ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Arab va o‘zbek tillarida harakat fe’llarining qo‘llanilishi xususida

Mirzamuxamedova Zilola Iskandarovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ARAB VA OʻZBEK TILLARIDA HARAKAT FEʼLLARINING
QOʻLLANILISHI XUSUSIDA

https://zenodo.org/records/17731570

Mirzamuxamedova Zilola Iskandarovna,
Toshkent ijtimoiy va innovatsiya universiteti,
Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada arab va oʻzbek tillarida feʼl soʻz turkumi, uning
tilshunoslar tomonidan oʻrganilishi, har ikki tildagi harakat feʼllarining qiyosiy leksiksemantik tahlili tarzda yoritib oʻtilgan. Maqolada arab va oʻzbek tillaridagi feʼl soʻz
turkumining semantic guruhlarga boʻlinishi koʻrsatilgan boʻlib, ularning leksiksemantik munosabatlarini oʻrganishda ushbu feʼllarning sinonimlik va antonimlik
xususiyatlari koʻrsatib oʻtilgan. Xususan, arab izohli lugʻati va arabcha oʻzbekcha
lugʻatlarda kelmoq harakat feʼlining qanday maʼnolar kasb etishi hamda ushbu feʼl
predloglar bilan kelganda qanday semantic oʻzgarishlarga duch kelishi izohlangan. Har
ikkala tildagi izohli lugʻatlarda berilgan ushbu feʼllar maʼnolarining miqdori oʻrtasida
sezarli farq borligini koʻrish mumkin. Kelmoq feʼli har ikki tilning frazeologik iboralar
tarkibida ham kelishi mumkin boʻlib, mazkur feʼlning arab va oʻzbek tillaridagi
frazeologik iboralarda qoʻllanilishi oʻzaro qiyoslanib, ularning oʻxshash va farqli
jihatlari aniqlandi. Hozirgi davrda jahon tilshunosligida koʻplab tadqiqotlar olib
borilmoqda. Xususan, oʻzbek tilshunoslari harakat feʼllarining morfologik, stilistik,
semantic valentik hususiyatlarini oʻrganib, ularni oʻz ilmiy ishlarida bafurcha
yoritganlar. Arab tilshunosligida esa, olimlar asosan feʼl kategoriyasiga anaʼnaviy
yondashib, uni morfologik jihatdan oʻrganlar. Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi harakat
feʼli mazmunan arab tilidagi kelmoq leksemasiga mos keladi. Oʻzbek tilidagi “kelmoq”
feʼliga xos baʼzi maʼnolarni ifodalashda, ularning aynan arabcha muqobil variantini
qoʻllash lozim. Baʼzi holatlarda esa oʻzbek tilidagi ushbu harakat feʼlining anglatgan
maʼnolari arab tilida ham, aynan “kelmoq” feʼli bilan ifodalanadi, biroq ushbu holatda
arab tilida “kelmoq” maʼnosini beruvchi sinonim feʼllardan kutilgan maʼnoni
ifodalovchi aynan bir feʼlni tanlash lozim. Oʻzbek tilidagi harakat feʼlining istak va
egalik qoʻshimchalarini olgan feʼl shakli bilan birikkan koʻrinishi arab tilida modal
soʻzlar, yuklamalar yordamida ifodalanadi.Maqolada ushbu holat misollar orqali
izohlangan.

Kalit soʻzlar: feʼl kategoriyasi, feʼl zamonlari, feʼl mayllari, feʼl semantikasi,
arab va oʻzbek tilshunosligi, bu mavzuni arab olimlari tomonidan oʻrganilishi, asarlari.

Abstract. This article explains the set of verbs in Arabic and Uzbek, its study by
linguists, a comparative lexical-semantic analysis of action verbs in both languages.
The article provides the division of verbs in Arabic and Uzbek into semantic groups,
and the study of their lexical-semantic relations shows the synonymous and
antonymous features of these verbs. In particular, the Arabic explanatory dictionary
and Arabic-Uzbek dictionaries explain the meaning of the verb to come and what
semantic changes this verb encounters when it comes with prepositions. It can be seen
that there is a significant difference between the amount of meaning of these verbs

given in the explanatory dictionaries of both languages. The verb “come” can also be
found in the phraseological expressions of both languages, and the use of this verb in
the phraseological expressions of the Arabic and Uzbek languages has been compared,
and their similarities and differences have been identified. There is a lot of research
going on in world linguistics today. In particular, Uzbek linguists have studied the
morphological, stylistic, semantic and other properties of action verbs and described
them in detail in their scientific works. In Arabic linguistics, scholars have traditionally
approached the category of verbs and studied them morphologically. In this article, the
Uzbek verb action corresponds in content to the Arabic lexeme. In expressing some of
the meanings of the Uzbek verb "to come", it is necessary to use their Arabic
alternative. In some cases, the meaning of this action verb in Uzbek is also expressed
in Arabic by the verb "to come", but in this case it is expected from synonymous verbs
meaning "to come" in Arabic. It is necessary to choose exactly one verb that represents
ʼbreadʼ. The Uzbek form of the action verb combined with the verb form with the
suffixes of desire and possession is expressed in Arabic by modal words, prepositions.
The article analyses this situation with examples.

Keywords: verb category, verb tenses, verb moods, verb semantics, Arabic and
Uzbek linguistics, research by Arab scholars, scholarly works.

Oʻzbek tilshunosligida feʼl kategoriyasi Sh. Shukurov, A. Xojiyev, A.Gʻulomov,
Gʻ. Abdurahmanov, Sh.Sh.Shoabdurahmonov kabi olimlar tomonidan tadqiq qilingan
boʻlib, harakat feʼllarining morfologik, stilistik hamda semantik valentlik jihatlari
Q.Xoliqov, S.Muhamedova M.Sodiqova, M.Orazov tomonidan oʻrganilgan. Oʻzbek
tilshunosligida feʼl faoliyat, sezgi, harakat, oʻzgarish, mavjudlik, munosabat hamda
taqlidiy feʼllar kabi semantik yoʻnalishlarga ajratib koʻrsatilgan.

Oʻzbek tilidagi harakat feʼllaridagi leksik-semantik munosabatlarni oʻrganishda
ushbu feʼllarning sinonimlik va antonimlik xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbek tilidagi harakat feʼllarining sinonimlik xususiyatlari oʻrganilganda, koʻp
maʼnoni kasb etgan bir harakat feʼli ikki yoki undan ortiq maʼnoga ega oʻzaro
sinonimik qatorni tashkil etishi mumkinligi maʼlum boʻldi (aynimoq, buzulmoq).

Arab tilshunosligida feʼl deganda harakatni ifodalaydigan soʻzlar tushunilib,
bunday soʻzlar qatʼiylikni , yangilanish hamda sodir boʻlishni ifodalaydi. Tilshunoslar,
asosan, arab tilidagi feʼl soʻz turkumiga anʼanaviy yondashgan holda, uni morfologik
jihatdan bafurcha oʻrganganlar.

Arab tilshunosligida Qurʼoni Karim suralaridagi oʻrganilgan harakat feʼllari bilan
bogʻliq ilmiy ishlarni oʻrganib, tahlil qilganimizda , ularning semantik jihatdan oldinga
qarab harakatlanish, orqaga qaytish, man etish, toʻsish, yoʻq qilish, aylanma
yoʻnalishda harakatlanish, chiqish va ketish, biror joyga yetib kelish, tezlashish va
yugurish, sekin harakatlanish, biror joyga kirish, uchrashuv, tepaga harakatlanish
maʼnolaridagi hamda muayyan holatlar bilan bogʻliq harakat feʼllariga ajratilganligini
koʻrdik. Qurʼoni Karimda kelgan insonning harakat yoʻnalishi maʼnosini beruvchi
koʻplab feʼllar oldinga qarab harakatlanish maʼnosiga ega ekanligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, Qurʼon Karimda kelgan inson bilan bogʻliq harakat feʼllari umumiy
ravishda paygʻambarlar, nabiylar bilan bogʻliq boʻlib, xususan, Yusuf, Ibrohim
suralarida ushbu maʼnoga ega boʻlgan koʻplab feʼllarni uchratish mumkin. Baʼzi

harakat feʼllari insonlarning muayyan sinfi bilan bogʻlangan. Shuningdek, ushbu feʼllar
ogohlantirish va xushahabar berish maʼnosida kelgandir.

‫ دوكتور بريهي شياع الثويني‬ning "‫”افعال في القران الكريم و دلالاتها في السياق القراني حرف الاف‬
ilmiy ishida Qurʼoni Karimda kelgan "‫ "ا‬arab alifbosi alif harfi bilan boshlangan
barcha feʼllarning maʼnolarini koʻrib chiqqan. ‫ دوكتور بريهي شياع الثويني‬ning ilmiy ishi

‫ سميح عاطف الزين‬ning “‫ ”معجم تفسير مفردات الفاظ القران الكريم‬ilmiy ishiga asoslanib
yaratilgan. Ushbu asarda Qurʼoni Karimda kelgan ‫ اتى‬kelmoq harakat feʼlining 16 ta
semantikasini sharhlagan1.

Oʻzbek tilidagi “kelmoq” harakat tushunchasini ifodalovchi leksemalardan biri
hisoblanadi. Kelmoq feʼlining “ Oʻzbek tili izohli lugʻati”da ushbu leksemaning 14 xil
maʼnosi ifodalangan2.

"‫ " معجم المعاني الجامع‬izohli lugʻatida kelmoq harakat feʼlining 24 ta maʼnosi
ifodalangan3. Har ikkala tildagi izohli lugʻatlarda berilgan ushbu feʼllar maʼnolarining
miqdori oʻrtasida sezarli farq bor. “Oʻzbekcha-Arabcha As-Sulton lugʻat”da esa
kelmoq feʼlining 15 dan oshiq maʼnolari misollar bilan keltirilgan4. Hozirgi arab
adabiy tili leksikasining deyarli barcha qatlamlarini oʻz ichiga olgan “‫-النعيم‬An-naʼim”
arabcha-oʻzbekcha lugʻatida keltirilgan “kelmoq” harakat feʼlining 17 ta maʼnosi
berilgan5.

Kelmoq feʼlining bosh maʼnosi “yurish, uchish yoki transport vositalari bilan
soʻzlovchi turgan tomonga , joyga yoki soʻzlovchi koʻrsatgan, aytgan joyga
yaqinlashmoq, yetmoq”6. Poezd kelyapti. Yaqinda qaldirgʻoch keladi. Choʻlga suv
keldi.

"‫ " معجم المعاني الجامع‬izohli lugʻatida kelmoq feʼlining bosh maʼnosi biror
shaxshning yoki biror hodisaning kelishi ifodalangan. Shu bilan birga kelmoq feʼlining
predloglar bilan birga kelishi aytib oʻtilgan.

: ‫أتى / أتى ب / أتى علي يأتي ، اني ، أتيا وإتيائا ، فهو و آت ، والمفعول ماتي - للمتعدي و أتى الشخص‬
‫جاء وحضر، وصل، نزل وحل. سوف يأتي يوم الحساب بيننا آجلا أو عاجلا‬

Oʻzbek tilidagi kelmoq leksemasining bosh semasi anchagina sodda koʻrinishda
boʻlsa-da, mazmunan arab tilidagi kelmoq leksemasiga toʻla muvofiq keladi.

Kelmoq feʼli vaqt, fasl, mavsum maʼnolarini bildiruvchi soʻzlar bilan kelganda
“boshlanmoq, yetishmoq” maʼnosini ifodalaydi7. Bahor keldi. Qish keldi. Paxta terimi
mavsumi keldi. Kuzatishlarimiz jarayonida arab tilida bunday holatni uchratmadik.
Arab tilida vaqt, fasl, mavsumga nisbatan ‫ بدا‬yoki ‫ ابتدا‬(boshlamoq, boshlanmoq) yoki
feʼllari kelmoq maʼnosida qoʻllanadi. Arab tilidagi ‫ اتى‬feʼlining sinonim maʼnodosh
feʼllaridan biri ‫ جاء‬bilan ham kelishini mumkin. ‫ جاء الربيع‬bahor keldi8.

Oʻzbek tilidagi kelmoq feʼlining bosh maʼnosining xos semalaridan “chiqqan
joyiga qaytib kelmoq, qaytmoq”dir. Ha, aytgandek, qudangiznikiga yuborgan
kishingiz keldimi? (A.Qodiriy)

1 ‫"افعال في القران الكريم و دلالاتها في السياق القراني حرف الاف" دوكتور بريهي شياع الثويني‬
2 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.
3 "‫" معجم المعاني الجامع‬
4 “O’zbekcha-arabcha As-Sulton lug’ati”, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.
5 “‫-النعيم‬An-na’im” arabcha-o’zbekcha lug’ati, - Toshkent-2003.
6 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.
7 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.
8 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.

Oʻzbek tilidagi kelmoq feʼlining “chiqqan joyiga qaytib kelmoq, qaytmoq”
maʼnolari arab tilida ‫ - رجع/ عاد/ كر / اب‬qaytmoq, chiqqan joyiga qaytib kelmoq feʼllari
bilan ifodalanadi.Masalan;

U yurtiga qaytib keldi- ‫عاد الى وطنه/ رجع الى وطنه‬
Ovoz, tovushga nisbatan “eshitilmoq” semasi kelmoq leksemasining bosh
maʼnosi qatoriga kiritiladi: Oyoq tovushi toʻxtab, narigi yoqdan usta Olimning tovushi
keldi (A.Qodiriy).
Arab tilida esa, ovozga nisbatan majhul nisbatdagi eshitilmoq semasi emas, balki
aniq nisbatdagi eshitmoq semasi qoʻllanadi. Biz bunga Qurʼoni Karimdagi “Sod”
surasining 21 oyati, “Algʻoshiyat” surasining 1 oyati, “Toho”surasining 9 oyatlarini
misol qilishimiz mumkin. Biroq, shunisi eʼtiborga molikki, ushbu oyatning ingliz
tilidagi tarjimasida ‫ اتى‬kelmoq feʼli eshitmoq1 maʼnosida , oʻzbek tilidagi tarjimasida
“xabar keldi”2 maʼnosida tarjima qilingan. Shuni qoʻshimcha qilib aytishimiz
mumkinki, ‫ دوكتور بريهي شياع الثويني‬ning ‫افعال في القران الكريم و دلالاتها في السياق القراني حرف‬
"‫ ”الاف‬ilmiy ishida Qurʼoni Karimda kelgan "‫ "ا‬arab alifbosi alif harfi bilan boshlangan
barcha feʼllarning maʼnolarini koʻrib chiqqan. Shu jumladan kelmoq “‫ ”اتى‬harakat
feʼlini ham sharhlagan. Qurʼoni Karimda kelmoq feʼlining 17 ta maʼnosidan 8
maʼnosini eshitmoq semasini keltirib oʻtgan hamda oyatlardan misollar keltirgan.
Oʻzbek tilidagi paydo boʻlmoq, nasib boʻlmoq, qismatiga , boshiga tushmoq
semalari kelmoq leksemasining maʼnosini beradi3. Masalan, Qaygʻu ketib, shodlik
keldi. Unga baxt keldi. Bizga omad keldi.
Ammo arab tilidagi ‫ اتى‬feʼli ushbu qatordagi faqatgina paydo boʻlmoq maʼnosini
oʻz ichiga qamrab oladi. Nasib boʻlmoq, qismatiga, boshiga tushmoq maʼnolarini esa,
aynan arab tilidagi ekvivalent soʻzlari orqali ifodalash mumkin. Masalan, u menga
katta quvonch olib keldi4- /‫احدث ) جلب ( سرورا كبيرا لي /سرني‬
Istak qoʻshimchalari –gi(-ki,-qi), -gu (-gʻu,-qu) va egalik qoʻshimchasini olgan
feʼl shakli bilan birikkanda shu feʼl bildirgan harakatni bajarish istagini bildiradi5.
Koʻrgim keldi, kulgisi keldi. Arab tilida esa, biz bu holatni istak maylini hosil qilish
uchun qoʻllaniladigan maxsus modal feʼllar hamda yuklamalar orqali ifodalaymiz.
Masalan,uyqusi kelmoq6 –‫اراد ان ينام‬
Oʻzbek tilidagi evaziga tushmoq, olinmoq, toʻgʻri kelmoq maʼnosidagi feʼllar7.
Bu pulga koʻp narsa keladi. Oʻzbek tilidagi kelmoq feʼli evaziga tushmoq, olinmoq,
toʻgʻri kelmoq semalariga toʻgʻri kelsa, arab tilida esa, evaziga tushmoq, olinmoq, mos
kelmoq feʼllari ‫ اتى‬kelmoq feʼli bilan ifodalanmaydi. Ushbu maʼnolarni arab tilidagi
aynan muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin. Shu bilan bir qatorda, “As-
Sulton oʻzbekcha-arabcha lugʻat”ida toʻgʻri kelmoq feʼlining 10 ta maʼnosi misollar
bilan keltirilgan. Masalan:
Toʻgʻri kelmoq- //‫// واجه / قابل وجها بوجه‬)‫لاق ب/ صلح ل/ طابق/ ناسب/ وافق )الثوب مسلا‬
‫اضطر‬

1 The Holy Quran. – India: Goodword Books, 2017
2Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Qur’oni Karim
3 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.
4 As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-566b
5 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.
6 IbrohimovN.,HasanovB.,MusayevO.,IbrohimovB.,O’zbekcha-arabcha lug’at.-Toshkent,2000
7 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.

Bu senga toʻgʻri kelmaydi- ‫هذا لا يليق بك‬
Bu poyafzal unga toʻgʻri keldi-/ ‫هذا الحذاء وافق قدمه / كان هذا الحذاء على قد قدمه‬
U toʻgʻri kelgan joyda uxlab ketaveradi- ‫ينام حيث ما اتفق‬
U kitobning toʻgʻri kelgan joyini ochdi- ‫فتح الكتاب حيث ما اتفق‬
Toʻgʻri sening oldingga keldim- ‫اتيت اليك مباشرة‬
Birinchi sentabr jumaga toʻgʻri keladi- ‫صادق ) وافق( اليوم الاول من ايلول يوم‬
‫الجمعة‬
Unga buni qilish toʻgʻri kelib qoldi- ‫اضطر الى القيام بذلك / كان عليه ان يعمل ذلك‬
U joʻnashga toʻgʻri kelyapti- ‫سيضطر الى الرحيل‬
Oʻzbek tilidagi kelmoq feʼli hajm, oʻlchov, miqdor bildiruvchi soʻzlar bilan
birikkanda , shaxs yoki predmetning shu soʻzlar bildirgan oʻlchov yoki miqdor
darajasida ekanligini bildiradi. Gʻoz besh kilo keladi, terakning balandligi-15-16 metr
keladi, har bir olma koptokdek keladi. Arab tilida esa, bu holat kuzatilmaydi. Ushbu
maʼnolarni arab tilidagi aynan muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin.
Masalan,
baliq uch kilogram keladi; - 1 ‫تزن السمكة ثلاثة كيلوغرامات‬
‫ - هذا القميص ليس على مقياسي‬Bu koʻylak mening oʻlchamimga toʻgʻri kelmas ekan
Joʻnalish kelishigi feʼldagi ayrim soʻzlar bilan birikkanda shu soʻz bildirgan
narsaning bayoniga, izohiga, muhokamasiga oʻtish maʼnosini bildiradi2. Endi
Boʻtaning ustidagi anavi gapga kelsak, bu tuhmat edi. S.Ahmad. Hukm. Endi paxtani
nimaga kuzda sotmay, yozda sotayotganiga kelsak, buning tagida gap koʻp.
Arab tilida ‫ اتى‬feʼli ‫ في‬predlogi hamda ‫ ما‬yuklamasi bilan birga kelganda, u
gapda qisman izoh, bayon maʼnosini bildiradi.
Shuningdek, oʻrin-payt kelishigi maʼnosidagi ‫ في‬predlogi ‫ جاء‬feʼli bilan birga
birikib kelganda, biror- bir voqea-hodisani ifodalsh maʼnosini bildiradi. Masalan, ‫و قد‬
‫جاء في الامثال ان الصداقة ضرورة للانسان‬Maqollarda aytilishicha, doʻstlik inson uchun
kerakdir.
‫ ما ياتى‬navbatdagi; ‫ كما ياتى‬quyida keltirilganidek;
Joʻnalish kelishidagi feʼldagi ayrim mavhum soʻzlar bilan birikib, shu soʻz
bildirgan tushunchaga erishishni, uni toʻgʻri deb bilishni ifodalaydi. Qanday fikrga
keldingiz? Men shunday xulosaga keldim. Arab tilida bunday holat kuzatilmaydi.
Ushbu maʼnolarni arab tilidagi aynan muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin
. Masalan;
Bu fikr miyamga keldi- ‫خطرت لي فكرة / خطر لي الخاطر / خطرت لي ببال هذه الفكرة / خطرت‬
‫على ذهني هذه المخاطرة‬
Bir xulosaga kelmoq- ‫توصل الى استنتاج / استنتج‬
Chiqish kelishigi feʼlidagi shaxs bildiruvchi soʻzlar bilan birikkanda, biror xattiharakatning shu soʻz bildirgan shaxs bajarishini bildiradi3. Masalan, bu ish sendan
kelgan. – Sidiqjonning rangi boʻzarib ketti… Men dayus emasman! Bunaqa
qoʻshmachilik sizlardan keladi. (A.Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari)
Ushbu holatda oʻzbek tilida “kelmoq” feʼli zamirida muayyan hatti- harakatni
amalga oshirishga qodirlik maʼnosi ham qisman mavjud boʻladi. Biroq arab tilida

1 IbrohimovN.,HasanovB.,MusayevO.,IbrohimovB.,O’zbekcha-arabcha lug’at.-Toshkent, 2000.
2 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.
3 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.

bunday holat faqatgina qilmoq, bajarmoq maʼnosini anglatuvchi ‫ اتى‬feʼli bilan
ifodalanadi. Shu bilan birga, arab tilidagi ‫ – اتى‬kelmoq feʼli qoʻshimcha ravshda qila
olmoq- ‫ استطاع‬maʼnosini bermaydi.

Chiqish kelishigi feʼldagi soʻzlar bilan birikib, shu soʻz bildirgan narsa haqida gap
borishini yoki gapirish kerakligini bildiradi1. Masalan, qani choydan kelining, quruq
gapni qoʻying, ishdan keling. Biri boʻgdan kelsa, biri togʻdan keladi. Matal.

Arab tilida esa, bunday feʼllar oʻzining muvofiq ekvivalenti bilan ifodalanadi.
Belgi, xususiyat bildiruvchi ayrim soʻzlar bilan birikkanda “boʻlmoq” maʼnosini
bildiradi. Sutsiz sigir suzogʻon keladi. Maqol . Ot jonivor juda eslik keladi.
M.Ismoiliy,Fargʻona t.o.
Arab tilida ‫ اتى‬feʼli ‫ صار‬yaʼni boʻlmoq,yuz bermoq , sodir boʻlmoq, aylanmoq
feʼli maʼnosida kelishi mumkin, bunda ushbu feʼl ifodalab kelayotgan belgi-xususiyat
tushum kelishigida noaniq holatda keladi. Qurʼoni Karimning Yusuf surasining 93 –
oyatida shunday keladi: “‫”اذهبُوا بقميصي هذا فالقوه على وجه أبي يأتِ بصيرا‬
“Mening mana bu koʻylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, koʻzi
ochilur.”
‫” يأتِ بصيرا ، أي يصير بصيرا او المراد يأت إلي وهو بصير ، او يرجع بصيرا اذا كان من قبل بصيرا‬
‫ دوكتور بريهي شياع الثويني‬ushbu oyatdagi ‫ يات‬kelmoq feʼlining aylanmoq- ‫صار‬
maʼnosida kelishini shunday izohlaydi. Yaʼni u koʻradigan boʻldi, bundan murod u
mening oldimga koʻzi ochilgan holda (koʻradigan ) yoki u huddi avvaldagidek, koʻzi
ochilib qaytadi.
Biz odatda ‫ اتى‬feʼlini kelmoq maʼnosida oʻrganganmiz. Biroq ushbu oyatda ‫اتى‬
feʼli ‫ صار‬feʼli (boʻlmoq, sodir boʻlmoq, aylanmoq) maʼnosida kelgan.
II-shaxs buyruq feʼlida (kel,keling) daʼvat, chaqiriq,undash,qistash kabi
maʼnolarni bildiradi. Kel, gapingni qoʻyʼchi, ovqat-povqating bormi? Gʻ.Gʻulom,
Shum bola. Keling , hazilingizni qoʻying, tillani chaqirib bering. Latifalar
Arab tilida bunday holat kuzatilmaydi. Ushbu maʼnolarni arab tilidagi aynan
muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin.
Masalan, kel, oʻzing kelib koʻr2 - ‫تعال تفرج‬
biznikiga yana kelib turing - ‫زرنا من جديد‬
keling tanishamiz - ‫لنتعارف‬
kelinglar andijoncha osh pishiramiz - ! ‫دعونا نطبخ الارز البخاري بصورة انديجانية‬
keling dangal gaplashamiz- !‫دعونا نتكلم بصراحة‬
kel bu yerdan ketaylik (ketamiz)- ‫فلنذهب من هنا‬
Oʻzbek tilida kelmoq feʼli frazeologik iboralar tarkibida ham qoʻllanilishi
mumkin. Masalan, joʻnalish kelishigi qoʻshimchasini olgan ayrim soʻzlar maʼnolari
taqqoslanayotgan feʼllar bilan kelganda , ibora hosil qiladi3: Uni koʻrgan zahotiyoq
esimga keldi (A.Qahhor)
Arab tilida esa, bunday holatda mufoviq ekvivalentlar qoʻllanadi. Masalan,
bu xabarni eshitiboq yurak larzaga keldi4- ‫تقطع القلب لمجرد سماع هذه الانباء‬
koshki yoshlik qaytib kelsa- ‫ليت الشباب يعود‬

1 O’zbek tilining izohli lug’ati.-M.: Rus tili.-1981.-1j.
2 As-SultonO’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-443b
3 ShabanovD.K.Turk va o’zbek tillarida faol harakat fe’llarining semantikasi.-Toshkent,2017
4 “As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-946b

Suvning hidi kelib qolibdi- ‫تروح ) اروح( الماء / انتن الماء‬
Xush kelibsiz !- !‫اهلا و سهلا! مرحبا بك‬
- i (b) ravishdosh shaklidagi yetakchi feʼl vazifasida qoʻllanadi va harakatning
ancha ilgaridan davom etayotganligini bildiradi. Nurining buyruqlariga soʻzsiz
boʻysunub kelgan. Gulnor, hech nima oʻylamasdan oʻrnidan turdi. Oybek, Qutlugʻ
qon. Men bu sirni shu choqqacha ichimda saqlab kelayotgan edim, endi aytmasam
boʻlmaydi. A.Qahhor,Xotinlar
Arab tilida kelmoq feʼli bunday maʼnoni ifodalamaydi. Mazkur maʼnoni ifodalash
uchun shu mazmunni bildiruvchi muqobil variantlardan foydalanish lozim. Arab tilida
bunday holatda ‫ ما زال‬yordamchi feʼli qoʻllaniladi.
Otlar va baʼzi boshqa soʻzlar bilan birikib, qoʻshma feʼl yasaydi. Masalan, duch
kelmoq, zoʻr kelmoq, yaqin kelmoq, teng kelmoq. Ushbu maʼnolarni arab tilidagi aynan
muvofiq ekvivalent orqali ifodalashimiz mumkin.
Masalan;
Duch kelmoq- ‫لاق/ التقى / وجد/ قابل/ / تلاق/ وقع في‬
Ishda mashaqqatlarga duch kelmoq1- ‫لاق صعوبات في العمل‬
Tasodifan duch kelmoq- ‫صادف / قابل مصافة‬
Men unga klubda koʻp duch kelaman- ‫اني التقيه في النادي كثيرا‬
Duchma-duch kelmoq- ‫تواجه/ قابل وجها بوجه // قابل/ صادف‬
Ular bir-birlariga duch kelib qoldilar2- ‫وقعوا في بعضهم‬
Yaqin kelmoq- ‫اقترب من / قرب من/ دنا من‬
Eng yaqin yoʻldan kelmoq- ‫استقرب / اتى من اقرب الطريق‬
Teng kelmoq- ‫استوى‬
Zoʻr kelmoq- ‫تغلب على / استظهر على / غلب‬
Yuzaga kelmoq- ‫ظهر/ بدا/ بان/ برز// نشا// تحقق‬
Yangi qiyinchiliklar yuzaga keldi-3 ‫نشات صعوبات جديدة‬
Gʻazabi kelmoq- ‫غضب على / تغضب على/ انغاظ/ اغتاظ/ سخط على‬
Gʻashi kelmoq- ‫زعل/ تهيج/ انفعل‬
Kimgadir gʻashi kelmoq- ‫كدر على احد‬
Gʻashi kelgan- ‫زعلان/ زعل/ متهيج/ منفعل‬
Bas kelmoq- ‫ساوى/ عادل‬
Baroridan kelmoq- ‫نجح/ افلجح/ فاز‬
Hojatim baroridan keldi- ‫نجحت حاجتي‬
Uning ishi baroridan keldi4- ‫نجح عمله‬
Bordi-keldi qilmoq- ‫عاشر/ خالط// لامس/ اتصل‬
Kim bilandir doimiy bordi-keldi qilib turmoq- ‫عاشر احدا باستمرار / كانت له اتصالات‬
‫دائمة باحد‬
Qarindoshlik bordi-keldisi5- ‫صلة الرحم‬
Dunyoga kelmoq- ‫طل على الدنيا / ولد // خرج الى الوجود‬
Yod(i)ga kelmoq- ‫خطر ل/ سنح/ عرض‬

1 “As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-211b
2 O’sha yerda
3 O’sha asar. - 950b
4 O’sha asar.-77b
5 O’sha asar.-126b

Malol kelmoq- ‫مل/ امل// صعب على‬
Qayta-qayta oʻqishlik menga malol kelmaydi- ‫لا امل من تكرار القراءة‬
Quloqqa malol kelmoq -‫خدش اذنه‬
Agar sizlarga malol kelmasa1…- /‫اذا لم يكن عبئا عليكم ف ..../ من فضلكم‬
Rahm (i) kelmoq- ‫تعطف على/ عطف على/ شفق على / شعر مع// رحم‬
Rahmi kelmaganga (qilmaganga) rahm qilinmas- ‫من لا يرحم و لا يرحم‬
Ustun kelmoq- ‫فاز ب/ ظفر ب/ غلب على/ / تفوق على / فاق‬
Hush (i)ga kelmoq-)‫عاد الى وعيه / صحا/ افاق/ ثاب الى نفسه )رشده‬
U 24 soat ichida hushiga kelmaydi (hushida boʻlmaydi)- ‫لا يعي شيئا مدة اربع و عشرين‬
‫ساعة‬
Mast hushiga keldi- ‫صحا السكران / افاق السكران‬
Xush kelmoq- !‫اهلا و سهلا! مرحبا بك‬
Es(i)ga kelmoq -‫سنح/ عرض /تذكر/ ذكر// خطر بباله‬
Esimga kelmabdi-2 ‫لم يدر بخاطري‬
Erta kelmoq- ‫بدر / بادر / باكر‬
Ertalab kelmoq- ‫صبح/ اتى صباحا‬
Oʻng(i)dan kelmoq -‫صلح ل/ لبق ب/ لاق ب/ وافق‬
Qoʻl(i)dan kelganicha - / ‫على قدر الامكانية / على قدر الامكان او الاستطاعة / بقدر الامكان‬
‫بقدر المستطاع‬
Qoʻl(i) dan kelmoq - ‫استطاع / قدر على / تمكن / امكنه ان‬
Gʻolib kelmoq- ‫غلب/ تغلب على‬
Havas(i) kelmoq- ‫غبط/ اشتهى / هوي/ غوى/ حب/ احب // حرص على‬
Mening bu kishiga havasim keladi3- ‫اغبط هذا الرجل / اتمنى مثل حال الرجل‬
Gal(i) kelmoq- ‫جاء نوبة‬
Endi mening galim (navbatim) )keldi4(- ‫جاءت نوبتي/ الان دوري‬
Galalashib kelmoq- 5‫اتى )جاء( افواجا‬
Hayajonga kelmoq6- ‫تهيج/ هاج/ اهتاج// ثار// اضطرب/ قلق‬
Fursat(i) kelmoq7- ‫ان الاوان‬
Larzaga kelmoq-‫تزعزع/ تقلقل/ / ارتعش/ ارتعد/ ارتجف/ اقشعر‬
Qaytib kelmoq- ‫رجع/ عاد/ كر / اب‬
Hid kelmoq- ‫فاح/ انتشرت رائحته‬
Gullarning hidi kelyapti-‫يفوح الزهر‬
Tutunning hidi kelyapti- ‫يفوح الدخان‬
Suvning hidi kelib qolibdi- ‫تروح ) اروح( الماء / انتن الماء‬
Vaqt (i) kelmoq / ‫ان / اتى / حان الوقت‬
Yetib kelmoq ‫وصل / بلغ/ ورد المكان‬
Mos kelmoq / ‫لاق / تاسب/ طابق‬
Yoʻqlab kelmoq- ‫تفقد/ افتقد/ عاد/زار// استخبر عن// اتى لرؤيته/ جاء لرؤيته‬
Sizni sogʻindim shunga sizni yoʻqlab keldim -‫كنت مشتاقا اليك و لذلك اتيت لرؤيتك‬

1 “As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-465b
2 O’sha asar.-230b
3 O’sha asar. - 285b
4 O’sha asar.-251b
5 “As-Sulton”O’zbekcha-arabcha lug’at, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011.-251b
6 O’sha asar.87b
7 O’sha asar..-223b

Xulosaga kelmoq- ‫توصل الى استنتاج / استنتج‬

Olib kelmoq-‫جاء ب/ اجاء ب/ اتى ب/ احضر// احدث/ سبب/ ادى// جلب/ اجلب/ استورد‬

Bu yaxshilikka olib kelmaydi-‫هذا لا يؤدي الى خير‬

Tosh olib kelmoq-‫اتى بحجر/ جاء بحجر‬

Chet-eldan mollarni (tovarlarni ) olib kelmoq-‫استورد )جلب( البضائع من الخارج‬

Bolani uyga olib kelmoq- ‫جاء بالطفل الى البيت‬

Bizga ikki pors kabob olib keling- ‫اجلب )اجلب( لنا طبقين من كباب‬

Ofat kelmoq- ‫اف/ اصابته افة‬

Shaharga qurgʻoqchilik (qahatchilik) keldi- ‫اف البلاد / اصابتها افة من قحة‬

Pochta kelmoq- ‫ورد مراسلات‬

Qarshilikka duch kelmoq- ‫واجه المقاومة‬

Siyosat qarshilikka duch keldi- ‫واجهت السياسة المقاومة‬

Qahri kelmoq- ‫غضب على/ تغضب على/ سخط على/ تغيظ / اغتاظ/ انغاظ‬

Kun oralab kelmoq-‫غب / اتاه يوما و تركه يوما‬

‫ دوكتور بريهي شياع الثويني‬ning "‫”افعال في القران الكريم و دلالاتها في السياق القراني حرف الاف‬

ilmiy ishida Qurʼoni Karimda kelgan "‫ "ا‬arab alifbosi alif harfi bilan boshlangan

barcha feʼllarning maʼnolarini koʻrib chiqqan. Shu jumladan kelmoq “‫ ”اتى‬harakat

feʼlini ham sharhlagan.

Xulosa qilib aytamizki, oʻzbek tilidagi “kelmoq” harakat feʼlining arab tilida

ifodalanishida, oʻxshash va farqli jihatlar mavjud. Oʻzbek tilida ushbu harakat feʼlining

bosh semasi anchagina sodda koʻrinishda boʻlsada, mazmunan arab tilidagi “kelmoq”

leksemasiga mos keladi. Oʻzbek tilida ushbu feʼl oʻzi qaratilgan obyektning, asosan,

tushum, oʻrin-payt, chiqish va joʻnalish kelishiklarida kelishini talab qilsa, arab tilida

ular tushum kelishigi yoki muayyan kelishik maʼnosini beruvchi predlog bilan

ifodalanadi. Oʻzbek tilidagi “kelmoq” feʼliga xos baʼzi maʼnolarni ifodalashda,

ularning aynan arabcha muqobil variantini qoʻllash lozim boʻlsa, baʼzi holatlarda esa

oʻzbek tilidagi ushbu harakat feʼlining anglatgan maʼnolari arab tilida ham, aynan

“kelmoq” feʼli bilan ifodalanadi, biroq ushbu holatda arab tilida “kelmoq” maʼnosini

beruvchi sinonim feʼllardan kutilgan maʼnoni ifodalovchi aynan bir feʼlni tanlash

lozim. Oʻzbek tilidagi harakat feʼlining istak va egalik qoʻshimchalarini olgan feʼl

shakli bilan birikkan koʻrinishi arab tilida modal soʻzlar, yuklamalar yordamida

ifodalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

‫ دوكتور بريهي شياع الثويني "افعال في القران الكريم و دلالاتها في السياق القراني حرف الاف‬.1

"‫ " معجم المعاني الجامع‬.2

3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati.-M.: Rus tili.-1981.-1j

4. “Oʻzbekcha-arabcha As-Sulton lugʻati”, “Hilol nashr”MCHJ nashriyoti,Toshkent-2011

5. “‫-النعيم‬An-naʼim” arabcha-oʻzbekcha lugʻati,Toshkent-2003

6. Qurʼoni Karim Ingliz tili tarjimasi

7. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Qurʼoni Karim

8. IbrohimovN.,HasanovB.,MusayevO.,IbrohimovB.,Oʻzbekcha-arabcha lugʻat.-

Toshkent,2000

9. ShabanovD.K.Turk va oʻzbek tillarida faol harakat feʼllarining semantikasi.-

Toshkent,2017