V-VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh Eftaliylar
hukmronligi, gohida eron Sosoniylari hukmronligi ostida bo`ldi. VII asrdan
boshlab Termizni Termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab
istilochilari zabt etdilar. IX -XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida
ma`muriy, savdo, hunarmandchilik va ilm-ma`rifat markaziga aylandi. Bu davrda
shaharni o`rab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9 ta
darvozasi bo`lgan. Shu davrda O’rta Osiyoda dunyoga mashhur bo`lgan shoirlar,
allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar yetishib chiqdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Tоlstоv S.P. Drеvniy Хоrеzm. -M. Nauka, 1948.
2. Tоlstоv S.P. Pо drеvnim dеltam Оksa i Yaksarta.- M.,Nauka, 1962.
3. G’ulоmоv YA.G’. Хоrazmning sug’оrilish tariхi. –Toshkent: Fan, 1959.
4. Bеrnshtam A.N. Istоrikо-arхеоlоgichеskiе оchеrki T.Sеntralnоgо Tyan-Shnyan.
ABU BAKR NARSHAXIY “BUXORO TARIXI” ASARIDA SAMARQAND
TARIXIGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI
Gаnixоdjаyev Yаshnаr Аbbаsоvich
Oriental universiteti tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqola Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” nomli
asarida keltirilgan Samarqand shahri tarixiga oid ma’lumotlarni tizimli tahli
qilishga bag‘ishlangan. Asarning asosiy diqqat markazida Buxoro bo‘lishiga
qaramasdan, unda Samarqand haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ma’lumotlar
muhim tarixiy manba hisoblanadi. Maqolada ushbu ma’lumotlar quyidagi jihatlar
nuqtai nazaridan o‘rganilgan: diniy-afsonaviy tasvir (hadislar orqali), geografik
o‘rni va Buxoro bilan o‘zaro bog‘liqligi (ayniqsa, Zarafshon daryosi tizimi
kontekstida), arablarning birinchi bosqinlari davridagi vaziyat, Somoniylar davlati
tashkil topishi va undagi Samarqandning siyosiy-ma’muriy maqomi. Tadqiqot
shuni ko‘rsatadiki, Narshaxiy asarida Samarqand Buxoroning muhim raqobi,
ittifoqchisi va madaniy hamnafasi sifatida tasvirlanadi, bu esa o‘rta asr
Movarounnahrining ikkita yirik shahri o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni ochib
beradi.
Kalit so‘zlar: Narshaxiy, “Buxoro tarixi”, Samarqand, tarixiy geografiya, Ismoil
ibn Axmad, Said ibn Usmon, Rofe’ ibn Lays, Somoniylar davri, Movarounnahr,
Qusam ibn Abbos, Zarafshon daryosi.
АННОТАЦИЯ:Данная статья посвящена системному анализу сведений об
истории Самарканда, содержащихся в труде Абу Бакра Наршахи «История
Бухары». Несмотря на то, что основное внимание источника сосредоточено
на Бухаре, прямые и косвенные упоминания о Самарканде представляют
собой важный исторический источник. В статье эти сведения исследуются со
следующих аспектов: религиозно-легендарное описание (через хадисы),
географическое положение и взаимосвязь с Бухарой (особенно в контексте
системы реки Зарафшан), положение в период первых арабских завоеваний, а
также политико-административный статус Самарканда в период
формирования государства Саманидов. Исследование показывает, что в
труде Наршахи Самарканд изображается как важный соперник, союзник и
культурный аналог Бухары, что раскрывает глубокую взаимосвязь двух
крупнейших городов средневекового Мавераннахра.
Ключевые слова: Наршахи, “История Бухары”, Самарканд, историческая
география, Исмаил ибн Ахмад, Саид ибн Усман, Рафи ибн аль-Лейс, период
Саманидов, Мавераннахр, Кусам ибн Аббас, река Зарафшан.
ANNOTATION: This article is dedicated to a systematic analysis of the
information concerning the history of Samarkand found in Abu Bakr Narshakhi’s
work “History of Bukhara”. Although the primary focus of the source is Bukhara,
the direct and indirect references to Samarkand constitute an important historical
resource. The article examines this information from the following perspectives:
religious and legendary depictions (through hadiths), its geographical location and
interconnection with Bukhara (particularly within the context of the Zarafshan
river system), the situation during the early Arab invasions, and the politicaladministrative status of Samarkand during the formation of the Samanid state. The
research demonstrates that in Narshakhi’s work, Samarkand is portrayed as a
significant rival, ally, and cultural counterpart to Bukhara, revealing the deep
interdependence between the two major cities of medieval Transoxiana.
Keywords: Narshakhi, “History of Bukhara”, Samarkand, historical geography,
Isma’il ibn Ahmad, Sa’id ibn Usman, Rafi’ ibn al-Lays, Samanid period,
Transoxiana, Qusam ibn al-Abbas, Zarafshan River.
O‘zbek davlatchiligi tarixining ilk qadamlari bronza asrida aholining mulkiy
notengligiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida boshlangan. Ilk
temir asriga kelib bu munosabatlar kichik vohalardan. katta-katta daryolarning
vodiylarga yoyildi. Zarafshon, Sheroboddaryo, Surxondaryo, Qashqadaryolarning
ulkan vodiylari, Amudaryoning delta mintaqalari voha davlat uyushmalari uchun
makon bo‘ldi. Ularning ma’muriy-madaniy markazlari sifatida bir qator ilk shahar
markazlari vujudga keldi. Bular Kesh vohasida Uzunqir, Samarqand vohasida
Ko‘ktepa-Afrosiyob majmualari kabilar edi.
Darhaqiqat, mamlakatimizning muhim tarkibiy sarhadlarini tashkil qiluvchi
Zarafshon havzasi hududi ajdodlarimizning bir necha mingyilliklarga teng, boy
tarixga ega, asrlar osha ilm-fan va ma’rifat markazlari boʻlib, jahon uzra madaniyat
durdonalarini tarqatib kelgan yirik markazlar, shaharlar shakllangan. Shulardan biri
ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahridir. Samarqand insoniyat
sivilizatsiyasining qadimiy beshigi va markazlaridan biri, O‘zbekiston hududidagi
davlatchilik jarayonlarida muhim o‘rin tutgan.
Narshaxiyning Buxoro tarixiy geografiyasiga oid ma’lumotlarida Xuroson
shaharlarining hech biri Buxoro kabi ko‘p nomga ega emasligi ta’kidlanadi. Bir
hadisda Buxoro nomi Foxira bo‘lib, kelgan. Xoja imom, zohid, voiz Muhammad
ibn Ali Nujva bodiy rahmatli Salmoni Forsiydan bir hadis rivoyat qilgan
Salmonning aytishicha payg‘ambar, — xudo unga o‘z rahmat va salomini
yo‘llasin, — shunday degan: Jabroil — unga xudoning rahmatlari bo‘lsin —
aytganki, kun chiqish tomonda bir joy bor, uni Xuroson deydilar, uning uchta
shaharini qiyomat kuni yoqut va marjon bilan ziynatlab keltiradilar; ulardan nur
chiqib turadi; u shaharlarning tevaragida farishtalar ko‘p bo‘lib, ular tasbih, xamd
va takbir aytadilar, kelinni kuyov uyiga olib borgandek u shaharlarni e’zoz va
ikrom bilan mahshargohga olib keladilar. Bu shaharlarning har birida yetmish
mingdan bayroq, har bir bayroq tagida yetmish mingtadan shahid (yotgan) bo‘ladi
va har bir shahidning shafoati bilan forscha so‘zlovchi va xudoni bir deb biluvchi
yetmish ming kishi azobdan qutuladi. Qiyomat kuni u shaharlarning har tarafi:
o‘ng va so‘li, oldi va orqasi o‘n kunlik yo‘l bo‘lib, bularning hammasida shahidlar
turadi. Hazrat payg‘ambar, — xudo unga rahmat va salomini yo‘llasin, — Ey
Jabroil! U shaharlarning nomlarini menga ayt, deb so‘radi; Jabroil, — unga
xudoning salomi bo‘lsin, — shaharlarning birini arab tilida Qosimiy forschada,
Yashkard deydilar; ikkinchisini arabchada Samaron, forschada Samarqand
deydilar; uchinchisini arabchada Foxira, forschada Buxoro deydilar, — deb javob
berdi.
Yana bir o‘rnida, Samarqand shahri haqida Abul-Hasan Abdurahmon (ibn)
Muhammad an-Nishopuriy “Xazoin ul-ulum” kitobidagi ma’lumotga tayangan
holda Buxoroni joylashgan o‘rni botqoqlik bo‘lib, uning ba’zi yerlarini to‘qayzor,
daraxtzor va ko‘kalamzorlar tashkil etgan, ayrim joylari esa shunday bo‘lganki,
biron hayvon ham oyoq qo‘yishga joy topa olmaganligi, buning sababi esa qo‘shni
Samarqand tog‘laridagi qorlarni erib, oqib kelishi natijasida suv yig‘ilishi
oqibatidaligi takidlangan. Chunki Samarqand mintaqasi geografik jihatdan Buxoro
kabi past tekkislikdan emas, balki tog‘lik hamda baland adirliklardan iboratdir.
Sharqiy qismida joylashganligi Buxoro hududlariga Samarqanddan katta
miqdordagi qor va yomg‘ir suvlarini kelishini taminlagan. Shu xususda “Rudi
Mosaf” yoki “Mosaf daryosi”, bugungi Zarafshon daryosining mintaqadagi eng
yirik daryo ekanligi va ushbu daryoning ham Buxoro hududini katta miqdorda suv
bilan taminlashi ham ta’kidlab o‘tilgan. Aynan ushbu Zarafshon daryosining
doimiy toshqini ma’lum muddat o‘tganidan keyin to‘xtab, odamlarning kelib
o‘rnashishi oqibatida Buxoro shahrini obod bo‘lganligi aytib o‘tiladi.
Asarning XV bobida “Kampirak devor”i haqida muallif eslatadiki, ushbu
devorni qurilishi Samarqand shahrining andozasi asosida Abul Abbos Tusiyning
topshirig‘i bilan qishloqlari devorni ortida qoldirilib o‘ralgan.
Narshaxiy asarida Said ibn Usmon tomonidan Buxoro shahrini zabt etilganda
ushbu mintaqaga Muhammad payg‘ambarning jiyani Qusam ibn Abbosning ham
ushbu joyga kelganini ta’kidlab o‘tar ekan, uni Samarqand shahriga borib, uyerda
vafot etgan ekanligi haqida aytiladi. Ba’zi mualliflarning ma’lumotlarida esa,
Qusam ibn Abbosning vafoti Marv shahriga to‘gri kelishi ham eslatiladi. Chunki,
dastlab Said ibn Usmon Samarqandga yurish qilganda ushbu mintaqani zabt
etolmaganiga qaramay, 30 ming asir bilan qaytgandi. Manbashunos tarixchilarning
ma’lumotlariga qaraganda, Samarqanddan asir olingan 30 ming kishini keyinchalik
qul qilinganligi va ular tomonidan Said ibn Usmonga qarshi isyon ko‘tarilib qatl
etilgan edi.
Muallif asarning Somoniylar davlatini tashkil etilishi bobida, Rofe’ ibn Lays
Horun ar-Rashidga qarshi xuruj qilib Samarqandni olganda, Horun ar-Rashid
Harsama ibn A’yanini Rofe’ ibn Laysga qarshi urushga yubordi. Rofe’
Samarqandni hisor qildi va Harsama uni qo‘lga olishdan ojiz qoldi. Bu hodisa
sababli Ma’mun Horun ar-Rashid bilan birga Xurosonga kelgan va Horunning dili
shu ish bilan g‘oyat darajada mashg‘ul edi. Ma’mun Asadning o‘g‘illariga xat
yozib, ularga Rofe’ bilan urushda Harsamaga yordam berishni buyurdi. Asad
o‘g‘illarining da’vatiga ko‘ra Rofe’ Harsama bilan sulh tuzdi va ular o‘rtasida
quda-andalik vujudga kelib, Horun bu ishdan xotirjam bo‘ldi. Rofe’ning butkul
Xurosonni olib qo‘yish xavfi bor edi, (shuning uchun) bu sulhning tuzilishi
Ma’mun uchun juda yoqib tushdi. Alalxusus, Somonxudotning nabiralariga
Movarounnahrning ba’zi shaharlari inom etildi. Ushbu hududlar ichida Nuh ibn
Asadga berilgan Samarqand hududida keyinchalik uning avlodidan bo‘lgan Nasr
ibn Ahmad ibn Asad Somoniylar davlatiga asos solib ushbu shaharni davlat
poytaxtiga aylantirdi.
Somoniy hukmdorlardan Ismoil dastlab akasi davrida Buxoroni butunlay
muhofazaga olish topshirig‘i bilan dastlab Buxoroga hokim qilib yuborildi. Biroz
muddat o‘tib, Ismoil ibn Axmad o‘z o‘rniga birodarining o‘g‘li Abu Zakariyoning
tayinlab, Buxorodan Samarqand sari yo‘lga tushdi. Ushbu voqealarning hech bir
ruxsatsiz amalga oshirilishi hukmdor Nasrni biroz ranjitgani va uzoq muddat
Ismoil bilan hech qanday muloqot qilmagani ta’kidlanadi.
Narshaxiy asarida Somoniylar davrini “Buxoroning oltin davri” sifatida
tasvirlaydi va ularning Buxoro shahri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini alohida
ta’kidlar ekan, Samarqand shahrini ham ushbu davrni boshdan kechirganini
ta’kidlab o‘tilgan.
Narshaxiy “Buxoro tarixi” asarida Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng joy
ajratilmagan bo‘lsa-da, u Xuroson tarkibidagi muhim shahar sifatida, ayniqsa diniy
rivoyatlar va tarixiy hukmdorlik davrlari kontekstida tilga olinadi. Asarning asosiy
diqqati Buxoroga qaratilgan bo‘lib, Samarqand haqidagi ma’lumotlar ko‘pincha
uning bilan solishtirma yoki birgalikda keltiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. БУХОРО ТАРИХИ.
Форс тилидан А. РАСУЛЕВ таржимаси. Масъул муҳаррир А. ЎРИНБОЕВ.
2. Samarqand tarixi: 2 jildda / O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi; ed. I. M.
Mo'minov. - Toshkent: Fan, 1969. - V. 1: Qadim zamonlardan Buyuk Oktyabr
Sotsialistik inqilobigacha. - 484 b.
3. Samarqand tarixi: 2 jildda / O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi; ed. I. M.
Mo‘minov. - Toshkent: Fan, 1970. - J. 2: Buyuk Oktyabr Sotsialistik inqilobi
g'alabasidan to hozirgi kungacha. - 496 b.
МУҲАММАД ИБН НАЖИБ БАКРОН ВА УНИНГ АЛОУДДИН
МУҲАММАДГА БАҒИШЛАНГАН “ЖАҲОННОМА” АСАРИ
ТЎҒРИСИДА
Акобир Тоиров
Фанлар Академияси Тарих институти кичик илмий ходими
Akoshgreat@gmail.com