральной
оценки. В качестве основных критериев оценки выбраны доля малого
предпринимательства в экспорте, валовом региональном продукте, доходах
населения, а также в общей занятости. На основе данных показателей
рассчитана интегральная оценка по регионам и сформирован сравнительный
рейтинг уровня развития малого предпринимательства. Итоговые результаты
показывают, что интегральная оценка позволяет выявить различия между
регионами, оценить относительную роль малого предпринимательства в
региональной экономике и сгруппировать регионы по уровню его развития. В
этом отношении интегральная оценка является важным научно-практическим
инструментом при разработке дифференцированной региональной политики
по развитию малого предпринимательства.

Ключевые слова: малое предпринимательство, интегральная оценка,
региональные различия, сравнительный анализ, рейтингование, валовой
региональный продукт, экспортный потенциал, занятость, доходы
населения, региональное развитие.

KIRISH
Kichik tadbirkorlik har qanday mamlakat iqtisodiyotida iqtisodiy faollikni
oshirish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini shakllantirish, ichki bozorni
tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish hamda hududiy rivojlanishni jadallashtirishda
muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish milliy iqtisodiyotda raqobat muhitini kuchaytirish,
hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiy salohiyatdan samarali
foydalanishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda
mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, biznes yuritish
sharoitlarini yaxshilash, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish hamda
hududlarda tadbirkorlik faolligini kengaytirish bo‘yicha qator tizimli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasi toʻgʻrisida” PF-60-son Farmonida milliy iqtisodiyotni isloh qilish,
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash va

hududlarni jadal rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan. Bu esa
hududlar kesimida kichik tadbirkorlik rivojlanishini baholash va qiyosiy tahlil qilish
zaruratini kuchaytiradi (PF-60).

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi
“Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari
doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning
qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-21-son Farmonida Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlarni izchil davom ettirish,
iqtisodiy o‘sishning barqaror manbalarini shakllantirish va xususiy sektor faolligini
oshirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Mazkur strategik hujjatlar hududlarda
kichik biznesning iqtisodiy salohiyatini oshirish, uni qo‘llab-quvvatlash va
rivojlanish darajasini monitoring qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlarni
takomillashtirishni talab etadi (PF-21).

Kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar ham so‘nggi yillarda
sezilarli darajada kuchaytirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional
qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-306-son Qarori bilan kichik
biznesni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi
hamda “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi joriy etildi.
Ushbu qaror kichik tadbirkorlik subyektlarini tanlab olish, ularning biznes
loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish va maslahat xizmatlari ko‘rsatish
tizimini takomillashtirishga qaratilgan (PQ-306). Bundan tashqari, 2023-yil 10-
noyabrdagi PF-193-son Farmonda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llabquvvatlash tizimini takomillashtirish masalalari belgilangan. Bu, ayniqsa,
hududlarda kichik tadbirkorlikning moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlarini
kengaytirish, biznes loyihalarni amalga oshirish va kichik biznes subyektlarining
iqtisodiy faolligini oshirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega (PF-193).

Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-
martdagi “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida” PF-50-son Farmonida kichik va o‘rta biznesning jadal
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda biznes muhitini
yaxshilash, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda raqobatbardosh
mahsulotlar bilan tashqi bozorlarga chiqishni rag‘batlantirish maqsadlari
belgilangan. Hujjatda kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini
55 foizga, sanoatdagi ulushini 34 foizga, eksportdagi ulushini 34 foizga va aholi
bandligini ta’minlashdagi ulushini 75 foizga yetkazish kabi aniq maqsadli
ko‘rsatkichlar belgilangan (PF-50).

Mazkur maqsadli ko‘rsatkichlar kichik tadbirkorlik rivojlanishini faqat bitta
mezon orqali emas, balki bir nechta iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida baholash

zarurligini ko‘rsatadi. Chunki kichik biznesning hududiy iqtisodiyotdagi o‘rni uning
eksportdagi ulushi, yalpi hududiy mahsulotdagi hissasi, aholi daromadlari
shakllanishidagi roli va bandlikni ta’minlashdagi ishtiroki orqali yanada to‘liq
namoyon bo‘ladi. Shu sababli hududlarda kichik tadbirkorlik rivojlanish darajasini
kompleks baholash uchun integral baholash usulidan foydalanish ilmiy va amaliy
jihatdan muhimdir. Integral baholash usuli kichik tadbirkorlik rivojlanishini alohida
ko‘rsatkichlar bo‘yicha emas, balki ularni yagona umumlashtirilgan bahoga keltirish
orqali tahlil qilish imkonini beradi. Bunday yondashuv hududlar o‘rtasidagi
tafovutlarni aniqlash, kichik tadbirkorlikning hududiy iqtisodiyotdagi nisbiy rolini
baholash, hududlarni rivojlanish darajasiga ko‘ra reytinglash hamda
tabaqalashtirilgan hududiy siyosat ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib
xizmat qiladi.

Shu nuqtayi nazardan, mazkur maqolada O‘zbekiston hududlarida kichik
tadbirkorlik rivojlanish darajasi integral baholash usuli asosida tahlil qilinadi.
Tadqiqotda kichik tadbirkorlikning eksportdagi, yalpi hududiy mahsulotdagi, aholi
daromadlaridagi hamda jami bandlikdagi ulushi asosiy baholash mezonlari sifatida
tanlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida hududlar bo‘yicha integral baho hisoblanib,
kichik tadbirkorlik rivojlanish darajasining qiyosiy reytingi shakllantiriladi. Bu esa
hududlarda kichik tadbirkorlikning rivojlanish darajasi, mavjud tafovutlar va
ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Hududlarda kichik tadbirkorlik rivojlanganlik indeksini shakllantirishning
ahamiyatini baholashga oid qator xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar nazariy va
amaliy tadqiqotlar olib borgan. Xususan, Nardo M. (2008), Saisana M., Saltelli A.,
Tarantola S., Mazziotta M. (2013), Pareto A., De Muro (2011), P. va boshqalar o‘z
tadqiqotlarida kichik biznes, innovatsiya, raqobatbardoshlik, barqaror rivojlanish,
globallashuv, sanoat salohiyati kabi yo‘nalishlarda hududlar yoki mamlakatlar
bo‘yicha reytinglar tuzishda hamda hududlar yoki mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish, farovonlik, kambag‘allik, barqarorlik va rivojlanish darajasini
baholash usullaridan keng foydalanishgan.
Mahalliy olimlardan M.Boltabayev, M.Qosimova, Sh.Ergashxodjayeva,
B.G‘oyibnazarov, A.Samadov, Sh.Otajonovlar “Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik” nomli darsligida kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni, rivojlanishi,
eksport salohiyati, moliyaviy faoliyati va tahlil masalalari yoritilgan. Darslikda
kichik biznes subyektlarining eksport salohiyatini baholash ham keltirilgani
ko‘rsatilgan (Boltabayev М., Qosimova М., Ergashxodjayeva Sh., G‘oyibnazarov
B., Samadov A., Otajonov Sh., 2011:333). Shu bilan bir qatorda D.Yakubova
“Малый бизнес и предпринимательство” darsligida kichik biznes va tadbirkorlik

bo‘yicha fundamental asoslar va uning iqtisodiy mohiyati xususida ilmiy tahliliy
yondashuvlar keltirilgan (Якубова Д.М., 2023: 279).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Kichik tadbirkorlik rivojlanganlik indeksi – bu hududda kichik
tadbirkorlikning iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish, daromad shakllantirish va
bandlikdagi rolini umumlashtirib beruvchi integral ko‘rsatkichdir.
Kichik tadbirkorlik rivojlanganlik indeksini hisoblash metodikasi hududlar
bo‘yicha kichik tadbirkorlikning iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish, daromad
shakllantirish va bandlikdagi rolini kompleks baholashga asoslanadi. Mazkur
indeksni shakllantirishda kichik tadbirkorlik subyektlarining jami eksportdagi
ulushi, YaIM yoki YaHMdagi ulushi, aholi umumiy daromadlari tarkibida kichik
tadbirkorlikdan olingan daromadlar ulushi hamda jami bandlikdagi ulushi asosiy
indikatorlar sifatida tanlab olindi. Ushbu indikatorlarning barchasi stimulyator
ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularning yuqori bo‘lishi hududda kichik tadbirkorlikning
iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yuqoriligini anglatadi.
Har bir indikator hudud ko‘rsatkichini respublika o‘rtacha ko‘rsatkichiga
bo‘lish orqali standartlashtirildi. Bu yondashuv turli o‘lchov birliklariga ega
ko‘rsatkichlarni yagona nisbiy baholash tizimiga keltirish imkonini beradi. Shundan
so‘ng har bir hudud bo‘yicha to‘rtta indeksning o‘rtacha arifmetik qiymati
hisoblanib, kichik tadbirkorlik rivojlanganlik integral indeksi aniqlandi.

bu yerda,
KTRIi - i-hudud bo‘yicha kichik tadbirkorlik rivojlanganlik indeksi;
Xij - i-hududning j-indikator bo‘yicha qiymati;
Xrj - respublika bo‘yicha j-indikatorning o‘rtacha qiymati;
j=1,2,3,4 - kichik tadbirkorlikning eksport, YaIM, aholi daromadlari va
bandlikdagi ulushi.
Shu bilan bir qatorda, tadqiqot metodologiyasida statistik tahlil, taqqoslama
tahlil, indekslashtirish, integral baholash, reytinglash va guruhlash usullaridan
foydalanildi. Statistik tahlil hududlar bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarni
tizimlashtirishga, taqqoslama tahlil hududlar o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga,
indekslashtirish esa turli ko‘rsatkichlarni yagona o‘lchovga keltirishga xizmat qildi.
Integral baholash usuli kichik tadbirkorlik rivojlanish darajasini umumlashtirilgan
ko‘rsatkich orqali ifodalash imkonini berdi. Reytinglash va guruhlash usullari esa
hududlarni rivojlanish darajasiga ko‘ra tasniflash hamda hududiy tafovutlarni ilmiy
asosda talqin qilish imkonini yaratdi.

TAHLIL VA NATIJALAR

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,

mamalakatimizda 2025-yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining mahsulot, ishlar va

xizmatlar eksportidagi ulushi 36,6 foizni, yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,2

foizni, aholi umumiy daromadlari tarkibidagi ulushi 58 foizni hamda jami

bandlikdagi ulushi 72,9 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar kichik

tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin egallashini, ayniqsa,

bandlikni ta’minlash va hududiy iqtisodiy faollikni shakllantirishdagi ahamiyati

yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida olib borilgan qiyosiy tahlil kichik tadbirkorlik rivojlanish

darajasida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatadi. Jumladan, eksportdagi ulush

bo‘yicha Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari yuqori

natijalarga ega bo‘lib, bu hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi

iqtisodiy faolligi nisbatan yuqori shakllangan. Aksincha, Navoiy viloyati va

Toshkent shahrida mazkur ko‘rsatkich past bo‘lib, bu holat ushbu hududlarda yirik

sanoat va korporativ sektorning eksportdagi ustun mavqei bilan izohlanadi. Kichik

tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi bo‘yicha Surxondaryo,

Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax va Buxoro viloyatlarida yuqori natijalar

kuzatiladi. Bu esa mazkur hududlarda kichik biznes hududiy mahsulot yaratish

jarayonida muhim iqtisodiy tayanch vazifasini bajarayotganini bildiradi. Aholi

daromadlari tarkibidagi ulushi bo‘yicha Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyati,

Namangan va Xorazm viloyatlarida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilib, kichik

tadbirkorlikning aholi daromadlarini shakllantirishdagi roli muhim ekanini

ko‘rsatadi (1-jadval).

1-jadval. Hududlarda kichik tadbirkorlikning 2025-yildagi eksport, YaIM,

aholi daromadlari va bandlikdagi ulushi bo‘yicha rivojlanganlik ko‘rsatkichlari

(foiz)

Kichik tadbirkorlik subyektlarining jami Kichik Aholi umumiy Kichik

mahsulot (ishlar,xizmatlar) eksportidagi tadbirkorlik daromadlari tadbirkorlik

ulushi subyektlarining tarkibida kichik subyektlarining

jami YaIMdagi tadbirkorlikdan jami

ulushi olingan bandlikdagi

daromadlar ulushi

ulushi

(hududlar

bo‘yicha)

O‘zbekiston 36,6 52,2 58 72,9

Respublikasi

Hududlar:

1. Qoraqalpog‘iston 44 65,5 54,6 74,4

Respublikasi

2. Andijon 47,5 70,1 57,2 79,6

3. Buxoro 52,1 71 64,2 72,9

4. Jizzax 79 71,2 66,6 76,0

5. Qashqadaryo 36,8 69,2 60,9 77,8

6. Navoiy 5,4 21,1 53 48,9

7. Namangan 54 73,6 61,9 80,8

8. Samarqand 44,9 69,5 60,1 80,1

9. Surxondaryo 68,6 76,4 61 76,4

10. Sirdaryo 70,1 69,5 58,4 71,0

11. Toshkent 44,7 55 63,5 68,3

12. Farg‘ona 65 73 57,7 78,8

13. Xorazm 80,8 71,6 61,5 77,5

14. Toshkent sh. 22,7 51,7 49,8 46,7

Manba: https://siat.stat.uz/ ma`lumotalari asosida muallif tomonidan tizimlashtirilgan

Bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa Namangan, Samarqand, Andijon, Buxoro,

Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida kichik tadbirkorlikning ulushi yuqori. Bu

hududlarda kichik biznes aholining bandligini ta’minlashda asosiy sektorlardan biri

sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida

kichik tadbirkorlikning bandlikdagi ulushi nisbatan past bo‘lib, bu yirik korxonalar,

sanoat va xizmatlar sektorining bandlik tarkibidagi yuqori ulushi bilan bog‘liq.

Hududlarda kichik tadbirkorlik rivojlanganlik darajasini nisbiy koeffitsientlar

asosida integral baholash natijalari kichik tadbirkorlikning hududiy iqtisodiyotdagi

roli respublika hududlari kesimida sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatadi.

Jadvalda har bir ko‘rsatkich respublika o‘rtacha darajasiga nisbatan

indekslashtirilgan bo‘lib, 1 dan yuqori qiymatlar hududning mazkur yo‘nalish

bo‘yicha respublika o‘rtachasidan yuqori ekanini, 1 dan past qiymatlar esa o‘rtacha

darajadan past ekanini bildiradi (2-jadval).

2-jadval. Hududlarda kichik tadbirkorlik rivojlanganlik darajasini nisbiy

koeffitsientlar asosida integral baholash natijalari

Kichik tadbirkorlik Kichik Aholi umumiy Kichik Integral
subyektlari-ning jami mahsulot tadbirkorlik baho
(ishlar,xizmatlar) eksportidagi ulushi tadbirkorlik daromadlari subyektlarining jami 1,10
1. Qoraqalpog‘iston 1,20 subyektlari- tarkibida kichik bandlikdagi
Respublikasi
ning jami tadbirkorlikdan ulushi

YaIMdagi olingan 1,02

ulushi daromadlar ulushi

(hududlar

bo‘yicha)

Hududlar:

1,25 0,94

2. Andijon 1,30 1,34 0,99 1,09 1,18

3. Buxoro 1,42 1,36 1,11 1,00 1,22

4. Jizzax 2,16 1,36 1,15 1,04 1,43

5. Qashqadaryo 1,01 1,33 1,05 1,07 1,11

6. Navoiy 0,15 0,40 0,91 0,67 0,53

7. Namangan 1,48 1,41 1,07 1,11 1,27

8. Samarqand 1,23 1,33 1,04 1,10 1,17

9. Surxondaryo 1,87 1,46 1,05 1,05 1,36

10. Sirdaryo 1,92 1,33 1,01 0,97 1,31

11. Toshkent 1,22 1,05 1,09 0,94 1,08

12. Farg‘ona 1,78 1,40 0,99 1,08 1,31

13. Xorazm 2,21 1,37 1,06 1,06 1,43

14. Toshkent sh. 0,62 1,01 1,16 0,64 0,86

Manba: Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari.

Integral baholash natijalariga ko‘ra, Jizzax va Xorazm viloyatlari eng yuqori

natijaga ega bo‘lib, ularning integral bahosi 1,43 ni tashkil etdi. Ushbu hududlarda

kichik tadbirkorlikning eksportdagi ulushi respublika o‘rtacha darajasidan ikki

baravardan ortiq yuqori bo‘lib, bu kichik biznesning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi

ishtiroki nisbatan faol shakllanganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati

1,36, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari 1,31 integral baho bilan yuqori rivojlangan

hududlar guruhidan joy oldi.

O‘rta rivojlangan hududlar guruhini Namangan, Buxoro, Andijon va

Samarqand viloyatlari tashkil etadi. Ushbu hududlarda kichik tadbirkorlikning

YaIMdagi, bandlikdagi va eksportdagi ulushi respublika o‘rtacha darajasiga

nisbatan yuqori yoki unga yaqin bo‘lib, kichik biznes hududiy iqtisodiyotning

muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Past integral bahoga ega hududlar sifatida Qashqadaryo, Qoraqalpog‘iston

Respublikasi, Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Navoiy viloyati ajralib turadi.

Ushbu hududlarda ayrim ko‘rsatkichlar respublika o‘rtachasiga yaqin bo‘lsa-da,

umumiy integral baho yuqori guruh hududlariga nisbatan pastroq. Ayniqsa, Navoiy

viloyatida integral baho 0,53 ni tashkil etib, bu kichik tadbirkorlikning hudud

iqtisodiyotidagi nisbiy ulushi past ekanini ko‘rsatadi. Biroq bu natija hududning

iqtisodiy salohiyati pastligini emas, balki yirik sanoat va kapital sig‘imi yuqori

tarmoqlarning hududiy iqtisodiyotdagi ustunligini anglatadi (3-jadval).

3-jadval. Hududlarda kichik tadbirkorlik rivojlanganlik darajasini integral baho

asosida guruhlash natijalari

Guruh Integral baho Hududlar Talqin

oralig‘i

Yuqori 1,30 va undan Jizzax, Xorazm, Surxondaryo, Kichik tadbirkorlik

rivojlangan yuqori Sirdaryo, Farg‘ona respublika o‘rtachasidan

hududlar sezilarli yuqori

O‘rta 1,15-1,29 Namangan, Buxoro, Andijon, Kichik tadbirkorlik o‘rtacha

rivojlangan Samarqand yoki o‘rtachadan yuqori

hududlar

Past integral 1,15 dan past Qashqadaryo, Qoraqalpog‘iston Kichik tadbirkorlikning

bahoga ega Respublikasi, Toshkent viloyati, nisbiy ulushi past yoki

hududlar Toshkent shahri, Navoiy ayrim komponentlar

bo‘yicha zaif

Yuqorida kelitirilgan hisob kitoblarga ko‘ra, eksport koeffitsienti eng katta
tafovutga ega. Masalan, Xorazmda eksport koeffitsienti 2,21, Jizzaxda 2,16,
Sirdaryoda 1,92, Surxondaryoda 1,87 bo‘lsa, Navoiyda atigi 0,15, Toshkent
shahrida 0,62. Demak, integral bahodagi hududiy farqlarning katta qismi aynan
kichik tadbirkorlikning eksportdagi ulushi bilan izohlanadi.

YaIM koeffitsientida ham sezilarli tafovut bor. Eng yuqori ko‘rsatkich
Surxondaryo - 1,46, Namangan - 1,41, Farg‘ona - 1,40 hududlarida kuzatilgan. Eng
past ko‘rsatkich esa Navoiy - 0,40 ga teng.

Bandlik koeffitsienti bo‘yicha hududlar o‘rtasidagi farq nisbatan mo‘tadil. Eng
yuqori ko‘rsatkich Namanganda 1,11, Samarqandda 1,10, Andijonda 1,09 bo‘lsa,
eng past ko‘rsatkich Toshkent shahrida 0,64 va Navoiyda 0,67 ga teng ekanligi
aniqlandi.

Aholi daromadlari tarkibidagi ulush koeffitsienti bo‘yicha tafovut eng kichik.
Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida 1,16, Jizzaxda 1,15, Buxoroda 1,11, eng
past ko‘rsatkich esa Navoiyda 0,91 va Qoraqalpog‘istonda 0,94 ga teng qiymatga
ega. Bu kichik tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar ulushi hududlar bo‘yicha
eksport yoki YaIM ko‘rsatkichlariga nisbatan ancha barqarorroq taqsimlanganini
ko‘rsatadi.

Komponentlar kesimidagi tahlil shuni ko‘rsatadiki, integral bahodagi hududiy
tafovutlar asosan kichik tadbirkorlikning eksportdagi va YaIMdagi ulushi bilan
bog‘liq. Aholi daromadlari tarkibidagi ulush esa hududlar bo‘yicha nisbatan
barqarorroq bo‘lib, integral bahodagi keskin tafovutlarni kamroq shakllantiradi (4-
jadval).

4-jadval. Integral bahoga eng kuchli ta’sir qilayotgan komponentlar tahlili

Komponent Integral baho bilan bog‘liqlik Izoh

darajasi

Eksportdagi ulush juda kuchli integral bahodagi farqlarni eng ko‘p

eksport ko‘rsatkichi shakllantiryapti

YaIM/YAHMdagi juda kuchli hududiy mahsulotdagi ulush integral

ulush bahoni sezilarli belgilaydi

Bandlikdagi ulush kuchli ish o‘rinlari yaratishdagi rol ham

muhim ta’sirga ega

Aholi daromadlaridagi nisbatan kuchsizroq hududlar o‘rtasidagi farq bu

ulush ko‘rsatkichda uncha katta emas

Demak, kichik tadbirkorlik rivojlanishini hududlar kesimida baholashda
eksport salohiyati, hududiy mahsulot yaratishdagi hissa va bandlikdagi o‘rin muhim
mezonlar sifatida namoyon bo‘ladi. Integral baholash natijalari O‘zbekiston
hududlarida kichik tadbirkorlik rivojlanish darajasi bir xil emasligini, hududlar
o‘rtasida sezilarli tafovutlar mavjudligini ko‘rsatadi. Shu sababli kichik
tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yagona yondashuv emas, balki hududlarning
iqtisodiy tarkibi, mavjud salohiyati va zaif jihatlarini hisobga olgan holda
tabaqalashtirilgan hududiy siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekiston hududlarida kichik tadbirkorlik rivojlanish darajasini integral
baholash natijalari ushbu sektorning hududiy iqtisodiyotdagi o‘rni va faolligi
hududlar kesimida sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatdi. Tadqiqotda kichik
tadbirkorlikning eksportdagi ulushi, yalpi hududiy mahsulotdagi hissasi, aholi
daromadlari tarkibidagi ulushi hamda jami bandlikdagi ulushi asosiy baholash
mezonlari sifatida tanlandi. Mazkur ko‘rsatkichlarni yagona integral bahoga
keltirish hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash, ularni rivojlanish darajasiga
ko‘ra guruhlash va qiyosiy reyting shakllantirish imkonini berdi.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, Jizzax, Xorazm, Surxondaryo, Sirdaryo
va Farg‘ona viloyatlari kichik tadbirkorlik rivojlanganlik darajasi bo‘yicha yuqori
guruhga mansub bo‘lib, ularda kichik biznesning eksport, hududiy mahsulot va
bandlikdagi roli respublika o‘rtacha darajasidan yuqori shakllangan. Namangan,
Buxoro, Andijon va Samarqand viloyatlari o‘rta rivojlangan hududlar sifatida
baholanib, bu hududlarda kichik tadbirkorlikning ayrim yo‘nalishlarda yuqori,
ayrim yo‘nalishlarda esa o‘rtacha darajada rivojlangani aniqlandi. Qashqadaryo
viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Toshkent shahri va
Navoiy viloyati esa past integral bahoga ega hududlar guruhiga kiritildi.
Biroq past integral baho hududlarning umumiy iqtisodiy salohiyati pastligini
anglatmaydi. Xususan, Navoiy viloyati va Toshkent shahrida yirik sanoat, xizmatlar

sohasi, moliya sektori hamda korporativ tuzilmalar ulushi yuqori bo‘lgani sababli
kichik tadbirkorlikning nisbiy ulushi pastroq namoyon bo‘ladi. Shu bois integral
baho hududning umumiy iqtisodiy qudratini emas, balki aynan kichik
tadbirkorlikning hududiy iqtisodiyotdagi nisbiy rolini ifodalaydi.

Yuqoridagi tahlil natijalaridan kelib chiqib quyidagi tajliflarni ilgari surish
maqsadga muvofiq:

1. Hududlarda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tabaqalashtirilgan
yondashuvni joriy etish zarur. Integral baholash natijalari barcha hududlar uchun bir
xil rivojlantirish choralarini qo‘llash yetarli emasligini ko‘rsatadi. Yuqori, o‘rta va
past integral bahoga ega hududlar uchun alohida yondashuvlar ishlab chiqilishi
lozim. Yuqori guruhdagi hududlarda eksport va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga
yo‘naltirilgan tadbirkorlikni kengaytirish, o‘rta guruhdagi hududlarda mavjud
salohiyatni to‘liq ishga solish, past guruhdagi hududlarda esa kichik biznesning zaif
komponentlarini kuchaytirish maqsadga muvofiq.

2. Past integral bahoga ega hududlarda kichik tadbirkorlikning nisbiy iqtisodiy
rolini oshirishga qaratilgan maxsus hududiy dasturlar ishlab chiqish lozim. Navoiy
viloyati, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
Qashqadaryo viloyatida kichik tadbirkorlikning eksport, yalpi hududiy mahsulot
yoki bandlikdagi ulushi nisbatan past shakllangan. Ushbu hududlarda kichik biznes
subyektlarini mahalliy ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish, yirik korxonalar bilan
kooperatsiyani kuchaytirish va hududiy xizmatlar bozorida kichik tadbirkorlik
ulushini oshirish zarur.

3. Kichik tadbirkorlikning eksport salohiyatini oshirish hududiy siyosatning
ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak.Tahlil natijalari integral bahodagi
hududiy tafovutlar asosan eksport ko‘rsatkichlari bilan kuchli bog‘liqligini
ko‘rsatadi. Shu sababli kichik biznes subyektlarini eksportga tayyorlash,
mahsulotlarni sertifikatlash, logistika xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirish,
elektron savdo platformalariga chiqish va tashqi bozorlar bo‘yicha maslahat
xizmatlarini kengaytirish zarur. Ayniqsa, eksport koeffitsienti past hududlarda bu
yo‘nalish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.

4. O‘rta rivojlangan hududlarda kichik tadbirkorlikni yuqori guruh darajasiga
olib chiqish uchun klaster va kooperatsiya mexanizmlarini kuchaytirish kerak.
Namangan, Buxoro, Andijon va Samarqand viloyatlarida kichik tadbirkorlik
rivojlanishi nisbatan barqaror bo‘lsa-da, ayrim komponentlar bo‘yicha qo‘shimcha
o‘sish imkoniyatlari mavjud. Ushbu hududlarda kichik biznes subyektlarini sanoat
zonalari, qishloq xo‘jaligi klasterlari, xizmat ko‘rsatish markazlari va yirik
korxonalar atrofida kooperatsiya asosida rivojlantirish integral bahoni oshirishga
xizmat qiladi.

5. Kichik tadbirkorlikning bandlikdagi yuqori ulushini sifatli va barqaror ish
o‘rinlariga aylantirish zarur. Ayrim hududlarda kichik tadbirkorlik bandlikni
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Biroq bandlikdagi yuqori ulush har doim ham
yuqori daromadli va barqaror ish o‘rinlari mavjudligini anglatmaydi. Shu sababli
kichik biznesda mehnat unumdorligini oshirish, rasmiy bandlikni kengaytirish,
kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va yuqori daromadli faoliyat turlarini qo‘llabquvvatlash muhim ahamiyatga ega.

6. Kichik tadbirkorlik rivojlanishini baholashda integral monitoring tizimini
shakllantirish maqsadga muvofiq. Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik rivojlanish
darajasini har yili integral baho asosida hisoblab borish hududiy siyosat
samaradorligini baholash imkonini beradi. Bunday monitoring tizimi orqali qaysi
hududda qaysi komponent – eksport, YaHMdagi ulush, aholi daromadlari yoki
bandlik – zaif shakllanganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Kelgusida integral baholash
tizimiga innovatsion faollik, kreditlardan foydalanish darajasi, yangi tashkil etilgan
subyektlar soni, faoliyatini to‘xtatgan korxonalar ulushi va raqamli
texnologiyalardan foydalanish kabi qo‘shimcha sifat ko‘rsatkichlarini ham kiritish
tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-
2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida” PF-60-son Farmoni.URL: https://lex.uz/ru/docs/-5841063
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat
taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida
islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-21-son Farmoni. URL: https://www.lex.uz/uz/docs/-
8050769
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik
biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida” PQ-306-son Qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik
va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” PF-193-son Farmoni. URL:https://www.lex.uz/uz/docs/-
6658633
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va
oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-50-
son Farmoni. URL: https://www.lex.uz/docs/-7444738
6. Nardo M., Saisana M., Saltelli A., Tarantola S. (2008) va boshqalar.
Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide. –
OECD/JRC.

7. Mazziotta M., Pareto A. (2013) Methods for Constructing Composite
Indices: One for All or All for One? Rivista Italiana di Economia Demografia e
Statistica.

8. De Muro, P., Mazziotta, M., Pareto, A. (2011) Composite Indices of
Development and Poverty: An Application to MDGs. Social Indicators Research.

9. Boltabayev М., Qosimova М., Ergashxodjayeva Sh., G‘oyibnazarov B.,
Samadov A., Otajonov Sh. (2011) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: Darslik.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Тoshkent: TDIU,.
– 333 b.

10. Якубова Д.М. (2023) Бизнес-среда: теория и практика. – Ташкент:
Учебник. –279 с.

11. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
URL:www.stat.uz

REFERENCES:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-
2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi
toʻgʻrisida” PF-60-son Farmoni.URL: https://lex.uz/ru/docs/-5841063 (In Uzbek)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat
taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida
islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-21-son Farmoni. URL: https://www.lex.uz/uz/docs/-
8050769 (In Uzbek)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik
biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida” PQ-306-son Qarori. (In Uzbek)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik
va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida” PF-193-son Farmoni. URL:https://www.lex.uz/uz/docs/-
6658633 (In Uzbek)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Kichik va
oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-50-
son Farmoni. URL: https://www.lex.uz/docs/-7444738 (In Uzbek)
6. Nardo M., Saisana M., Saltelli A., Tarantola S. (2008) va boshqalar.
Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide. –
OECD/JRC.
7. Mazziotta M., Pareto A. (2013) Methods for Constructing Composite
Indices: One for All or All for One? Rivista Italiana di Economia Demografia e
Statistica.

8. De Muro, P., Mazziotta, M., Pareto, A. (2011) Composite Indices of
Development and Poverty: An Application to MDGs. Social Indicators Research.

9. Boltabayev М., Qosimova М., Ergashxodjayeva Sh., G‘oyibnazarov B.,
Samadov A., Otajonov Sh. (2011) Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: Darslik.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Тoshkent: TDIU,.
– 333 b. (In Uzbek)

10. Yakubova D.M. (2023) Biznes-sreda: teoriya i praktika. – Tashkent:
Uchebnik. –279 s. (In Russian)

11. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
URL:www.stat.uz (In Uzbek)