ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Qadimgi turklar tarixshunosligi: manba, metodologiya va zamonaviy tadqiqotlarni keng qamrovli tahlili

Rahimjonov Mirzohid Mirsaydullo o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

qo‘yildi, tarixiy-madaniy qadriyatlar yangitdan o‘rganila boshladi. Turkiy
davlatlarda milliy o‘zlikni mustahkamlash jarayoni, aynan, shu qadriyatlar asosida
olib borildi.

Bugungi globallashuv, axborot bosimi va g‘arbona dunyoqarashning keng
tarqalayotgan sharoitida esa, bu qadriyatlarni zamonaviy shakllarda rivojlantirish,
avlodlar ongiga uyg‘un tarzda singdirish, ta’lim va tarbiya tizimiga integratsiya
qilish juda katta strategik ahamiyatga ega. Qadriyatlar – bu nafaqat o‘tmish merosi,
balki xalqning hozirgi o‘zligini va ertangi istiqbolini belgilovchi ruhiy asosdir.

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, turkiy xalqlarning diniy va ma’naviy
qadriyatlari ularning siyosiy chegaralardan yuqori turadigan ruhiy birlik negizidir.
Ushbu qadriyatlar hozirgi vaqtda turkiy mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy
hamkorlik, diniy muloqot, birgalikdagi ilmiy izlanishlar, ta’lim va tarbiya
loyihalari orqali yanada mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, tasavvufiy meros, adabiy
asarlar, qadimiy urf-odatlar va diniy-marosimlar umumturkiy birligining aniq
timsolidir. Kelajakda bu qadriyatlarni saqlash va taraqqiy ettirish — nafaqat ilmiy
va madaniy vazifa, balki siyosiy mustahkamlik, ijtimoiy barqarorlik va ruhiy
yuksalish garovi hamdir. Zero, o‘z qadriyatlariga tayanmagan xalq yot g‘oyalar
oldida zaif bo‘ladi, o‘z ildizlaridan uzilgan daraxt misolidir. Turkiy xalqlarning
milliy uyg‘onishi, madaniy yuksalishi va global jarayonda o‘z o‘rnini topishi aynan
shu qadriyatlarning bardavomligi va zamonga moslashuvchanligiga bog‘liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Toshkent: Fan, 1983.
2. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Tartibchi: M. Mirza. Toshkent: G‘afur G‘ulom
nashriyoti, 1992.
3. Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit-turk. Tarjimon: S. Nasilov. Toshkent:
Fan, 1960–1970.
4. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. Tarjimon: S. Salimov. Toshkent: Fan,
1971.
5. Orxon-Yenisey bitiklari. Qarang: Shukurov, K. Turkiy xalqlarning ilk yozma
yodgorliklari. Toshkent: Fan, 2002.
6. Eraslan, K. Divan-ı Hikmet. Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları, 1993.
7. Dankoff, R. Wisdom of Royal Glory (Kutadgu Bilig). Harvard University,
1983.
8. Erdal, I. Göktürk Yazıtları: Bilge Kağan ve Kül Tigin Abideleri. Ankara:
Türk Tarih Kurumu, 2011.
9. Alimova, D. Jadidchilik fenomeni. Toshkent: Fanlar Akademiyasi, 2010.
10. Baxtiyorov, M. Tasavvuf va milliy o‘zlik. Toshkent: Ma’naviyat, 2015.

QADIMGI TURKLAR TARIXSHUNOSLIGI: MANBA,
METODOLOGIYA VA ZAMONAVIY TADQIQOTLARNI KENG

QAMROVLI TAHLILI
Rahimjonov Mirzohid

Oriental universiteti o‘qituvchisi
rahimjonovmirzohid98@gmail.com

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada qadimgi turklar tarixshunosligining asosiy
manbalari, tadqiqot bosqichlari va zamonaviy ilmiy yondashuvlari o‘rganiladi.
Orxon-Enasoy bitiklari, Xitoy yilnomalari, Vizantiya va arab mualliflari asarlari
qadimgi turklar tarixini yoritishda muhim o‘rin tutadi. Tarixshunoslikning
Yevropa–Rossiya sharqshunosligi, sovet davri va mustaqillikdan keyingi
bosqichlari ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, sivilizatsion, etnogenez va geosiyosiy
yondashuvlar orqali qadimgi turklarning davlat tizimi, madaniyati va xalqaro
munosabatlardagi o‘rni izohlanadi.
Kalit so‘zlar: Qadimgi turklar, O‘rxun bitiklari, turkologiya, tarixshunoslik, Xitoy
yilnomalari, etnogenez, Tangrichilik, Turk xoqonligi.
ABSTRACT: This article examines the historiography of the ancient Turks,
focusing on primary sources, major research stages, and contemporary academic
approaches. The Orkhon–Yenisei inscriptions, Chinese chronicles, and Byzantine
and Arab historical writings are analyzed as key sources for reconstructing the
political and cultural history of the ancient Turks. The study discusses the
evolution of Turkological research from early European Orientalism to Soviet-era
interpretations and post-independence Central Asian scholarship. Furthermore, it
evaluates civilizational, ethnogenetic, and geopolitical approaches that contribute
to understanding the statecraft, culture, and international role of the ancient Turks.
Keywords: Ancient Turks, Orkhon inscriptions, Turkic studies, historiography,
Chinese chronicles, ethnogenesis, Tengrism, Turkic Khaganate.
АННОТАЦИЯ: В данной статье рассматривается историография древних
тюрков, включая основные письменные источники, этапы изучения и
современные научные подходы. Орхон-енисейские надписи, китайские
династийные хроники, византийские и арабские исторические труды
анализируются как ключевые источники по политической, культурной и
социальной истории древних тюрков. Освещены этапы развития тюркологии
— от раннего европейского востоковедения до советской школы и
современных исследований стран Центральной Азии. Особое внимание
уделено цивилизационному, этногенетическому и геополитическому анализу
тюркского общества и государства.
Ключевые слова: Древние тюрки, Орхонские надписи, тюркология,
историография, китайские хроники, этногенез, тенгрианство, Тюркский
каганат.

Kirish
Qadimgi turklar Yevroosiyo kengliklarida shakllangan eng qadimiy siyosiy
tuzumlardan biri sifatida dunyo tarixida muhim iz qoldirgan. Ularning tarixi
nafaqat Turk xoqonliklari faoliyati bilan, balki Ipak yo‘li, ko‘chmanchi
sivilizatsiya, madaniy almashinuvlar va geosiyosiy jarayonlar bilan chambarchas
bog‘liq. Tarixshunoslikda qadimgi turklar turlicha talqin qilingan: XIX asr nemis–
rus sharqshunosligi ularga etnik-lingvistik fenomen sifatida qarasa, sovet ilmiy
paradigmasi ularni ko‘chmanchi iqtisodiy tizim doirasida tahlil qilgan.
Mustaqillikdan keyingi tadqiqotlar esa turklarni mustaqil sivilizatsiya sifatida
qayta baholash jarayoniga kirishdi.

I. Qadimgi turklar tarixini yorituvchi yozma manbalar

1. O‘rxon–Enasoy yodgorliklari (VIII asr) – ichki tarixiy manbalar

tizimi

Bu bitiklar Mo‘g‘uliston hududidagi O‘rxun va janubiy Sibirdagi Enasoy

(Yenisey) daryolari solihidan topilgani uchun ham aynan O‘rxun-Enasoy

yodgorliklari deb ataladi. Ushbu bitiktosh ikki qismdan iborat bo‘lib, Kichik va

Ulug‘ bitiklardan iborat. Bundan tashqari shuni qo‘shimcha qilish kerak, aynan bu

yerdan topilgan bitiklar ya’ni turkiy yozuvlar VIII asrlarga aloqador bo‘lib,

qadimgi turkey til va madaniyatini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi.

1. Bitikdoshda davlatchilik an’analarining tasnifi.

Turk davlatining siyosiy modeli “il tutmak”, ya’ni “davlatni qo‘lga olib

saqlash” g‘oyasiga asoslangan edi. [1, 41–43-bet] Shuningdek, bitiktoshda vatan

manfaati yo‘lida xizmat qilish, osoyishta bo’lish uchun kurash bosh maqsad

ekanligi ta’kidlanadi.

Kultegin yodgorligida turklar qarluqlar, qirg‘izlar, uyg‘urlar va Tang imperiyasi

bilan bo‘lgan munosabatlar yoritilgan.[1, 55–58-bet]

2. Xitoy yilnomalari – tashqi manbalar majmuasi

Turklar haqidagi eng qadimgi tashqi ma’lumotlar Xitoyning Tang, Sui,

Chjou sulola yilnomalarida qayd etilgan.

Xitoy manbalari mazmuni:

• Turklar iqtisodiyoti: chorvachilik, temirchilik, qurol yasash san’ati

haqida batafsil qaydlar. [2, 128–133-bet]

• Elchilik munosabatlari: Turk xoqonlari Xitoy saroyiga muntazam

elchilar yuborgan.

• Etnografik tasvirlar: ko‘chmanchi turklarning hayot tarzi, kiyimi,

harbiy san’ati, udumlari haqida tafsilotlar bor.

Eng muhim xitoy manbalari:

• Sui shu (隋書) — G‘arbiy Turk xoqonlari haqida eng boy ma’lumotlar

• Jiu Tang shu (舊唐書) — Sharqiy Turk xoqonligining qudratli davrini

tasvirlaydi

3. Vizantiya, Arab va Fors manbalari

Vizantiya manbalari:

Menandr Protektor turklarni Vizantiya ittifoqchilari sifatida tasvirlaydi.

Ularning eftalitlarga qarshi hamkorlik qilgani qayd etilgan.[3, 206–211-bet]

Arab tarixchilari:

• at-Tabariy — turklar, to‘rg‘ashlar va uyg‘urlar o‘rtasidagi aloqalar

• al-Balazuriy — turklarning Umaviy xalifaligi hududlariga yurishlari

Arab manbalari turklar tangachilik tizimi, savdo yo‘llari va chorvachilik

iqtisodiyotini bayon qiladi.[3, 310–315-bet]

Fors manbalari:

Sosoniy davr yilnomalari turklar bilan chegaraviy nizolar, qullar savdosi,

diplomatik aloqalar haqida ma’lumot beradi.

II. Qadimgi turklar tarixshunosligining shakllanish bosqichlari

1. Yevropa sharqshunosligi (XVIII–XIX asrlar)

Radlov, Ramstedt, Bang, Malov, Tomsen kabi olimlar turkologiya faniga
asos solgan.

Ularning katta xizmatlari:
• turkiy tillarning qiyosiy grammatikasini yaratdi
• run yozuvlarini o‘qib berdi
• dasht madaniyatini etnografik jihatdan o‘rgandi
Bu davr turkologiyasi lingvistik yondashuv ustun bo‘ldi.[4, 21–25-bet]
2. Sovet tarixshunosligi
Asosiy metodologik tamoyillar:
• formatsion yondashuv
• iqtisodiy tuzilma markaziy tahlil vositasi
• ko‘chmanchi jamiyat “past taraqqiyot bosqichi” sifatida baholangan
Eng muhim tadqiqotchilar:
• L. N. Gumilyov
• S. G. Klyashtorniy
• Yu. A. Zuev
• V. P. Yudin
Gumilyovning eng muhim g‘oyasi:
Etnogenez nazariyasi (passionarlik nazariyasi) – turk etnosining paydo
bo‘lishi va tarqalishini energetik-madaniy omillar bilan bog‘laydi.[5, 90–95-bet]
3. Mustaqillik davri tarixshunosligi
Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgach, turkologiya yangi
paradigmalarga ega bo‘ldi.
Yangi yondashuvlar:
• Turkiy davlatlar tarixini integrativ ko‘rish
• Milliy adabiyotlarda turkologik tadqiqotlarning kengayishi
• Arxeologik izlanishlarning kuchayishi (O‘zbekiston, Qirg‘iziston,
Qozog‘iston)
Masalan, Ko‘k Turklar, Qarluq davlati, O‘g‘uzlar, Qipchoqlar tarixini
qayta o‘rganish bo‘yicha yangi dissertatsiyalar yaratildi.[6, 65–71-bet]
III. Qadimgi turklar davlat tizimi va siyosiy madaniyati
1. Qaghanlik instituti
Xaqon – oliy hukmdor, davlat boshlig‘i. Uning vazifalari:
• elni boshqarish
• harbiy yurishlarni tashkil qilish
• ichki tartibni saqlash
• diplomatiya olib borish
2. Qut – hokimiyatning ilohiylashtirilgan modeli
Xitoy manbalarida turk hukmdorining hokimiyati Tengri bergan qut
sifatida izohlanadi. [2, 140–142-bet]
3. Ijtimoiy tuzum
Turklar jamiyati quyidagi tabaqalarga bo‘lingan:
• qaghan
• beglar (zodagonlar)
• tarxonlar

• oddiy qabila a’zolari

IV. Qadimgi turklar dini va madaniyati

1. Tengrichilik

Tengri — osmon xudosi; insonning taqdiri, davlatning mustahkamligi shu

kuchga bog‘liq deb hisoblangan.

2. Ot kultining sivilizatsiyaviy o‘rni

Turklar uchun ot nafaqat transport, balki marosim, jang, ijtimoiy

mavqening belgisi edi.

3. Madaniy unsurlar:

• run yozuvi

• yurt (ko‘chmanchi uy)

• metallga ishlov berish

• marosim qo‘shiqlari (yog‘ yo‘l)

V. Arxeologik topilmalar

1. Mo‘g‘uliston – Ko‘k Turk davlati markazi

Kultegin va Bilga qaghan yodgorliklari atrofidan:

• ot qoldiqlari

• kamonlar

• temir qilichlar

• oltin bezaklar

topilgan. [10, 63–72-bet]

2. Yettisuv – Turk uyg‘onish hududi

Qoyatoshlardagi tasvirlarda otliqlar, ov sahnalari ko‘rsatilgan.

3. Altay – turk etnogenezining asosiy o‘chog‘i

Pazyryk kurganlari — mumiyalangan jasadlar, otlar, yog‘och buyumlar

topilgan.

Xulosa

Qadimgi turklar tarixshunosligi turli davrlar, maktablar va manbalar orqali

shakllangan boy ilmiy yo‘nalishdir. Bugungi tadqiqotlar ularning siyosiy, madaniy

va diniy tizimlarini yanada chuqurroq ochib bermoqda. Turk sivilizatsiyasi

Yevroosiyodagi eng qadimiy va eng ta’sirchan tarixiy tizimlardan biri sifatida o‘z

ahamiyatini saqlab kelmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Tekin, T. A Grammar of Orkhon Turkic. Indiana University, 1968, 41–58-betlar.

2. Liu Mau-Tsai. Die chinesischen Nachrichten über die Völker des Ost-

Turksreiches. Wiesbaden, 1958, 127–145-betlar.

3. Menander Protector. History. Harvard University Press, 1985, 205–315-betlar.

4. Thomsen, V. Inscriptions de l’Orkhon déchiffrées. Copenhagen, 1896, 15–25-

betlar.

5. Gumilev, L. N. Drevnie Tyurki. Moskva: Vostochnaya Literatura, 1993, 78–95-

betlar.

6. Karimov, A. Turkiy davlatlar tarixi tadqiqotlari. Toshkent, 2019, 54–71-betlar.

7. Golden, P. B. An Introduction to the History of the Turkic Peoples. Wiesbaden,

1992,102–107-betlar.

8. Beckwith, C. Empires of the Silk Road. Princeton University Press, 2009, 188–

194-betlar.
9. Zuev, Y. Early Turks: Essays on History and Ideology. Almaty, 2002, 45–60-
betlar.
10. Baypakov, K. Archaeology of the Early Turks. Almaty, 2014, 57–72-betlar.

TURK XOQONLIGIDA SUG ‘DIYONANING AVTONOM
HUQUQLARI
Qodirjonov Omadjon Tavakkaljon o‘gli
Andijon davlat univeristeti
Tarix yo‘nalishi
1-kurs magistri
Qodirjonovomadjon15@gmail.com

Anotatsiya: Ushbu maqola, Turk xoqonligi davlatida iqtisodiy jihatdan muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan Sug‘diyonaning tarixiy geografiyasi va uning bir qator
muxtor huquqlari haqida asosli tarixiy manbalarga asoslangan holda yozildi.
Barcha tarixchilarga ma’lumki sug‘diylar Buyuk Ipak yo‘li savdosida muhim
ahamiyatga ega bo‘lishgan va o‘z mulklarini boshqarishda bir qator muhtor haqhuquqlarga ega bo‘lishgan.
Kalit so‘zlar: So‘g‘diyona, savdo, muhtor, soliq, boshqaruv, oqsoqollar kengashi,
ixshid.
Abstract: This article is based on reliable historical sources about the historical
geography of Sogdiana, which was an economically important state in the Turkic
Khaganate, and its number of autonomous rights. All historians know that the
Sogdians played an important role in the trade of the Great Silk Road and had a
number of autonomous rights in managing their possessions.
Keywords: Sogdiana, trade, mukhtar, tax, administration, council of elders,
ikhshid.
Аннотация: Статья основана на достоверных исторических источниках,
описывающих историческую географию Согдианы, экономически важного
государства в составе Тюркского каганата, и ряд её автономных прав. Всем
историкам известно, что согдийцы играли важную роль в торговле на
Великом Шёлковом пути и имели ряд автономных прав в управлении своими
владениями.
Ключевые слова: Согдиана, торговля, мухтар, налог, администрация, совет
старейшин, ихшид.

Kirish.
So‘g‘diyona nafaqat O‘zbekiston tarixida balki butun dunyo tarixida ham
o‘zining muhim o‘rniga ega hisoblanadi, bunga ushbu tarixiy hududning faqatgina
Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashganigina sabab bo‘lmasdan, ularning
muvaffaqqiyatli savdo-sotig‘i, davlat boshqaruv usullarining o‘z davridan ilg‘orlab
ketgani va hunarmandchilik sohasining yaxshi rivojlanganidir. Turk xoqonligi
O‘rta Osiyo hududini egallaganidan so‘ng sug‘dliklar o‘z mulklarini Turk
xoqonligiga qaram bo‘lsalarda o‘zlari boshqardilar va xoqonlikning tarixida
muhim o‘rin egallab, ushbu davlatning muhim iqtisodiy markazlaridan biriga
aylandilar.