MUSHTARAK MEROS VA ADABIY UYGʻUNLIK: OʻZBEK VA UYGʻUR
ADABIY ALOQALARI MISOLIDA (XX ASR BOSHLARI)
Shaxloxon Karimova,
Oriental universiteti dotsenti, PhD
shkarimova1984@gmail.com
https://zenodo.org/records/17340012
Аннотация. Mazkur maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida
Shinjongdagi adabiy muhit va bunda yashab ijod qilgan uygʻur-oʻzbek shoirlarining
adabiy faoliyati, merosi va oʻzbek adabiyotiga yaqinligi, mushtarak jihatlari tekshirildi.
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda yuz bergan adabiy
jarayonlar, ayniqsa, oʻzbek va uygʻur xalqlari oʻrtasidagi adabiy-madaniy aloqalarning
shakllanishi va rivojlanishi tahlil etiladi. Tarixiy va ijtimoiy omillar fonida yuzaga
kelgan adabiy uygʻonish, shoir va yozuvchilarning ijodiy hamkorligi, milliy uygʻonish
va xalqparvarlik gʻoyalarining adabiyotdagi ifodasi ilmiy asosda koʻrib chiqiladi.
Uygʻur va oʻzbek adabiy merosining mushtarak jihatlari, til va ruhiy-maʼnaviy yaqinlik
asosida rivojlangan ijodiy integratsiya jarayonlari tadqiq etilib, adabiy aloqalarning
badiiy-estetik va ijtimoiy falsafiy ildizlari yoritiladi. Maqola, ikki xalq adabiy
tafakkurini qiyosiy oʻrganish orqali ularning umumiy madaniy merosini chuqurroq
anglashga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar: Sharqiy Turkiston, oʻzbek-uygʻur adabiy aloqalari, XX asr
adabiyoti, milliy uygʻonish, adabiy integratsiya, xalqparvarlik, tanqidiy realizm,
mushtarak madaniyat, ijodiy hamkorlik.
Abstract. This article examined the literary environment of Xinjiang in the
second half of the 19th century and the beginning of the 20th century, and the literary
activity, heritage, and common aspects of the Uyghur-Uzbek poets who lived and
created in it, as well as their proximity to Uzbek literature. This article examines the
literary processes that took place in Eastern Turkestan at the beginning of the 20th
century, with a particular focus on the development of literary and cultural relations
between the Uzbek and Uyghur peoples. It analyzes how historical and social
transformations influenced the literary environment and fostered a spirit of national
awakening and humanism in the works of poets and writers. The article explores the
shared elements of Uzbek and Uyghur literary heritage, such as linguistic proximity,
spiritual and cultural affinity, and common philosophical views, which contributed to
mutual enrichment and creative integration. Through a comparative study, the research
highlights the aesthetic, ideological, and cultural dimensions of this literary
collaboration, offering new insights into the collective cultural memory and intellectual
history of the two peoples.
Keywords: Eastern Turkestan, Uzbek-Uyghur literary relations, 20th century
literature, national awakening, literary integration, humanism, critical realism, shared
culture, creative cooperation.
Sharqiy Turkiston oʻzining boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy adabiy
anʼanalari hamda xalqona ruh bilan sugʻorilgan badiiy ijodi bilan Markaziy Osiyo
adabiy manzarasida alohida oʻrin egallaydi. Ayniqsa, XX asr boshlarida ushbu
hududda yuz bergan siyosiy, ijtimoiy va maʼnaviy oʻzgarishlar adabiy hayotning
jadallashishiga va yangi bosqichga koʻtarilishiga sabab boʻldi. Bu davrda uygʻur va
oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi tarixan shakllangan madaniy-adabiy aloqalar yanada
mustahkamlanib, ikki xalq ogʻzaki va yozma ijodi oʻzaro boyib bordi. Mushtarak tarix,
ruhiy-maʼnaviy yaqinlik, diniy va axloqiy qarashlarning oʻxshashligi, til uygʻunligi
ushbu aloqalarning tabiiy va barqaror rivojlanishiga asos boʻldi.
XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda shakllangan adabiy muhit — bu faqat
sheʼriy yoki nasriy ijod mahsuli emas, balki xalqning ichki ruhiy holatini, erkinlikka
intilishi va adolatga chanqoqligini ifodalagan ijtimoiy-badiiy hodisa sifatida namoyon
boʻladi. Mazkur davr adabiy jarayonlarida uygʻur va oʻzbek ijodkorlari faol ishtirok
etgan boʻlib, ular nafaqat oʻz xalqining, balki bir-birining estetik tafakkuriga ham
sezilarli taʼsir koʻrsatganlar. Xususan, Dilafkor, Zarif Qori Toshkandiy, Bilol Aziziy,
Nasrulloh Qori Farhatiy kabi ijodkorlar asarlarida zamon ruhi, xalq taqdiri, ijtimoiy
adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalari kuchli ifodasini topgan.
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda kechgan adabiy
jarayonlar, oʻzbek va uygʻur adabiy aloqalarining shakllanishi va rivoji, ikki xalq
orasidagi maʼnaviy mushtaraklik, shoir va yozuvchilar oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik
ilmiy asosda tahlil qilinadi. Sharqiy Turkiston adabiy muhitining oʻziga xos
xususiyatlari, undagi tanqidiy-realistik yoʻnalishlar, xalqparvarlik va milliy uygʻonish
gʻoyalari asosida yaratilgan asarlarning mohiyati va ularning zamonaviy
adabiyotshunoslikdagi oʻrni ham koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, maqolada ikki xalq adabiy merosini qiyosiy tahlil qilish orqali
ularning oʻzaro ruhiy-maʼnaviy yaqinligi ochib beriladi. Tarixiy voqealar fonida
shakllangan adabiy tafakkur darajasi, badiiy-estetik qarashlar tahlili, adabiy
aloqalarning ijtimoiy, madaniy va falsafiy ildizlari zamonaviy ilmiy yondashuvlar
asosida oʻrganiladi. Bu tadqiqot faqat adabiy faktlarni emas, balki ularning zamiridagi
ijtimoiy-maʼnaviy kontekstni ham yoritishga qaratilgan boʻlib, oʻzbek-uygʻur adabiy
aloqalarini yangi nuqtai nazardan baholash imkonini beradi.
XX asr boshlarida Sharqiy Turkiston hududi nafaqat siyosiy va ijtimoiy, balki
madaniy-adabiy hayotda ham muhim oʻzgarishlar yuz bergan maskanlardan biri boʻldi.
Bu davrda xalqning ruhiy uygʻonishi, milliy oʻzligini anglash, zamonaviy taʼlim va
madaniyatga intilish kabi omillar adabiyotda oʻzining yorqin ifodasini topdi. Ayniqsa,
uygʻur va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi tarixiy, madaniy va adabiy yaqinlik bu jarayonni
yanada kuchaytirdi. Bu davrda yozilgan koʻplab asarlar xalqni uygʻotishga, unda milliy
gʻurur, erkinlikka intilish va oʻzligini anglash tuygʻularini shakllantirishga xizmat
qildi. Adabiyot vositasida savodsizlikka qarshi kurashildi, ayollar taʼlimi, diniymaʼrifiy islohotlar, milliy qadriyatlarni tiklash kabi mavzular ilgari surildi. Asarlar
orasida erkin fikr, ijtimoiy adolat, milliy birdamlik, maʼrifat va taraqqiyot gʻoyalari
asosiy oʻrinni egalladi.
Bu jarayonda oʻzbek adabiyotidagi jadidchilik harakati muhim rol oʻynadi.
Toshkent, Andijon va Fargʻona shaharlari uygʻur ziyolilari uchun ilhom manbaiga,
bilim va tajriba maktabiga aylandi. Ular bu shaharlarda yangi uslubdagi maktablarda
tahsil olib, zamonaviy fikr va maʼrifat ruhida tarbiya topdilar. Keyinchalik oʻz yurti —
Sharqiy Turkistonga qaytgan ziyolilar adabiy va ijtimoiy hayotga faol aralasha
boshladilar. Yangi darsliklar, uygʻur tilidagi kitoblar, gazeta va jurnallar nashr etildi.
Bu vositalar orqali ilm, maʼrifat, erkin fikr, ayollar taʼlimi, ijtimoiy tenglik kabi
gʻoyalar targʻib qilindi.
Uygʻur va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi adabiy aloqalar chuqur ildizlarga ega.1
Ularning tili, dini, madaniyati va urf-odatlari koʻp jihatdan oʻxshash boʻlib, bu yaqinlik
XX asr boshlarida ayniqsa kuchaydi. Uygʻur yozuvchilari oʻz asarlarini oʻzbek tiliga
tarjima qilishdi yoki bevosita oʻzbek matbuotida chop ettirdilar. Shu bilan birga,
oʻzbek yozuvchilari ham uygʻur adabiyoti bilan yaqindan tanishib, umumturkiy birlik
gʻoyalarini ilgari surishdi.
Adabiy kechalar, madaniy anjumanlar, yozuvchilar qurultoylarida ikki xalq
adiblari bir sahnada ishtirok etib, mushtarak dardlar va orzularni ifodaladilar. Oʻzbek
umtoz adabiyotidan ilhomlandi, Navoiy, Mashrab, Huvaydolarni oʻzlariga maʼnaviy
ustoz tutdi.2Ular mustamlakachilikka qarshi kurash, maʼrifat, xalqparvarlik kabi
umumiy mavzular atrofida fikr almashdilar. Bu adabiy muloqot ikki xalq adabiyotining
oʻzaro boyishiga xizmat qildi.
Bu davrda Qashqar, Urumchi, Yorkent kabi shaharlarda uygʻur tilidagi gazetalar
va jurnallar faoliyat koʻrsata boshladi. Ular orqali siyosiy, diniy, ijtimoiy va madaniy
masalalar yoritilib, keng qatlamlarni fikrlashga chorlovchi maqolalar chop etildi.
Ijtimoiy muammolarni ochib beruvchi qisqa hikoyalar, tanqidiy maqolalar, maqola va
nasriy asarlar matbuot orqali keng ommaga tarqatildi. Ayniqsa, ayollar mavzusi –
ularning savodxonligi, jamiyatdagi oʻrni, taʼlimga boʻlgan huquqi — adabiy jarayonda
alohida oʻrin egalladi.
Bu davr uygʻur adabiyotida milliy ongning yangi bosqichda shakllanishiga sabab
boʻldi. Ilgʻor ziyolilar asarlari orqali xalqni uygʻotishga, ijtimoiy hayotni tahlil
qilishga, jaholat va zulmga qarshi kurashishga intildilar. Badiiy asarlar real hayotni aks
ettirishga, xalq ogʻzaki ijodi bilan zamonaviy adabiyotni uygʻunlashtirishga harakat
qildi. Shuningdek, bu jarayon uygʻur adabiy tilining rivojlanishiga, Chigʻatoy tilidan
yangi, jonli tilga yaqin adabiy tilga oʻtishga turtki berdi.
Sharqiy Turkiston adabiy muhitini tahlil qilish orqali biz nafaqat XX asr
boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarning badiiy inʼikosini, balki milliy uygʻonish
ruhining qanday shakllangani va xalq tafakkurida qanday aks etganini chuqur
anglaymiz. Bu davr adabiyoti orqali xalq oʻzining erkinlikka intilishi, ijtimoiy adolatga
boʻlgan chanqoqligi va milliy oʻzligiga qaytish istagini ifoda etdi. Ayniqsa, oʻzbek va
uygʻur adiblarining mushtarak maʼnaviy qadriyatlar asosida olib borgan ijodiy
hamkorligi ikki xalq oʻrtasidagi badiiy-estetik uygʻunlikni, ruhiy mushtaraklikni
yanada mustahkamladi.
1 Маматохунов У. Уйғур адабиёти классиклари. – Тошкент, 1960 (Mamatoxunov U. Classics of
Uyghur literature. - Tashkent., 1960).
2 Розиева Д. Низорий ижодида Навоий традицияси. Тўплам: Уйғур адабиётидики традиця ва
наваторлиқ масилилири. – Алмута, 1976
3 Солиҳова Х. Уйғур достончилиги ва насри тараққиётида Алишер Навоий “Ҳамса”сининг
ўрни //фил.ф.док.... диссертацияси. – Тошкент: ЎзМУ 1995
Adabiy jarayonlarda namoyon boʻlgan tanqidiy realizm, xalqparvarlik, milliy
gʻurur va oʻzlikni anglash kabi motivlar xalq hayotining ogʻriqli jihatlarini ochib
berish, jamiyatni uygʻotish va madaniy yuksalishga chorlash vazifasini bajardi. Bu esa
adabiyotning faqat estetik emas, balki ijtimoiy-falsafiy va tarbiyaviy ahamiyatini ham
namoyon etadi.1
Zero, adabiyot — bu xalqning ruhiy tarixidir. Uni chuqur tahlil qilish esa
oʻtmishni anglash, hozirgi davr maʼnaviy jarayonlarini toʻgʻri talqin qilish va kelajak
avlodda milliy oʻzlikni shakllantirish yoʻlida muhim qadamlardan biridir. Sharqiy
Turkiston adabiy tajribasi oʻzbek va uygʻur adabiy aloqalarining mustahkam
poydevoriga asoslangan boʻlib, bugungi kunda ham adabiyotshunoslik uchun dolzarb
ilmiy manba boʻlib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR
1. Маматохунов У. Уйғур адабиёти классиклари. – Тошкент, 1960
(Mamatoxunov U. Classics of Uyghur literature. - Tashkent., 1960).
2. Маллаудов С. Тарихий достонлар. Тўплам: Уйғур адабиёти ва
фольклоридаги жанрлар. Алмута, 1980 (Mallaudov S. Historical epics. Collection:
Genres in Uyghur Literature and Folklore. Almuta, 1980).
3.Мугинов А. Описание уйгурских рукописей инс-та народов Азии. – М.,
1962 (Muginov A. Description of Uyghur manuscripts of the Institute of Asian Peoples
- M., 1962).
4.Мухлисов Ю. Уйғур классик қўлёзмаларининг каталоги. – Урумчи, 1956
(Muxlisov Yu. Catalog of Uyghur classical manuscripts. – Urumchi, 1956).
5.Розиева Д. Низорий ижодида Навоий традицияси. Тўплам: Уйғур
адабиётидики традиця ва наваторлиқ масилилири. – Алмута, 1976
6. Солиҳова Х. Уйғур достончилиги ва насри тараққиётида Алишер Навоий
“Ҳамса”сининг ўрни //фил.ф.док.... диссертацияси. – Тошкент: ЎзМУ 1995
7. شنخلﮛ ئﯢزبيك شلئرلرى ئجادياتيده زهﯟقيى تهسيرى. شينجاڭ ﯝنﯟيرستيتى ئاميى ﮊﯗرناى ﴿پهاسهپه
12 يلی-2012 سان-4 .)-ئجتمائی پهن قسمیШ.Каримова. Шинжонг ўзбек шоирлари
ижодиётида Завқий таъсири. Шинжонг Давлат университети хабарномаси. 2012-
yil, 4-son.
8.Қодирий Р. Уйғур адабиётида Навоий анъаналари / “Адабий мерос”. 1963.
1-китоб. 52-60 б
9. 1989 شىنجاڭ ئۆزبېك ﮥدبلىرى. نهشر قىلىشقا تهييارلانغان: قادىر ئهكبهر. شىنجاڭ خهلق نهشرىياتى
Шинжонг ўзбек адиблари. Нашрга тайёрловчи: Қодир Акбар. Шинжонг халқ
нашриёти.1989 й., 114 –140 бетлар.
10. Ҳурматжон Фикрат, Қодир Акбар. Ўзбек адабиёти тарихи. Урумчи:
Шинжонг халқ нашриёти, 2005. (уйғур тилида) (Hurmatjon Fikrat., Qodir Akbar.
History of Uzbek literature.Urumchi: Xinjiang Peopleʼs Publishing House, 2005. (in
Uyghur).
11. Каримова Ш. Ўзбек мумтоз шеъриятида поэтик мазмун ва янгиланишлар
(Завқий ва Муҳсиний ижоди мисолида). Филология фанлари номз. ...дисс. –
Тошкент, 2018.
1 Murodov G‘., D.O`rayeva. Adabiyotshunoslik metodologiyasi. Buxoro, 2023.48-bet.