ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Huquqiy matnlarda sintaktik birliklarning ifodalanishi

Rahmatova Bahora Ibodulla qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

HUQUQIY MATNLARDA SINTAKTIK BIRLIKLARNING IFODALANISHI

https://zenodo.org/records/17731900

Raxmatova Bahora Ibodulla qizi,
Oriental universiteti Tillar-2 kafedrasi katta oʻqituvchisi

Annotatsiya. Mazkur maqolada huquqiy matnlarning sintaktik qurilishi va
ularning huquqiy aniqlikni taʼminlashdagi oʻrni tahlil qilinadi. Huquqiy nutq boshqa
funksional uslublardan qatʼiy va murakkab gap tuzilmalari bilan ajralib turadi. P. M.
Tiersma va R. C. Wydick qarashlariga tayangan holda ingliz tilidagi ergash gapli
murakkab tuzilmalar, passiv konstruksiyalar va qatʼiy modal feʼllar, shuningdek,
oʻzbek tilidagi shartli ergash gaplar va izohli birliklarning huquqiy aniqlikni
mustahkamlashdagi roli ochib beriladi. Sintaksis darajasidagi tahlil huquqiy
normalarning til vositasida qanday ifodalanishi va ularning kommunikativ-pragmatik
vazifalarini yoritishga xizmat qiladi.

Tayanch soʻz va iboralar: huquqiy matn, sintaksis, yuridik diskurs, aniqlik,
pragmatika.

Abstract. This article explores the syntactic structures of legal texts and their role
in ensuring legal clarity and precision. Legal discourse differs from other functional
styles by its rigid and complex sentence constructions, which are intended to minimize
ambiguity and provide accurate interpretation. Drawing on the works of P. M. Tiersma
and R. C. Wydick, the study highlights how long, multi-clause sentences and passive
constructions in English, as well as conditional and explanatory clauses in Uzbek, serve
to reinforce legal certainty. The analysis demonstrates that syntax not only conveys
legal norms but also determines their communicative-pragmatic functions, ensuring
consistency in legal practice.

Keywords: legal texts, syntax, legal discourse, precision, pragmatics.

Kirish. Huquqiy matnlar oʻzining murakkab, aniq va qatʼiy tuzilishi bilan boshqa
funksional uslubdagi matnlardan tubdan farq qiladi. Bunday matnlarning asosiy
vazifasi - huquqiy normalarni ifodalash, fuqarolar va tashkilotlarning huquq hamda
majburiyatlarini belgilash, shuningdek, ushbu normalarni amaliyotda qoʻllash uchun
zarur shart-sharoit yaratishdir. Shu bois, huquqiy matnlarning sintaktik qurilishi
tasodifiy emas, balki yuridik mazmunni noaniqliksiz, qatʼiy va bir maʼnoda
ifodalashga xizmat qiladi. Sintaksis darajasida tanlangan birliklar huquqiy
normalarning izchil talqin qilinishini taʼminlash bilan birga, huquqiy amaliyotda
xatolarga yoʻl qoʻymaslik vazifasini ham bajaradi.

Tilshunoslikda ushbu masala keng tadqiq qilingan boʻlib, yuridik lingvistika
vakillari huquqiy matnlardagi sintaktik birliklarning oʻziga xosligi haqida koʻplab
ilmiy xulosalar bergan. Masalan, P. M. Tiersma shunday deydi: “Legal language is
characterized by lengthy, complex sentence structures that aim to eliminate
ambiguity”. Bu fikr shuni koʻrsatadiki, huquqiy matnlarda uzun va murakkab

gaplarning qoʻllanishi ularni tushunishni qiyinlashtirishi mumkin boʻlsa-da, aslida bu
sintaktik qurilishning maqsadi - huquqiy noaniqlikni oldini olishdir.

Shu nuqtai nazardan, huquqiy matnlarning sintaktik birliklari ikki tomonlama
vazifani bajaradi: bir tomondan, ularning murakkabligi huquqiy aniqlikni taʼminlaydi;
ikkinchi tomondan esa, ular huquqiy matnlarning lingvopragmatik xususiyatlarini
shakllantiradi. Bu jihatni R. C. Wydick ham taʼkidlab oʻtadi: “Lawyers often draft
provisions in such a way that every possible interpretation is covered, which results in
highly complex sentence structures”. Demak, murakkab sintaktik qurilish huquqiy
matnlarning eng muhim xususiyati boʻlib, ularning toʻgʻri talqin qilinishi va amalda
qoʻllanishini kafolatlaydi.

Oʻzbek tilidagi huquqiy matnlar ham mazkur umumiy tamoyillardan mustasno
emas. Ular koʻpincha shartli ergash gapli qoʻshma gaplar, majhul nisbatdagi kesimlar
va izohli konstruksiyalar orqali quriladi. Bu xususiyat, bir tomondan, huquqiy
normalarning qatʼiyligini ifodalasa, ikkinchi tomondan, ularni turlicha talqin qilish
imkoniyatini kamaytiradi. Ingliz tilidagi huquqiy matnlarda esa uzun va koʻp boʻgʻinli
ergash gaplar, passiv konstruksiyalar, shuningdek, qatʼiy modal feʼllar (shall, must,
may) keng qoʻllanadi.

Huquqiy sintaksisning asosiy talabi - aniqlik va qatʼiylikdir. Bu jihatni R. C.
Wydick quyidagicha izohlaydi: “Lawyers often draft provisions in such a way that
every possible interpretation is covered, which results in highly complex sentence
structures”. Yaʼni, huquqshunoslar huquqiy normalarni barcha ehtimoliy talqinlardan
himoyalash maqsadida uzun va murakkab gaplardan foydalanadilar.

Oʻzbek tilidagi huquqiy matnlarda asosan:
– Shartli ergash gapli qoʻshma gaplar (masalan: Agar shaxs sud qarorini
bajarmasa, u qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi);
– Majhul nisbatdagi kesimlar (Jazoni ijro etish tartibi qonun hujjatlarida
belgilab qoʻyiladi);
– Izohli konstruksiyalar (Fuqarolarning shaxsiy huquqlari, jumladan, yashash
joyini erkin tanlash huquqi kafolatlanadi).
Ingliz huquqiy matnlarida esa quyidagi sintaktik birliklar keng tarqalgan:
– Passiv konstruksiyalar (The contract shall be deemed void if obtained by
fraud);
– Modal feʼllar (shall, must, may), ular majburiyat va ruxsat darajasini
ifodalaydi;
– Bir necha boʻlakli ergash gapli tuzilmalar (If any person who is a party to
the agreement fails to comply with the obligations, the agreement shall be terminated).
Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida quyidagicha murakkab
sintaktik tuzilmalar uchraydi: “Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi
prinsipiga asoslanadi.” Ingliz huquqiy matnidan esa: “The Minister conducting a
review under this section must prepare a report on the result of the review and lay a
copy of it before each House of Parliament.” (UK Constitutional Reform Act, 2005).
Har ikkala misolda ham uzun va qatʼiy sintaktik tuzilmalar ishlatilgan boʻlib,
ularning vazifasi huquqiy noaniqlikni bartaraf etishdir.

Huquqiy matnlarda sintaksis nafaqat grammatik shaklni tashkil etadi, balki
lingvopragmatik jihatdan ham muhim vazifani bajaradi. Sintaksisning bu funksional
xususiyati huquqiy matnlarning asosiy kommunikativ maqsadlari – aniqlik, qatʼiylik
va talqinning bir xil boʻlishini taʼminlash bilan bogʻliqdir. Gaplarning murakkab
sintaktik tuzilmalarda ifodalanishi orqali qonun normalarining izchil qoʻllanishi
taʼminlanadi, talqin imkoniyatlari cheklanadi va huquqiy masʼuliyatning aniqligi
kafolatlanadi.

Avvalo, murakkab sintaktik qurilish qonun normalarining yagona va izchil
qoʻllanishini taʼminlaydi. Qonunlarda qoʻllaniladigan ergash gapli konstruktsiyalar
turli vaziyatlarda bir xil talqinni kafolatlab, sud amaliyotida normaning turlicha
sharhlanishiga yoʻl qoʻymaydi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 21-moddasida quyidagicha jumla mavjud:“Agar shaxs oʻzining xattiharakatlari (harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan koʻra bilgan
boʻlsa va u oqibatlarning kelib chiqishini istamagan holda, lekin bunga ongli ravishda
yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday qilmish jinoyat hisoblanadi.” Bu misolda ergash gaplar
orqali norma qatʼiy belgilangan va talqinga imkon qoldirilmagan.

Shuningdek, murakkab va aniq sintaktik qurilish matnni talqin qilish
imkoniyatlarini cheklaydi. Qonun matni qanchalik qatʼiy shakllangan boʻlsa, uni
turlicha izohlash ehtimoli shunchalik kamayadi. Ingliz huquqiy matnlarida ham shunga
oʻxshash holat kuzatiladi. Masalan, Buyuk Britaniya qonunchligidagi Contracts Acts
dan olingan jumlada shunday deyiladi:“A term of a contract may be enforced by a
person who is not a party to the contract if the contract expressly provides that he may,
or if the term purports to confer a benefit on him.” Bu yerda uzun ergash gapli
murakkab tuzilma orqali norma izchil va qatʼiy shaklda berilgan.

Bundan tashqari, huquqiy matnlarning sintaksisi huquqiy masʼuliyatning aniq
belgilanishiga xizmat qiladi. Majhul nisbat va qatʼiy modal feʼllar (shall, must, lozim,
shart) orqali majburiyat va javobgarlik aniq belgilanadi. Masalan, Oʻzbekiston
Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunida quyidagicha jumla bor:
“Davlat taʼlim muassasalari oʻquvchilarga qonunda belgilangan tartibda bepul taʼlim
berishi shart.”

Ingliz huquqiy matnlarida esa majburiyat odatda modal feʼllar yordamida
ifodalanadi. Masalan, Buyuk Britaniya qonunchiligidan olingan quyidagi jumlada buni
yaqqol koʻrish mumkin:“The Minister shall prepare a report on the result of the review
and lay a copy of it before each House of Parliament.”

Bu holatni mashhur tilshunos D. Crystal ham taʼkidlab, shunday deydi: “Legal
English is a style designed to achieve maximum precision and minimize interpretative
flexibility”. Yaʼni, huquqiy ingliz tili oʻzining sintaktik murakkabligi bilan birinchi
navbatda aniqlikka erishishni, ikkinchi tomondan esa turlicha talqin qilish
imkoniyatlarini maksimal darajada kamaytirishni maqsad qiladi.

Xulosa. Huquqiy matnlarning sintaktik qurilishi ularning huquqiy aniqlik,
qatʼiylik va pragmatik samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Oʻzbek
va ingliz huquqiy matnlarida koʻplab umumiyliklar mavjud boʻlsa-da, ingliz tilida
murakkab ergash gapli tuzilmalar va qatʼiy modal feʼllar koʻproq qoʻllanadi, oʻzbek
tilida esa shartli ergash gapli qoʻshma gaplar hamda majhul nisbat asosiy sintaktik
vosita hisoblanadi. Huquqiy matnlardagi sintaktik birliklarni tahlil qilish, huquqiy

nutqning kommunikativ-pragmatik mexanizmlarini anglash imkonini beradi va
amaliyotda huquqiy normalarning aniq qoʻllanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Crystal, D., & Davy, D. Investigating English Style. London: Routledge, 2013.
– 272 b.
2.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent: Oʻzbekiston, 1992. – 98
b.
3.Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Toshkent: Adolat, 1994. – 352 b.
4.Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun. Toshkent: Adolat,
1997.– 40 b.
5.Raxmatova, B. I. q. Legal Texts and Their Functional Analysis in Applied
Linguistics. 2025. – DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.15464154.
6.Tiersma, P. M. Legal Language. Chicago: University of Chicago Press, 1999.
– 328 b.
6.United Kingdom. Constitutional Reform Act. London: The Stationery Office,
2005. – 184 p.
7.Wydick, R. C. Plain English for Lawyers. Durham, NC: Carolina Academic
Press, 2005. – 212 b