4. Ўзбекистон – Франция: Ҳамкорликнинг стратегик истиқболлари //
Халқ сўзи. 2018. 11 октябрь.
5. Француз олими билан учрашув. // Ўзбекистон овози. 2002. 25 май.
6. Ўзбекистон – Франция: узоқ муддатли ҳамкорликни янада
кенгайтириш ва мустаҳкамлаш йўлида // Халқ сўзи. 2018. 10 октябрь.
7. Самарқандга ўзгача меҳр қўйган француз ёзучиси // Халқ сўзи. 2018. 11
октябрь.
SHARQ VA G‘ARB ILMIY MULOQOTINING SHAKLLANISHIDA
O‘RTA ASR ALLOMALARINING O‘RNI
Ismatullayeva Zebo Shukurjonovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti,
“Tarix va ijtimoiy fanlar”kafedrasi katta o‘qituvchisi,
zeboismatullayeva1987@gmail.com
orcid: 0009-0008-2633-4603 (+998938040098)
Annotatsiya: Maqolada Sharq va G‘arb xalqlari o‘rtasida o‘zaro madaniy
sohalarda hamkorlik rivojlanib, juda uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi va
turli madaniyatlarni ta’sirida o‘ziga hos noyob sivilizatsiya paydo bo‘lganligi
haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga Sharq va G‘arb ilmiy muloqotining
shakllanishida, mintaqa xalqlarini o‘zaro yaqinlashtirishda, davlatlararo
munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda allomalar muxim rol o‘ynagan. Bu davrda Sharq
uyg‘onish davrining dunyo e’tirofidagi taniqli namoyondalari haqda turli ilmiy
manba va adabiyotlarga tayangan holda ilmiy xulosalarni berishga harakat
qilingan. Hozirda ham bunday ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat ko‘rsatib,
xalqimiz tarixi va uning jahon madaniyatiga qo‘shgan munosib hissasi atroflicha
o‘rganilib xulosalarni berishga harakat qilingan. Maqolada Milliy Arxiv
ma’lumotlaridan foydalangan holda tadqiq etib, ayrim masalalarda muallif o‘zining
mulohazalarini ham berib o‘tgan.
Kalit so‘zlar: Sharq va G‘arb xalqlari, O‘zbek davlatchiligi, Markaziy Osiyo,
Muso Xorazmiy, Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad
Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Motrudiy, Maxmud
Zamaxshariy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Baxoviddin Naqshbandiy, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek.
Abstract: The article discusses the development of cooperation between the
peoples of the East and the West in cultural spheres, the long path of development,
and the emergence of a unique civilization under the influence of different cultures.
At the same time, scientists played an important role in the formation of scientific
dialogue between the East and the West, in bringing the peoples of the region
closer together, and in establishing interstate relations. During this period, an
attempt was made to provide scientific conclusions about the world-renowned
figures of the Eastern Renaissance based on various scientific sources and
literature. Even now, such research centers are operating, and attempts are made to
comprehensively study the history of our people and their worthy contribution to
world culture and draw conclusions. The article uses the data of the National
Archive to conduct research, and the author also gives his own comments on some
issues.
Keywords: Eastern and Western peoples, Uzbek statehood, Central Asia, Musa
Khorezm, Imam Bukhari, Hakim Termizi, Abu Nasr Farabi, Ahmad Ferghani, Abu
Rayhan Beruni, Ibn Sina, Imam Matrudi, Mahmud Zamakhshari, Burkhaniddin
Marginoni, Bakhoviddin Naqshbandi, Alisher Navoi, Zahiriddin Muhammad
Babur, Mirzo Ulugbek.
Аннотatsiя: В статье рассматривается развитие сотрудничества народов
Востока и Запада в культурных сферах, долгий путь развития и становление
уникальной цивилизatsiи под влиянием разных культур. При этом ученые
сыграли важную роль в становлении научного диалога между Востоком и
Западом, в сближении народов региона и в налаживании
межгосударственных отношений. В этот период была предпринята попытка
на основе различных научных источников и литературы дать научные
выводы о всемирно известных деятелях Восточного Возрождения. Даже
сейчас действуют подобные исследовательские центры, и предпринимаются
попытки всесторонне изучить историю нашего народа и его достойный вклад
в мировую культуру и сделать выводы. В статье для проведения
исследования используются данные Нatsiонального архива, а также автор
дает собственные комментарии по некоторым вопросам.
Ключевые слова: Восточные и западные народы, узбекская
государственность, Средняя Азия, Муса Хорезм, Имам Бухари, Хаким
Термизи, Абу Наср Фараби, Ахмад Фергани, Абу Райхан Беруни, Ибн Сина,
Имам Матруди, Махмуд Замахшари, Бурханиддин Маргинони, Баховиддин
Накшбанди, Алишер Навои, Захириддин Мухаммад Бабур, Мирзо Улугбек.
Dunyoda tamaddun yaratgan xalqlar juda kam, olimlarning hisobiga ko‘ra
ularning soni 20 tadan ortiqroqni tashkil etadi. Ana shu xalqlar ichida qadimiy
Turkiston hududlarida yashab ijod etgan xalqlar ham borligi juda quvonchlidir.
Bizni ko‘hna shaharlar, madrasalar va boshqa madaniy markazlarimiz Buyuk ipak
yo‘li rivojlangan davrlardan buyon dunyo xalqlari madaniyatini boyitishga
munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Bu o‘lkada yashab, keng tarmoqli ilm
yo‘nalishlarida ijod qilgan mutafakkirlar ijodi, hayot faoliyatini tadqiq etishga
xorijiy mamlakatlarda azaldan qiziqish katta bo‘lgan. Jumladan, Markaziy Osiyo
xalqlarining tarixi, madaniyati va tilini o‘rganishga qiziqish Yevropa xalqlarida
ancha asrlar avval paydo bo‘lgan[1]. G‘arb madaniyatidan bir necha asr avval
paydo bo‘lgan, ta’kidlash lozim bo‘lsa, G‘arb uyg‘onish davri mutafakkirlari ibrat
olgan, o‘rgangan, ko‘hna Sharq madaniyati o‘zida juda katta ilmiy-adabiy
merosni jamlagan bo‘lib, bu esa yangidan - yangi ilmiy tadqiqotlarga manba
bo‘lib xizmat qilmoqda va bu borada umidli istiqbol yo‘llari ochilmoqda.
IX-XII asrlardaO‘rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarimizdan
Muso Al-Xorazmiy (783-850 yillar)ning “Hind hisobi haqida”, “Yahudiylarning
taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” asarlari, “Sharq Aristoteli” nomi
bilan mashhur Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar)ning “Arastuning “Metafizika”
asariga sharh”i hamda hozirga qadar dunyoning ko‘plab siyosatchilari uchun
noyob qo‘llanma bo‘lib kelayotgan “Fozil odamlar shahri” singari asarlari muhim
tarixiy manbalar sifatida bunga yaqqol misol bo‘la oladi[3]. Alisher Navoiy
asarlari, jumladan “Lison ut-tayr”[4], keyinchalik Yevropa, xususan Polsha
adabiyotshunoslari tomonidan ham o‘rganilgan. Bu holat Sharq ma’naviyatining
G‘arb ilmiy-madaniy makoniga kirib borishining yaqqol misolidir[5]. Shuningdek,
hozirda ham hind xalqi minnatdorlik bilan qayd etganiday: “bizning ko‘hna hind
tarixini Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar) o‘zining “Hindiston” asarini yozib
berish orqali, bizga yetkazdi”, - deya e’tirof etilishining o‘zi ham bizga yuksak
g‘urur bag‘ishlaydi.
Ushbu mutafakkirlarning asarlari o‘z davridayoq Yevropa tillariga tarjima
qilinib, oliy o‘quv yurtlarida darslik, qo‘llanama sifatida uzoq vaqt foydalanib
kelindi. Ular o‘zlarining sermahsul ijodlari bilan O‘rta Osiyo dovrug‘ini butun
dunyoga yoydilar va shu orqali jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib,
O‘rta Osiyo renessansining barq urishida salmoqli o‘rinni egalladilar. Mintaqada
yuzaga kelgan bunday tarixiy-madaniy jarayon keyinchalik Yevropada XIV-XVII
asrlarda shakllangan G‘arb renessansiga muhim zamin bo‘lib xizmat qildi[6].
Shu o‘rinda tabiiy ravishda savol tug‘iladi-ki, o‘sha tahlikali, ijtimoiysiyosiy jihatdan murakkab davrlarda ajdodlarimiz qanday qilib ilm - fanda bunday
yuqori natijalarga erishdilar? Masalan, kuzatadigan bo‘lsak, o‘z davridayoq Abu
Rayhon Beruniy qomusiy olim sifatida mashhuri zamon bo‘lganligiga, tibbiyot
fanining otasi Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) esa 13 ta muhim fan sohalarida,
ayniqsa tibbiyotda mukammal ijod qilganligiga amin bo‘lamiz. Ular bir qancha
horijiy tillarni qanday qilib o‘zlashtirganlar? Zero, tarixiy manbalarda Abu Nasr
Farobiyni 70 dan ortiq tillarni bilganligi haqidagi qaydlar bizga ma’lum. Ular
analitikaga, ya’ni qo‘yilayotgan masalaga tahliliy yondashuv asosida atroflicha
baho berish darajasiga qanday qilib erishganlar? Va yana, eng muhimi, ular bir
nechta fanlarni qay tarzda mukammal o‘zlashtirganlar? Chunki shu tufayli ham
ularning ko‘pchiligi qomusiy bilim sohiblari deya e’tirof etilganlar.
Masalan, manbalarda qayd etilishicha, Abu Nasr Forobiy yunon va rim
manbalarini mukammal o‘rganib, ularni sharhlashda unga teng keladigani
bo‘lmagan[7]. Hatto tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino ham Aristotelning
“Metafizika” asarini o‘qib, uning tub ma’nosini tushunishda qiynalib yurgan
vaqtlarda Forobiyning shu asarga bag‘ishlab yozgan sharhlarini topib o‘qibgina,
asar ma’nosini anglab yetgan. Abu Rayhon Beruniy esa uzoq vaqt G‘aznaviylar
(962-1186 yillar)ning Hindistondagi vakili sifatida faoliyat yuritgan davrda
hindlarning o‘lik tilga aylanib ketgan qadimiy tili - Sanskritni o‘rganishga erishib,
shu tilda yozilgan manbalarni o‘rganishga va keyinchalik jahonga mashhur
“Hindiston” asarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
Qolaversa, jahon hamjamiyatida o‘zining yutuq va muvaffaqiyatlari bilan
munosib o‘rin egallab, ayniqsa, ta’lim sohasida erishgan yutuqlari e’tirof
etilayotgan vatanimiz - O‘zbekistonga va uning madaniyatiga qiziqish kundankunga ortib bormoqda. Buning isbotini ko‘plab xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tilini
o‘rganishga e’tiborni ortayotganida, O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida
muntazam o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirlar orqali ham ko‘rish mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, O‘rta Osiyo tarixi, xalqimizning tili,
madaniyati, urf- odatlari Italiya sharqshunoslarini avvaldan qiziqtirib kelgan.
Italiya sharqshunoslik maktabi XVI asrdayoq shakllana boshlaganini yuqorida
eslatib o‘tgan edim. O‘sha zamonlarda Yevropada Sharqqa qiziqish g‘oyat
kuchaygan bir payt bo‘ldi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo o‘zining jug‘rofiy o‘rniga
ko‘ra, ham Sharq bilan G‘arb, Shimol bilan Janub o‘rtasida ilg‘or g‘oyalar
targ‘ibotchisi vazifasini o‘tab kelgan.
Jahonda yildan – yilga O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga qiziqish ortib
bormoqda. Va ayniqsa, bu sohada Yevropalik tadqiqotchilar yetakchilik
qilmoqdalar. To‘g‘ri, bu qiziqish oldin ham bo‘lgan, jumladan, Amir Temur
davrida bevosita diplomatik aloqalarni o‘rnatgan davlatlar: Angliya, Fransiya,
Ispaniya bo‘lsada, ammo Amir Temur va Temuriylar davriga o‘rganish, tadqiq
etish Italiyadan boshlanganligini tarixiy manbalar tasdiqlaydi[8]. Jumladan, Amir
Temur haqidagi ilk tarixiy asar ham muallif Perondinoning “Skifiyalik
Tamerlanning ulug‘vorligi” nomi bilan Italiyaning Florensiya shahrida 1553 yili
bosilib chiqdi. Bu Yevropa olimlarining Amir Temur haqidagi birinchi ilmiy
tadqiqoti edi. Keyinchlik Temurga shaxsiga qiziqish qo‘shni davlatlar Fransiya va
Ispaniyada ham boshlanib, ko‘plab asarlar yaratiladi. Demak, bundan ikki ming
yil muqaddam boshlangan hamkorlik aloqalari, muntazam davom etganligi,
Temuriylar davriga oid ham Italiyada ilmiy tadqiqotlar qariyb besh asrdan buyon
davom etayotganligi quvonarli holatdir.
Madaniy aloqalarda muzeylarning ham o‘rni alohida bo‘lib, bu yo‘nalishda
ayniqsa Fransiya bilan aloqalar ayniqsa diqqatga sazovordir. Huddi shunday
madaniy muloqot 2018 yil 9 oktyabrda O‘zbekiston Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida Luvr muzeyida davom etdi.
Muzey eksponatlari 6 ta kolleksiyaga ajratilgan. Faqat Sharq kolleksiyasining o‘zi
24 ta zalni egallagan. U yerda bizning mamlakatimiz tarixiga oid minglab ashyoviy
eksponatlar bor. Jumladan, Amir Temurning Karl VI yozgan maktubi, Axmad
Yassaviy maqbarasi uchun Sohibqiron tomonidan yasattirilgan shamdon, qadimiy
qurol aslahalar, bitiklar va boshqa asori atiqalar buyuk o‘tmishdan dalolat beradi.
Eng e’tiborli jihat shuki aynan shu muzeyda 2022 yilda O‘zbekiston tarixi va
madaniyatiga bag‘ishlangan katta ko‘rgazma tashkil etildi. Ushbu tadbirlar,
targ‘ibotlar dunyo hamjamiyatida O‘zbekiston imidjini mustahkamlashga xizmat
qiladi. Shu bilan birga ushbu muzeyda bizni tariximizga tegishli manbalarni
ko‘pligini hisobga olsak, ushbu aloqalar naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini
anglashga imkon beradi.
2025 yil holatiga taxlil etadigan bo‘lsak, Buyuk Britaniyada ham sharq
manbalarini o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda. Birgina, Oksford universitetini
o‘zida bir nechta bizni tariximizga tegishli noyob manbalar jumladan, Mirzo
Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy” (XV asr) asari nusxalari, Alisher Navoiyning
“Xamsa”si (XV asr), Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”si (XV asr)[9],
Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa shu kabi nodir kitoblar saqlanadi.
Yana muhim voqealik shuki, 2025 yil oktyabr oyidan Oksford universitetining
“Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakulteti o‘zbek va qadimgi o‘zbek
(chig‘atoy) tillarini o‘rganishni nazarda tutuvchi o‘quv dasturiga kiritgan birinchi
va yagona universitet bo‘ldi[10]. Bu qaysidir ma’noda o‘zbek “yumshoq kuchini”
navbatdagi ulkan yutug‘i desak bo‘ladi.
Hulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, o‘rta asr allomalari Sharq va G‘arb
ilmiy muloqotining shakllanishida muhim koʻprik vazifasini bajarishgan. Ularning
ilmiy merosi G‘arb ilmiy uyg‘onishining poydevorini yaratishga xizmat qilgan.
O‘rta Sharq xalqlari ilmiy me’rosini o‘rganish bugungi tarix va adabiyot fanlarini
dolzarb masalasi hisoblanadi. Ushbu ilmiy me’roslarni butun dunyoga yoyilib
ketganligini hisobga olsak, ularni keng masshtabda o‘rganish, shu sohadagi xalqaro
aloqlarani yanada kuchaytirish yangi tadqiqiotlarni yaratish uchun asos bo‘ladi.
Qolaversa, bugungi tezkor zamonda ayrim muammolarni javoblari aynan o‘sha
davr allomalari asarlarida o‘zining yechimlarini topganligi, ushbu davr tarixini
yanada chuqur tadqiq etish naqadar muhimligini ko‘rsatib turibdi. Bunday boy
madaniy merosni asragan yaxshi, ammo uni o‘rganib hayotga tadbiq etish undan
ham foydali bo‘lishishubhasizdir. Kelajakda ilmiy hamkorlik va transmadaniy
dialog yanada chuqurlashib borishi mumkin — bu borada tarixiy tajribadan saboq
olish o‘ziga xosdir.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Rtveladze E. va boshqalar. Qadimgi O‘zbekiston sivilizatsiyasi. Toshkent.
Adolat. 2001. – B. 48.
2. Madraimov A. Manbashunoslik. T. O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti– 2008. –B.118-140.
3. Shamsuddinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. K.1. – Toshkent.: “Sharq”,
2010. – B. 223 – 278.
4. Muxammadjonov A. O‘zbekiston tarixi. Darslik. Sharq nashriyot – matbaa
aksiyanerlik kompaniyasi. Toshkent. 2009. –B.71-77.
5. “Lison ut – tayr” polyak tilida // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. - 2014.
- 21 noyabr.
6. Aliszer Navoiy, Język ptaków (Lison ut-tayr), tłum. A. Miłkowska,
Warszawa: Państwowy Instytut Wydawniczy, 1982.
7. Ismatullayeva Z.Sh. Temuriylar davri tarixini Yevropada o‘rganilishining
ayrim jihatlari. “Golden brain” journal. 2024 yil. 87 bet
8. Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York.
9. Оксфорд ўқув дастурига ўзбек ва қадимги ўзбек (чиғатой) тилларини
киритган биринчи ва ягона университет бўлди. https://kun.uz/kr/50559568.
Murojaat sanasi:16.10.2025.
HUSAYN BAYQARA DAVRIDA XUROSON GEOGRAFIYASI
Oriental universiteti katta
o‘qituvchisi Jurayev Sherzod
Annotatsiya: O‘zbek tilida Ushbu maqola XV asr oxiri – XVI asr boshlarida
(1469–1506) Sultan Husayn Bayqara hukmronligi davrida Xuroson mintaqasining
geografik holatini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Fizik-geografik
xususiyatlar (reliyef, iqlim, gidrografiya), siyosiy chegaralar va administrativ
tuzilma, iqtisodiy geografiya (qishloq xo‘jaligi, savdo yo‘llari, hunarmandchilik),
shahar va qishloq landshafti, demografik tarkib va madaniy geografiya batafsil
o‘rganilgan. Husayn Bayqara davri Xurosonning so‘nggi “oltin davri” sifatida
baholanib, uning geografik salohiyati madaniy va iqtisodiy yuksalishning asosi
bo‘lgani isbotlangan.
Kalit so‘zlar: O‘zbekcha: Husayn Bayqara, Xuroson, Temuriylar, Hirot, fizik
geografiya, siyosiy geografiya, iqtisodiy geografiya, savdo yo‘llari, madaniy
landshaft, irrigatsiya
Аннотация: Статья посвящена комплексному анализу географического
положения Хорасана в период правления Султана Хусейна Байкары (1469–
1506). Рассматриваются физическо-географические особенности (рельеф,
климат, гидрография), политические границы и административная структура,
экономическая география (сельское хозяйство, торговые пути, ремесла),
городской и сельский ландшафт, демографический состав и культурная
география. Эпоха Хусейна Байкары оценивается как последний «золотой
век» Хорасана, когда его географический потенциал стал основой
культурного и экономического расцвета.
Ключевые слова: Хусейн Байкара, Хорасан, Тимуриды, Герат, физическая
география, политическая география, экономическая география, торговые
пути, культурный ландшафт, ирригация
Annotation: This article is devoted to a comprehensive analysis of the geography
of Khorasan during the reign of Sultan Husayn Bayqara (1469–1506). It examines
physical-geographical features (relief, climate, hydrography), political boundaries
and administrative structure, economic geography (agriculture, trade routes,
crafts), urban and rural landscapes, demographic composition, and cultural
geography. The era of Husayn Bayqara is assessed as the last “golden age” of
Khorasan, when its geographical potential became the foundation of cultural and
economic prosperity.
Keywords: Husayn Bayqara, Khorasan, Timurids, Hirot, physical geography,
political geography, economic geography, trade routes, cultural landscape,
irrigation