ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ingliz va o‘zbek matnlarida xiyazm (chiasmus)ning lingvokulturologik funksiyalari va madaniy ma’no shakllanishidagi signifikant uslublari

Xaydarova Munira Oʻtkir qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INGLIZ VA OʻZBEK MATNLARIDA XIYAZM (CHIASMUS)NING
LINGVOKULTUROLOGIK FUNKSIYALARI VA MADANIY MAʼNO

SHAKLLANISHIDAGI SIGNIFIKANT USLUBLARI

https://zenodo.org/records/17731634

Xaydarova Munira Oʻtkir qizi,
Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti,

Oriental universiteti stajyor-oʻqituvchisi
muniraxaydarova3@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek matnlarida xiyazm
(chiasmus)ning lingvokulturologik funksiyalari tahlil qilinadi. Xususan, xiyazm
sanʼatining madaniy maʼno yaratishdagi ahamiyati va uning estetik taʼsirchanlikni
kuchaytirishdagi oʻrni koʻrib chiqiladi. Ingliz adabiyotida xiyazm koʻproq ritorik kuch
va siyosiy-nutqiy uslubda qoʻllanilsa, oʻzbek sheʼriyatida u koʻpincha lirizm va milliy
ruhni ifodalashda namoyon boʻladi. Maqolada ikki adabiyot namunalari qiyosiy tahlil
asosida solishtirilib, umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Xiyazm orqali til birliklari
oʻzaro madaniy konnotatsiyalar yaratib, lingvokulturologik tafakkurni shakllantirishga
xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari badiiy matnlardagi lingvostilistik va
lingvokulturologik vositalarning ilmiy talqiniga yangi yondashuvlarni taklif etadi.

Kalit soʻzlar: xiyazm, badiiy matn, tasirchanlik, estetika, adabiy sanʼat,
lingvokulturologiya, stilistik tahlil.

Abstract. This article analyzes the linguocultural functions of chiasm
(chiasmus)in English and Uzbek texts. In particular, the importance of the art of chiasm
in creating cultural meaning and its role in enhancing aesthetic impressionability are
considered. In English literature, chiasm is used in a more rhetorical power and
Politico-oratory style, while in Uzbek poetry it is often manifested in the expression of
lyricism and national spirit. In the article, the samples of the two literature are
compared on the basis of comparative analysis, and general and different aspects are
determined. It is based on the fact that language units, through chiasm, create crosscultural connotations and serve to form linguocultural thinking. The results of the study
offer new approaches to the scientific interpretation of linguistic and linguocultural
means in artistic texts.

Keywords: chiasm, artistic text, Impressionism, aesthetics, literary art,
linguoculturology, stylistic analysis.

Xiyazm termini XIX asrda lingvistika faniga kirib kelgan boʻlsa-da, uning
mazmuni qadimdan buyon, xususan diniy manbalarda keng uchraydi va antimetabola,
antimetatezis hamda antimetalepsis kabi tushunchalar bilan bogʻlangan. Ushbu figura
til birliklarini parallel tarzda joylashtirishi bilan birga, maʼno qarama-qarshiligi hamda
sabab-oqibat munosabatini kuchaytiradi. Aslida xiyazmning asosiy xususiyati AB/BA
shaklidagi simmetrik tuzilishdir, biroq badiiy matnda u murakkabroq uslubiy

variantlarda ham namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, “vatanim menga nima berdi deb
emas , men vatanimga nima berdim deb yasha” kabi misolda soʻzlarning simmetrik
shaklda oʻrin almashinishi va maʼno oʻzgarishiga uchrayotganligini taʼsirli uslubda
berilayotganini koʻrishimiz mumkin.

Bizning fikrlash uslublarimiz, muammolarni hal qilish va mahsulot yaratish
jarayonimizga katta taʼsir koʻrsatadi hamda aql-idrokimiz qanday ishlashini aks ettiradi
[1].

Xiyazmlar — bu teskari tartibda til birliklarini takrorlashdan iborat boʻlgan nutqiy
sanʼat shakllaridir. U klassiklar tomonidan yunoncha χ harfiga oʻxshashligi sababli shu
nom bilan atalgan, chunki bu harf xochni ifodalaydi “Chiazmus” atamasi ritorikaga
xosdek tuyulsa-da, aslida bu uslub hamma uchun tanish boʻlib, masalan, quyidagi
maqollarda yoki mashhur iqtiboslarda uchraydi: yeyish uchun yashama, yashash uchun
ye yoki yurt senga nima bera olishi haqida emas, sen yurt uchun nima qila olishing
haqida oʻyla [2].

Xiyazm (chiasmus) qadimiy ritorik sanʼat sifatida antik davr manbalarida oʻz
ifodasini topgan. Aristotel va Kvintilian kabi klassik ritorikachilar bu figurani nutqning
taʼsirchanligini oshirishda muhim vosita sifatida baholaganlar. Ularning taʼrifida
chiasmusning asosiy xususiyati – elementlarning oʻzaro teskari tartibda joylashuvi va
shu orqali mantiqiy hamda emotsional urgʻu berilishidir [3]. Qadimiy diniy matnlarda
va falsafiy risolalarda bu figura keng qoʻllanilib, qarama-qarshi tushunchalar orqali
tinglovchi yoki oʻquvchiga kuchli psixologik taʼsir koʻrsatgan.

XIX asrdan boshlab chiasmus lingvistik termin sifatida ilmiy muomalaga kirib,
stilistika va adabiyotshunoslik doirasida muntazam tadqiq qilina boshlandi. Gʻarb
adabiyotshunosligida, xususan, ingliz tilidagi izlanishlarda chiasmus koʻproq siyosiy
nutqlar, ritorik chiqishlar hamda badiiy matnlarda estetik taʼsirchanlikni
kuchaytiruvchi vosita sifatida oʻrganilgan [4]. Shu bilan birga, u koʻpincha antitezis va
parallelizm bilan bogʻliq holda tahlil qilinib, matnda muvozanat, qarama-qarshilik va
sababiy bogʻlanishlarni hosil qiluvchi konstruktiv birlik sifatida tavsiflanadi.

Oʻzbek adabiyotida esa chiasmus atamasi bevosita keng qoʻllanmagan boʻlsa-da,
sheʼriyatda uning mazmuniy va strukturaviy koʻrinishlari tez-tez uchraydi. Mumtoz
sheʼriyatda zid maʼnoli tushunchalarning simmetrik tarzda joylashtirilishi orqali lirizm
va badiiy obrazlilik kuchaytirilgan [5]. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida ham chiasmus
oʻzining emotsional va lingvostilistik vazifalari bilan madaniy maʼnolarni
shakllantirishda muhim oʻrin tutadi [6].

Soʻnggi yillarda lingvokulturologik yondashuv asosida chiasmusning nafaqat
stilistik, balki madaniy maʼno yaratishdagi funksiyalari ham eʼtiborga olinmoqda.
Chunki qarama-qarshi tushunchalarning teskari tartibda joylashtirilishi milliy
mentalitet, estetik qadriyatlar va madaniy konnotatsiyalarni yuzaga chiqaradi .Bu
jihatdan ingliz va oʻzbek adabiyotidagi chiasmusni qiyosiy tahlil qilish, uning
lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berish nafaqat tilshunoslik, balki
madaniyatshunoslik va tarjimashunoslik uchun ham dolzarb hisoblanadi.

Shunday qilib, mavjud tadqiqotlar chiasmusning ritorik va stilistik jihatlarini
oʻrgangan boʻlsa-da, uning ingliz va oʻzbek sheʼriyati kontekstida lingvokulturologik
tahliliga yetarlicha eʼtibor berilmagan. Mazkur maqola aynan shu ilmiy boʻshliqni

toʻldirishga, chiasmusning madaniy maʼno shakllanishidagi ahamiyatini aniqlashga
xizmat qiladi.

Ushbu tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy-tahliliy va lingvokulturologik
yondashuv tashkil etadi. Xiyazmning (chiasmus) ingliz va oʻzbek sheʼriyatida
qoʻllanishi, ularning semantik yuklamalari hamda madaniy maʼno shakllanishidagi
funksional oʻrni aniqlashda quyidagi bosqichlardan foydalanildi:

1. Matn tanlash va korpus shakllantirish. Ingliz sheʼriyatidan U.Bleyk, T.S.Eliot,
U.Shekspir kabi shoirlar asarlaridan namunalar hamda oʻzbek adabiyotidan A.Navoiy,
Gʻ.Gʻulom, E.Vohidov va boshqa ijodkorlarning matnlari qiyosiy korpus sifatida
tanlab olindi.

2. Lingvopoetik tahlil. Tanlangan matnlardagi xiyazm namunalarining poetik
xususiyatlari, ularning obrazlilik darajasi, estetik taʼsir kuchi hamda badiiy matn
ichidagi sintaktik-funksional oʻrni aniqlanadi.

3. Lingvokulturologik yondashuv. Xiyazmlar orqali madaniy qadriyatlarning aks
etishi, xalq mentaliteti, milliy timsollar va ramzlarning semantik ifodalanish jarayoni
tahlil qilinadi.

4. Qiyosiy tahlil. Ingliz va oʻzbek sheʼriyatidagi xiyazmning qoʻllanish usullari,
madaniy konnotatsiyalari hamda funksional oʻxshash va farqli jihatlari aniqlanadi.

5. Diskursiv tahlil elementlari. Sheʼriy matnlarning konteksti va ularning
oʻquvchi ongida uygʻotadigan madaniy-assotsiativ bogʻlanishlari ham koʻrib chiqiladi.

Tadqiqot davomida deskriptiv, qiyosiy-tahliliy, interpretativ usullardan
foydalanildi. Metodologik jihatdan H. Gardnerning “Multiple Intelligences Theory”
(1999) [7], M.Dubremetzning chiasm boʻyicha ilmiy qarashlari (2013) [8], hamda
lingvokulturologiya boʻyicha mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishlari tayanch
nuqta sifatida tanlandi.

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, xiyazm (chiasmus) ingliz va oʻzbek
sheʼriyatida turli lingvopoetik va lingvokulturologik funksiyalarni bajaradi. Ingliz
sheʼriyatida u, asosan, qarama-qarshi tushunchalarni kuchaytirish, dramatik taʼsirni
oshirish hamda individual poetik uslubni shakllantirishda qoʻllaniladi. Masalan,
T.S.Eliot va U.Shekspir asarlarida xiyazm oʻquvchi eʼtiborini semantik keskinlikka
qaratish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Oʻzbek sheʼriyatida esa xiyazm koʻproq ramziy maʼno, madaniy timsollar va
xalqona qarashlarni ifodalashda muhim rol oʻynaydi. A.Navoiyning asarlarida bu uslub
estetik uygʻunlik yaratish, milliy qadriyatlarni badiiy shaklda koʻrsatish bilan uzviy
bogʻliqdir. Shuningdek, zamonaviy shoirlarda ham xiyazm poetik tajriba vositasi
sifatida ishlatilmoqda.

Qiyosiy tahlil shuni koʻrsatadiki, ingliz va oʻzbek sheʼriyatida xiyazmlar tuzilishi
jihatidan oʻxshash boʻlsa-da, ularning semantik yuklamasi va madaniy maʼno
shakllantirishdagi funksiyalari turlicha. Ingliz sheʼriyatida individualizm va dramatizm
kuchli boʻlsa, oʻzbek sheʼriyatida milliylik, ramziylik va estetik uygʻunlik yetakchi
oʻrin egallaydi.

Bu farqlar, bir tomondan, madaniy anʼanalarning oʻziga xosligi bilan bogʻliq
boʻlsa, ikkinchi tomondan, poetik tafakkurning rivojlanish bosqichlarini ham
koʻrsatadi [9].

Natijalar shuni tasdiqlaydiki, xiyazm lingvokulturologik tahlil uchun samarali
mezon boʻlib, adabiyotshunoslikda ham, tarjimashunoslikda ham qoʻllanishi mumkin.

Shuningdek, tadqiqot koʻrsatdiki, xiyazm nafaqat poetik vosita, balki madaniy
maʼno shakllanishining muhim konstruktiv usuli sifatida ham baholanishi lozim .Shu
bois, mazkur figura lingvistik va madaniy tadqiqotlarda alohida ilmiy ahamiyatga ega.

Yuqoridagi tahlillar shuni koʻrsatdiki, xiyazm (chiasmus) ingliz va oʻzbek
sheʼriyatida oʻziga xos lingvopoetik va lingvokulturologik funksiyalarga ega. Ingliz
sheʼriyatida u, asosan, semantik qarama-qarshilikni kuchaytirish, dramatik taʼsir
yaratish hamda individual poetik uslubni shakllantirishda qoʻllaniladi. Oʻzbek
sheʼriyatida esa xiyazm milliy ramzlar, xalqona qarashlar va estetik uygʻunlikni
ifodalash vositasi sifatida namoyon boʻladi.

Qiyosiy tahlil natijalari shuni anglatadiki, ikki adabiyotda ham strukturaviy
oʻxshashlik mavjud boʻlsa-da, madaniy maʼno shakllanishida sezilarli farqlar mavjud.
Ingliz sheʼriyatida individualizm va dramatizm ustun boʻlsa, oʻzbek sheʼriyatida
milliylik, timsollilik va ruhiy-estetik uygʻunlik yetakchilik qiladi.

Mazkur tadqiqot, shuningdek, oʻzbek va ingliz adabiyotida badiiy sanʼatlarning
lingvistik hamda madaniy asoslarini oʻrganishda yangi istiqbollarni ochib beradi.

Adabiyotlar roʻyxati:
1. Kao C. Exploring the relationships between analogical, analytical, and
creative thinking // Thinking Skills and Creativity. – 2014. – Vol. 13. – Pp. 80–88.
2. Dubremetz M. Chiasmusning lingvistik va ritorik tahlili // Uppsala universiteti,
Lingvistika va filologiya kafedrasi. – Uppsala, Shvetsiya.
3. Aristotle. On rhetoric: A theory of civic discourse (G. A. Kennedy, Trans.).
Oxford University Press (2007).
4. Dubremetz, M. Automatic discovery of chiasmus in texts. Uppsala: Uppsala
University (2013).
5. Joʻrayev N. Navoiy poetikasida badiiy sanʼatlar. Toshkent: Maʼnaviyat.
6. Yusupov O. Oʻzbek sheʼriyati va lingvopoetika masalalari. Toshkent:
Akademnashr (2018).
7. Gardner H. Intelligence Reframed: Multiple Intelligences for the 21st Century.
New York: Basic Books (1999).
8. Dubremetz M. Automatic Discovery of Chiasmus in Texts. Uppsala University
(2013).
9. Karasik V.I. Yazykovoy krug: lichnostʼ, kontsepty, diskurs. Volgograd:
Peremena (2002).