MAQOLLARDA MILLIY OʻZLIK MUJASSAM: OʻZBEK VA
TURK MAQOLLARI QIYOSIDA
Xodjayeva Fatima Timur qizi, Abbosxoʻjayeva Muazzam A’zam qizi, Husniddinova
Mubina Fazliddin qizi, Selma Ozan*
Oriental universiteti 1-kurs talabalari
*Ilmiy rahbar - Tillar-2 kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada oʻzbek va turk xalq maqollarining qiyosiy tahlili asosida
ularning oʻxshash va farqli jihatlari yoritilgan. Maqollarning xalq donishmandligi mahsuli
sifatidagi oʻrni, milliy oʻzlikni aks ettirishdagi ahamiyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi roli
ochib berilgan. Shuningdek, ikki qardosh xalq maqollarida umumiy gʻoyalar — halollik,
mehnatsevarlik, sabr-toqat, insoniylik kabi fazilatlar uygʻunligi misollar orqali tahlil qilingan.
Maqolalarda aks etgan ayrim farqlar esa xalqlarning geografik joylashuvi, turmush tarzi va
madaniy muhitiga bogʻliq holda izohlangan. Tadqiqot natijalari oʻzbek va turk xalqlari
oʻrtasidagi tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinlikni yana bir bor tasdiqlaydi.
Kalit soʻzlar. Maqol, atasözleri, xalq ogʻzaki ijodi, milliy oʻzlik, qiyosiy tahlil, oʻzbek
maqollari, turk maqollari, madaniyat, ma’naviy meros, xalq donishmandligi, tarbiya, semantika,
mushtaraklik, mentalitet.
Abstract. This article presents a comparative analysis of Uzbek and Turkish proverbs,
highlighting their similarities and distinctive features. Proverbs, as a product of folk wisdom,
play a significant role in reflecting national identity and preserving cultural values, as well as in
the moral education of younger generations. The study examines common ideas found in both
Uzbek and Turkish proverbs, such as honesty, diligence, patience, and human virtues, supported
by relevant examples. At the same time, certain differences are explained by the geographical
location, lifestyle, and cultural environment of each nation. The findings confirm the historical,
cultural, and spiritual closeness between the Uzbek and Turkish peoples.
Keywords. proverb, atasözleri, folklore, national identity, comparative analysis, Uzbek
proverbs, Turkish proverbs, culture, spiritual heritage, folk wisdom, education, semantics,
commonality, mentality
Kirish.
Maqol yo boshqa soʻz bilan ifodalasa xalq ogʻzaki ijodi insoniyatning tarixiy xotirasi va
madaniy tafakkurining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa, maqollar (paremiyalar) xalq
donishmandligi, ijtimoiy tajriba va milliy mentalitetning qisqa, loʻnda hamda obrazli ifodasi
sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy lingvistika va paremiologiya fanlarida maqollarni qiyosiy oʻrganish turli
xalqlarning dunyoqarashi, qadriyatlari va madaniy oʻziga xosliklarini aniqlashda muhim ilmiy
metodlardan biri sifatida qaraladi. Oʻzbek va turk xalqlari tarixan yagona ildizga ega boʻlgan
turkiy xalqlar sifatida umumiy madaniy va lingvistik merosga ega. Shu sababli ularning
maqollarida umumiy semantik maydon, oʻxshash obrazlar va mushtarak gʻoyalar keng uchraydi.
Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundaki, oʻzbek va turk maqollarini lingvokulturologik
jihatdan qiyosiy tahlil qilish orqali milliy oʻzlik va madaniy yaqinlik masalalari chuqurroq
yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi — oʻzbek va turk maqollarini qiyosiy tahlil qilish orqali
ularning semantik, stilistik va lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Har bir xalqning bebaho xazinasi ma’naviy merosi bu aynan uning adabiyotidir.
Adabiyotni koʻhna bir chinor deb ataydigan boʻlsak, uning tub ildizlari hech shubhasiz,
xalq ogʻzaki ijodiga borib taqaladi. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Biz
buyuk tarix, boy madaniyat va bebaho ma’naviy merosga ega xalqmiz»60. Shu ma’noda,
adabiyot nafaqat badiiy ijod mahsuli, balki xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy qadriyatlari va
dunyoqarashini oʻzida mujassam etgan muhim manbadir. Ayniqsa, xalq ogʻzaki ijodi namunalari
ertaklar, dostonlar va maqollar milliy tafakkurning eng qadimiy qatlamlarini ifodalaydi. Ular
avloddan avlodga oʻtib, xalqning hayotiy tajribasi va axloqiy qarashlarini saqlab kelgandir.
Qadim Sharq adabiyoti tarixi va rivojlanishida turk adabiyotining oʻrni nihoyatda
beqiyosdir. Qadimdan madaniyati, tili, dini, urf-odatlari bir boʻlgan bu qardosh xalqlar koʻp
asrlar davomida bir- biri bilan iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalar oʻrnatib kelmoqda. Bu
turkiy xalqlarning hamisha qardosh hamda mushtarakligining bir nishonasidir.
Asosiy qism.
Maqollar xalqning asrlar davomida toʻplagan hayotiy tajribasi, dunyoqarashi va ma’naviy
qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan noyob madaniy merosdir. Ular nafaqat qisqa va loʻnda fikr
ifodasi, balki milliy oʻzlikni anglashda muhim manba sifatida ham xizmat qiladi. Bu soʻzni
yanada tiyran tushinish uchun quyidagi gapni keltiramiz « Til, falsafa va badiiy ijodning oʻziga
xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran
mazmunga ega boʻlgan bir janridir. Har biri tilimiz koʻrkini, nutqimiz nafosatini, aqlfarosat va tafakkurimiz mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta
oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning koʻp asrlik hayotiy tajribalari va maishiy
turmush tarzining bamisoli bir oynasidir»61. Endilikda oʻzbek va turk maqollarini qiyosiy
tahliliga qaytamiz.
Oʻzbek va turk maqollarini qiyosiy tahlil qilish natijasida ularning semantik jihatdan
yaqinligi bilan birga, ayrim lingvokulturologik farqlari ham aniqlangandir.
Hozirgi davrda ham turk adabiyoti hamda oʻzbek adabiyoti shu kabi aloqalarni saqlab
kelmoqda. Birgina xalq ogʻzaki ijodidagi maqol janrini olaylik. Turklarda “Atasözleri” deb
ataluvchi ushbu janr oʻzbek adabiyotida aynan maqol janriga mos keladi. Buni Elçin Ş. Türk
atasözleri ve deyimleri kitobida yozib oʻtgan ushbu soʻzlar orqali ham koʻrishimiz mumkin
«Atasözü" umumî bir adlandırmadır. Bunun içerisinde darbımeseller ve tâbirler —
deyimler yer alır. Darbımesel çeşitli şekilleriyle her şeydenönce bir hüküm ihtiva eder »62.
«Atasözü” umumiy nomdir. Uning ichida maqollar va iboralar (deyimlar) ham joy
oladi. Maqol (darbımesel) turli shakllarda, avvalo, bir hukm (xulosa)ni oʻz ichiga oladi ».
Maqolga kelsa u arabcha soʻzdan olingan boʻlib “Otalar soʻzi degan ma’noni bildiradi”. Bu
soʻz shakl hamda ma’no jihatidan ham “Atasözleri” ning aynan oʻzidir. Xalq
donishmandligining yuqori namunasi hisoblanmish maqollar oʻzining qadimiyligi, oʻgitlarga
boyligi, shuningdek, yosh avlod tarbiyasida alohida oʻrin tutishi bilan ajralib turadi.
E’tiborimizni tortgan jihat ushbu qardosh xalqlarda hozirgi kunda qoʻllaniladigan maqollar qay
60 Sh. M. Mirziyoyev : Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent:
“Oʻzbekiston”, 2017.
61 Sh. TURDIMOV : Oʻzbek xalq maqollari – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi Bosh tahririyati,
2005. – 2 bet
62 Elçin Ş. Türk atasözleri ve deyimleri. – Ankara: Türk Dil Kurumu, 2004. – S. 41
darajada oʻxshash-u qay jihatdan oʻziga xosliklari mavjud. Quyidagi maqollarga e’tiborimizni
qaratsak:
« Suyu görmeden paçayı sıvama»63
Bu maqol oʻzbek xalqida «Podadan oldin chang chiqarma”, “Suvni koʻrmasdab turib
etik yechma»64 kabi maqollarga toʻgʻri keladi. Uning mazmunida esa har bir ishni qilishdan oldin
yaxshilab oʻylab koʻrish lozimligi, shoshilib qaror qabul qilmaslik kerakligi kabi mushtarak
ma’nolar yotadi. Oʻz –oʻzidan savol tugʻuladi. Nega aynan turk xalqida suv-u oʻzbek xalqida
chang detali qatnashyapti? Bu oʻrinda har bir xalqning geografik jihatdan joylashuvi nazarda
tutilgan. Masalan: Oʻrta Osiyoda sahro va qumlilklar koʻp uchrasa, Kichik Osiyo,xususan,
Turkiya hududi dengiz bilan oʻralganligi, Oʻrta yer dengizi aynan, Turkiyaga yaqin joyda
joylashganligi bilan izohlanadi. Yoki,
« Denize düşen yılana sarılır»65 – « Choʻkayotgan odam xasga ham yopishadi»
Maqollarida shunga oʻxshash umumiylik hamda oʻziga xosliklarni koʻrish mumkin.
Turkiy xalqlardagi ushbu maqollar ma’lum doirada: milliy mentalitet hamda bazi urf
odatlardagina oʻziga xosliklarni kashf etadi, xolos. Mohiyat esa hamon yaqinligicha, bir
butunligini saqlagancha qolaveradi. Quyidagi maqolda buni koʻrish mumkin:
«Çorban helal olsa, sokakta iç»66
« Oshing halol boʻlsa, koʻchada ich»67
Ushbu maqol mazmun jihatidan turk xalqi hamda oʻzbek xalqlarida umumiylikni kasb
etadi. Har ikkala maqolda ham agar sen biror ishni toʻgʻri, halol deb bilsang, elni koʻz oʻngida
bajar, halol ne’mat hech qachon yashirincha yeyilmaydi degan ma'no bor. Ammo maqollarning
birida osh, ikkinchisida shoʻrvaning ishlatilishi bu har bir xalqning oʻziga xos urf- odatlaridan
kelib chiqib ifoda etilgan. Oʻzbek xalqining milliy taomi osh boʻlsa, turk xalqida eng koʻp
iste’mol qilinadigan taomlardan biri shoʻrvadir. Shuning uchun turk xalqi taomnomasida
shoʻrvaning bir qancha turlari mavjud (mercimek, mantar, yayla, sebze, işkembe çorbası kabılar)
Bu xislatlar yuqoridagi maqolda oʻz ifodasini topgan. Undan tashqari turklarda shunday maqol
ham borki bu maqolni eshitishimiz bilanoq oʻzbek xalqi va turk xalqining dunyoqarashi
qanchalik bir-biriga yaqin ekanligini koʻrishimiz mumkin.
« Bir fincan kahvenin kırk yıl hatırı vardır»68
«Bir kun ichgan qahvangni qirq yıl xotiri border”. Bu bizda “ Bir kun tuz yegan
joyingga qirq kun salom ber» 69qabilidagi maqolda oʻz aksini topadi.
Har ikkala maqolda ham inson ruhiyatini poklikka chorlovchi, uni ma’nan boy inson
qilib shakllantiruvchi, halol insofli komil shaxs qilib tarbiyalovchi oʻgitlar mavjud. Bu ham
qardosh xalqlarnng aynan bir elatdan tarqalganligidan va moziyini ayni bir yakdil tafakkur
yoritib turganligidan dalolatdir. Yana shunday bir maqol ham borki uni yuqoridagi fikrimizning
dalili desak mubolagʻa boʻlmaydi:
63 Elçin Ş. Türk atasözleri ve deyimleri. – Ankara: Türk Dil Kurumu, 2004. – S. 11
64 Sh. TURDIMOV : Oʻzbek xalq maqollari – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi Bosh tahririyati,
2005. – 5 bet
65 Elçin Ş. Türk atasözleri ve deyimleri. – Ankara: Türk Dil Kurumu, 2004. – S. 4
66 Elçin Ş. Türk atasözleri ve deyimleri. – Ankara: Türk Dil Kurumu, 2004. – S. 55
67 Sh. TURDIMOV : Oʻzbek xalq maqollari – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi Bosh tahririyati,
2005– 15 bet.
68 Elçin Ş. Türk atasözleri ve deyimleri. – Ankara: Türk Dil Kurumu, 2004. – S. 19
69 Sh. TURDIMOV : Oʻzbek xalq maqollari – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi Bosh tahririyati,
2005. – 12 bet
« Bılmemek ayıp değildir, Sormamak ayıp»70
Bu maqol oʻzbek tilida «Bilmaslik ayb emas, soʻramaslik ayb» deya tarjima qilinadi. Ha,
inson biror narsani bilmasligi ayb emas, oʻsha narsani bilishga intilmaslik aybdir. Yoki, bu
odamdan soʻramayman unga oʻzimni teng koʻrmayman degan fikrga kelmoqlikning oʻzi ayb! Bu
oʻrinda Hazrat Alisher Navoiy bobomizning «Bilmaganni soʻrab oʻrgangan olim, orlanib
soʻramagan oʻziga zolim» 71degan ibratli soʻzlarini keltirish oʻrinlidir. Hazrat bobomiz aynan
bilmaganni soʻrab oʻrgansanggina olimlik darajasiga yeta olasan. Agar orlanib oʻzingni
oʻzgalardan ustun tutib, kelib-kelib sendan soʻrymanmi, undan koʻra soʻramaganim ma’qul
demoqlikni ayb deydilar. Bu bilan yangi bir ilm shu’lasidan bebahra qolishing ya’ni, bir umr
oʻzingga –oʻzing zolimlik qilib qoʻyishing mumkin deya ta’kidlaydilar. Axir, dunyoda biror
kimsani, hatto, oʻzini –oʻzi ilim olishdek oliy ne’matdan mosuvo qilish bu zolimlik botqogʻining
eng tubi emasmi?! Bu kabi maqollar inson tarbiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Ularni ikki
qardosh xalqlar dunyoqarashida birdek oʻrin tutishi eng quvonarli holatdir.
« Baş dille tartılır »72
Ushbu maqolni soʻzma soʻz tarjima qiladigan boʻlsak “Boshni kesadigan tildir” degan
ma’no kelib chiqadi. Bu esa oʻzbek xalq ogʻzaki ijodidagi «Tilingni avayla kesilmas boshing”,
“Qora boshnng yovi qizil tildir”, “Yomon gap bosh qozigʻi”, “Yomon til boshga balo
keltirar»73 kabi maqollarda oʻz ifodasini topadi. Har ikkala qardosh xalqlarning oʻtmishi va
bugunida birdek qoʻllanilib kelinayotgan bu kabi maqollarning yosh avlod kamolotida tutgan
oʻrni nihoyatda beqiyosdir. Ushbu maqollar oʻzbek hamda turk xalqining tarixi, dunyoqarashi
qanchalik yaqinligini koʻrsatadi. Balki, ushbu maqollar paydo boʻlgan davrda turkiy xalqlar hali
milllat, elat boʻlib ajralib ketmagandir. Shuning uchun maqollar mohiyatida bir butunlik,
mushtaraklik majud boʻlsa ajab emas. Zero, Adabiyot moziyni yoritib turgan shamchiroqdir.
Kimning kim ekanligi anglatib turuvchi omil ham hech shubhasiz adabiyotdir.
Bu kabi maqollar yosh avlod tarbiyasida muhim oʻrin tutadi va axloqiy me’yorlarni
mustahkamlaydi.
Olib borilgan qiyosiy tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, oʻzbek va turk maqollari umumiy
tarixiy ildiz va mushtarak madaniy asosga ega boʻlib, ular orqali ikki xalqning dunyoqarashi,
axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy tajribasi yaqqol namoyon boʻladi.
Tahlil jarayonida aniqlanishicha, maqollarda ifodalangan asosiy gʻoyalar — halollik,
mehnatsevarlik, sabr-toqat, bilimga intilish va insoniylik kabi fazilatlar har ikkala xalq uchun
umumiy semantik yadroni tashkil etadi. Shu bilan birga, maqollarda qoʻllanilgan obrazlar, leksik
birliklar va ifoda vositalari milliy-madaniy muhit, geografik sharoit va turmush tarziga bogʻliq
holda oʻziga xoslik kasb etadi.
Lingvokulturologik nuqtai nazardan qaraganda, maqollar milliy mentalitetni aks
ettiruvchi muhim til birliklari boʻlib, ular orqali xalqning tarixiy xotirasi, qadriyatlar tizimi va
ijtimoiy munosabatlari ifodalanadi.
Natijada, oʻzbek va turk maqollarini qiyosiy oʻrganish nafaqat tilshunoslik, balki
madaniyatlararo aloqalarni anglashda ham muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Bu
70 Elçin Ş. Türk atasözleri ve deyimleri. – Ankara: Türk Dil Kurumu, 2004 – S. 46
71 Sh. TURDIMOV : Oʻzbek xalq maqollari – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi Bosh tahririyati,
2005. – 25 bet
72 Elçin Ş. Türk atasözleri ve deyimleri. – Ankara: Türk Dil Kurumu, 2004 – S. 32
73 Sh. TURDIMOV : Oʻzbek xalq maqollari – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi Bosh tahririyati,
2005. – 28 bet
esa turkiy xalqlar oʻrtasidagi ma’naviy yaqinlik va madaniy mushtaraklikning davomiyligini
yana bir bor tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dundes A. On the Structure of the Proverb // Proverbium, 1975.
2. Elçin Ş. Türk atasözleri ve deyimleri. – Ankara: Türk Dil Kurumu, 2004.
3. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent:
“Oʻzbekiston”, 2017.
4. Hasanov B. Oʻzbek paremiologiyasi asoslari. – Toshkent, 2010.
5. Kramsch C. Language and Culture. – Oxford: Oxford University Press, 1998. – 134 p.
6. Mieder W. Proverbs: A Handbook. – Westport: Greenwood Press, 2004. – 304 p.
7. Norrick N. How Proverbs Mean: Semantic Studies in English Proverbs. – Berlin: Mouton,
1985. – 213 p.
8. Permyakov G. From Proverb to Folklore: Studies in Paremiology. – Moscow: Nauka, 1988.
9. Rahmatullayev Sh. Oʻzbek xalq maqollari. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1987.
10.Rasulov R. Til va madaniyat oʻzaro aloqasi. – Toshkent, 2015.
11.Sh. TURDIMOV : Oʻzbek xalq maqollari – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
korapaniyasi Bosh tahririyati, 2005.
12.Wierzbicka A. Understanding Cultures Through Their Key Words. – Oxford: Oxford
University Press, 1997. – 317 p.