ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Somoniylar davrida Buxoro shahri tarixiy topografiyasi

Umarov Baxtishod Baxridin o‘g‘li

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SOMONIYLAR DAVRIDA BUXORO SHAHRI TARIXIY
TOPOGRAFIYASI
Umarov Baxtishod Baxridin o‘g‘li
Buxoro davlat universiteti
https://orcid.org/0000-0002-0501-3789
b.b.umarov2019@buxdu.uz

Annotatsiya. Maqolada Somoniylar davrida Buxoro shahrining topografik
tuzilishi va uning tipologiyasida asosiy o‘rin egallagan shahriston, rabad, registon
hamda mozorlarning joylashuvi va funksional ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi.
Shuningdek, shahar markazida joylashgan Ark va Registon maydonining siyosiy
hamda ma’muriy ahamiyati, shuningdek, shahriston va rabad hududlaridagi
ko‘chalar tarmog‘i orqali Buxoroning ichki shaharsozlik tuzilishi va Somoniylar
davriga xos rejalashtirish an’analari yoritiladi.

Kalit so‘zlar: Buxoro, Somoniylar, topografiya, shahriston, rabad, registon,
mozor, ko‘chalar, Jo‘yi Mo‘liyon, arxeologiya va hokazo.

Annotation. The article provides a scholarly analysis of the topographic
structure of Bukhara during the Samanid period, focusing on the shahristan, rabad,
registan, and cemeteries, which occupied a central place in the city’s typology. It
also examines the layout of streets and the location of cemeteries within the
shahristan and rabad, revealing their significance in the urban structure, as well as
in the city’s religious and social life.

Keywords: Bukhara, Samanids, topography, shahristan, rabad, registan,
cemetery, streets, Joi Muliyon, archaeology, etc.

Аннотация. В статье проводится научный анализ топографической
структуры Бухары в эпоху Саманидов, где центральное место в типологии
города занимали шахристан, рабад, регистан и кладбища. Также
рассматривается планировка улиц и расположение кладбищ в пределах
шахристона и рабада, что позволяет выявить их роль во внутренней
структуре города, а также в религиозной и социальной жизни.

Ключевые слова: Бухара, Саманиды, топография, шахристан, рабад,
регистан, кладбище, улицы, Джуйи Мулиён, археология и др.

Buxoro IX–X asrlarda Somoniylar (261–389/874–999) poytaxti sifatida
Movarounnahrning siyosiy, diniy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylandi.
Somoniylar sulolasining hukmdorlari siyosiy boshqaruvda tajribali va nisbatan
samarali davlat siyosatini yuritgan bo‘lib, markazlashgan boshqaruv tizimini
mustahkamlash hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga intilganlar. Sulola
davrida savdo-sotiq munosabatlari kengayib, xalqaro iqtisodiy aloqalar rivoj
topgan. Buni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya hududlarida topilgan minglab
somoniylar tangalari ushbu davr savdo tarmog‘ining keng geografik qamrovga ega
bo‘lganini tasdiqlaydi. Buxoro esa shaharsozlik, savdo va hunarmandchilikning
yuksalgan markaziga, hamda ilm-fan, adabiyot va me’morchilik rivojining muhim
o‘chog‘iga aylandi.

Xalifa Ma’mun (Abul Abbos Abdulloh ibn Horun ar-Rashid, 786–833)
davridan boshlangan ilmiy yuksalish, somoniylar hukmronligi davrida yanada
yuqoriga ko‘tarildi. Musulmon klassik geografiya maktabining asoschilaridan biri

hisoblangan Abu Zayd al-Balxiy(850–934) ham somoniylar tasarrufidagi Balx
shahridan yetishib chiqqan. Abu Zayd al-Balxiy tomonidan 920–922-yillar
oralig‘ida yaratilgan “Suvar al-aqolim” (“Iqlimlar suratlari”) asari o‘z davrining
eng muhim geografik manbalaridan biri hisoblanadi. Garchi asarning asl nusxasi
bizgacha to‘liq yetib kelmagan bo‘lsa-da, unda keltirilgan ma’lumotlar keyingi
davr geograflari asarlarida saqlanib qolgan. Xususan, Al-Balxiy geografik
maktabining yirik vakillari va davomchilari Abu Abdulloh al-Jayhoniy (IX asr
oxiri–X asr birinchi yarmi), Istaxriy (vafoti 951-yildan keyin), Ibn Havqal (vafoti
988-yildan keyin) hamda al-Muqaddasiy (X asr) kabi olimlarning asarlarida bu
ma’lumotlar keng qo‘llanilgan. Ularning izlanishlari Buxoroning tarixiy
geografiyasini o‘rganishda muhim ilmiy manba sifatida alohida ahamiyat kasb
etadi.

Shuningdek, Buxoro tarixi va topografiyasiga oid asosiy manbalardan biri
buxorolik mahalliy tarixchi Abu Bakr an-Narshaxiy (vafoti 959-yil)ning “Tarixi
Buxoro” asaridir. Asar 943-944-yillarda taxtga o‘tirgan somoniy hukmdor Abu
Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943–954)ga
bag‘ishlagan[Narshaxiy 1993: 13]. Asarda keyingi davr voqealari ham yoritilgan
bo‘lib, tarixiy manbalarda ushbu asar arab tilida Abu Bakr an-Narshaxiyning
Mansur ismli o‘g‘li, shuningdek, keyinchalik uning avlodlari tomonidan amir
Mansur ibn Nuh (997–999) hukmronlik davrigacha davom ettirilganligi qayd
etiladi[Sh. Kamoliddin 1997: 112]. XII asrda asar fors tiliga tarjima qilinadi. Bu
esa asarning somoniylar davriga oid tarixiy-geografik ma’lumotlarni to‘liq qamrab
olganligini ko‘rsatadi.

Buxoro toponimi “ibodatxona”, “butlar saqlanadigan joy” ma’nosini
bildirib[Bartold 1965: 378], dastavval umumiy vohani anglatgan. Shahar esa, xitoy
manbalarida Nyumi[Bichurin 1950: 311], arab manbalarida Numijkat, Bumijkat
nomlari bilan tilga olingan[Al-Muqaddasiy 1877: 280-282]. VII asr 60-yillarida
buxorxudotlar o‘z qarorgohini Arkka ko‘chirishi bilan Buxoro toponimi(Numijkat
o‘rniga) bevosita shahar nomi sifatida ishlatila boshlagan[Torgoev 2023: 11].

Shahar maydoni ilk oʻrta asrlarda 21 gektar, arablar istilosi davrida 30–35
gektarni tashkil etgan [Shishkin 1936: 11]. Bu davrda Samarqand 65 gektar
[Buryakov 1982: 132], Hims (qadimiy Emessa, Suriya shimolidagi shahar) 120
gektar, Quddus 80 gektar, Gʻazo 90 gektar, Damashq 105 gektar maydonga ega
boʻlgan [Bolshakov 1984: 107–108]. Bu Buxoroning Xalifalikning boshqa
shaharlariga nisbatan ancha kichikligini koʻrsatadi.

Shaharning urbanistik taraqqiyoti somoniylar davrida yuqori choʻqqiga
koʻtarilgan. O.G. Bolshakovning taʼkidlashicha, shahar maydoni bu davrda 400
gektardan oshgan [Belinitskiy, Bentovich, Bolshakov 1973: 247]. Taqqoslash
uchun: X–XI asrlarda Qurtuba 96 gektar, Qohira 173 gektar, Seviliya 345 gektar,
Xatra 320 gektar [Voronina 1991: 101–111]; XIII–XIV asrlarda Boloniya 420
gektar, Milan 234 gektar, Piza 115 gektar [Belinitskiy, Bentovich, Bolshakov
1973: 256]; London 290 gektar, Parij 400 gektar maydonni egallagan [Gorod v
srednevekovoy sivilizatsii…, 1999: 154]. Shunday qilib, Buxoro somoniylar
davrida nafaqat Xalifalikdagi, balki dunyodagi eng yirik shaharlar qatoriga kirgan.

Istaxriy va Ibn Havqal bu davrda Xuroson va Movarounnarhda
Buxorodagidek binolari zich joylashgan va hududiga nisbatan aholisi ko‘p shahar
yo‘qligini qayd etadi[Istaxriy 2019: 133; Ibn Havqal 2011: 41]. Shaharning
poytaxtlik maqomiga ko‘tarilishi, somoniy hukmdorlar va elita qatlamning
bunyodkorlik ishlariga xayrixohligi ushbu jarayonning jadallashuvida muhim omil
bo‘lib xizmat qilgan.

Somoniylar davrida Buxoro boshqa o‘rta asr shaharlari singari uch qismdan
iborat bo‘lgan: kuhandiz, shahriston va rabad. Kuhandiz (arabcha qal’a, hisor)
hukmdor qarorgohi joylashgan qism bo‘lib, 3-4 gektar maydonni
egallagan[Andreyev, Chexovich 1972: 17; Nekrasova 1990: 17]. G‘arbiy
“Darvozayi Registon” va sharqiy “Darvozayi G‘uriyon”(Go‘riyon) deb nomlangan
ikki darvozasi bo‘lib[Narshaxiy 2011: 25], ularni o‘zaro bog‘lovchi yo‘l (ko‘cha)
kuhandizni ikki qismga ajratib turgan. Yuqorida tilga olingan darvozalar
manbalarda turli nomlar bilan tilga olinadi. Ibn Havqalda “ar-Registon” va “Bob
al-Jome”[Ibn Havqal 2021: 32], Muqaddasiyda “Bob as-Sahl” va “Bob al-Jome”
nomlari bilan tilga olingan[al-Muqaddasiy 1877: 280]. Hukmdor qarorgohida
xazina, qo‘riqchilik xizmati bilan birga qamoqxona ham joylashgan[Mirxond
1832: 22; Ibn Havqal 2011: 41].

Somoniylar davri ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida alohida o‘ringa ega
bo‘lgan hududlardan biri bu shahriston hisoblanadi. Shahriston kuhandizdan
sharqda ya’ni “Darvozayi G‘uriyon”dan chiqish tomonda joylashgan. 5-6 metr
tepalik ustida joylashgan shahriston baland devor bilan o‘rab olingan[Rempel
1962: 213]. Uning maydoni somoniylar davrida 30-35 gektarni tashkil qilib, yetti
darvozadan iborat bo‘lgan[Narshaxiy 1993: 51]. Darvoza nomlari: Bozor(Bob al-
Madina), Bani Sa’d(Bobu Bani Sa’d), Bani Asad(Bobu Bani Asad), Kuhandiz(Bob
al-Kuhandiz), Haqroh(Bob Xufra), Temir darvoza(Bob al-Hadid) va Nav (Bob an-
Nur)[Narshaxiy 1993: 51–55; Ibn Havqal 2011: 41; Istaxriy 2019: 146].
Shuningdek, Istaxriy ushbu darvozalarni temirdan bo‘lganligini yozib
qoldirgan[Istaxriy 2019: 146]. Arxeologik materiallar va zamonaviy ilmiy
izlanishlar ushbu darvozalarni o‘zaro bog‘lab turgan devor uzunligi 2–2,5 km
masofaga cho‘zilganligini ko‘rsatadi. Shahristonda oqar suvlar bo‘lmagan, shu
sababli daryo suvlari tortib kelingan.

VIII-IX asrlarda bu hududda savdogar va hunarmandlar guzarlari,
karvonsaroy va turar-joylar bo‘lgan[Muhammadjonov 1984: 43]. Ammo
binolarning aksariyati yog‘ochdan bunyod etilgan etilganligi bois X asrda yuz
bergan bir necha yong‘inlar undagi hayotning izdan chiqishiga olib kelgan.
Shunday bo‘lsa-da, shahriston o‘zining geometrik tuzilishini saqlab
qolgan[Xmelnitskiy 1996: 26]. Bu davrda shahriston kvadrat shaklda, tomonlari
taxminan, 575-600 metrni tashkil qilgan[Belinitskiy, Bentovich, Bolshakov 1973:
233]. Shahriston va Kuhandiz orasida o‘sha davrning mashhur “Bayt ut-Tiroz”
korxonasi va Jom’e masjidi joylashgan.

Somoniylar davrida rabad shaharning asosiy savdo va hunarmandchilik
markazi sifatida shakllanib, o‘rta asr musulmon shahrining tipik tuzilma va
funksional xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan. Shahar 849-850-yillarda devor
bilan o‘rab olingan va uning 11 ta darvozasi bo‘lgan[Narshaxiy 1993: 37;

Umnyakov 1922: 152]. Shahriston ushbu devor orasidagi hudud rabadni tashkil
qilgan. Rabad darvozalari soni Istaxriy va Ibn Havqalda 11 ta[Istaxriy 2019: 147;
Ibn Havqal 2011: 41], al-Muqaddasiyda 10 ta[al-Muqaddasiy 1877: 280-281], Abu
Abdulloh Jayhoniyda 13 deb keltiriladi[Jayhoniy 1989: 184]. Rabadning bozor va
shahristonga boradigan ko‘chalarga (yo‘llar) toshlar yotqizilgan[Lavrov 1950: 70].
Savdogarlar rastalari va hunarmandlar ustaxonalari rabadda joylashgan.

Shahar tarixiy-topografik tuzilmasida muhim o‘rin tutgan yana bir hudud
Registon maydonidir. “Registon” atamasi toponimik jihatdan “qumli joy” yoki
“qumli tekislik” ma’nolarini anglatadi. Mazkur atama O‘rta Osiyo shaharsozlik
an’analarida markaziy maydonni, ya’ni siyosiy, ma’muriy va diniy hayotning
asosiy maskanini ifodalash uchun qo‘llanilgan.

Buxoro Registoni Kuhandizning g‘arbiy qismidan, ya’ni Registon
darvozasidan Ma’bad darvozasigacha bo‘lgan hududni qamrab olgan [Narshaxiy,
1993: 30]. Tadqiqotlarda keltirilishicha, Registon hududida qadimda chuqurlik
bo‘lib, u yerda qamishlar o‘sadigan ko‘l bo‘lgan[Andreyev, Chexovich 1972: 86].
Maydonning shimoliy qismida musallo(namozgoh) joylashgan bo‘lib, islomiy
bayramlarda bu yerda jamoat namozlari o‘qilgan. Janubiy qismida esa, arablar
davrigacha bo‘lgan davrlardanoq turli yig‘ilishlar o‘tkazilgan, muhim qarorlar
muhokama qilingan, shuningdek, ko‘plab qasr va ko‘shklar joylashgan.
Registonning ushbu janubiy qismi Buxoro shahrining bosh maydoni sifatida tarixiy
va an’anaviy jihatdan Xuroson markazi – Marv shahri bilan uzviy tarzda bog‘liq
bo‘lgan [Filimonov, 1986: 13].

XX asr boshlarida Registon nisbatan tor va kichik maydonni, taxminan 0.25
gektar (25 sotix)ni egallagan[S.Ayniddin 1960: 294]. Ammo vaqf hujjatlariga
ko‘ra somoniylar davrida Registon maydoni ancha kengroq bo‘lgan[Saidjonov
2005: 22]. Nasr II ibn Ahmad hukmronligi davrida bu hududda yangi hukmdor
saroyi barpo etilib, uning qarshisida amaldorlar uchun alohida binolar
qurilgan[Narshaxiy 1993: 31]. Bu binolar go‘zalligi va hashamati o‘sha davr
manbalarida bir necha o‘rinda tilga olingan.

Somoniylar davrida shahriston va rabadda mavjud ko‘cha nomlarining
ayrimlari bizgacha saqlab qolingan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: Rindon, Kox
(Vazir ibn Ayyub ibn Hasson ko‘chasi), Mug‘lar, Dehqonlar, al-A’lo, Qizlar
(Bekor, Bakor), Bu Lays, Chahorgumbaz.

IX–X asrlar tarixiy-geografik manzarasida qabristonlar ham muhim o‘rin
egallagan bo‘lib, bu holat umumiy xususiyat sifatida Buxoro shahrida namoyon
bo‘ladi. Manbalarda Buxorodagi eng qadimiy va dastlabki (islomiy) mozor sifatida
Abu Hafs Kabir Buxoriy dafn etilgan qabriston (Xoja tepaligidagi) tilga
olinadi[Tarixi mullazoda 2019: 72]. IX asr o‘rtalarida ushbu mozor shaharning
rabad qismida bo‘lgan.

Somoniylar sulolasiga mansub hukmdorlarning dafn etilgan mozori shahar
rabodining g‘arbiy qismida, Chorgumbaz (Chahorgumbaz) ko‘chasida joylashgan.
Arxeologik tadqiqot natijalari ushbu hududda bizga ma’lum bo‘lgan Somoniylar
maqbarasidan tashqari, maqbaraning shimoli-g‘arbiy qismida yana bir necha
somoniy hukmdorlar uchun qurilgan dahmalar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi
[Mirzaahmedov 1984: 221–237]. Maqbara qurilgan davr taxminan IX asrning oxiri

– X asrning boshlariga ya’ni Ismoil Somoniy davriga to‘g‘ri keladi. Ammo,
inshootning hozirgi kirish qismi yuqorisida “Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil” epigrafik
yozuvi aniqlangan.[Denike 1939: 8; Bulatov 1976: 13]. Bu maqbarada kamida bir
nechta somoniy hukmdor dafn qilinganligiga ishora bo‘la oladi.

Yuqoridagi mozorlardan tashqari somoniylar davrida shaharning shahriston
va rabadida So‘fiyon Savriy(shahristonning shimoli-sharqida), Xoja Chorshanbe,
Turki Jandi, Xoja Sesaron, Xoja G‘unjor, Xoja Ka’bon kabi qabristonlar
bo‘lgan[Shishkin 1936: 18-19; Tarixi mullazoda 2019: 131–157]. Mozor shahar
topografik tuzilmasida muhim o‘rin egallagan bo‘lib, uning shahar devorlari
tashqarisida joylashgani ma’lum darajada tabiiy chegara vazifasini bajargan.
Bunday joylashuv qadimgi shaharsozlik an’analariga xos bo‘lib, u nafaqat dafn
marosimlari uchun ajratilgan maxsus hudud sifatida, balki shaharning tashqi
chegaralarini belgilovchi topografik element sifatida ham ahamiyat kasb etgan.

Jo‘yi Mo‘liyon ham bu davr uchun muhim manzilgoh, chorbog‘ hisoblanib,
X asr somoniy hukmdorlar tomonidan keng bunyodkorlik markaziga aylangan
hudud hisoblangan. Arxeologik tadqiqotlar mazkur manzilgohning shahar
rabadining shimoli-g‘arbiy qismida joylashganini ko‘rsatadi[Adilov 2020: 85–96;
Stark 2022: 231]. Narshaxiy Jo‘yi Mo‘liyonda hokimiyatga chiqqan somoniy
hukmdorlar tomonidan ko‘shk va bog‘lar bunyod etilganligi qayd etadi[Narshaxiy
1993: 32]. Mazkur manzilgohda somoniylar hukmdorlari tomonidan keng ko‘lamli
qurilish va obodonlashtirish ishlarining amalga oshirilgani ushbu sulola
vakillarining shaharni kengaytirish va rivojlantirish hamda madaniy muhitni
yuksaltirishga bo‘lgan e’tiborini yaqqol namoyon etadi.

Xulosa qilib aytganda, somoniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro
shahri o‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va me’moriy taraqqiyoti jihatidan
yuksak pog‘onaga ko‘tarildi. Arxeologik va yozma manbalar tahlili shahar
hududining IX–X asrlarda sezilarli darajada kengayganini, uning kuhandiz,
shahriston, rabad va registon qismlarining aniq topografik tizim asosida
shakllanganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, shahar topografiyasining tarkibiy qismi
bo‘lgan irrigatsiya tizimi, kanallar va ariqlar tarmog‘i bu maqolada maxsus tahlil
obyekti sifatida ko‘rib chiqilmagan. Sababi, mazkur masala alohida, keng ko‘lamli
va chuqur ilmiy tadqiqotni talab etuvchi yo‘nalish bo‘lib, uni Buxoroning suv
ta’minoti va shaharsozlik infratuzilmasi tarixiga bag‘ishlangan mustaqil izlanishlar
doirasida o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар Наршахий. Бухоро тарихи. –
Тошкент: Шарқ баёзи, 1993.
2. Абу Бакр Мухаммад ибн Джа‘фар ан-Наршахи. Та’рих-и Бухара.
История Бухары / Перевод, комментарии и примечания Ш.С. Камолиддина,
археолого-топографический комментарий Е.Г. Некрасовой. – Ташкент: SMI-
ASIA, 2011.
3. Айний С. Воспоминания. – Москва–Ленинград: Академия наук СССР,
1960.
4. Андреев М.С., Чехович О.Д. Арк (Кремль) Бухары в конце XIX –
начале XX вв. – Душанбе: Дониш, 1972.

5. Бартольд В.В. Работы по исторической географии // *Сочинения в 9-ти
томах*. – Т. III. – Москва: Наука, 1965.
6. Беленицкий А.М., Бентович И.Б., Большаков О.Г. Средневековый город
Средней Азии. – Ленинград: Наука, 1973.
7. Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней
Азии в Древние времена. – Т. II. – Москва–Ленинград: Изд-во АН СССР,
1950.
8. Булатов М.С. Мавзолей Саманидов – жемчужина архитектуры Средней
Азии. – Ташкент: Изд. литературы и искусства имени Г. Гуляма, 1976.
9. Город в средневековой цивилизации Западной Европы. – Т. 1: Феномен
средневекового урбанизма / Отв. ред. А.А. Сванидзе. – М.: Наука, 1999. – 390
с.
10. Денике Б.П. Архитектурный орнамент Средней Азии. – Москва–
Ленинград: Издательство Всесоюзной Академии архитектуры, 1939.
11. Ибн Ҳавқал. Сурат ал-ард. Ернинг сурати / Араб тилидан таржима ва
изоҳлар муаллифи Ш.С. Камолиддин. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий
Энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2011.
12. Истахрий. Китоб ал-масолик вал-мамолик / Араб тилидан таржима,
изоҳ ва кўрсаткичлар муаллифи Р.Т. Худайберганов. – Тошкент: Фан, 2019.
13. Камолиддин Ш. К биографии Наршахи // Общественные науки в
Узбекистане. – 1997. – № 9-10-11.
14. Лавров В.А. Градостроительная культура Средней Азии: (С древних
времен до второй половины XIX века). – Москва: Госстройиздат, 1950.
15. Мирзаахмедов Д.К. К изучению исторической топографии Бухары
района мавзолея Саманидов // ИМКУ. – Вып. 19. – Ташкент, 1984.
16. Муин ул-фуқаро, Аҳмад ибн Маҳмуд. Тарихи Муллозода дар зикри
мазороти Бухоро / Форс тилидан таржима, муқаддима, тадқиқ, изоҳлар,
иловалар муаллифи ва нашрга тайёрловчи: Комилжон Раҳимов. – Тошкент:
Фан, 2019.
17. Мухамеджанов А. Результаты археологических исследований на
территории города Бухары // Общественные науки в Узбекистане. – 1984. –
№ 1.
18. Некрасова Е.Г. К истории сложения стен Арка г. Бухары // Из истории
культурного наследия Бухары. – Ташкент, 1990.
19. Ремпель Л.И. Из истории градостроительства на Востоке (материалы
по планировке старой Бухары) // Искусство зодчих Узбекистана. – Ташкент:
Изд. Академии наук Узбекской ССР, 1962.
20. Саиджонов М. Бухоро шаҳри ва унинг эски бинолари / Таржима,
сўзбоши, шарҳлар муаллифи Ҳ. Тўраев. – Тошкент: Марказий Осиёни тадқиқ
қилиш Француз институти (Document de travail de L’IFEAC, №16), 2005.
21. Торгоев А.И., Мирзаахмедов Д.К., Курбанов Б.Г. Художественный
металл Бухары и Бухарского оазиса VIII–XIV вв. – Самарканд: МИЦАИ,
2023.

22. Умняков И.И. К вопросу об исторической топографии средневековой
Бухары // Сборник Туркестанского Восточного института в честь проф. Э.А.
Шмидта. – Ташкент, 1923.
23. Филимонов В.М. Регистан-Майдан-Древнейший градообразующий
элемент Бухары // Архитектура и строительство Узбекистана. – 1986. – № 6.
24. Хмельницкий С. Между Саманидами и Монголами. Архитектура
Средней Азии XI –начало XII вв. – Ч. I. – Берлин–Рига: Gamajun, 1996.
25. Шишкин В.А. Архитектурные памятники Бухары. – Ташкент: Изд.
Комитета наук УзССР, 1936.
26. Адылов Ш.Т. Легендарный Джуй-и Мулиён (вопросы топонимии и
локализации) // Согдийский сборник. – Вып. 7 / Отв. ред. Ш.С. Камолиддин.
– Saarbrücken: LAP, 2020.
27. al-Moqaddasi, Abu ‘Abdallah Mohammad ibn Ahmad
Shamsaddin. Descriptio Imperii moslemici / Ed. M.J. de Goeje. – Lugduni-
Batavorum: E.J.Brill, 1877. – (BGA, pars 3).
28. Historie des Samanides par Mirkhond. Texte persan, traduit et accompagne
de notes criticis, historiques et geographiques par M.Defremery. – Paris, 1832.
29. Stark, S. The New Garden of the Amir: Samanid Land development at the
Fringes of the Bukhara Oasis // The History and Culture of Iran and Central Asia:
from the pre-Islamic to the Islamic period. – Notre Dame: University of Notre
Dame Press, 2022.

QORAXONIYLAR DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOEGRAFIYASI

THE FIRST UZBEK RENAISSANCE: SCIENTIFIC, LITERARY, AND

PHILOSOPHICAL ACHIEVEMENTS UNDER THE KARAKHANIDS

Author: Derya Soysal, Historian, Expert on Central Asia, Université libre de

Bruxelles, Belgium, EUReporter, Brussels, darya@eureporter.ie

Abstract:
Uzbekistan has been a land of intellectual and cultural renaissance since the 9th
century, beginning with the Karakhanid era. This article explores the First
Renaissance in Uzbekistan, highlighting the achievements of scholars,
philosophers, poets, and scientists. Centers such as Samarkand, Bukhara, and
Khiva became hubs of learning, promoting scientific, philosophical, and literary
development. The article also examines the contributions of leading figures
including Ahmad al-Farghani, Muhammad ibn Musa al-Khwarizmi, al-Farabi, Ibn
Sina, al-Biruni, and Yusuf Khass Hajib. Their work laid the foundation for
scientific and moral thought in the region and influenced both the Islamic and
European intellectual traditions.
Keywords: Uzbekistan, Karakhanids, First Renaissance, al-Farghani, al-
Khwarizmi, Kutadgu Bilig, philosophy, science, literature, Central Asia
Annotatsiya:
O‘zbekiston 9-asrdan boshlab, ayniqsa Qoraxoniylar davridan, intellektual va
madaniy uyg‘onishlar beshigi bo‘lib kelgan. Ushbu maqola O‘zbekistondagi
Birinchi Uyg‘onish davrini yoritib, olimlar, faylasuflar, shoirlar hamda ilm-fani
rivojiga hissa qo‘shgan buyuk shaxslarning yutuqlarini tahlil qiladi. Samarqand,
Buxoro va Xiva kabi markazlar ilm-ma’rifat o‘choqlariga aylanib, ilmiy, falsafiy
va adabiy taraqqiyotni rag‘batlantirgan. Shuningdek, maqolada Ahmad al-
Farg‘oniy, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, al-Forobiy, Ibn Sino, al-Beruniy va
Yusuf Xos Hojib kabi yetakchi allomalarning merosi ko‘rib chiqiladi. Ularning
ilmiy-axloqiy qarashlari mintaqadagi ilmiy va ma’naviy tafakkur poydevorini
mustahkamlab, islom olami va Yevropa intellektual an’analariga ham sezilarli
ta’sir o‘tkazgan.
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Qoraxoniylar, Birinchi Uyg‘onish, al-Farg‘oniy, al-
Xorazmiy, Kutadg‘u Bilig, falsafa, ilm-fan, adabiyot, Markaziy Osiyo
Аннотация:
Uzbekistan является колыбелью интеллектуального и культурного
возрождения с IX века, особенно начиная с эпохи Karakhanids. В данной
статье рассматривается First Renaissance in Uzbekistan с анализом научных,
литературных и философских достижений великих учёных, философов и
поэтов региона. Такие центры, как Samarkand, Bukhara и Khiva, стали