6. Rivet, A. L. F., & Smith, C. (1979). The Place-Names of Roman Britain.
Batsford.
FARGʻONA VODIYSI OʻZBEKLARI MODDIY MADANIYATIGA DOIR
QARASHLAR TAHLILI
Karimboyeva Salomatxon Isaboyevna
Namangan davlat texnika universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti
behzodisxakov2782886@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarining moddiy
madaniyatiga doir qarashlar etnologik tahlil qilinadi. Tadqiqotda moddiy
madaniyatning asosiy tarkibiy qismlari – turar joylar, kiyim-kechak, taqinchoqlar,
oziq-ovqat mahsulotlari – nafaqat tavsifiy jihatdan, balki ularning ijtimoiy hayot va
qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi asosida o‘rganiladi. Moddiy madaniyat
namunalarida aks etgan ramzlar, belgilar, diniy-falsafiy qarashlar va e’tiqodiy
tasavvurlar etnosning ijtimoiy turmush tarzini anglashda muhim manba bo‘lib
xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, milliy uy-joy me’morchiligi, uning
shakllanishiga ta’sir etuvchi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy omillar, shuningdek,
o‘zbeklarning qadimiy urf-odat va e’tiqodlari keng yoritiladi. Tadqiqotda Abu
Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, B. Malinovskiy kabi mutafakkir va olimlarning
nazariy qarashlari asosida moddiy madaniyatni ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi
sifatida baholash ilmiy asoslangan.
Kalit so‘zlar: Farg‘ona vodiysi, o‘zbeklar, moddiy madaniyat, turar joy, kiyimkechak, taqinchoqlar, oziq-ovqat, ramz, e’tiqod, etnologiya, milliy qadriyatlar.
Аннотация: В статье рассматриваются этнологические аспекты
материальной культуры узбеков Ферганской долины. В исследовании
анализируются основные компоненты материальной культуры – жилища,
одежда, украшения, продукты питания – не только в описательном плане, но
и в их тесной связи с общественной жизнью и ценностными ориентирами.
Символы, знаки, религиозно-философские взгляды и верования, отражённые
в образцах материальной культуры, служат важным источником для
понимания социального уклада этноса. Особое внимание уделяется
национальной жилищной архитектуре, факторам её формирования –
экологическим, социальным и экономическим, а также традиционным
обычаям и верованиям узбеков. В работе на основе идей Абу Насра Фараби,
Абу Али ибн Сины, Б. Малиновского обосновано понимание материальной
культуры как составной части общественной жизни.
Ключевые слова: Ферганская долина, узбеки, материальная культура,
жилище, одежда, украшения, продукты питания, символ, вера, этнология,
национальные ценности.
Abstract: The article explores the ethnological aspects of the material culture of
the Uzbeks of the Fergana Valley. The study analyzes the main components of
material culture – dwellings, clothing, jewelry, and food – not only in a descriptive
manner but also in relation to their close connection with social life and cultural
values. Symbols, signs, religious-philosophical views, and beliefs embodied in
material culture serve as essential sources for understanding the social way of life
of the ethnos. Particular attention is given to national housing architecture, the
ecological, social, and economic factors influencing its development, as well as the
traditional customs and beliefs of the Uzbeks. Drawing on the theoretical
perspectives of Abu Nasr al-Farabi, Abu Ali Ibn Sina, and B. Malinowski the
research substantiates the interpretation of material culture as an integral part of
social life.
Keywords: Fergana Valley, Uzbeks, material culture, dwelling, clothing, jewelry,
food, symbol, belief, ethnology, national values.
Fargʻona vodiysi Markaziy Osiyoning eng qadimiy va madaniy jihatdan
boy hududlaridan biri hisoblanadi. Bu hudud o‘zining qulay geografik joylashuvi,
tabiiy resurslari va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan ajralib turadi. Shu boisdan
ham vodiyning moddiy madaniyati — xalqning yashash tarzi, xo‘jalik faoliyati,
uy-joy qurilishi, kiyim-kechak, hunarmandchilik, an’anaviy mehnat vositalari va
boshqa kundalik hayotiy buyumlarida o‘z aksini topgan. Moddiy madaniyat — bu
xalqning tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan va uning hayoti, urf-odatlari
hamda ijtimoiy munosabatlarini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
Fargʻona vodiysi o‘zbeklarining moddiy madaniyati nafaqat ularning turmush
tarzini, balki xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va ma’naviy olamini ham o‘zida
mujassam etadi. Mazkur mavzu bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar Fargʻona
vodiysi aholisi hayotida moddiy madaniyatning o‘rnini aniqlash, uning tarixiy
ildizlari va zamonaviy davrda tutgan ahamiyatini tahlil qilishga qaratilgan. Shu
bilan birga, xalqning milliy o‘ziga xosligini belgilovchi asosiy omillardan biri
sifatida moddiy madaniyatni o‘rganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri
sanaladi.
Etnologik tadqiqotlarda moddiy madaniyatni o‘rganish xalq turmush
tarzining eng muhim jihatlarini ochib berishda muhim ilmiy yo‘nalishlardan
biridir. Ilmiy adabiyotlarda turar joylar, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar va oziqovqat mahsulotlari odatda grafik tasvirlar, chizmalar, rangli fotosuratlar va rejalar
asosida batafsil tavsiflanadi. Biroq bu ma’lumotlar etnologik tadqiqotlarning asosiy
maqsadi emas, balki asosiy ilmiy g‘oyalarni yoritishga yordam beruvchi tavsifiy
vosita sifatida qaraladi. Moddiy madaniyatning ilmiy tahlilida jahon etnologiyasida
shakllangan nazariy yondashuvlar muhim o‘rin egallaydi. Mashhur antropolog B.
Malinovskiy “Madaniyatning ilmiy nazariyasi” asarida madaniyat insonning
biologik ehtiyojlarini qondirish jarayonida shakllanishini ta’kidlaydi. Uning
fikricha, turar joy qurilishi, kiyim-kechak tikish va oziq-ovqat tayyorlash insonning
oddiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi, biroq bu jarayonda ishlab chiqarish
munosabatlari va ijtimoiy aloqalar vujudga kelib, madaniyatning mazmunini
belgilaydi. Fransuz olimi M. Majet esa moddiy buyumlarni faqat utilitar predmet
sifatida emas, balki ularni yaratgan va foydalanuvchi kishilarning ijtimoiy
munosabatlari, dunyoqarashi va diniy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda tadqiq
etish lozimligini ta’kidlagan.
Sharq mutafakkirlari ham moddiy madaniyatning mazmunini keng ilmiy
asosda yoritib berganlar. Abu Nasr Forobiy turar joy qurilishi ko‘plab geometrik
uslublarga ega bo‘lishini qayd etib, me’morchilikni “tarx tuzish san’ati” sifatida
izohlaydi. Abu Ali ibn Sino esa uy qurilishida shamol yo‘nalishi, suv
manbalarining sifati va atrof-muhitning inson salomatligiga ta’sirini inobatga olish
zarurligini alohida ta’kidlagan. Bu qarashlar moddiy madaniyatning nafaqat
maishiy, balki falsafiy, ekologik va ijtimoiy qirralarini ochib beradi. Metodologik
nuqtai nazardan moddiy madaniyatni o‘rganishda bir qator yondashuvlar
qo‘llaniladi. Birinchidan, tavsifiy-etnografik metod orqali turar joylar, kiyimkechaklar va taomlar tashqi ko‘rinishi va funksional xususiyatlari bo‘yicha qayd
etiladi. Ikkinchidan, funksional tahlil buyumlarning inson ehtiyojlarini
qondirishdagi vazifalarini aniqlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, ramziy-semantik
yondashuv moddiy buyumlarda mujassam bo‘lgan timsollar, e’tiqodiy tasavvurlar
va qadriyatlarni ochib beradi. To‘rtinchidan, ekologik-etnologik metod moddiy
madaniyatning shakllanishida tabiiy-geografik muhit va ekologik sharoitlarning
ta’sirini tahlil qiladi. Nihoyat, qiyosiy tarixiy metod orqali vodiy o‘zbeklari
moddiy madaniyati boshqa xalqlar tajribasi bilan solishtiriladi. Umuman olganda,
adabiyotlar tahlili va metodologik yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, moddiy
madaniyatni faqat tavsiflash bilan chegaralanmasdan, uni xalqning turmush tarzi,
diniy-falsafiy qarashlari, ijtimoiy munosabatlari va milliy qadriyatlari bilan uzviy
bog‘liq holda tadqiq etish etnologiya fanining asosiy vazifalaridan biridir.
Etnologik tadqiqotlarda moddiy madaniyat (turar joylar, kiyim-kechaklar,
taqinchoqlar va oziq-ovqatlar)ni odatda grafik tasvirlar, rejalar, chizmalar va
rasmlar, rangli fotosuratlar koʻmagida batafsil taʼriflash va tavsiflash va ilmiy
jihatdan tahlil qilish oʻziga xos anʼanaga aylanib boʻlgan. Lekin, aslida bu
maʼlumotlar ilmiy etnologik tadqiqotlarning bosh maqsadi emas, balki eng asosiy
maqsadni isbotlashga koʻmaklashuvchi tavsifiy bir vosita sifatida xizmat qiladi.
Etnos moddiy madaniyatini etnologik yoʻnalishda tadqiq etishdan koʻzlangan
asosiy maqsad oʻrganilayotgan obyektning xalq ijtimoiy turmush tarzi bilan
aloqadorligini yoritib berishdan iboratdir[1. Токарев 1970: 3].
Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar moddiy madaniyatning faqat tavsifiy
xususiyatlari bilan chegaralanib qolganida edi, ilmiy ishlardagi oʻziga xoslik juda
tez muddatda unutilib ketar edi. Kiyim-kechaklarni etnografik aspektda ilmiy
jihatdan tadqiq etish bichish-tikishga doir qoʻllanmaga, taomlarni oʻrganish boʻlsa
oziq-ovqatlar retseptlari toʻplamiga, turar joylar va manzilgohlarni tadqiq qilish –
arxitektura darsligining biron-bir boʻlimiga aylanib qolar edi. Xuddi shu masalada
biz uchun jahonga taniqli antropolog B. Malinovskiyning madaniyat nazariyasiga
doir qarashlari nihoyat darajada qiziqarli boʻlib, uning “Madaniyatning ilmiy
nazariyasi” nomli mashhur kitobida “madaniyat faqatgina insonlarga xos biologik
xususiyat boʻlsa-da, insonlar ham tirik jonzot hisoblanadi. Shu boisdan u oʻzining
biologik ehtiyojini qondirish maqsadida oziq-ovqat va yonilgʻi singari kundalik
ehtiyoj buyumlarini qidirib topadi, uy-joy quradi hamda kiyim-kechaklarni tikib
kiyadi. Demak, u mazkur amallari orqali oʻz atrofida ishlab chiqarish
munosabatlarini shakllantiradi, bu holat fanda madaniyat deb yuritiladi. Turli
madaniyatlar orasidagi oʻzaro farq insonlarning turfa xildagi oddiy ehtiyojlarini
qondirish usullari bilan izohlash mumkin. Shu sababdan ham madaniyat moddiy va
maʼnaviy madaniyatga boʻlinadi” deb yozgan edi [2. Аширов А., Атаджанов Ш.
2007: 57 – 58.].
Shuningdek, taniqli fransuz olimi Marsel Majet haqli ravishda
taʼkidlaganidek, “etnologlar uchun odamlar uchun ahamiyatga ega boʻlmagan
(faqat moddiy jihatdan) predmet mavjud emas”. Biron-bir predmetni tadqiq qilish
jarayonida, deb yozgan edi u, bu obyektni bevosita va bilvosita ishlab chiqarish,
tarqatish, sotish va foydalanish imkoniyati, huquqi hamda vazifasiga ega boʻlgan
barcha shaxslar eʼtibordan chetda qolmasligi kerak[3.Majet 1953: 15-16].
Moddiy ashyo va buyumlar etnolog uchun predmetning ijtimoiy taomilga
kirishi, yaʼni uni yaratgan va foydalanuvchi kishilarning ushbu narsaga munosabati
va eng muhimi, bu predmet orqali oʻzaro aloqalari, dunyoqarashi, diniy-falsafiy
qarashlarsiz unchaligam qiziqarli boʻlmasligi shak-shubhasizdir. Shu boisdan ham
etnologiya ilmi turli-tuman jonsiz predmetlar, ashyolar xususidagi emas, balki
odamlarning turmush tarzi toʻgʻrisidagi alohida fan sifatida talqin etiladi.
Insoniyat moddiy madaniyatning muhim qismlaridan birini uy-joylar
tashkil qiladi. Tarixiy va etnografik adabiyotlardan ham juda yaxshi maʼlumki,
milliy uy-joylarni tiklash hamda jihozlash usullari mahalliy tabiiy shart-sharoitga,
koʻchmanchi, yarimkoʻchmanchi, yarimoʻtroq, oʻtroq etnik guruhlarning turmush
tarzi, xoʻjaligi yoʻnalishi, turli urf-odatlari, diniy eʼtiqodi va milliy qadriyatlari
bilan chambarchas bogʻliq. Buyuk mutafakkir Abu Nosir Farobiy uy-joy qurilishi
nihoyatda koʻpdan-koʻp geometrik uslublarda boʻlinishi, ularning orasida
“quriladigan meʼmoriy obida tarxini tuzish sanʼati” mavjudligini taʼkidlagan
edi[4Нозилов 1981: 24]. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino turar joy meʼmorchiligida
qurilajak uyning joyini, uning shamol yoʻliga nisbatini, barpo etiladigan uy-joy
yonidan oʻtadigan suvning tarkibini, va yaqin atrofda turmush sharoitiga salbiy
taʼsir koʻrsatuvchi manbalar bor-yoʻqliginiyam eʼtiborga olish zarurligini alohida
uqtirgan. Oʻrta Osiyoda har bir shahar va turarjoy meʼmorchiligi mana shu
hududning tabiiy-ekologik sharoiti va iqlimi, xalqning iqtisodiy hamda ijtimoiy
hayoti taʼsirida asta-sekinlik bilan boʻlsa-da, rivojlanib borgan.
Milliy qishloq turar-joylari shakllanishi jarayonida koʻplab juda muhim
hayotiy omillar bilan birga tashqi tabiiy-geografik muhitning, yaʼni, ekologiyaning
ham taʼsiri sezilarli holatda ekanligini esa etnolog olim N. Cheboksarov
“Ekologiya va anʼanaviy qishloq uy-joylari turlari” nomli asarida nihoyat darajada
jiddiy tahlil qilgan edi[5. Чебоксарев.1984: 34–64].
Fargʻona vodiysi togʻoldi qishloqlarida uy-joy poydevori togʻ yoxud soy
toshlaridan samarali foydalangan holda quriladi. Chunki, shu togʻli hududlarda
boshqa joylardagiga nisbatan ancha-muncha arzon va topilishi juda oson xomashyo
hisoblangan toshlar yordamida yertoʻlali uylarni qurish imkoniyati mavjud
boʻlgan.
Turar-joyni ekologik nuqtayi nazardan oʻrganish oilaviy munosabatlar, xoʻjalik va
maishiy turmushning boshqa sohalari haqida koʻplab oʻziga xos muhim
maʼlumotlar beradi. Milliy uy-joylarning qurilishi va rejasi koʻplab omillarga
bogʻliq. Geografik muhit, iqlim va suv yoʻllarining bor-yoʻqligi ularga birlamchi
darajada taʼsir qilgan boʻlsa, ikkinchidan ijtimoiy-iqtisodiy daraja, dushman
xavfining mavjud boʻlishi, koʻplab xalqlarning inson yashashi qulay boʻlmagan
joylarda ham uy-joy qurib yashashga majbur etgan. Oʻzbeklarda yangi uyning
joylashish oʻrniga hamisha alohida eʼtibor berilgan. Turar-joylarni doimo
xosiyatsiz hisoblangan qabriston, ziyoratgohlar va aziz-avliyolar qabrlaridan
uzoqroqda qurishga harakat qilingan. Qabriston va ziyoratgohlar aholining nazdida
marhumlar ruhi toʻplanadigan maxsus bir joy hisoblangan. Oʻzbekistonda turarjoylar bilan bogʻliq qarashlarda ajdodlar kultiga boʻlgan eʼtiqod ham oʻziga xos
ravishda namoyon boʻlgan. Aynan shu nuqtayi nazardan vodiy oʻzbeklari har bir
eski uyni buzib, yangisini qurish jarayonida poydevorni tiklashdan avval bu
xonadonda yashab oʻtgan qadimgi ajdodlarning “mardona ruhi”ga bagʻishlab
marosimiy jihatdan qurbonlik qilib, is chiqarilgan[6. Ashirov 2007: 34].
Turli kiyim-kechaklar moddiy madaniyatning umummilliy xususiyatlarini
aks ettiruvchi omillaridan biri boʻlishi bilan birga urf-odatlar, ijtimoiy
munosabatlar, mafkuraning baʼzi bir elementlari, diniy eʼtiqod, nafosat va estetik
meʼyorlarni ham oʻzida baʼzida yaqqol, ayrim hollarda pinhona aks ettiradi. Kiyim
– inson tanasini tashqi muhit taʼsiri va turli mexanik taʼsirlardan asraydigan
vositalar toʻplamidir. U jins va yosh, milliylik va boshqa turli xususiyatlarniyam
oʻzida aks ettiradi.
Oʻzbek xalqining milliy kiyimlari va taqinchoqlari ham moddiy
madaniyatning mushtarak muhim qismini tashkil etib, xalqning milliy
xususiyatlari, urf-odatlari hamda estetik didini namoyon etib kelgan. Boshqa
xalqlarning liboslari kabi oʻzbeklarning milliy kiyimlari ham oʻta uzoq tarixiy
jarayon davomida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, urf-odat, marosim, anʼanalar
taʼsirida davrlar oʻtishi davomida oʻziga xos tarzda shakllanib va rivojlanib kelgan.
Elshunos olima N. Sodiqova taʼbiri bilan aytganda, kiyim-kechaklar moddiy
madaniyatning umummilliy xususiyatlarini aks ettiruvchi omillaridan biri boʻlishi
bilan birga turli urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning baʼzi bir
elementlari (unsurlari), diniy eʼtiqod, nafosat va estetik meʼyorlarni ham oʻzida
yaqqol aks ettiradi[7. Содиқова. 2003: 6].
Umuman olganda, qadim davrlardan boshlab kiyim-kechak va matolar
marosimlarda asosan, quyidagi vazifalarni bajargan:
1)Xavf-xatardan himoya, chegara, poklanish, muqaddaslik;
2)Bir yosh-tabaqa bosqichidan yo maʼlum ijtimoiy darajadan boshqasiga
oʻtishni boshqalarga anglatuvchi ramziy bir vosita;
3)Qimmatbaho ashyo, sovgʻa, toʻlov, “qurbonlik”.
Bu funksiyalarning birini ikkinchisidan ajratib, alohida talqin qilish
anchagina mushkul. Shu sababdan ham, quyida vodiy aholisi milliy marosim
kiyimlari va ular bilan bevosita bogʻliq urf-odatlarni ham tadqiq qilish asnosida
kiyimlarning ushbu funksiyalari hamda u bilan bogʻliq qarashlarini qiyosiy
jihatdan ham tahlil qilishga harakat qildik.
XX asrning 90- yillaridan keyin mamlakatning dunyo jamoatchiligi bilan
erkin, doimiy aloqada boʻlishi natijasida vohada baʼzan mahalliy anʼanalarga yot
boʻlgan turli kiyim-kechaklar ham kirib keldi. Jumladan, Respublikamiz istiqlolga
erishganidan keyin bir tarafdan, inson tanasini yarim yalangʻoch holda
koʻrsatuvchi asosan gʻarb dunyosiga tegishli kiyimlar, boshqa tomondan boʻlsa,
hamma tomonlari berk, qop-qora rangdagi sharq hijoblari urf boʻlgan edi. Aslida
esa bunday libos diniy emas, balki, kelib chiqishi jihatidan tabiiy-geografik muhit
bilan bogʻliq boʻlgan libosdir. Hijob arablar istiqomat qiladigan hududda keng
tarqalgan boʻlib, tabiiy-geografik sharoit ularni shunday kiyinishga majbur
qilgandi. Chunki, ushbu mintaqalarda doimiy boʻlib turadigan chang-toʻzonlar,
keskin issiq, jazirama havo ularni muttasil tarzda oʻz tanasining barcha qismini
oʻrab yurishlarini taqozo etgan. Biroq, arablarning mavjud iqlimga mos libosi
ayrim shaxslarning xato tashviqoti taʼsirida diniy kiyim sifatida targʻib qilinmoqda.
Aslida esa ushbu libosning islom dini tartib-qoidalari bilan mutlaqo aloqasi yoʻq[8.
Давлатова 2005: 138–139].
Umuman olganda, voha oʻzbeklarining milliy milliy kiyim-kechaklari bilan
bogʻliq mulohazalar yakunida shuni alohida taʼkidlash joizki, kiyim-boshlar oʻta
uzoq tarixiy davr davomida shakllanib, u yoki bu etnos yashagan geografik muhit,
uning xoʻjalik turmush tarzi hamda ijtimoiy munosabatlari, madaniyati, etnik
qatlamlari va boshqa qator omillar bilan bir qatorda kiyimlarni bichish, tikish va
kiyish bilan bogʻliq turli xil marosimlar, urf-odatlar ham shakllanib borgan.
Kiyimlar bilan bogʻliq urf-odatlarda nafaqat xalqona tasavvurlar, balki, qadimiy
afsungarlik hamda totemistik eʼtiqodlar bilan birga islomiy qarashlar asosida ham
tarkib topgan va milliy meros tarzida ajdodlardan-avlodlarga anʼana tarzida oʻtib
kelavergan.
Fargʻona oʻzbeklari moddiy madaniyati ekologik jihatlari masalasiga
xulosa oʻrnida aytish mumkinki, moddiy madaniyat eng asosiy komponentlarini
tashkil qilgan – xalqona turar-joy, milliy kiyimlar va milliy taomlarda insoniyat
sivilizatsiyasining eng dastlabki alomatlari alohida aks etishi bilan birga, ulardagi
tabiiy-geografik muhit, xoʻjalik turmush tarzi, etnik jihatdan oʻziga xoslik hamda
turli davrlarga xos boʻlgan diniy eʼtiqod shakllari ham saqlanib qolavergan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Токарев С. А. К методике этнографического изучения материальной
культуры // СЭ. 1970. – № 4. – С. 3.
2. Аширов А., Атаджанов Ш. Этнология. Ўқув қўлланма. – Тошкент:
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2007.
– Б. 57 – 58.
3. Maget M. Guide detude directed escomportement sculturels. – Paris, 1953.
– P. 15 – 16.
4. Нозилов Д. Чиғаноқ ичида марварид // Совет Ўзбекистони санъати.
1981. № 9. – Б. 24.
5. Чебоксаров Н. Экология и типы традиционного сельского жилища /
Типология основных элементов традиционной культуры. – М., 1984. – С. 34 –
64.
6. Аширов А. Ўзбек халқи анъанавий турмуш тарзида қадимий диний
эътиқодлар. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий
кутубхонаси, 2007. – Б. 34.
7. Содиқова Н. Ўзбек миллий кийимлари. – Тошкент: Шарқ, 2003. – Б. 6.
8. Давлатова С. Ўзбек миллий кийимлари: анъанавийлик ва замонавийлик. –
Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2007.
– Б. 138 – 139.
ARAB XALIFALIGI DAVRI TARIXI VA TARIXIY GEOGRAFIYASI
Ilmiy rahbar: Oriental Universiteti
‘‘Ijtimoiy-gumanitar fanlar’’ kafedrasi
o‘qituvchisi U.Sattorov
Oriental universiteti talabasi
Rahimjonova Nozima
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Arab xalifaligi davri (632–1258 yillar)
tarixi va tarixiy geografiyasi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida tarixiy manbalar va
geografik xaritalar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Arab xalifaligi
siyosiy jihatdan kengayib, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Ispaniyaga ta’sir
qilgan, savdo yo‘llari va shaharlar iqtisodiy va madaniy rivojlanishni
rag‘batlantirgan. Maqola hududiy kengayish, strategik joylashuv va ilm-fanning
rivojini chuqur tahlil qiladi.
KALIT SO’ZLAR: Arab xalifaligi, tarix, geografiya, Rashidun, Umaviy,
Abbosiy, hudud, savdo, shahar, madaniyat.
ANNOTATION: This article examines the history and historical geography
of the Arab Caliphate period (632–1258). During the research, historical sources
and geographic maps were analyzed. The results indicate that the Arab Caliphate
expanded politically, influencing the Middle East, North Africa, and Spain, while
trade routes and cities stimulated economic and cultural development. The article
provides an in-depth analysis of territorial expansion, strategic location, and the
development of science.
KEYWORDS: Arab Caliphate, history, geography, Rashidun, Umayyad,
Abbasid, territory, trade, city, culture.
АННОТАЦИЯ: В данной статье рассматриваются история и
историческая география периода Арабского халифата (632–1258 гг.). В ходе
исследования были проанализированы исторические источники и
географические карты. Результаты показывают, что Арабский халифат
политически расширялся, оказывая влияние на Ближний Восток, Северную
Африку и Испанию, а торговые пути и города стимулировали экономическое
и культурное развитие. В статье проводится глубокий анализ
территориальной экспансии, стратегического расположения и развития
науки.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Арабский халифат, история, география,
Рашидун, Умайяды, Аббасиды, территория, торговля, город, культура.
KIRISH